REFORMS TO SUPPORT THE ELDERLY IN UZBEKISTAN
(AS AN EXAMPLE OF ZOMIN DISTRICT)
Tuychiyeva Dilnoza Ikrom kizi
PhD student at Karshi State University
Tel.: +998 97 437-11-15
e-mail: dilnozaikromovna@gmail.com
Annotation. In this article, the social protection of the elderly in Uzbekistan,
material support, comfort and conditions created by the state for them, the work done
in this regard are analyzed based on specific numbers and statistical data on the
example of Zomin district. Information will be given about the activities, projects and
initiatives implemented by the authorities of Zomin district in connection with the
implementation of relevant laws and decisions, as well as financial resources and
official organizations directed to these activities. Figures are also presented on the
report obtained during the study, in particular on the number of war veterans, the
number of single elderly people, and the number of families in need of social protection
and medical assistance. Archival documents, regional and district press releases, and
sources of the Zomin District Department of the “Nuroniy” Foundation for the Support
of Veterans of Uzbekistan were used for the article.
Keywords: Foundation, "Week of the Elderly", Nuroniy, "Advice of the Elderly",
pension, front, socialization, tourism month, e-nuroniy.gov.uz, platform, humanity,
association, meeting of three generations, boarding school.
O‘ZBEKISTONDA KEKSA AVLOD VAKILLARINI QO‘LLAB-
QUVVATLASHGA DOIR ISLOHOTLAR (ZOMIN TUMANI MISOLIDA)
To‘ychiyeva Dilnoza Ikrom qizi
Qarshi davlat universiteti doktoranti
Tel.: +998 97 437-11-15
e-mail: dilnozaikromovna@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda keksalarni ijtimoiy himoya qilish,
moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan yaratilgan qulaylik va
shart-sharoitlar, bu borada amalga oshirilgan ishlar Zomin tumani misolida aniq
raqamlarga hamda statistik ma’lumotlarga tayangan holda tahlil etiladi. Zomin tumani
hokimiyati tomonidan tegishli qonun va qarorlarning ijrosi yuzasidan amalga
oshirayotgan tadbirlar, loyiha va tashabbuslar, hamda ushbu faoliyatga yo‘naltirilgan
moliyaviy resurslar, mutasaddi tashkilotlar haqida ma’lumot berib o‘tiladi. Tadqiqot
davomida qo‘lga kiritilgan hisobot haqida, xususan, urush qatnashchilari soni, yolg‘iz
keksalar, ijtimoiy himoya va tibbiy yordamga muhtoj oilalar soni haqida ham raqamlar
taqdim etilgan. Maqolaga ma’lumotlar uchun arxiv hujjatlari, viloyat va tuman matbuot
nashrlari hamda O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi
Zomin tuman bo‘limi manbalaridan foydalanildi.
Kalit so‘zlar: Jamg‘arma, “Keksalar haftaligi”, nuroniy, “Keksalar maslahati”,
nafaqa, front, ijtimoiylashuv, turizm oyligi, e-nuroniy.gov.uz, platforma, insoniylik,
uyushma, uch avlod uchrashuvi, internat.
РЕФОРМЫ О ПОДДЕРЖКЕ СТАРШЕГО ПОКОЛЕНИЯ В
УЗБЕКИСТАНЕ (НА ПРИМЕРЕ ЗАМИНСКОГО РАЙОНА)
Туйчиева Дилноза Икром кызы
Докторант Каршинского государственного университета
Teл.: +998 97 437-11-15
e-mail: dilnozaikromovna@gmail.com
Аннотация. В данной статье на конкретных цифрах и статистических
данных на примере Заминского района анализируется социальная защита
пожилых людей в Узбекистане, материальная поддержка, комфорт и условия,
созданные для них государством, проделанная в этом направлении работа. Будет
дана информация о мероприятиях, проектах и инициативах, реализуемых
органами власти Заминского района в связи с реализацией соответствующих
законов и постановлений, а также финансовых ресурсах и официальных
организациях, направляемых на эти мероприятия. Также приводятся цифры по
отчету, полученному в ходе исследования, в частности по количеству ветеранов
войны, количеству одиноких пожилых людей, количеству семей, нуждающихся
в социальной защите и медицинской помощи. Для статьи использованы
архивные документы, областные и районные пресс-релизы, а также источники
Заминского районного отделения Фонда поддержки ветеранов Узбекистана
«Нуроний».
Ключевые слова: Фонд, «Неделя пожилых людей», Нуроний, «Советы
пожилых людей», пенсия, фронт, социализация, месяц туризма, e-nurony.gov.uz,
платформа, гуманность, объединение, встреча трех поколений, школаинтернат.
KIRISH
O‘zbek xalqining bir qancha o‘ziga xos qadriyatlari borki, asrlar osha ularni
xalqlararo namuna sifatida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, ijtimoiy siyosatimizning bir
qismi hisoblanmish, inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, keksa avlod vakillarini e’zozlash,
parvarishga muhtoj, yolg‘iz qariyalarga muruvvat ko‘rsatish, ularni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, uzoq yillardan buyon an’anaga aylanib kelganligi tariximizdan
ma’lum. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan ushbu masalaga alohida
e’tibor qaratildi. Bu borada davlat rahbari va hukumatning qator huquqiy hujjatlari
qabul qilindi. Ushbu qonun-hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 1992-yil 27-
oktyabrda Zomin tuman hokimining 239-sonli “Nafaqa olmaydigan yakka
yashaydigan kishilarga har oylik nafaqa tayinlash haqida”gi qarori qabul qilindi.2
Mazkur qarorga muvofiq, nafaqa olmaydigan yolg‘iz qariyalarga, mahalliy budjet
hisobidan nafaqa tayinlash bo‘yicha, tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘iga
vazifa yuklatilib, nafaqa belgilanadigan keksalar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu qaror
ijrosi, Zomin tumanining chekka qishloqlariga qadar, yolg‘iz yashovchi, muhtojligi
mavjud qariyalarni qo‘llab-quvvatlashning amaliy natijasi bo‘lib xizmat qildi.
1999-yil 7-dekabrdagi “2000-2005-yillarda yolg‘iz keksalarni, pensionerlar va
nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 520-sonli qarori
qabul qilindi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan turli islohotlar, ayniqsa,
Zomin kabi qishloq tumanlarida keksalar turmush farovonligini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar haqida ko‘plab manbalarni topib o‘rganish mumkin. Maqolada asosan
normativ-huquqiy hujjatlarga, arxiv manbalarga murojaat etildi. Mazkur tadqiqot ishi
eng so‘nggi hisobotlarni taqdim etayotgani uchun avvalgi ilmiy tadqiqot ishlariga
murojaat etilmadi, balki statistik ma’lumotlar hamda eng yangi axborot manbalariga
tayanildi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada Zomin tumanidagi keksa avlodni ijtimoiy muhofaza qilish
tartibini aniqlash uchun to‘plangan maʼlumotlar tahlil qilindi. Tadqiqotimizda arxiv
hujjatlari, mahalliy va mintaqaviy bosma nashrlar, shuningdek, “Nuroniy” fondining
Zomin tumanidan olingan manbalaridan foydalanildi. Tadqiqot olib borish jarayonida
keksa odamlarning ijtimoiy ahvoli, moliyaviy yordam olish, tibbiy xizmatlardan
foydalanishi, urush qatnashchilari va ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar soni bo‘yicha
statistik maʼlumotlar yig‘ildi. Shuningdek, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan
dasturlar va loyihalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni aniqlash maqsadida rasmiy
tashkilotlar bilan hamkorlik qilindi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Yuqorida ta’kidlangan qarorlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, tumandagi
yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning ijtimoiy
ta’minot va uy-joy maishiy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ehtiyojlarini yanada
2 ShRTDA, M- 5-fond, ro‘yxat-1, yig‘ma jild-21, varaq-20-21.
to‘liq qondirish maqsadida, Zomin tuman hokimining 10-sonli qarori qabul qilindi.3
Qarorga ko‘ra, tuman hududidagi, yolg‘iz keksalar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishi,
ularni homiy tashkilotlarga biriktirish, shakllantirilgan jadvalga ko‘ra, ularning
barchasini, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ularni zaruriy dori-darmon vositalari
bilan ta’minlash belgilandi. Bundan tashqari, yolg‘iz, qarovga muhtoj qariyalarning
holidan uzluksiz ravishda xabar olish, kerakli kiyim-kechak va oziq-ovqatlar bilan
ta’minlash hamda jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyatlari berildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, bugungi kunga qadar, tumanda
faoliyat yuritib kelgan “Nuroniy” jamg‘armasi tuzilmasiga kiritilgan bo‘lib, 2001-yil
28-fevraldagi Zomin tumani hokimining “Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan
jamg‘armalar va jamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 109-sonli qarori qabul
qilindi.4 Jamg‘armalar, xususan “Nuroniy” jamg‘armasini iqtisodiy barqarorligini
yaxshilash, unga homiy tashkilotlarni biriktirish, insonparvarlik omillaridan kelib
chiqib, tumandagi “Paxtabank” (Alibekov U.), “Tadbirkorbank” (Tangirov N.) va
“Xalq banki” (Eshonqulov A.) tuman bo‘limlariga homiylar tomonidan ajratiladigan
ixtiyoriy mablag‘larni jamg‘arma hisob raqamiga o‘z vaqtida o‘tkazib berish vazifasi
yuklandi. Qaror ilovasiga ko‘ra, “Nuroniy” jamg‘armasi uchun, o‘sha paytda, tuman
miqyosidagi yirik 5 ta homiy tashkilot, 7 nafar tadbirkor, 10 ta fermer xo‘jaligi
ixtiyoriy holatda o‘z homiyliklarini olib bordi. Bu kabi tashabbuslar esa, o‘zbek
xalqining insoniy mehr-muruvvatliligini, nuroniylarga bo‘lgan chuqur hurmat va
ehtiromini, shuningdek, ularni e’zozlash va har tomonlama yordam ko‘rsatishdagi
amaliy misollaridan biridir.
2015-yil yurtimizda “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi nuroniylar
uchun e’tiborning yana bir ko‘rinishi bo‘ldi. Respublika bo‘ylab belgilangan vazifalar,
viloyat va tumanlarda ham izchillik bilan boshlab yuborildi. “Keksalarni e’zozlash
yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-2302-sonli va Jizzax viloyat hokimining 2015-yil
24-fevraldagi 68-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Zomin tuman
hokimining qarori qabul qilindi.5 Unga ko‘ra, dasturning tumanda yuqori natija bilan
ishlashini ta’minlash, jamiyatning ma’naviy ildizlari bo‘lgan nuroniylarni ijtimoiy,
iqtisodiy, tibbiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ustuvor vazifa etib belgilanib, ushbu yil
davomida topshiriqlar ijrosi nazorat qilib borilgan. “Nuroniy” jamg‘armasini tuzishdan
maqsad ham, keksalarga to‘laqonli ko‘mak berish, ularni jamiyatning ma’naviyaxloqiy negizi ekanligi ta’kidlanib, qariyalarning ibratli hayot yo‘lini yoshlarga
3 ShRTDA, M- 7-fond, ro‘yxat-14, yig‘ma jild-9, varaq-14-15.
4 ShRTDA, M- 440-fond, ro‘yxat-10, yig‘ma jild-12, varaq-35-36.
5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli va viloyat hokimining 2015-yil 24-
fevraldagi 68-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Zomin tumani hokimining qarori // Sharq tongi gazetasi. 2015-
yil, 11-son.
namuna sifatida ko‘rsatish, ularning barchasini hurmat-izzat qilish an’anasini
avloddan-avlodga qoldirish bosh maqsaddir.
Tizimdagi ishlarning uzviy davomi sifatida, 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq,
keksa avlod vakillarini davlat tomonidan rag‘batlantirish samaradorligini oshirish,
mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning to‘liq ishtirok etish huquqini ta’minlash,
jamg‘armaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash, maxsus bino ajratish yoki
qurilishini ta’minlash, mazkur bino ichida kitob fondiga boy kutubxona zalini tashkil
etish, keksalar uchun maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolash va jismoniy
tarbiya zallari, shaxmat xonalari, tibbiyot va oshxonalar bilan ta’minlash belgilandi.
1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini o‘z tizimidagi sanatoriyalarda
sog‘lomlashtirishga har yili yo‘naltirish tashabbuslari, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni
saqlash va ishlab chiqarish sohalarida uzoq yillik halol mehnati uchun mehnatkashlarga
va jamiyatda namunali farzandlarni tarbiya qilib voyaga yetkazgan sadoqatli onalarga
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni (I,II,III darajali) ta’sis etilishi, tumanda ushbu
nishon bilan taqdirlangan shaxslar haqidagi qisqacha biografik ma’lumotlarni
jamlagan “Bizning faxriylarimiz” nomli kitob-fotoalbomini yuritish va uni har yili
yangilab borish vazifalari yuklatildi. Qaror ijrosining Zomin tumanida bajarilishi
belgilangan muddatda, yuqori samaradorlik ila olib borildi. Avvalo, O‘zbekiston
faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Zomin
tuman bo‘limi to‘g‘risidagi nizomi qabul qilindi. Nizom rasman, 2023-yil 19-iyulda
tasdiqlanib, bo‘limning asosiy maqsadi keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab,
ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘lsa, vazifalari esa, nuroniylar turmush darajasini
oshirish va bu sohada davlat siyosatining muhim yo‘nalishlarini amalga oshirishda
davlatga ko‘maklashish, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etgan holda keksa
avlod vakillarini taklif etish, “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori
ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylar holidan doimiy xabardor bo‘lish, hamda
ularga ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini
ta’minlashga yordam berish, shuningdek mahallalarda yoshlarning tarbiyasi va
axloqida bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlardagi ta’siri va hissasi uchun bo‘lim mablag‘lari
hisobidan moddiy rag‘batlantirish, bu orqali ularni ruhlantirish, va yana “Keksalar
maslahati” guruh a’zolarini, “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini mahallalarda
qaror toptirishdagi tashabbusi uchun ham ularni rag‘batlantirish vazifalari belgilab
berildi. Bundan tashqari jamg‘armaning Zomin tuman bo‘limi o‘z majburiyat va
huquqlariga ham ega tashkilot hisoblanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatiga taalluqli masala va
mavzular yuzasidan turli konferensiya va yig‘ilishlar o‘tkazish, unga nuroniylar va
oddiy xalq vakillarini taklif etish va ularning ixtiyoriy ishtirokiga ruxsat berish kabi
huquqlarga egadir. Zomin tumanida yashovchi nuroniylar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
ro‘yxat ko‘rinishida tuzilgan bo‘lib, 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, tumanda yoshga
doir nafaqa oluvchilar soni 19715 nafar, jami nuroniylar soni 12618 nafar, shundan
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari 1 nafar, (taqqoslash uchun, 2022-yilga qadar
tumanda 4 nafar urush qatnashchisi bo‘lgan, ulardan Erkaboy ota Qoraboyev esdalik
medal bilan, Zomin tumanining Xulkar qishlog‘ida yashagan Saydali bobo Eshonqulov
esa “G‘alabaning 70 yilligi” medali bilan taqdirlangan) front orti faxriylari soni 41
nafarni tashkil etsa, bulardan 23 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi (Sharq tongi
gazetasi. 2015-yil, 19-son). Tumanda 100 yoshdan oshganlar soni 1 nafar, yolg‘iz
yashaydigan, ya’ni o‘zgalar parvarishiga muhtoj qariyalar soni esa 65 nafarni tashkil
etadi. Ehtiyojmand keksalar 108 nafar, “Keksalar maslahati” guruhi maslahatchilari 39
nafar, a’zolari esa 585 nafar, tumanda notinch deya topilgan oilalar soni 36 nafarni
tashkil etib, ularga 72 nafar nuroniy maslahat va nasihat uchun biriktirilgan. “Bir
nuroniyga 10 nafar yosh” loyihasi doirasida, tumandagi 309 nafar yoshlarga 40 nafar
keksa avlod vakillari biriktirilgan. Nuroniylar, yoshlarga o‘zining hayot yo‘lidagi boy
tajribasi, ko‘nikmalari bilan o‘zlarining maslahat va o‘gitlarini berib, tumanda ijobiy
natijalarga erishish holatlari o‘smoqda.
“Nuroniy” jamg‘armasining Zomin tuman bo‘limi hozirgi kunga qadar ko‘plab
madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Ayniqsa, bu tadbirlar ko‘lami va
saviyasi yil sayin o‘sib bormoqda hamda tadbirlarning rejalari tizimli tuzilganligi va
nuroniylar uchun oylar kesimida maxsus imkoniyatlar yaratilganligi e’tiborlidir.
Jumladan, har yili avgust oyi qariyalar uchun tibbiy xizmat oyligi hisoblanib, bu oy
davomida ular zaruriy tibbiy xizmatlardan bepul foydalanishlari mumkin,
ehtiyojmandlarga dori-darmon olish imkoniyatlari ham taqdim etiladi. Oktyabr oyining
1-sanasidan to 10-sanasiga qadar, “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar tashkil
etiladi. Haftalik mobaynida “Nuroniy” jamg‘armasining Jizzax viloyati bo‘limi
rahbariyati tomonidan, Zomin tumanida joylashgan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan
ayollar internat-uyida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi
ma’naviy-ma’rifiy tadbir shular jumlasidandir. Tadbirda soha mutaxassislari va bo‘lim
raisi, davlat qaramog‘iga olingan keksa avlodni tibbiy va ijtimoiy qo‘llash masalalariga
alohida to‘xtaldi (Nuroniy gazetasi, 41-son). Bu kabi tadbirlar har yili, uzluksiz holatda
o‘tkazilib, nazariy va amaliy yordamlar berilmoqda. Noyabr oyi esa nuroniylar uchun
“Turizm oyligi” hisoblanadi. Bunda ular, O‘zbekistonning so‘lim go‘shalari, qadimiy
va navqiron shaharlariga sayohat qilishlari mumkin. Sayohatni tashkil etish va kerakli
barcha vositalar bo‘lim tomonidan olib boriladi. Maqsad – nuroniylarimiz kayfiyatini
ko‘tarish, sayohatlardan zavqlanish orqali ularning ruhiy va jismoniy salomatligini
yaxshilashdan iborat. Hozirgi kunda jamg‘armaning Zomin tuman bo‘limida, ikki
nafar xodim: bo‘lim raisi va yetakchi mutaxassis faoliyat yuritmoqda (Alimova S.,
2024). Bo‘lim zamonaviy jihozlangan bino, kutubxona, davolash va jismoniy
mashg‘ulot zallariga ega, tuman keksa aholisi uchun barcha kerakli shart-sharoitlar
yaratilgan. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, bo‘lim tomonidan yuqori saviyaga
ega tadbirlar hozirgacha o‘tkazib kelinmoqda. Bu tadbirlar ko‘lami, belgilangan
nuroniylar oyligidan tashqari, bayramlar arafasida yanada uyushqoqlik bilan tashkil
etiladi. Va bu tashkiliy masalalarda nafaqat bo‘lim a’zolari, balki davlat organlari
xodimlari va jamoatchilik vakillarining faol tashabbuskorligi tahsinga loyiq. Masalan,
2024-yil may oyining dastlabki kunlarida, “9-may – Xotira va qadrlash kuni”
munosabati bilan, Jizzax viloyati prokurori Islomjon Ergashxo‘jayev Zomin tumani
Duoba qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, ikkinchi jahon urushi
qatnashchisi Xolboy Ravshanov xonadonida bo‘lib, urush faxriysiga davlatimiz
rahbarining tabrigini o‘qib eshittirdi, hamda Sh. Mirziyoyev farmoniga muvofiq,
Xolboy ota Ravshanovga 20 mln. so‘m miqdorda pul mukofotini topshirdi (Oqqulov
O‘., 2024). Bo‘lim tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Uch avlod uchrashuvlari” esa,
o‘rta va yosh avlod vakillari uchun amaliy ibrat darslari vazifasini o‘tamoqda.
Tizimdagi so‘nggi islohotlar natijasi o‘laroq, bugungi raqamlashgan davrda sohaga
ham qator yangiliklar kiritib borilmoqda.
Xususan, e-nuroniy.gov.uz elektron platformasi va yagona elektron bazasi
yaratilib, unga murojaatlar bo‘limi doimiy ochiq holatda ishlamoqda.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, jamiyatimizning suyanchi, uzoq yillik
tajriba egalari, turmushning ko‘plab sohalarida halol mehnat qilgan mehnatkashlar,
urush va front orti faxriylari, bir so‘z bilan aytganda, keksa avlod vakillarining
namunali hayot yo‘li, pand-nasihatlari o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ibrat
maktabidir. Chunki, ular – tirik tarix demakdir. Jamiyat taraqqiyotining ma’naviyma’rifiy jarayonlarida ularning hissasi beqiyos. Ularga alohida e’tiborning davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilishi esa xalqimizga xos qadriyatlarning siyosiy jarayonlar
bilan uyg‘unligini aks ettiradi. Haqiqatda, keksalarni e’zozlash va ehtirom ko‘rsatish
ulug‘ insoniy fazilatlardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. ShRTDA, M- 5-fond, ro‘yxat-1, yig‘ma jild-21, varaq-20-21.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2000-2005-yillarda
yolg‘iz keksalarni, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni
kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori.
3. ShRTDA, M- 7-fond, ro‘yxat-14, yig‘ma jild-9, varaq-14-15.
4. ShRTDA, M- 440-fond, ro‘yxat-10, yig‘ma jild-12, varaq-35-36.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-
sonli va viloyat hokimining 2015-yil 24-fevraldagi 68-sonli qarorlari ijrosini
ta’minlash maqsadida Zomin tumani hokimining qarori // Sharq tongi gazetasi. 2015-
yil, 11-son.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston faxriylarini qo‘llabquvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
7. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi to‘g‘risidagi nizom.
8. Faxriylarga ehtirom // Sharq tongi gazetasi. 2015-yil, 19-son.
9. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi tomonidan tayyorlangan tuman nuroniylari
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 2024-yil, 1-aprel.
10. Jizzax: Zominda ayollar internat-uyi davolanuvchilari yo‘qlandi // Nuroniy
gazetasi, 41-son.
11. Alimova Saodat Arabovna ma’lumotnomasi. “Nuroniy” jamg‘armasi Zomin
tuman bo‘limi, yetakchi mutaxassisi. 2024-yil, 11-sentyabr.
12. Oqqulov O‘rol. “Nuroniy” jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi raisi
ma’lumotnomasi. 2024-yil, may.
REFERENCES:
1. ShRTDA, M- 5-fond, ro‘yxat-1, yig‘ma jild-21, varaq-20-21. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2000-2005-yillarda
yolg‘iz keksalarni, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni
kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori. (In Uzbek)
3. ShRTDA, M- 7-fond, ro‘yxat-14, yig‘ma jild-9, varaq-14-15. (In Uzbek)
4. ShRTDA, M- 440-fond, ro‘yxat-10, yig‘ma jild-12, varaq-35-36. (In Uzbek)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-
sonli va viloyat hokimining 2015-yil 24-fevraldagi 68-sonli qarorlari ijrosini
ta’minlash maqsadida Zomin tumani hokimining qarori // Sharq tongi gazetasi. 2015-
yil, 11-son. (In Uzbek)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston faxriylarini qo‘llabquvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. (In Uzbek)
7. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi to‘g‘risidagi nizom. (In Uzbek)
8. Faxriylarga ehtirom // Sharq tongi gazetasi. 2015-yil, 19-son. (In Uzbek)
9. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi tomonidan tayyorlangan tuman nuroniylari
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 2024-yil, 1-aprel. (In Uzbek)
10. Jizzax: Zominda ayollar internat-uyi davolanuvchilari yo‘qlandi // Nuroniy
gazetasi, 41-son. (In Uzbek)
11. Alimova Saodat Arabovna ma’lumotnomasi. “Nuroniy” jamg‘armasi Zomin
tuman bo‘limi, yetakchi mutaxassisi. 2024-yil, 11-sentyabr. (In Uzbek)
12. Oqqulov O‘rol. “Nuroniy” jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi raisi
ma’lumotnomasi. 2024-yil, may. (In Uzbek)