ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Oliy ta’lim o‘quv jarayonini raqamlashtirishning xorij tajribasi

Buriyeva Xansuluv Baxtiyorovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

FOREIGN EXPERIENCE OF DIGITALIZATION OF THE HIGHER
EDUCATIONAL PROCESS

Buriyeva Khansulov Bakhtiyorovna
Independent researcher at Oriental University

Tel.: +998 90 372-65-80

Annotation. The ongoing digitization of the higher educational process
represents a transformative shift in pedagogical practices and learning environments
globally. This article provides a comprehensive analysis of digitization processes as
observed in various foreign educational systems, highlighting both their successes and
the lessons that can be gleaned from them. The study meticulously examines key
components of digital education, such as innovative teaching methods, the integration
of advanced technologies, and the use of online platforms like Coursera, as essential
elements that enhance the quality of education. Additionally, it explores the impact of
these digitization efforts on student engagement, curriculum flexibility, and
instructional efficiency. The findings indicate that while substantial progress has been
made in implementing digital strategies, there remain significant opportunities for
improvement and adaptation within diverse educational contexts. Furthermore, the
article discusses future prospects for the digitalization of higher education,
emphasizing the importance of a strategic approach to leveraging technology in
teaching and learning. This analysis serves as a valuable resource for educators seeking
to navigate the complexities of digital transformation in higher education.

Keywords: digital education, innovative teaching methods, Coursera,
digitization, foreign experience, platforms.

OLIY TA’LIM O‘QUV JARAYONINI RAQAMLASHTIRISHNING XORIJ
TAJRIBASI

Buriyeva Xansuluv Baxtiyorovna
Oriental universiteti mustaqil izlanuvchisi

Tel.: +998 90 372-65-80

Annotatsiya. Oliy ta’lim jarayonida davom etayotgan raqamlashtirish global
miqyosda pedagogik amaliyotlar va o‘quv muhitidagi o‘zgarishlardan dalolat beradi.
Ushbu maqolada turli xorijiy ta’lim tizimlarda kuzatilayotgan raqamlashtirish
jarayonlari ko‘p tomonlama tahlil qilinib, ularning muvaffaqiyatlari tomonlari
yoritilgan. Tadqiqotda raqamli taʼlimning innovatsion oʻqitish usullari, ilgʻor
texnologiyalar integratsiyasi va Coursera kabi onlayn platformalardan foydalanish kabi
asosiy komponentlarini taʼlim sifatini oshiradigan muhim elementlar sifatida
sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda. Bundan tashqari, u raqamlashtirish bo‘yicha ushbu

sa’y-harakatlarning talabalarning faolligiga, o‘quv rejasining moslashuvchanligiga va
o‘qitish samaradorligiga ta’sirini o‘rganadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli
strategiyalarni amalga oshirishda sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, turli xil
ta’lim platformalarini takomillashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bundan
tashqari, maqolada oliy taʼlimni raqamlashtirishning kelajakdagi istiqbollari
muhokama qilinib, oʻqitishda texnologiyadan foydalanishga strategik yondashuv
muhimligi taʼkidlanadi. Ushbu tahlil oliy taʼlimdagi raqamli transformatsiyaning
murakkabliklarini yoʻlga qoʻyishga intilayotgan oʻqituvchilar uchun qimmatli manba
boʻlib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Raqamli ta’lim, innovatsion, o‘qitish metodlari, Coursera,
raqamlashtirish, xorij tajribasi, platforma.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ЦИФРОВИЗАЦИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО
ПРОЦЕССА ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ

Буриева Хансулув Бахтеровна
Независимый исследователь университета Ориентал

Тел.: +998 90 372-65-80

Аннотация. Продолжающаяся цифровизация высшего образовательного
процесса представляет собой преобразующий сдвиг в педагогической практике
и учебных средах во всем мире. В этой статье представлен всесторонний анализ
процессов цифровизации, наблюдаемых в различных зарубежных
образовательных системах, с выделением как их успехов, так и уроков, которые
можно извлечь из них. Исследование тщательно изучает ключевые компоненты
цифрового образования, такие как инновационные методы обучения, интеграция
передовых технологий и использование онлайн-платформ, таких как Coursera,
как основные элементы, повышающие качество образования. Кроме того, в нем
изучается влияние этих усилий по цифровизации на вовлеченность студентов,
гибкость учебных программ и эффективность обучения. Результаты показывают,
что, несмотря на значительный прогресс, достигнутый в реализации цифровых
стратегий, остаются значительные возможности для улучшения и адаптации в
различных образовательных контекстах. Кроме того, в статье обсуждаются
будущие перспективы цифровизации высшего образования, подчеркивая
важность стратегического подхода к использованию технологий в преподавании
и обучении. Этот анализ служит ценным ресурсом для педагогов, стремящихся
ориентироваться в сложностях цифровой трансформации в высшем
образовании.

Ключевые слова: цифровое образование, инновационные методы
обучения, Coursera, цифровизация, зарубежный опыт, платформа.

KIRISH
Hozirgi kunda raqamlashtirish jarayoni global ta’lim tizimlarida muhim o‘rin
tutmoqda. Oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini raqamlashtirish orqali ta’lim
sifatini oshirish, talabalarning o‘quv tajribasini yanada yaxshilash va o‘zaro
hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda. Bu jarayon xorijda muvaffaqiyatli amalga
oshirilmoqda va bir qator innovatsion yondashuvlar bilan boyitilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, masofaviy ta’lim
platformalaridan foydalanish ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish, talabalarning o‘quv
natijalarini yaxshilash va o‘qituvchilarning ish faoliyatini samarali tashkil etish
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ta’lim sohasida raqamli ko‘nikmalarni
oshirish maqsadida “... oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini yanada
takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan foydalanishni
ta’minlash; “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini ishga tushirish va
o‘quv, ilmiy, moliyaviy jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish vazifalari
belgilangan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha bir qator olimlar va tadqiqotchilar ilmiy
izlanishlar olib borgan. Jumladan, Yong Zhaoning tadqiqotlari raqamli ta’lim,
innovatsion o‘qitish metodlari va ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, ta’lim
tizimlarini zamonaviy talablarga moslashtirish, raqamli texnologiyalarni qo‘llash,
talabalarning ijodkorlik va tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan
(Yong Zhao, 2012).
George Siemens raqamli asrdagi o‘rganish jarayoni, konnektivizm nazariyasining
asosiy tamoyillari va o‘qitish hamda o‘rganish jarayonidagi yangi yondashuvlar haqida
so‘z yuritgan (George Siemens, 2010).
Clayton Christensen “The Innovative University: Changing the DNA of Higher
Education from the Inside Out” nomli kitobida oliy ta’limni innovatsiya va
raqamlashtirish orqali rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydi va bu jarayonni amalga
oshirish uchun aniq yo‘nalishlar va strategiyalar ishlab chiqilishi kerakligi yuzasidan
fikr-mulohazalar yuritadi (Clayton Christens, 2011).
Sal Khan ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni
qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarga qanday qilib yanada samarali ta’lim berish
mumkinligi haqida so‘z yuritadi (Sal Khanning, 2012).

Yurtimiz olimlaridan X. Xudoyberdiyev oliy ta’limda raqamli texnologiyalarni
qo‘llash, o‘qitish metodlari va ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish (Xudoyberdiyev
X., 2020), J. Sultonov o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan raqamli darsliklar, interaktiv
platformalar va multimedia materiallari borasida tadqiqotlar olib borgan (Sultonov J.,
2021).

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda xorijiy tadqiqotchilarning materiallaridan
kerakli ma’lumotlar olindi va ular asosida matnlar hamda jadvallar shakllantirildi.
Ta’limni raqamlashtirishga doir to‘plangan manbalar bir-biriga qiyoslandi va eng
samarali deb hisoblanganlari saralab olindi. Bu borada raqamli imkoniyatlar, xususan,
sun’iy intellekt yordamida muhim ma’lumotlar izlab topildi. Maqolada berilgan
tushunchalar tartibi muallif tomonidan shakllantirildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Oliy ta’limni raqamlashtirish xorijda turli xil muvaffaqiyatli tajribalar orqali
amalga oshirilmoqda. Bu tajribalar raqamlashtirish jarayonining muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi va o‘quv jarayonining sifatini oshirishga yordam beradi. Har bir
universitet o‘z sharoitlariga mos ravishda bu tajribalarni tatbiq etishi mumkin.
Xususan, Massiv ochiq onlayn kurslar (MOOC). Harvard, MIT kabi universitetlar
Coursera, edX kabi platformalarda kurslar taklif qilib, dunyodagi barcha talabalarga
ta’lim olish imkoniyatini yaratmoqda. Bu model ta’limni kengaytirishga va turli
mintaqalardagi talabalarga qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etmoqda.
Massiv ochiq onlayn kurslar (MOOC) bu keng auditoriyaga mo‘ljallangan,
internet orqali taqdim etiladigan ta’lim dasturlaridir. Ularning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1. Ochiqlik: har kim, har qanday joydan ro‘yxatdan o‘tib, kursga qo‘shilishi
mumkin;
2. Massivlik: kurslar millionlab talabalarga xizmat ko‘rsatishi mumkin;
3. Moslashuvchanlik: talabalar darslarni o‘z vaqtida va o‘z sharoitlariga mos
ravishda o‘zlashtirishlari mumkin;
4. Interaktivlik: ko‘plab kurslar forumlar, muhokama guruhlari va onlayn testlar
orqali interaktivlikni ta’minlaydi.
Bugungi kunda MOOC asosida tashkil qilingan platformalar orasidan eng keng
tarqalganlari quyidagilardir:
1. Coursera: Taniqli universitetlar va institutlar bilan hamkorlikda keng
ko‘lamli kurslarni taklif etadi;
2. edX: MIT va Harvard tomonidan yaratilgan, akademik sifatli kurslarni taqdim
etadi;

3. Udacity: Texnologiya va raqamli ko‘nikmalarga e’tibor qaratadi, ko‘pincha
“nanodegree” dasturlari bilan;

4. Future Learn: Yevropada joylashgan universitetlar tomonidan taklif
etiladigan kurslarni birlashtiradi.

Ushbu platformalarning ustunliklari quyidagilar bilan izohlanadi:
• ta’limga kirish imkoniyati: geografik joylashuvidan qat’i nazar, ko‘pchilik
uchun ta’lim imkoniyatlarini oshiradi;
• kengaytirilgan ko‘nikmalar: talabalar yangi ko‘nikmalarni shakllantirish va
ish bozorida talab qilinadigan bilimlarni olish imkoniga ega bo‘lishadi;
• o‘z-o‘zini boshqarish: talabalar o‘zlarining o‘qish jarayonlarini boshqarish va
o‘z vaqtlarini moslashtirish imkoniyatiga ega.
Ushbu platformalarning kamchiliklari esa quyidagilar bilan izohlanadi:
• sertifikat va diplom masalalari: ba’zi talabalar uchun kurslarni tugatish
natijasida beriladigan sertifikatlar an’anaviy diplomlar bilan bir xil qabul qilinmasligi
mumkin;
• motivatsiya: mustaqil o‘qish jarayonida ba’zi talabalarda motivatsiya
pasayishi mumkin;
• internetga kirish: Ba’zi mintaqalarda internetga kirish muammolari mavjud.
MOOC darslari ta’limni demokratlashtirishga va ko‘plab insonlarga sifatli ta’lim
berishga yordam beradi, shu bilan birga, o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar
bilan integratsiyalash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Blended learning (aralash ta’lim): Yevropa va Amerika universitetlarida
an’anaviy darslar bilan onlayn materiallar birlashtirilgan. Bu talabalarga o‘z vaqtini
taqsimlashga, darslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga yordam beradi.
Blended learning (aralash ta’lim) bu ta’limning an’anaviy usullarini onlayn
o‘qitish bilan birlashtirgan yondashuvdir. Bu model talabalarga darslarni o‘z vaqtida,
mustaqil ravishda o‘zlashtirish imkonini beradi, shu bilan birga, o‘qituvchi bilan
bevosita aloqani ham ta’minlaydi. Aralash ta’limning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1. Yarim onlayn, yarim offlayn: Darslar onlayn materiallar (video, interaktiv
testlar) va an’anaviy darslar (yuzma-yuz muloqot) orqali o‘tkaziladi;
2. Moslashuvchanlik: Talabalar o‘z vaqtini belgilash va o‘z o‘qish uslubiga mos
keladigan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi;
3. Interaktivlik: Onlayn platformalar orqali talabalar bir-biri bilan va o‘qituvchi
bilan muhokama va fikr almashish imkoniyatiga ega.
Ushbu o‘qitish modelining afzalliklari va kamchiliklari quyidagilar bilan
izohlanadi (1-jadval):

1-jadval

“Blended learning” o‘qitish modelining ustunlik va kamchiliklari:

Afzalliklari Kamchiliklari
Samaradorlik: Talabalar tez yoki sekin Texnologik muammolar: Internetga kirish va
o‘rganishlari va qiyinchiliklarga to‘g‘ridan- raqamli qurilmalarga ega bo‘lish masalalari
to‘g‘ri yechim topishlari mumkin. ayrim talabalarda qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin.
Shaxsiylashtirilgan ta’lim: Talabalarning Motivatsiya: Mustaqil o‘qish jarayoni ba’zi
individual ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos talabalar uchun qiyin bo‘lishi va motivatsiya
ta’lim dasturlari ishlab chiqilishi mumkin. yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Resurslarga kirish: Talabalar turli xil onlayn O‘qituvchilarning tayyorgarligi:
materiallar va resurslardan foydalanish O‘qituvchilar yangi texnologiyalarni va
imkoniyatiga ega bo‘ladi. metodologiyalarni o‘zlashtirishda
qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.
Qiziqarli va innovatsion o‘qish tajribasi:
Aralash ta’lim zamonaviy texnologiyalarni
qo‘llab, o‘quv jarayonini qiziqarli qiladi.

Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari aralash ta’lim modelini qo‘llamoqda. Masalan,
darslarning bir qismi an’anaviy tarzda o‘tkazilib, qolgan qismi onlayn materiallar bilan
o‘zlashtiriladi. Aralash ta’lim nafaqat ta’lim sifatini oshirishga, balki talabalarning
o‘qish jarayonidagi faolligini ham kuchaytirishga yordam beradi.

3. Interaktiv o‘quv materiallari: ko‘plab universitetlar raqamli
simulyatsiyalar, o‘yinlar va interaktiv platformalar yordamida ta’lim berishni qiziqarli
va samarali qilish mumkin deb hisoblaydilar. Masalan, STEM sohalarida
simulyatsiyalar orqali tajribalar o‘tkazish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Interaktiv o‘quv materiallari ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali qilish uchun
mo‘ljallangan resurslardir. Ular talabalarga o‘z bilimlarini mustahkamlash va yangi
ma’lumotlarni o‘rganishda faol ishtirok etishga imkon beradi. Quyida interaktiv o‘quv
materiallarining asosiy turlari keltirilgan (2-jadval):

2-jadval
Interaktiv o‘quv materiallarining asosiy turlari:

Videolar: O‘qituvchi yoki mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ta’lim
videolari, amaliyotlar va misollarni o‘z ichiga oladi.

Talabalar videoni to‘xtatib, qayta ko‘rib chiqishlari mumkin.

Simulyatsiyalar: Haqiqiy vaziyatlarni takrorlaydigan dasturlar, masalan, ilmiy
eksperimentlar yoki tarixiy voqealar.

Talabalarga turli holatlarda qaror qabul qilish imkoniyatini
beradi.

O‘yinlar: Ta’lim o‘yinlari orqali talabalar muammolarni hal qilish,
strategiya tuzish va raqobatlashish orqali ko‘nikmalarini
Interaktiv testlar rivojlantiradilar.
viktorinalar:
Mobil ilovalar: O‘yinlar qiziqarli va motivatsiya beruvchi ta’lim muhitini
yaratadi.

va Talabalarning bilimini baholash va mustahkamlash uchun
interaktiv testlar.

Talabalar natijalarni ko‘rishlari va o‘z xatolaridan tajriba
orttirishlari mumkin.

Talabalarga o‘z telefonlari yoki planshetlarida dars
materiallarini o‘rganish imkoniyatini beradi.

Ular ko‘pincha o‘yin elementlarini o‘z ichiga oladi.

Interaktiv o‘quv materiallarining afzalliklarini quyidagicha izohlashimiz
mumkin: talabalar passiv emas, balki o‘quv jarayonida faol ishtirok etadilar, bu esa
ularning bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, interaktiv materiallar darslarni
yanada qiziqarli qiladi va talabalarning motivatsiyasini oshiradi, murakkab
tushunchalarni vizual va interaktiv tarzda tushunish osonroq bo‘ladi.

Ma’lumotlar tahlili: Ba’zi xorij universitetlari talabalarning muvaffaqiyatini
tahlil qilish uchun “big data” dan foydalanmoqdalar. Bu metodlar har bir talaba uchun
individuallashtirilgan ta’lim rejalarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Ma’lumotlar tahlili ta’lim sohasida ta’lim jarayonini optimallashtirish va
shaxsiylashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Ularning asosiy jihatlari va qo‘llanilish
usullari quyidagilar:

Talabalar progressini kuzatish: talabalarning baholari, ishtirok etish darajasi va
boshqa ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Bu talabalarning kuchli va zaif tomonlarini
aniqlashga yordam beradi.

Prediktiv tahlil: talabalarni muvaffaqiyat va qiyinchiliklaridan oldin prognozlash
imkonini beradi. Bu o‘qituvchilarga talabalarni qo‘llab-quvvatlash va kerakli yordamni
taqdim etishda qo‘l keladi.

Kurslarning samaradorligini baholash: o‘quv dasturlarining samaradorligini
aniqlash va ularni yaxshilash uchun kerakli o‘zgarishlar qilishda foyda beradi.

Ushbu o‘qitish usulining afzallik va kamchiliklari quyidagi 3-jadvalda keltirilgan:

3-jadval

Ma’lumotlar tahlili. O‘qitish usulining afzallik va kamchiliklari:

Afzalliklari Kamchiliklari
Samaradorlik: Ma’lumotlar tahlili yordamida Ma’lumotlar maxfiyligi: Talabalar haqidagi
o‘quv jarayonini samarali boshqarish va ma’lumotlarni yig‘ish va saqlashda maxfiylik
o‘qituvchilarga vaqtni tejash imkoniyatlari va xavfsizlik masalalari e’tiborga olinishi
yaratiladi. kerak.

Talabalarni jalb qilish: Shaxsiylashtirilgan Texnologik infratuzilma: Bunday tizimlarni
yondashuvlar talabalarning motivatsiyasini joriy etish uchun yetarli texnologik
oshiradi. infratuzilma talab etiladi.

Ta’lim sifatini oshirish: Yaxshi tahlil va
yondashuvlar ta’lim sifatini oshirishga yordam
beradi.

Ma’lumotlar tahlili ta’lim jarayonini yangilash, talabalarni yanada samarali ta’lim
bilan ta’minlash va o‘qituvchilarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish uchun katta
imkoniyatlar yaratadi.

Kengaytirilgan va virtual reallik: Oliy ta’lim muassasalari VR va AR
texnologiyalarini qo‘llab, talabalarga tajribalar o‘tkazish, virtual sayohatlar qilish
imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Bu, ayniqsa, tibbiyot va arxitektura sohalarida
samarali.

Kengaytirilgan (AR) va virtual reallik (VR) ta’lim sohasiga inqilobiy o‘zgarishlar
kiritmoqda. Ular o‘quvchilarga interaktiv va ko‘p tomonlama tajriba taqdim etib, ta’lim
jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi.

ARni qo‘llashda interaktiv usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda,
talabalarning motivatsiyasi oshadi, darslar qiziqarli bo‘ladi, hamda murakkabliklarni
ko‘rib tushunish osonlashadi.

VR qo‘llashda tajribaviy o‘qitish, tarixiy joylarni o‘rganish ta’lim usullaridan
foydalanish o‘z natijasini beradi, deb hisoblaymiz. Bunda, talabalar haqiqiy tajriba
hissini tuyishadi. Bu esa o‘rganishni yanada samarali qiladi hamda xavfli yoki qiyin
sharoit bilan bog‘liq masalalarni xavfsiz muhitda o‘rganish imkoniyatini beradi.

Kengaytirilgan va virtual reallik ta’lim jarayonini yangilash va talabalarning
tajribasini kuchaytirishga yordam beradi.

Raqamlashtirish natijasida oliy ta’limda ta’lim jarayonining samaradorligi
oshmoqda, o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi interaktivlik kuchaymoqda, lekin
bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tegishli infratuzilma va
tayyorgarlik zarur.

Oliy ta’lim o‘quv jarayonini raqamlashtirish uchun quyidagi vazifalarni amalga
oshirishi zarur:

1. Texnologik infratuzilmani rivojlantirish
Internetga kirish: Talabalar va o‘qituvchilar uchun barqaror va tezkor internet
ta’minotini taqdim etish.
Raqamli platformalar: o‘qitish va o‘rganish uchun qulay raqamli platformalarni
joriy etish va yangilab borish.
2. O‘qituvchilarni tayyorlash
Kurslar va seminarlar: o‘qituvchilarni raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishga
tayyorlash uchun maxsus kurslar tashkil etish.
Innovatsion metodlar: raqamli ta’lim jarayonida innovatsion o‘qitish metodlarini
qo‘llash.
3. O‘quv materiallarini raqamlashtirish
Raqamli darsliklar: an’anaviy darsliklar o‘rnini bosadigan raqamli darsliklar va
o‘quv materiallarini yaratish.
Multimedia resurslari: o‘quv jarayonini boyitadigan video, audio va interaktiv
materiallarni ishlab chiqish.
4. O‘quv jarayonini monitoring qilish
Baholash tizimi: onlayn baholash va qayd etish tizimlarini joriy etish,
o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini doimiy ravishda monitoring qilish.
Tahlil va hisobotlar: o‘quv jarayoni va natijalarini tahlil qilish uchun zarur
ma’lumotlarni yig‘ish va hisobotlar tayyorlash.
5. O‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish
Interaktiv va qiziqarli formatlar: o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish uchun
interaktiv materiallar va qiziqarli baholash usullarini ishlab chiqish.
Qo‘llab-quvvatlash tizimlari: o‘quvchilarga individual yordam va maslahatlar
berish uchun raqamli vositalardan foydalanish.
6. Innovatsion yondashuvlarni joriy etish
Blended learning: Aralash ta’lim usullarini tatbiq etish, ya’ni an’anaviy va onlayn
ta’limni birlashtirish.
MOOC (Massive Open Online Courses): Katta auditoriyaga xizmat qiluvchi
ochiq onlayn kurslarni ishlab chiqish va taklif qilish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish oliy ta’lim samaradorligini oshirishga yordam
beradi va zamonaviy ta’limning global talablariga javob beradi.

XULOSA
Oliy ta’limni raqamlashtirishda xorij tajribasi ko‘plab muvaffaqiyatli
yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Onlayn ta’lim
platformalari, virtual va kengaytirilgan reallik, ma’lumotlarni tahlil qilish kabi usullar,
ta’lim jarayonini yanada samarali va individual qilishda muhim ahamiyatga ega.

Xorij oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonining raqamlashtirilishi nafaqat
talabalarning bilim olish jarayonini yaxshilaydi, balki o‘qituvchilarning pedagogik
yondashuvlarini ham takomillashtiradi. Bu jarayonlar, o‘z navbatida, ta’lim
muassasalarining global raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

Raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash orqali o‘quv jarayonini interaktiv va
qiziqarli qilish talabalarni o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish orqali yanada faol
ishtirok etishga undaydi.

Kelajakda, ta’lim sohasidagi raqamli transformatsiyalar davom etishi kutilmoqda,
va bu jarayonlarning ta’siri ta’lim sifatiga va talabalarning o‘quv natijalariga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Oliy ta’lim muassasalari uchun raqamlashtirish nafaqat zamon
talablariga javob berish, balki kelajakdagi avlodlarni tayyorlashda muhim strategik
vosita bo‘lib qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni
2. Clayton Christens. (2011) The Innovative University: Changing the DNA of
Higher Education from the Inside Out / Jossey-Bass – 30 (08). – P. 156-160.
3. George Siemens. (2010) Connectivism: A Learning Theory for the Digital
Age / “International Journal of Instructional Technology and Distance Learning” – 01
(01). – P. 55-60.
4. Mirzayev A.O‘. (2021) Mamlakatimiz ta’lim tizimida raqamlashtirish va
raqamli dunyoda o‘qitish va o‘rganishning mavjud imkoniyatlari // J. Academic
Research in Educational Sciences. VOLUME 2, ISSUE 12. – P. 1046-1051.
5. Sal Khanning. (2012) The One World Schoolhouse: Education Reimagined /
Twelve Books – 07 (08). – P. 220-225.
6. Sultonov J. (2021) Raqamli ta’lim resurslari: O‘zbekiston tajribasi /
“O‘qituvchi” – 01 (04). – P. 115-120.
7. Xudoyberdiyev X. (2020) Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar / “O‘qituvchi”
– 01 (07). – P. 122-128.
8. Yong Zhao. (2012) Creating the Schools Our Children Need: Why What
We’re Doing Now Won’t Work / Jossey-Bass – 01 (07). – P. 125-130.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni (In Uzbek)

2. Clayton Christens. (2011) The Innovative University: Changing the DNA of
Higher Education from the Inside Out / Jossey-Bass – 30 (08). – P. 156-160.

3. George Siemens. (2010) Connectivism: A Learning Theory for the Digital
Age / “International Journal of Instructional Technology and Distance Learning” – 01
(01). – P. 55-60.

4. Mirzayev A.O‘. (2021) Mamlakatimiz ta’lim tizimida raqamlashtirish va
raqamli dunyoda o‘qitish va o‘rganishning mavjud imkoniyatlari // J. Academic
Research in Educational Sciences. VOLUME 2, ISSUE 12. – P. 1046-1051. (In Uzbek)

5. Sal Khanning. (2012) The One World Schoolhouse: Education Reimagined /
Twelve Books – 07 (08). – P. 220-225.

6. Sultonov J. (2021) Raqamli ta’lim resurslari: O‘zbekiston tajribasi /
“O‘qituvchi” – 01 (04). – P. 115-120. (In Uzbek)

7. Xudoyberdiyev X. (2020) Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar / “O‘qituvchi”
– 01 (07). – P. 122-128. (In Uzbek)

8. Yong Zhao. (2012) Creating the Schools Our Children Need: Why What
We’re Doing Now Won’t Work / Jossey-Bass – 01 (07). – P. 125-130.