ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish orqali uning samaradorlikka ta’sirini baholash

Alimardonov Muhammadi Ibrahimovich, Haydarov O‘ral Axmadovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ASSESSMENT OF THE IMPACT OF THE INTERNAL AUDIT SERVICE ON
EFFICIENCY BY CREATING AN INTERNAL AUDIT SERVICE AT
ENTERPRISES

Alimardonov Muhammadi Ibrahimovich
Professor at Oriental University, Doctor of Economics

Tel.: +998 90 014-41-85
e-mail: m97798665@gmail.com

Haydarov Ural Akhmadovich
Associate professor of the TSUE, PhD

Tel.: +998 90 035-39-60
e-mail: uralhajdarov428@gmail.com

Annotation. Today, internal audit is being formed as a separate structure as a
result of the increased role of corporate governance in attracting foreign investment,
internal audit is used in world practice as an important tool for protecting business,
minimizing risks and implementing comprehensive control. Taking this into account,
this article analyzes the experience of economically developed countries and
scientific achievements in the field, harmonizes regulatory documents coordinating
internal audit activities in business entities with international requirements, increases
the efficiency of the internal audit institution, forms an effective management system,
and studies the existing problems in reducing business risks of the internal audit
service in attracting investors, as well as the author’s approaches and proposals for
their elimination.

Keywords: business entities, budgetary organizations, audit, internal audit,
funds, control, state budget, budget system, financing, budget revenues, budget
expenditures, local budget, fiscal policy.

KORXONALARDA ICHKI AUDIT XIZMATINI TASHKIL ETISH ORQALI
UNING SAMARADORLIKKA TA’SIRINI BAHOLASH

Alimardonov Muxammadi Ibrahimovich
Oriental universiteti professori, i.f.d.
Tel.: +998 90 014-41-85
e-mail: m97798665@gmail.com

Haydarov O‘ral Axmadovich
TDIU dotsenti, i.f.n.

Tel.: +998 90 035-39-60
e-mail: uralhajdarov428@gmail.com

Annotatsiya. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ichki
auditning korporativ boshqaruvdagi roli ortib borishi natijasida alohida tuzilma
sifatida shakllanishi jahon amaliyotida ichki audit biznesni himoya qilish, risklarni
minimallashtirish va kompleks nazoratni amalga oshirishning muhim vositasi sifatida
qo‘llanilmoqda. Shuni inobatga olgan holda ushbu maqolada iqtisodiy rivojlangan
davlatlar tajribasi va sohadagi ilmiy yutuqlarini tahlil etish, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda ichki audit faoliyatini muvofiqlashtiruvchi me’yoriy hujjatlarni xalqaro
talablarga uyg‘unlashtirish, ichki audit institutining faoliyat samaradorligini oshirish,
samarali boshqaruv tizimini shakllantirish va investorlarni jalb etishda ichki audit
xizmatining biznes risklarini pasaytirishdagi mavjud muammolar hamda ularni
bartaraf etish bo‘yicha muallif yondashuvlari va takliflari o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: xo‘jalik yurituvchi subyektlar, byudjet tashkilotlari, audit, ichki
audit, pul mablag‘lari, nazorat, davlat byudjeti, byudjet tizimi, moliyalashtirish,
byudjet daromadlari, byudjet xarajatlari, mahalliy byudjet, soliq-byudjet siyosati.

ОЦЕНКА ВЛИЯНИЯ СЛУЖБЫ ВНУТРЕННЕГО АУДИТА НА
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПУТЕМ СОЗДАНИЯ СЛУЖБЫ ВНУТРЕННЕГО

АУДИТА НА ПРЕДПРИЯТИЯХ

Алимардонов Мухаммади Ибрагимович
Профессор университета Ориентал, д.э.н.

Teл.: +998 90 014-41-85
e-mail: m97798665@gmail.com

Хайдаров Урал Ахмадович
Доцент университета ТГЭУ, к.э.н.

Teл.: +998 90 035-39-60
e-mail: uralhajdarov428@gmail.com

Аннотация. Сегодня происходит формирование внутреннего аудита как
отдельной структуры в результате возросшей роли корпоративного управления
в привлечении иностранных инвестиций, внутренний аудит используется в
мировой практике как важный инструмент защиты бизнеса, минимизации
рисков и осуществления комплексного контроля. Учитывая это, в статье
анализируется опыт экономически развитых стран и научные достижения в
данной области, гармонизируются нормативные документы, координирующие
деятельность внутреннего аудита в хозяйствующих субъектах, с
международными требованиями, повышается эффективность деятельности
института внутреннего аудита, формируется эффективная система управления,
Изучены подходы и предложения автора по устранению существующих
проблем службы внутреннего аудита в снижении предпринимательских рисков
при привлечении инвесторов.

Ключевые слова: хозяйствующие субъекты, бюджетные организации,
аудит, внутренний аудит, фонды, контроль, государственный бюджет,
бюджетная система, финансирование, доходы бюджета, расходы бюджета,
местный бюджет, налогово-бюджетная политика

KIRISH
Ma’lumki, har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadi – faoliyat
samaradorligiga erishish va yuqori foyda olish. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish
natijasida moliya tizimining har bir bo‘g‘inidagi holatni obyektiv aks ettiradigan
ishonchli axborot olish imkoniyati yaratiladi. Moliyaviy nazorat orqali korxona
rahbariyati samarali moliyaviy-xo‘jalik boshqaruvini amalga oshira oladi, mulkdorlar
esa, ularning mulkini tasarruf etayotgan boshqaruvchilarning ishini nazorat qila
oladi. Natijada iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar hamda fuqarolarning shaxsiy
mulki qo‘shimcha kafolatlarga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ichki auditning
nazariy va huquqiy asoslari, ichki audit xizmatini tashkil etish mexanizmlarini
xalqaro standartlar talablari asosida takomillashtirish hamda ichki audit
samaradorligini baholashning uslubiy asoslarini ishlab chiqishni talab qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida «xalqaro
tajribani hisobga olgan holda korporativ huquqni rivojlantirish va korporativ
boshqaruvning zamonaviy prinsiplarini joriy etish» muhim vazifalardan biri etib
belgilangan. Mazkur vazifalarning bajarilishini ta’minlash ichki audit faoliyatini
tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy tizimni xalqaro standartlarga mos ravishda
rivojlantirish, xalqaro standartlar asosida ichki auditni tashkil etish va uni
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi.

MAVZUGA DOIR ADABIYOTLAR TAHLILI
Ichki auditni dastlabki rivojlanish shakli ko‘pchilikda zamonaviy ichki
tekshiruvni, shuningdek o‘z ichiga buxgalteriya hisobini va xo‘jalik operatsiyalarini
baholashni to‘g‘ri o‘rganishni eslatadi. Ichki auditni nisbatan zamonaviy shakli
dastlab, Amerika Qo‘shma Shtatlarida yuzaga kelgan. 1789-yilda Kongressning
birinchi chaqiruvi moliya vaziri, nazoratchi va auditor tayinlashni qo‘llabquvvatlagan. Alohida qayd etish kerakki, o‘sha vaqtda buxgalteriya hisobi qo‘lda
yuritilishi munosabati bilan auditorlar xo‘jalik operatsiyalari yozuvlarining
to‘g‘riligini va xatoliklarni qayta tekshirish talab etilgan. Birinchi marotaba ichki
audit bo‘yicha yo‘riqnoma 1875-yilda Germaniyaning yirik temir yo‘l sanoat
korxonasi “Ag Krupp” tomonidan qabul qilingan (Мухина A., 2013: 151-156).
Ichki audit – ichki nazorat tizimining asosiy elementi sifatida buxgalteriya
hisobini yuritishning o‘rnatilgan tartibiga amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan

harakat sifatida bir qancha olimlarning qarashlari bir-biriga yaqinligini ko‘rish
mumkin. Jumladan, V.I.Podolskiy, A.A.Savina, L.V.Sotnikova “Ichki audit
iqtisodiyot subyektida uning mulk egalari manfaatlarini ko‘zlab tashkil etilgan va
uning ichki hujjatlari bilan tartibga solingan buxgalteriya hisobini yuritishning
o‘rnatilgan tartibiga amal qilinishini va ichki nazorat tizimi faoliyati ishonchliligini
nazorat qiluvchi nazorat tizimi hisoblanadi” deb fikrlagan (Подольский В., Савина
А., Сотникова Л., 2010).

D. Litvin ichki auditning xususiyatini quyidagicha ochib beradi. “Ichki auditxo‘jalik subyekti tomonidan tashkil etilgan va uning rahbari uchun amal qiladigan
buxgalteriya hisobini yuritishni o‘rnatilgan tartibiga mosligini nazorat qilish
tizimidir” deb e’tirof etgan (Литвин Д., Богданова Е., Михеева Л., 2010).

A. Evdokimova va I. Pashkina “Ichki audit – buxgalteriya hisobi va ichki
nazoratni to‘g‘ri yuritishga javob beradigan tashkilotning ichida qo‘llaniladigan
nazorat tizimi” sifatida e’tirof etadi (Евдокимова А., Пашкина И., 2009).

V. Bursev ichki auditga quyidagicha ta’rif bergan: “Ichki audit – bu xo‘jalik
yurituvchi subyekt buxgalteriya hujjatlari bilan boshqaruv organi va korxona
mablag‘lari harakatining nazorati bo‘yicha boshqaruv kengashi va ijrochi organlarga
ma’lumot berish borasida bajariladigan ishlardir” (Бурцев B., 2003)

A. Bogomolova ichki audit xizmatini quyidagicha izohlagan “Ichki audit -
auditning asosiy qismidan iborat bo‘lib, ta’sischilar huquqini ta’minlovchi xizmat
hisoblanib va uning faoliyati mol-mulklardan to‘g‘ri foydalanishi va ichki
nazoratning ishonchliligini ta’minlashdir” (Богомолова А., 1999).

Z. Mamatovning fikricha “Ichki auditorlar xo‘jalik yurituvchi subyekt, firma,
subyekt va shu kabilarning boshqaruv faoliyatini mustaqil ekspert sifatida baholaydi.
Ular tahlil va baholash natijalarini, o‘zlari tekshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyekt
faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni, o‘z tavsiyalari va maslahatlarini boshqaruvni
amalga oshirayotgan bosh firmaga taqdim etadilar” (Mamatov Z., 2007).

Bu borada, professor A. Karimov tashqi va ichki auditning asosiy ikkita o‘zaro
farqli jihati mavjudligini ta’kidlaydi:

Birinchidan, tashqi audit korxonaning moliyaviy hujjatlari to‘g‘riligini
tasdiqlashga, ichki audit esa asosiy e’tiborni korxonaning mavjud nazorat tizimi va
uning turli bo‘linmalaridagi ishlab chiqarish, marketing, savdo-sotiq, moliya va
hokazolarning holatini aniqlashga asoslanadi;

Ikkinchidan, tashqi audit, birinchi navbatda, korxona mijozlari hisoblangan
iste’molchi, kreditor, soliq organlari va boshqa foydalanuvchilar manfaatlarini
inobatga oladi. Ichki audit, birinchi navbatda, korxona boshqaruvi manfaatlariga
qaratilgan bo‘lib, samarali ichki audit tizimi tashqi auditga sarflanadigan xarajatlarni
qisman kamaytirishga xizmat qiladi (Каримов А., 2008).

Keltirilgan ta’riflarga asoslanib aytish mumkinki, ichki audit xizmati
tashkilotning ichki nazorat tizimini tashkil etuvchi tarkibiy elementlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Ichki audit xizmati ichki nazorat tizimining turli bo‘g‘inlari (elementlari)
ustidan samarali nazoratni amalga oshirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan
faoliyat sifatida e’tirof etish mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, guruhlash, qiyoslash, retrospektiv va
istiqbolli, empirik tahlil va boshqa uslublardan foydalanildi. Maqolada qiyosiy
taqqoslash usulida jahon amaliyotida byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini
tashkil etishni rivojlantirish usullarining tashkiliy-huquqiy asoslarini
mamlakatimizdagi mavjud asoslar bilan taqqoslab, tegishli xulosalar shakllantirildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish hamda nazoratini
takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shular
jumlasidan byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish va uning ustidan
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot
mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning bo‘ysunuvidagi
muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash borasidagi mas’uliyatini oshirish,
shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy
nazorat standartlarini joriy qilish yo‘li bilan byudjet qonunchiligini buzish
holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining
rolini tubdan qayta ko‘rib chiqish belgilandi.
Aytish mumkinki, byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli
va oqilona foydalanishni ichki nazorati ko‘p jihatdan ichki audit tizimini samarali
tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi. Respublikamizda ichki audit xizmatini tashkil etishda
xorijiy investor ishtirokidagi subyektlarda ularning ahamiyatini oshirish, har bir
subyektda ichki audit xizmatining javobgarligini yanada oshirish hamda xizmat
tomonidan taqdim etiladigan yig‘ma hisobot natijalar asosida kuzatuv kengashi
tavsiyasiga ko‘ra ijroiya organi faoliyatidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish
va ichki auditning mustaqilligi prinsipini yanada kuchaytirish lozim. Natijada ichki
auditorlarga e’tibor yanada oshadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
o‘rganish natijalariga qiziqish uyg‘onadi. Natijalarini umumlashtirib, byudjet
tashkilotlarida ichki audit xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shakllantirildi (1-
rasm).

Ichki audit xizmati faoliyati

Mablag‘ sarfini rejalash Mablag‘ sarfi hisobini
holati yuritish holati

Byudjet mablag‘lari bo‘yicha Birlamchi hisob hujjatlari va
xarajatlar smetasi va shtatlar registrlari

jadvali Moliyaviy hisobotlar

Byudjetdan tashqari mablag‘lar
bo‘yicha daromadlar va

xarajatlar smetasi va shtatlar
jadvali

Faoliyat samaradorligi
holati

1-rasm. Byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati faoliyati yo‘nalishlari.1

Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, ichki audit faoliyatini uch yo‘nalishda
olib borish maqsadga muvofiq, bunda birinchi navbatda xarajatlarni to‘g‘ri
rejalashtirishini o‘rganishdan boshlanadi va ular bo‘yicha tegishli audit amallari
bajariladi. Keyingi navbatda esa smetalar doirasida mablag‘lar sarflanishi holati
yuzasidan audit dalillari to‘planadi va uchinchi navbatda byudjet tashkiloti
zimmasiga yuklatilgan vazifani samarali bajarish holati o‘rganiladi. Byudjet tashkiloti
ta’lim muassasasi bo‘lsa, ta’lim jarayonini amaldagi normativ hujjatlar talablari
doirasida tashkil etilishi, faoliyat natijalari tahlil etiladi.

1-jadval
«O‘zneftgazqazibchiqarish» AJning 2023-yildagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari

bajarilishi tahlili2

1 Mualliflarning ilmiy-tadqiqot asosidagi ishlanmasi.
2 “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJning moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan.

Ko‘rsatkichlar Salmog‘i, Prognoz Haqiqatda Foizda SMK
№ % ko‘rsatkichlar bajarilishi ExB/100

A B C D E

Foizlar, soliqlar va

amortizatsiya 4 739 6 153 129,8 2,6
1 chegirilgunga 2 720 613

qadar foyda

Xarajatlarning

2 daromadlarga 2 0,9 0,8 91,5 1,8

nisbati koeffitsienti

3 Jalb qilingan 2 0,06 0,08 136,7 2,7
kapital rentabelligi

4 Xususiy kapital 2 0,2 0,3 133,9 2,7
rentabelligi

5 Aksiyadorlik 2 114,5 128,2 111,9 2,2
kapitali rentabelligi

6 Aktivlar 15 -0,04760 0,0257 51,4 7,7
rentabelligi 0

7 Mutlaq likvidlik 12 0,04147 0,0267 13,4 1,6
koeffitsiyenti 3

Moliyaviy 12 0,96438 1,7401 174,0 20,9
8 mustaqillik 0

koeffitsiyenti

Kreditorlik

9 qarzlarining 12 453 392 115,4 13,9
aylanuvchaligi,

kunda

Debitorlik

10 qarzlarining 12 164 131 125,8 15,1
aylanuvchanligi,

kunda

11 Qoplash 12 0,5 0,5 38,9 4,7
koeffitsiyenti

12 Dividend chiqishi 5 0,8 0,5 69,6 3,5
koeffitsiyenti

Debitorlik

qarzlarining

kamayish 1 13,2 1,3
13 ko‘rsatkichi 0 2,0 15,4

(o‘rnatilgan

topshiriqqa

nisbatan % da)

JAMI 100 80,7

1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJning
2023-yildagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari bajarilishi 80,7 foizni tashkil etadi,
19,3 foiz esa bajarilmagan.

Ichki auditorlarning qayd etishicha, ilk beshta koeffitsiyentni hisoblab chiqishda
hisob-kitoblar “O‘zbekneftgazqazibchiqarish” AJ ijro apparati ko‘rsatkichlari
bo‘yicha amalga oshirilgan. Bizningcha, ushbu hisob-kitoblarni qayd etilmagan
MHXSga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot asosida tuzish
zarur. Jamiyat boshqarmasi apparatining 2023-yildagi faoliyati samaradorlikning
muhim va qo‘shimcha samaradorliklarini hisob-kitob qilish jarayonida asosiy
ko‘rsatkichlar 80,7 foizni, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar esa 105,9 foizni, ya’ni
o‘rtachasi 93,3 foizni tashkil etadi. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, samaradorlikning
muhim ko‘rsatkichlari “yetarli darajada” bajarilishi “O‘zbekneftgazqazibchiqarish”
AJning ijro organi faoliyati samaradorligi ijobiy natija bilan belgilanadi.

Ichki audit xizmati hisobotining yakuniy qismida korxonaning ijro etuvchi
organi va tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga, shuningdek likvidligiga umumiy baho
berish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-
iyuldagi “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi
207-sonli qarorida samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadga
muvofiq (1-jadval).

Ichki audit xizmati tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho
berishda samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini aniqlash lozim va buning
natijasida kuzatuv kengashi tomonidan subyekt rahbariyatini ish jarayonini baholash
imkoniyati oshadi. Shuningdek, ichki audit xizmati mavjud va mavjud bo‘lmagan
korxonalarning faoliyatini o‘rganish, ichki audit xizmati tashkil etilmagan
subyektlarda ichki nazorat tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni
tahlil qilish va ularni bartaraf etish uchun ichki audit xizmatini tuzish maqsadga
muvofiq.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ichki audit xizmati hisobotini tayyorlashda uni
o‘tkazish jarayonining ketma-ketlik bosqichlarining tuzilishi muhim hisoblanadi va
uning shakli ishlab chiqildi. Ichki audit xizmatini tashkil etishda muallif tomonidan
taklif qilingan ichki auditni o‘tkazish bosqichlarini qo‘llash natijasida uni
hujjatlashtirish jarayonida ichki audit reja va dasturini o‘z vaqtida tuzish, ichki audit
xarajatlar smetasini tayyorlash, ichki audit xizmati xodimlari lavozim yo‘riqnomasini
ishlab chiqish, kunlik ish jarayonlarini amalga oshirish, ichki audit xizmati hisobotini
tuzish hamda kuzatuv kengashiga taqdim etishda ketma-ketlik asosida bajarilishi
ta’minlanadi.

Ichki audit xizmatining xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun samaradorlik
ko‘rsatkichlari tizimi va uni aniqlash uslubiyati yaratildi hamda amaliyotga qo‘llash
uchun tavsiya etildi. Buning natijasida kuzatuv kengashi tomonidan ichki auditorlar
ish natijalarini baholash va nazorat qilish imkoniyati yanada oshadi.

Ichki audit standartlari respublikamizda ichki audit sohasini rivojlantirish uchun
asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Buning natijasida ichki
auditorlar tomonidan ichki audit standartlarining keng qo‘llanilishi amaliyotdagi
muammolarning o‘z vaqtida hal etish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 17 январдаги ПФ-
5635-сонли “2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини
ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар
стратегиясини “Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили”да амалга
оширишга оид давлат дастури тўғрисида”ги Фармони.

2. Мухина А.С. (2013) Становление и развитие внутреннего аудита //
Образование, Наука, Научные кадры. №4. – C. 151-156.

3. Подольский В.И., Савина А.А., Сотникова Л.В. (2010) Международные
и внутрифирменные стандарты аудиторской деятельности: учеб. Пособие. –
Москва: Вузовский учебник: ИНФРА-М.

4. Литвин Д.В., Богданова Е.П., Михеева Л.В. (2010) Основы общего
аудита. – Москва: МаркетДС.

5. Евдокимова А.В., Пашкина И.Н. (2009) Внутренний аудит и контроль
финасово-хозяйственной деятельности организации: практическое пособие. –
Москва: Издательско-торговая корпорация «Дашков И.К».

6. Бурцев В.В. (2003) Внутренний аудит компании: вопросы организации
и управлении. Финансовый менеджмент. - №4. www.dis.ru/fm

7. Богомолова А.М. и дрг. (1999) Внутренний аудит. Организация и
методика проведения. – Москва: «Экзамен».

8. Маматов З.Т. (2007) Аудит. Ўқув қўлланма. – Тошкент: “Фан ва
технология”.

9. Каримов А.А. (2008) Корпоратив бошқарув тизимида бухгалтерия
ҳисоби ва аудит. Монография. – Тошкент: Иқтисод-Молия. – 152 б.

REFERENCES:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-
sonli “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy
rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni. (In
Uzbek)
2. Muxina A.S. (2013) Stanovlenie i razvitie vnutrennego audita //
Obrazovanie, Nauka, Nauchnie kadri. №4. – C. 151-156. (In Russian)

3. Podolskiy V.I., Savina A.A., Sotnikova L.V. (2010) Mejdunarodnie i
vnutrifirmennie standarti auditorskoy deyatelnosti: ucheb. Posobie. – Moskva:
Vuzovskiy uchebnik: INFRA-M. (In Russian)

4. Litvin D.V., Bogdanova E.P., Mixeeva L.V. (2010) Osnovi obshego audita.
– Moskva: MarketDS. (In Russian)

5. Evdokimova A.V., Pashkina I.N. (2009) Vnutrenniy audit i kontrol
finasovo-xozyaystvennoy deyatelnosti organizasii: prakticheskoe posobie. – Moskva:
Izdatelsko-torgovaya korporasiya «Dashkov I.K». (In Russian)

6. Bursev V.V. (2003) Vnutrenniy audit kompanii: voprosi organizasii i
upravlenii. Finansoviy menedjment. - №4. www.dis.ru/fm (In Russian)

7. Bogomolova A.M. i drg. (1999) Vnutrenniy audit. Organizasiya i metodika
provedeniya. – Moskva: «Ekzamen». (In Russian)

8. Mamatov Z.T. (2007) Audit. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: “Fan va
texnologiya”. (In Uzbek)

9. Karimov A.A. (2008) Korporativ boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi va
audit. Monografiya. – Toshkent: Iqtisod-Moliya. – 152 b. (In Uzbek)