IMPROVEMENT OF THE MECHANISM OF CONDUCTING INTERNAL
AUDIT IN BUDGETARY ORGANIZATIONS
Alimardonov Muhammadi Ibrahimovich
Professor of Oriental University, Doctor of Economics
Tel.: +998 90 014-41-85
e-mail: m97798665@gmail.com
Khujamkulov Dilmurod Yusupaliyevich
Associate professor of Oriental University, PhD in Economics
Tel.: +998 90 998-42-98
e-mail: dilmurodxujamkulov77@gmail.com
Annotation. In international practice, many studies are conducted aimed at
improving and developing the methodology for conducting internal audits and
international standards of internal audit. The article examines the features of using
international standards of internal audit in the activities of the internal audit service of
budgetary organizations, compliance with established requirements and existing
problems in their implementation in our republic, as well as the author’s approaches
and proposals for their elimination. Deep integration and globalization of the economy
require the development and implementation of international standards of internal audit
in international practice. Today, the active formation of internal audit as a separate
structure as a result of the increasing role of internal audit in corporate governance in
attracting foreign investments, including in state-owned economic entities, leads to the
effective use of internal audit in world practice as an important tool for protecting
business, minimizing risks, and implementing comprehensive control.
Keywords: budget, budget organizations, audit, internal audit, funds, control,
state budget, budget system, financing, budget revenues, budget expenditures, local
budget, fiscal policy.
BYUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDITNI O‘TKAZISH
MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Alimardonov Muxammadi Ibragimovich
Oriental universiteti professori, i.f.d.
Tel.: +998 90 014-41-85
e-mail: m97798665@gmail.com
Xujamkulov Dilmurod Yusupaliyevich
Oriental universiteti professori v.b., i.f.n.
Tel.: +998 90 998-42-98
e-mail: dilmurodxujamkulov77@gmail.com
Annotatsiya. Xalqaro amaliyotda ichki auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish
uslubiyatini va ichki auditning xalqaro standartlarini takomillashtirish hamda
rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada byudjet
tashkilotlarining ichki audit xizmati faoliyatida ichki auditning xalqaro
standartlaridan foydalanish xususiyatlari, belgilangan talablarga rioya qilish hamda
respublikamizda amaliyotga joriy etishdagi mavjud muammolar hamda ularni
bartaraf etish bo‘yicha yondashuvlar va takliflar o‘rganilgan. Iqtisodiyotning chuqur
integratsiyalashuvi va globallashuvi xalqaro amaliyotda ichki auditning xalqaro
standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni talab etmoqda. Bugungi
kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, jumladan, davlat boshqaruvidagi xo‘jalik
subyektlarida ham ichki auditning korporativ boshqaruvdagi rolining ortib borishi
natijasida alohida tuzilma sifatida faol shakllanib borishi jahon amaliyotida ichki
auditning biznesni himoya qilish, risklarni minimallashtirish va kompleks nazoratni
amalga oshirishning muhim vositasi sifatida samarali qo‘llanilishiga olib kelmoqda.
Kalit so‘zlar: byudjet, byudjet tashkilotlari, audit, ichki audit, pul mablag‘lari,
nazorat, davlat byudjeti, byudjet tizimi, moliyalashtirish, byudjet daromadlari,
byudjet xarajatlari, mahalliy byudjet, soliq-byudjet siyosati.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМА ПРОВЕДЕНИЯ
ВНУТРЕННОГО АУДИТА В БЮДЖЕТНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ
Алимарданов Мухаммади Ибрагимович
Профессор университета Ориентал, д.э.н.
Teл.: +998 90 014-41-85
e-mail: m97798665@gmail.com
Хужамкулов Дилмурод Юсупалиевич
И.о. профессор университета Ориентал, к.э.н.
Teл.: +998 90 998-42-98
e-mail: dilmurodxujamkulov77@gmail.com
Аннотация. В международной практике проводится множество
исследований, направленных на совершенствование и разработку методологии
проведения внутренних аудитов и международных стандартов внутреннего
аудита. В статье исследуются особенности использования международных
стандартов внутреннего аудита в деятельности службы внутреннего аудита
бюджетных организаций, соблюдение установленных требований и
существующие проблемы при их внедрении в нашей республике, а также
авторские подходы и предложения по их устранению. Глубокая интеграция и
глобализация экономики требуют разработки и внедрения в международную
практику международных стандартов внутреннего аудита. Сегодня активное
формирование внутреннего аудита как отдельной структуры в результате
повышения роли внутреннего аудита в корпоративном управлении при
привлечении иностранных инвестиций, в том числе в государственные
хозяйствующие субъекты, обусловливает эффективное использование
внутреннего аудита в мировой практике как важного инструмента защиты
бизнеса, минимизации рисков, осуществления всестороннего контроля.
Ключевые слова: бюджет, бюджетные организации, аудит,
внутренний аудит, фонды, контроль, государственный бюджет, бюджетная
система, финансирование, доходы бюджета, расходы бюджета, местный
бюджет, налогово-бюджетная политика.
KIRISH
Xalqaro amaliyotda ichki audit xizmatini tashkil etish borasidagi umumiy tartib
va mezonlarni ishlab chiqish ichki audit xizmati faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ichki
auditorlar Instituti (The Institute of Internal Auditors, IIA) tomonidan amalga
oshiriladi hamda ushbu xalqaro tashkilot 170 dan ortiq davlatlarning 185 mingdan
ortiq a’zolarini o‘z ichiga birlashtiradi (http://www.aasb.com – International Auditing
and Assurance Standards Board sayti ma’lumoti). Iqtisodiy rivojlangan davlatlar
tajribasi va sohadagi ilmiy yutuqlarini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, byudjet
tashkilotlarida ichki audit faoliyatini muvofiqlashtiruvchi me’yoriy hujjatlarni
xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish, ichki audit institutining faoliyat samaradorligini
oshirish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish va investorlarni jalb etishda ichki
audit xizmatining biznes risklarini pasaytirishga qaratilgan mavqeini oshirish muhim
omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ichki auditning
nazariy va huquqiy asoslari, ichki audit xizmatini tashkil etish mexanizmlarini
xalqaro standartlar talablari asosida takomillashtirish hamda ichki audit
samaradorligini baholashning uslubiy asoslarini ishlab chiqishni talab qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida “xalqaro
tajribani hisobga olgan holda korporativ huquqni rivojlantirish va korporativ
boshqaruvning zamonaviy prinsiplarini joriy etish” muhim vazifalardan biri etib
belgilangan. Mazkur vazifalarning bajarilishini ta’minlashda ichki audit faoliyatini
tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy tizimni xalqaro standartlarga mos ravishda
rivojlantirish, xalqaro standartlar asosida ichki auditni tashkil etish va uni
takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
MAVZUGA DOIR ADABIYOTLAR TAHLILI
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida byudjet
tashkilotlarining ichki audit xizmati hisob-kitoblar o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishiga,
ularning iqtisodiy faoliyati yaxshilanishiga xizmat ko‘rsatadi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rivojlantirish va moliyaviy
jihatdan mustahkamlashda ichki audit xizmatining o‘rni beqiyosdir. Shu bois, byudjet
tashkilotlarining ichki audit xizmatini ilmiy jihatdan o‘rganish hamda iqtisodchiolimlarning ham bu boradagi fikrlari va ilmiy qarashlarini keltirib o‘tish maqsadga
muvofiqdir. Xususan, Ichki auditorlar instituti (The institute of internal auditors)
tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, Ichki audit – bu tashkilot faoliyatini
takomillashtirishga qaratilgan mustaqil va xolis kafolatlar va maslahatlar berish
faoliyati. Ichki audit risklarni boshqarish, nazorat va korporativ boshqaruv
jarayonlarining samaradorligini baholash va yaxshilashga tizimli va izchil yondashish
orqali tashkilotga o‘z maqsadlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Xorijlik iqtisodchi olim Y. Voropayev “Ichki auditning asosiy maqsadi – subyekt
menejerlariga zimmalaridagi majburiyatlarni samarali bajarishda, korxona va uning
tarkibiy tuzilmalari oldida turgan maqsad va vazifalarga eng samarali tarzda erishish
uchun korxona aktivlaridan samarali foydalanayotganlariga yetarlicha ishonch hosil
qilishlarida yordam berish”dir, deya ta’kidlab o‘tgan (Воропаев Ю., 2006: 17-20).
Demak, yuqoridagi fikrga e’tibor qaratilsa, haqiqatan ham, ichki audit xizmatining
maqsadi korxonada sodir bo‘layotgan barcha muomalalar to‘g‘ri rasmiylashtirilishini
nazorat qilish hisoblanadi.
S. Jminkoning fikriga ko‘ra, “Ichki auditning moliyaviy hisobotni tekshirish va
soliqlarni minimallashtirishga yo‘naltirilgan funksiyasi korxona faoliyatining barcha
jihatlarini qamrab olish funksiyasiga ko‘chib o‘tayotgani kuzatilmoqda” (Жминько
С., 2008: 316).
Shuningdek, A. Ibragimov ichki auditning ahamiyati va zarurati boshqaruv
funksiyalarini tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan (Ибрагимов А.,
2002: 42).
Bundan ko‘rinib turibdiki, ichki auditning mohiyati, asosan, korxona boshqaruv
tizimiga ko‘maklasha oladigan faoliyat turi ekanligi bilan namoyon bo‘ladi.
Bu borada iqtisodchi va professor A. Karimov tashqi va ichki auditning asosiy
ikkita o‘zaro farqli jihatlari mavjudligini ta’kidlaydi: birinchidan, tashqi audit
korxonaning moliyaviy hujjatlari to‘g‘riligini tasdiqlashga, ichki audit esa asosiy
e’tiborni korxonaning mavjud nazorat tizimi va uning turli bo‘linmalaridagi ishlab
chiqarish, marketing, savdo-sotiq, moliya va hokazolarning holatini aniqlashga
asoslanadi; ikkinchidan, tashqi audit, birinchi navbatda, korxona mijozlari hisoblangan
iste’molchi, kreditor, soliq organlari va boshqa foydalanuvchilar manfaatlarini inobatga
oladi. Ichki audit, birinchi navbatda, korxona boshqaruvi manfaatlariga qaratilgan
bo‘lib, samarali ichki audit tizimi tashqi auditga sarflanadigan xarajatlarni qisman
kamaytirishga xizmat qiladi (Каримов А., 2008: 152).
S. Jminko tomonidan ichki auditning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar
e’tirof etilgan: birinchidan, mustaqillik va obyektivlik. Mustaqillik tushunchasi bir
muncha tashkiliy mazmunga ega va ichki audit xizmatining korxonada
bo‘ysunuvchanligi darajasidan kelib chiqib aniqlanadi. Obyektivlik tushunchasi ichki
auditorning shaxsiy fazilati – baho va xulosa berishda hissiyotga berilmasligi
tushuniladi. Ikkinchidan, kafolatlash va maslahatlar berish. Ichki audit faoliyatining
mijozlarga kafolat va maslahatlar berish ko‘lami sezilarli darajada kengaydi va
bugungi kunda quyidagi sohalarni o‘z ichiga olgan: tavakkalchilik xavflarini
boshqarish, ichki nazorat, korporativ boshqaruv. Kafolatlarni taqdim etish mustaqil
ravishda baholashni amalga oshirish va tizimlar, jarayonlar, muomalalar
samaradorligi haqida fikr bildirish maqsadida auditorlik dalillarini obyektiv tahlil
qilishdan iborat. Maslahat berishning kafolat berishdan asosiy farqi shundaki,
maslahat taqdim etilishi kerak bo‘lgan holatlarda auditorning ish hajmi mijoz
tomonidan belgilanadi (Жминько С., 2008: 316).
Keltirilgan ta’riflarga asoslanib, quyidagicha xulosaga kelish mumkin, ichki
audit xizmatining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy va
boshqa faoliyatining turli yo‘nalishlarini tekshirishdan, ularni erkin va xolis
baholashdan iboratdir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, guruhlash, qiyoslash, retrospektiv va
istiqbolli, empirik tahlil va boshqa uslublardan foydalanildi. Maqolada qiyosiy
taqqoslash usulida jahon amaliyotida byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini
tashkil etishni rivojlantirish usullarining tashkiliy-huquqiy asoslarini
mamlakatimizdagi mavjud asoslar bilan taqqoslab, tegishli xulosalar shakllantirildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Ta’kidlash lozimki, ishonchli va samarali ichki nazorat tizimini yaratish va
samarali ishlashini ta’minlash uchun ichki auditorlar emas, balki, subyekt boshqaruvi
mas’uldir. Ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tashkilot
rahbarining vazifasi, qanday bartaraf etilishini nazorat qilish esa ichki audit
xizmatining zimmasida bo‘ladi. Demak, byudjet tashkilotlarining taftish komissiyasi
va ichki audit xizmati samaradorlikka erishish va faoliyatining qonuniy amalga
oshirilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy nazorat olib boruvchi tuzilmalardir. Shu
sababli, ichki audit xizmati va taftish komissiyasi tashkil etilishi va faoliyat yuritishi
jihatidan keskin bir-biridan farq qiladi hamda ular o‘rtasidagi farqli jihatlari quyidagi
1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Ichki audit xizmati va taftish komissiyasi faoliyatidagi farqli jihatlar3
Ko‘rsatkichlar Taftish Ichki audit
O‘tkazish komissiyasi Xizmati
davriyligi
Yil davomida kamida bir marta Har chorakda va yillik
Maqsad
Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik Korxonaning moliyaviy holatini
Vazifalar faoliyati ustidan nazoratni amalga baholash va kuzatuv kengashini
Subyektlar oshirish ishonchli ma’lumot bilan
Tashkil etilishi ta’minlash
Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik
Huquqiy bazasi faoliyatini tekshirish Kamchiliklar o‘z vaqtida
Faoliyat natijasi aniqlanishi va bartaraf etilishini
yuzasidan hisobot Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik
Taqdim etish shakli faoliyati amalga oshirish
Jamiyatning boshqaruv tizimi,
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
“Aksiyadorlik jamiyatlari va Kuzatuv kengashi tavsiyasiga
aksiyadorlarning huquqlarini himoya
ko‘ra
qilish to‘g‘risida”gi qonun
Taftish “Korxonalardagi ichki audit
xizmati to‘g‘risida”gi nizom
komissiyasi xulosasi
Aksiyadorlarning umumiy Ichki audit xizmati hisoboti
(yig‘ma hisobot)
yig‘ilishiga
Kuzatuv kengashiga
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ichki audit xizmati kuzatuv kengashiga
bo‘ysunadi, lekin, taftish komissiyasi esa aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga
bo‘ysunadi. Taftish komissiyasining funksiyalari ichki auditga qaraganda farq qiladi.
Shuning uchun, bugungi kunda amaliyotda ichki audit xizmati kuzatuv kengashiga,
taftish komissiyasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga
bo‘ysunadi. Shu sababli, ichki audit bo‘limiga qo‘shimcha ravishda taftish
komissiyasi ish natijalarini ham nazorat qilishni majburiyatiga kiritish maqsadga
muvofiq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda ichki audit xizmatini
tashkil etishda xorijiy investor ishtirokidagi subyektlarda ularning ahamiyatini
oshirish, har bir subyektda ichki audit xizmatining javobgarligini yanada kuchaytirish
hamda xizmat tomonidan taqdim etiladigan yig‘ma hisobot natijalari asosida kuzatuv
kengashi tavsiyasiga ko‘ra ijroiya organi faoliyatidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida
bartaraf etish va ichki auditning mustaqilligi tamoyilini yanada mustahkamlash
3 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
lozim. Natijada ichki auditorlarga e’tibor yanada ortib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatini o‘rganish natijalariga qiziqish uyg‘onadi.
Shuni e’tiborga olib, respublikamizda bugungi kunda ichki auditni tashkil
etishning me’yoriy-huquqiy asoslari shakllantirilgan (1-rasm).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentyabrdagi PQ-475-
sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
“Korxonalardagi ichki Ichki auditni “Aksiyadorlik jamiyatining
audit xizmati tashkil etishning Audit qo‘mitasi
to‘g‘risida”gi Nizom meʼyoriy- to‘g‘risida”gi nizom
huquqiy asoslari
“Aksiyadorlik jamiyati “Ichki audit xizmati
kuzatuv kengashi xodimlarini sertifikatlash
to‘g‘risida”gi Nizom tartibi to‘g‘risida”gi
nizom
Ichki auditning xalqaro 610- AXS “Ichki auditorlar
standartlari ishidan foydalanish”
1-rasm. Ichki audit xizmatini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish
tartibi4
Auditorlik xizmatini quyidagi ichki audit reglamentlari bilan ta’minlash lozim:
ichki audit xizmati nizomi, mutaxassislarning lavozim yo‘riqnomalari, bo‘lim va
uning mutaxassislarining kalendar rejalari, auditorlik tekshiruvlari savollari bo‘yicha
uslubiy qo‘llanmalar, ichki audit standartlari, ichki audit jarayonlari bo‘yicha
normalar (qoidalar), ichki audit uslubi va auditorlik dalillarini olish bo‘yicha uslubiy
yo‘l-yo‘riqlar, auditorlik tekshiruvlari va natijalarni tatbiq etish bo‘yicha uslubiy
tavsiyalar.
Ichki audit boshqaruvning maqsadlariga erishishni ta’minlash (kafolati)ga
yo‘naltirilgan boshqaruv vositasidir. Buning uchun ichki audit rahbariyatni olib
borilgan tahlil, muayyan bo‘lim faoliyatining samaradorligini baholash natijalari,
tavsiya va axborot bilan ta’minlaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati ichki
audit natijalaridan mavjud resurslar va ishchi qonunlar doirasida boshqaruv va joriy
ishlarni olib borish maqsadida foydalanadi.
4 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
Ichki audit bo‘limi yoki xizmati ishining samaradorligi xo‘jalik yurituvchi
subyektning faoliyati tartibga solinganligi va uning nazorati qat’iyligiga bog‘liq
bo‘ladi. Ichki auditorlarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida
muvaffaqiyatga erishishi esa, ko‘p jihatdan, ular ushbu nazorat va tartibga
bo‘ysunishiga bog‘liq. Ba’zan, barchasini oldindan nazarda tutib bo‘lmasligi tufayli
ekstremal sharoitlarda qaror qabul qilish zarurati paydo bo‘ladi, biroq, faoliyatning
umumiy tartibini amalga oshirishi zarur bo‘lgan amallar algoritmini oldindan belgilab
qo‘yish va tartibga solish samaraliroq hisoblanadi.
Ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini quyidagi formula bo‘yicha
hisoblash mumkin:
Эфalohida tuzilmaviybo'linma n
k j X j / q,
j 1
Bu yerda, j – samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri;
kj – samaradorlikning j-ko‘rsatkichining solishtirma qiymati;
Xj – j-ko‘rsatkichning miqdor bahosi;
n – ko‘rsatkichlar soni;
q – yagona baholash shkalasi chegarasi miqdori.
Agar ichki audit xizmati tarkibiga bir nechta bo‘linma kirsa, u holda
samaradorlikning umumiy ko‘rsatkichi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Ef ^ = (Ef, + Ef2 +Ef3 + ... + Efp) / p,
Bu yerda, n – bo‘linmalar soni.
Yuqoridagi formulalar orqali ichki audit xizmati faoliyatining samaradorligi
aniqlanadi va kelajakda uning qo‘llanilishi natijalaridan yanada samarali
foydalanishga erishiladi.
Byudjet tashkilotlarining umumiy yillik faoliyati auditorlik tekshiruvi obyekti
bo‘lsa-da, ishchi kuchi ozligi va vaqtdan oqilona foydalanish uchun auditning xalqaro
standarti talablaridan kelib chiqqan holda, muhimlilik kabi ko‘rsatkichlardan
foydalanadi. Ichki audit tekshiruvi tizimi samarali ishlashi tahliliy ishlarning
samaradorligiga, tahlilning chuqurligi va masala qanchalik har tomonlama qamrab
olinganligiga bog‘liq. Shu sababli, tahlil jarayonida ma’lumotlarni to‘plash va
saqlashning yangi usullaridan – kompyuter texnologiyalaridan foydalanish maqsadga
muvofiq. Tahlil ishlarini soddalashtirish uchun, alohida usullardan foydalanib, ular
asosida maxsus ishlab chiqilgan jadvallarni to‘ldirish va keyinchalik jadval
ko‘rsatkichlari yordamida qiyoslash, baholash hamda umumlashtirish lozim.
Byudjet tashkilotlarida Ichki audit bo‘limi tomonidan boshqaruv tizimining
muhim elementi bo‘lgan moliyaviy tahlilni o‘tkazish darajasi, ko‘p jihatdan, unda
shakllantiriladigan va qo‘llaniladigan axborot bazasining sifati hamda baholash
usullariga bog‘liq bo‘lib, tadqiqot maqsadlariga mos bo‘lishi talab etiladi. Bu esa, o‘z
navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tahlil
qilish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi (2-jadval).
2-jadval
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil qilish bosqichlari5
№ Taomillar Tahlilni o‘tkazish maqsadi Izoh
Tadqiqot obyekti va
1. subyekti hamda tahlil Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini Ichki audit
qilish usul va shakllarini tahlil qilishning tadqiqot maqsadiga mosligi dasturida
tanlab olinishi bo‘yicha qaror qabul qilish keltirib o‘tish
Ma’lumotlarni yig‘ish, Tahlil ishlarini mukammal olib borish uchun Ichki audit
2. guruhlash, zarur axborot bazasini shakllantirish, ishlab xizmati
chiqarish faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni hisobotida aks
umumlashtirish va ta’sir doirasi bo‘yicha guruhlash, ettirish
rasmiylashtirish umumlashtirish va rasmiylashtirish.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni
Tahlil natijalarini talqin rivojlantirish, ko‘zlangan natijalarga
3. qilish, xulosa va erishishi uchun olingan tahlil natijalarini
iqtisodiy talqin etish orqali xulosa va
takliflarni ifodalash takliflar ishlab chiqish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab
Boshqaruv qarorlarini chiqarish faoliyatini takomillashtirish uchun
4. qabul qilishda xulosa va tahlil natijalari va taklif etilgan tavsiyalardan
foydalanish
takliflardan foydalanish
Hozirgi kunda byudjet tashkilotlari faoliyatini buxgalteriya hisobi va tahlil
jarayonlariga ichki zaxiralarni safarbar qilish usullarini aniqlash sifatida qarashga oid
tasavvurlar ancha o‘zgardi. Uning maqsadi, ta’sir doirasi, resurslaridan foydalanishni
optimallashtirish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligini
oshirishga doir yangi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va ularning maqsadga
muvofiqligini asoslashdagi roliga nisbatan ham o‘zgardi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida
zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga muvofiq, 2015-2018-yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik
moliyaviy hisobotni nashr etishi va xalqaro audit standartlari hamda moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq, tashqi auditni o‘tkazishi shart. Bundan
ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni milliy
standartlar asosida yuritishi va xalqaro standartlar asosida nashr ettirishi lozim.
Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
5 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 207-sonli Qarorida qat’iy belgilangan.
3-jadval
“Toshkentdonmahsulotlari” AJning moliyaviy holatini ichki auditda tahliliy amallardan
foydalanish tartibi6
№ Ko‘rsatkichlar 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y.
1 To‘lov qobiliyati koeffitsiyenti 1,07 1,09 1,05 0,98 1,023
2 O‘z mablag‘i manbalari bilan 0,06 0,08 0,05 -0,02 0,3
ta’minlanish koeffitsiyenti
3 Xarajatlar rentabelligi koeffitsiyenti 0,01 0,03 0,01 0,01 0,04
4 Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti 0,01 0,03 0,01 0,01 0,01
O‘z aylanma mablag‘larini qarzga
5 olingan aylanma mablag‘larga nisbati 0,26 0,29 0,28 0,24 0,303
koeffitsiyenti
6 Ishlab chiqarish quvvatlaridan 0,80 0,81 0,58 0,64 0,625
foydalanish koeffitsiyenti
7 Asosiy vositalarning eskirish 0,43 0,44 0,40 0,36 0,39
koeffitsiyenti
Yuqorida keltirilgan 3-jadval ma’lumotlari asosida, to‘lov qobiliyati
koeffitsiyenti, o‘z mablag‘i manbalari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti, xarajatlar
rentabelligi koeffitsiyenti, aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti, o‘z aylanma
mablag‘larini qarzga olingan aylanma mablag‘larga nisbati koeffitsiyenti, asosiy
vositalarning eskirish koeffitsiyentlarining o‘zgarish dinamikasiga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, keyingi yillarda, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyentidan
tashqari, barcha koeffitsiyentlarda kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa
xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati faoliyati samaradorligi ijobiy
emasligini ko‘rsatadi.
Ichki audit boshqaruv funksiyasi hisoblanib, boshqaruv bilan uzviy bog‘langan,
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda ular o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda ichki audit uchun axborot barcha bo‘limlardan olinadi, bu
axborot chorak va yil yakunlari bo‘yicha bo‘limlarning faoliyatini tekshirish va
yig‘ma hisobot tayyorlash uchun asos bo‘ladi.
XULOSA
Yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni aksiyadorlik jamiyatlarida ichki
auditga ehtiyoj yuqoriligidan kelib chiqib, rahbariyat quyi boshqaruv tizimi va
tashkilot faoliyatining kundalik nazorati bilan shug‘ullanmaydi. Ichki audit esa,
ushbu faoliyat to‘g‘risida ma’lumot beradi hamda boshqaruvchilarning hisobotlari
ishonchliligi darajasini aniqlaydi. Ichki audit, avvalo, resurslar behuda sarflanishining
6 “Toshkentdonmahsulotlari” AJning 2008-2017-yillardagi hisobotlari ma’lumotlari asosida hisoblangan.
oldini olish va korxona uchun imkoniyatlarni aniqlash, o‘zgarishlarni amalga oshirish
uchun kerak. Buning uchun mulk egalari va rahbariyatga tashkilot aktivlarining
sezilarli darajada tejalishiga olib keladigan biznes tizimini boshqarish va tashkil
etishni tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar berish zarur. Shuningdek, ichki auditning
mavjudligi mulk egalari uchun zarur. Sababi, ular jamiyatdagi bevosita ish
yurituvidan uzoqlashadilar, boshqaruv professional menejerlar qo‘liga o‘tadi va oxiroqibat, kapitalning xalqaro bozorlarga qisqa yoki o‘rta muddatda chiqish rejalarini
yaratish zaruratini keltirib chiqaradi.
Xususan, eng katta fond birjalarining qonun-qoidalari subyektda ichki auditning
mavjudligini talab etadi va ularni qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqish uchun shartsharoit yaratib beradi. Ichki audit xizmatini tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasi
mamlakatimizda qo‘llanilishi ichki audit rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Byudjet tashkilotlarida ichki auditni o‘tkazish mexanizmini takomillashtirib
borish esa bu boradagi xalqaro standartlar, xorijiy tajribalarni izchil o‘rganib borgan
holda yuqori samaradorlikni ta’minlash omillaridan maqsadli va tizimli
foydalanishga yo‘naltirilishi bilan ahamiyatlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. http://www.aasb.com – International Auditing and Assurance Standards
Board
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 17 январдаги
“2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта
устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегиясини “Фаол инвестициялар ва
ижтимоий ривожланиш йили”да амалга оширишга оид Давлат дастури
тўғрисида”ги ПФ-5635-сонли Фармони. // www.lex.uz.
3. https://www.wirc-icai.org – Western India Regional Council of The Institute
of Chartered Accountants Of India
4. Воропаев Ю.Н. (2006) Оценка внутреннего контроля. // Бухгалтерский
учет. № 8. – С. 17-20.
5. Жминько С.И. (2008) Внутренний aудит. – Ростов: Феникс. – 316 с.
6. Ибрагимов А.К. (2002) Ишлаб чиқариш харажатлари ҳисоби, аудити ва
қишлоқ хўжалик маҳсулотлари таннархини аниқлашни такомиллаштириш.
Иқтисод фанлари докторини олиш бўйича ёзган докторлик диссертацияси
автореферати. – Тошкент: ЎзР БМА. – 42-б.
7. Каримов А.А. (2008) Корпоратив бошқарув тизимида бухгалтерия
ҳисоби ва аудит. Монография. – Тошкент: Иқтисод-Молия. – 152 б.
8. Мaкaльскaя A.К. (2001) Внутренний aудит. Учебник. Прaктические
пособие. 2-е издaние. – Москва: Дело и Сервис. – 112 с.
9. Дўсмурaтов Р.Д. (2003) Aудит aсослaри. Дaрслик. – Тошкент:
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – 612 б.
REFERENCES:
1. http://www.aasb.com – International Auditing and Assurance Standards
Board
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5635-sonli Farmoni. //
www.lex.uz (In Uzbek)
3. https://www.wirc-icai.org – Western India Regional Council of The Institute
of Chartered Accountants Of India
4. Voropayev Yu.N. (2006) Osenka vnutrennego kontrolya. // Buxgalterskiy
uchet. № 8. – S. 17-20. (In Russian)
5. Jminko S.I. (2008) Vnutrenniy audit. – Rostov: Feniks. – 316 s. (In Russian)
6. Ibragimov A.K. (2002) Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, auditi va qishloq
xo‘jalik mahsulotlari tannarxini aniqlashni takomillashtirish. Iqtisod fanlari doktorini
olish bo‘yicha yozgan doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: O‘zR BMA.
– 42-b. (In Uzbek)
7. Karimov A.A. (2008) Korporativ boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi va
audit. Monografiya. – Toshkent: Iqtisod-Moliya. – 152 b. (In Uzbek)
8. Makalskaya A.K. (2001) Vnutrenniy audit. Uchebnik. Prakticheskiye
posobiye. 2-ye izdaniye. – Moskva: Delo i Servis. – 112 s. (In Russian)
9. Do‘smuratov R.D. (2003) Audit asoslari. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi. – 612 b. (In Uzbek)