ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Turizmda tashkiliy modellar va ularning turistik resurslarni boshqarish samaradorligiga ta’siri

Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ORGANIZATIONAL MODELS IN TOURISM AND THEIR INFLUENCE ON
THE EFFICIENCY OF TOURIST RESOURCE MANAGEMENT

Sokhibova Muslimakhon Kholmatjon kizi
PhD student at Tourism Development Institute

Tel.: +998 97 334-06-13
e-mail: zaynutdinovamuslimakhon@gmail.com

Annotation. Organizational management models in tourism play a crucial role
in ensuring the successful development, sustainability, and competitiveness of tourist
destinations worldwide. Each of these models impacts various aspects of tourism.
Moreover, tourism plays a vital role in stimulating economic growth. The influx of
local and international tourists creates new jobs in tourism-related sectors, contributes
to the development of small businesses, and increases the demand for local products
and services. This, in turn, brings significant benefits not only to a specific country
but also to regional economies. Additionally, promoting collaborative management,
joint efforts by government agencies, the private sector, and the public, enhances the
efficiency of tourism development. This approach has been widely applied in
international practice and has led to significant achievements in the tourism sector of
many countries. Utilizing innovations, designing proper marketing strategies, and
fostering international cooperation can ensure the competitiveness of tourist
destinations. International experience demonstrates that organizations implementing
successful management models consistently adopt advanced approaches to develop
tourism. These include the use of digital technologies, ensuring sustainability, and
expanding customer-oriented services to achieve significant progress. This article
analyzes various management models and studies the activities of organizations that
have effectively applied these models in international practice.

Key words: management models, destination management organizations,
public-private partnerships, community tourism, tourism clusters, destination
marketing organization, regional tourism organizations, tourism cooperatives,
government, private sector.

TURIZMDA TASHKILIY MODELLAR VA ULARNING TURISTIK
RESURSLARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi
Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Tel.: +998 97 334-06-13
e-mail: zaynutdinovamuslimakhon@gmail.com

Annotatsiya. Turizmda tashkiliy boshqaruv modellari dunyo bo‘ylab turistik
manzillarning muvaffaqiyatli rivojlanishi, barqarorligi va raqobatbardoshligini
ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu modellarning har biri turizmning turli
jabhalariga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda
turizm muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy va xalqaro sayyohlarning oqimi turizm
bilan bog‘liq sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratadi, kichik biznesni rivojlantirishga
hissa qo‘shadi va mahalliy mahsulotlar hamda xizmatlarga bo‘lgan talabni oshiradi.
Bu, o‘z navbatida, nafaqat muayyan mamlakat, balki mintaqaviy iqtisodiyotga
sezilarli foyda keltiradi. Shuningdek, hamkorlikda boshqaruvni rag‘batlantirish, ya’ni
davlat organlari, xususiy sektor va jamoatchilikning birgalikdagi sa’y-harakatlari
orqali turizm sohasini rivojlantirish samaradorligini oshiradi. Ushbu yondashuv
xalqaro tajribada keng qo‘llanilib, ko‘pgina mamlakatlarda turizm sohasida sezilarli
yutuqlarga olib kelgan. Innovatsiyalarni qo‘llash, marketing strategiyalarini to‘g‘ri
ishlab chiqish va xalqaro miqyosda hamkorlik qilish orqali turistik manzillar
raqobatbardoshligini ta’minlash mumkin. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki,
muvaffaqiyatli boshqaruv modellarini qo‘llagan tashkilotlar doimiy ravishda turizmni
rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilg‘or yondashuvlarni joriy etmoqda. Ular raqamli
texnologiyalarni qo‘llash, barqarorlikni ta’minlash va mijozlarga yo‘naltirilgan
xizmatlarni kengaytirish orqali sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Ushbu maqolada turli
xil boshqaruv modellari tahlil qilingan, xalqaro tajribada mazkur modellarni samarali
qo‘llay olgan tashkilotlar faoliyati o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: boshqaruv modellari, turistik manzillarni boshqaruvchi
tashkilotlar, davlat-xususiy sherikchilik, hamjamiyatga asoslangan turizm, turizm
klasterlari, turizm manzillar marketing tashkiloti, mintaqaviy turizm tashkilotlari,
turizm kooperatsiyalari, hukumat, xususiy sektor.

ОРГАНИЗАЦИОННЫЕ МОДЕЛИ В ТУРИЗМЕ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА
ЭФФЕКТИВНОСТЬ УПРАВЛЕНИЯ ТУРИСТИЧЕСКИМ РЕСУРСОМ

Сохибова Муслимахон Холматжон кизи
Базовый докторант Научно-исследовательского

института развития туризма
Тел.: +998 97 334-06-13

e-mail: zaynutdinovamuslimakhon@gmail.com

Аннотация. Модели организационного управления в туризме играют
ключевую роль в обеспечении успешного развития, устойчивости и
конкурентоспособности туристических направлений по всему миру. Каждая из
этих моделей оказывает влияние на различные аспекты туризма. Кроме того,
туризм имеет важное значение для стимулирования экономического роста.

Поток местных и международных туристов создаёт новые рабочие места в
сферах, связанных с туризмом, способствует развитию малого бизнеса и
увеличивает спрос на местные товары и услуги. Это, в свою очередь, приносит
значительную пользу не только отдельной стране, но и региональной
экономике. Кроме того, продвижение совместного управления, то есть
объединение усилий государственных органов, частного сектора и общества,
повышает эффективность развития туризма. Такой подход широко применяется
в международной практике и привёл к значительным достижениям в
туристическом секторе многих стран. Использование инноваций, грамотная
разработка маркетинговых стратегий и международное сотрудничество могут
обеспечить конкурентоспособность туристических направлений.
Международный опыт показывает, что организации, применяющие успешные
модели управления, постоянно внедряют передовые подходы для развития
туризма. Это включает в себя использование цифровых технологий,
обеспечение устойчивости и расширение клиентоориентированных услуг для
достижения значительных успехов. В данной статье проанализированы
различные модели управления, а также изучена деятельность организаций,
эффективно применяющих эти модели в международной практике.

Ключевые слова: модели управления, организации по управлению
туристическими дестинациями, государственно-частное партнерство,
общественный туризм, туристические кластеры, маркетинговая организация
туристических дестинаций, региональные туристические организации,
туристические кооперативы, правительство, частный сектор.

KIRISH
Turizm sanoati barqarorlik, jamoatchilik ishtiroki va atrof-muhitni muhofaza
qilish bilan bog‘liq muhim muammolarga yechim bo‘la olgan holda jahon
iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shayotgan dinamik va ko‘p qirrali sanoat hisoblanadi
(Aстанакулов О., 2024). Turizm yo‘nalishlarini samarali boshqarish iqtisodiy
rivojlanishni atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy mas’uliyat bilan
muvozanatlashtira oladigan strategik asoslar va tashkiliy modellarni talab qiladi.
Turizmdagi tashkiliy boshqaruv modellari Turistik manzillarni boshqaruvchi
tashkilotlar (DMO), Davlat-xususiy sherikchilik (PPP), Turistik manzillar marketingi
tashkiloti, Mintaqaviy turizm tashkilotlari (RTO), Hamjamiyatga asoslangan turizm
(CBT), Milliy turizm tashkiloti, Turizm klasterlari, Turizm kooperatsiyalari kabi
boshqaruv usullarini o‘z ichiga oladi. Klasterlar, mintaqaviy turizm tashkilotlari
(RTO) va turizm kooperativlari ham shular jumlasidandir. Ushbu modellar turizm
siyosatini shakllantirish, turistik yo‘nalishlarni targ‘ib qilish, infratuzilmani

rivojlantirish, tashrif buyuruvchilar tajribasini oshirish va barqaror turizm
amaliyotlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Davlat hokimiyati organlari, xususiy sektor manfaatdor tomonlari, mahalliy
hamjamiyat va nodavlat tashkilotlar (NNT) o‘rtasidagi strategik hamkorlik orqali
ushbu modellar turizm sektoridan maksimal foyda olishga, shu bilan birga madaniy
meros, tabiiy muhit va mahalliy iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarni kamaytirishga
qaratilgan.

Sayyohlik sanoati samarali tashkiliy boshqaruv modellarini tushunish va amalga
oshirish turizm rivojlanishini optimallashtirish, o‘ziga xosligi va resurslarini saqlab
qolish hamda mahalliy hamjamiyat va tashrif buyuruvchilar uchun ijobiy ijtimoiyiqtisodiy ta’sir ko‘rsatishga intilayotgan yo‘nalishlar uchun juda muhimdir. Shuning
uchun ushbu modellarning qanday ishlashi, ularning turistik resurslarga ta’siri va
global miqyosda turizmni barqaror rivojlantirish strategiyalariga qo‘shayotgan
hissalarini har tomonlama o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Turizmda boshqaruv va boshqaruv modellariga oid bir qancha ilmiy tadqiqotlar
mavjud. Xususan, D. Buhalis, C. Costa “Turizm menejmenti dinamikasi” asarida
turizmdagi boshqaruv modellarini tahlil qilib bergan. G. Lohmann “Turizm
nazariyasi: konsepsiya, modellar va tizimlar” asarida turizmda boshqaruvning
modellarini izohlab bergan. Bundan tashqari, turizmda tashkiliy modellar B. Lubbe,
S. Page, M. Curcija, N. Breaky, S. Drimi kabi olimlarning tadqiqotlarida tahlil
qilingan. S. Pike, S.J. Page turistik manzillarni boshqaruvchi tashkilotlar, G. Singh,
M.S. Khan davlat-xususiy sherikchilik, E. Okaaki hamjamiyatga asoslangan turizm,
A. Peiro-Signes turizm klasterlari, X. Yang, K. Hung turizm kooperatsiyalari
modellarini o‘z tadqiqotlarida tahlil qilgan. O‘zbek tadqiqotchilaridan K. Xomidov,
T.M. Shokirovna, S. Ro‘ziyev, R. Raxmonovalarning ilmiy ishlarida turizmda
boshqaruvga oid masalalar o‘rganilgan. Adabiyotlar xilma-xilligiga qaramay,
turizmda tashkiliy modellarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning turistik
resurslarni boshqarishga ta’siri haqida ma’lumotlar yetarlicha emas.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Turizmda tashkiliy boshqaruv modellarini o‘rganishda, birinchi navbatda, ilmiy
adabiyotlar ko‘rib chiqildi: turizm sanoatida tashkiliy boshqaruv modellari doirasida
mavjud ilmiy adabiyotlar, soha hisobotlari va amaliy tadqiqotlar tahlil qilindi. Keyin
esa keys tadqiqoti tahlili amalga oshirildi. Bunda turizmda turli tashkiliy boshqaruv
modellarining amalga oshirilishi va natijalarini tahlil qilish uchun turli
mintaqalarning tajribasi tahlil qilindi. Muvaffaqiyat omillari, duch kelgan
qiyinchiliklar va ularning samaradorligi va qo‘llanilishi to‘g‘risida tushunchaga ega

bo‘lish uchun har bir amaliy tadqiqotdan olingan natijalar baholandi. Shu bilan
birgalikda, tadqiqot ishi davomida kuzatish, qiyoslash, tizimli va qiyosiy tahlil kabi
usullardan foydalanildi. Turli yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan turli xil
metodologiyadan foydalangan holda, ushbu tadqiqot turizmdagi tashkiliy boshqaruv
modellari va ularning turistik resurslar, barqarorlik va raqobatbardoshlikka ta’siri
haqida keng qamrovli tushuncha berishga qaratilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
So‘nggi yillarda butun dunyoda turizmni rivojlantirish va undan maksimal foyda
olish tendensiyasi kuzatilmoqda (Astanakulov O., Soxibova M., 2023). Shu sababli
mazkur sektorning boshqaruvini samarali yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashkiliy modellar bir nechta sabab tufayli iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Masalan, ishlab chiqarish korxonalarida operatsiyalarni tartibga solish, resurslarni
samarali taqsimlash orqali iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun
zarur hisoblangan mahsuldorlikni oshirishga yordam beradi. Ayrim tashkiliy
modellar, masalan, yassi tashkiliy tuzilmalar (iyerarxik darajasi kichik yoki umuman
yo‘q) tezkor qaror qabul qilishni rag‘batlantirish orqali innovatsiyalarni tez qabul
qiladi va joriy qiladi. Tashkiliy modellar har bir kompaniya yoki tashkilotning
iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi uchun asos hisoblanadi. Ular biznesning samarali
ishlashi, samarali innovatsiyalar kiritilishi, risklarni boshqarishi va umumiy iqtisodiy
farovonlikka hissa qo‘shishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

1-rasm. Turistik resurslarni boshqarish modellari

Mehmondo‘stlik sanoatida turistik faoliyatni tuzilmalash va turistik resurslarni
boshqarish uchun bir nechta tashkiliy modellar mavjud (1-rasm). Ushbu modellar

menejment, manfaatdir tomonlar va zarur muvofiqlashtirish darajasi kabi omillarga
qarab farqlanishi mumkin (Reinhold S., Florian J., Dejan K., 2017: 462-482).

Turistik manzillarni boshqaruvchi tashkilotlar (Destination Management
Organization) – ma’lum bir yo‘nalishning strategik menejmenti va marketingini
nazorat qilish orqali turizm sektorida muhim rol o‘ynaydi (Manente M., Valeria M.,
2006: 228-237). Ushbu tashkilotlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:

1. Strategik rejalashtirish: turistik destinatsiyalarni boshqaruvchi tashkilotlar
o‘zlariga tegishli manzillarda turizmni targ‘ib qilish hamda rivojlantirish uchun uzoq
muddatli strategiyalarni ishlab chiqadi, masalan, maqsadli bozorlarni aniqlash,
marketing maqsadlarini belgilash yoki reklama kompaniyalarini tashkil etish.

2. Marketing va reklama: ushbu tashkilotlar reklama, ijtimoiy tarmoqlar,
xalqaro ko‘rgazmalar va sayyohlik agentliklari bilan o‘zaro hamkorlik orqali
potensial sayyohlar uchun mo‘ljallangan manzilni turistik bozorga taqdim etadi.

3. Infratuzilmani rivojlantirish: tashrif buyuruvchi sayyohlarning turistik
manzildan olgan taassurotini yaxshilash uchun infratuzilmani takomillashtirish,
qulayliklar yaratish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash uchun mahalliy
hokimiyat va korxonalar bilan hamkorlik olib boradi.

4. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish: tashrif buyuruvchilarga diqqatga sazovor
joylar, joylashtirish vositalari, ovqatlanish shoxobchalari, tadbirlar va turistik
manzillarga oid ma’lumotlar beradi.

5. Barqaror turizmga hissa qo‘shish: turistik destinatsiyalarni boshqaruvchi
tashkilotlar tabiiy va madaniy resurslarni asrab-avaylash, “mas’uliyatli” turlarni
rag‘batlantirish kabi chora-tadbirlar orqali barqaror turizm amaliyoti uchun hissa
qo‘shmoqda.

2-rasm. Turistik destinatsiyalarni boshqaruvchi tashkilotlarning turistik resurslarga ta’siri.

Turistik destinatsiyalarni boshqaruvchi tashkilotlarning turistik resurslarga
ta’siri 2-rasmda aks ettirilgan.

Hozirda samarali faoliyat olib borayotgan DMOlarga VisitScotland, Tourism
Australia, Cape Town Tourismni misol qilib keltirish mumkin.

Visit Scotland Shotlandiyada turizmni targ‘ib qilish uchun mas’ul milliy turizm
tashkilot hisoblanadi. U turistlarga manzillarga oid axborotlarni taqdim qiladi,
mahalliy biznesni qo‘llab-quvvatlaydi va tashrif buyurgan sayyohlarning
manzillardan taassurotini yaxshilash strategiyalarini ishlab chiqadi. Tourism
Australia milliy turistik tashkilot, Avstraliyani xalqaro miqyosda sayohat uchun
manzil sifatida targ‘ib qilishga mas’ul.

Davlat-xususiy sherikchilikka asoslangan model (Public-Private Partnerships)
– davlat/davlat sektori subyektlari va xususiy sektor korxonalari/tashkilotlari
o‘rtasidagi hamkorlikka asoslanadi (Franco M., Cristina E., 2010: 600-612).
Turizmda ushbu modeldan turistik yo‘nalishlar va diqqatga sazovor joylarni
rivojlantirish, boshqarish hamda targ‘ib qilish uchun har ikkala sektorning ustuvor
jihatlarini ishga solishda foydalaniladi.

Turizmda ushbu modeldan foydalanilganda quyidagi vazifalar bajariladi:
1. Qo‘shma investitsiyalar: PPP ko‘p hollarda turizm infratuzilmasiga qo‘shma
sarmoyalarni o‘z ichiga oladi. Bu holda hukumat moliyalashtirish yoki
rag‘batlantirish bilan ta’minlaydi, xususiy sektor esa tajriba, boshqaruv qobiliyati va
kapital qo‘shadi.
2. Rivojlanish va boshqaruv: Xususiy sektor joylashtirish vositalari, dam olish
maskanlari, istirohat bog‘lari, transport kabi turizm resurslarini rivojlantirish va
boshqarishda mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladi, bu esa rentabellik va mijozlar
ehtiyojini qondirishga qaratilgan samarali foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish
imkoniyatini beradi.
3. Marketing va reklama: sayyohlarni jalb qilish maqsadida marketing va
reklama tadbirlarida hukumat va xususiy sektor o‘zaro hamkorlik olib boradi.
Hukumat organlari maqsadli brending va marketing kompaniyalarini taqdim etadi,
xususiy sektor esa maqsadli auditoriyaga samarali erishish uchun marketing
tarmoqlaridan foydalanadi.
4. Sifat kafolati: davlat-xususiy sherikchilik modeli xizmat ko‘rsatish,
infratuzilmani saqlash va tashrif buyuruvchilar tajribasida yuqori standartlarni joriy
etish orqali turistik resurslar sifatini oshirishga olib keladi. Faoliyatda xususiy sektor
ishtiroki operatsiyalarda innovatsiya va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
5. Barqaror turizmni rag‘batlantirish: ushbu model tabiiy va madaniy
resurslarni asrashga qaratilgan “mas’uliyatli” turizmni rag‘batlantiradi, misol uchun,

ekologik infratuzilmani joriy etadi, jamoatchilikni jalb qiladi hamda tabiatni
muhofaza qiladi.

PPP modeliga asoslanib boshqariladigan turizm resurslariga Singapurdagi
Marina Bay Sands (Las Vegas Sands korporatsiyasi va Singapur davlat idoralarini o‘z
ichiga olgan konsorsium), Perudagi Machu Pikchu (Peru hukumati, mahalliy
hokimiyat organlari va xususiy turizm operatorlari tomonidan sherikchilik asosida
boshqariladi), Yaponiyaning Osaka shahrida joylashgan Universal Studios (Universal
Parks & Resorts, Osaka shahri va mahalliy korxonalar hamkorligida boshqariladi),
Velsdagi Snowdonia National Parkni (Buyuk Britaniya hukumati, mahalliy hokimiyat
organlari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari va xususiy biznes korxonalari
tomonidan boshqariladi) misol tariqasida keltirish mumkin. Ushbu misollar turizmda
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik turizmda samaradorlik va
innovatsiyalar, turistik resurslarni oshirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va barqaror
rivojlanishni rag‘batlantirish uchun samarali ekanligini ko‘rsatib beradi.

Hamjamiyatga asoslangan turizm (Community-Based Tourism) modeli –
turizmni rivojlantirish va uning samarali faoliyat yuritishida mahalliy hamjamiyat
ishtirokiga asoslangan boshqaruv modeli hisoblanadi (Okazaki E., 2008: 511-529). 3-
rasmda CBTning faoliyat ko‘rsatish strukturasi aks etgan.

3-rasm. Hamjamiyatga asoslangan turizm faoliyati

Ushbu modellarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
1. G Advanturesga tegishli hamjamiyat turizm loyihalari. Ushbu loyihalar dunyo
bo‘ylab ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Peru, Kenya, Nepalni o‘z ichiga oladi.
Aslida G Advantures 100 dan ortiq mamlakatlarga arzon kichik guruhlar uchun
quruqlik, dengiz va daryo sayohatlarining keng tanlovini taklif etuvchi tashkilot. U
barqaror turizm tashabbuslarini rivojlantirish uchun doimiy ravishda mahalliy
hamjamiyatlar bilan hamkorlik qiladi.
2. Sapa O’Chau, Vetnam. Vetnamning shimolidagi Sapa viloyatida mahalliy
Hmong hamjamiyatining a’zosi Shu Tan tomonidan asos solingan Sapa O‘chau,
Hmong oilalari tomonidan mezbonlik qiladigan trekking sayohatlari va joylashtirish
vositalarini taklif qiladi. Ushbu tashkilot turizmdan tushgan tushumni mahalliy
bolalar uchun ta’lim stipendiyalari va jamoat loyihalariga qayta investitsiyalaydi.
Turizm klasterlari – turizm bilan bog‘liq korxonalar, tashkilotlar va ma’lum bir
yo‘nalishdagi qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmalarning geografik konsentratsiyasini
anglatadi (Peiró-Signes A., 2015: 155-167). Mazkur menejment modeli raqobatbardoshlikni oshirish, turistlarni jalb qilish va turistik resurslarni barqaror boshqarish
uchun turli manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan.
Turistik klasterlar turli xil yuqori sifatli xizmatlar, diqqatga sazovor joylar va
tadbirlarni taklif qilish orqali sayyohlar taassurotini yaxshilaydi, turistlar
takomillashtirilgan turistik infratuzilma va ixcham geografik hududdagi turli xil
resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, klasterlar
joylashtirish vositalari, ovqatlanish shoxobchalari, xarid va tadbirlarga pul sarflash
imkoniyati mavjud sayyohlarni jalb qila olish orqali iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantiradi, hamda mahalliy urf-odatlar, san’at va merosni namoyish etish orqali
madaniyatni saqlashga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, turistik klasterlar transport
tarmoqlari, mehmonxonalar, turizm inshootlari va dam olish uchun qulaylik
yaratuvchi qo‘shimcha omillar kabi infratuzilmani takomillashtirishga qaratilgan
sarmoya kiritishni rag‘batlantiradi.
Xalqaro tajribada muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan turizm klasterlariga
AQShning Florida shtatidagi Orlando shahrini misol qilib keltirish mumkin. Mazkur
klaster asosiy fokusi mavzuli parklar (Theme parks) bo‘lib, u yerda butun dunyoga
mashhur Walt Disney World Resort, Universal Orlando Resort va SeaWorld Orlando
joylashgan. Orlando diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, restoranlar va
ko‘ngilochar manzillarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, har yili millionlab tashrif
buyuruvchilarni jalb qiladigan mustahkam turizm klasterini tashkil qiladi.
Turistik manzil marketingi tashkilotlari – sayyohlarni jalb qilish uchun ma’lum
turistik yo‘nalishni targ‘ib qilish va sotishga qaratilgan turizmni boshqarish modeli

hisoblanadi (Pike S., Stephen J., 2014: 202-227). Model milliy turizm kengashlaridan
tortib mahalliy hokimiyat organlarigcha bo‘lgan turli darajalarda ishlaydi.

Ushbu tashkilotlar rag‘batlantiruvchi strategiyalar ishlab chiqadi va amalga
oshiradi, bozor tadqiqotlarini olib boradi, turizm biznesining boshqa ishtirokchilari
bilan turizmni rivojlantirish uchun hamkorlik qiladi, turistlarga xizmat ko‘rsatadi.

Turizm resurslariga turistik marketing tashkilotlarining ta’siri quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:

1. Iqtisodiy o‘sish: tashkilotlar joylashtirish vositalari, ovqatlanish
shoxobchalari, xaridlar va turli turistik tadbirlar uchun pul sarflash qobiliyatiga ega
sayyohlarni jalb eta olish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Mazkur o‘sish
mahalliy biznesni qo‘llab-quvvatlaydi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi hamda soliq
tushumlariga hissa qo‘shadi.

2. Turistik manzil brendingi: samarali turistik manzil marketing tashkilotlari
noyob madaniy, tabiiy va rekreatsion manzillarning o‘ziga xos brendini yaratadi va
turizm bozorida targ‘ib qiladi.

3. Infratuzilmani rivojlantirish: marketing tashkilotlari transport tarmoqlari,
joylashtirish vositalari va turistlar uchun turli qulayliklarni yaratuvchi infratuzilmani
takomillashtirishga ta’sir qiladi.

Turistik manzil marketing tashkiloti modeliga misol sifatida Birlashgan Arab
Amirliklaridagi Dubai Tourism yoki Kosta-Rikadagi Costa Rica Tourism Boardni
keltirish mumkin.

Dubai Tourism Dubayni global turizm va biznes markazi sifatida targ‘ib qiladi.
Butun dunyodan turistlar va ishbilarmonlarni jalb qilish maqsadida shaharning
diqqatga sazovor manzillari, jumladan, Burj Xalifa, Dubai Mall kabi hashamatli
kurortlar va madaniy tajribalarni sayyohlar e’tiboriga taqdim qiladi.

Mintaqaviy turizm tashkilotlari (Regional Tourism Organizations) – shahardan
katta, ammo milliy miqyosdan kichik, ma’lum geografik mintaqalarda sayyohlikni
rag‘batlantirish va maqsadli rivojlanishni boshqarishga qaratilgan tashkilotlar
hisoblanadi. Mintaqaviy turizm tashkilotlarining eng asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat (4-rasm).

Mintaqaviy turizm tashkilotlariga Destination BC (Britaniya Kolumbiyasi,
Kanada), Swiss Tourism (Shveysariya), Visit Cornwall (Kornval, Birlashgan
Qirollik) ni misol qilib keltirish mumkin.

Milliy turizm tashkiloti (National Tourism Organization) – milliy darajada
mehmondo‘stlik sanoatini strategik boshqarish, ilgari surish va rivojlantirish uchun
mas’ul bo‘lgan asosiy tashkilot hisoblanadi (Domínguez V., Trinidad E., Simon D.,
2018: 2895-2906). Mazkur tashkilotlar mamlakat turizm sektorini shakllantirish va
sohaning siyosatini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Ular turizmni strategik

rejalashtiradi, mamlakatni turistik manzil sifatida targ‘ib qilish uchun marketing
kompaniyalarini amalga oshiradi, sayyohlar uchun imtiyozlarni ishlab chiqish va
tendensiyalarni aniqlash uchun bozorda tadqiqotlarni o‘tkazadi.

4-rasm. Mintaqaviy turizm tashkilotlarining vazifalari (Zahra A., Chris R., 2007: 854)

Milliy turizm tashkilotlariga Buyuk Britaniyaning VisitBritain, Yaponiyaning
Japan National Tourism Organization, Yangi Zelandiyaning Tourism New Zealand
kabi tashkilotlarini misol qilib keltirish mumkin.

Turizm kooperatsiyalari – ma’lum bir mintaqa yoki yo‘nalishdagi turizm
faoliyatini birgalikda boshqarish va ilgari surish uchun turizm korxonalari, jamoalar
yoki manfaatdor tomonidan tashkil etilgan tashkilotlardir (Mohamad Nor H., Amran
H., 2013: 315-328). Mazkur model hamkorlik, imtiyozlarni adolatli taqsimlash va
barqaror rivojlanishga alohida urg‘u beradi.

Turizm kooperatsiyalariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
1. Fair Trade Tourism (Janubiy Afrika). Ushbu kooperatsiya Janubiy
Afrikadagi bir qator mintaqalarni o‘z ichiga oladi. Adolatli savdo turizmi halol savdo
tamoyillariga amal qiluvchi turistik korxonalarni (joylashtirish vositalari, turlar,
turistik tadbirlar) sertifikatlash orqali mas’uliyatli turizmni rivojlantiradi.
2. Community-Based Tourism in Thailand (Tailandda joylashgan bir qator
qishloq jamoalari). Tailanddagi hamkorlikka asoslangan ushbu kooperatsiya mahalliy
qishloq aholisini o‘z ichiga oladi, aholi turistlarga vaqtincha qolish uchun uy-joy,
ekskursiyalar va an’anaviy hunarmandchilik namunalarini taklif qiladi.
Har bir tashkiliy model o‘zining afzalliklari va turizmning turli yo‘nalish hamda
maqsadlariga mos keladi. Samarali turizmni tashkil etish va boshqarish uchun turizm
maqsadi yoki mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yuqorida

keltirilgan modellarning kombinatsiyasini o‘z ichiga oladigan usullardan
foydalaniladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, turizmdagi tashkiliy boshqaruv modellari mamlakatning
turistik manzillarini rivojlantirish, tashrif buyuruvchilarda turistik manzildan
qoladigan taassurotini yaxshilash va barqaror turizm amaliyotini shakllantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir model o‘ziga xos xususiyat va afzalliklariga ega,
hamda sayyohlik sanoatini boshqarishning turli jihatlariga e’tibor beradi.
Yuqorida tadqiq qilingan menejment modellari turistik resurslarni
boshqarishdagi yondashuvlarning xilma-xilligini o‘zida aks ettiradi, ularning har biri
muayyan yo‘nalish ehtiyojlarini qondirish, sayyohlar tajribasini yaxshilash va eng
asosiysi barqaror o‘sishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Samarali tashkiliy boshqaruv modellari mehmondo‘stlik sanoati
yo‘nalishlarining barqaror rivojlanishi va muvaffaqiyatining asosi hisoblanadi.
Mamlakat ushbu modellar ko‘rinishidagi turli yondashuvlarni qo‘llash orqali
quyidagilarga erishishi mumkin:
1. Tashrif buyuruvchilarning sayohatdan taassurotlarini yaxshilash va
boshqarish;
2. Iqtisodiy o‘sish;
3. Atrof-muhitni muhofaza qilish;
4. Infratuzilmani rivojlantirish;
5. Hamkorlik;
6. Global raqobatbardoshlik.
Hamkorlik, innovatsiyalar va resurslarni mas’uliyatli boshqarishni o‘z ichiga
olgan ushbu modellar butun dunyo bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishlarining uzoq
muddatli muvaffaqiyati va barqarorligiga hissa qo‘shadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Aстанакулов О.Т. (2024). Туризм 4.0: туризм индустриясида рақамли
технологияларни ривожлантиришнинг замонавий тенденциялари // Science and
innovation, 3 (Special Issue 28), 662-667.
2. Buhalis, Dimitrios, and Carlos Costa, eds. (2006) Tourism management
dynamics: trends, management and tools. Routledge.
3. Lohmann, Guilherme, and Alexandre Panosso Netto. (2016) Tourism theory:
Concepts, models and systems. Cabi.
4. Lubbe, Berendien. (2003) Tourism management in Southern Africa. Pearson
South Africa.
5. Page, Stephen. (2007) Tourism management. Routledge.

6. Curcija, Marcus, Noreen Breakey, and Sally Driml. "Development of a
conflict management model as a tool for improved project outcomes in community
based tourism" Tourism Management 70 (2019): 341-354.

7. Pike, Steven, and Stephen J. Page. "Destination Marketing Organizations
and destination marketing: A narrative analysis of the literature." Tourism
management 41 (2014): 202-227.

8. Singh, Gaurav, and M. S. Khan. "A study of public private partnership (ppp)
in tourism sector in India" Integral Review: A Journal of Management 7.2 (2014).

9. Peiró-Signes, Angel, et al. "The effect of tourism clusters on US hotel
performance." Cornell Hospitality Quarterly 56.2 (2015): 155-167.

10. Yang, Xiaotao, and Kam Hung. "Poverty alleviation via tourism
cooperatives in China: the story of Yuhu." International Journal of Contemporary
Hospitality Management 26.6 (2014): 879-906.

11. Хомидов, Каххорали. "O‘zbekistonda turistik majmualar faoliyatini
boshqaruv samaradorligi oshirish yo‘llari." Economics and Innovative Technologies
11.3 (2023): 154-160.

12. Shokirovna, Tuychiyeva Malika. "Turizm tarmoqlarini rivojlantirishda
boshqaruv tizimining o‘ziga xos xususiyatlari." So‘ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi
7.6 (2024): 75-78.

13. Ro‘ziyev, Shuxrat. "Turizm infratuzilmasini boshqarishning o‘ziga xos
xususiyatlari." Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil 1.8 (2023): 47-52.

14. Ruxshonabonu, Raxmonova. "Turizm industriyasida mеnеjmеntning
rivojlanish bosqichlari." Finland modern scientific research: topical issues,
achievements and innovations. 14.1 (2023).

15. Astanakulov O., & Soxibova M. Turizm sohasi milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishning muhim omili sifatida // Scientific Journal of “International Finance
& Accounting” Issue 5, October 2023.

16. Reinhold, Stephan, Florian J. Zach, and Dejan Krizaj. "Business models in
tourism: a review and research agenda." Tourism Review 72.4 (2017): 462-482.

17. Manente, Mara, and Valeria Minghetti. "Destination management
organizations and actors." Tourism business frontiers. Routledge, 2006. 228-237.

18. Franco, Mário, and Cristina Estevão. "The role of tourism public-private
partnerships in regional development: a conceptual model proposal." Cadernos
Ebape. Br 8 (2010): 600-612.

19. Okazaki, Etsuko. "A community-based tourism model: Its conception and
use." Journal of sustainable tourism 16.5 (2008): 511-529.

20. Peiró-Signes, Angel, et al. "The effect of tourism clusters on US hotel
performance." Cornell Hospitality Quarterly 56.2 (2015): 155-167.

21. Pike, Steven, and Stephen J. Page. "Destination Marketing Organizations
and destination marketing: A narrative analysis of the literature." Tourism
management 41 (2014): 202-227.

22. Zahra, Anne, and Chris Ryan. "From chaos to cohesion—Complexity in
tourism structures: An analysis of New Zealand's regional tourism organizations."
Tourism Management 28.3 (2007): 854-862.

23. Domínguez Vila, Trinidad, Elisa Alén González, and Simon Darcy.
"Website accessibility in the tourism industry: an analysis of official national tourism
organization websites around the world." Disability and rehabilitation 40.24 (2018):
2895-2906.

24. Haniza Mohamad, Nor, and Amran Hamzah. "Tourism cooperative for
scaling up community based tourism." Worldwide Hospitality and Tourism Themes
5.4 (2013): 315-328.

REFERENCES:
1. Astanakulov O.T. (2024). Turizm 4.0: turizm industriyasida raqamli
texnologiyalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari // Science and
innovation, 3 (Special Issue 28), 662-667. (In Uzbek)
2. Buhalis, Dimitrios, and Carlos Costa, eds. (2006) Tourism management
dynamics: trends, management and tools. Routledge.
3. Lohmann, Guilherme, and Alexandre Panosso Netto. (2016) Tourism theory:
Concepts, models and systems. Cabi.
4. Lubbe, Berendien. (2003) Tourism management in Southern Africa. Pearson
South Africa.
5. Page, Stephen. (2007) Tourism management. Routledge.
6. Curcija, Marcus, Noreen Breakey, and Sally Driml. "Development of a
conflict management model as a tool for improved project outcomes in community
based tourism" Tourism Management 70 (2019): 341-354.
7. Pike, Steven, and Stephen J. Page. "Destination Marketing Organizations
and destination marketing: A narrative analysis of the literature." Tourism
management 41 (2014): 202-227.
8. Singh, Gaurav, and M. S. Khan. "A study of public private partnership (ppp)
in tourism sector in India" Integral Review: A Journal of Management 7.2 (2014).
9. Peiró-Signes, Angel, et al. "The effect of tourism clusters on US hotel
performance." Cornell Hospitality Quarterly 56.2 (2015): 155-167.
10. Yang, Xiaotao, and Kam Hung. "Poverty alleviation via tourism
cooperatives in China: the story of Yuhu." International Journal of Contemporary
Hospitality Management 26.6 (2014): 879-906.

11. Хомидов, Каххорали. "O‘zbekistonda turistik majmualar faoliyatini
boshqaruv samaradorligi oshirish yo‘llari." Economics and Innovative Technologies
11.3 (2023): 154-160. (In Uzbek)

12. Shokirovna, Tuychiyeva Malika. "Turizm tarmoqlarini rivojlantirishda
boshqaruv tizimining o‘ziga xos xususiyatlari." So‘ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi
7.6 (2024): 75-78. (In Uzbek)

13. Ro‘ziyev, Shuxrat. "Turizm infratuzilmasini boshqarishning o‘ziga xos
xususiyatlari." Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil 1.8 (2023): 47-52. (In Uzbek)

14. Ruxshonabonu, Raxmonova. "Turizm industriyasida mеnеjmеntning
rivojlanish bosqichlari." Finland modern scientific research: topical issues,
achievements and innovations. 14.1 (2023). (In Uzbek)

15. Astanakulov O., & Soxibova M. Turizm sohasi milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishning muhim omili sifatida // Scientific Journal of “International Finance
& Accounting” Issue 5, October 2023. (In Uzbek)

16. Reinhold, Stephan, Florian J. Zach, and Dejan Krizaj. "Business models in
tourism: a review and research agenda." Tourism Review 72.4 (2017): 462-482.

17. Manente, Mara, and Valeria Minghetti. "Destination management
organizations and actors." Tourism business frontiers. Routledge, 2006. 228-237.

18. Franco, Mário, and Cristina Estevão. "The role of tourism public-private
partnerships in regional development: a conceptual model proposal." Cadernos
Ebape. Br 8 (2010): 600-612.

19. Okazaki, Etsuko. "A community-based tourism model: Its conception and
use." Journal of sustainable tourism 16.5 (2008): 511-529.

20. Peiró-Signes, Angel, et al. "The effect of tourism clusters on US hotel
performance." Cornell Hospitality Quarterly 56.2 (2015): 155-167.

21. Pike, Steven, and Stephen J. Page. "Destination Marketing Organizations
and destination marketing: A narrative analysis of the literature." Tourism
management 41 (2014): 202-227.

22. Zahra, Anne, and Chris Ryan. "From chaos to cohesion—Complexity in
tourism structures: An analysis of New Zealand's regional tourism organizations."
Tourism Management 28.3 (2007): 854-862.

23. Domínguez Vila, Trinidad, Elisa Alén González, and Simon Darcy.
"Website accessibility in the tourism industry: an analysis of official national tourism
organization websites around the world." Disability and rehabilitation 40.24 (2018):
2895-2906.

24. Haniza Mohamad, Nor, and Amran Hamzah. "Tourism cooperative for
scaling up community based tourism." Worldwide Hospitality and Tourism Themes
5.4 (2013): 315-328.