DEVELOPMENT OF BANKING SERVICES IN THE CONTEXT OF
CORPORATE TRANSFORMATION: ESSENCE AND ANALYSIS OF
INDICATORS
Baymuratova Madina Tursunboy kizi
Doctoral student of Tashkent State University of Economics
Tel.: +998 90 045-97-65
Email: madinnn23@gmail.com
Annotation. The article delves into the crucial aspect of competitiveness in
banking services amidst ongoing corporate transformations. The importance of
evaluating both real and potential banking services is emphasized, that institutions
can provide to their clients. This evaluation is grounded in an in-depth analysis of the
theoretical and methodological foundations of banking activities, enriched by a
comprehensive review of both domestic and international practices. The study
highlights the evolving landscape of banking services, including innovations such as
mobile banking, remote banking, and the integration of cutting-edge technologies like
blockchain and artificial intelligence. Furthermore, the article outlines key
performance indicators relevant to banking, such as net profit and payment services,
underscoring the implications of these developments for bank-client relationships and
overall service quality. This comprehensive approach aims to equip banks with the
necessary insights to enhance their service offerings in an increasingly competitive
market.
Key words: bank, banking services, remote banking, mobile banking, bankclient, Internet bank, SMS banking, bank net profit, payment services, money
transfers, blockchain technology, artificial intelligence.
KORPORATIV TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BANK XIZMATLARINI
RIVOJLANTIRISH: TAVSIF VA KO‘RSATKICHLAR TAHLILI
Baymuratova Madina Tursunboy qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti
Tel.: +998 90 045-97-65
Email: madinnn23@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada davom etayotgan korporativ o‘zgarishlar sharoitida
bank xizmatlarida raqobatbardoshlikning muhim jihati ko‘rib chiqiladi. Institutlar o‘z
mijozlariga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan real va potensial bank xizmatlarini baholash
muhimligi ta’kidlangan. Ushbu baholash bank faoliyatining nazariy va uslubiy
asoslarini chuqur tahlil qilishga asoslangan, mahalliy va xalqaro amaliyotni har
tomonlama ko‘rib chiqish bilan boyitilgan. Tadqiqotda bank xizmatlarining
rivojlanayotgan manzarasi, jumladan, mobil banking, masofaviy banking kabi
innovatsiyalar hamda blokcheyn va sun’iy intellekt kabi ilg‘or texnologiyalar
integratsiyasi o‘rganiladi. Bundan tashqari, maqolada sof foyda va toʻlov xizmatlari
kabi bank faoliyatiga tegishli asosiy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu
oʻzgarishlarning bank-mijoz munosabatlari va umumiy xizmat sifatiga taʼsiri
taʼkidlanadi. Ushbu keng qamrovli yondashuv banklarni tobora raqobatbardosh bozor
sharoitida xizmatlar taklifini oshirish uchun zarur bo‘lgan tushunchalarni izohlashga
qaratilgan.
Kalit so‘zlar: bank, bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, mobil-banking,
bank-mijoz, internet-banking, SMS-banking, bankning sof foydasi, to‘lov xizmatlari,
pul o‘tkazmalari, blokcheyn texnologiyasi, sun’iy intellekt.
РАЗВИТИЕ БАНКОВСКИХ УСЛУГ В УСЛОВИЯХ КОРПОРАТИВНОЙ
ТРАНСФОРМАЦИИ: СУЩНОСТЬ И АНАЛИЗ ПОКАЗАТЕЛЕЙ
Баймуратова Мадина Турсунбой кизы
Докторант Ташкентского государственного экономического
университета
Teл.: +998 90 045-97-65
Email: madinnn23@gmail.com
Аннотация. Статья углубляется в важнейший аспект
конкурентоспособности банковских услуг в условиях продолжающихся
корпоративных преобразований. Подчеркивается важность оценки как
реальных, так и потенциальных банковских услуг, которые учреждения могут
предоставлять своим клиентам. Эта оценка основана на глубоком анализе
теоретических и методологических основ банковской деятельности,
обогащенном всесторонним обзором как отечественной, так и международной
практики. Исследование подчеркивает развивающийся ландшафт банковских
услуг, включая такие инновации, как мобильный банкинг, удаленный банкинг,
а также интеграцию передовых технологий, таких как блокчейн и
искусственный интеллект. Кроме того, в статье излагаются ключевые
показатели эффективности, имеющие отношение к банковскому делу, такие как
чистая прибыль и платежные услуги, подчеркивая последствия этих разработок
для отношений между банком и клиентом и общего качества обслуживания.
Этот комплексный подход направлен на то, чтобы снабдить банки
необходимыми знаниями для улучшения своих предложений услуг на все более
конкурентном рынке.
Ключевые слова: банк, банковские услуги, дистанционное банковское
обслуживание, мобильный банкинг, банк-клиент, интернет-банк, SMS-банкинг,
чистая прибыль банка, платежные услуги, денежные переводы, технология
блокчейн, искусственный интеллект.
KIRISH
Bank faoliyati transformatsiyasi innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda
xizmat turlari va qamrovini oshirish, mijozga ofis va masofaviy tarzda xizmat
ko‘rsatishning mobil banking kabi tizimli instutitsional omillarini o‘z ichiga qamrab
oladi.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmonida moliya-bank sohalarida ishlab
chiqarish va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, bank xizmatlari onlayn
turlarini kengaytirish hamda kredit ajratish bo‘yicha tahlillarni avtomatik tarzda
amalga oshirish bo‘yicha baholash tizimlarini joriy etish va sun’iy intellektni
mamlakatimizda muvaffaqiyatli qo‘llash yuzasidan “Sun’iy intellekt
texnologiyalarini 2023-2030-yillarda rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqilishi,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga
mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-5992-son farmonida7 yuqori texnologiyali moliyaviy xizmatlarni
taqdim etuvchi (“fin-tex”kabi) kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, kraudfanding
va boshqa muqobil instrumentlar joriy qilinishi orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlari
raqamlashtirilishi bank xizmatlarining innovatsion rivojlanishiga omil bo‘lmoqda.
Hozirgi globallashuv jarayonida jadal kechayotgan korporativ transformatsiya
sharoitida bank xizmatlari raqobatbardoshligini o‘zida namoyon etuvchi asosiy sifat
belgisi bu bankning o‘z mijozlariga taklif eta oladigan real va potensial xizmatlari
majmui sanalishi nuqtai nazaridan yondashilib, xorijlik va milliy iqtisodchiolimlarning mavzuga daxldor qarashlari va tajribalar zamirida amalga oshirilgan
tahlilga asoslangan holda bank xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
transformatsiya jarayonlarining konseptual asoslari tadqiq etildi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tijorat banklarida amalga oshirilayotgan transformatsion jarayonlar ko‘plab
iqtisodchi olimlar va amaliyot sohasi mutaxassislarining tadqiqotlarda o‘z ifodasini
topgan. Xususan, bank sektoridagi transformatsion jarayonlar nuqtai nazaridan
K..Edelman, H. Bachman, A. Kumar Saha va A. Ier hamkorligida ishlab chiqilgan
“2023 banking and capital markets outlook” tadqiqot ishida tijorat banklari g‘oyalar
va raqamli instrumentlar asosida xizmat ko‘rsatishning yangi modellarini ishlab
7 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 майдаги “2020 - 2025 йилларга мўлжалланган
Ўзбекистон Республикасининг банк тизимини ислоҳ қилиш стратегияси тўғрисида”ги ПФ-5992- сон Фармони.
https://lex.uz/en/docs/4811025
chiqishlari zarurligiga e’tibor qaratilgan. Y. O. Shashkina tomonidan tayyorlangan
“Iqtisodiyotning bank sektorini transformatsiyalashga moliyaviy texnologiyalarning
ta’siri: xorijiy va milliy tajriba” nomli ilmiy tadqiqot ishida “Moliyaviy
texnologiyalar ta’siri ostida bank sektorining tranformatsiyasi – bank faoliyatining
tashkiliy va boshqaruv yo‘nalishlariga tegishli bo‘lgan yangi raqamli
texnologiyalarning paydo bo‘lishi hisobiga bank sektoridagi tuzilmaviy o‘zgarishlar
tarzida talqin etilgan.
Banklar faoliyatini o‘rganish, shu jumladan ularning raqobatbardoshligini
oshirishga qaratilgan tadqiqotlar X. Allen, R. L. Miller, D. D. Van-Huz, B. King, J.
Klark, J.Sinki va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.
Bu o‘rinda moliyaviy texnologiyalar moliya sektorida innovatsion mahsulot va
xizmatlarni yaratish imkonini beruvchi unikal instrumentlar majmuasining
funksionalligi nazarda tutiladi. Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, bank sektorida eng
ko‘p qo‘llaniladigan texnologiyalar sirasiga sun’iy intellekt, katta hajmli ma’lumotlar
bazasi, taqsimlangan reestr, bulutli hisob-kitoblar, virtual va qo‘shilgan reallik,
buyumlar interneti va mobil texnologiyalar kabilar kiradi.
Bank sektoridagi transformatsion jarayonlar sektorning institutsion
transformatsiyasi, bank xizmatlarini ko‘rsatish kanallari transformatsiyasi va biznesmodellar transformatsiyasi kabilarni qamrab oladi. Ko‘rib chiqilayotgan yo‘nalishlar
nuqtai nazaridan, moliyaviy texnologiyalar bir tomondan, bank xizmatlarini
ko‘rsatishda raqobatni mustahkamlash va bank xizmatlari sifati oshishiga samarali
ta’sir etuvchi, ikkinchi tomondan esa, bank faoliyati va uning istiqboli uchun
ehtimollikka ko‘ra, salbiy ta’sirga ega risklar omili sifatida talqin etilishi mumkin”
(Кинг Б., 2020: 18).
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada O‘zbekiston bank tizimini transformatsiyalash sharoitida bank
xizmatlarini takomillashishi yuzasidan iqtisodchi olimlar va soha vakillarining fikrmulohazalari bibliografik yondashuv asosida o‘rganilganligi, tijorat banklarining
yillik hisobotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Axbor-
Reyting” reyting agentligi ma’lumotlariga, ekspert baholash, tizimli yondashuv,
qiyosiy tahlil orqali amalga oshirilgan jarayonlar tadqiqiga asoslanib, e’tiborga molik
xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilganligini keltirib o‘tish mumkin.
TAHLIL VA NATIJALAR
Kelajak bankini mazmun-mohiyatan “talabga mos bank” (inglizcha: embedded
bank - integratsiyalashgan bank) tarzida talqin etish mumkin (Кинг Б., 2020: 18).
Ushbu yondashuvning mohiyati mijozning katta ma’lumotlar bazasi, sun’iy
intellektdan foydalangan holda tahlil qilinadigan ehtiyojlarini chuqur anglash va unga
eng maqbul vaqtda bank xizmatlarini taklif qilishdir. Ushbu yondashuvni amalga
oshirish uchun bank xizmatlari tovarlar va xizmatlarni taqdim etishning yangi
kanallariga “singdirilgan” va borgan sari bu raqamli xizmat ko‘rsatish kanallari
(onlayn do‘konlar, ko‘chmas mulk bozoridagi takliflar agregatorlari, onlayn ta’lim va
boshqalar) orqali mujassamlashgan instrumentariylari majmuasi samarali
qo‘llanilishini nazarda tutadi.
Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish maqsadida bank
tizimi faoliyatida raqamli texnologiyalarni qo‘llash jarayoni jadal kechmoqda. 2022-
yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda masofaviy bank xizmatlaridan
foydalanuvchi jismoniy shaxslar soni 19 234 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich 2023-yil 1-yanvar holatiga esa 28 045 mingtaga yetdi yoki 1,46
barobarga oshdi. Shu bir yil davomida jismoniy shaxslarning masofaviy bank
xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi o‘rtacha hisobda 23 432 mingtani tashkil qildi
(1-jadval).
1-jadval.
Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar sonining tasviriy
statistikasi (ming)8
Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-2023-yillar davomida masofaviy
bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning soni o‘rtacha miqdorda
(Standart og‘ish9) 3077 taga o‘zgargan.
Aholining masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichining ortishiga
sabab sifatida, bir tomondan, muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari sonini,
boshqa tomondan, bank tizimi faoliyatiga raqamli texnologiyalarni qo‘llash
tajribasini keltirib o‘tish mumkin.
Xususan, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan bank plastik
kartalari soni 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 27 105 mingtani tashkil etib, 2023-yil
1-yanvar holatiga kelib 1,24 barobarga oshdi va 33 549 mingtani tashkil qildi (2-
jadval). 2-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-2023-yillar davomida muomalaga
chiqarilgan bank plastik kartalari soni o‘rtacha miqdorda (Standart og‘ish) 2096 taga
o‘zgarib borgan.
8 https://cbu.uz/uz/statistics/ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni, 2022-yil
maʼlumotlaridan foydalanib Stata dasturi orqali muallif tomonidan tuzildi.
9 Standart og‘ish - bu maʼlumotlar to‘plamidagi o‘zgaruvchanlikning o‘rtacha miqdori.
2-jadval.
Muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari sonining tasviriy statistikasi (ming)10
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga taklif etilayotgan masofaviy bank
xizmatlaridan “Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobilbanking” shakllari mijozlar tomonidan keng foydalanilmoqda. Sababi, ularning
barchasi har ikkala tomonning o‘zaro manfaatli sheriklik asosida faoliyat yuritishida
qo‘l keladi hamda vaqtni tejaydi.
Bank-mijoz - bank tizimida hisob raqamiga ega bo‘lgan yuridik va yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan kompyuter
qurilmasi orqali o‘z hisob raqamlarini kuzatish va tasarruf etish bo‘yicha dasturiy
majmua.
Internet-banking - bu Internet orqali bank operatsiyalarini amalga oshirishga
imkon beradigan dasturiy ta’minot to‘plami11.
SMS-banking - yuridik va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka
tartibdagi tadbirkorlarni uyali (mobil) telefon raqamlari orqali bank hisob raqamlari
aylanmalari va qoldiqlari haqidagi ma’lumotlarni SMS shaklida xabardor qilish
xizmati.
Mobil-banking - Bank tizimida hisob raqamiga ega bo‘lgan yuridik va yuridik
shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mobil
qurilma orqali o‘z hisob raqamlarini kuzatish va tasarruf etish bo‘yicha dasturiy
majmua12.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yakunida, masofaviy bank
xizmatlaridan (internet-banking va mobil-banking xizmat turlari yordamida bank
hisob varaqlaridagi pul mablag‘larini boshqarish, USSD-so‘rov yordamida bank
plastik kartalaridagi mablag‘larni boshqarish, SMS-xabarnoma yordamida hisob
varaqdagi pul mablag‘lari harakati haqida ma’lumot olish) foydalanuvchilar soni 44
099 mingtani tashkil qilgan13. Bugungi kunda bank sohasida aholiga bank
10 Stata dasturi orqali muallif tomonidan tuzildi. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik
byulleteni, 2022-yil /https://cbu.uz/uz/statistics/
11 https://aloqabank.uz/ru/services/bank/internet-banking/ - Aksiyadorlik-tijorat “Aloqabank” rasmiy sayti
maʼlumotlari.
12 “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bank hisob varag‘i shartnomasi va mijoz hisob raqamiga xizmat
ko‘rsatishga doir boshqa shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar ilovasi. https://sqb.uz- “O‘zsanoatqurilishbank”
ATB rasmiy sayti maʼlumotlari.
13 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni, 2023-yil maʼlumotlari.
h
xizmatlarini ko‘rsatishda yuqori texnologiyalardan foydalanish tijorat banklari uchun
muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda va bir qator yangiliklar bo‘lmoqda (1-
rasm).
Raqamli banking
Bank xizmatlarini Blokcheyn texnologiyasi
ko‘rsatishda samarali Sun’iy intellekt
qo‘llanilayotgan yuqori
tex1n-ologiyalar
1-rasm. Bank xizmatlarini ko‘rsatishdagi yuqori texnologiyalar14
Raqamli banking: Ko‘pgina banklar mijozlarga o‘z hisoblariga kirish,
to‘lovlarni to‘lash va smartfon yoki boshqa qurilmalardan tranzaksiyalarni amalga
oshirish imkonini beruvchi raqamli platformalar va ilovalarga sarmoya kiritmoqda.
Bu, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida bank filiallariga shaxsan tashrif
buyurish cheklangan paytda, ko‘pchilik uchun bank faoliyatini yanada qulay qildi.
Blokcheyn texnologiyasi: Ba’zi banklar moliyaviy operatsiyalarning
samaradorligi va xavfsizligini oshirish uchun blokcheyn texnologiyasidan
foydalanishni o‘rganmoqda. Misol uchun, banklar hisoblar o‘rtasidagi pul harakatini
kuzatish va tekshirish yoki transchegaraviy to‘lovlarni osonlashtirish uchun
blokcheyndan foydalanishlari mumkin.
Sun’iy intellekt (AI): Ba’zi banklar mijozlarga xizmat ko‘rsatish va qo‘llabquvvatlashni yaxshilash uchun sun’iy intellektdan foydalanmoqda. Misol uchun,
sun’iy intellektga asoslangan chatbotlar mijozlarning oddiy so‘rovlarini ko‘rib
chiqishlari mumkin, bu esa mijozlarga xizmat ko‘rsatish vakillarini yanada
murakkabroq masalalarga e’tibor qaratishdan ozod qiladi. AI mijozlar ma’lumotlarini
tahlil qilish va shaxsiy moliyaviy maslahatlar berish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Tijorat banklarida bank xizmatlarini rivojlantirishni tavsiflovchi muhim
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, bankning sof foydasi hisoblanadi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali respublikamizdagi banklardan
transformatsiya qilish va xususiylashtirish ko‘zda tutilgan tijorat banklarining sof
foydasiga baho berishimiz mumkin (3-jadval). 3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki,
Turonbankning sof foydasi 2019-2020-yillarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan,
ammo, 2021, 2022 va 2023-yillarda ushbu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan sezilarli
darajada pasaygan. Bu esa, Turonbankning investitsion bank xizmatlarini
rivojlantirish nuqtai nazaridan salbiy holat hisoblanadi.
14 Muallif tomonidan tuzilgan.
3-jadval
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ayrim aksiyadorlik-tijorat banklarining
sof foyda ko‘rsatkichlari, mlrd. so‘mda15
Y I L L A R 2023-
yilda
Banklar 2019 2020 2021 2022 2023 2019-
856,1 yilga
O‘zsanoatqurilish 604,4 113 856,9 620,5 nisbatan
bank o‘zgarish
(mlrd.
so‘m)
251,7
Asakabank 120,4 211,6 139,8 165,8 120,9 0,5
Ipoteka bank 339 389 693,7 1156 1012 673
250,8 223,7 319,4 437,5 236 -14,8
Biznesni 243,6 170 107,5 228,3 607,7 364,1
rivojlantirish
banki (Qishloq
qurilish bank)
Aloqabank
Turonbank 84,2 115,1 101,5 52,8 57,9 -26,3
Shuningdek, Biznesni rivojlantirish banki (Qishloq qurilish bank)da ham 2023-
yilda 2019-yilga nisbatan 14,8 mlrd. so‘mga pasayish kuzatilgan. Bu holat, bankda
mijozlarga xizmat ko‘rsatishda salbiy holatdir.
3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
O‘zsanoatqurilishbankning sof foydasi pandemiya davridan keyin, ya’ni 2021-yilda
2019-yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan, biroq, mazkur ko‘rsatkich 2022-yilda
sezilarli darajada pasaygan. 2023-yilda esa, O‘zsanoatqurilishbankning sof foydasi
856,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan 251,7 mlrd.
so‘mga ortgan.
3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Ipotekabankning yillik sof foydasi 2019-
2022-yillarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Ammo, ushbu ko‘rsatkich 2023-
yilda biroz past darajada bo‘lgan.
3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan yana shuni ko‘rish mumkinki,
Aloqabankda 2023-yilda bankning yillik sof foydasi 607,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan
15 Jadval muallif tomonidan O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Ipoteka bank, Biznesni rivojlantirish banki (Qishloq
qurilish bank), Aloqabank va Turon bankning 2019, 2020, 2021, 2022, 2023-moliyaviy yillarning yakunlari bo‘yicha
eʼlon qilingan yillik hisobotlarining maʼlumotlari asosida tuzilgan.
holda o‘tgan yilga nisbatan 379,3 mlrd. so‘mga yoki qariyb 2,7 barobarga ortishiga
erishilgan. Bunday ko‘rsatkichga, bankning noan’anaviy innovatsion xizmatlarni
joriy etish orqali bankning balans hajmiga mutanosib ravishda xizmatlar
assortimentini kengaytirish va kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatida
qo‘llanilishi natijasida iqtisodiyotning real sektori korxonalari, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish
ko‘lamining kengayishi hisobiga erishilgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa tarzida shuni qayd etish o‘rinliki, korporativ transformatsiya sharoitida
bank xizmatlarini rivojlantirish: tavsif va ko‘rsatkichlarning tahlili shuni
ko‘rsatmoqdaki, mijozlarning talab va ehtiyojlarini qondirish hamda raqobatbardosh
bo‘lish uchun tijorat banklari mavjud bank xizmatlarini rivojlantirib borishlari,
shuningdek, yuqori moliyaviy texnologiyalardan foydalangan holda yangi xizmat
turlarini taklif etishlari istiqbolli sanaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO‘YXATI:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги
“2022-2026 йиллaргa мўлжaллaнгaн Янги Ўзбекистоннинг тaрaққиёт
стрaтегияси тўғрисидa”ги ПФ-60-сонли фармони. // https://lex.uz/docs/5841063.
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 майдаги “2020
- 2025 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикасининг банк тизимини
ислоҳ қилиш стратегияси тўғрисида”ги ПФ-5992-сон Фармони.
https://lex.uz/en/docs/4811025.
3. Allen F., Gale D. (2004) Competition and Financial Stability // Journal of
Money, Credit and Banking. 36(3). – P. 453-480.
http://www.jstor.org/stable/3838946
4. Миллер, Р.Л., Ван-Хуз Д. Д. (2012) Современные деньги и банковское
дело: Учебник. – Москва: Инфра-М. – 856 с.
5. Кинг Б. (2020) Банк 4.0. Новая финансовая реальность. Издательство
Олимп-Бизнес. – Москва. – 476 с.
6. Кларк Дж.Б. (1992) Распределение богатства. – Москва: Экономика. –
448 с.
7. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии
финансовых услуг / Джозеф Синки-мл.; Пер. с англ. – Москва: Альпина Бизнес
Букс, 2016. – 1018 с.
8. Шашкина Е.О. (2022) Влияние финансовых технологий на
трансформацию банковского сектора экономики: зарубежный и отечественный
опыт. Диссер. на соис. учен. степ. канд. экон. наук. Специальность: 5.2.4.
Финансы. – Москва. – С. 35-36.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni, 2022-
2023-yillar. https://cbu.uz/uz/statistics/
10. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bank hisob varag‘i shartnomasi va
mijoz hisob raqamiga xizmat ko‘rsatishga doir boshqa shartnomalarni tuzish bo‘yicha
Tavsiyalar ilovasi. https://sqb.uz
11. O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Ipoteka bank, Biznesni rivojlantirish
banki (Qishloq qurilish bank), Aloqabank va Turon bankning 2019, 2020, 2021,
2022, 2023-moliyaviy yillarning yakunlari bo‘yicha eʼlon qilingan yillik hisobotlari.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni. // https://lex.uz/docs/5841063. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 - 2025
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son Farmoni. (In Uzbek)
https://lex.uz/en/docs/4811025
3. Allen F., Gale D. (2004) Competition and Financial Stability // Journal of
Money, Credit and Banking. 36(3). – P. 453-480.
http://www.jstor.org/stable/3838946
4. Miller, R.L., Van-Xuz D. D. (2012) Sovremenniye dengi i bankovskoye
delo: Uchebnik. – Moskva: Infra-M. – 856 s. (In Russian)
5. King B. (2020) Bank 4.0. Novaya finansovaya realnost. Izdatelstvo Olimp-
Biznes. – Moskva. – 476 s. (In Russian)
6. Klark Dj.B. (1992) Raspredeleniye bogatstva. – Moskva: Ekonomika. – 448
s. (In Russian)
7. Finansoviy menedjment v kommercheskom banke i v industrii finansovix
uslug / Djozef Sinki-ml.; Per. s angl. – Moskva: Alpina Biznes Buks, 2016. – 1018 s.
(In Russian)
8. Shashkina E.O. (2022) Vliyaniye finansovix texnologiy na transformatsiyu
bankovskogo sektora ekonomiki: zarubejniy i otechestvenniy opit. Disser. na sois.
uchen. step. kand. ekon. nauk. Spetsialnost: 5.2.4. Finansi. – Moskva. – S. 35-36. (In
Russian)
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni, 2022-
2023-yillar. https://cbu.uz/uz/statistics/ (In Uzbek)
10. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bank hisob varag‘i shartnomasi va
mijoz hisob raqamiga xizmat ko‘rsatishga doir boshqa shartnomalarni tuzish bo‘yicha
Tavsiyalar ilovasi. https://sqb.uz (In Uzbek)
11. O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Ipoteka bank, Biznesni rivojlantirish
banki (Qishloq qurilish bank), Aloqabank va Turon bankning 2019, 2020, 2021,
2022, 2023-moliyaviy yillarning yakunlari bo‘yicha eʼlon qilingan yillik hisobotlari.
(In Uzbek)