ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Solih ibn Muhammadning “Ash-Shuzur az-Zahabiyya” lugʻatida berilgan fe’llar qismining tuzilish prinsiplari

Nasirova Dildora Talibjonovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SOLIH IBN MUHAMMADNING “ASH-SHUZUR AZ-ZAHABIYYA”
LUGʻATIDA BERILGAN FE’LLAR QISMINING TUZILISH PRINSIPLARI

PRINCIPLES OF THE STRUCTURE OF THE PART OF THE VERBS
GIVEN IN THE DICTIONARY OF “ASH-SHUZUR AZ-ZAHABIYA” BY

SALIH IBN MUHAMMAD

ПРИНЦИПЫ СТРОЕНИЯ ЧАСТИ ГЛАГОЛОВ, ПРИВЕДЕННЫХ В
СЛОВАРЕ “АШ-ШУЗУР АЗ-ЗАХАБИЯ” САЛИХА ИБН МУХАММАДА

Nasirova Dildora Talibjonovna
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tayanch doktoranti

Тel.: +998 97 749-89-66
E-mail: nasirovadildora86@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada Solih ibn Muhammad tomonidan yozilgan “Ash-
Shuzur az-Zahabiyya” asarining “Fe’llar” bobidagi grammatik tuzilma va tasniflash
prinsiplari tahlil qilingan. Asarda turkiy fe’llarning masdar, buyruq, inkor, oʻtgan va
hozirgi zamon shakllari, shuningdek, sifatdosh, boʻlishsiz va koʻplik shakllari arab
tilidagi grammatik kategoriyalar asosida izohlangan. Muallif grammatik tahlillar orqali
turkiy va arab til tizimlari oʻrtasidagi umumiylik va tafovutlarni ochib bergan. Ayniqsa,
fe’l zamonlari, inkor shakllari va morfologik oʻzgarishlar borasidagi fonetik va
morfologik kuzatuvlar ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqolada qoʻlyozmaning
strukturaviy tuzilishi, yozuv xususiyatlari va ayrim muhim fe’llar boʻyicha misollar
keltirilib, asarning lingvistik va leksikografik ahamiyati yoritilgan.

Kalit soʻzlar: Mamluk qipchoqlari, Solih ibn Muhammad, arabiy-turkiy lugʻat,
“Ash-Shuzur az-Zahabiyya”, fe’l zamonlari, oʻtgan zamon shakli, hozirgi zamon
shakli, fe’lning boʻlishsiz shakli, masdarlar.

Annotation: This article analyzes the grammatical structure and classification
principles of the “Verbs” section in the work Ash-Shuzur az-Zahabiyya written by
Salih ibn Muhammad. In the book, Turkic verbs in their infinitive, imperative,
negative, past and present tense forms, as well as participial, negative, and plural forms,
are explained based on Arabic grammatical categories. Through grammatical analysis,
the author reveals the similarities and differences between the Turkic and Arabic
language systems. Special attention is given to the scientific analysis of phonetic and
morphological observations related to verb tenses, negative forms, and morphological
changes. The article also presents examples from the manuscript’s structural
organization, writing features, and selected important verbs, highlighting the linguistic
and lexicographic significance of the work.

Keywords: Mamluk Kipchaks, Salih ibn Muhammad, Arabic-Turkic dictionary,
Ash-Shuzur az-Zahabiyya, verb tenses, past tense form, present tense form, negative
form of the verb, infinitives.

Аннотация: В данной статье проанализированы грамматическая структура
и принципы классификации глаголов в разделе «Глаголы» произведения «Аш-
Шузур аз-Захабийя», написанного Салихом ибн Мухаммадом. В труде глаголы
тюркских языков представлены в формах инфинитива, повелительного
наклонения, отрицания, прошедшего и настоящего времени, а также в формах
причастий, отрицательных и множественных форм, и объясняются на основе
грамматических категорий арабского языка. Автор с помощью грамматического
анализа раскрывает общие черты и различия между тюркской и арабской
языковыми системами. Особое внимание уделяется научному анализу
фонетических и морфологических наблюдений, связанных с временами
глаголов, отрицательными формами и морфологическими изменениями. В
статье приведены примеры по структуре рукописи, особенностям письма и
отдельным значимым глаголам, раскрывается лингвистическое и
лексикографическое значение произведения.

Ключевые слова: мамлюкские кипчаки, Салих ибн Мухаммад, арабскотюркский словарь, «Аш-Шузур аз-Захабийя», времена глаголов, форма
прошедшего времени, форма настоящего времени, отрицательная форма
глагола, инфинитивы.

KIRISH
Turkiy tillar lugʻatshunosligi boy tajribaga ega. Ayniqsa, oʻtmish
lugʻatshunoslari oʻziga xos lugʻat tuzish usullari, tamoyillari, soʻzlarni sharhlash
uslublari jihatidan ajralib turadi. Ushbu lugʻatlarda soʻz tanlash mezonlari, soʻzning
semantik tarkibiga munosabat bildirish, soʻzning ma’no qirralarini ochish kabi
masalalar boʻyicha hozirgi zamon lugʻatshunoslari uchun ham nazariy, ham amaliy
ahamiyat kasb etadi. Turkiy lugʻatshunoslikda bir qancha ilmiy izlanishlar olib
borilganiga qaramay “Ash-Shuzur az-Zahabiyya” asari boʻyicha bu borada oʻz
yechimini topmagan masalalar hali koʻp.
XIII-XIV asrga kelib hokimiyat tepasiga kelgan qipchoq sultonlarining mavqei
tufayli Misr va Suriyada turkiy tilni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoq yanada oshdi. Zotan,
arab zodagonlarining qipchoq tilini bilishi yuksak madaniyat egasi ekanligidan dalolat
qilar edi. Hattoki, arablarda “Turkiy tilni bilmagan Allohdan ham qoʻrqmaydi” degan
gap ham bor edi (Dyusenov B., 2018: 75).

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Islom olami lugʻatshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun qulay
muhit boʻlgan. Oʻrta asrlar islom sharqida arab adabiy tilining kitobiy va madaniy til

sifatida shakllanishi, arab adabiyotining shiddat bilan rivojlanishi lugʻatlar tuzish
ehtiyojini tugʻdirdi. Arab tilining ilmiy til sifatida qoʻllanilishi, yozma tilning muayyan
standartlarini saqlab turish, shuningdek, dialektlarni aniqlash, arab tilining yozma va
ogʻzaki variantlarini bir-biridan farq qilish ehtiyojlari arab lugʻatshunosligining erta
yuzaga kelishini taqozo etdi (Belkin V., 1975: 164).

Misrda yuksak martabaga ega boʻlgan mamluk qipchoqlari hayotning barcha
sohalarida faoliyat koʻrsatdilar, hattoki, oʻsha davrda koʻplab arab olimlari qipchoq
tilini oʻzlashtirib ikki tilli, uch tilli, arab-qipchoq, qipchoq-arab lugʻatlarini tuzib
chiqdilar. Quyida ularning ba’zilarining nomini keltirib oʻtamiz:

 Mahmud Koshgʻariy “Devonu lugʻotit turk”
 Mahmud Zamaxshariy “Muqaddimat ul adab” (“Adabiyotga kirish”) asari
 “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mugʻaliy va farsiy” (turk,
ajam, moʻgʻul va forslarning tarjima izohli lugʻati). Muallifi noma’lum.
 “Tarjuman turkiy va ajamiy va moʻgʻaliy (va farsiy)”
 “Kitab al-idrak li lisan al Atrak” (“Turkiy til xazinalari kitobi”). Muallifi “Al
Andalusiy” taxallusi bilan mashhur boʻlgan Asiruddin Abu Hayyon Muhammad ibn
Yusuf al Gʻarnatiydir.
 “At-tuhfatu-z-zakiyyatu fi-l-lugʻatit turkiya” (“Turkiy til haqida noyob
tuhfa”)
 “Kitab bulgʻat al mushtah fi lugʻat at turk val qipchaq” (“Turkiy va qipchoq
tilini oʻrganish uchun yaxshi kitob”)
 “Al qavaniyn al-kulliya li dabt al-lugʻat at-turkiyya” (“Turkiy tilni
oʻrganuvchilar uchun toʻliq qoʻllanma”)
 “Ash-Shuzur az-Zahabiyya val-qita’i al-Ahmadiyya fi lugʻat at-Turkiyya”
(“Turkiy tilning oltin roʻyxati”)
Mazkur lugʻat kitoblar ustida turli olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.
Xususan, gʻarb olimlaridan V. Bartold, N. Poppe va A. Borovkov, K. Brokkelmen, R.
Gibb, A. Dubinskiy, sharq olimlaridan Besim Atalay, S. Boʻronboyev, G.
Gaynuddinova, mahalliy olimlardan esa S. Mutallibov E. Fozilov, H. Boltaboyev, U.
Uvatov, A. Rustamov, Oʻ. Qoriyev, М. Оqilov, M. Ziyayeva, Z. Islomovlar shular
jumlasidandir. Yuqorida zikr etilgan qipchoq yodgorliklari ustida bir qancha ilmiy
tadqiqotlar amalga oshirilganiga qaramay, “Ash-Shuzur az-Zahabiya” asari ustida turli
izlanishlar olib borish borasida biroz sustkashlik koʻzga koʻrinadi. Bu esa oʻz navbatida
asar ustida jiddiy tadqiqotlar oʻtkazish zaruriyatini tugʻdiradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada tadqiqot usullarini statistik, tasniflash, tavsifiy, komponent
tahlil, qiyosiy-tipologik, sistem-struktur va umumlashtirish usullari tashkil qiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Tadqiqotimizning oʻrganish obyekti boʻlmish “Ash-Shuzur az-Zahabiyya va-lqita’i al-Ahmadiyya fi lugʻati-t-Turkiyya” (“Turkiy tilning oltin roʻyxati”)ning
muallifi Mullo Solih ibn Muhammaddir “Ash-Shuzur az-Zahabiyya”ning turli
davrlarda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxalari dunyoning yirik kutubxonalari, muzeylari,
nufuzli universitet va qoʻlyozma fondlarida saqlanmoqda. Birgina Turkiyada ushbu
qoʻlyozmaning 30dan oshiq nusxasi saqlanadi. Uning asl qoʻlyozmasi XVII asrda,
taxminan 1619-yilda Misrda yozib tugatilgan, qoʻlyozma Istanbulda saqlanadi. Asar
1949-yil B. Atalay tomonidan nashr etilgan (Atalay B., 1949: 2). Uning bir qancha
nusxalari turli davlatlar kutubxona fondlarida saqlanmoqda. Xususan, “Ash-Shuzur az-
Zahabiyya”ning biz tadqiq qilayotgan qoʻlyozmasi jami 110 sahifa boʻlib, moʻtabar
nusxa hisoblanadi. Oʻlchami 14×21. Lugʻat maqolalari nasx xatida, arabiy qismi qora,
turkiy qismi esa qizil siyohda toʻliq harakatlar bilan yozilgan. Nusxaning har bir
sahifasiga 4 qatordan soʻzlar kiritilgan.
Qoʻlyozmaning Amerika Yale universitetida saqlanadigan nusxasi shartli
ravishda tayanch nusxa deb olindi. Asar murakkab tuzilishga ega boʻlib, turkolog olim
B. Atalay uni quyidagi qismlarga ajratadi: muqaddima, fe’llar, ismlar, olmoshlar va
turkiy tilga arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar.
Lugʻatning birinchi bobi “Fe’llar bobi” boʻlib, u oʻz navbatida sakkiz faslga
ajratilgan:
Birinchi fasl: ‫ – فى بيان المصدر‬fi bayānil masdar – (Masdarlar)
Ikkinchi fasl: ‫ – فى بيان الامر‬fi bayānil amr – (Buyruq mayli)
Uchinchi fasl: ‫ – فى بيان النهي‬fi bayānin nahī – (Fe’lning inkor shakli)
Toʻrtinchi fasl: ‫ – فى بيان الماضي‬fi bayānil mādī – (Oʻtgan zamon shakli)
Beshinchi fasl: ‫ – فى بيان المضارع‬fi bayānil mudāri’– (Hozirgi-kelasi zamon shakli)
Oltinchi fasl: ‫ – في بيان الاسم الفاعل‬fi bayānil ismil fail – (Fe’lning aniq daraja
sifatdosh shakli)
Yettinchi fasl: ‫ – فى بيان النفي‬fi bayānin nafī – (Fe’lning boʻlishsiz shakli)
Sakkizinchi fasl: ‫ – فى بيان الجمع‬fi bayānil jam’i – (Fe’lning koʻplik shakli)
Birinchi fasl ‫ – فى بيان المصدر‬fi bayānil masdar – “masdarlar” fasli jami 133 ta
lugʻat maqolasidan iborat. Mazkur bob ‫ – العلم‬al-ilmu – ‫ – بلمك‬bilmak (bilmoq) soʻzi
bilan boshlanib, ‫ – الاستراحة‬al-istirāha – ‫ دكلنمك‬diglanmak (dam olmoq) soʻzi bilan
tugaydi.
‫ – فى بيان الامر‬fi bayānil amr – ikkinchi fasl, fe’lning buyruq mayli fasliga jami 149
ta soʻzlik kiritilgan. ‫ – اعلم‬i’lam, ‫ – بل‬bil (bil) soʻzi bilan boshlanib, ‫ – ذم‬δam, ‫– كس‬
(tuhmat qil, aybla) soʻzi bilan tugaydi. Ushbu bobni fe’llarning ma’nosiga koʻra
quyidagi turlarga boʻlish mumkin:
Aqliy faoliyat fe’llari:
‫ – العلم‬al-ilmu, ‫ – بلمك‬bilmak (bilmoq)

‫ – الفهم‬al-fahmu, ‫ – اكلمك‬aŋlamak (fahmlamoq)
‫ – التعليم‬at-ta’līmu, ‫ – اوكرنمك‬öğrenmek (oʻrganmoq)
‫ – القراءة‬al-qirāatu, ‫ – اوقومق‬o‘qimaq (oʻqimoq)
Jismoniy faoliyat fe’llari:
‫ – الكتابة‬al-kitābatu, ‫ – يازمق‬yazmaq (yozmoq)
‫ – المجيء‬al-majī’u, ‫ – كلمك‬kelmäk (kelmoq)
‫ – القطع‬al-qat’u, ‫ – كسمك‬kesmak (kesmoq)
‫ – الضرب‬ad-dorbu, ‫ – ورمق‬vurmaq (urmoq)
‫ – الرمي‬ar-romyu, ‫ – اطمق‬atmaq (otmoq)
Nutqiy faoliyat fe’llari:
‫ – الكلام‬al-kalāmu, ‫ – سويلمك‬soylamak (gapirmoq)
‫ – القول‬al-qovlu, ‫ – ديمك‬demak (aytmoq)
Holat fe’llari:
‫ – الضحك‬ad-doxku, ‫ – كولمك‬kulmak (kulmoq)
‫ – البكاء‬al-bukāu, ‫ – اغلمق‬ağlamaq (yigʻlamoq)
‫ – الخوف‬al-xovfu, ‫ – كركمك‬korkmak (qoʻrqmoq)
Koʻrish fe’llari:
‫ – النّظر‬an-nazru, ‫ – بقمق‬baqmaq (qaramoq, nazar solmoq)
‫ – الرؤية‬ar-ru’yatu, ‫ – كورمك‬kurmak (koʻrmoq)
Uchinchi fasl ‫ – فى بيان النهي‬fi bayānin nahī – (fe’lning inkor shakli) boʻlib, jami
150 ta soʻzlik kiritilgan. ‫ – لا تعلم‬la ta’lam, ‫ – بلمه‬bilma (bilma) soʻzi bilan boshlanib, ‫لا‬
‫ – تحبب‬lā tahbub, Muallif fe’lning inkor shakli yasalishini quyidagicha izohlaydi:

‫اذا جرت الكلمة من علامة المصدر فلا يخلو من ان تكون ساكنة اولى تبقى على حالها و الثانية لا تخلوا‬
‫من ان تكون مفتوحة او مضمومة او مكسورة. فان كانت مضمومة يلحق اخرها واوا او ياء و المكسورة يلحق‬
.‫اخرها السكون بيل اعلم و للمضموم ياقو اقرا و للمفتوحة و المكسورة اكله افهم و يه كل. الباب الثالث فى النهي‬
‫فى التركي كل الكلمة باخرها لفظه مه تابعة التجريد من علامة المصدر و هى مك او مق فيكون المجموع هنا‬

.‫نهيا حاضرا للمفرد مثاله من اول المصادر‬
Ya’ni, agar soʻz masdar koʻrinishida boʻlsa, bu holda u quyidagi holatlardan
birida boʻladi:
Birinchi harfi sukunli boʻlib qoladi, ikkinchi harf esa fatḥa, ḍamma yoki kasra
boʻlishi mumkin. Agar bu harf ḍamma bilan kelgan boʻlsa, unda oxiriga vov yoki ya
qoʻshiladi: masalan, “‫ ”بيل‬(bil) – “bil” degan ma’no, “‫ ”ياقو‬(yaqu) – “oʻqiyapti”.
Agar bu harf fatha yoki kasra boʻlsa, oxiriga sukun (ya’ni, harakatsiz holat) qoʻshiladi:
“‫ ”اكله‬(akla) – “ye”, “‫ ”افهم‬(ifham) – “tushun”, “‫ ”كل‬(kul) – “ye”. Uchinchi bob buyruq
maylining inkor shakli haqidadir. Turkiy tilda buyruq maylining boʻlishsizlik shakli,
soʻzning oxiridan harakat nomi qoʻshimchasi ‫ – مق‬maq va ‫ – مك‬mak tushirib yuborib,
uning oʻrniga birlikdagi son uchun ‫ مه‬(ma) qoʻyish bilan yasaladi. Bunga masdarning
boshidan misol keltiriladi.

Toʻrtinchi fasl ‫ – فى بيان الماضى‬fī bayānil mādī (fe’lning oʻtgan zamon shakli) deb
nomlanadi. Bu faslga jami 157 maqola kiritilgan. Boshlanishi ‫ – علم‬a’lima, ‫ – بلدى‬bildi
(bildi), oxiri ‫ – مدح‬madaha, ‫ – اوكدى‬ugʻdï (maqtadi). Mazkur faslni muallif quyidagicha
sharhlaydi:

‫فى التركى كل الكلمة الحق باخرها دال مكسوره بعد التجريد من علامة المصدر و انّ شئت قل يلحق‬
‫بالكلمة التى على صورة الامر دال مكسوره تيولد من كسرة الدال يا فيكون المجموع فعلا ماضيا مسندا للمفرد‬

‫الغائب مثاله‬
Ya’ni, turkiy tilda masdarlik alomatidan soqit boʻlgan har qanday soʻzga kasrali
“‫ ”د‬(dal) qoʻshiladi yoki boshqacha aytganda buyruq shaklida boʻlgan soʻzga kasrali
“‫ ”د‬qoʻshiladi. Bu “‫ ”د‬harfining kasrasi tufayli “ya” harfi paydo boʻladi va hosil boʻlgan
shakl uchinchi shaxs birlikdagi oʻtgan zamon fe’liga aylanadi.

‫دقيقه متى كان اواخر الكلمة جيما او شينا او قافا او طاء او تاء او ياء او كافا عربيه حال السكون تقلب‬
‫دال الماضى تا و تدغم فى التاء و الطاء و انما مثلت لك الامثلة كلها بالدال لتعرف و تستيقط للمواضع و الموارد‬

‫التى تقلب فيها الدال و هكذا امثلتها : شرب ايجدى اكل يدى حرق يقدى انضجع يطدى حلب صغدى. انظر الى‬
. ‫قول الجزرى لفظ اجد قط بكت و هذه نفائس درر و نتائج فكر سحب تتبع الاثر‬

Ma’nosi: Agar soʻz oxiri jim ‫ ,(ج)‬shin ‫ ,(ش)‬qof ‫ ,(ق)‬to ‫ ,(ط)‬ta ‫ ,(ت)‬ya ‫ ,(ي)‬yoki kaf
‫ (ك)‬boʻlsa, va bu harflar arabcha soʻzlarda sukun holatida boʻlsa, u holda oʻtgan zamon
fe’lining “dal” harfi “toʻ” harfiga aylanadi va “to” yoki “ta” harflariga qoʻshilganda
idgʻom (qoʻshilish) yuz beradi. Men barcha misollarni “dal” harfi bilan keltirdim,
shuning uchunki, sen dalning qayerda oʻzgarishini anglab olishing va hushyor
boʻlishing uchun. Bu kabi misollar quyidagilardir:

 ‫ شرب‬(ichdi) → ‫ ايجدى‬(u ichdi)
 ‫ اكل‬(yedi) → ‫ يدى‬(u yedi)
 ‫ حرق‬(yoqdi) → ‫ يقدى‬(u yoqdi)
 ‫ انضجع‬(yotdi) → ‫ يطدى‬(u yotdi)
 ‫ حلب‬(sogʻdi) → ‫ صغدى‬(u sogʻdi)
Imom Jazariyning ushbu iborasiga e’tibor qaratamiz: ‫ .اجدِ قَط بَكت‬Matn muallifi
ushbu til qonuniyatlarini “ilmiy mulohaza”, “kuzatuv”, “durdona xulosalar” deb e’tirof
etmoqda. Bu, muallif oʻz ishini chuqur lingvistik kuzatuvga asoslaganini bildiradi. Bu
ibora arab tilida, turkiy soʻzlarni talaffuz qilishga qaratilgan fonetik mashq yoki
namunaviy transkripsiya boʻlib, talaffuzdagi qiyinchiliklarga e’tibor qaratilgan.
Beshinchi fasl ‫ – فى بيان المضارع‬fī bayānil mudāri’ (fe’lning hozirgi-kelasi zamon
shakli) boʻlib, jami 159 ta soʻzlikdan iborat. Boshlanishi ‫ – يعلم‬ya’lamu, ‫ – بلر‬bilur
(biladi), oxiri ‫ – يذم‬yazummu, ‫ – سوكر‬sokar (soʻkadi, haqorat qiladi).
Oltinchi fasl ‫ – فى بيان اسم الفاعل‬fī bayāni ismil fail (aniq daraja sifatdosh shakli)
deb nomlanadi va 154 ta fe’lni oʻz ichiga olgan. Mazkur fasl ‫ – عالم‬ālim, ‫ – بلجى‬bïluji
(biluvchi, olim) soʻzi bilan boshlanib, ‫ – ذامم‬δāmim, ‫ – سكجى‬sokuji (soʻkinuvchi kishi)
soʻzi bilan tugaydi. Mazkur fasl quyidagi grammatik izoh bilan boshlanadi:

‫فى التركى كل كلمة جردت من علامة المصدر و صارت على صورة الامر و الحق باخرها لفظه جى و‬
‫ – تكون اسم الفاعل للمفرد مثاله‬ya’ni, turkiy tilda masdar alomatidan holi boʻlgan har bir soʻz
buyruq shaklga aylanadi va shu soʻzning oxiriga “ji” qoʻshimchasi qoʻshiladi, natijada
birlikdagi son uchun aniq darajali sifatdosh hosil boʻladi.

Yettinchi fasl ‫ – فى بيان علامة النفى‬fī bayāni a’lāmatin nafī (fe’lning boʻlishsiz
shakli). Boshlanishi quyidagicha:

‫فى التركى هي لا تخلوا من ان يكون فى المشتاقات اولا و الثانية تذكر ركن الثالث و الاولى ان كانت فى‬
‫الماضى او المضارع او غيره هي لفظه ما و لكن تحذف الفها فى الماضى و غيره و علامة نفيها فى الماضى ان‬

‫تكون قبل الدال المكسورة التى هي علامة الماضى مثاله ما علم بلمدى ما فهم اكلمدى ما تعلم اوكرنمدى ما قرأ‬
‫اوقومدى ما كتب يزمدى و هكذا و اما علامة نفيها فى المضارع ما المحذوفة الالف تحل الرا التى هي علامة‬
‫المضارع بعد ان يلحق بها زاى ساكنه فيكون نفيها للمضارع المسند للغائب و الى اصل ان علامة نفى المضارع‬
‫هي لفظه من مثاله ما يعلم بلمز ما يفهم اكلمز ما يتعلم اوكرنمز ما يقرا اوقومز ما يكتب يزمز و هكذا الى اخره و‬
‫علامة نفيها فى المصدر هي لفظه ما المذكوره ان تكون قبل علامة المصدر و هي مك او مق و مثاله عدم العلم‬

.‫بلممك عدم الفهم اكلممك عدم التعليم اوكرنممك عدم القراءة اوقوممق عدم الكتابة يزممك و هكذا الى اخره‬
Ma’nosi: Turkiy tilda inkor shakllari hosila fe’llarda (ya’ni zamon va shaxs
belgilovchi shakllarda) ikki jihatdan koʻrinadi.
Birinchisi – oʻtgan zamonda, ikkinchisi – hozirgi zamonda, va uchinchisi –
masdar shaklida.
Bu hollarda inkor “‫ ”ما‬(ma) soʻzi orqali ifodalanadi. Ammo u oʻzgarib, ba’zida
qisqaradi yoki harflar tushiriladi.
1. Oʻtgan zamon inkor shakli:
“‫ ”ما‬inkor yuklamasi ishlatiladi. Oʻtgan zamonni bildiruvchi dal ‫(ـدى)‬
qoʻshimchasidan oldin keladi. Bunda “‫ ”ما‬soʻzining alifi ‫ (ا)‬tushadi, ya’ni “ma” deb
yozilsa-da, talaffuzda “m” shaklida qoladi.
Misollar:
 ‫ →ما علم بلمدى‬u bilmagan
 ‫ →ما فهم اكلمدى‬u tushunmagan
 ‫ →ما تعلم اوكرنمدى‬u oʻrganmagan
 ‫ →ما قرأ اوقومدى‬u oʻqimagan
 ‫ →ما كتب يزمدى‬u yozmagan
Bu misollarda muallif tomonidan arabcha soʻzlar ‫...علم، فهم)‬) oʻsha davrda mavjud
turkiy tildagi fe’llar (bil-, angla-, oʻrgan-) bilan mohirona tarzda qiyosiy tahlil
qilinganligini koʻrish mumkin.
2. Hozirgi zamon (mudori’) inkor shakli:
Bu holatda ham “‫ ”ما‬ishlatiladi, ammo alifi ‫ (ا)‬olib tashlanadi, soʻngra zamonni
bildiruvchi ro ‫ (ر)‬harfi bilan birgalikda sukunli “za” ‫ (ز)‬harfi qoʻshiladi.
Shu tarzda fe’lning hozirgi zamondagi inkor shakli hosil boʻladi. Bu shakl shaxs
qoʻshimchalarisiz III-shaxs birlik (u) uchun keltirilmoqda.
Misollar:

 ‫ →ما يعلم بلمز‬u bilmaydi
 ‫ →ما يفهم اكلمز‬u tushunmaydi
 ‫ →ما يتعلم اوكرنمز‬u oʻrganmaydi
 ‫ →ما يقرأ اوقومز‬u oʻqimaydi
 ‫ →ما يكتب يزمز‬u yozmaydi
Izoh: “-maz” qoʻshimchasi turk tilida inkor hozirgi zamonni bildiradi. “bilmaz” –
u bilmaydi.
3. Masdar (ismiy) shaklda inkor:
Masdarda inkor ham “‫ ”ما‬orqali amalga oshiriladi, va bu yuklama masdar
yasovchi qoʻshimcha “-mak / -mek” qoʻshimchalaridan avval keladi.
Misollar:
 ‫ →عدم العلم بلممك‬bilmaslik
 ‫ →عدم الفهم اكلممك‬tushunmaslik
 ‫ →عدم التعليم اوكرنممك‬oʻrganmaslik
 ‫ →عدم القراءة اوقوممق‬oʻqimaslik
 ‫ →عدم الكتابة يزممك‬yozmaslik
Izoh: Bu shakllarda “‫ ”عدم‬(yoʻqlik, mavjud emaslik) arabcha konsepsiyaga
tayangan boʻlib, “bilmaslik”, “tushunmaslik” kabi mazmunga ega.
Yuqoridagi matnda turkiy tildagi inkor shakllarning oʻtgan zamon, hozirgi
zamon va masdar shaklida qanday tuzilishini arabcha tahlil asosida koʻrsatadi. Arab
tilining grammatik tahlil uslubi bilan turkiy tilning zamon va inkor tizimi
tushuntirilgan. Har bir inkor shakli “ma” negizidan oʻsib chiqadi, lekin fonetik va
morfologik oʻzgarishlar tufayli u turlicha oʻzgarishlarga uchraydi.
Sakkizinchi fasl ‫ – فى بيان علامة الجمع‬fī bayāni a’lāmatil jam’ (koʻplik shaklining
alomatlari). Mazkur fasl turkiy tilda koʻplik shaklining yasalish usullariga
bagʻishlanadi, bunday grammatik holat juda sodda, tushunarli misollar bilan
toʻldirilgan. Fasl shunday boshlanadi:

‫الجمع فى التركى هي لفظه لر اعلم ان لفظة الجمع لغير المخاطب مطلقا و قولى مطلقا سواء كان فى‬
‫الافعال او فى الاسماء و سواء كان للمثنى و للجمع مذكرا كان او مؤنثا . تنبيه لا فرق فى اللغة التركية بين‬
‫المذكر و المؤنث و لا بين المثنى و الجمع و انما يعلم ذلك بقرينة حالية او مقالية و اما علامة الجمع حالة اسناد‬
‫الفعل فى الماضى العلامة الثانية حالة اسناد الفعل المضارع العلامة الثالثة حاله اضافة الاسماء اليه و معه غيره‬
‫العلامة الرابعة منفصله و يذكر فى هذا الباب العلامة الاوليان و تذكر الاخيرتان فى الركن الثالث فى بيان‬
‫الاضافة و بيان الضمائر المنفصلة ان شاء الله تعالى و اما علامة الجمع المخاطب اثنتان مطلقا و هما الفظة كر‬
‫يعنى كافا عجميه و بعدها زاى ساكنه لفظة سز علامة الجمع للمخاطب فى الفعل الماضى مثبتا كان او منفيا و‬

‫تكون علامة الجمع ايضاله فى الاضافة اليه و سيظهر هذا فى الركن الثالث و لفظة من علامة الجمع فى‬
‫المضارع مثبتا كان او منفيا و تكون علامة الجمع ايضاله فى الضمائر المنفصلة كما سنبين ان شاء الله تعالى فى‬

.‫الركن الثالث ايضا‬
Ya’ni, turkiy tilda koʻplikni bildiruvchi affiks “-lar” soʻzidir. Bilki, bu jamlik
qoʻshimchasi har qanday 3-shaxsdagi kishi uchun ishlatiladi va men “har qanday”

deganimda, bu – fe’l boʻladimi yoki ism boʻladimi, ikki kishilik (tasniya) boʻladimi
yoki koʻplik, erkak boʻladimi yoki ayol – farq qilmasligini nazarda tutdim.

Ma’lumki, turkiy tilda erkak va ayol jinsi oʻrtasida farq yoʻq, shuningdek ikkilik
(tasniya) va koʻplik oʻrtasida ham grammatik farq mavjud emas. Bular faqat nutqdagi
kontekst orqali aniqlanadi – ya’ni voqea sharoitidan yoki aytilgan gapdan.

Koʻplik affikslarining grammatik vazifalari:
Koʻplik affiksi (ya’ni -lar/-ler) turli sintaktik va morfologik holatlarda
quyidagicha namoyon boʻladi:
1. Oʻtgan zamon fe’llariga qoʻshilganda – birinchi alomat;
2. Hozirgi zamon (mudori’) fe’llarida – ikkinchi alomat;
3. Ismlarga boshqa soʻzlar qoʻshilganda (izofa holatida) – uchinchi alomat;
4. Alohida holatda ishlatilgan zamirlar (mustaqil zamirlar)da – toʻrtinchi alomat.
Eslatma: Ushbu bobda birinchi va ikkinchi alomatlar (ya’ni fe’l zamonlarida
koʻplik) bayon qilinadi, uchinchi va toʻrtinchi alomatlar esa – uchinchi bobda “egalik”
va “ajratib yoziluvchi olmoshlar” haqida soʻz borganda keltiriladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
“Ash-Shuzur az-Zahabiyya” asari oʻzining tilshunoslikdagi oʻrni, grammatik
tasnifi va leksik boyligi bilan arab tilshunosligi va turkiy tillararo aloqalar tarixini
oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Solih ibn Muhammad ushbu asar orqali turkiy
tillardagi fe’l shakllarini arab grammatikasi asosida tahlil qilgan, bu esa oʻz navbatida
ikki til tizimi oʻrtasidagi morfologik va sintaktik tafovut hamda oʻxshashliklarni
aniqlash imkonini beradi. Asarda taqdim etilgan sakkiz fasl orqali masdar, buyruq,
inkor, zamon, sifatdosh, boʻlishsiz va koʻplik shakllarining izchil yoritilishi turkiy til
grammatikasining arab til tizimi doirasida mukammal tasvirlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur tadqiqot boʻyicha quyidagi takliflar bildiriladi:
1. “Ash-Shuzur az-Zahabiyya” asarining zamonaviy ilmiy-tanqidiy nashri
tayyorlanishi kerak. Qoʻlyozma asosidagi tanqidiy matn, lugʻat maqolalarining
morfologik tahlili bilan birga tahliliy izohlar bilan nashr qilinishi tilshunoslar va
tarixchilar uchun muhim manba boʻladi;
2. Asardagi arabcha izohlar va turkiy fe’llarning fonetik shakllari boʻyicha
korpusli tadqiqotlar olib borilishi lozim. Bu orqali fonetik oʻzgarishlar, talaffuzdagi
tafovutlar va grammatik mantiqni tizimli tarzda oʻrganish mumkin;
3. Mazkur lugʻatdagi fe’llarni zamonaviy turk, oʻzbek, qirgʻiz, ozarbayjon,
uygʻur va boshqa turkiy tillar bilan qiyoslash orqali tarixiy taraqqiyotdagi oʻxshashlik
va farqlar aniqlanishi kerak;
4. Multimodal ilmiy tadqiqotlar (matn, fonetika, grafik koʻrinishlar, elektron
korpuslar) vositasida asarning yangi shakllari ishlab chiqilishi, zamonaviy til
texnologiyalariga integratsiya qilinishi maqsadga muvofiq;

5. Oʻzbekiston va boshqa turkiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarida turkiy til
tarixi, lugʻatshunoslik, va arab-turkiy til aloqalari fanlarida mazkur asardan darslik
yoki qoʻllanma sifatida foydalanishni tavsiya qilish mumkin.

Yuqoridagi tahlillar turkiy tilning grammatik tuzilishini arab tilidagi klassik
grammatik metodologiya asosida oʻrganish, qiyosiy tilshunoslikda samarali ilmiy
yondashuv sifatida foydalanish mumkinligini koʻrsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. А. Меметов, И. Меметов, (2020). Тюркские лексикографические работы
XI–XIV веков, относящиеся к развитию востоковедения в Крыму // Филология:
научные исследования, № 1.
2. Ash-Shuzur az-Zahabiyya. Amerika Yale universiteti fondi xazinasi, inv. №
17466222. (Arab tilida)
3. Atalay B. (1949). Eş-Şüzûr-üz-Zehebiyye vel-Kitai’l-Ahmediyye fil-Lûgat-it-
Türkiyye. – İstanbul: Üçler Basımevi.
4. Белкин В. (1975). Арабская лексикология. – Москва: Изд-во Московского
университета.
5. Дюсенов Б. (2018). Сравнительно-историческое, типологическое и
сопоставительное языкознание // Синергия, № 6.
6. Mutallibov S. (1968). At-Tuhfatu az-Zakiyyatu. – Toshkent: Fan.
7. Rustamov A. (2007). Qadimgi turkiy tilda fe’l shakllari va ularning funksiyalari
// Filologiya masalalari jurnali, № 3. – B. 45–53.
8. Sodiqov Q. (2009). Turkiy til tarixi. – Toshkent.
9. Umarov E. (1992). Eski o‘zbek lug‘atlari. – Toshkent: O‘zFA Tilshunoslik
instituti.
10. G‘. Abdurahmonov, A. Rustamov. (1982). Qadimgi turkiy til. – Toshkent:
O‘qituvchi.

REFERENCES:
1. A. Memetov, I. Memetov, (2020). Tyurkskie leksikograficheskie raboti XI–
XIV vekov, otnosyashiesya k razvitiyu vostokovedeniya v Krimu // Filologiya:
nauchnie issledovaniya, № 1. (In Russian)
2. Ash-Shuzur az-Zahabiyya. Amerika Yale universiteti fondi xazinasi, inv. №
17466222. (In Arabic)
3. Atalay B. (1949). Eş-Şüzûr-üz-Zehebiyye vel-Kitai’l-Ahmediyye fil-Lûgat-it-
Türkiyye. – İstanbul: Üçler Basımevi. (In Turkish)
4. Belkin V. (1975). Arabskaya leksikologiya. – Moskva: Izd-vo Moskovskogo
universiteta. (In Russian)
5. Dyusenov B. (2018). Sravnitelno-istoricheskoe, tipologicheskoe i
sopostavitelnoe yazikoznanie // Sinergiya, № 6. (In Russian)

6. Mutallibov S. (1968). At-Tuhfatu az-Zakiyyatu. – Toshkent: Fan. (In Uzbek)
7. Rustamov A. (2007). Qadimgi turkiy tilda fe’l shakllari va ularning funksiyalari
// Filologiya masalalari jurnali, № 3. – B. 45–53. (In Uzbek)
8. Sodiqov Q. (2009). Turkiy til tarixi. – Toshkent. (In Uzbek)
9. Umarov E. (1992). Eski o‘zbek lug‘atlari. – Toshkent: O‘zFA Tilshunoslik
instituti. (In Uzbek)
10. G‘. Abdurahmonov, A. Rustamov. (1982). Qadimgi turkiy til. – Toshkent:
O‘qituvchi. (In Uzbek)