ARAB MAQOL VA MATALLARINING O‘RGANILISH TARIXI
THE HISTORY OF STUDYING ARABIC PROVERBS AND SAYINGS
ИСТОРИЯ ИЗУЧЕНИЯ АРАБСКИХ ПОСЛОВИЦ И ПОГОВОРОК
Abdullayeva Shaxnoza Baxodir qizi
Oriental Universiteti
Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 228-04-42
E-mail: Mumtoz1990@bk.ru
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola arab maqol–matallarining o‘rganilish tarixini
atroflicha yoritishga bag‘ishlangan. Maqollar, matallar, aforizmlar va frazeologik
birliklar folklorning kichik janrlari sifatida umumiy tushuncha o‘laroq paremiyalar deb
ataladi va xalq og‘zaki ijodida muhim o‘rin tutadi. Maqolada arab maqol–matallarining
o‘rganilishiga ta’sir ko‘rsatgan ilmiy izlanishlar, adabiy asarlar va tarixiy manbalar
tahlil qilinadi. Arab maqollarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan Yevropa
mamlakatlari, Arabiston, Rossiya va O‘zbekistondagi olimlarning asarlari haqida
batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, ushbu sohadagi tadqiqotlarning
metodologiyasi, ularning madaniy va ijtimoiy ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Maqola
arab paremiologiyasining rivojlanish yo‘llarini ochib berish bilan birga, kelajakdagi
tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarni belgilaydi.
Kalit so‘zlar: xalq og‘zaki ijodi, folklor, janr, maqol, estetik vazifa, kompozitsiya,
ekspressivlik.
Annotation: This scientific article is dedicated to comprehensively exploring the
history of studying Arabic proverbs and sayings. Proverbs, sayings, aphorisms, and
phraseological units, as small genres of folklore, are collectively referred to as
paremiology and hold a significant place in oral folk traditions. The article analyzes
scholarly research, literary works, and historical sources that have influenced the study
of Arabic proverbs. It provides detailed information about the contributions of scholars
from European countries, the Arab world, Russia, and Uzbekistan to the study of
Arabic proverbs. Additionally, the methodology of these studies and their cultural and
social significance are examined. The article highlights the development paths of
Arabic paremiology and outlines directions for future research.
Keywords: folk oral creativity, folklore, genre, proverbs, aesthetic function,
composition, expressiveness.
Аннотация: Данная научная статья посвящена всестороннему освещению
истории изучения арабских пословиц и поговорок. Пословицы, поговорки,
афоризмы и фразеологические единицы, как малые жанры фольклора,
объединяются под общим термином «паремиология» и занимают важное место
в устном народном творчестве. В статье анализируются научные исследования,
литературные произведения и исторические источники, повлиявшие на изучение
арабских пословиц. Приводятся подробные сведения о вкладе ученых из
европейских стран, арабского мира, России и Узбекистана в исследование
арабских пословиц. Также рассматриваются методология этих исследований и
их культурное и социальное значение. Статья раскрывает пути развития
арабской паремиологии и определяет направления для будущих исследований.
Ключевые слова: устное народное творчество, фольклор, жанр,
пословицы, эстетическая функция, композиция, выразительность.
KIRISH
Maqollar xalq og‘zaki ijodining turg‘un janrlari sirasiga kiradi. Maqol va
matallarning kelib chiqishi va rivojlanishi qadim davrdan beri davom etib kelayotgan
jarayondir. Xalqning donoligi va ruhi uning maqollari va matallarida namoyon bo‘ladi
va ularning bilimlari nafaqat tilni chuqurroq bilishga, balki insonlarning fikrlash tarzi
va xarakterini tushunishga yordam beradi. Maqol va matallarda xalqning boy tarixiy
tajribasi, mehnat faoliyati, insonlarning hayoti va madaniyati bilan bog‘liq g‘oyalar aks
ettirilgan. Maqol va matallardan to‘g‘ri foydalanish nutqqa o‘ziga xos ekspressivlikni
beradi. Maqol va matallar arab xalq og‘zaki ijodi paydo bo‘lganidan beri olimlarda
qiziqish uyg‘otgan. Maqollar necha ming yillardan beri barcha xalqlar, ayniqsa, sharq
xalqlari orzu-umidini ifoda etib kelgan va bu ko‘p yillardan beri o‘rganib kelinmoqda.
Xususan, Yevropa, Arabiston, Rossiya va, xossatan, O‘zbekistonda va boshqa
mamlakatlar olimlarida azaldan qiziqish va tahlil obyekti bo‘lgan. Natijada mumtoz
arab maqollarini yig‘ishga va o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlar paydo bo‘ldi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Arab folklorini o‘rganishning ilk bosqichi (VIII–XII asrlar)da arab filologlari,
asosan, xalq maqollarini yig‘ishga, to‘plashga harakat qilishgan. O‘sha davrlarda arab
xalq og‘zaki ijodining eng ommaviy janri maqol hisoblangan. VIII–XII asrlarda arab
xalq maqollarini to‘plab tavsiflash hamda alohida majmualar holida umumlashtirishga
diqqat qilingan. Bu davrda turli mualliflarning sa’y-harakatlari bilan 44 ta arab
maqollari to‘plamlari tuzilgan bo‘lib, shundan bizgacha atigi 14 tasi saqlanib qolgan,
xolos (Shomusarov Sh., 1998: 6).
Arab maqollari va matallarini o‘rganish tarixi milodiy 800-yillardan boshlanadi.
Mashhur nemis tadqiqotchisi Karl Brokelman bu haqda shunday yozgan edi: “Maqol
va matallar arab adabiyoti paydo bo‘lganidan beri olimlarning qiziqishini uyg‘otdi,
tarixchilar va filologlar bir-biri bilan raqobatlashdilar, ularni to‘pladilar va
tushuntirdilar” (Brill E., 1936: 408). VIII–XI asrlarda Abbosiylar xalifaligidagi Kufa
va Basra ilmiy markazlarida Johiz davri arab maqollari va matallariga qiziqish ortdi.
Arab maqol-matallarini Yevropa ilmida o‘rganish XVII asrning oxiri XIX asrning
birinchi yarmida boshlangan bo‘lib, arab shevalarini tadqiq etish an’anasi bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Xususan, V. Spittabey va Y. Rossining arab shevalariga
oid tadqiqotlariga ilova tarzida maqol, latifa, xalq qo‘shiqlari chop etilgan. Keyinchalik
G. Spittabey, X Stumme, S. Langber, J. Oestrup va boshqa tadqiqotchilar arab
folklorining ertak va maqol janriga oid materiallarni to‘plash bilan maxsus
shug‘ullanganlar. Ammo bu olimlar o‘zlari yozib olgan maqollarni tilshunoslik
jihatidan tahlil etganlar, folkloristik nuqtai nazardan baho bermaganlar (Shomusarov
Sh., 1998: 7). Angliyada 1938-yilda Selwyn Gurney Champion tomonidan nashr
etilgan “Racial Provebs” kitobida dunyoning turli xalqlariga tegishli maqollar til
bo‘yicha tasniflangan va 27 ta davlat hamda etnik guruhlarning maqollariga oid izohlar
berilgan. Ushbu kitobning 329–344-sahifalarida arab xalqiga oid maqollar yig‘ilgan
(Champion S., 1950). Fransiyada XIX asr va XX asr boshlarida bu sohadagi eng yaxshi
ishlardan biri sifatida Landbergning “Arab xalqining maqollari va iboralari” to‘plami
hisoblanadi (Крачковский И., 1955: 315-316). Asar katta etnografik ahamiyatga ega
bo‘lib, o‘z vaqtida arab shevashunosligi davrlarini belgilab bergan. Bu asar lug‘atni o‘z
ichiga oladi. U kitobga kiritilgan matnlarning katta tanlovi tufayli nafaqat unda
to‘plangan materiallarni, balki umuman Suriyaning og‘zaki tilini o‘rganishda ko‘p
yordam beradi (Landberg S., 1883).
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada arab maqol-matallarining o‘rganilish tarixi oddiy va tushunarli tarzda
tahlil qilindi. Tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlar o‘rganilib, Yevropa, Arabiston,
Rossiya va O‘zbekiston olimlarining ishlari solishtirildi. Maqollarning madaniy va
ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinib, asosiy manbalar tizimlashtirildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Anis Freyhahning “Modern Lebanese Proverbs, collected at Ras al-Matn,
Lebanon” (Frayha A., 1953) kitobi 1953-yilda American University of Beirut
tomonidan nashr qilingan. Ushbu kitobda Livan xalq maqollari to‘plangan,
sharhlangan va ingliz tiliga tarjima qilingan. U ikki jilddan iborat bo‘lib, Livanning
Ras al-Matn qishlog‘idagi maqollarni yig‘ish va saqlash maqsadida yozilgan. Muallif
dastlab Livan xalq og‘zaki ijodini, jumladan bolalar qo‘shiqlari to‘plashni maqsad
qilgan, lekin keyinchalik maqollarni jamlashga alohida e’tibor bergan. Freyhah bu
maqollarni Suriya, Falastin, Iroq va Iordaniyadan kelgan olimlarning to‘plamlari bilan
solishtirgan. Natijada, Livanning tog‘li hududlarida ishlatiladigan maqollar butun arab
dunyosida ham tanish bo‘lishi aniqlangan. Kitobda maqollarni ingliz tiliga tarjima
qilishda, iloji boricha so‘zma-so‘z tarjima berilgan. Lekin ayrim hollarda g‘arb
o‘quvchilariga tushunarli bo‘lishi uchun erkin tarjimalar ham ishlatilgan. Maqollarning
arabcha yozuvi to‘liq harakat bilan berilgan bo‘lsa-da, fonetik farqlarni aks ettirish
uchun transliteratsiya qilinmagan.
Germaniyada D. F. Goiteinning “Jemenica: Sprichwörter und Redensartenaus
Zentral-Jemen” kitobi 1934-yilda Leipzigda nashr etilgan va 1970-yil 1-yanvarda
qayta chop etilgan. Bu yamanlik yahudiylar orasida qo‘llaniladigan arabcha maqollar
to‘plami bo‘lib, toʻplangan maqollar soni 1432 tani tashkil etadi. Kitobda markaziy
Yamandagi maqollar va iboralar yig‘ilgan bo‘lib, ularning ma’nolari va kontekstlari
tushuntirilgan. Nemis va arab tillarida yozilgan ushbu kitobda Yaman maqollarining
madaniy va lingvistik tahlili berilgan (Goitein D., 1934).
Parijda Mohamed Ben Cheneb (1869–1929) tomonidan yozilgan “Proverbes de
l’Algérie et du Maghreb” (Jazoir va Mag‘rib maqollari) kitobi arab maqollari haqida
muhim manbalardan biri hisoblanadi. Kitob dastlab 1905-yilda Parijda E. Leroux
nashriyotida chop etilgan. Unda, asosan, Jazoir, Marokash va Tunis hududlarida
ishlatiladigan arab maqollari keltirilgan. Kitobning 2013-yilgi qayta nashrida maqollar
arab tilida berilib, fransuz tiliga tarjimasi ham qo‘shilgan. Umumiy hajmi 700 betdan
iborat bo‘lib, unda turli mavzulardagi arab maqollari jamlangan va ularning mintaqaviy
xususiyatlari tahlil qilingan (Ben Cheneb M., 1905-1907).
Parij shahrida Bruno Z. tomonidan Hespéris jurnalida 1928-yilda chop etilgan
“Proverbes et dictons arabes de Rabat” (Rabotdan arab maqollari va matallari)
maqolada Marokashning Rabat shahridagi arab maqollari va xalq iboralari haqida
ma’lumot berilgan. U maqollarning kelib chiqishi, ularning jamiyatdagi o‘rni va
ma’nolarini tahlil qiladi. Tadqiqotda Rabat mintaqasidagi arab shevalari va ularning
iboralarga ta’siri ham o‘rganilgan (Brunot Z., 1928). XX asrda, xususan, bu asrning
ikkinchi yarmidan boshlab uzoq vaqt turg‘unlik davridan so‘ng arab davlatlarida
qaytadan arab xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan e’tibor kuchaydi.
Arab mamlakatlarida xalqning maqol va matallarga munosabati, qiziqishi
hurmatga loyiqdir. Ayniqsa, Ahmad ibn al-Husayn al-Maydoniyning (1124-yilda vafot
etgan) “Majma al-amsal”, Mahmud ibn Umar Zamaxshariyning (1075–1144-yillarda
yashagan) “Al-Mustaqsa fi amsal al-arab” asarlari arab xalq maqollarining eng
mukammal to‘plamlaridir. Shuni qayd etish kerakki, arab folklorining zukko
bilimdonlari hisoblangan bu olimlar kelib chiqishiga ko‘ra arab millatiga mansub
emas: al-Maydoniy Xurosondagi Nishopur shahrida tug‘ilgan bo‘lsa, az-Zamaxshariy
asli Xorazmlikdir (Shomusarov Sh., 1998: 6). Al-Maydoniyning «Kitab majma’ al’-
amsal’» (Maqollar to‘plami) asari hozirga qadar, bir qancha qo‘lyozma nusxalarda
mavjud bo‘lib, arab maqollariga bag‘ishlangan namuna asar sifatida o‘z qadrqiymatiga ega. Bu asar 2 jildlik bo‘lib, undagi ma’lumotlarga ko‘ra, asarda qadimgi
arab og‘zaki ijodiga bag‘ishlangan purhikmat so‘zlar jamlangan. Jumladan, arab maqol
va matallari sharhlari bilan arab she’riyati misolida ko‘rsatilgan (Qahhorov A., 1993:
96). To‘plam 6000 dan ortiq maqolni o‘z ichiga oladi. 1838-yilda Bonnda 3 qismda
bosilgan. Har bir maqolning lotincha tarjimasi bor. 1869-yilda Muhammad as-Sabag‘
va Muhammad Qitat-l-Adaviyya yordami bilan Buloqda (Qohira) nashr etilgan. 1892-
yilda Misrda «Al-maktab al-xayriya» nashriyotida ikki qismda chop etilgan.
Darhaqiqat, zamonaviy Misr olimi Xanna al-Faxuriy arab aforizmlari va
maqollariga bag‘ishlangan “Dono so‘zlar va maqollar” kitobida shunday yozadi:
“Arablar, boshqa Sharq xalqlari singari va semit xalqlari, doimo o‘z tillarida bo‘lgan
dono so‘zlar va maqollarga ko‘proq moyil. Ular o‘z so‘zlarini qabila va butun xalq
bilan qo‘llab-quvvatlaydilar, o‘z ishlarini tushuntiradilar, qayg‘u va quvonchga
soladilar, hayotlarining barcha voqealari haqida gapirib beradilar, shunda maqol va
matallar kundalik tajribaning o‘ziga xos zaxirasiga, hayot qonuniga, keksalikning
bezagiga, uy ishlarini tashkil etishda yetakchilikka aylanadi” (Al-Fakhuri, Khanna,
1951: 10). Ubayd al-Qosim ibn Salom “Maqollar to‘plami” (Jamxarat al-amsal), Abu
Hilol al-Askariy (1004) to‘plamlari yaratildi. Yevropada maqollar to‘plamlari
taxminan ming yil oldin bo‘lgan. Ushbu qo‘lyozma asarlarning o‘ttizga yaqin qismi
bizning davrimizga qadar saqlanib qolgan. Ular XII asr va XV asr boshlarida
yaratilgan. Ba’zan maqol to‘plamlari tasvirlanganida, maqol rasmga imzo bo‘lib
xizmat qilgan. 786-yilda yashagan al-Mufaddal ad-Dabbiy arab maqollarini o‘z ichiga
olgan “Amsal al-arab” (Arab maqollari) asari bilan mashhur. Bu kitob 1882-yilda
Istanbulda nashr etilgan. al-Dabbiy ijodi arab folklor madaniyati va an’anaviy
hikmatlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Al-Mufaddal al-Dabbiy arab
dunyosida katta ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs, ayniqsa, arab xalq maqollarining
o‘rganilishi va to‘plamlarini yaratishda muhim rol o‘ynagan. Bu kitob, arab xalq
maqollarining to‘plami sifatida arab tili va madaniyati tarixini o‘rganish uchun muhim
manba hisoblanadi. al-Dabbiy asarida arab dunyosining turli hududlarida mashhur
bo‘lgan maqollarni to‘plagan va ularga izohlar bergan. Ushbu to‘plamda arab xalqining
ezgulik, adolat, axloq, mehnat va sevgi kabi umumiy qadriyatlaridagi fikrlar aks etgan.
Al-Mufaddal al-Dabbiy o‘z asarida maqollarni ijtimoiy va madaniy kontekstda
tushunishning ahamiyatini ko‘rsatib, ular orqali arab tilining boy madaniyati va xalq
naqlini o‘rganishga yordam beradi. Abu Abid al-Qosim bin Sallam al-G‘aroviy al-
Bag‘dodiy arab tili va adabiyoti sohasidagi tadqiqotlari bilan mashhur arab tilshunosi.
Uning “Maqollar kitobi” asari qisman lotin tiliga tarjima qilingan va 1836-yilda nashr
etilgan. Kitobning toʻliq nusxasi 1885-yilda Istanbulda “Yorqin xazinalar va
maftunkor nodirliklar” toʻplamida nashr etilgan. Muarrij ibn Amr as-Sidusi (yoki
Muarrij as-Sadusi) arab maqollari tadqiqotlarida muhim o‘rin tutgan olimlardan biridir.
Uning “Kitab al-Amsal”- (“Maqollar kitobi”) asari arab maqollari va ularning
izohlariga bag‘ishlangan ilk yirik ishlardan biri hisoblanadi.
Abd al-Latif al-Dileyshiy 1963–1972-yillarda Bag‘dodda ikki jildda nashr etilgan
“ ”الامثال الشعبية في البصرة(Basradagi mashhur maqollar) asarining muallifidir ( عبداللطيف
،.(الدليشي، كتاب الأمثال الشعبية في البصرة
Iroq olimi Abdurahmon at-Tikritiy oʻzining “ ”الأمثال البغدادية المقارنة(Qiyoslangan
Bagʻdod maqollari ) asarida tadqiqot va ilk arab maqol va matallarining tasnifi
masalalariga toʻxtalib oʻtgan. Ushbu asar 1966–1969-yillarda Bagʻdodda 4 qismda
nashr etilgan. Maqol va matallar “johiliyat” davrining qadimgi sheʼriyatidan va boshqa
davrlar sheʼriy asarlaridan olingan. Ular kelib chiqishi va dastlabki ma’nosi nuqtai
nazaridan o‘rganiladi. Bu kitobda Bag‘dod maqollari boshqa arab va mahalliy
tillardagi maqollar bilan taqqoslanib o‘rganilgan. at-Tikritiy mintaqa chegaralaridan
tashqariga chiqib, milliy maqomga chiqqan birinchi tadqiqotchi edi.
Olim Bag‘dod maqollari haqida juda keng tadqiqotlar olib borgan va shu mavzuda
bir nechta asarlar yozgan. Uning “ (”جمهرة الأمثال البغدادية“) ”جمهرة الأمثال البغداديةnomli
kitobi 1971–1987-yillar oralig‘ida nashr etilgan bo‘lib, olti jilddan iborat. Ushbu
kitobda minglab Bag‘dod maqollari alifbo tartibida berilgan va ularning lug‘aviy
hamda kontekstual tushuntirishlari keltirilgan.
Bin Ala Mahmud Solihning “ ”من وادي سوف(Suf vodiysidan) nomli kitobi Ammar
Qarfiy nashriyotida Batnada 1998-yil chop etilgan. Kitob muallifi Vodiy Souf
mintaqasidan. Mazkur kitobda 1500 ta maqollar alifbo tartibida keltirilgan.
Doktor Muhammad Tavfiq al-Bualining Arab maqollari va islomdan oldingi
(johiliyat) davri nomli kitobi Beyrutda 1988-yilda nashr qilingan. Muallif o‘zining
kitobida: “Maqollar xalqlarning kechinmalari aks ettirilgan ko‘zgusidir, ularning
ahamiyati shundaki, vaqt ularning sofligini kamdan-kam buzadi. Shuning uchun ular
asrlar davomida o‘zgarmay yetib keladi, (٧ ”(محمد توفيق البوعلي، صdeb zikr qilib o‘tadi.
Muallif kitobni 2 ta bob va har bir bobni esa 3 faslga ajratgan.
Mashhur arab olimi ar-Rog‘ib al-Isfahoniy Arab maqollari tushunchasini
ta’riflagan: “Maqol bu boshqa bayonotga yoki hodisaga o‘xshash, u bilan
taqqoslanadigan va tushuntiradigan so‘z,” deya ta’rif bergan.
Ibrohim an-Nazzamning fikricha, Arab maqollari to‘rtta tarkibiy qismni o‘z
ichiga oladi: “Bayonotning qisqaligi, ma’noning ravshanligi, taqqoslashning idealligi
va yozuvning yuqori sifati”. An-Nazzam maqollarni “Arab tili stilistikasining
cho‘qqisi”, deb atagan (1998:4 ،.(الراغب الأصفهاني
Arab olimi Ibn Qayyim al-Jauziyaning fikricha, arab tilidagi maqol turlari
quyidagicha taqsimlangan:
1) Arab adabiy tilining sintaksisi, morfologiyasi va stilistikasi qoidalariga rioya
qilingan holda yozilgan maqollar. Ushbu turdagi maqollar odatda stilistlar tomonidan
yoziladi va ular tavsiflovchi uslubda qayd etiladi.
2) adabiy tildan chetga chiqishga imkon beradigan xalq maqollari. Ushbu
maqollar odatda mahalliy shoirlar tomonidan talaffuz qilinadi. Grammatik qoidalarni
e’tiborsiz qoldirish xarakterlidir, lekin ovozli uyg‘unlikka rioya qilish majburiydir;
3) allegorik xarakterga ega hayvonlar haqidagi hikoyalarga asoslangan ajoyib
maqollar. Ushbu maqollar satirani o‘z ichiga oladi (20-2000:19 ، .(ابن القيم الجوزيةBunga
insonning mehnatsevarligi va dangasaligi, uning mehribonligi va vijdoni, hiylanayrang va yovuzlik, qo‘rqoqlik, hasad yoki xushomadgo‘ylik haqidagi ko‘plab
maqollar misol bo‘la oladi.
Ibn Salom Azdiy: “Maqollar bu arablarning donishmandligi” degan. Bunda Azdiy
arablar hamma davrlarda maqollarni kelishmovchilik va tortishuvlar vaqtida
qo‘llaganlarini e’tirof etgan (1982:486 ،.(السيوطي
Liviyalik Valid Nasif tomonidan yozilgan “Eng mashhur arab maqollari “Har bir
maqol ortida hikoya bor” (أشهر الأمثال العربية – وراء كل مثل قصة)nomli kitobida 104 ta
mashhur arab xalq maqollarini quyidagi 11 ta eng mashhur manbalardan ajratib olgan
va ushbu maqollarning kelib chiqishi tarixi haqida ham ma’lumotlar keltirgan.
ه١٣١٠ – مجمع الامثال:الميداني القاهرة١
– امثال العرب:المفضل الضبى٢
١٩٧٠ –الامثال العربية القديمة للمستشرق رودلف زلهايم ترجم د. رمضان عبد التواب / بيروت٣
–كتاب الامثال :مؤرج بن عمرو السدوسى تحقيق و تقديم د. رمضان عبد التواب الهيئة المصرية للكتاب٤
. ١٩٧٠ / القاهرة
. ١٩٦٤ –جمهرة الامثال:ابو هلال العسكري/القاهرة٥
. –العقد الفريد :ابن عبد وبه٦
. –الأغاني:ابو الفرج الأصفهانى٧
. –قصص العرب: محمد احمد جاد المولىو على محمد البجاوى٨
. –المختار من امثال العرب:عبد السلام العشرى٩
. –لآلىء لامثال:رحاب عطاوي دار الفكر العربي بيروت١٠
) ص157 ، –لآلىء الحكم :رحاب عطاوي دار الفكر العربي بيروت )دار الكتاب العربي١١
Arab xalq maqollari nafaqat Yevropa olimlari, balki rus sharqshunoslari orasida
ham katta ilmiy qiziqish uyg‘otgan. Ayniqsa, rus sharqshunoslari arab tilining
frazeologik boyligi va arab xalqining og‘zaki ijodiy merosiga e’tibor qaratib,
maqollarni leksik, frazeologik va madaniy jihatdan tadqiq etganlar.
Ushbu ilmiy qiziqish, XX asr va XXI asr boshlarida, arab tilining rus tilshunosligi
va madaniyatshunosligida chuqur o‘rganila boshlanishi bilan yanada ortdi. Arab
maqollarining rus tilidagi tarjimalari, ularning boshqa tillar bilan taqqoslanishi va
milliy mentalitetning lingvistik ifodasi kabi mavzular zamonaviy tadqiqotchilar
tomonidan ham dolzarb yo‘nalish sifatida o‘rganilmoqda.
Sharq hikmatlari, xususan, arab tili va adabiy tilning jonli va o‘rinli tasvirlari
Vasiliy Fyodorovich Girgasning (1850–1905) ham e’tiborini tortdi. U rus olimlaridan
bo‘lib, arab tili va uning grammatikasi bo‘yicha ko‘plab asarlar yozgan. Girgas arab
maqollarini o‘rganish bilan ham shug‘ullangan va bu sohada muhim ilmiy ishlarni
amalga oshirgan. “Рукопись – автограф по арабским пословицам” to‘plami asosan
Suriyada 1860-yillarning boshlarida, katta ehtimol bilan V. F. Girgas Suriyada
boʻlganida Livanning al-Metn tumanidagi Shuvayr shahrida yozilgan (Крачковский
И., 1955: 315-316). Uning bu sohadagi ishlarida, arab tilining iboralari va maqollarini,
ularning jamiyatdagi roli va ma’nolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. U
yozib olgan folklor materiallari M. E. Saltikov-Shchedrin nomidagi Rossiya Davlat
Xalq kutubxonasida saqlanadi (Shomusarov Sh., 1998: 9).
Girgasning ilmiy ishlariga asosan arab tilining grammatikasi, iboralari va
madaniyatiga oid ilmiy tadqiqotlar kiradi. Bu ishlar arab tilini chuqur o‘rganishga
qaratilgan va uning rus ilm-faniga qo‘shgan katta hissasini tashkil etadi.
Turkolog V. A. Gordlevskiy(1876–1956) 1912-yilda “Арабские пословицы,
записанные в Дамаске” nomli kitobini nashr etdi (Крачковский И., 1955: 312).
Ushbu ishda u Damashqda yig‘ilgan arab xalq maqollarini o‘rganib, ularning madaniy
va lingvistik ahamiyatini tahlil qilgan. Gordlevskiyning bu ishida asosan Suriya va arab
dunyosining madaniyati, urf-odatlari va ularning zamon o‘zgarishlari bilan bog‘liq
bo‘lgan maqollar ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, Gordlevskiy arab tilidagi maqollarning tuzilishini va ularning
zamonaviy arab madaniyatidagi o‘rnini chuqur o‘rgangan. Kitob, arab xalqining
ezgulikka, hikmatga va axloqqa bo‘lgan yuksak e’tiborini ko‘rsatadi.
G. Sh. Sharbatov 1961-yilda nashr etilgan “Arab maqollari va matallari”
to‘plamini yig‘ib, tarjima qilgan. Ushbu to‘plamda arab xalq og‘zaki ijodida chuqur
ildiz otgan, hikmat, hayot, inson munosabatlari kabi turli mavzularga oid qadimiy
maqol va matallar o‘rin olgan.
Bu to‘plamda arab xalqining ma’lum maqollari va nafis so‘zlarining to‘plami
berilgan bo‘lib, ular asosan oson tushuniladigan va izohlarni talab qilmaydigan ifodalar
sifatida taqdim etilgan. Maqollar mavzular bo‘yicha tasniflangan. Bu kitob arab
xalqining madaniyatiga oid foydali manba bo‘lib, arab dunyosining xalqona
hikmatlarini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi (Шарбатов Г., 1961).
Y. Kudryavtsevning “Liviya xalq maqollari va matallari” nomli asari 1988-yilda
Moskvada nashr etilgan va arab tilining Liviya lahjasida xalq hikmatlari boyligini
qamrab olgan. Ushbu qo‘llanmada Liviya xalqining madaniy xususiyatlari va hayot
falsafasini aks ettiruvchi 250 ta maqol va maqollar mavjud (Кудрявцев Ю., 1987).
Timur Akzamovich Shayxullin – arab va rus tilshunosligi, paremiologiya va
madaniyatlararo kommunikatsiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan olimdir.
Shayxullinning “Русские и арабские паремии с компонентом-наименованием
родственных отношений: концептуально-семантический и этнокультурный
аспекты” (Rus va arab paremiyalari tarkibidagi qarindoshlik munosabatlarini
ifodalovchi komponentlar: konseptual-semantik va etnomadaniy jihatlar)
monografiyasi rus va arab tilidagi qarindoshlik tushunchalari va ularning paremiologik
tizimlardagi aksini tahlil qiladi. Ushbu tadqiqot madaniy tafovutlar va umumiyliklarni
aniqlash, shuningdek, til orqali shakllangan ijtimoiy rollarni o‘rganishga yo‘naltirilgan
(Шайхуллин Т., 2012: 340).
Elena Viktorovna Kukhareva – MGIMO (Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar
Instituti) universitetidan bo‘lib, filologiya fanlari doktori, arab tili va lingvistik
tadqiqotlar sohasida ilmiy faoliyat yuritgan olimalardan biridir. U arab tilining aforistik
(Aforistik birliklar – qisqa, mazmunli va chuqur fikrni ifodalovchi til birliklaridir. Ular
xalq og‘zaki ijodi yoki mashhur shaxslarning donishmandlik gaplari asosida
shakllangan bo‘lib, odatda umumiy haqiqatni, hayotiy tajribani yoki axloqiy
qadriyatlarni ifodalaydi. Aforistik birliklar maqollar, matallar, hikmatli so‘zlar va
iboralarni o‘z ichiga oladi) jihatlari, maqollar, iboralar va ularning tarjimasi hamda
madaniyatlararo muloqotdagi o‘rni bo‘yicha bir qator tadqiqotlar olib borgan.
Olimaning “Арабские пословицы и поговорки. Словарь с лексикофразеологическими комментариями” (Arab maqollari va matallari. Leksik–
frazeologik sharhlar bilan lug‘at) kitobi Elena Vladimirovna Kuxareva tomonidan
yozilgan bo‘lib, 2008-yilda AСТ nashriyotida chop etilgan.
Ushbu lug‘at, madaniyatlararo muloqotdagi qiyinchiliklarni yengishga yordam
beradi. Kitob adabiy arab tili va turli arab davlatlarining og‘zaki nutqini o‘rganishga
ko‘maklashadi.
Kitobning asosiy jihatlari:
• Arab maqollari va matallari jamlanib, ularning ma’nosi va ishlatilish konteksti
tushuntirilgan;
• Leksik va frazeologik sharhlar yordamida maqollarning ma’no jihatlari tahlil
qilingan;
• Arab maqollari fonetik va grammatik jihatdan tahlil qilingan, bu esa ularni
tushunishni osonlashtiradi (Кухарева Е., 2008: 303).
Uning “Арабские пословицы как отражение национального менталитета”
(Arab maqollarida milliy mentalitet aks etishi) nomli kitobi esa, til va milliy
mentalitetning o‘zaro munosabati va bog‘liqligi muammosini tilshunoslik nuqtai
nazaridan o‘rganish hamda uning tilda ifodalanish shakllarini tadqiq etadi.
Ushbu asar arab tili va madaniyatiga qiziquvchi talabalar, sharqshunoslar va arab
tilini o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Olimaning yana “К истории вопроса
изучения арабской языковой афористики” (Arab tili aforistikasi o‘rganilishining
tarixi masalasi) maqolasida arab tilidagi aforistik birliklarning o‘rganilishi tarixi,
ularning ma’no va uslubiy jihatlari haqida so‘z yuritadi. Tadqiqotda arab maqollari,
hikmatli so‘zlar va iboralar madaniy kontekstda qanday shakllanganligi va ularning
arab jamiyatidagi o‘rni muhokama qilinadi. Olimaning keyingi ilmiy ishlaridan yana
biri “Стилистические особенности арабских пословиц” – arab maqollarining
uslubiy jihatlari va ularning boshqa tillarga tarjimasi muammolariga bag‘ishlangan ishi
hisoblanadi. Arab maqol-matallari haqida gap ketganda, o‘zbek olimlarining ham
sezilarli izlanishlarini eslatib o‘tilish lozim.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda milliy oʻzlikni anglash
jarayonlari jadallashdi va bu ilm-fan, adabiyot hamda tilshunoslik sohalariga ham
ijobiy ta’sir koʻrsatdi. Ayniqsa, sharq tillari, jumladan, arab tiliga boʻlgan e’tibor
sezilarli darajada ortdi. Chunki arab tili nafaqat muqaddas islomiy meros tili, balki
sharq adabiyoti va madaniyatining muhim unsurlaridan biri sifatida qadrlanadi.
Mustaqillikdan keyin arab tilining oʻrganilish darajasi ortishi bilan birga, arab
xalq adabiyoti, xususan maqollariga boʻlgan qiziqish ham kuchaydi. Bu jarayonni ikki
asosiy omil bilan izohlash mumkin. Birinchidan, Oʻzbekistonda arab tili ta’limi
rivojlanib, arab adabiyoti, ayniqsa, arab xalq ogʻzaki ijodi namunalari tadqiq etila
boshlandi. Arab maqollari, xalq donishmandligi mahsuli sifatida oʻrganildi.
Ikkinchidan, tarixiy jihatdan o‘zbek va arab xalqlari o‘rtasidagi madaniy-milliy
aloqalar qayta tiklanib, sharq adabiy merosiga bo‘lgan e’tibor kuchaydi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda arab maqollarining oʻrganilishi ikki asosiy
yoʻnalishda olib borilmoqda. Bir tomondan, universitetlar va ilmiy markazlarda arab
tilshunosligi va folklori doirasida maqollar tahlil qilinmoqda. Boshqa tomondan esa,
tarjima ishlari orqali arab maqollari keng jamoatchilikka tanishtirilib, ularning oʻzbek
xalq maqollari bilan bogʻliqligi oʻrganilmoqda.
Oʻzbekistonda mustaqillikdan keyin arab xalq maqollariga boʻlgan qiziqish
an’anaviy sharqona tafakkurga bo‘lgan intilish va ilmiy izlanishlarning kuchayishi
bilan bogʻliq holda tobora ortib bormoqda. Bu esa nafaqat arab tilining oʻrganilishiga,
balki madaniy-milliy merosimizni yanada boyitishga xizmat qilmoqda. Mana shunday
ishlardan biri folklorshunos olim Qahhorov Abdujabbor Sodiqovichning “Al-
Johizning “Kitābu-l-ḥayāvan” asarida “masal” tadqiqoti hisoblanadi. Bu dissertatsiya
ishi keyinchalik monografiya (Qahhorov A., 2007) shaklida nashr etilgan.
Monografiya to‘rt bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda, al-Johiz hayoti va ijodi,
ikkinchi bobda al-Johizning “Kitab al-hayavan” asari haqida, uchinchi bobda “Kitābul-ḥayāvan” asaridagi masal, to‘rtinchi bobda esa, asardagi maqol va matallarning
shakliy va mazmuniy qurilishi ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Xulosa qismida esa
“Kitābu-l-ḥayāvan” asarining arab mumtoz maqolshunosligi tarixidagi o‘rni yoritilgan.
Olimning bu tadqiqotida arab tilida masal ilmi, masal nazariyasining hozirgi kun
Yevropa ilmidagi rivoji, maqol va matallarning grammatik qurilishi, timsol
tushunchalari, maqol va matallarda badiiylik, maqol va matallarning mazmuniy
mundarijasi tahlili ilmiy uslubda tushuntirib berilgan.
Bu sohaga katta hissa qoʻshgan olimlardan biri professor Shorustam
Shomusarovdir. Olimning ilmiy ishlari faqatgina tilshunoslik nuqtai nazaridan emas,
balki xalq donishmandligi, madaniyatlararo aloqalar hamda tarixiy meros kontekstida
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Olimning mehnatlari nafaqat o‘zbek tilshunosligiga,
balki butun Markaziy Osiyoda arab tilining o‘rganilishiga katta turtki bo‘ldi. Olimning
sa’y-harakatlari bilan arab maqollari, hamda arab va o‘zbek umum folklori tarixiy-
qiyosiy tahlili, ularning tarjima masalalari bo‘yicha yangi ilmiy qarashlar shakllandi. Bu
esa, o‘z navbatida, arab folklori o‘rganilishi darajasini oshirish va sharq xalqlari og‘zaki
merosini yanada kengroq tadqiq etishga, shu bilan birga, arab va o‘zbek folklori borasida
bir qancha tadqiqot ishlari borasida yorqin namuna bo‘lib xizmat qiladi. Mana shunday
ishlardan “Arab va O‘zbek folklori tarixiy-qiyosiy tahlili” (Shomusarov Sh., 2002) va
“Arab folklori” (Shomusarov Sh., 1992) monografiyalarini misol tariqasida aytish
mumkin. Asarlarda arab folklorining ham nazmiy, ham nasriy janrlari ko‘rib chiqilgan.
Dastlab ular haqida fikrlar bayon qilingan. Asosiy qism esa o‘zbek va arab ertaklari va
mifologiyasiga oid qarashlar va tadqiqot natijalari bilan boyitilgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa sifatida, arab xalq maqollarini o‘rganish akademik yondashuvgina bo‘lib
qolmay, balki xalqlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash va hayotiy tajribalarni
baham ko‘rish uchun ham juda muhimdir. Bu maqollar bizning madaniy
qadriyatlarimizni va insoniyatning umumiy tajribasini anglashda muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi. Arab xalq maqollarini o‘rganish, nafaqat o‘ziga xos madaniyat va urfodatlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi, balki ularning tarixiy va ijtimoiy
kontekstlarini o‘rganishni ham ta’minlaydi. Maqollar, shuningdek, turli muammolar va
vaziyatlarda qanday qilib muomala qilish kerakligini ko‘rsatadigan qo‘llanma sifatida
qaraladi. Yuqoridagi tadqiqotlar jarayoni, arab xalqining madaniyati va tarixini
anglash, balki jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasini ham ochib berish imkonini
beradi. Shu sababli, arab xalq maqollarini o‘rganish global madaniy anglashuv uchun
ham juda muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ben Cheneb, M. (1905–1907). Proverbes arabes de l’Algérie et du Maghreb. E.
Leroux. – Parij.
2. Brunot Z. (1928). Proverbes et dictions arabes de Rabat. Hesperis. – Parij.
3. Champion S. (1950). Racial Proverbs. – London: Routledge.
4. Frayha A. (1953). Modern Lebanese Proverbs. Collected, Annotated and
Translated to English. – Beirut.
5. Goitein S. (1934). Jemenica. Sprichworter und Redensarten aus Zentral-Jemen.
– Brill.
6. Кухарева Е. (2008). Арабские пословицы и поговорки. Словарь с лексикофразеологическими комментариями. – Moсква.
7. O‘zbek xalq maqollari. 1-jild. A – O. – Toshkent: Fan, 1987.
8. Qahhorov A. (2007). Al-Johizning “Kitab al-hayvan” asarida “masal”. –
Toshkent.
9. Шайхуллин Т. (2012). Русские и арабские паремии с компонентомнаименованием родственных отношений. – Казань.
10. Shamusarov Sh. (2002). Arab va o‘zbek folklori tarixiy-qiyosiy tahlili. –
Toshkent: Fan.
11. Shamusarov Sh. (1998). Arab va o‘zbek folklori tarixiy-qiyosiy tahlili. –
Toshkent.
12. Шарбатов Г. (1961). Арабские пословицы и поговорки. Перевод с
арабского. – Москва.
– .دار المعرفة. تحقيق: سعيد محمدBeirut: . الأمثال في القرآن الكريم)2000( . .ابن قيم الجوزية13
.نمو الخطيب
. – .دار الكتب المصريةQohira: . ُصبح الأعشى في كتابة الإنشاء)1963( . . القلقشندي14
. – .مطبعة بابي الحلبيQohira: . المزهر في علوم اللغة)1982( . . السيوطي15
REFERENCES:
1. Ben Cheneb, M. (1905–1907). Proverbes arabes de l’Algérie et du Maghreb. E.
Leroux. – Parij. (In French)
2. Brunot Z. (1928). Proverbes et dictions arabes de Rabat. Hesperis. – Parij. (In
French)
3. Champion S. (1950). Racial Proverbs. – London: Routledge.
4. Frayha A. (1953). Modern Lebanese Proverbs. Collected, Annotated and
Translated to English. – Beirut.
5. Goitein S. (1934). Jemenica. Sprichworter und Redensarten aus Zentral-Jemen.
– Brill. (In German)
6. Kuxareva E. (2008). Arabskie poslovitsy i pogovorki. Slovar s leksikofrazeologicheskimi kommentariyami. – Moskva. (In Russian)
7. O‘zbek xalq maqollari. 1-jild. A – O. – Toshkent: Fan, 1987. (In Uzbek)
8. Qahhorov A. (2007). Al-Johizning “Kitab al-hayvan” asarida “masal”. –
Toshkent. (In Uzbek)
9. Shamusarov Sh. (2002). Arab va o‘zbek folklori tarixiy-qiyosiy tahlili. –
Toshkent: Fan. (In Uzbek)
10. Shamusarov Sh. (1998). Arab va o‘zbek folklori tarixiy-qiyosiy tahlili. –
Toshkent. (In Uzbek)
11. Shayxullin T. (2012). Russkie i arabskie paremii s komponentomnaimenovaniem rodstvennyx otnosheniy. – Kazan. (In Russian)
12. Sharbatov G. (1961). Arabskie poslovitsy i pogovorki. Perevod s arabskogo. –
Moskva. (In Russian)
– .دار المعرفة. تحقيق: سعيد محمدBeirut: . الأمثال في القرآن الكريم)2000( . .ابن قيم الجوزية13
.نمو الخطيب
. – .دار الكتب المصريةQohira: . ُصبح الأعشى في كتابة الإنشاء)1963( . . القلقشندي14
. – .مطبعة بابي الحلبيQohira: . المزهر في علوم اللغة)1982( . . السيوطي15