ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Shaxsda milliy mansublik hissining psixologik jihatlari

Alimbayeva Shaxlo Tursunovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SHAXSDA MILLIY MANSUBLIK HISSINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE SENSE OF NATIONAL
BELONGING IN AN INDIVIDUAL

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЧУВСТВА НАЦИОНАЛЬНОЙ
ПРИНАДЛЕЖНОСТИ У ЛИЧНОСТИ

Alimbayeva Shaxlo Tursunovna
Oriental universiteti

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti,
psixologiya fanlari nomzodi (PhD)
Tel.: +998 97 765-01-17

E-mail: shahloalimbayeva86@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu mansublik hissining namoyon bo‘lish darajasi, milliy avto
va geterostereotiplarning o‘zaro uzviy bog‘liqlik masalalarini o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqotning maqsadi shaxsda milliy mansublik hissining psixologik jihatlarini tadqiq
etishdan iborat. Maqolada o‘zbek va rus tilida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning etnik
mansublik darajasi qiyosiy va korrelyatsion tahlil qilindi. Milliy mansublik hissining
psixologik jihatlari yoritilgan mavjud ilmiy manbalarni o‘rganish natijasida avto va
geterostereotiplarni o‘zaro uzviy bog‘liqligi aniqlandi. Tadqiqotda o‘smirlik va ilk
o‘spirinlik davrida shaxsning etnik mansublikni anglashi jinsga xos ravishda
tafovutlanishi, ammo milliy mansublikni his qilishga ko‘ra esa gender farqlar mavjud
emasligi, shuningdek, o‘quvchi uchun asosiy ta’limning o‘z ona tilida amalga oshishi
ontogenezning barcha bosqichida uning milliy mansublik hissining shakllanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlandi. Maqola yakunida shaxsda milliy mansublik hissini
rivojlantirish uchun foydali ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiyalar o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar: o‘smirlik davri, ilk o‘spirinlik davri, milliy mansublik, affektiv
komponent, kognitiv komponent.

Abstract: The aim of the study is to study the level of manifestation of this sense
of belonging, the interdependence of national auto and heterostereotypes. The purpose
of the study is to study the psychological aspects of the sense of national belonging in
a person. The article provides a comparative and correlational analysis of the level of
ethnic belonging of students studying in Uzbek and Russian. As a result of studying
the available scientific sources that cover the psychological aspects of the sense of
national belonging, it was revealed that auto and heterostereotypes are interdependent.
The study proved that during adolescence and early adolescence, a person's perception
of ethnic belonging differs by gender, but there are no gender differences in the sense
of national belonging, and that the implementation of basic education for a student in

his native language has a positive effect on the formation of his sense of national
belonging at all stages of ontogenesis. The article concludes with useful
recommendations for developing a sense of national identity in an individual.

Keywords: adolescence, early adolescence, national identity, affective
component, cognitive component.

Аннотация: Целью исследования является изучение уровня проявления
данного чувства принадлежности, взаимозависимости национальных авто- и
гетеростереотипов. Целью исследования является изучение психологических
аспектов чувства национальной принадлежности у человека. В статье
проводится сравнительный и корреляционный анализ уровня этнической
принадлежности студентов, обучающихся на узбекском и русском языках. В
результате изучения имеющихся научных источников, освещающих
психологические аспекты чувства национальной принадлежности, выявлено, что
авто- и гетеростереотипы взаимозависимы. Исследование доказало, что в
подростковом и раннем юношеском возрасте восприятие человеком этнической
принадлежности различается по полу, но гендерных различий в чувстве
национальной принадлежности не наблюдается, и что реализация базового
образования для студента на родном языке положительно влияет на
формирование у него чувства национальной принадлежности на всех этапах
онтогенеза. В заключение статьи приводятся полезные рекомендации по
формированию у личности чувства национальной принадлежности.

Ключевые слова: подростковый возраст, ранняя юность, национальная
идентичность, аффективный компонент, когнитивный компонент.

KIRISH
Har bir millat o‘zining etnik taraqqiyotida turli davrlarni, bosqichlarni bosib
o‘tadi. Xalqning etnik taraqqiyoti, shu xalq vakillari bilan asrlar davomida sodir
bo‘lgan tarixiy voqealar milliy psixologik qiyofani shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatib,
etnik xususiyatlarni shakllantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi (Arapbayeva
D., Arapbayeva D., 2016: 36-41). O‘zbek xalqi ham asrlar davomida turli tarixiy
hodisalarning guvohi bo‘lib, bu voqealarning barchasi o‘zbek xalqining ma’lum
ma’nodagi “qiyofa”sini shakllantirgan (Ashirov A., 2004 ).
Millatning oʻzini oʻzi anglashi – etnik psixologiyaning ancha keyin vujudga
kelgan murakkab fenomeni hisoblanib, u milliy ong asosida vujudga keladi va uning
tuzilmasiga kiradi. Milliy oʻzlikni anglash millatning oʻz manfaat, maqsad va
motivlarini anglab yetish darajasini bildiradi. Falsafa, etnologiya, ijtimoiy
psixologiyaga oid aksariyat adabiyotlarda milliy ong va milliy oʻzlikni anglash
tushunchalari deyarli farqlanmasdan, sinonim soʻzlar sifatida ishlatib kelinadi. Toʻgʻri,

ular oʻrtasida mazmunan uzviy bogʻliqlik va yaqinlik bor. Ular bir jarayonning turli
bosqich va darajalaridir. Shunday boʻlsa ham ularni alohida - alohida tushunchalar
sifatida oʻrganish darkor. Milliy ong etnik taraqqiyotning ilk bosqichlarida vujudga
kelgan etnik ongning davomi boʻlib, oʻzining ma’lum millatga (etnik birlikka)
mansubligini anglash hisoblanadi (Nishanova Z., Alimbayeva Sh., 2020).

Agar insonning milliy ongi uning milliy mansublikni anglash orqali millat
hayotidagi voqealarga bildirayotgan munosabati boʻlsa, milliy oʻzlikni anglash esa
milliy manfaatlarni bilish, anglash darajasini bildiradi (Murodova M., 2006).

Milliy ongning eng dastlabki koʻrinishi boʻlmish etnik ong yillar davomida emas,
asrlar davomida yagona til, hudud, axloq va urf-odatlar birligi asosida vujudga keladi
(Rasulova Z., 2016: 41-48).

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
M.M.Mamatovning fikricha, bolalar o‘zlarining u yoki bu etnik guruhga
mansubliklarini, avvalo, ota-onalarining qaysi etnik birlikka mansubliklarini anglash
orqali bilib oladilar. Ota-onalari turli millatga mansub bo‘lgan bolalar ota-onalardan
birining millatini qabul qiladi. Bu oila yashayotgan jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy, madaniy va boshqa vaziyatlarga bog‘liqdir (Mamatov M., 1999).
Milliy avto va geterostereotiplarni o‘zaro uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlar ekan,
B.Botirov har bir millat vakili o‘z xulq-atvorini o‘zga millat vakillarining ushbu millat
to‘g‘risidagi tasavvurlariga binoan belgilab turishini va ayni shu holat millatlararo
idrokni ta’minlaydigan tolerantlik determinantasi sifatida namoyon bo‘lishini
ta’kidlaydi (Botirov B., 2011: 90).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Biz ham o‘quvchilarda milliy mansublik hissi namoyon bo‘lishining psixologik
xususiyatlarini o‘rganish maqsadida Toshkent shahridagi ta’lim tili o‘zbek va rus tili
bo‘lgan maktablarda izlanish olib bordik. Bunda 10-sinf o‘quvchilarida Dj.Finnining
“Etnik mansublik namoyon bo‘lishini aniqlash” metodikasi (Стефаненко Т., 2006.)
bo‘yicha o‘quvchilarning natijalari o‘rganildi. Finni so‘rovnomasining ushbu varianti
12 ta tasdiqlovchi savoldan iborat. Mazkur so‘rovnoma ikkita subshkalani o‘z ichiga
oladi: etnik identiklikning kognitiv komponenti va etnik identiklikning affektiv
komponenti. So‘rovnoma A.M.Arbitaylo tomonidan moslashtirilgan va ishonchliligi
tekshirilgan. Biz tadqiqotimiz davomida metodikaning aynan shu variantidan
foydalandik.
Shuningdek, ta’lim tili rus tili bo‘lgan o‘quvchilarda olingan natijalar ularning
yosh, jins va millatlariga bog‘liqlik darajasi Pirson korrelyatsiya koeffitsiyentidan
foydalangan holda o‘rganib chiqildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
“Etnik mansublik namoyon bo‘lishini aniqlash” metodikasi natijalariga ko‘ra,
etnik mansublik ko‘rsatkichining affektiv komponenti kognitiv komponent natijalari
bilan ahamiyatli darajadagi (r=0,57; p≤0,01) bog‘liqlikni namoyon etdi. Bundan
ko‘rinadiki, insonning o‘zi mansub bo‘lgan millatning etnik xususiyatlari va
tasavvurlari hamda shu guruhga tegishlilikni anglashi uning shu etnos a’zolari bilan
munosabatiga, etnik stereotiplarning hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi.

1-jadval. Rus tilida tahsil oluvchi o‘quvchilar natijalaridagi korrelyatsion aloqadorlik

Finni metodikasi Yosh Jins

Kognitiv Affektiv Etnik mansublik

Millat komponent komponent darajasi

Millat 1

Kognitiv

komponent -0,001 1

Affektiv

komponent 0,27 0,57** 1

Etnik mansublik

darajasi 0,17 0,86** 0,91** 1

Yosh 0,02 0,43* 0,41* 0,47* 1

Jins 0,41* -0,48** -0,06 -0,28 -0,31 1

Izoh: * p≤0,05; ** p≤0,01.

Etnik mansublikning umumiy darajasi kognitiv (r=0,86; p≤0,01) hamda affektiv
(r=0,91; p≤0,01) komponentlar bilan o‘zaro yuqori darajadagi korrelyatsion
aloqadorlikni aks ettirdi. Bu o‘zi mansub bo‘lgan etnos haqida keng bilim va
ma’lumotlar hamda millatiga bo‘lgan munosabatlar shu guruhga mansublikni his
qilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, ular birgalikda milliy mansublik darajasini tashkil
etishini anglatadi. Shuningdek, yosh xususiyatlari etnik mansublik darajasining
kognitiv komponenti (r=0,43; p≤0,05) va affektiv komponenti (r=0,41; p≤0,05) hamda
etnik mansublik darajasining umumiy ko‘rsatkichi bilan (r=0,47; p≤0,05) ahamiyatli
aloqadorlikni aks ettirdi. Bundan ko‘rinadiki, insonlarning o‘z millatlariga taalluqlilik
va millati haqida tasavvurlari yosh davrlariga ko‘ra tafovutlanar, ya’ni inson qaysi
yosh davrida ekaniga qarab milliy mansublikni his qilish darajasi turlicha bo‘lar ekan.
Demak, ontogenezda bir davr o‘zidan avvalgi davrga nisbatan dunyoqarash
kengayishiga sabab bo‘lgani tufayli milliy tasavvurlari hosil bo‘lishiga ham ijobiy
ta’sir ko‘rsatar ekan.

Shuningdek, etnik mansublik darajasining kognitiv komponenti jins (r=-0,48;
p≤0,01) xususiyatlari bilan ham ahamiyatli aloqadorlikni aks ettirdi. Demak, insonning

o‘z etnik guruhiga tegishliligini anglashi, uning shu etnos a’zolari bilan munosabati
uning gender xususiyatlariga ham bog‘liq, ya’ni bu milliy mansublik hissi erkak va
ayollarda turlicha namoyon bo‘lishini anglatadi.

Ushbu ko‘rsatkichlar o‘zbek tilida ta’lim oluvchi o‘quvchilarda ham o‘rganildi.
Natijalar rus tilida tahsil oluvchi o‘quvchilar natijalaridan birmuncha farqli jihatlarni
aks ettirdi. Korrelyatsion tahlilga asosan (2-jadval) etnik mansublikning affektiv va
kognitiv komponentlari (r=0,43; p≤0,05) ahamiyatli aloqadorlikni aks ettirdi.

2-jadval. O‘zbek tilida ta’lim oluvchi o‘quvchilarda etnik mansublik darajasining boshqa
ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro aloqadorligi

Kognitiv Finni metodikasi Yosh Jins Sinf
komponent Affektiv Etnik mansublik
1 komponent darajasi 1 1
0,43** -0,5*** -0,14 1
Kognitiv komponent 0,85*** 1 1 0,68***
Affektiv komponent -0,17 0,84*** 0,05
Etnik mansublik darajasi -0,07 0,26 -0,25
Yosh -0,05 -0,36* 0,11
Jins 0,25
Sinf

Izoh: *p≤0,1; ** p≤0,05; *** p≤0,01.

O‘zbek tilida tahsil oluvchi o‘quvchilarda ham etnik mansublikning umumiy
darajasi kognitiv (r=0,85; p≤0,01) va affektiv komponent (r=0,84; p≤0,01) bilan
ahamiyatli bog‘liqlikni aks ettirdi. O‘zbek va rus tilida tahsil oluvchi o‘quvchilar
natijalaridagi yorqin tafovut yosh xususiyatlarining boshqa ko‘rsatkichlar bilan
bog‘liqligida aks etdi. Bunga ko‘ra, rus tilida ta’lim oluvchi o‘quvchilarda etnik
mansublikning barcha ko‘rsatkichlari yosh xususiyatlari bilan aloqadorlikni aks
ettirgan bo‘lsa, o‘zbek tilida tahsil oluvchi o‘quvchilarda bu qonuniyat aniqlanmadi.
Bundan ko‘rinadiki, o‘quvchi uchun asosiy ta’limning o‘z ona tilida amalga oshishi
ontogenezning barcha bosqichida uning milliy mansublik hissining shakllanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, o‘zga tillarda, jumladan, rus tilida ta’lim oluvchi o‘zbek
o‘quvchilarida bu holat birmuncha keyingi, kattaroq yosh davrlarida amalga oshishini
ko‘rish mumkin. Demak, bolaning qaysi tilda ta’lim olishi ham uning mental
xususiyatlari shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘zbek guruhlarida jins
xususiyatlari etnik mansublikning affektiv komponenti (r=-0,36; p≤0,1) va yosh
xususiyatlari (r=-0,5; p≤0,1) bilan ahamiyatli aloqadorlikni aks ettirdi. Rus tilida ta’lim
oluvchi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan etnik mansublikning kognitiv
komponenti darajasi yuqori ekanligini, o‘zbek tilida ta’lim oluvchi o‘g‘il bolalarda esa
affektiv komponenti darajasi yuqoriligini ko‘rish mumkin. Demak, o‘zga tillarda tahsil

oluvchilarda o‘z etnosiga xos xususiyatlarni anglash jarayoni kuchliroq bo‘lsa, o‘z ona
tilida tahsil oluvchi o‘zbeklarda etnik mansublikni his qilish jarayoni ustunlikni
namoyon etar ekan.

O‘smir va ilk o‘spirinlarda yosh xususiyatiga ko‘ra etnik mansublik darajasining
boshqa ko‘rsatkichlar bilan aloqasini o‘rganish maqsadida barcha sinaluvchilar
natijalari umumiy ravishda (3-jadval) korrelyatsion tahlil qilindi.

3-jadval. O‘smir va ilk o‘spirinlarda etnik mansublikning boshqa ko‘rsatkichlar bilan aloqasi

millat Finni metodikasi Yosh Jins Sinf
1
Kognitiv Affektiv Etnik 1 1
-0,33* -
komponent komponent mansublik 0,81** 0,09 1

darajasi

Millat 0,08 1
Kognitiv
komponent 0,18 0,45** 1
Affektiv
komponent 0,16 0,84** 0,86** 1
Etnik mansublik 0,20 0,26 0,17 0,25
darajasi 0,26 -0,27* -0,19 -0,27*
Yosh
Jins
Sinf

0,24 0,27* 0,01 0,16

Izoh: * p≤0,05; ** p≤0,01.

Natijalarga ko‘ra, etnik mansublikning kognitiv komponenti jins (r=-0,27; p≤0,5)
va sinf (r=0,27; p≤0,5) ko‘rsatkichlari bilan ahamiyatli aloqadorlikni aks ettirdi. Ammo
yosh xususiyati bilan aloqadorlik kuzatilmadi. Bundan ko‘rinadiki, o‘smir va ilk
o‘spirinning o‘zi mansub bo‘lgan etnik jamoasi haqidagi fikrlari, ma’lumotlari va uni
anglashi o‘quvchining yoshida qat’iy nazar o‘zi a’zo bo‘lgan kichik guruh fikrlari bilan
uyg‘unlikda bo‘lar ekan. Etnik mansublikning umumiy darajasi ham jins
ko‘rsatkichlari bilan (r=-0,27; p≤0,5) bog‘liqlikni ko‘rsatdi. Demak, o‘smirlik va ilk
o‘spirinlik davrida shaxsning etnik mansublikni anglashi jinsga xos ravishda
tafovutlanar ekan, ya’ni o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan etnik mansublikni
anglash ilgariroq kechadi. Ammo milliy mansublikni his qilishga ko‘ra esa gender
farqlar mavjud emasligi aniqlandi.

Tadqiqotda “O‘zbek va rus millatiga xos stereotiplarni o‘rganish metodikasi”dan
(Стефаненко Т., 2006:14) ham foydalanildi. Bunda o‘quvchilarga 70ga yaqin sifatlar
yozilgan varaq taqdim qilinib, shu ro‘yxatda berilgan sifatlardan o‘zbek va rus millatini
to‘liq va aniq yoritib bera oladigan 15 ta xususiyatni belgilash so‘raldi.

Rus maktablarida tahsil oluvchi o‘zbek va boshqa millat vakillari hamda o‘zbek
maktablarida tahsil oluvchi o‘zbek millatiga mansub o‘quvchilar natijalari o‘zaro
qiyoslandi. Rus maktab o‘quvchilari bilan olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi
ma’lumotlar qo‘lga kiritildi:

O‘zbeklarga sabrlilik (76,19 %), mehnatsevarlik (71,43%), mehmondo‘stlik
(71,43%), do‘stonalik (61,9%), saxiylik (57,14%), bardoshlilik (57 %), bosiqlik
(52,8%), kuchlilik (52,38%), vatanparvarlik (52,38%), rahmdillik (52,38%), kamtarlik
(52,38%), tartiblilik (47,62%), mag‘rurlik (42,86%), hazilkashlik (42,86%),
tejamkorlik (42,86%) sifatlari xos ekanligini ma’lum qilishgan. Ushbu avtostereotiplar
boshqa millat vakillarining o‘zbeklar haqidagi geterostereotiplaridan farq qildi. Boshqa
millat vakillari bo‘lgan o‘smir va ilk o‘spirin o‘quvchilar o‘zbeklarga do‘stonalik,
muloqotchanlik, kamtarlik, sabrlilik, emotsionallik, moddiy manfaatni ustun qo‘yish,
bosiqlik, mehnatsevarlik, tinib-tinchimaslik, mustaqillik, saxiylik, ishonuvchanlik kabi
sifatlarni xoslaganlar. Muloqotchanlik, emotsionallik, moddiy manfaatni ustun
qo‘yish, tinib-tinchimaslik, mustaqillik, ishonuvchanlik kabi xususiyatlar bilan
ta’riflash orqali boshqa millat vakillari o‘zbek xalqidagi ta’sirchanlik va shaxslararo
munosabatlarga oson kirishish va ekstravert insonlarga xos fazilatlarni sanab o‘tganlar,
ya’ni ular ko‘proq hissiy affektiv holatlar bilan bog‘liq fazilatlarni e’tirof etganlar.
O‘zbek o‘quvchilar avtostereotiplarida esa aynan bu sifatlar qayd etilmadi. Bunda
ko‘proq insonning irodaviy sifatlari bilan bog‘liq xususiyatlarni o‘zbek millatiga
xoslash holati kuzatildi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, insonda milliy mansublik hissini
rivojlantirishda milliy tilni bilish, milliy muhit muhim o‘rin egallaydi. Shu tufayli
oilada va ta’lim muassasalarida milliy meros, millat tarixi bilan tanishtirishga, milliy
tilni mukammal o‘rgatishga jiddiy e’tibor berish lozim. Bunda, ayniqsa, o‘zga tillarda
tahsil oluvchi bolalarda milliy tilni o‘zlashtirish sifatiga e’tiborni kuchaytirish lozim,
toki ular ham boshqa tillarni o‘rganish hisobidan o‘z ona tilini o‘zlashtirishda
oqsoqlikka yo‘l qo‘ymasin.

O‘quvchilarning o‘zini qaysi millat vakillari bilan identifikatsiya qilayotganini
aniq hisoblash, natijalardagi ahamiyatli bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida ma’lumotlar
Pirson korrelyatsiya koeffitsiyentidan foydalangan holda qiyoslandi (6-ilova).
Matematik statistik tahlilga ko‘ra, o‘zbek o‘quvchilari fanatlik (r=0,68; p≤0,01),
jiddiylik (r=0,44; p≤0,01), jahldorlik (r=0,4; p≤0,05), halollik (r=0,64; p≤0,01),
serg‘ayrat (r=0,57; p≤0,01), hazilkashlik (r=0,39; p≤0,05), saxiylik (r=0,36; p≤0,05)
va o‘z qadrini biluvchilik (r=0,36; p≤0,05) sifatlari orqali o‘zini o‘zbek millati bilan
identifikatsiya qilgan. Tartiblilik (r=0,69; p≤0,01), jiddiylik (r=0,38; p≤0,05) va
mehmondo‘stlik (r=0,34; p≤0,01) sifatlari orqali esa o‘zini rus millati bilan
identifikatsiya qilgan. Demak, o‘quvchilarning o‘zida qayd etgan aksariyat sifatlari

o‘zi mansub bo‘lgan millat xususiyatlari bilan identifikatsiyasi asosida bo‘lib, bu
ularning milliy mansublikni his qila olganligi bilan belgilanadi. Ammo ba’zi
sifatlarning boshqa millat vakillari xususiyatlari bilan identifikatsiya qilinishi yondosh
millat vakillarining ham shaxs ijtimoiylashuvidagi, o‘z-o‘zini idrok qilishdagi
ahamiyatini ko‘rsatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, insondagi milliy xususiyatlar, milliy mansublik hissi,
avvalo, oila muhitida shakllanadi. Shaxsda milliy o‘zlikni anglash, milliy iftixor
tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida psixologlar, o‘qituvchilar
tomonidan turli mashg‘ulotlar, psixologik treninglar tashkil etilishi ham vaziyatga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda quyidagi jihatlarni e’tiborga olish lozim:
1) o‘quvchilarga milliy tilni chuqur o‘rgatish va ularni tilning nozik qirralari
bilan tanishtirish;
2) shaxslararo munosabatlar jarayonida namoyon bo‘ladigan milliy
xususiyatlarimizga muvofiq keluvchi muloqot ko‘nikmalari va malakalarini hosil
qilish;
3) bolalarni milliy an’ana, qadriyatlar va ularning mohiyati bilan tanishtirish;
4) millat tarixi va o‘tmish ajdodlarimiz orasida yashab o‘tgan buyuk shaxslar
bilan tanishtirib, ularni o‘rnak sifatida ko‘rsatish;
5) milliy o‘zligini to‘laroq anglash, bilish hamda o‘zga millatlarga nisbatan ijobiy
munosabatlarni shakllantira olish qobiliyatini o‘stirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ashirov A. (2004). O‘zbek milliy mentaliteti haqida ba’zi mulohazalar //
O‘zbek xalqining kelib chiqishi: Ilmiy-metodologik yondashuvlar, etnogenetik va
etnik tarix. Respublika ilmiy-nazariy seminar materiallari. – Toshkent.
2. Botirov B. (2011). O‘zbek mentalitetining psixologik xususiyatlari. –
Toshkent: TDPU.
3. D. Arapbayeva, D. Arapbayeva. (2016). Yoshlarning oilaviy hayotga
moslashuvida ma’naviy-axloqiy masalalar // Zamonaviy ta’lim, № 5.
4. Mamatov M. (1999). Etnopsixologiya. – Toshkent: O‘zMU.
5. Murodova M. (2006). Folklor va etnografiya. – Toshkent.
6. Rasulova Z. (2016). Nikoh toʻyi bilan bogʻliq an’analarning etnopsixologik
xususiyatlari. Psixologiya, № 3. – B. 41–48.
7. Стефаненко Т. (2006). Этнопсихология: практикум. – Москва: Аспект
Пресс.
8. Z. Nishanova, Sh. Alimbayeva. (2020). O‘zbek xalqining milliy psixologik
xususiyatlari. – Toshkent: Fan va texnologiyalar.

9. Sh. Alimbayeva, B. Maxmudxo‘jayeva. (2015). Tartib mazmunini anglatuvchi
konsеptlarning etnomadaniy jihatlari // TDPU ilmiy axborotlari, № 4.

10. Sh. Alimbayeva, L. Qudratova. (2019). Shaxsga iqtisodiy tarbiya berish –
milliy an’ana sifatida // Shaxsda ilmiy dunyoqarash rivojlanishining psixologik
imkoniyatlari va tarbiyaviy jihatlari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –
Toshkent: TDPU.

REFERENCES:
1. Ashirov A. (2004). O‘zbek milliy mentaliteti haqida ba’zi mulohazalar //
O‘zbek xalqining kelib chiqishi: Ilmiy-metodologik yondashuvlar, etnogenetik va
etnik tarix. Respublika ilmiy-nazariy seminar materiallari. – Toshkent. (In Uzbek)
2. Botirov B. (2011). O‘zbek mentalitetining psixologik xususiyatlari. –
Toshkent: TDPU. (In Uzbek)
3. D. Arapbayeva, D. Arapbayeva. (2016). Yoshlarning oilaviy hayotga
moslashuvida ma’naviy-axloqiy masalalar // Zamonaviy ta’lim, № 5. (In Uzbek)
4. Mamatov M. (1999). Etnopsixologiya. – Toshkent: O‘zMU. (In Uzbek)
5. Murodova M. (2006). Folklor va etnografiya. – Toshkent. (In Uzbek)
6. Rasulova Z. (2016). Nikoh toʻyi bilan bogʻliq an’analarning etnopsixologik
xususiyatlari. Psixologiya, № 3. – B. 41–48. (In Uzbek)
7. Stefanenko T. (2006). Etnopsixologiya: praktikum. – Moskva: Aspekt Press.
(In Russian)
8. Z. Nishanova, Sh. Alimbayeva. (2020). O‘zbek xalqining milliy psixologik
xususiyatlari. – Toshkent: Fan va texnologiyalar. (In Uzbek)
9. Sh. Alimbayeva, B. Maxmudxo‘jayeva. (2015). Tartib mazmunini
anglatuvchi konsеptlarning etnomadaniy jihatlari // TDPU ilmiy axborotlari, № 4. (In
Uzbek)
10. Sh. Alimbayeva, L. Qudratova. (2019). Shaxsga iqtisodiy tarbiya berish –
milliy an’ana sifatida // Shaxsda ilmiy dunyoqarash rivojlanishining psixologik
imkoniyatlari va tarbiyaviy jihatlari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –
Toshkent: TDPU. (In Uzbek)