ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Nodavlat ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi

Nishanova Dildora Komiljanovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA DINSHUNOSLIK FANINI
O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING QO‘LLANILISHI

APPLICATION OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING
RELIGIOUS STUDIES IN NON-STATE EDUCATIONAL INSTITUTIONS

ПРИМЕНЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В
ПРЕПОДАВАНИИ РЕЛИГИОВЕДЕНИЯ В НЕГОСУДАРСТВЕННЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

Nishanova Dildora Komiljanovna
Oriental Universiteti,

Tarix kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Tel.: +998 99 001-48-87

E-mail: dnishanova1987@gmail.com
https://orcid.org/0009-0009-8946-8323

Annotatsiya: Ushbu maqolada nodavlat ta’lim muassasalarida dinshunoslik
fanini o‘qitishning dolzarbligi, mazmun-mohiyati va ushbu jarayonda qo‘llaniladigan
pedagogik texnologiyalarning metodik asoslari tahlil qilinadi. Mamlakatimizda diniyma’naviy savodxonlikni oshirish, yosh avlodni ekstremistik g‘oyalardan himoya qilish
va ularning ijtimoiy ongida tolerantlik hamda dunyoviylik qarashlarini shakllantirishda
dinshunoslik fanining muhim o‘rni alohida ta’kidlanadi. Maqolada nodavlat oliy ta’lim
muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quv rejalari va fan dasturlarida
dinshunoslik fanining o‘rni, shuningdek, uni o‘qitish jarayonida yuzaga kelayotgan
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari keng yoritiladi. Dinshunoslikni o‘qitishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, interfaol
metodlar va innovatsion yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada,
shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalarida dinshunoslikni o‘qitishda qo‘llaniladigan
metodlarning ijtimoiy ongni rivojlantirishdagi ta’siri va bu jarayonda o‘qituvchilarning
malakasini oshirish zarurati ham muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar: nodavlat ta’lim muassasasi, dinshunoslik, diniy savodxonlik,
tolerantlik, dunyoviylik, ta’lim tizimi, yoshlar tarbiyasi, metodika, ijtimoiy ong.

Abstract: This article analyzes the relevance, content, and essence of teaching
religious studies in non-state educational institutions, as well as the methodological
foundations of applying pedagogical technologies in this process. The significant role
of religious studies in enhancing religious and spiritual literacy, protecting the younger
generation from extremist ideologies, and fostering tolerance and secular perspectives
in their social consciousness is particularly emphasized in the context of our country.
The article extensively explores the unique characteristics of non-state higher

education institutions, the place of religious studies in their curricula and academic
programs, as well as the challenges encountered in the teaching process and the ways
to address them. The advantages of using modern pedagogical technologies, the
effectiveness of interactive methods, and innovative approaches in teaching religious
studies are analyzed. Additionally, the article discusses the impact of methods used in
teaching religious studies in non-state educational institutions on the development of
social consciousness and the necessity of enhancing teachers’ qualifications in this
process.

Keywords: non-state educational institution, religious studies, religious literacy,
tolerance, secularism, education system, youth education, methodology, social
consciousness.

Аннотация: В данной статье анализируются актуальность, содержание и
сущность преподавания религиоведения в негосударственных образовательных
учреждениях, а также методические основы применения педагогических
технологий в этом процессе. Особо подчеркивается важная роль религиоведения
в повышении религиозно-духовной грамотности, защите молодого поколения от
экстремистских идеологий и формировании в их общественном сознании
толерантности и светских взглядов в контексте нашей страны. В статье подробно
рассматриваются специфические особенности негосударственных высших
учебных заведений, место религиоведения в их учебных планах и программах, а
также проблемы, возникающие в процессе преподавания, и пути их преодоления.
Анализируются преимущества использования современных педагогических
технологий, эффективность интерактивных методов и инновационных подходов
в обучении религиоведению. Кроме того, в статье обсуждается влияние методов
преподавания религиоведения в негосударственных образовательных
учреждениях на развитие общественного сознания и необходимость повышения
квалификации преподавателей в этом процессе.

Ключевые слова: негосударственное учебное заведение, религиоведение,
религиозная грамотность, толерантность, светскость, система образования,
воспитание молодежи, методика, общественное сознание.

KIRISH
Bugungi globallashuv jarayonida ijtimoiy ongda yuz berayotgan murakkab
o‘zgarishlar, diniy qarashlarning xilma-xillashuvi va axborot oqimining keskin ortishi
zamonaviy jamiyatda dinshunoslik fanining ahamiyatini yanada oshirmoqda. Ayniqsa,
O‘zbekiston kabi ko‘p konfessionalli, millatlararo totuvlikni qadrlovchi jamiyatda
diniy-ma’rifiy savodxonlik darajasini oshirish, din sohasidagi bilimlarni ilmiy-nazariy
asosda o‘rgatish dolzarb masalaga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida
nodavlat ta’lim muassasalari ham muhim o‘rin tutmoqda. Bu muassasalarda
dinshunoslik fanini o‘qitish nafaqat talabalarga diniy bilim berish, balki ularda
bag‘rikenglik, dunyoviylik va madaniy muloqotga asoslangan fikrlashni shakllantirish
imkonini yaratadi. Shu nuqtai nazardan, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida
dinshunoslik fanini o‘qitishning mazmuni, metodikasi va ijtimoiy ahamiyatini tahlil
qilish dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini diversifikatsiya qilish,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishda
nodavlat oliy ta’lim muassasalari tobora muhim rol o‘ynamoqda (Giyasova S.,
Mustafayeva M., Mustafayev F., 2018:51-56). Ushbu muassasalar davlat ta’lim
siyosatini to‘ldiruvchi va mustahkamlovchi sifatida, ta’limda raqobat muhitini
yaratish, sifatli bilim berish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etishda
alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan, dinshunoslik
kabi fanlarning nodavlat ta’lim muassasalaridagi o‘qitilishi yoshlarning milliy va diniy
o‘zligini anglashiga, ijtimoiy muvozanat va barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Yurtimizda dinshunoslik sohasiga oid tadqiqotlar asosan O‘zbekiston xalqaro
islom akademiyasi pedagoglari tomonidan nashr qilingan kitoblar yetakchi
hisoblanadi. Jumladan, H.Yo‘ldoshxo‘jayev, D.Rahimjonov, M.Alimova,
O.Ernazarov, R.Isoqjonov, M.Abdullayeva, G.Xudoyberganova kabi dinshunos
mutaxassislar tomonidan nashr qilingan kitoblar aynan mutaxassislar uchun chop
etilgan kitoblar qatoriga kiradi. Xususan, boshqa ta’lim muassasalarida faoliyat
yuritayotgan pedagoglar tomonidan nashr qilingan dinshunoslikka oid o‘quv
qo‘llanma, darsliklar esa nomutaxassislar uchun mo‘ljallangan kitoblar hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishda A.Turg‘unova tomonidan “Dinshunoslik modulini o‘qitishda
pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari” nomli o‘quv qo‘llanmada
aynan mazkur sohada pedagogik texnologiyalarning qo‘llanishi hamda mavzuning
mazmun-mohiyatini ochib berishdagi afzalliklari keltirilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Dinshunoslik fani – din hodisasini tarixiy, falsafiy, sotsiologik, madaniy va
siyosiy nuqtai nazardan tadqiq etuvchi muhim ijtimoiy fan sanaladi. Bu fan orqali
talabalar dinlarning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, e’tiqod va rasm-rusumlar,
diniy mafkura va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunib yetadilar. O‘zbek
jamiyatida turli diniy konfessiyalar tinch-totuv yashab kelayotgan bir paytda, yosh
avlodda diniy bag‘rikenglik, dunyoviylik prinsiplariga sodiqlik, radikalizm va
ekstremizmga qarshi immunitetni shakllantirish aynan dinshunoslik fanining asosiy

vazifalaridan biridir. Nodavlat ta’lim muassasalarida ushbu fan yuqori ilmiy-metodik
asosda o‘qitilishi, jamiyatda sog‘lom diniy-ma’rifiy muhitni shakllantirishga bevosita
xizmat qiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasida nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim sohasida faoliyat
yurituvchi muhim subyektlardan biri hisoblanadi. Ular davlat ta’lim muassasalari bilan
bir qatorda fuqarolarning bilim olish huquqini ta’minlash, sifatli ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatish va jamiyat ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Nodavlat ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentyabrdagi yangi tahriri), “Davlat-xususiy
sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-
yil 15-sentyabrdagi PQ-3276-sonli “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etadi va
yuritadi. Mazkur qonun va qarorlarda nodavlat ta’lim muassasalarining maqomi,
tashkil etish tartibi, faoliyat yuritish prinsiplari, ularning moliyalashtirilishi, davlat
tomonidan beriladigan litsenziya va akkreditatsiyadan o‘tish tartiblari aniq belgilab
berilgan (Axmedov S., Nishanova D., 2024:194).
Nodavlat ta’lim muassasalari o‘z dasturlarini mustaqil ishlab chiqish huquqiga
ega bo‘lib, bu ularning innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni joriy etishida keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, zamonaviy,
ochiq va inklyuziv ta’lim muhitini yaratishga harakat qilmoqda. Ayniqsa, diniyma’rifiy va axloqiy tarbiya sohasida ham bu muassasalar muhim rol o‘ynay boshladi.
Ularning faoliyati orqali jamiyatda ilmiy asoslangan diniy savodxonlikni oshirish, turli
konfessiyalar vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlash
mumkin bo‘lmoqda (Turg‘unova A., 2022:40).
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimida dinshunoslik fani umumiy
majburiy fanlar qatoriga kiritilgan bo‘lib, uni o‘qitish davlat va nodavlat oliy ta’lim
muassasalarida mutlaqo bir xil talablar asosida amalga oshiriladi. Bu tartib tegishli
idoralar tomonidan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha namunaviy o‘quv
rejalari va fan dasturlarida qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun, hamda “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi”da oliy ta’limda umumiy madaniy kompetensiyalarni shakllantirish
zarurati ta’kidlangan bo‘lib, bu kompetensiyalarning ajralmas qismi sifatida
dinshunoslik fani ham belgilangan (Axmedov S., Nishanova D., 2024:196).
Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanining o‘qitilishida
hech qanday konseptual farq mavjud emas. Har ikki turdagi ta’lim muassasasi Davlat
ta’lim standartlariga, tegishli o‘quv rejalari va fan dasturlariga qat’iy amal qilishi shart.

Fan mazmuni, o‘quv yuklamasi, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hajmi, oraliq va
yakuniy nazorat tartiblari bir xil asosda belgilanadi (Nishanova D., Axmedov S., 2025).

Shu bilan birga, nodavlat ta’lim muassasalari o‘z ichki imkoniyatlari va
tashabbuslari doirasida pedagogik yondashuvda innovatsion metodlardan — interfaol
mashg‘ulotlar, elektron darsliklar, xorijiy tajribalarni jalb etish kabi vositalardan
kengroq foydalanishi mumkin.

Biroq bu erkinlik faqat didaktik shakl va metodlar darajasida bo‘lib, fan mazmuni
va maqsadi bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida hech qanday
tafovutga yo‘l qo‘yilmaydi (Taira T., 2017: 377-384).

Dinshunoslik fanidan dars beruvchi pedagog talabalar qarshisida obyektiv tarzda
xolis ma’lumotlarga asoslangan holda mavzularga tushuncha berishi darkor. Bunda
pedagogik texnologiyalardan mavzuga mos metodlarni tanlab batafsil yoritib berilishi
orqali talabalarni fanga qiziqtira oladi. Fanni o‘qitish jarayonida diniy bag‘rikenglik,
konfessiyalararo toqatlilik, millatlar va dinlar o‘rtasidagi madaniy muloqotni
shakllantirish asosiy tamoyil sifatida ilgari surilishi zarur. Talabalarda boshqa din
vakillariga nisbatan hurmat, murosa va muloqotga tayyorlik ruhini shakllantirish —
dars mazmuni va metodikasining ajralmas qismiga aylanishi kerak. Bunda jadvallar,
blits-savollar, testlardan tashqari nilufar guli, tarmoqlash, baliq skeleti, T-sxema,
klaster uslublaridan foydalangan holda ma’ruza darslarini o‘tish talabalar dinlarning
mazmun-mohiyati hamda ta’limoti haqida yetarlicha ma’lumot oladilar. Seminar
darslarni tashkillashtirishda esa “FSMU (F-fikringizni bayon qiling, S-Fikringizni
bayoniga sabab ko‘rsating, M-Fikringiz bayoniga misollar keltiring, U-Fikrlaringizni
umumlashtiring, xulosalang, ya’ni Fikr, Sabab, Mulohaza, Isbot)”, “muammoli
vaziyat”, “aqliy hujum”, “nima uchun? qanday?” kabi pedagogik metodlardan
foydalanish talabalarning faolligini oshiradi.

Talabalarga dinshunoslik fanining vazifasi — biror dinni targ‘ib qilish emas, balki
diniy hodisani ilmiy, madaniy va tarixiy kontekstda o‘rganish ekani alohida urg‘u bilan
tushuntirilishi lozim. “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” fanlari o‘rtasidagi farqlarni
aniq ajratib berish, har birining o‘rganish doirasi, metodologiyasi va vazifasini ochib
berish orqali bu chalkashliklarning oldi olinadi. Shuningdek, ayrim nodavlat ta’lim
muassasalarida boshqa millat vakillari ta’lim olayotganligi hisobiga turli dinlar xilmaxilligi uchraydi. Bunday vaziyatda talabalar orasida xilma-xil savollar ko‘payadi,
shunday holatda pedagog boshqa din vakillarining ham e’tiqodini hurmat qilgan holda
talabalarda tolerantlik ruhini shakllantirishi darkor.

Zamonaviy ta’lim muhitida bir dolzarb muammo — rasmiy tasdiqlanmagan,
ilmiy asosga ega bo‘lmagan kontentlarning haddan ziyod ko‘payib ketganidir. Axborot
texnologiyalari rivoji, internet va ijtimoiy tarmoqlarning keng quloch yozgani ijobiy

jihatlarga ega bo‘lsa-da, ayniqsa dinshunoslik sohasida bu holat jiddiy xavflarni
keltirib chiqaradi (Kasimova Z., 2023: 101-105).

Ayni paytda turli siyosiy yoki mafkuraviy guruhlar tomonidan boshqariladigan,
diniy ekstremistik qarashlarni targ‘ib qiluvchi saytlar, bloglar va videokontentlar
yoshlarning diniy dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bunday holatlarda professor-o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki axborot
madaniyatini shakllantiruvchi shaxs sifatida ham faol bo‘lishi lozim. U tinglovchilarni
rasmiy diniy manbalar, ilmiy asoslangan adabiyotlar bilan tanishtirishi, norasmiy yoki
xavfli sahifalarning zararli ta’sirini ilmiy dalillar orqali tushuntirib berishi kerak
(Shubayeva U., 2016: 79). Shu bilan birga, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din
ishlari bo‘yicha qo‘mita yoki boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan har yili e’lon
qilinadigan taqiqlangan manbalar ro‘yxati bilan tanishtirish ham amaliy jihatdan
foydali bo‘lishi mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, dinshunoslik fani nodavlat oliy ta’lim muassasalarida ham
davlat oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda yagona davlat talablariga asoslangan
holda, mazmunan chuqur, maqsadli va tizimli tarzda o‘qitilishi jarayonida pedagogik
mahorat ham zarur. Bu fan orqali talabalarda ilmiy asoslangan diniy qarashlar,
dunyoviylik, bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqotga tayyorlik kabi muhim
kompetensiyalar shakllanadi. Ayniqsa, diniy mutaassiblik, radikalizm va yot g‘oyalar
tahdidi kuchaygan hozirgi davrda dinshunoslik fanining ta’siri va mas’uliyati yanada
oshmoqda. Mazkur fan doirasida yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv
adabiyotlarining sonini oshirish hamda nomutaxassislar uchun nashr qilinayotgan
o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar ma’lumot berish bilan
chegaralanmagan holda amaliy xulosalar bilan boyitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari sifatining yetarli emasligi,
zamonaviy ilmiy yondashuvlarning kamligi, talabalar orasida fanni noto‘g‘ri talqin
qilish holatlari, internet tarmog‘idagi rasmiy bo‘lmagan kontentlarning salbiy ta’siri
kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Bu borada davlat grantlari asosida
zamonaviy, tanqidiy va analitik ruhdagi o‘quv adabiyotlarini yaratish, pedagoglar
malakasini oshirish, ilmiy seminar va metodik treninglar o‘tkazish zaruratga aylangan.
Nodavlat oliy ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanining samarali o‘qitilishi
nafaqat ta’lim sifati, balki jamiyatda sog‘lom diniy-ma’rifiy muhit, fuqarolik ongining
mustahkamlanishi va ijtimoiy barqarorlikning kafolati sifatida ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Shu bois mazkur yo‘nalish doimiy e’tibor, ilmiy izlanish va uslubiy
takomillashtirishni talab qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-5013007
2. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik
to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/mact/-4329270
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentyabrdagi “Nodavlat
ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3276-son Qarori. https://lex.uz/docs/-3343077
4. D. Nishanova, S. Axmedov. (2025). Nodavlat ta’lim muassasalarida
dinshunoslik fanining o‘qitilishi // “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent.
5. Касимова З. (2023). Специфические особенности преподавания
религиоведческих дисциплин в светском вузе // Proceedings of International
Educators Conference, № 4. – С. 101-105.
6. Taira T. (2017). Categorizing “religion”: From case studies to methodology //
Implicit Religion, № 4. – P. 377-384.
7. Turg‘unova A. (2022). Dinshunoslik modulini o‘qitishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari // “Mahalla va oila” nashriyoti.
8. S. Axmedov, D. Nishanova. (2024). Dinshunoslik va manbashunoslik fan
sifatida: muammo va yechimlar // “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda talabalar
mustaqil ish darslarini tashkil etish: muammo va yechimlar” Xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. – Toshkent. – B. 194-197.
9. C. Хиясова, M. Мустафаева, Ф. Мустафаев (2018). Проблемы
преподавания религиоведения в вузе (вопросы статуса, структуры и
методологии) // Экономические и гуманитарные исследования регионов, № 3. –
С. 51-56.
10. Шубаева У. (2016). Проблемы преподавания религиоведения в
университете // Редакторлық алқа.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-5013007 (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik
to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/mact/-4329270 (In Uzbek)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentyabrdagi “Nodavlat
ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3276-son Qarori. https://lex.uz/docs/-3343077 (In Uzbek)

4. D. Nishanova, S. Axmedov. (2025). Nodavlat ta’lim muassasalarida
dinshunoslik fanining o‘qitilishi // “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent. (In Uzbek)

5. Kasimova Z. (2023). Spesificheskie osobennosti prepodavaniya
religiovedcheskix dissiplin v svetskom vuze // Proceedings of International Educators
Conference, № 4. – S. 101-105. (In Russian)

6. Taira T. (2017). Categorizing “religion”: From case studies to methodology //
Implicit Religion, № 4. – P. 377-384.

7. Turg‘unova A. (2022). Dinshunoslik modulini o‘qitishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari // “Mahalla va oila” nashriyoti. (In
Uzbek)

8. S. Axmedov, D. Nishanova. (2024). Dinshunoslik va manbashunoslik fan
sifatida: muammo va yechimlar // “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda talabalar
mustaqil ish darslarini tashkil etish: muammo va yechimlar” Xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. – Toshkent. – B. 194-197. (In Uzbek)

9. C. Xiyasova, M. Mustafaeva, F. Mustafaev (2018). Problemi prepodavaniya
religiovedeniya v vuze (voprosi statusa, strukturi i metodologii) // Ekonomicheskie i
gumanitarnie issledovaniya regionov, № 3. – S. 51-56. (In Russian)

10. Shubaeva U. (2016). Problemi prepodavaniya religiovedeniya v universitete
// Redaktorliq alqa. (In Russian)