ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Oilalarda internetga tobelikning bugungi kundagi holati

Kushakova Nargiza Islambayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

OILALARDA INTERNETGA TOBELIKNING BUGUNGI KUNDAGI
HOLATI

THE CURRENT STATE OF INTERNET ADDICTION IN FAMILIES

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ИНТЕРНЕТ-ЗАВИСИМОСТИ В
СЕМЬЯХ

Kushakova Nargiza Islambayevna
O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti,
Amaliy psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., p.f.n (PhD)

Tel.: +998 91 976-53-29
E-mail:kuwakovanargiza7777@gmail.com

Annotatsiya: Bugungi kunda oilalarda internetga tobelik jiddiy ijtimoiy
muammolardan biriga aylanmoqda. Ushbu tadqiqot oilani mustahkamlash, ma’naviyaxloqiy muhitni yaxshilash va eng ibratli oilaviy an’analarni saqlash masalalariga
qaratilgan. Tadqiqotda telefon, YouTube, Telegram, Instagram va Facebook kabi
ijtimoiy tarmoqlarning oila a’zolarining o‘zaro munosabatlariga ta’siri, shuningdek,
internetga tobelikning oilaviy qadriyatlar va axloqiy muhitga salbiy ta’sirlari
o‘rganiladi. Hududlarda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilib,
oilalarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning oqibatlari tahlil qilinmoqda. Ushbu ish
oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va
an’anaviy qadriyatlarning targ‘ibotini ta’minlashga xizmat qiladi. Internetga
tobelikning yosh avlod tarbiyasiga ta’siri alohida e’tibor markazida bo‘lib, ushbu
muammoning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot natijalari
oilaviy hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Oila, internet, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhit, telefon,
Telegram, Instagram, Facebook, YouTube, virtual qaramlik.

Abstract: In contemporary society, internet addiction within families has
emerged as a significant social issue. This study focuses on strengthening family bonds,
enhancing the moral and ethical environment, and preserving exemplary family
traditions. The research examines the impact of social media platforms, such as
smartphones, YouTube, Telegram, Instagram, and Facebook, on interpersonal
relationships within families, as well as the adverse effects of internet addiction on
family values and ethical environments. Fundamental, applied, and innovative research
is being conducted across regions to analyze the consequences of social media use in
family settings. The study aims to reinforce family relationships, improve moral and
ethical climates, and promote traditional values. Particular attention is given to the
influence of internet addiction on the upbringing of the younger generation, with

proposals being developed to address this issue. The research outcomes are intended
to enhance the quality of family life.

Keywords: family, internet, moral-ethical environment, smartphone, Telegram,
Instagram, Facebook, YouTube, virtual addiction.

Аннотация: В современном обществе интернет-зависимость в семьях стала
одной из значимых социальных проблем. Данное исследование посвящено
укреплению семьи, улучшению морально-этической среды и сохранению
образцовых семейных традиций. В работе изучается влияние социальных сетей,
таких как смартфоны, YouTube, Telegram, Instagram и Facebook, на
внутрисемейные отношения, а также негативные последствия интернетзависимости для семейных ценностей и морально-этической среды. В регионах
проводятся фундаментальные, прикладные и инновационные исследования,
направленные на анализ последствий использования социальных сетей в семьях.
Исследование способствует укреплению семейных отношений, улучшению
морально-этической среды и продвижению традиционных ценностей. Особое
внимание уделяется влиянию интернет-зависимости на воспитание молодого
поколения, разрабатываются предложения по предотвращению этой проблемы.
Результаты исследования направлены на повышение качества семейной жизни.

Ключевые слова: семья, интернет, морально-этическая среда, смартфон,
Telegram, Instagram, Facebook, YouTube, виртуальная зависимость.

KIRISH
Zamonaviy dunyoda internet va raqamli texnologiyalar hayotning ajralmas
qismiga aylandi. Ular ta’lim, aloqa va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim
rol o‘ynasa-da, ularning oilaviy hayotga ta’siri, ayniqsa, internetga tobelik muammosi
jiddiy e’tibor talab qilmoqda. Oilalar ichidagi munosabatlar, ma’naviy-axloqiy muhit
va an’anaviy qadriyatlarning saqlanishi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va virtual
platformalarning haddan ziyod ko‘p ishlatilishi tufayli xavf ostida qolmoqda.
Telefonlar, YouTube, Telegram, Instagram va Facebook kabi platformalar oila
a’zolarining o‘zaro muloqotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha yuzma-yuz
munosabatlarni kamaytirib, hissiy aloqalarni zaiflashtirmoqda.
Internetga tobelikning dolzarbligi nafaqat oilaviy munosabatlarning sifatiga, balki
yosh avlodning tarbiyasi va psixologik salomatligiga ham bevosita ta’sir qilishi bilan
izohlanadi. O‘zbekiston kabi an’anaviy oilaviy qadriyatlar muhim o‘rin tutadigan
jamiyatlarda ushbu muammoning oqibatlari yanada chuqur sezilmoqda. Masalan, oila
a’zolarining ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadigan vaqti ko‘payishi natijasida ota-onalar
va farzandlar o‘rtasidagi muloqot vaqtining qisqarishi, oilaviy mas’uliyatlarning
e’tiborsiz qolishi kabi holatlar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiy omillar,

masalan, moddiy yetishmovchilik yoki mehnat migratsiyasi tufayli oila a’zolarining
bir-biridan uzoqlashishi internetga tobelik muammosini yanada kuchaytiradi, chunki
virtual olam ko‘pincha hissiy bo‘shliqni to‘ldirish vositasi sifatida qaralmoqda.

Ushbu muammoning dolzarbligi global miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, internetga tobelik psixologik va
ijtimoiy muammolar, jumladan, depressiya, tashvish va oilaviy nizolarni keltirib
chiqaruvchi omil sifatida qaralmoqda.

O‘zbekistonda oilani mustahkamlash va ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash
bo‘yicha olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar ushbu muammoning
oldini olish va oilaviy qadriyatlarning saqlanishini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu
maqolada oilalarda internetga tobelikning bugungi kundagi holatini tahlil qilish, uning
oilaviy munosabatlar va yosh avlod tarbiyasiga ta’sirini o‘rganish hamda bu
muammoning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsad qilib qo‘yilgan.

Tadqiqot natijalari nafaqat oilaviy hayot sifatini oshirishga, balki jamiyatda
an’anaviy qadriyatlarning targ‘ib qilinishiga ham xizmat qiladi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15-iyundagi «Ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi»
mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida jamiyatimiz hayotida, xalqimiz orasida
uchrab turadigan, ayniqsa oila va nikoh sohasida duch kelinayotgan o‘ta dolzarb,
og‘riqli va o‘tkir muammolar to‘g‘risida, xususan, turmush qurgan yoshlar orasida
hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik
holatlarining uchrab turganligi, yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar
ko‘payib borayotganligi, begunoh bolalar yetim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna
vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolayotganligi haqida gapirib, “... oilalarda
nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er xotin o‘rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz
orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga solmoqda”,
degan edilar. Darhaqiqat, jamiyat va davlat uchun oila, nikoh, onalik, otalik va bolalik
ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga egadir, zero ushbu tushunchalar jamiyat va davlat
shakllanishini ta’minlovchi muhim omillar hisoblanadi.

Shu sababli oila va nikoh masalalariga, uchrayotgan muammolarga ijtimoiysiyosiy, ilmiy va oddiy turmush nuqtai nazaridan yondashish, mazkur munosabatlarni
qonun doirasida tartibga solish, bu boradagi qonun hujjatlarini real voqelikdan kelib
chiqqan holda takomillashtirib borish, ularning mazmun-mohiyatini keng xalq
ommasiga tushuntirish, oilaning har bir a’zosi, nikohga kiruvchi shaxslarning haqhuquqlarini qat’iy himoya qilish talab etiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Internetga tobelik va uning oilaviy munosabatlarga ta’siri sohasidagi tadqiqotlar
so‘nggi yillarda sezilarli darajada kengaydi. Ushbu sohada olib borilgan ilmiy ishlar
oilalarda internetdan foydalanishning ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy oqibatlarini
tahlil qilishga qaratilgan. Quyida keltirilgan adabiyotlar ushbu muammoning turli
jabhalarini yoritadi va mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.
K. Yangning “Диагноз – интернет-зависимость” maqolasi internetga tobelikni
psixologik nuqtai nazardan o‘rganadigan dastlabki fundamental ishlardan biridir.
Muallif virtual qaramlikni “offlayn holatda internetga kirishga bo‘lgan kompulsiv
xohish va onlayn holatda undan chiqa olmaslik” deb ta’riflaydi. Yangning tadqiqotlari
shuni ko‘rsatadiki, internetga tobelikning 25% holatlari foydalanuvchilar orasida
dastlabki olti oy ichida, 58% holatlari esa birinchi yil ichida shakllanadi. Bu tadqiqot
internetga tobelikning psixologik mexanizmlarini, xususan, o‘z-o‘zini past darajada
hurmat qilish, depressiya va ijtimoiy yakkalanish kabi omillarni ochib beradi, bu esa
oilaviy munosabatlardagi muammolarni keltirib chiqaradi (Янг К., 2000: 24–29).
A. Suxodolov va A. Bichkovaning “PR-аддикция как новый вид
поведенческой зависимости” maqolasida ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy imijni
targ‘ib qilishga bo‘lgan tobelikning yangi turi sifatida “PR-adiksiya” tushunchasi
kiritilgan. Mualliflar ijtimoiy tarmoqlarning, xususan, Instagram va Facebook kabi
platformalar foydalanuvchilarning o‘zini namoyon qilish ehtiyojini kuchaytirishi va bu
jarayonning oilaviy muloqotga salbiy ta’sirini ta’kidlaydi. Ushbu ish oilalarda ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishning yangi shakllarini tahlil qilishga muhim hissa qo‘shadi
(Суходолов А., Бычкова А., 2015: 321–334).
A. Kojoxin tomonidan keltirilgan “ВЦИОМ” ma’lumotlari (2013) shuni
ko‘rsatadiki, Rossiyada 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 53% dan ortig‘i o‘zlarini
internetga qaram deb hisoblaydi. Bu tadqiqot internetga tobelikning yosh avlod orasida
keng tarqalganligini va uning oilaviy munosabatlarga, xususan, ota-onalar va
farzandlar o‘rtasidagi muloqotning kamayishiga olib kelishini tasdiqlaydi. Ushbu
statistik ma’lumotlar oilalarda internetdan foydalanishning ijtimoiy oqibatlari haqida
kengroq tasavvur beradi (Кожохин А., 2013).
Y. Yevgrafovaning “Влияние социально-экономических условий на
формирование супружеских конфликтов” maqolasida oilaviy nizolarning iqtisodiy
omillari, jumladan, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik va turar joy sharoitlarining
yomonligi tahlil qilinadi. Muallifning ta’kidlashicha, iqtisodiy muammolar oila
a’zolarining bir-biriga e’tiborining kamayishi va ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikning
kuchayishiga olib keladi, bu esa oilaviy munosabatlarda nizolarni keltirib chiqaradi.
Ushbu tadqiqot internetga tobelikning iqtisodiy omillar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi
(Евграфова Ю., 2007: 123–126).

O. Zayats va S. Morgunning “Изучение мнения студентов ДВФУ о социальноэкономических факторах конфликтности в российских семьях” maqolasida
talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida oilaviy nizolarga ta’sir qiluvchi
omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtisodiy qiyinchiliklar, mehnat migratsiyasi va oila
a’zolarining virtual olamga “qochishi” oilaviy munosabatlarni zaiflashtiruvchi asosiy
omillar sifatida ko‘rsatilgan. Bu ish internetga tobelikning oilaviy nizolar bilan
bog‘liqligini yanada chuqur tushunishga yordam beradi (Заяц О., Моргун С., 2016:
17–21). Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, internetga tobelik nafaqat
psixologik, balki ijtimoiy va iqtisodiy omillar bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib,
oilaviy munosabatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotlar oilalarda ma’naviyaxloqiy muhitni mustahkamlash va an’anaviy qadriyatlarning saqlanishi uchun
internetdan foydalanishni tartibga solish zarurligini ta’kidlaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot oilalarda internetga tobelikning bugungi kundagi holatini
o‘rganish va uning oilaviy munosabatlar, ma’naviy-axloqiy muhit va yosh avlod
tarbiyasiga ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sifat va miqdoriy usullarning
kombinatsiyasi qo‘llanildi, bu esa muammoning ko‘p qirrali tabiatini kengroq yoritish
imkonini beradi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi – oilalarda ijtimoiy tarmoqlar (Telegram,
Instagram, Facebook, YouTube) va smartfonlardan foydalanishning oilaviy
munosabatlarga ta’sirini aniqlash, shuningdek, internetga tobelikning iqtisodiy va
ijtimoiy omillari bilan bog‘liqligini baholashdir. Buning uchun Nizomiy nomidagi
TDPU talabalari tanlab olindi. Namunani shakllantirishda tasodifiy tanlov usuli
qo‘llanilib, turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdagi oilalar, shu jumladan shahar va qishloq
hududlarida yashovchilar kiritildi.
Ma’lumotlarni yig‘ishda quyidagi usullar qo‘llanildi:
1. Anketalashtirish: Oilaviy munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish
chastotasi va internetga tobelik darajasini aniqlash uchun 50 savoldan iborat maxsus
so‘rovnoma ishlab chiqildi. So‘rovnoma K. Yangning internet-adiksiya diagnostikasi
asosida moslashtirildi (Янг К., 2000: 24–29).
2. Yarim strukturlashtirilgan intervyu: 30 ta oila vakillari bilan chuqur suhbatlar
o‘tkazildi, bu esa internetdan foydalanishning oilaviy muloqotga ta’siri va iqtisodiy
omillarning roliga oid sifatli ma’lumotlarni yig‘ishga yordam berdi.
3. Kuzatuv: 20 ta oilada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va oila a’zolarining
o‘zaro munosabatlari tabiiy sharoitda kuzatildi.
Ma’lumotlarni tahlil qilishda SPSS dasturiy ta’minoti yordamida statistik tahlil
(korrelyatsion va regressiya tahlillari) amalga oshirildi. Bu internetga tobelik va oilaviy

nizolar, ma’naviy-axloqiy muhitning pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga
imkon berdi. Sifatli ma’lumotlar esa kontent-tahlil usuli orqali ishlov berildi, bu oila
a’zolarining ijtimoiy tarmoqlarga munosabati va ularning oilaviy hayotga ta’siriga oid
umumiy tendensiyalarni aniqlashda yordam berdi.

Tadqiqotda iqtisodiy omillar (moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, mehnat
migratsiyasi) va internetga tobelikning oilaviy munosabatlarga ta’siri alohida e’tibor
markazida bo‘ldi. Tadqiqot jarayonida maxfiylik va axloqiy me’yorlarga rioya qilindi,
ishtirokchilarning roziligi olindi va ularning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilindi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal’asi, er-xotinni mahkam
bog‘lovchi rishtasi nikohdir. Oila rivojiga nafaqat oilada yashovchi shaxslarning roli
balkim unga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy omillari mavjud. Bulardan biri internet
hisoblanadi. Bu virtual olam orqali insonlar boshqa bir shaxs bilan tanishib do‘stona
munosabat o‘rnatishi oqibatida o‘z oilasidan kechishi, sovuq munosabatlar shakllanishi
aksincha mukkasidan berilib ketishi oqibatida ajrimlarning ko‘payishini ko‘rishimiz
mumkin. Bu virtual olamda tanishining psixologiyasi shuki ko‘rinmagan shaxs bilan
muloqotga kirishishi har xil mavzularida suhbatlashishi yashirish holatdagi
muloqotning qiziqarli kechishi va bu munosabat qisqa yoki uzoq davom etishi mumkin.
Bu muammolar jamiyatimizning har uchdan bir oilalar bilan yuz bermoqda.
Ajrimlarining bosh negizi ham internet ya’ni telefon hisoblanib, “Telegram, Instagram
va Facebook” orqali tanishgan yoki oldindan tanish bo‘lgan virtual olamdagi shaxs
bilan munosabat o‘rnatishining yuzasidan kelib chiqmoqda. Bu esa oiladagi
munosabatlarining buzilishi er-xotin farzandlar o‘rtasida nizolarning ko‘payishi yuz
bermoqda. Bunga asosiy sabab shuki, shaxsda muloqotning yetishmasligi yoki oilada
shaxslararo kommunikativ muloqotning kamligi sabab bo‘lmoqda. Shu muammoning
bolalarda uchrashi yoki o‘smirlik o‘spirinlik davrlari bilan bog‘liqligini ko‘rishimiz
mumkin mukkasidan ketishning negizida farzandlarimizning qarovsiz qolishi, qiziqarli
virtual o‘yinlarga berilishi, bola yoshida asosiy o‘rin elektron o‘yin ekanligi bo‘lib
qolmoqda. Biz muammoni internet bilan bog‘lab uni yechimini topishga harakat
qilmoqchimiz. Muammoning negizi internetga tobeligini aniqlash va shaxsda sog‘lom
turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Oilada farzand tarbiyasi oila a’zolarining
o‘zaro munosabati va turmushning chiroyli va mazmunli kechishi har birimizning
qo‘limizda. Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda ma’naviyaxloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy an’analarni saqlab qolish
hamda targ‘ibot qilish masalalari bo‘yicha hududlarda qator fundamental, amaliy va
innovatsion tadqiqotlar olib borilayotir. Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila
mezonlari qanday bo‘lishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli viloyatlarida

800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilib, yakuniy natijalar bo‘yicha
zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot o‘tkazilgan oilalar vakillarining
fikrlariga ko‘ra, oiladagi sog‘lom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak
ma’naviy-axloqiy tarbiya; yetarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila
a’zolarining ta’lim yo‘nalishida oliy ma’lumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida
e’tibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi. Shu
o‘rinda har qancha achchiq bo‘lmasin, ochiq aytish kerak, tadqiqotlarimizning
ko‘rsatishicha, keyingi paytlarda xalqimizga xos bo‘lmagan ayrim illatlar — oilaviy
ajrashishlar, internet tobeligi, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosog‘lom
muhit, ma’naviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qo‘l urish holatlari kabi omillar
notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-ma’naviy muammolarni paydo
qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish
uyg‘otadi. Respublikamizning uchta viloyatida olib borgan tadqiqotlarimizdan ma’lum
bo‘ldiki, oilalar barbod bo‘lishiga quyidagi omillar asosiy sabab bo‘lmoqda:
Psixologik omil – oiladagi og‘ir psixologik muhit, o‘zaro tushunishning yo‘qligi,
oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh erxotinlarni begonalashtirib qo‘yish, bir-biriga befarqlik; Ijtimoiy omil – ichkilikbozlik,
farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi emasligi; internet tobeligi;
Ma’naviy-axloqiy omil – er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari
aloqalari; Iqtisodiy omil – turar joy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy
yetishmovchilik, ishsizlik, erning oilani ta’minlamasligi, mehnat migranti sifatida chet
elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilishi, qarzlarni to‘lay olmaslik.
E’tirof etish lozim, hozirgi kunga qadar 11 800 dan ortiq nizoli oilalarning ishi sudga
yetib bormasdan, FHDYO organi va sudga ajrashish uchun ariza bergan 3100 dan
ziyod oilalarni esa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yarashtirishga erishildi.
Umuman, buzilib ketish arafasida turgan 14 645 ta oila saqlab qolindi. Olib borilgan
tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning oldini olish, oilalarni
mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqdik.

Bizningcha, eng avvalo, mahalla fuqarolar yig‘inlari huzuridagi Yarashtirish
komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun malakali kadrlar
tayyorlashni yo‘lga qo‘yish zarur. Oila qurayotgan fuqarolarni tegishli qonunchilik
asosida er-xotinning huquq va majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish
tartiblari, shart-sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savod xonligini oshirish
lozim. Bu borada keng qamrovli targ‘ibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy
qo‘llanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Umumta’lim maktablaridan tortib, oliy o‘quv yurtlarining dasturlarigacha oila
saboqlarini o‘rgatuvchi dars mashg‘ulotlarini kiritish foydadan xoli bo‘lmaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot oilalarda internetga tobelikning bugungi kundagi holatini va
uning oilaviy munosabatlar, ma’naviy-axloqiy muhit hamda yosh avlod tarbiyasiga
ta’sirini o‘rganishga qaratildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlar
(Telegram, Instagram, Facebook, YouTube) va smartfonlardan haddan ziyod
foydalanish oila a’zolarining o‘zaro muloqotini sezilarli darajada kamaytiradi, hissiy
aloqalarni zaiflashtiradi va oilaviy nizolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, iqtisodiy
omillar, masalan, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik va mehnat migratsiyasi internetga
tobelikni yanada kuchaytiruvchi omillar ekani aniqlandi. Tadqiqotda oilaviy
munosabatlardagi muammolar, xususan, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi
muloqotning kamayishi, virtual olamga “qochish” tendensiyasi sifatida namoyon
bo‘ldi.
Internetga tobelikning yosh avlod tarbiyasiga ta’siri alohida e’tibor markazida
bo‘lib, u yoshlarning psixologik salomatligi, ijtimoiy ko‘nikmalari va ma’naviy
qadriyatlarining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Shu bilan birga,
oilalarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni tartibga solish orqali ushbu
muammoning oldini olish mumkinligi isbotlandi.
Takliflar:
1. Oila a’zolari uchun ta’lim dasturlari: Mahalliy jamoatlar va ta’lim
muassasalarida internetdan oqilona foydalanish bo‘yicha seminarlar tashkil qilish. Bu
dasturlarda ijtimoiy tarmoqlarning foydalari va xavf-xatarlari haqida ma’lumot
berilishi lozim.
2. Ota-onalarga maslahat xizmatlari: Ota-onalarga farzandlarning internetdan
foydalanishini nazorat qilish va oilaviy muloqotni mustahkamlash bo‘yicha psixologik
maslahat xizmatlari tashkil etilishi kerak.
3. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash: Oilalarda “ekransiz vaqt”
tushunchasini joriy qilish, masalan, kechki ovqat vaqtida telefonlardan foydalanmaslik
qoidasini o‘rnatish.
4. Davlat dasturlari: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni
mustahkamlashga qaratilgan milliy dasturlar ishlab chiqish va ularni hududlarda joriy
etish.
5. Tadqiqotlarni davom ettirish: Internetga tobelikning uzoq muddatli oqibatlari
va uning iqtisodiy omillarga bog‘liqligini chuqurroq o‘rganish uchun qo‘shimcha ilmiy
tadqiqotlar o‘tkazish.
Ushbu takliflar oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy
muhitni yaxshilash va an’anaviy qadriyatlarning saqlanib qolishiga xizmat qiladi.

Tadqiqot natijalari oilaviy hayot sifatini oshirish va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni

rag‘batlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. А. Суходолов, А. Бычкова. (2015). «PR-аддикция» как новый вид
поведенческой зависимости // Вопросы теории и практики журналистики. № 4. –
C. 321–334. https://doi.org/10.17150/2308-6203.2015.4(4).321-334
2. D. Kuss, M. Griffiths. (2017). Social networking sites and addiction: Ten
lessons learned // International Journal of Environmental Research and Public Health.
№ 14. https://doi.org/10.3390/ijerph14030311
3. Евграфова Ю. (2007). Влияние социально-экономических условий на
формирование супружеских конфликтов // Омский научный вестник. № 6. – C.
123–126.
4. Griffiths M. (2018). Internet addiction: Does it really exist? // Psychology and
the Internet: Intrapersonal, interpersonal, and transpersonal implications. – P. 61–75.
https://doi.org/10.1016/B978-0-12-814204-2.00004-1
5. Кожохин А. (2013, September 30). ВЦИОМ: больше половины молодых
россиян зависимы от интернета. РИА Новости.
https://ria.ru/technology/20130930/966761700.html
6. Л. Андреева, Е. Иванова. (2019). Социально-психологические аспекты
интернет-зависимости в семьях // Психология и педагогика в современном мире.
№ 5. – C. 12–18.
7. О. Заяц, С. Моргун. (2016). Изучение мнения студентов ДВФУ о
социально-экономических факторах конфликтности в российских семьях //
Общество: социология, психология, педагогика. № 8. – C. 17–21.
8. Xolmatova N. (2023). Internetga tobelikning yoshlar tarbiyasiga ta’siri:
O‘zbekiston misolida. // Jamiyat va innovatsiyalar. № 4. – B. 78–85.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp78-85
9. Янг К. (2000). Диагноз – интернет-зависимость // Мир Интернет. № 2. –
C. 24–29.
10. Qodirova M. (2021). Oila munosabatlarida ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri. //
O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar va ta’lim. № 12. – B. 45–52.

REFERENCES:

1. A. Suxodolov, A. Bichkova. (2015). «PR-addiksiya» kak noviy vid
povedencheskoy zavisimosti // Voprosi teorii i praktiki jurnalistiki. № 4. – C. 321–334.
https://doi.org/10.17150/2308-6203.2015.4(4).321-334 (In Russian)

2. D. Kuss, M. Griffiths. (2017). Social networking sites and addiction: Ten
lessons learned // International Journal of Environmental Research and Public Health.
№ 14. https://doi.org/10.3390/ijerph14030311

3. Evgrafova Yu. (2007). Vliyanie sosialno-ekonomicheskix usloviy na
formirovanie suprujeskix konfliktov // Omskiy nauchniy vestnik. № 6. – C. 123–126.
(In Russian)

4. Griffiths M. (2018). Internet addiction: Does it really exist? // Psychology and
the Internet: Intrapersonal, interpersonal, and transpersonal implications. – P. 61–75.
https://doi.org/10.1016/B978-0-12-814204-2.00004-1

5. Kojoxin A. (2013, September 30). VSIOM: bolshe polovini molodix rossiyan
zavisimi ot interneta. RIA Novosti. (In Russian)
https://ria.ru/technology/20130930/966761700.html

6. L. Andreeva, E. Ivanova. (2019). Sosialno-psixologicheskie aspekti internetzavisimosti v semyax // Psixologiya i pedagogika v sovremennom mire. № 5. – C. 12–
18. (In Russian)

7. O. Zayats, S. Morgun. (2016). Izuchenie mneniya studentov DVFU o
sosialno-ekonomicheskix faktorax konfliktnosti v rossiyskix semyax // Obshestvo:
sosiologiya, psixologiya, pedagogika. № 8. – C. 17–21. (In Russian)

8. Xolmatova N. (2023). Internetga tobelikning yoshlar tarbiyasiga ta’siri:
O‘zbekiston misolida. // Jamiyat va innovatsiyalar. № 4. – B. 78–85. (In Uzbek)
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp78-85

9. Yang K. (2000). Diagnoz – internet-zavisimost // Mir Internet. № 2. – C. 24–
29. (In Russian)

10. Qodirova M. (2021). Oila munosabatlarida ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri. //
O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar va ta’lim. № 12. – B. 45–52. (In Uzbek)