ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari

Salomov Shamsiddin Saboxiddin o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘SPIRINLARNING IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MULOQOT
MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

JIHATLARI

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF DEVELOPING THE
COMMUNICATION CULTURE OF ADOLESCENTS IN SOCIAL

NETWORKS

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ
КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ ПОДРОСТКОВ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

Salomov Shamsiddin Saboxiddin o‘g‘li
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,
Amaliy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi

Tel.: +998 91 976-53-29
E-mail: shamsiddinsalomov1@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot
madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari o‘rganiladi. Muloqot
madaniyati, axborot almashish va shaxslararo munosabatlardagi axloqiy qoidalar tahlil
qilinadi. Yoshlar o‘rtasida muloqot etikasiga rioya qilishni rivojlantirish uchun
psixologik yondashuvlar taklif etiladi va o‘spirinlarning raqamli muloqot madaniyatini
yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqolada onlayn muloqot etikasini
o‘rgatishning ahamiyati ta’kidlanadi, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy muloqotning
mumkin bo‘lgan oqibatlari ko‘rsatiladi va ruhiy salomatlikka ta’siri o‘rganiladi.
Shuningdek, ijobiy munosabatlarning foydali tomonlari ta’kidlanadi va ijtimoiy aloqa
sifatini oshirish uchun amaliy tavsiyalar keltiriladi. O‘spirinlarga ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha maxsus ta’lim dasturlari ishlab chiqilishi lozimligi,
raqamli muhitda xavfsiz muloqotni ta’minlash uchun ota-onalarning ishtiroki muhim
ahamiyatga ega ekanligi urg‘ulanadi.

Kalit so‘zlar: O‘spirinlar, ijtimoiy tarmoqlar, muloqot madaniyati, ijtimoiypsixologik ta’sir, onlayn zo‘ravonlik, axloqiy qoidalar.

Abstract: This article explores the social-psychological aspects of developing
adolescents’ communication culture in social networks. It analyzes the principles of
communication culture, information exchange, and ethical norms in interpersonal
interactions. Psychological approaches are proposed to promote adherence to
communication ethics among youth, and recommendations are provided to enhance
adolescents’ digital communication culture. The article emphasizes the importance of
teaching online communication ethics, highlights the potential consequences of
negative interactions in social networks, and examines their impact on mental health.

Additionally, the benefits of positive interactions are underscored, and practical
recommendations are offered to improve the quality of social connections. The need
for specialized educational programs on social media use for adolescents and the
critical role of parental involvement in ensuring safe communication in digital
environments are emphasized.

Key words: Adolescents, social networks, communication culture, sociopsychological impact, online violence, ethical norms.

Аннотация: Статья посвящена изучению социально-психологических
аспектов развития культуры общения подростков в социальных сетях.
Анализируются принципы культуры общения, обмена информацией и этические
нормы в межличностных взаимодействиях. Предлагаются психологические
подходы для формирования у молодежи этики общения, а также рекомендации
по улучшению цифровой культуры общения подростков. В статье
подчеркивается важность обучения этике онлайн-общения, рассматриваются
возможные последствия негативных взаимодействий в социальных сетях и их
влияние на психическое здоровье. Также акцентируется внимание на
преимуществах позитивных взаимодействий и предлагаются практические
рекомендации для повышения качества социальных связей. Подчеркивается
необходимость разработки специальных образовательных программ по
использованию подростками социальных сетей и важная роль участия родителей
в обеспечении безопасного общения в цифровой среде.

Ключевые слова: Подростки, социальные сети, культура общения,
социально-психологическое влияние, онлайн-насилие, этические нормы.

KIRISH
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar o‘spirinlar hayotining ajralmas qismiga
aylanib bormoqda. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, turli xil onlayn guruhlar
hamda jamoalar yaratishi yoki ularga qo‘shilishi, turli xil muhokamalar hamda bahsmunozaralarda ishtirok etishi hamda turli guruhlar yoki boshqa ijtimoiy tarmoq
foydalanuvchilari bilan raqamli muloqotni amalga oshirishlari ularda muloqot
madaniyatini shakllantirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Chunki ochiq
ommaviy axborot vositalari odatda erkin va senzuradan holi bo‘lib, yosh avlod,
xususan, o‘z mobil qurilmalariga ega bo‘lgan o‘spirinlar uchun erkin muloqot qilish
imkoniyatini beradi. Bu esa ayrim yoshlarning muloqot etikasi hamda madaniyatiga
rioya qilmasdan turli xil qo‘pol so‘zlar, jargonlardan foydalanishlari, haqoratli
so‘zlarni ishlatishi yoki onlayn haqorat hamda zo‘ravonlikning qurboniga aylanishlari,
ba’zan esa bunga guvoh bo‘lishlariga sabab bo‘lishi mumkin. O‘spirin yoshlarga
muloqot madaniyati, ayniqsa, onlayn muloqot qilishning etikasini o‘rgatish, ushbu

muhim ijtimoiy qoidalarga amal qilmaslikning yomon oqibatlarini ilmiy tadqiq etish
va yoritib berish, ushbu muammoni hal etishga nisbatan psixologik yondashuvlarni
taklif etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Muloqot madaniyati shaxslararo munosabatlarda axborot almashish, tushunish
va ta’sir o‘tkazish jarayonlarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar
tizimidir. Ushbu madaniyat shaxsning o‘z xulq-atvorini namoyon etish uslubi,
boshqalar bilan muomala qilish, fikr va his-tuyg‘ularini ifodalash tarzini aks ettiradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mavzuga oid adabiyotlar ichidan E. Makarova, A. Tsyvunina, D. Turayeva hamda
A. Jichkina tomonidan yozilgan manbalar tahlil uchun mavzuga mos adabiyotlar
sifatida tanlab olindi. E. Makarova o‘z ishida yozma muloqotning kommunikativ
tuzilishini tushunish masalalarini o‘rganadi, ayniqsa, rus tilida so‘zlashuvchi ingliz tili
o‘quvchilari misolida. Uning tadqiqoti onlayn muloqotda kommunikativ tuzilmalarni
tushunishning muhimligini ta’kidlaydi, bu esa o‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlardagi
muloqot madaniyatini shakllantirishda asosiy omil sifatida qaraladi. Bu ish axloqiy
muloqot qoidalarini o‘rgatishda lingvistik va psixologik yondashuvlarning
integratsiyasini ko‘rsatadi (Makarova E., 2018). A. Tsyvunina o‘spirinlarning raqamli
davrdagi muloqot madaniyatini o‘rganadi va ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotning
psixologik jihatlariga e’tibor qaratadi. Uning tadqiqoti ijtimoiy tarmoqlarda salbiy
muloqotning ruhiy salomatlikka ta’sirini va ijobiy munosabatlarning foydasini
ta’kidlaydi. Tadqiqotda o‘spirinlarga onlayn muloqot etikasini o‘rgatish bo‘yicha
tavsiyalar berilgan bo‘lib, bu o‘spirinlarning xavfsiz raqamli muhitda muloqot
qilishiga yordam beradi (Tsyvunina A., 2019).
D.Turayeva o‘z maqolasida muloqot san’atini inson faoliyatining asosiy vositasi
sifatida ko‘rib chiqadi. U muloqotning ijtimoiy va psixologik jihatlarini, ayniqsa,
raqamli muhitdagi axloqiy normalarni tahlil qiladi. Maqola o‘spirinlarning ijtimoiy
tarmoqlardagi muloqot madaniyatini rivojlantirishda ta’lim dasturlarining muhimligini
ta’kidlaydi va amaliy tavsiyalar beradi (Turayeva D., 2024). A. Jichkina internetdagi
muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganadi va onlayn muhitda muloqot
etikasining shakllanishiga e’tibor qaratadi. Uning ishi ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy
muloqotning psixologik oqibatlari, shu jumladan onlayn zo‘ravonlik va ruhiy
salomatlikka ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqot ota-onalarning raqamli muhitda xavfsiz
muloqotni ta’minlashdagi rolini ta’kidlaydi.
Ushbu adabiyotlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘spirinlarning muloqot madaniyatini
rivojlantirishda psixologik yondashuvlar, axloqiy qoidalar va ta’lim dasturlarining
muhimligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar onlayn muloqot etikasini o‘rganish bo‘yicha bir

qator tavsiyalarni bersa-da, bu borada hali izlanish lozim bo‘lgan jihatlar mavjud
ekanligini ham e’tiborga olish lozim.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot o‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot madaniyatini
rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot
jarayonida sifatli va miqdoriy usullar qo‘llanildi. 14-18 yoshdagi o‘spirinlar orasidagi
muloqot madaniyati shu kungacha amalga oshirilgan sotsial tahlillar hamda ijtimoiy
tarmoqlardagi muloqot namunalarini kontent-tahlil qilish orqali o‘rganildi.
So‘rovnoma natijalari mavjud statistik usullar yordamida tahlil qilindi, intervyu va
kontent-tahlil natijalari esa tematik tahlil yo‘li bilan ko‘rib chiqildi. Tadqiqot davomida
axloqiy qoidalarga oid manbalar ko‘rib chiqildi hamda onlayn zo‘ravonlikning ruhiy
salomatlikka ta’siriga oid ma’lumotlar o‘rganildi. Natijalar asosida o‘spirinlar uchun
ta’lim dasturlari va ota-onalarga tavsiyalar ishlab chiqildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Muloqot insonning shaxsiyati va ruhiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Muloqotning shakli, mazmuni va uslubi, shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchini, ijtimoiy
ko‘nikmalari va boshqalar bilan aloqalarini shakllantiradi. Shu sababli, psixolog olim
A.A. Bodalevning ta’biricha, “Insonni muloqot orqali tarbiyalashda, uning psixologik
ta’sirini oldindan rejalashtirish zarur” (Turayeva D., 2024).
O‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etishi, ularning o‘zaro
aloqalarini yangi shakllarda amalga oshirishi, real hayotdagi muloqotdan tubdan farq
qiladi. Shuning uchun, ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotning ta’siri oldindan o‘ylab
ko‘rilishi zarur.
Birinchidan, o‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini ifodalash uslubi,
boshqalarga ta’sir qilishni qanday amalga oshirishi, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi
va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishi mumkin. Agar ijtimoiy tarmoqlarda salbiy
yoki haqoratli xatti-harakatlar ko‘payib ketsa, bu o‘spirinning ruhiy holatiga, o‘ziga
bo‘lgan ishonchiga va boshqalar bilan muloqotdagi munosabatlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda o‘spirinlarning turli guruhlar va shaxslar bilan
o‘zaro aloqada bo‘lishlari kuzatiladi. Ushbu muloqot ularning psixologik taraqqiyotiga
ta’sir ko‘rsatadi. Agar ijtimoiy tarmoqlarda salbiy va manipulyativ xatti-harakatlar
ko‘payib ketsa, o‘spirinlarning xulq-atvori va psixologik holatida buzilishlar bo‘lishi
mumkin. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi turli obrazlar hamda shaxslarning xattiharakatlari hamda xulq-atvoriga taqlid qilishlari mumkin. Shuning uchun, ijtimoiy
tarmoqda to‘g‘ri va ijobiy axborot almashish va muloqotning sog‘lom uslubini
shakllantirish o‘spirinlarni salbiy ta’sirlardan himoya qiladi.

Uchinchidan, ijtimoiy tarmoqda o‘zaro hurmat, tinglash va tushunish
shaxslararo munosabatlarni mustahkamlaydi. Bu o‘spirinlar uchun muhim, chunki ular
onlayn muloqotda o‘zini qanday ifodalashni o‘rganishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda salbiy
muloqot, haqorat yoki tahqirlash o‘spirinlarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Shu sababli, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy, hurmatga asoslangan muloqot
madaniyatini rivojlantirish o‘spirinlarning psixologik farovonligini yaxshilaydi.

O‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotini boshqarishda, muloqotning
psixologik ta’sirini oldindan o‘ylab ko‘rish va ijobiy muloqot shakllarini rivojlantirish
zarur. Bu nafaqat ularning ruhiy holatini yaxshilashga, balki ularning jamiyatda
sog‘lom va moslashuvchan shaxslar bo‘lib shakllanishiga yordam beradi.

Yoshlar muloqot madaniyati atamasi insonlar o‘rtasida samarali va madaniyatli
muloqotni shakllantirish hamda mustahkamlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik
holatni anglatadi. Bu tushuncha, avvalo, yosh avlodning o‘zaro muloqot qilish
qobiliyati, muloqot davomida o‘z fikrini erkin va aniq ifoda eta olishi, boshqalarni
tinglashi, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarda odob-axloq me’yorlariga amal qilishi
bilan chambarchas bog‘liqdir. Samarali muloqot, o‘z navbatida, shaxslararo
munosabatlarning ijobiy rivojlanishiga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etishga, shuningdek, bilim va g‘oyalar almashinuvi orqali fikr doirasini
kengaytirishga imkon beradi. Shu sababli ham muloqot inson hayotining ajralmas va
muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etiladi.

Psixologik manbalarda ta’kidlanishicha, muloqot madaniyati inson shaxsining
psixologik xususiyatlari - xarakteri, fe’l-atvori, shaxsiy tarbiyasi, tajribasi, emotsional
holati va ijtimoiy tajribasi bilan uzviy bog‘liq. Masalan, E. Makarova o‘z tadqiqotlarida
muloqot madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida atrof-muhit, pedagogik ta’sir va
oila muhitining hal qiluvchi rol o‘ynashini qayd etadi. Ayniqsa o‘spirinlik davrida bu
jarayon sezilarli darajada jadallashadi, chunki bu bosqichda yoshlar o‘z shaxsini izlash,
mustaqil fikr yuritish va jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglashga intilishadi (Makarova E.,
2018). Shuningdek, tadqiqotchi A. Jichkina yoshlarning muloqot madaniyatini ikki
asosiy turkumga ajratadi: normativ va normativ bo‘lmagan xatti-harakatlar. Normativ
xatti-harakatlar bu — ijtimoiy qabul qilingan, madaniyat me’yorlariga mos bo‘lgan
muloqot shakllari bo‘lib, ular ko‘pincha oila, maktab, do‘stlar va ommaviy axborot
vositalari ta’sirida shakllanadi. Bunga xushmuomalalik, hurmat, sabr-toqat, empatiya
va boshqalarni tinglash madaniyati kiradi. Aksincha, normativ bo‘lmagan xattiharakatlar esa — bu jamiyat tomonidan rad etilgan, odob-axloq me’yorlariga zid
bo‘lgan muloqot uslublaridir. Bunday xatti-harakatlar ko‘pincha e’tiborsizlik,
tajovuzkorlik, haqoratli so‘zlashuv yoki manipulyativ uslublar orqali namoyon bo‘ladi
(Zhichkina A., 2018).

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaxsda qaysi turdagi muloqot uslubi ustun
bo‘lishi, ko‘p jihatdan uning oilaviy tarbiyasi, pedagogik muhit, psixologik qo‘llabquvvatlash va atrof-muhit bilan bog‘liqdir. Past darajadagi muloqot madaniyati
odamlar o‘rtasida sovuqlik, tushunmovchilik va nizolarga olib kelishi mumkin, yuqori
darajadagi muloqot madaniyati esa insonlarda boshqalarni tushunish, hurmat qilish,
sog‘lom va samarali fikr almashish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Bugungi kunda yoshlar, ayniqsa o‘spirinlar orasida muloqotning asosiy
maydonlaridan biri sifatida ijtimoiy tarmoqlar yetakchi o‘rin egallamoqda. Bu esa
yoshlarning muloqot madaniyati shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
Avvalgi bosqichlarda oila, maktab va real ijtimoiy muhit asosiy kommunikativ tajriba
manbai bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi raqamli davrda ushbu rolning katta qismini
virtual makon — xususan, ijtimoiy tarmoqlar egallamoqda. Ushbu o‘zgarish esa
muloqotning sifati, mazmuni va shaklida jiddiy farqlarni keltirib chiqarmoqda.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy tarmoqlarda olib borilayotgan
muloqot ko‘p hollarda normativ bo‘lmagan xatti-harakatlar bilan boyitilgan bo‘lib, bu
holat o‘spirinlarning muloqot madaniyatini shakllantirishda salbiy omil sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Anonimlik, real javobgarlik yo‘qligi, tezkor va nazoratsiz fikr
bildirish imkoniyati kabi xususiyatlar ijtimoiy tarmoqlarda agressiv, tajovuzkor,
kinoyali va manipulyativ muloqot uslublarining keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.
Bunday muloqot shakllari esa yoshlarning empatiya, sabr-toqat, hurmat, tinglash kabi
muhim ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalarining rivojlanishini cheklaydi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, o‘spirinlar orasida muloqot madaniyati
muammolarini o‘rganishda virtual makonda yuz berayotgan kommunikativ
jarayonlarni chuqur psixologik tahlil qilish zaruriyati tug‘iladi. Ayniqsa, yoshlarning
psixologik rivojlanish davriga xos psixologik o‘zgarishlar — o‘zini namoyon qilishga
intilish, tengdoshlar bilan fikr almashish ehtiyoji, mustaqillikka bo‘lgan talab ularni
ijtimoiy tarmoqlarda faolroq bo‘lishga undaydi. Shu bilan birga, bu holat ularning
kommunikativ xatti-harakatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va real hayotdagi muloqot
uslublarini ham o‘zgartiradi. Shunday qilib, zamonaviy ijtimoiy muhitda, ayniqsa
raqamli makonda muloqot olib borayotgan o‘smirlarning muloqot madaniyatiga ijobiy
va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash, ularning normativ yoki normativ
bo‘lmagan kommunikativ faoliyatini baholash, ushbu faoliyatning shaxs taraqqiyotiga
ta’sirini o‘rganish bugungi psixologik tadqiqotlar uchun dolzarb yo‘nalishlardan biri
hisoblanadi.

Raqamlashtirish va axborotlashtirish davrida o‘spirinlarning muloqot
madaniyatini o‘rganishning dolzarbligi quyidagi omillar bilan izohlanadi:

– zamonaviy jamiyatda shaxslararo muloqotni cheklovchi va o‘spirinlarning
virtual makondagi tarmoq muloqotiga chuqur sho‘ng‘ishini ta’minlovchi yangi turdagi
muloqot madaniyatining keng tarqalishi;

– raqamli avlodning muloqot madaniyati bilan an’anaviy muloqot madaniyati,
jumladan, fikrlash madaniyati, hissiyotlar madaniyati va nutq madaniyati o‘rtasidagi
chuqur tafovutlar;

– jamiyat va ta’lim tizimining axborotlashtirilishi va raqamlashtirilishi sharoitida
o‘spirinlar muloqot madaniyatini shakllantirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj,
shuningdek, raqamli avlod o‘spirinlarining muloqot madaniyatini rivojlantirish
nazariyasining yetarlicha ishlab chiqilmaganligi va bu jarayon uchun samarali
pedagogik vositalarning yetishmasligi (Tsyvunina A., 2019).

Zamonaviy raqamli makon, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar o‘spirinlarning shaxsiy
rivojlanishi va muloqot madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy
tarmoqlarda yuz berayotgan muloqot shakllari ko‘pincha yuzma-yuz muloqotdagi
psixologik ifoda, empatiya, javobgarlik kabi ijtimoiy kompetensiyalarni chetlab o‘tadi.
Bunday muloqotda bevosita hissiy aloqaning yo‘qligi, ijtimoiy rollarning susayishi va
virtual identifikatsiyaning kuchayishi natijasida o‘spirinlarda muloqot madaniyatining
buzilishi, shaxslararo munosabatlarda muammolar yuzaga chiqmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘spirinlarning raqamli muloqot madaniyati ularning ijtimoiylashuv jarayonida
asosiy rol o‘ynaydi. Mazkur tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘spirinlar o‘zaro muloqotda
ko‘pincha salbiy emotsiyalarni nazorat qilolmaslik, begona fikrga nisbatan
bag‘rikenglikning pastligi, ijtimoiy masofaning saqlanmasligi kabi muammolarga
duch kelmoqda. Bu esa muloqot madaniyatini ijtimoiy-psixologik yondashuv asosida
shakllantirishni dolzarb masalaga aylantiradi.
Yuqoridagi nazariy yondashuvlar, ilmiy xulosalar hamda psixolog olimlarning
tajribalari hamda fikrlariga asoslanib o‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanishda muloqot madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi tavsiyalarni taklif
qilamiz:
1) Empatiya va o‘zaro tushunishni rivojlantirish: Psixologiya nazariyasida
empatiya va o‘zaro tushunish ijtimoiy muloqotning asosi sifatida qaraladi. Shuning
uchun o‘spirinlar uchun empatiya va faol tinglash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan treninglar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish zarur. Bu,
o‘spirinlarning ijtimoiy tarmoqlarda boshqalar bilan muloqotda bo‘lishida samarali va
hurmatga asoslangan aloqalar o‘rnatishlariga yordam beradi.
2) Raqamli savodxonlikni oshirish: Raqamli muloqotning ijtimoiy-psixologik
oqibatlarini yoritgan psixologik manbalarga asoslanib, o‘spirinlarga raqamli

platformalarda to‘g‘ri va mas’uliyatli muloqot qilish ko‘nikmalarini oshirishga
qaratilgan maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish lozim. Ushbu dasturlar ijtimoiy
tarmoqdagi axborotning haqiqatga mosligi, kiberbullying va onlayn xattiharakatlarning psixologik ta’siri haqida o‘qitishni o‘z ichiga olishi kerak.

3) Ijtimoiy tarmoqlarda konstruktiv va axloqiy xatti-harakatlarni qo‘llabquvvatlash: Psixologik nazariyalarda ijtimoiy tarmoqlarda axloqiy xatti-harakatlar,
mas’uliyat va o‘zaro hurmat kabi psixologik me’yorlar muhim hisoblanadi. Shuning
uchun ijtimoiy tarmoq platformalarida foydalanuvchilar uchun axloqiy qoidalar va
yo‘riqnomalar ishlab chiqish va bu qoidalarni doimiy ravishda targ‘ib qilish zarur. Bu
foydalanuvchilarning onlayn muloqotda ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishiga
va zararli xatti-harakatlarning oldini olishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Boyd D. (2014). It’s complicated: The social lives of networked teens. – New
Haven: Yale University Press.
2. K. Subrahmanyam, D. Šmahel. (2011). Digital youth: The role of media in
development. – New York: Springer.
3. Makarova E. (2018). Comprehension of written utterances’ communicative
structure by Russian learners of English // The European Proceedings of Social and
Behavioural Sciences, № 45. – P. 156–163.
https://doi.org/10.15405/epsbs.2018.04.02.22
4. P. Valkenburg, J. Peter. (2011). Online communication among adolescents: An
integrated model of its attraction, opportunities, and risks // Journal of Adolescent
Health, № 48. – P. 121–127. https://doi.org/10.1016/j.jadohealth.2010.08.020
5. S. Livingstone, J. Sefton-Green. (2016). The class: Living and learning in the
digital age. – New York: NYU Press.
6. S. Hinduja, Patchin J. (2020). Bullying beyond the schoolyard: Preventing and
responding to cyberbullying (2nd ed.). – Thousand Oaks: Corwin Press.
7. Tsyvunina A. (2019). The communicative culture of adolescents in the era of
informatization and digitalization // European Proceedings of Social and Behavioral
Sciences, № 82. – P. 698–705. https://doi.org/10.15405/epsbs.2020.08.02.91
8. Turayeva D. (2024). Muloqot san’ati inson faoliyatining eng muhim vositasi
sifatida // Yangi O‘zbekiston, Yangi Tadqiqotlar Jurnali.
https://phoenixpublication.net
9. Vygotsky L. (1978). Mind in society: The development of higher
psychological processes. – Harvard: Harvard University Press.
10. Zhichkina, A. (2018). Social and psychological aspects of communication on
the internet. Flogiston. http://flogiston.ru/articles/netpsy/refinf

REFERENCES:
1. Boyd D. (2014). It’s complicated: The social lives of networked teens. – New
Haven: Yale University Press.
2. K. Subrahmanyam, D. Šmahel. (2011). Digital youth: The role of media in
development. – New York: Springer.
3. Makarova E. (2018). Comprehension of written utterances’ communicative
structure by Russian learners of English // The European Proceedings of Social and
Behavioural Sciences, № 45. – P. 156–163.
https://doi.org/10.15405/epsbs.2018.04.02.22
4. P. Valkenburg, J. Peter. (2011). Online communication among adolescents: An
integrated model of its attraction, opportunities, and risks // Journal of Adolescent
Health, № 48. – P. 121–127. https://doi.org/10.1016/j.jadohealth.2010.08.020
5. S. Livingstone, J. Sefton-Green. (2016). The class: Living and learning in the
digital age. – New York: NYU Press.
6. S. Hinduja, Patchin J. (2020). Bullying beyond the schoolyard: Preventing and
responding to cyberbullying (2nd ed.). – Thousand Oaks: Corwin Press.
7. Tsyvunina A. (2019). The communicative culture of adolescents in the era of
informatization and digitalization // European Proceedings of Social and Behavioral
Sciences, № 82. – P. 698–705. https://doi.org/10.15405/epsbs.2020.08.02.91
8. Turayeva D. (2024). Muloqot san’ati inson faoliyatining eng muhim vositasi
sifatida // Yangi O‘zbekiston, Yangi Tadqiqotlar Jurnali. (In Uzbek)
https://phoenixpublication.net
9. Vygotsky L. (1978). Mind in society: The development of higher
psychological processes. – Harvard: Harvard University Press.
10. Zhichkina, A. (2018). Social and psychological aspects of communication on
the internet. Flogiston. http://flogiston.ru/articles/netpsy/refinf