AXBOROT-KOMMUNIKATSION KOMPETENTLIKNI
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR DEVELOPING INFORMATION-
COMMUNICATION COMPETENCE
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАЦИОННО-
КОММУНИКАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ
Aliyev Dilshod Maxmatrabiyevich
Oriental universiteti katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 90 997-33-61
E-mail: aliyevali1211@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim muassasalari rahbarlarining
masofaviy ta’lim muhitida axborot-kommunikatsion kompetentligini
shakllantirishning dolzarbligi va ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqotda ushbu
sohada olib borilgan ilmiy ishlar tahlil qilinib, ularning ta’lim boshqaruvidagi o‘rni
baholanadi. B. Blum taksonomiyasiga asoslanib, rahbarlarning zamonaviy axborotkommunikatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari va boshqaruv
faoliyatidagi kompetensiyalari chuqur tahlil qilinadi. “Butun umr davomida o‘qish”
tamoyili asosida masofaviy ta’lim muhitida rahbarlarning axborot-kommunikatsion
kompetentligini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar,
jumladan, ta’lim dasturlari, o‘quv resurslari va raqamli platformalarning integratsiyasi
asoslab beriladi. Maqolada axborotlashgan jamiyat talablariga mos ravishda ta’lim
muassasalarini boshqarishda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning strategik
ahamiyati ta’kidlanadi va ushbu jarayonni optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
beriladi. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va rahbarlarning
professional salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: umumiy o‘rta ta’lim, masofaviy ta’lim, kompetensiya, axborotkommunikatsion kompetentlik, axborotlashgan ta’lim muhiti, axborotlashgan jamiyat,
pedagogik shart-sharoitlar.
Abstract: This article scientifically examines the relevance and significance of
developing the information-communication competence of general education
institution leaders in a distance learning environment. The study analyzes existing
research in this field, evaluating their role in educational management. Based on
Bloom’s taxonomy, a thorough analysis is conducted of the leaders’ skills in utilizing
modern information-communication technologies and their competencies in
managerial activities. The pedagogical conditions necessary for enhancing
information-communication competence in a distance learning context are
substantiated, including the integration of educational programs, learning resources,
and digital platforms, grounded in the principle of “lifelong learning.” The article
emphasizes the strategic importance of developing digital competencies for managing
educational institutions in line with the demands of an information-driven society and
provides practical recommendations for optimizing this process. The research findings
contribute to the modernization of the education system and the enhancement of
leaders’ professional capacities.
Keywords: general secondary education, distance learning, competence,
information and communication competence, information-based educational
environment, information society, pedagogical conditions.
Аннотация: В статье научно обосновывается актуальность и значимость
формирования информационно-коммуникационной компетентности
руководителей общеобразовательных учреждений в условиях дистанционного
обучения. Проведен анализ научных исследований в данной области с оценкой
их роли в управлении образованием. На основе таксономии Б. Блума детально
анализируются навыки руководителей по использованию современных
информационно-коммуникационных технологий и их компетенции в
управленческой деятельности. Обосновываются педагогические условия,
необходимые для развития информационно-коммуникационной компетентности
в среде дистанционного обучения, включая интеграцию образовательных
программ, учебных ресурсов и цифровых платформ, основанных на принципе
«обучение в течение всей жизни». В статье подчеркивается стратегическая
важность развития цифровых компетенций для управления образовательными
учреждениями в соответствии с требованиями информационного общества и
предлагаются практические рекомендации по оптимизации этого процесса.
Результаты исследования способствуют модернизации системы образования и
повышению профессионального потенциала руководителей.
Ключевые слова: общее среднее образование, дистанционное обучение,
компетенция, информационно-коммуникационная компетентность,
информационно-образовательная среда, информационное общество,
педагогические условия.
KIRISH
Bugungi kunda jahonda ta’lim jarayonini raqamlashtirish insonning eng muhim
“moslashuvchan” ko‘nikmalaridan (Soft skills) biri hisoblangan kreativ salohiyatli va
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalana oladigan
rahbar kadrlarni tayyorlash ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan
Angliya, Amerika, Janubiy Koreya, Rossiya kabi bir qator rivojlangan mamlakatlarda
mutaxassislarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi kompetentli yondashuv va
“bilimlar iqtisodiyoti” (economy of knowledge) asosida takomillashtirilmoqda.
Dunyo miqyosida umumta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv
kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalar va innovatsiyalar asosida takomillashtirish muhim pedagogik muammo
hisoblanadi. YUNESKO tomonidan uzluksiz ta’lim tizimini elektron va masofaviy
texnologiyalar, kreativ va innovatsion ta’lim metodlarini joriy etish asosida
takomillashtirishga, shuningdek, rahbar xodimlarning axborot-kommunikatsion
kompetentligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari, Yangi O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyatni
rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga mos ravishda xalq ta’limi tizimi
rahbarlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasida “uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan
yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish; o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; xalq ta’limi sohasiga
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar va innovatsion loyihalarni joriy
etish” vazifalari belgilangan. Bu borada umumta’lim maktab rahbar xodimlarining
axborot kommunikatsion kompetentligini Elektron malaka oshirish platformasi orqali
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Umumta’lim maktab rahbar va pedagog kadrlarining axborot kommunikatsion
kompetentligini kompetentligini rivojlantirish muammosi so‘nggi yillarda bir qator
olimlar tomonidan o‘rganilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta’limda zamonaviy
axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy hamda ta’limda elektron
axborot resurslarini yaratish va ularni joriy qilishning metodik asoslari bo‘yicha
U..Begimqulov, S. Tursunovlar tomonidan o‘rganilgan, S. Gulyamov, R. Alimov
hamda B. Mo‘minovlar tomonidan oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish, raqamli
iqtisodiyot texnologiyalari bo‘yicha yangi yo‘nalishlar va fanlarni joriy etish, bulutli
texnologiyalardan foydalanish orqali ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qitishda zamonaviy
usullar, jumladan interaktiv doskalar hamda planshetlardan samarali foydalanish,
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash (Gulyamov S., Alimov R., 2000), talabalarga
masofaviy ta’lim berishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning zarurati,
afzalliklari va masofaviy ta’lim sohasidan foydalanish bo‘yicha statistikalar keltirilgan
hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish va masofaviy ta’limning yangi avlod
tizimlarini joriy etish lozimligi, masofaviy ta’lim tizimi orqali yangi ko‘nikmalarni
yoki mavzuga oid materiallarni o‘rganish tezroq, osonroq va arzonroq ekanligi
atroflicha yoritib berilgan. Shuningdek, mamlakatimizda masofaviy ta’limni raqamli
texnologiyalardan foydalangan holda samarali yo‘lga qo‘yish borasida to‘sqinlik
qilayotgan muammolar va ularni yechish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan
(Shomurodov Sh., 2022).
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan A. Temerbekova, A.
Karpechenko, S. Bikov, S. Trishina, O. Kizik, D. Yakubjonova va boshqa
tadqiqotchilar tomonidan axborot kommunikatsion kompetentlikni rivojlantirish
masalalari tadqiq qilingan.
Xorijiy davlatlarda mutaxassislar tayyorlashga kompetentlik yondashuv, axborot
kompetentligi muammolari bo‘yicha J. Raven, E. Zeer, I. Fishman, A. Dahin, I.
Morgenshteyn, D. Bell, U. Dayzard, G. Kan, O. Tofflerlar faol tadqiqotlar olib
borishgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
So‘nggi yillarda ta’lim tizimiga AKT va ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha
olib borilayotgan tadqiqotlarni taqqoslama tahlil qilish, muammolarni aniqlash,
kuzatuvlarni amalga oshirish, hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi lozim bo‘lgan
raqamli texnologiyalar bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
TAHLIL VA NATIJALAR
Hozirgi davr insondan umrbod ta’lim olishni, ya’ni o‘z hayotiy faoliyati davomida
muntazam kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishni taqozo etmoqdaki, albatta
bu raqamli texnologiyalardan keng foydalanish hamda Internet texnologiyalar asosida
amalga oshiriladi. Internet texnologiyalarga asoslangan ta’lim shakllaridan biri bu
masofaviy ta’limdir. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ta’lim
to‘g‘risidagi qonunining 16-moddasida “Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va
ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon
axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Masofaviy
ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi”, - deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Umumta’lim maktab rahbar rahbarlarining axborot-kommunikatsion
kompetentligi turli xil axborotlarni tezkor o‘zlashtirish qobiliyati bilan
xarakterlanuvchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim hisoblanib, kasbiy ahamiyatga ega
bo‘lgan ko‘p darajali kompetentlik hisoblanadi va u motivatsion, kasbiy-faoliyat va
refleksiv-kommunikativ komponentlardan tashkil topadi. Ta’lim tizimi xodimlarining
axborot-kommunikatsion kompetentligi axborot yo‘naltiruvchi, tashkiliy, konstruktiv,
kommunikativ va rivojlantiruvchi funksiyalarga ega bo‘lib, subyektivlik, tarkibiy,
dinamiklik, integrativlik va yarim funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ta’lim tizimi
xodimlarining axborot-kommunikatsion kompetentligini baholash indikatorlariga
boshqaruv jarayonlari bo‘yicha zamonaviy axborotlarni tezkor o‘zlashtirish, alternativ
yechimlar tizimini yaratish va optimal qarorlar qabul qilish, axborotlarni qayta ishlash
hamda mutaxassislik fanlari majmui bo‘yicha bilimlari, refleksiv kasbiy faoliyati
bo‘yicha tajribalari, menejerlik madaniyati, menejerlik masalalarini samarali hal etish
bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘zining axborot kompetentligini mustaqil oshirib
borish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va baholash qobiliyatlarini kiritish mumkin.
Axborot-kommunikatsion kompetentlikni shakllantirish, uning modellari va
asosiy komponentlari bo‘yicha yuqorida keltirilgan tahlillar umumta’lim muassasa
rahbarlarining axborot-kommunikatsion kompetentligi bo‘yicha tizimli, aniq bir
xulosa yo‘qligini ko‘rsatadi. Turli ilmiy-tadqiqot ishlarida axborot-kommunikatsion
kompetentlik komponentlari turlicha ko‘rsatilgan bo‘lib, bo‘lajak menejerlarni
tayyorlash sohasida axborot kompetentlikni shakllantirishning mezonlari, mazmuniy
tarkibi, pedagogik shart-sharoitlari to‘liq ochib berilmagan.
Shuningdek, yuqorida tahlil etilgan tadqiqot ishlari aynan axborot kompetentlikni
shakllantirishga oid bo‘lsa-da, ularda masofaviy ta’lim muhitida ushbu kompetentlikni
rivojlantirish masalalari yoritilmagan.
Hozirgi globallashuv davri va axborotlar asrida raqamli texnologiyalarning
rivojlanishi, kelajakda rivojlanishi bashorat qilinayotgan yangi texnologiyalar (bulutli,
additiv, 3D pechat, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi, mustaqil fikrlovchi robotlar,
modellashtirish, ya’ni dinamik obyektlarning virtual nusxalari)ni ishlab chiqarishga
kirib kelishi bo‘lajak boshqaruv kadrlari, ya’ni menejerlarning axborot kompetentligini
shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy asoslarini yanada
takomillashtirishni talab etadi.
Bo‘lajak menejerlarning axborot-kommunikatsion kompetentligi bevosita uning
kasbiy funksiyalari va vazifalaridan kelib chiqib shakllantirilishi lozim. Ta’lim
muassasalarining tezkor o‘zgaruvchan sharoitlar, qonunchilik, raqobatchilik,
jamiyatdagi qadriyat va ma’naviyat tizimlari, jamoa qarashlari, innovatsion texnika va
texnologiyalar sharoitida faoliyat yuritishini hisobga olib, menejer o‘z vazifalarni
amalga oshirishda menejmentning tamoyillari, nazariyasi, andozalar, ma’lumotlarga
ishlov berish, boshqarish qonunlaridan foydalana bilishi talab etiladi (Qosimov G‘.,
2002). Bo‘lajak menejerlarning axborot-kommunikatsion kompetentligini samarali
shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari deganda, bizning ta’rifimiz bo‘yicha
“Axborotlashgan innovatsion ta’lim muhitida mutaxassislarning axborot
kompetentligini shakllantirishga qaratilgan ta’lim jarayoni uni ishlab chiqarishdagi
kasbiy faoliyati davrida rivojlantirishga qaratilgan o‘z-o‘zini rivojlantirish va baholash
jarayonlari majmui tushuniladi”. Ilmiy asoslangan pedagogik shart-sharoitlar majmui
axborot kompetentlikning barcha komponentlarini (kognitiv, motivatsiyali, refleksiv,
kommunikativ va b.) bosqichma-bosqich shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
Bunday pedagogik sharoitlarni amalga oshirish murakkab, maqsadga yo‘naltirilgan,
o‘zaro bog‘liq va ilmiy asoslangan pedagogik jarayondan iborat bo‘lib, uni quyidagi
yo‘llar orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi:
- umumta’lim muassasa rahbarlarining axborot-kommunikatsion
kompetentligini nazariy-metodologik asoslashga tizimli va kompetentlik nuqtayi
nazaridan yondashish;
- innovatsion ta’lim muhitida ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishni
rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda axborot kompetentlikni
shakllantirishga konseptual yondashish;
- umumta’lim muassasa rahbarlarini axborotlar bilan ishlash jarayonidagi
subyektiv shart-sharoitlarni (umumta’lim muassasa rahbarlarining Internet tizimi
orqali mustaqil axborotlarni olishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va baholash qobiliyatlarini
shakllantirish masalalari va h.k.) e’tiborga olish;
- umumta’lim muassasa rahbarlarining hamkorlikda ishlay olish qobiliyati,
loyihaviy va ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etish, ularning
faolligini oshirishda AKT vositalaridan keng foydalanish;
- axborot-kommunikatsion kompetentlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
va shart-sharoitlar diagnostikasi va monitoringini olib borish.
Umumta’lim muassasa rahbarlarining axborot-kommunikatsion kompetentlikni
shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari axborot-kommunikatsion bo‘yicha
amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlarda mutaxassislarning axborotkommunikatsion kompetentligini shakllantirishda uning komponentlari, innovatsion
ta’lim muhiti, innovatsion pedagogik texnologiyalar va interaktiv o‘qitish
metodlaridan foydalanish darajasi, elektron ta’lim resurslari hamda Internet tarmog‘i
orqali mustaqil axborotlar olish jarayonlari atroflicha o‘rganilgan, lekin masofaviy
ta’lim muhitida mutaxassislarning axborot kompetentligini shakllantirish muammolari
to‘liq ilmiy o‘rganilmaganligi aniqlangan.
Yuqoridagi tahlillar asosida bo‘lajak umumta’lim muassasa rahbarlarining
masofaviy ta’lim asosida axborot kompetentligini shakllantirishga qaratilgan
pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashda rahbarlarning axborot-kommunikatsion
kompetentligini axborotlashgan ta’lim muhitida shakllantirish va axborotlashgan
jamiyat muhitida rivojlantirish kabi bosqichlarga ajratamiz.
Axborotlashgan ta’lim muhiti – menejerlarning ta’lim muassasasidagi o‘qish
jarayoni, ya’ni masofaviy o‘qish platformalari (“Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi),
elektron kutubxonalar, video va audio mashg‘ulotlar, telekommunikatsiya o‘quv
loyihalari va boshqa internet manbalar orqali qisman yoki to‘liq o‘qituvchi nazoratida
axborotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga
oladi (Yakubjonova D., 2012).
Axborotlashgan jamiyat global ijtimoiy jarayon va umumjamiyat ishlab chiqarish
sohasida yetakchi faoliyat turi bo‘lib, zamonaviy mikroprotsessor va kompyuter
texnikalari hamda axborot almashinuvida foydalaniladigan boshqa turli xil texnik
vositalar yordamida axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va foydalanish
jarayonlari majmuidir. Bunda axborot-kommunikatsion kompetentlikni rivojlantirish
jarayoni sifatida qaraladi va bu rahbar xodimlarning kasbiy-hayotiy faoliyati davomida
“Butun umr davomida o‘qish” tamoyili asosida amalga oshishi nazarda tutiladi.
Axborotlashgan jamiyat sharoitida umumta’lim muassasa rahbarlarining axborotkommunikatsion kompetentligini rivojlantirish quyidagi vazifalarni nazarda tutadi:
- rahbarning fikrlash va tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirish;
- raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim, “bulutli texnologiyalar”, vebinar,
onlayn ma’ruza, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalari, ularning
asosiy komponentlari va ta’limdagi imkoniyatlari haqida oliy ta’lim muassasalari
pedagog kadrlarining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini oshirish;
- murakkab nostandart vaziyatlarda optimal qarorlar qabul qilish yoki muammo
yechimi bo‘yicha aniq takliflar berish malakasini shakllantirish (masalan, faoliyatni
optimallashtirishga yo‘naltirilgan kompyuter o‘yinlaridan foydalanish orqali va h.k.);
- kompyuterli modellashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda rahbarlarning
tadqiqot-izlanish faoliyatini rivojlantirish;
- ta’lim oluvchining axborot madaniyatini, axborotlardan to‘g‘ri foydalanish va
unga ishlov berish qobiliyatlarini shakllantirish.
Yuqorida keltirilgan faoliyat turlari malaka oshirish kurslari tinglovchilari,
professor-o‘qituvchi va raqamli texnologiyalar o‘rtasida axborotlashgan o‘zaro ta’sir
bilan asoslanadi va u umumta’lim muassasa rahbarlarida axborot-kommunikatsion
kompetentlikni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilaydi.
Shuningdek, ta’limni va jamiyatni axborotlashtirish, axborotlashtirishda masofaviy
ta’limdan keng foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar umumta’lim muassasa
rahbarlarining axborot-kommunikatsion kompetentligini shakllantirish va
rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarining asosi hisoblanadi.
Tadqiqot jarayonida B. Blum taksonomiyasi asosida umumiy o‘rta ta’lim
muassasa rahbarlarining boshqaruv faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalari tahlil qilindi (1-jadvalga qarang).
Mazkur kompetensiyalar uchta mezonlar asosida belgilandi: boshqaruv faoliyatini
axborotlashtirish funksiyalarini anglash (kognitiv), boshqaruvga oid axborot
jarayonlarini optimallashtirish (faoliyatli) va boshqaruvda zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash motivlarini rivojlantirish (motivatsion).
1-jadval.
B. Blum taksonomiyasi bo‘yicha direktorlarning axborot-kommunikatsion kompetensiyalari
Mezon Daraja Kompetensiya
Bilish (K1)
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarish va
Tushunish (K2)
rivojlantirish jarayonlarida qo‘llaniladigan zamonaviy
Qo‘llash (K3)
Tahlil qilish (K4) axborot kommunikatsion texnologiyalar va ulardan
Kogniti v Sintez (K5) foydalanish samaradorligini bilish qobiliyati
Baholash (K6)
boshqaruv samaradorligini oshirish va ta’lim
muassasasining axborot-boshqaruv muhitini
rivojlantirishi uchun zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalarning imkoniyatlarini tushuntirib berish
qobiliyati
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni
maktabni boshqarish jarayonlarida qo‘llash qobiliyati
Faoliyatli zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari
asosida maktab jarayoniga taalluqli ma’lumotlarni tezkor
ravishda yig‘ish, tahlil etish va vizuallashtirish; yakka
joyda tizimli ravishda saqlash; reja va hisobotlarni
birgalikda shakllantirishni tashkil etish qobiliyati
Motivatsion shaxsiy axborot-boshqaruv muhitini innovatsion axborot-
boshqaruv muhitiga integratsiyalash qobiliyati
globallashuv axborotlashtirish sharoitida boshqaruv
faoliyati natijalarini tanqidiy baholash asosida ta’lim
muassasasini rivojlantirish qobiliyati.
Belgilangan kompetensiyalar asosida umumta’lim muassasa rahbarlarining
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish
kompetensiyalarining rivojlanganlik darajalari aniqlandi.
Adaptiv (past) daraja umumta’lim muassasa rahbarlari axborot-kommunikatsion
texnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalar mavjudligini nazarda tutadi, lekin
ulardan boshqaruv faoliyatida foydalanish uchun kompetensiyalar yetarli emas.
Integrativ (o‘rta) daraja umumta’lim muassasa rahbarlarining zamonaviy axborot-
kommunikatsion texnologiyalar sohasida mavjud bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini axborot-boshqaruv muhitiga integratsiyalash qobiliyatiga ega bo‘ladi,
lekin ta’lim muassasaning rivojlanishiga erisha olmaydi.
Kreativ (yuqori) daraja global axborotlashtirish sharoitida boshqaruv faoliyati
samaradorligini rivojlanishiga olib keladi.
B..Blum taksonomiyasi asosida ishlab chiqilgan axborot-kommunikatsion
kompetensiyalarini dinamik ravishda murakkablashtirib borilishi ochib berilgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
1. Adabiyotlar tahlili natijasida global axborotlashtirish sharoitida umumiy o‘rta
ta’lim muassasa rahbarlari boshqaruv samaradorligiga erishish uchun ularning
axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga zarurligi asoslandi. Shu
sababli umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlarining boshqaruv kompetentligi tarkibida
axborot-kommunikatsion kompetentligi alohida belgilanib, uning mazmun-mohiyati
aniqlangan va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish asosida maktabning innovatsion
axborot-boshqaruv muhitini shakllantirish talabi belgilangan;
2. Axborot-kommunikatsion kompetentlikka oid amalga oshirilgan mamlakatimiz
va xorijiy olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy adabiyotlar tahlillari asosida
umumta’lim muassasa rahbarlarining axborot-kommunikatsion kompetentligini
masofaviy ta’lim muhitida shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik-psixologik
shart-sharoitlari hamda ta’limni va jamiyatni axborotlashtirishga oid mualliflik ta’rifi
ishlab chiqildi;
3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasa rahbarlarining zamonaviy axborot
kommunikatsion texnologiyalardan boshqaruv faoliyatda foydalanish
kompetensiyalarini baholash uchun boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish
yo‘llarini bilish (kognitiv), boshqaruvga oid axborot jarayonlarini optimallashtirish
(faoliyatli) hamda axborot-menejerlik motivlarni rivojlantirish (motivatsion)
mezonlari belgilandi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
- umumta’lim muassasa rahbarlarida boshqaruv kompetentligini “Uzluksiz
kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali rivojlantirish maqsadida interaktiv
videoma’ruza va amaliyotga yo‘naltirilgan vebinarlarga asoslangan tashkiliy
mexanizmlarini takomillashtirish;
- umumta’lim muassasa rahbarlarining boshqaruv faoliyatida axborotkommunikatsion texnologiyalardan sohasidagi muhim yutuqlariga samarali
asoslangan foydalanish uzluksiz kasbiy rivojlantirishning muqobil shakllarini
amaliyotga joriy etish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-637-son.
2023-yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni.
3. Begimqulov U. (2007). Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari (Monografiya). – Toshkent: Fan.
4. Карпенко А. (2012). Формирование информационной компетентности
современного менеджера (Автореферат диссертации на соискание ученой
степени кандидата педагогических наук). – Калуга.
5. Кизик О. (2003). К вопросу о становлении информационной
компетентности как составляющей профессиональной компетентности
выпускника профессионального лицея // В Материалы научно-методической
конференции «Университеты в образовательном пространстве региона: опыт,
традиции и инновации» (Часть 1). – Петрозаводск. – С. 23–25.
6. O. Raximov, H. Ro‘ziev, M. Murodov. (2016). Ta’lim sifati va innovatsion
texnologiyalar (Monografiya). – Toshkent: Fan va texnologiya.
7. S. Gulyamov, R. Alimov va boshqalar. (2000). Axborot tizimlari va
texnologiyalari. – Toshkent: Sharq.
8. С. Быков, Н. Гнездилова. (2007). Модель управления развитием
информационной компетентности специалиста-менеджера // Вестник ТГУ, № 8.
9. Темербекова А. (2009). Формирование информационной компетентности
учителя в региональной системе дополнительного профессионального
образования (Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора
педагогических наук). – Москва: Московский педагогический государственный
университет.
10. Тришина С. (2012). Информационная компетентность как
педагогическая категория // Вестник ТГУ, № 9.
11. Tursunov S. (2011). Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni
joriy qilishning metodik asoslari (pedagogika oliy ta’lim muassasalari - Web-dizayn
fani misolida) (Ped. fan. dok. diss.). – Toshkent.
12. Qosimov G‘. (2002). Menejment: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik.
– Toshkent: O‘zbekiston.
13. Шомуродов Ш. (2022). Педагогические условия формирования
информационной компетенции у будущих менеджеров в дистанционном
образовании // Образование и инновационные исследования, № 6. – С. 147–152.
14. Якубджонова Д. (2012). Формирование информационной
компетентности студента вуза посредством интерактивных технологий //
Молодой ученый, № 9. – С. 323–325.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-637-son.
2023-yil. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni. (In Uzbek)
3. Begimqulov U. (2007). Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari (Monografiya). – Toshkent:
Fan. (In Uzbek)
4. Karpenko A. (2012). Formirovanie informatsionnoy kompetentnosti
sovremennogo menedjera (Avtoreferat dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni
kandidata pedagogicheskix nauk). – Kaluga. (In Russian)
5. Kizik O. (2003). K voprosu o stanovlenii informatsionnoy kompetentnosti kak
sostavlyayushey professionalnoy kompetentnosti vipusknika professionalnogo litseya
// V Materiali nauchno-metodicheskoy konferensii «Universiteti v obrazovatelnom
prostranstve regiona: opit, tradisii i innovasii» (Chast 1). – Petrozavodsk. – S. 23–25.
(In Russian)
6. O. Raximov, H. Ro‘ziev, M. Murodov. (2016). Ta’lim sifati va innovatsion
texnologiyalar (Monografiya). – Toshkent: Fan va texnologiya. (In Uzbek)
7. S. Gulyamov, R. Alimov va boshqalar. (2000). Axborot tizimlari va
texnologiyalari. – Toshkent: Sharq. (In Uzbek)
8. S. Bikov, N. Gnezdilova. (2007). Model upravleniya razvitiem informatsionnoy
kompetentnosti spesialista-menedjera // Vestnik TGU, № 8. (In Russian)
9. Temerbekova A. (2009). Formirovanie informatsionnoy kompetentnosti
uchitelya v regionalnoy sisteme dopolnitelnogo professionalnogo obrazovaniya
(Avtoreferat dissertasii na soiskanie uchenoy stepeni doktora pedagogicheskix nauk).
– Moskva: Moskovskiy pedagogicheskiy gosudarstvenniy universitet. (In Russian)
10. Trishina S. (2012). Informatsionnaya kompetentnost kak pedagogicheskaya
kategoriya // Vestnik TGU, № 9. (In Russian)
11. Tursunov S. (2011). Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni
joriy qilishning metodik asoslari (pedagogika oliy ta’lim muassasalari - Web-dizayn
fani misolida) (Ped. fan. dok. diss.). – Toshkent. (In Uzbek)
12. Qosimov G‘. (2002). Menejment: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik.
– Toshkent: O‘zbekiston. (In Uzbek)
13. Shomurodov Sh. (2022). Pedagogicheskie usloviya formirovaniya
informatsionnoy kompetensii u budushix menedjerov v distansionnom obrazovanii //
Obrazovanie i innovatsionnie issledovaniya, № 6. – S. 147–152. (In Russian)
14. Yakubdjonova D. (2012). Formirovanie informatsionnoy kompetentnosti
studenta vuza posredstvom interaktivnix texnologiy // Molodoy ucheniy, № 9. – S.
323–325. (In Russian)