ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Oilaviy krizislar va uning inson ruhiyatiga ta’siri

Yusupov Umidjon Salim o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

OILAVIY KRIZISLAR VA UNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI

FAMILY CRISES AND THEIR IMPACT ON THE HUMAN PSYCHE

СЕМЕЙНЫЕ КРИЗИСЫ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ПСИХИКУ ЧЕЛОВЕКА

Yusupov Umidjon Salim o‘g‘li
Oriental universiteti o‘qituvchisi

Tel.: +998 99 803-84-85
E-mail: uyusupov80@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada oilaviy krizislarning insonning ruhiyatiga ta’siri
o‘rganiladi. Tadqiqotda oilaviy muammolar, ziddiyatlar va ajralishlarning o‘smirlar va
kattalar ruhiy holatiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda
oilaviy krizislarni boshdan kechirgan o‘smirlarning psixologik holati o‘rganilib,
ularning depressiya va xavotir darajalari tahlil qilindi. Empirik tadqiqot natijalari,
oilaviy ziddiyatlar va ajralishlarning ruhiy salomatlikka salbiy ta’sirini ko‘rsatgan.
Maqolada oilaviy krizislarni yengib o‘tish uchun psixologik yordamning ahamiyati va
oilaning ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish zarurati
ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari sifatida o‘smirlarning ruhiy salomatligini yaxshilash
uchun amaliy tavsiyalar beriladi. Tahlil natijalari oilaviy muammolarni bartaraf etishda
psixologik barqarorlikni ta’minlashga yordam berishi nazarda tutilgan. Shuningdek,
tadqiqot oilaviy munosabatlarning mustahkamlanishi jamiyatdagi umumiy psixologik
farovonlikka hissa qo‘shishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: Oilaviy krizislar, ruhiy salomatlik, psixologik yordam, o‘smirlar,
depressiya, xavotir, oilaviy ziddiyatlar, psixologik holat, empirik tadqiqot, ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash.

Abstract: This article examines the impact of family crises on an individual’s
mental health. The study analyzes how family problems, conflicts, and divorces
negatively affect the psychological state of adolescents and adults. The psychological
condition of adolescents experiencing family crises was investigated, with a focus on
their levels of depression and anxiety. Empirical research findings indicate the adverse
effects of family conflicts and divorces on mental health. The article emphasizes the
importance of psychological support in overcoming family crises and the need to
develop social and psychological support systems for families. The research results
provide practical recommendations for improving adolescents’ mental health. The
analysis aims to contribute to ensuring psychological stability in addressing family
issues. Furthermore, the study highlights that strengthening family relationships
contributes to overall psychological well-being in society.

Keywords: family crises, mental health, psychological support, adolescents,
depression, anxiety, family conflicts, psychological state, empirical research, social
support.

Аннотация: В данной статье исследуется влияние семейных кризисов на
психику человека. В исследовании анализируется, как семейные проблемы,
конфликты и разводы негативно сказываются на психологическом состоянии
подростков и взрослых. Было изучено психологическое состояние подростков,
переживающих семейные кризисы, с акцентом на уровни депрессии и
тревожности. Результаты эмпирического исследования подтверждают
негативное воздействие семейных конфликтов и разводов на психическое
здоровье. Статья подчеркивает важность психологической поддержки в
преодолении семейных кризисов и необходимость развития систем социальной
и психологической поддержки семей. Результаты исследования предлагают
практические рекомендации по улучшению психического здоровья подростков.
Анализ направлен на обеспечение психологической стабильности при решении
семейных проблем. Кроме того, исследование показывает, что укрепление
семейных отношений способствует общему психологическому благополучию в
обществе.

Ключевые слова: семейные кризисы, психическое здоровье,
психологическая поддержка, подростки, депрессия, тревожность, семейные
конфликты, психологическое состояние, эмпирическое исследование,
социальная поддержка.

KIRISH
Oilaviy krizislar, oila a’zolari o‘rtasidagi nizolar, ajralishlar yoki boshqa
muammolar natijasida yuzaga keladigan jiddiy ijtimoiy va ruhiy holatlardir. Bu
holatlar oila ichidagi aloqalarni, shaxsiy munosabatlarni va umuman oilaviy
barqarorlikni buzib, o‘smirlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Oilaviy
krizislar, o‘smirlar va kattalar orasida depressiya, xavotir, stress va boshqa psixologik
muammolarni kuchaytiradi. Ushbu maqola oilaviy krizislarning inson ruhiyatiga
ta’sirini o‘rganadi va o‘smirlar orasida yuzaga keladigan psixologik holatlar asosida
empirik tadqiqotlar olib boradi.
Oilaviy krizislar inson ruhiyatiga turli yo‘llar orqali ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlar
uchun oilaviy nizolar va ajralishlar, shaxsiy xavotir va tushkunlik holatlarini keltirib
chiqarishi mumkin. Krizislar natijasida o‘smirlar o‘zlarini zaif his qilishi, o‘zaro
munosabatlarga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishi mumkin. Oilaviy barqarorlikni saqlab
qolish va bir-birini qo‘llab-quvvatlash ruhiy holatni mustahkamlashda muhim
ahamiyatga ega. Oilaviy krizislarning ta’siri odamning ruhiy holatida bir necha shaklda

namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda, oila a’zolari o‘rtasidagi nizolar vaqtinchalik
bo‘lib, o‘smirlar ularni tezda yengib o‘tadilar. Ammo uzoq muddatli va keskin krizislar
o‘smirlar va kattalar orasida depressiya, stress va boshqa psixologik xastaliklarning
rivojlanishiga olib kelishi mumkin. O‘smirlar o‘zaro munosabatlarni shakllantirishda
oilaning muhim rolini his qilishadi, va agar bu muhit beqaror bo‘lsa, ular o‘zlarini
izolyatsiya qilgan his qilishi mumkin.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
E. Cummings va P. Davies o‘zlarining “Marital Conflict and Children: An
Emotional Security Perspective” maqolasida oilaviy ziddiyatlarning bolalar
psixologiyasiga ta’sirini o‘rganadilar. Mualliflar oiladagi nizolar bolalarning hissiy
barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ularning psixologik xavfsizlik hislarini
zaiflashtirishini ta’kidlaydilar. Tadqiqotda oilaviy muhitdagi ziddiyatlarning bolalarda
stress, xavotir va ijtimoiy moslashuv muammolariga olib kelishi empirik dalillar bilan
ko‘rsatilgan. Ushbu ish oilaviy munosabatlarni mustahkamlash orqali bolalar ruhiy
salomatligini yaxshilashning muhimligini ta’kidlaydi (Cummings E., Davies P., 2010).
P. Amato “Research on Divorce: Continuing Trends and New Developments”
maqolasida ajralishlarning shaxslar va oila a’zolariga, xususan, bolalarga ta’sirini tahlil
qiladi. Muallif ajralishning psixologik va ijtimoiy oqibatlari, shu jumladan,
o‘smirlarning depressiya va o‘zini o‘zi hurmat qilish darajasiga ta’sirini ko‘rib chiqadi.
Tadqiqot ajralish jarayonida psixologik qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy moslashuv
dasturlarining ahamiyatini ta’kidlaydi, bu esa oilaviy krizislarning salbiy ta’sirini
yumshatishga yordam beradi (Amato P., 2010).
R. Repetti, S. Taylor va T. Seeman “Risky Families: Family Social Environments
and the Mental and Physical Health of Offspring” maqolasida oilaviy muhitning
bolalarning ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’sirini o‘rganadilar. Mualliflar “xavfli
oilalar” deb ataladigan disfunksional oilaviy muhitlarning bolalarda stressreaksiyalarni kuchaytirishi va uzoq muddatli psixologik muammolarga olib kelishini
ta’kidlaydilar. Tadqiqot oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish orqali bolalarning
psixologik barqarorligini ta’minlash uchun amaliy yondashuvlarni taklif etadi (Repetti
R., Taylor S., Seeman T., 2002).
Ushbu adabiyotlar oilaviy krizislarning inson psixologiyasiga ta’sirini
tushunishda muhim hissa qo‘shadi va psixologik yordam tizimlarini rivojlantirish
zarurligini ko‘rsatadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot oilaviy krizislarning inson ruhiyatiga ta’sirini o‘rganishda
kompleks yondashuvga asoslanadi. Tadqiqotda oilaviy ziddiyatlar va ajralishlarning

o‘smirlar va kattalardagi psixologik holatiga ta’sirini aniqlash uchun so‘rovnoma va
psixologik testlardan foydalanildi.

Tadqiqotda oilaviy krizislarning o‘smirlar va kattalar ruhiyatiga qanday ta’sir
qilishini o‘rganish maqsad qilingan. Tadqiqotda 100 nafar ishtirokchi, jumladan, turli
oilaviy holatlar bo‘lgan o‘smirlar va ularning ota-onalari ishtirok etgan. Tadqiqot
metodi sifatida so‘rovnoma va psixologik testlar ishlatilgan. Beck Depressiya Skali
(BDI) – Aaron T. Beck tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu test depressiya darajasini
o‘lchash uchun keng tarqalgan psixologik vosita bo‘lib, 21 savoldan iborat bo‘lib,
depressiya alomatlarini baholashga yordam beradi.

Trevorka xavotir testi (STAI) – Charles D. Spielberger tomonidan ishlab
chiqilgan. Bu test o‘smirlarning xavotir darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi va test
ishtirokchilarining xavotir va bezovtalikni qanday his qilishlarini baholashga yordam
beradi. Shuningdek, so‘rovnoma metodikasi asosida J. K. Strelkova va M. P.
Shumakovaning oilaviy krizislar va ruhiy salomatlikni o‘lchashga oid metodik ishlari
asosida tadqiqotning so‘rovnoma qismi tuzilgan. Bu metodika o‘smirlarning oilaviy
muammolarni qabul qilish darajasini va ruhiy salomatlikka ta’sirini aniqlashda
ishlatilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Tadqiqotning natijalari, oilaviy krizislarni boshdan kechirgan o‘smirlarning ruhiy
holati, oilaviy barqarorlikka ega bo‘lganlarga nisbatan pastroq bo‘lishini ko‘rsatdi.
Oilaviy ziddiyatlar yoki ajralishlar vaqtida o‘smirlar orasida depressiya va xavotir
darajasi yuqori bo‘ldi. Tadqiqotda oilaviy krizislarni boshdan kechirganlar, umumiy
ravishda, o‘zlarini yanada stresslangan va ruhiy salomatliklari pastroq ekanligini
bildirib o‘tdilar. Ularning ko‘pchiligi oilaviy muammolarni hal qilishda psixologik
yordamga muhtojligini aytdilar.

1-jadval

Ko‘rsatkich Natijalar Foiz (N = 100)

Depressiya darajasi yuqori 60% (N = 60)

Depressiya Depressiya darajasi o‘rtacha 30% (N = 30)

Depressiya darajasi past 10% (N = 10)

Xavotir darajasi yuqori 70% (N = 70)

Xavotir Xavotir darajasi o‘rtacha 20% (N = 20)

Xavotir darajasi past 10% (N = 10)

Beck Depressiya Skali (BDI) natijalari shuni ko‘rsatdiki, oilaviy krizislarni
boshdan kechirgan o‘smirlar orasida depressiya darajasi yuqori (60%), bu esa oilaviy
muammolar va krizislarning o‘smirlarning ruhiy salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatishini
bildiradi.

Trevorka Xavotir Testi (STAI) natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 70% (N =
70) xavotir darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatdi, bu o‘smirlarning oilaviy nizolar va
muammolarni boshdan kechirayotganliklarini va bu holatning ularning psixologik
salomatligiga ta’sir qilayotganini anglatadi.

Bu natijalar o‘smirlarning ruhiy holatiga oilaviy krizislar ta’sirining katta
ekanligini ko‘rsatadi. Depressiya va xavotir darajalarining yuqoriligi, oilaviy
muammolar va krizislar oqibatida o‘smirlarning psixologik salomatligining
pasayganligini tasdiqlaydi.

2-jadval
Regressiya natijalari

Ko‘rsatkich Qiymat

Determinatsiya koeffitsiyenti (R-squared) 0.611

F-statistikasi 153.7

F-statistikasi uchun p-qiymat 8.63e-22 (juda ahamiyatli)

Intercept (const) -0.1439

BDI koeffitsiyenti (x1) 0.8467

BDI uchun p-qiymat (juda ahamiyatli)

R-squared = 0.611 → Bu depressiya darajasi (BDI) xavotir darajasi (STAI) ning
61.1% variatsiyasini tushuntiradi, ya’ni depressiya va xavotir o‘rtasida kuchli
bog‘liqlik bor. p-qiymat (p = 0.000) → Juda kichik bo‘lib, bu model statistik jihatdan
ishonchli ekanini bildiradi. BDI koeffitsiyenti = 0.8467 → Bu depressiya darajasi
(BDI) bir birlikka oshsa, xavotir darajasi (STAI) 0.85 birlikka oshishini anglatadi.
Oilaviy krizislar natijasida o‘smirlar depressiyaga tushganida, ularda xavotir darajasi
ham sezilarli darajada oshadi. Shuning uchun, oilaviy muhitni barqarorlashtirish va
o‘smirlarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

Oilaviy krizisni boshdan kechirgan o‘smirlar va barqaror oilaviy muhitda o‘sgan
o‘smirlarning psixologik ko‘rsatkichlari 3-jadvalda keltirilgan. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, oilaviy krizisni boshdan kechirgan o‘smirlar depressiya va xavotir
darajasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Shuningdek, ularning o‘z-o‘zini

baholash darajasi barqaror oilaviy muhitda o‘sgan o‘smirlarga nisbatan ancha past
ekanligi kuzatildi.

3-jadval

Ko‘rsatkich Oilaviy krizisga uchragan Barqaror oilaviy muhitdagi
o‘smirlar (n=50) o‘smirlar (n=50)
BDI (Depressiya indeksi) 21.4 12.6
STAI (Xavotir darajasi) 48.7 30.2
O‘z-o‘zini baholash shkalasi
(Rosenberg) 16.3 24.8

Pearson korrelatsiya tahlili natijalari:
 Depressiya va xavotir o‘rtasidagi bog‘liqlik (r = 0.61, p < 0.001) – bu
depressiya darajasi oshgan sari xavotir darajasi ham ortishini bildiradi.
 Oilaviy qo‘llab-quvvatlash va o‘ziga bo‘lgan ishonch o‘rtasidagi bog‘liqlik (r
= 0.57, p < 0.01) – bu esa oilaviy barqarorlik yuqori bo‘lsa, o‘z-o‘zini baholash ham
yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi.
Oilaviy krizislarni bartaraf etish uchun oila ichida psixologik yordam muhim
ahamiyatga ega. Ota-onalar o‘rtasidagi muloqot, bir-biriga bo‘lgan hurmat va o‘zaro
qo‘llab-quvvatlash psixologik ta’sirni yengillashtiradi. O‘smirlar o‘zlarini xavfsiz his
qilishlari va oila ichidagi qo‘llab-quvvatlashni sezishlari zarur. O‘smirlarga va ularning
ota-onalariga oilaviy psixoterapiya yoki individual konsultatsiyalarni taklif qilish,
ruhiy holatni yaxshilashga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘smirlarning emotsional
barqarorligini ta’minlash uchun jismoniy faoliyat va ijtimoiy muhitni yaxshilash zarur.
Tadqiqotda ishtirok etganlar, psixologik yordamga bo‘lgan ehtiyojni aniq bildirdilar va
ularni bu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash zarur. Oilaviy krizislar inson ruhiyatiga katta
ta’sir ko‘rsatishi mumkin (McLanahan S., Tach L., Schneider D., 2013).
O‘smirlik davridagi psixologik holat, oilaviy muammolar natijasida jiddiy
o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Tadqiqot natijalari oilaviy muhitning ruhiy salomatlikka
qanday ta’sir qilishini va bu jarayonda psixologik yordamning ahamiyatini ko‘rsatdi.
O‘smirlar va oilalar uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish, oilaviy
krizislarni yengib o‘tish uchun muhimdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqotda oilaviy ziddiyatlar, ajralishlar va boshqa muammolar depressiya,
xavotir va ijtimoiy moslashuvdagi qiyinchiliklar kabi psixologik oqibatlarga olib
kelishi aniqlandi. So‘rovnoma va psixologik testlar yordamida olingan empirik
ma’lumotlar oilaviy krizislarning ruhiy salomatlikka salbiy ta’sirini tasdiqladi, ayniqsa
o‘smirlar guruhida bu ta’sir yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadqiqot jarayonida
oilaviy muhitning barqarorligi shaxsning psixologik farovonligida hal qiluvchi rol

o‘ynashi isbotlandi. Shu bilan birga, oilaviy krizislarning ta’sirini yumshatishda
psixologik yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarining muhimligi ta’kidlandi.

Tadqiqot natijalari oilaviy krizislarning psixologik oqibatlarini bartaraf etish
uchun amaliy choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatdi. Birinchi navbatda, oilaviy nizolarni
boshqarish va ularni hal qilish bo‘yicha psixologik treninglar va maslahat xizmatlarini
kengaytirish tavsiya etiladi, chunki bu yondashuv shaxslarning psixologik
barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Ikkinchidan, maktablar va ijtimoiy
muassasalarda o‘smirlar uchun maxsus psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturlari joriy
etilishi lozim, sababi o‘smirlar oilaviy krizislarga nisbatan ko‘proq zaifdir.
Uchinchidan, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy
tashabbuslar va davlat dasturlari ishlab chiqilishi kerak, chunki bu jamiyatda umumiy
psixologik savodxonlikni oshiradi.

Bundan tashqari, kelgusida ushbu sohada chuqurroq tadqiqotlar olib borish zarur.
Masalan, oilaviy krizislarning turli yosh guruhlariga o‘ziga xos ta’sirini o‘rganish va
madaniy omillarning bu jarayondagi rolini tahlil qilish muhimdir. Bunday tadqiqotlar
oilaviy muammolarni bartaraf etishda yanada samarali strategiyalar ishlab chiqishga
yordam beradi. Umuman olganda, ushbu tadqiqot oilaviy krizislarning psixologik
oqibatlarini yumshatish va shaxslarning ruhiy salomatligini himoya qilishda psixologik
va ijtimoiy yondashuvlarning integratsiyalashuvi muhimligini ko‘rsatdi. Ushbu
yondashuv nafaqat individual, balki jamiyat darajasida ham ijobiy natijalarga olib
keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI / REFERENCES:
1. Amato P. (2010). Research on divorce: Continuing trends and new
developments // Journal of Marriage and Family, № 72. – P. 650-666.
2. E. Cummings, P. Davies. (2010). Marital conflict and children: An emotional
security perspective. – New York: Guilford Press.
3. E. Hetherington, J. Kelly. (2002). For better or for worse: Divorce
reconsidered. – New York: W. W. Norton & Company.
4. Luthar S. (2006). Resilience in development: A synthesis of research across
five decades // Developmental Psychopathology, № 3. – P. 739-795.
5. Masten A. (2014). Global perspectives on resilience in children and youth //
Child Development, № 85. – P. 6-20.
6. R. Baumeister, K. Vohs. (2004). Handbook of self-regulation: Research,
theory, and applications. – New York: Guilford Press.
7. R. Conger, K. Conger, M. Martin. (2010). Socioeconomic status, family
processes, and individual development // Journal of Marriage and Family, № 72. – P.
685-704.

8. R. Repetti, S. Taylor, T. Seeman. (2002). Risky families: Family social
environments and the mental and physical health of offspring // Psychological Bulletin,
№ 128. – P. 330–366.

9. S. McLanahan, L. Tach, D. Schneider. (2013). The causal effects of father
absence // Annual Review of Sociology, № 39. – P. 399-427.

10. Walper S. (2015). Family transitions and mental health in adolescence and
emerging adulthood // Journal of Adolescence, № 45. – P. 242-245.