ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Yevropa tajribasida inklyuziv turizmning rivojlanish omillari va ustuvor yo‘nalishlari

Astanakulov Olim Tashtemirovich, Rasulova Xonzodabegim Ravshanbek qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

YEVROPA TAJRIBASIDA INKLYUZIV TURIZMNING RIVOJLANISH
OMILLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI

FACTORS AND PRIORITY DIRECTIONS OF INCLUSIVE TOURISM
DEVELOPMENT IN THE EUROPEAN EXPERIENCE

ФАКТОРЫ И ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ
ИНКЛЮЗИВНОГО ТУРИЗМА В ЕВРОПЕЙСКОМ ОПЫТЕ

Astanakulov Olim Tashtemirovich
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi mudiri, DSc, prof.

Tel: +998 99 000-03-97
E-mail: astanakulov@gmail.com

Rasulova Xonzodabegim Ravshanbek qizi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistranti,

E-mail: khonzodabegimrasulova01@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada inklyuziv turizmni rivojlantirish omillari va
ustuvor yo‘nalishlari Yevropa tajribasi misolida tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida
inklyuziv turizmning mohiyati, uning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati, shuningdek,
maxsus ehtiyojlarga ega sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha ilg‘or
xorijiy amaliyotlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Yevropa mamlakatlarining inklyuziv
turizmni rivojlantirishdagi yondashuvlari o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida
qo‘llanishi mumkin bo‘lgan strategik tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqolada raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish, universal dizayn tamoyillarini tatbiq qilish, davlatxususiy sheriklikni rivojlantirish, xodimlarning malakasini oshirish va jamoatchilik
xabardorligini oshirish kabi yo‘nalishlar taklif etildi. Shuningdek, inklyuziv turizm
bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqish, infratuzilmani moslashtirish, xalqaro
hamkorlikni kengaytirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha istiqbolli
yo‘nalishlar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: inklyuziv turizm, Yevropa tajribasi, raqamli texnologiyalar,
turistik infratuzilma, turistik xizmatlar, ijtimoiy integratsiya, xalqaro hamkorlik,
nogironligi bor sayyohlar.

Abstract: This article analyzes the factors and priority directions for the
development of inclusive tourism based on the experience of Europe. Within the
framework of the study, the essence of inclusive tourism, its social and economic
significance, as well as advanced foreign practices for creating favorable conditions
for tourists with special needs are examined. The research explores the approaches of

European countries to the development of inclusive tourism and develops strategic
recommendations that can be applied in the context of Uzbekistan. The article
proposes directions such as the widespread implementation of digital technologies,
the application of universal design principles, the development of public-private
partnerships, the improvement of staff qualifications, and the enhancement of public
awareness. Additionally, promising areas such as developing a national strategy for
inclusive tourism, adapting infrastructure, expanding international cooperation, and
attracting investments are outlined.

Key words: inclusive tourism, european experience, digital technologies,
tourism infrastructure, tourism services, social integration, international
cooperation, tourists with disabilities.

Аннотация: В данной статье проанализированы факторы и приоритетные
направления развития инклюзивного туризма на примере опыта Европы. В
рамках исследования рассматриваются сущность инклюзивного туризма, его
социальное и экономическое значение, а также передовые зарубежные
практики создания благоприятных условий для туристов с особыми
потребностями. В исследовании изучены подходы европейских стран к
развитию инклюзивного туризма и разработаны стратегические рекомендации,
которые могут быть применены в условиях Узбекистана. В статье предложены
такие направления, как широкое внедрение цифровых технологий, применение
принципов универсального дизайна, развитие государственно-частного
партнерства, повышение квалификации кадров и повышение осведомленности
общественности. Кроме того, изложены перспективные направления, такие как
разработка национальной стратегии по инклюзивному туризму, адаптация
инфраструктуры, расширение международного сотрудничества и привлечение
инвестиций.

Ключевые слова: инклюзивный туризм, европейский опыт, цифровые
технологии, туристическая инфраструктура, туристические услуги,
социальная интеграция, международное сотрудничество, туристы с
инвалидностью.

KIRISH
So‘nggi yillarda turizm sohasida inklyuzivlik tushunchasi tobora muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Inklyuziv turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanishning muhim
omili sifatida, balki ijtimoiy tenglik va barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish
vositasi sifatida ham qaralmoqda. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ushbu yo‘nalishda
yetakchi o‘rinni egallab, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksa yoshdagi fuqarolar va
boshqa ehtiyojlarga ega bo‘lgan guruhlar uchun sayohat imkoniyatlarini kengaytirish

bo‘yicha muhim tajribaga ega. Yevropada inklyuziv turizmning rivojlanishi bir qator
omillar, jumladan, qonunchilikni takomillashtirish, infratuzilmani modernizatsiya
qilish va xabardorlikni oshirish bilan bog‘liq. Shu bilan birga, ushbu sohada ustuvor
yo‘nalishlar sifatida universal dizayn tamoyillari, raqamli texnologiyalardan
foydalanish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish kabi jihatlar ajralib turadi.

Zamonaviy turizm inklyuzivlikka intiladi. Inklyuziv turizm jismoniy, ijtimoiy va
iqtisodiy to‘siqlarni bartaraf etish orqali hamma uchun sayohat imkoniyatini
ta’minlashga yo‘naltirilgan tushunchadir (Scheyvens R., Biddulph R., 2018: 589-609).

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda inklyuziv turizmga bo‘lgan qiziqish ancha oshdi. Yevropa
komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, inklyuziv turizm nafaqat ijtimoiy adolatga
xizmat qiladi, balki mahalliy aholining bandligini va daromadlarini oshirish orqali
iqtisodiy rivojlanishga ham hissa qo‘shadi (Diekmann A., McCabe S., 2011: 417-
430). Jumladan, Rogerson tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar inklyuziv yondashuv
turizm sohasida mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allik darajasini
pasaytirishga yordam berishini ko‘rsatadi (Rogerson C. M., 2020: 147-165).
Inklyuziv turizmning ahamiyati xizmatlarning dastlabki bosqichidan boshlab
barcha qatlamlar uchun ochiqligini ta’minlashga qaratilgan global tendensiyalar bilan
bog‘liq. Yevropada bu borada bir qator muvaffaqiyatli tashabbuslar amalga
oshirilmoqda. Ular sayyohlik obyektlarini keng omma uchun qulay va kirish mumkin
bo‘lishini ta’minlaydi. (Rasoolimanesh S., 2023: 1497-1517) Masalan, Civitas
Destinations loyihasi barqaror harakatlanishni rivojlantirish, turizmni mahalliy aholi
ehtiyojlari bilan integratsiya qilish va uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni
ta’minlashga qaratilgan (Mantero C., 2022: 1-18).
Dominguez Vila va Darcy fikriga ko‘ra, inklyuziv turizmning muhim jihati –
turistik mahsulotlar va xizmatlarning barcha qatlamlar uchun ochiqligini
ta’minlashdir. Ularning tadqiqotlarida Yevropa mamlakatlarida inklyuziv turizmni
rivojlantirish bo‘yicha tajribalar tahlil qilinib, turizm sanoatining ushbu yo‘nalishda
rivojlanishi kelgusidagi iqtisodiy foydalar bilan bog‘liq ekani qayd etilgan. (Vila T.,
Darcy S., 2025: 1-9). Bizningcha, ushbu tajribalar O‘zbekiston uchun muhim
saboqlar bo‘lishi mumkin. A. Marino ta’kidlashicha, Italiya va Ispaniya tajribasidan
kelib chiqib, davlat va xususiy sektor hamkorligi inklyuziv turizmni rivojlantirishda
katta rol o‘ynaydi. (Marino A., 2001: 43-48) Bizningcha, O‘zbekistonda ham davlatxususiy sheriklik asosida inklyuziv turizm loyihalarini amalga oshirish muhimdir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda inklyuziv turizmni rivojlantirish omillari va ustuvor
yo‘nalishlarini tahlil qilish uchun ilmiy tadqiqot metodlarining kompleks yondashuvi

qo‘llanildi. Nazariy-metodologik tahlil asosida inklyuziv turizmga oid ilmiy
adabiyotlar, xalqaro tajribalar hamda Yevropa mamlakatlarining normativ-huquqiy
asoslari o‘rganildi. Bu usul orqali inklyuziv turizmning rivojlanish bosqichlari va
uning iqtisodiy hamda ijtimoiy ta’siri aniqlandi. Qiyosiy tahlil usuli yordamida
Yevropa mamlakatlari va O‘zbekiston tajribasi qiyosiy o‘rganildi. Natijada, turizm
infratuzilmasini moslashtirish, xizmat ko‘rsatish standartlari va huquqiy mexanizmlar
bo‘yicha o‘xshashlik va tafovutlar aniqlandi. Olingan natijalar asosida O‘zbekistonda
inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi va
strategik yo‘nalishlar belgilandi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Inklyuziv turizmni takomillashtirishdagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
– Davlat siyosati va tartibga solish mexanizmlarining inklyuziv turizmni
shakllantirishdagi rolini aniqlash;
– Mahalliy hamjamiyatlarning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishdagi
ishtirokini tahlil qilish;
– Turistik xizmatlarning barcha uchun ochiqligini ta’minlashda texnologik
yechimlarning ahamiyatini baholash;
– Inklyuziv turizmning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan
ta’lim dasturlari va tashabbuslarni tadqiq qilish.
Shunday qilib, inklyuziv turizmni rivojlantirish uchun davlat qo‘llab-quvvatlovi,
texnologik innovatsiyalar va manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki talab etiladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida inklyuziv turizmni rivojlantirish jarayoni bir
nechta muhim omillarga asoslanadi. Ushbu omillar ichida iqtisodiy integratsiya,
infratuzilma rivoji, inklyuzivlik tamoyillari va barqaror turizm amaliyotlari muhim
o‘rin tutadi. Yevropa Ittifoqining fondlari va uyg‘unlik siyosati bo‘yicha
investitsiyalar turizmni rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shmoqda. Bu mablag‘lar
a’zo davlatlarga turizm sohasini tezroq va samaraliroq rivojlantirish imkonini
bermoqda (Radu D., Vasile A., 2016: 17). Iqtisodiy va siyosiy integratsiya tufayli
Yevropa Ittifoqi doirasida erkin harakatlanish imkoniyatlari oshib, xavfsiz sayohat va
turizmning rivojlanishiga zamin yaratmoqda.
Inklyuziv turizmning muhim jihatlaridan biri har qanday sayyoh uchun sharoit
yaratishdir, ayniqsa nogironligi bor shaxslar uchun. Shuning uchun turizm
manzillarini imkon qadar qulay qilish, raqobatbardoshlikni oshirish va inklyuzivlikni
rivojlantirish muhim sanaladi. Shuningdek, inklyuziv turizm mahalliy jamoalar,
ayollar va kam ta’minlangan guruhlarni turizmda ishtirok etish va undan manfaat
ko‘rish imkoniyatlarini oshiradi (Rogerson C., 2020: 147-165).

Transport tizimlari va umumiy infratuzilma rivoji turizm sohasining muhim
tarkibiy qismidir. Yaxshilangan infratuzilma turistik joylarga tashrif buyuruvchilar
sonini oshirish va ularning turizm imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mehmonxonalar va boshqa turistik infratuzilma sifatining yuqori bo‘lishi Yevropa
Ittifoqi davlatlarida turizmning raqobatbardoshligini oshiradi (Wieckowski M.,
Saarinen J., 2019: 369-377). Tarixiy-madaniy turizmni ilgari surish, jumladan sanoat
merosi turizmi, mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish hamda Yevropa birdamligini
shakllantirishga xizmat qiladi. Polsha, Chexiya va Xorvatiya kabi davlatlarda noyob
madaniy turizm tajribalari orqali sayyohlar jalb qilinmoqda, bu esa turizm
iqtisodiyotiga hissa qo‘shmoqda (Custódio M., Dos Santos F., 2020: 17).

1-jadval

Yevropa mamlakatlarida inklyuziv turizmni rivojlantirish: tajriba va ustuvor
yo‘nalishlar

№ Davlat Inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan
chora-tadbirlar

Barcha uchun mos infratuzilma yaratish («Reisen für Alle» – «Hamma

1 Germaniya uchun sayohat») dasturi, nogironlar uchun maxsus joylashtirish va

transport tizimini rivojlantirish (Manivannan D. va b., 2018).

«Tourisme & Handicap» sertifikatlash tizimi orqali mehmonxonalar,

2 Fransiya restoranlar va muzeylarning nogironlarga moslashtirilishi (Freeman I.,

Selmi N., 2010).

Barselonada inklyuziv plyajlar va tarixiy obyektlarda ko‘rish va

3 Ispaniya eshitish bo‘yicha maxsus texnologiyalar joriy etilishi (Leatherman va b.,

2024).

4 Italiya Venetsiya va Rimda nogironlar uchun maxsus transport va sayyohlik
marshrutlari tashkil etilishi (Biancuzzi va b., 2024).

Buyuk Inklyuziv turizm standartlari («Accessible Britain») va barcha jamoat
5 Britaniya joylarini nogironlarga moslashtirish siyosati (Hansen M., 2021).

6 Niderlandiya Barcha uchun ochiq turizm konsepsiyasi, jumladan, velosiped
yo‘laklarini nogironlar uchun moslashtirish (Vila T., Darcy S., 2025).

«Design for All» dasturi doirasida muzeylar, mehmonxonalar va

7 Shvetsiya shahar infratuzilmasini inklyuziv qilib qayta qurish (Vikström L. va b.,

2025).

8 Daniya Transport vositalari va shahar joylashuvlarini nogironlarga to‘liq
moslashtirish (Papavasiliou A. va b., 2024).

Inklyuziv sayohatlar uchun maxsus dasturlar, jumladan, Lissabon va

9 Portugaliya Porto shaharlarida maxsus yo‘laklar va audio-gidlar (Eusébio C. va b.,

2022).

10 Finlandiya Barchaga teng imkoniyat yaratish dasturi («Everyone’s right to
travel») va inklyuziv tabiat bog‘lari (Lankia T., 2015).

Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda turizm siyosatini olib borish
turizmni uzoq muddatli rivojlantirish uchun muhim omillardan biridir. Turizmda
inklyuziv biznes modellarini joriy qilish natijasida bizneslar va mahalliy jamoalar
manfaatlariga xizmat qiluvchi holatlar yaratilmoqda. (Topsakal Y., Içöz O., 2024:
303-328). Yevropa mamlakatlarida inklyuziv turizmni rivojlantirishga katta e’tibor
qaratilib, sayohat imkoniyatlarini kengaytirish uchun turli dastur va tashabbuslar
amalga oshirilmoqda. Har bir davlat o‘z sharoiti va ehtiyojlaridan kelib chiqib,
nogironlar, keksalar va boshqa ehtiyojmand guruhlar uchun qulay infratuzilma
yaratishga intilayotgani kuzatilmoqda. Quyida Yevropa mamlakatlarining inklyuziv
turizmni rivojlantirish borasidagi asosiy chora-tadbirlari keltirilgan.

Yuqorida keltirilgan tajribalardan ko‘rinib turibdiki, Yevropa mamlakatlari
inklyuziv turizmni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Har bir davlat o‘zining
infratuzilmasini nogironlar, keksa sayyohlar va maxsus ehtiyojga ega odamlar uchun
qulay qilishga harakat qilmoqda. Ushbu tajribalar O‘zbekiston uchun ham muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha
imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga yordam beradi.

Shuningdek, inklyuziv turizmni samarali yo‘lga qo‘yish uchun aniq ustuvor
yo‘nalishlarni belgilash muhimdir. Quyida inklyuziv turizmni rivojlantirishdagi
asosiy ustuvor yo‘nalishlar keltirilgan:

– Turizm joylarini barcha sayyohlar, shu jumladan nogironligi bor shaxslar
uchun moslashtirish inklyuzivlik va raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi
(Calheiros F., 2020: 715-717);

– Turizm iqtisodiyotiga marginal guruhlarni jalb qilish va ularga tadbirkorlik
faoliyatini olib borish uchun sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan
birga, mahalliy jamoalar va boshqa zaif guruhlar ishtirokini rag‘batlantiruvchi siyosat
ishlab chiqilishi lozim (Rogerson C., 2020: 147-165);

– Sayyohlar sonini oshirish va qulayliklar yaratish uchun infratuzilmaga
investitsiya kiritish kerak. Shuningdek, mahalliy jamoalar va manfaatdor
tomonlarning salohiyatini oshirish muhim sanaladi (Bellato L., Cheer J., 2021: 943-
961);

– Mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish va turistik segmentlarni rivojlantirish
uchun tarixiy-madaniy turizmni targ‘ib qilish zarur (Custódio M., Dos Santos F.,
2020).

– Turizmni BRM maqsadlariga moslashtirish orqali mas’uliyatli va barqaror
turizm rivojlantirilishi lozim. Shuningdek, biznes modellarida ham inklyuziv
yondashuvlar qo‘llanilishi kerak (Topsakal Y., Içöz O., 2024: 303-328).

2-jadval

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida inklyuziv turizmni rivojlantirish omillari va
yo‘nalishlari

№ Omillar Ta’siri

1 Iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash Turizmning jadal rivojlanishi

2 Inklyuzivlik Nogironlar va boshqa guruhlar uchun imkoniyat yaratish

3 Infratuzilma rivoji Sayyohlarning qulayligi va tashrif buyurish osonligi

4 Madaniy turizm Hududiy integratsiyani kuchaytirish

5 Barqaror turizm Turizmni uzoq muddatli rivojlantirish

Yevropa Ittifoqida inklyuziv turizmni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor
yo‘nalishlar uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun
muhim strategik yondashuvlardir. Raqamli texnologiyalar zamonaviy turizm sohasida
muhim rol o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, inklyuziv turizm doirasida texnologiyalar
sayohatchilarga qulaylik yaratish, ularga moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etish va
turistik obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash imkonini beradi (Cardoso R.
va b., 2024). Raqamli texnologiyalar turizmni yanada ommabop qilishga, jumladan,
nogironligi bor insonlar, keksalar va alohida ehtiyojlari mavjud sayyohlar uchun
sayohat tajribasini yaxshilashga xizmat qiladi.

3-jadval

Raqamli texnologiyalarning turizmga ta’siri

№ Raqamli texnologiya Foydalanuvchi guruhi Afzalliklari
Nogironligi bor sayyohlar
1 Sun’iy intellektli Keksalar Mustaqil sayohat qilish
yo‘riqnomalar Barcha sayyohlar imkoniyati
Nogironligi bor sayyohlar
2 Interaktiv xaritalar Ko‘zi ojiz shaxslar Oson yo‘nalish topish

3 Smart-turizm tizimlari Shaxsiylashtirilgan
4 Onlayn buyurtma qilish xizmatlar
Imkoniyatlarga mos
platformalari variantlar tanlash
5 GPS texnologiyalari
Xavfsiz marshrut tanlash

O‘zbekiston turizm sohasini raqamli transformatsiya qilish va Yevropa
tajribasidan foydalanish orqali inklyuziv turizmni rivojlantirishda quyidagi

imkoniyatlar mavjud:
1. Yevropada raqamli platformalar orqali ekoturizm daromadlarini oshirish va

ularni tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirish mexanizmlari keng qo‘llaniladi
(Adeline-Cristina va b., 2025: 1-19). O‘zbekiston ham o‘zining tabiiy boyliklarini
raqamli texnologiyalar orqali samarali boshqarishi va turizmni rivojlantirishda
ekotizim tamoyillarini hisobga olishi lozim.

2. Smart mehmonxonalar, avtomatlashtirilgan yo‘l ko‘rsatkichlari va real vaqt
rejimidagi axborot tizimlari Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib,
O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirish raqamli turizmni
rivojlantirishga xizmat qiladi (Tan va b., 2025: 1-19).

3. Yevropa davlatlari turizmni raqamlashtirishda xususiy sektor bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. O‘zbekiston ham davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlash orqali inklyuziv turizm sohasini rivojlantirishga erishishi
mumkin (Chen va b., 2025: 1-9).

O‘zbekiston turizm sektorini inklyuzivlik darajasini oshirish va raqamli
texnologiyalarni joriy etishda Yevropa tajribasidan samarali foydalanish
imkoniyatiga ega. Smart turizm, raqamli marketing va davlat-xususiy sheriklikka
asoslangan rivojlanish modeli mamlakatda inklyuziv turizmni kengaytirish va xalqaro
sayyohlarni jalb qilish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Inklyuziv turizm global miqyosda barqaror rivojlanishning muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, barcha qatlamlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga
qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Yevropa davlatlari inklyuziv
turizmni rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, universal dizayn tamoyillari va
davlat-xususiy sheriklik modellari orqali sezilarli yutuqlarga erishgan. Xususan,
nogironligi bor shaxslar, keksalar va alohida ehtiyojga ega sayyohlar uchun
moslashtirilgan infratuzilma yaratish, axborotga ochiqlik va turistik xizmatlarning
hamma uchun qulay bo‘lishi inklyuziv turizmning asosiy tamoyillarini tashkil etadi.
Inklyuziv turizmning samarali rivojlanishini ta’minlash uchun zamonaviy
texnologiyalarni keng joriy etish, infratuzilmani universal dizayn tamoyillariga
muvofiq modernizatsiya qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida strategik
hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida inklyuziv turizmni
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan:
– Raqamli texnologiyalarni integratsiyalash. Inklyuziv turizm imkoniyatlarini
kengaytirish maqsadida mobil ilovalar, interaktiv xaritalar hamda sun’iy intellekt
asosida ishlovchi avtomatlashtirilgan yo‘riqnomalar joriy etilishi lozim. Bu turistik
obyektlarga kirishni qulaylashtirish bilan birga, turli ehtiyojlarga ega bo‘lgan

sayyohlar uchun shaxsiylashtirilgan xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi;
– Universal dizayn tamoyillariga amal qilish. Mehmonxonalar, jamoat transporti

tizimlari va turistik infratuzilmani barcha toifadagi sayyohlar, jumladan, nogironligi
bor shaxslar, keksa yoshdagilar va maxsus ehtiyojlarga ega insonlar uchun
moslashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyil, nafaqat jismoniy infratuzilmada,
balki raqamli va axborot-kommunikatsiya xizmatlarida ham aks etishi lozim;

– Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish. Inklyuziv turizm
sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda mahalliy biznes subyektlari bilan
hamkorlikni rivojlantirish orqali yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish zarur.
Xususiy sektor ishtirokida inklyuziv turistik xizmatlarni moliyalashtirish
mexanizmlarini ishlab chiqish muhimdir;

– Kadrlar malakasini oshirish. Turistik xizmat ko‘rsatish tizimida faoliyat
yurituvchi mutaxassislarning inklyuziv turizm tamoyillari bo‘yicha malakasini
oshirishga yo‘naltirilgan maxsus trening va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy
etish talab etiladi. Ushbu o‘quv modullari turistik obyektlar, transport va
mehmonxona sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning maxsus ehtiyojga ega
mijozlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim;

– Jamoatchilik xabardorligini oshirish. Nogironligi bor shaxslar va boshqa
ehtiyojmand guruhlar uchun qulay sayohat muhitini yaratish borasida ijtimoiy
tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, keng ko‘lamli axborot-kompaniyalarini o‘tkazish
muhim ahamiyatga ega. Bu jamiyatda inklyuziv turizm madaniyatini shakllantirish va
sayyohlik xizmatlarining hamma uchun ochiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda inklyuziv turizmni rivojlantirish istiqbollari turizm sohasi uchun
maxsus strategik yondashuvlarni ishlab chiqish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish
zaruratini ko‘rsatmoqda. Quyidagi yo‘nalishlar milliy turizm siyosatini inklyuziv
tamoyillar asosida shakllantirishga xizmat qilishi mumkin:

1. Inklyuziv turizm bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish. Yevropa
mamlakatlarining ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston sharoitiga mos bo‘lgan
huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarni joriy etish zarur. Bu strategiya
inklyuziv turizmni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish va
ularning amaliyotga tatbiqini monitoring qilishni o‘z ichiga olishi lozim;

2. Infratuzilmani moslashtirish. Nogironligi bor shaxslar uchun qulay turistik
muhit yaratish maqsadida mehmonxonalar, jamoat transporti va turistik obyektlarni
jismoniy va texnik jihatdan moslashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi kerak.
Universal dizayn tamoyillariga mos keladigan arxitektura va muhandislik
yechimlarining keng joriy etilishi inklyuziv turizmni rivojlantirishning muhim
shartlaridan biridir;

3. Raqamli texnologiyalar asosida xizmatlarni rivojlantirish. Maxsus mobil

ilovalar, raqamli platformalar va virtual turlar orqali turistik xizmatlarning
inklyuzivligini oshirish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, onlayn buyurtmalar,
tarjima tizimlari va interaktiv yo‘riqnomalar orqali turistik obyektlarga kirish
imkoniyatlarini kengaytirish lozim;

4. Xalqaro tajribani integratsiya qilish. Yevropa davlatlari bilan inklyuziv
turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, turizm sohasi
mutaxassislarini o‘qitish va malaka oshirish uchun qo‘shma dasturlarni yo‘lga
qo‘yish muhimdir.

Umuman olganda, O‘zbekistonda inklyuziv turizmni rivojlantirish nafaqat
ijtimoiy tenglikni ta’minlash, balki xalqaro sayyohlik oqimini oshirish, yangi ish
o‘rinlarini yaratish va turizm sohasida barqaror o‘sishga erishish uchun ham muhim
ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI / REFERENCES:
1. D. Radu, A. Vasile. (2016). European Union Competences in Tourism
Promotion in Member States. // Quality-Access to Success, № 17.
2. I. Freeman, N. Selmi. (2010). French versus Canadian tourism: Response to
the disabled. // Journal of Travel Research, № 49. – P. 471-485.
3. L. Bellato, S. McCabe. (2011). Systems of social tourism in the European
Union: A critical review. // Current Issues in Tourism, № 14. – P. 417-430.
4. L. Day Ashley, C. Mcloughlin, M. Aslam, J. Engel, J. Wales, S. Nicolai, P.
Rose. (2014). The role and impact of private schools in developing countries: A
rigorous review of the evidence. – Birmingham.
5. Mantero C. (2022). Sustainable, Smart and Safe mobility at the core of
sustainable tourism in six European islands. // Sustainable Mobility for Island
Destinations. – P. 1-18.
6. Marino A. (2001). The tourist sector: Public versus private – the Italian and
Spanish experience. // Tourism management, № 22. – P. 43-48.
7. M. Więckowski, J. Saarinen. (2019). Tourism transitions, changes, and the
creation of new spaces and places in Central-Eastern Europe // Geographia Polonica,
№ 92. – P. 369-377.
8. Rogerson C. (2020). In search of inclusive tourism in South Africa: Some
lessons from the international experience. // New directions in South African tourism
geographies. – P. 147-165.
9. R. Scheyvens, R. Biddulph. (2018). Inclusive tourism development
// Tourism Geographies, № 20. – P. 589-609.
10. T. Bush, G. Oduro. (2006). New principals in Africa: Preparation, induction
and practice // Journal of Educational Administration, № 44. – P. 359-375.