ZIYORAT TURIZMI RIVOJLANISHIDA YANGI TENDENSIYALAR
NEW TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF PILGRIMAGE TOURISM
НОВЫЕ ТЕНДЕНЦИИ В РАЗВИТИИ ПАЛОМНИЧЕСКОГО ТУРИЗМА
Gulyamova Gulnora Pataxkamalovna
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Tel.: +998 71 244-94-63
E-mail: g.gulyamova@iiau.uz
ORCID: 0000-0002-0538-9508
Annotatsiya: Maqolada hozirgi davrda ziyorat turizmini oʻrganish borasidagi
qarashlarning oʻzgarish tendensiyalari bayon etilgan. Xorijlik mutaxassislarning koʻp
yillik ilmiy ishlari tahlili deyarli har bir tadqiqotda ziyorat va turizm oʻrtasidagi
oʻzaro bogʻliqlik, ziyoratchilar va sayyohlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqlar
masalasi koʻtarilishini koʻrsatganligi taʼkidlab oʻtilgan. Bunda ziyorat turizmi
tushunchasining maʼnosi kengayib borayotganligi, ziyorat obyektlari xususiyatlari
tubdan oʻzgarib borayotganligi taʼkidlangan, turizmda barqaror rivojlanish
tendensiyalari hamda ziyorat turizmida raqamli texnologiyalarni qoʻllash masalalari
koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga, diniy turizm va ilmiy diniy turizmning ziyorat
manzillariga taʼsiri tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Turizmni raqamlashtirish esa
ziyorat obyektlarini tashkil etish va ularga xizmat koʻrsatishda yangi imkoniyatlar
yaratishiga maqolada alohida urg‘u beriladi.
Kalit soʻzlar: ziyorat turizmi, diniy turizm, ziyorat manzillari, ilmiy-diniy
turizm, ziyorat obyektlari, turizmni raqamlashtirish.
Abstract: The article outlines the changing trends in perspectives on the study
of pilgrimage tourism in the modern era. An analysis of the multi-year scientific
works of foreign experts highlights that nearly every study addresses the
interdependence between pilgrimage and tourism, as well as the similarities and
differences between pilgrims and tourists. It is emphasized that the concept of
pilgrimage tourism is expanding, the characteristics of pilgrimage sites are
undergoing fundamental changes, and issues such as sustainable development trends
in tourism and the application of digital technologies in pilgrimage tourism are
examined. At the same time, the growing relevance of religious tourism and scientific
religious tourism’s impact on pilgrimage destinations is noted. Particular emphasis is
placed on the fact that the digitization of tourism creates new opportunities for
organizing pilgrimage sites and providing services to them.
Keywords: pilgrimage tourism, religious tourism, pilgrimage destinations,
scientific religious tourism, pilgrimage sites, tourism digitization.
Аннотация: В статье изложены тенденции изменения взглядов на
изучение паломнического туризма в современную эпоху. Анализ многолетних
научных работ зарубежных специалистов показывает, что практически в
каждом исследовании поднимается вопрос взаимосвязи между паломничеством
и туризмом, а также сходств и различий между паломниками и туристами.
Подчеркивается, что понятие паломнического туризма расширяется,
характеристики объектов паломничества кардинально меняются, а также
рассматриваются вопросы тенденций устойчивого развития в туризме и
применения цифровых технологий в паломническом туризме. Вместе с тем
отмечается возрастающая актуальность влияния религиозного туризма и
научного религиозного туризма на паломнические дестинации. Особое
внимание в статье уделяется тому, что цифровизация туризма создает новые
возможности для организации объектов паломничества и оказания им услуг.
Ключевые слова: паломнический туризм, религиозный туризм,
паломнические дестинации, научный религиозный туризм, объекты
паломничества, цифровизация туризма.
KIRISH
Hozirgi davrda ziyorat turizmi turizm industriyasining muhim sektori sifatida
jadal rivojlanmoqda. BMTning Turizm tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, ziyorat
maqsadida sayohat qiladigan turistlar soni yiliga oʻrtacha 300 mln. kishidan ortiq
boʻlib, bu barcha turistlarning 25%ni tashkil etadi. Shuni taʼkidlash kerakki, soʻnggi
oʻn yil ichida ziyorat turizmi yanada ommalashib, xalqaro turizmda salmoqli oʻrin
egallab bordi. Oʻzbekiston ham ziyorat turizmini rivojlantirish uchun yuqori
salohiyatga ega. Davlatimiz tomonidan soʻnggi yillarda ziyorat turizmini
rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Yurtimizda dunyoning turli
burchaklaridan kelgan ziyoratchilarni oʻziga tortadigan koʻplab ziyoratgohlar,
maqbaralar, masjidlar va tarixiy obidalar joylashgan. Bu mamlakatimizning ziyorat
turizmi imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligini ifodalaydi. Shu bilan birga,
mamlakatda boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar uchun ham aziz boʻlgan tarixiy
qadamjolar bor. Oʻzbekiston hududida turli konfessiyalar – islom, xristianlik,
iudaizm, buddaviylik, zoroastrizmning rivojlanishi bilan bogʻliq 500 dan ortiq
yodgorliklar va tarixiy joylar mavjud. Bu esa ziyorat turizmini rivojlantirish uchun
jiddiy imkoniyat yaratadi.
Shu bilan birga keyingi yillarda ziyorat turizmini faoliyat sifatida oʻrganish va
uning asosiy muammolarini tahlil etish tobora dolzarb boʻlib bormoqda.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
Ziyorat turizmi masalalariga bagʻishlangan ilmiy izlanishlar tahlili bir qancha
nazariy va amaliy xususiyatlarga ega muammolar hamda qarashlar mavjud ekanligini
koʻrsatdi. Xorijlik mutaxassislarning koʻp yillik ilmiy ishlari tahlili deyarli har bir
tadqiqotda ziyorat va turizm oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, ziyoratchilar va sayyohlar
oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqlar masalasi koʻtarilishini koʻrsatdi. Ushbu masala
boʻyicha ilmiy nashrlarda turli xil, baʼzan bir-biriga zid qarashlar mavjud, masalan,
baʼzi mualliflar ziyorat va turizm insoniy xatti-harakatlarning turli xil va bir-birini
istisno qiladigan toifalari ekanligini taʼkidlaydilar, boshqalari esa bunday aniq farqga
qarshi chiqadilar.
Jumladan, N. Kollins-Kreiner va A. Morinis ziyoratni yuksak qadriyat va chuqur
maʼnoga ega joylarga sayohat deb tushunadilar. Yoki J. Digans va V. Smit fikricha,
ziyoratchi muqaddas xilqat bilan munosabatda boʻlish, boshqacha aytganda, chuqur
diniy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan oʻziga xos joyni ziyorat qilishga intiladi.
T. Bremer esa bu ikki tushuncha oʻrtasida bogʻliqlikni belgilovchi uchta
yondashuvni ajratib koʻrsatib, ularga quyidagilarni kiritadi:
- hududiy yondashuv – turist va ziyoratchi turli sabablarga koʻra bitta hududga
boradi;
- tarixiy yondashuv – sayohatning diniy shakllari bilan turizm oʻrtasidagi oʻzaro
munosabat;
- madaniy yondashuv – ziyorat va turizm hozirgi davrning zamonaviy faoliyat
turlari sifatida qabul qilinadi (Bremer T., 2001).
Juda koʻp maqolalarda ziyorat turizmning bir turi sifatida tan olinadi. Sababi,
mehmonxona, transport va ovqatlanish, boshqa turizmga oid xizmatlar hamda
infratuzilmadan ziyorat davrida ham foydalaniladi.
D. Gladstone fikriga koʻra ham turizm va ziyorat oʻrtasida umumiylik mavjud.
Jumladan, ularning mavsumiyligi, turizm infratuzilmasidan, gidlar xizmatidan
foydalanish, tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaslik kabilarni koʻrsatish mumkin.
O. Afanasyev, A. Afanasyeva fikriga koʻra, “diniy turizm industriyasining
muhim tendensiyasi bu diniy turizmning maʼnaviy turizmga aylanishi haqida
taʼkidlash imkonini beruvchi uning differensiatsiyasi va chegaralarining
kengayishidir (Афанасьев О., Афанасьева А., 2019).
Hozirgi paytda koʻpchilik tadqiqotchilar ziyoratning va ziyorat turizmining
xususiyatlari oʻzgarib borayotganini taʼkidlamoqdalar. Ularning fikriga koʻra, ziyorat
turizmida diniy xususiyatning yoʻqolib borishi, ziyorat marshrutlarining madaniy,
tarixiy va hattoki, sport yoʻnalishlari sifatida qabul qiluvchi “yangi ziyoratchilar” soni
ortib bormoqda. Jumladan, Kollins-Kreiner koʻpchilik ziyoratchilar dindor ham emas,
balki oʻzining shaxs sifatida rivojlanishi va hayotning maʼnosini anglash uchun
sayohat qiladi deb taʼkidlaydi.
Tahlil etilgan koʻpchilik tadqiqotlarda ziyorat turizmi rivojlanishi turizmning
barqaror rivojlanish tamoyillari nuqtayi nazaridan oʻrganilgan. Timoti va Olsen
taʼkidlashicha, ziyorat obyektlariga turistlar oqimining kengayib borishi tarixiy meros
hududining ifloslanishi va obidalarning yemirilishiga sabab boʻlmoqda. Shuning
uchun ular ekologik tashabbuslarni joriy qilish, jumladan, tashrif buyuruvchilar
sonini cheklash, chiqindilarni qayta ishlash dasturlari va mahalliy hamjamiyatlarni
qoʻllab-quvvatlashni taklif etganlar.
Ziyorat turizmi jamiyat, texnologiyalar va ekologik oʻzgarishlarga moslashgan
holda transformatsiyalanmoqda. Shuningdek, zamonaviy ziyorat turizmining muhim
jihati uning raqamlashtirilishidir. Eadening fikriga koʻra, hozirda ziyoratchilarning
onlayn jamoalari yaratilib, ular oʻzaro tajribalarini boʻlishadilar, marshrutlarni
rejalashtiradilar va logistika boʻyicha muhokama olib boradilar. Soʻnggi yillarda
ziyoratgohlarga virtual sayohatlar ommalashib bormoqda.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotning nazariy asosini diniy va ziyorat turizmi, diniy turizm turlari,
madaniy turizm va diniy turizm masalalarini oʻrgangan mahalliy va xorijiy
mualliflarning ilmiy ishlari tashkil etadi. Tadqiqot davomida monografik tadqiqot,
statistik va tizimli tahlil usullaridan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakatimizda qabul qilingan “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasida xorijiy
turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga, ziyorat turizmi
boʻyicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish, xususiy
investitsiyalarni jalb qilish hisobiga 30ta yirik turizm klasterlarini tashkil etish, turizm
xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi qoʻyilgan. Bu boradagi
vazifalarni amalga oshirishda turizmning turli sohalarini rivojlantirish muammolarini
oʻrganish dolzarb masala boʻlib qoladi.
Turizmning ushbu turini rivojlantirish nafaqat hududlarning iqtisodiy yuksalishi,
balki mamlakat madaniy merosini asrab-avaylash va targʻib qilishga ham xizmat
qiladi. BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti)ning turizm tashkiloti diniy turizmga
taʼrif berishda uni kishilar tomonidan u yoki bu dinda muqaddas hisoblangan joylarga
borish va maʼlum diniy amallarni bajarish bilan bogʻlaydi. Mutaxassislar uning
tarkibiga ziyorat turizm, diniy-ekskursiya turizmi va diniy-ilmiy turizmni kiritadilar.
Bunga bogʻliq holda oʻz yashash hududidan bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga,
turli xil diniy markazlar va muqaddas joylarni koʻrish, maʼlum ibodat talablarini
bajarish, dinni, diniy manbalarni oʻrganish maqsadida sayohat qiluvchi shaxslar diniy
maqsad bilan sayohat qiluvchi turist deb ataladi.
Bizning fikrimizcha, ziyorat – kishilarning muqaddas joylarga tashrif buyurishi
va u yerlarda maʼlum amallarni amalga oshirishidan iborat, ziyorat turizmi esa
ziyorat qilish uchun sayohat qiluvchilarga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan faoliyat
turidir. Diniy ekskursiya turizmi diniy markazlarga sayohat qilishni oʻz ichiga oladi,
bu yerda sayyohlar diniy obidalarni, muzeylarni koʻrishi, diniy tadbirlarda
qatnashishi mumkin” (Gulyamova G., 2022). Ushbu turdagi turizm ilmiy turizm bilan
ham chambarchas bogʻliq. Olimlar mavjud diniy markazlarga, boy diniy anʼanalarga
ega boʻlgan mamlakatlar va mintaqalarga tashrif buyurib, diniy meros -
qoʻlyozmalar, diniy meʼmorchilik obyektlarini oʻrganadilar.
Turizm mutaxassislari musulmonlarning diniy talablaridan chiqmagan holda har
qanday sabab bilan sayohat qilishlarini barcha uchun birday tushunarli boʻlishi uchun
qanday nomlanishi ustida fikrlar bildirganliklarini taʼkidlash lozim. Ziyorat turizmi,
Islomiy turizm, diniy turizm, sharʼiy turizm, halol turizm kabi taklif etilgan
atamalarning muammoli jihatlari boʻlganligi sababli, bahs va munozara, diniy soha
va turizm mutaxassislarining fikrlaridan kelib chiqib Muslim-friendly travel
(musulmonlar uchun qulay turizm) atamasi maʼqul koʻrilgan.
Shu bilan birga, ziyoratga chiqqan kishi koʻp hollarda oʻz qiziqishlarini
qondirish, bilimlarini kengaytirish, tabiat manzaralaridan bahra olish uchun ham
harakat qiladi. Bu ziyorat destinatsiyalarining umumiy turistik destinatsiyaga
aylanishi uchun imkon yaratadi. Bu yerda 3R (Religion+Rest+Relax) (Din+Dam
olish+Sogʻlomlashish) formulasi amal qiladi. Bu yerda shuningdek, tarix, madaniyat
va arxitektura bilan tanishish kabi jarayonlarni koʻzda tutish kerak. Demak, hozirgi
davrda diniy turizm tushunchasi kengayib bormoqda va bu bilan bogʻliq holda baʼzi
mualliflar uning oʻrniga maʼnaviy-maʼrifiy turizm tushunchasini kiritishni taklif
etmoqdalar (Афанасьев О., Афанасьева А., 2019).
Shunday qilib, soʻnggi yillarda ziyorat turizmining xususiyatlari oʻzgarib
borayotganligi uning taʼrifiga ham oʻzgartirish kiritish zaruriyatini vujudga
keltirmoqda. Taʼkidlash kerakki, bu fikrga qarama-qarshi qarashlar ham mavjud
boʻlib, koʻpchilik mualliflar sof ziyorat bilan ziyorat turizmini ajratish kerakligini
aytadilar (Digance J., 2006). Shunday qilib, aslida madaniy-oʻrganish maqsadlari
bilan diniy turizm va asosan diniy motivga ega boʻlgan ziyorat turizmi oʻrtasidagi
farqni inkor etib boʻlmaydi.
Shu nuqtayi nazardan ziyorat obyektlariga nisbatan ham sof diniy obyekt yoki
koʻp funksiyali obyekt sifatida qarash shakllanganini koʻrish mumkin. Masalan, har
qanday musulmon Makka va Madinaga faqat ziyorat uchun boradi, xristianlar Afon
togʻini ziyorat qilish uchun kirish ruxsatnomasini olishlari kerak. Koʻplab
buddaviylik ibodatxonalari ham sayyohlar uchun yopiq. Demak, hamma
ziyoratgohga ham turistlarni jalb qilib boʻlmaydi va u yerlarga boruvchilarni turist
deb atash mumkin emas.
Hozirgi paytda shartli ravishda ziyorat obyektlarini turizm faoliyatiga jalb qilish
darajasi va imkoniyatiga koʻra bir qancha guruhga ajratish mumkin:
1) hozirgi vaqtda va yaqin kelajakda sayyohlik sohasiga jalb qilinmaydigan
obyektlardan tashqari (masalan, Makka va Madina, ayrim xristian cherkovlari,
buddaviylik ibodatxonalari) boshqa joylarga sayyohlik kompaniyalari tomonidan
ziyoratchilarni olib borish xizmatlari koʻrsatilishi mumkin;
2) potensial sayyohlik obyektlari, hozirda diniy turizmda foydalanilmayotgan,
ammo sayyohlik safarlari geografiyasining kengayishi bilan sayyohlik industriyasiga
jalb qilinishi aniq boʻlgan obyektlar (masalan, yangi quriladigan masjid, cherkovlar);
3) ham turizm uchun ham ziyorat qilish funksiyalarini bir vaqtning oʻzida
bajaradigan obyektlar – anʼanaviy va gʻayrioddiy muqaddas obyektlar, nafaqat
ziyoratchilar, balki oddiy sayyohlarni ham oʻziga jalb qiladigan joylar;
4) avval diniy funksiyalarni bajargan, lekin turli sabablarga koʻra ularni
yoʻqotgan yoki sayyohlar tomonidan shunday qabul qilinmaydigan turizm (tarixiymadaniy) obyektlari (masalan, Misrda piramidalar vodiysi dastlab firʼavnlarning
ulkan qabristoni sifatida);
5) faqat sayyohlik obyektlari, diniy boʻlmagan, lekin diniy xususiyatlarni oʻzida
mujassam etgan yoki maʼlum bir ruhiy maʼnolarni yetkazuvchi obyektlar (masalan,
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahridagi “Barcha dinlar ibodatxonasi”).
Hozirgi davrda ziyorat turizmini oʻrganishda muhim yoʻnalishlardan biri diniy
obyektlarga madaniy meros sifatida qarash bilan undan turistik obyekt sifatida
foydalanish oʻrtasidagi muvozanat masalasidir. Koʻpchilik mualliflar ziyorat
obyektlarining turistik obyektlarga aylantirilishi ularni saqlash imkoniyatini
kengaytiradi, deb taʼkidlaydilar. Shu sababdan ham, ziyoratgohlarda uchta
yoʻnalishda ish olib borish maqsadga muvofiq:
1. Sayohatchilar va mehmonlar uchun qulay muhit yaratish, turli din
vakillariga doʻstona munosabatda boʻlish;
2. Sayohatchilar tomonidan diniy obyektda boʻlish qoidalariga rioya etmaslik
natijasida dindorlarni bexosdan xafa qilishi mumkin boʻlgan istalmagan xulq-atvorni
bartaraf etish. Buning uchun maʼlum bir dinning qoidalari va xususiyatlari haqidagi
maʼlumotlar sayohatchilarga qulay usulda yetkazilishi kerak;
3. Sayohatchini ibodatga undash, sayohatchi ziyoratchiga aylanishi uchun
zamin yaratish.
Shuni taʼkidlash kerakki, hozirgi paytda ziyorat turizmining ekologik jihatlari
ham tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida oʻz aksini topmoqda. Katta miqdordagi
turistlar oqimi ziyorat obyektlarining ekologik holatining yomonlashuviga olib
keladi. Ziyorat obyektlarida ekologik muvozanatni saqlash uchun barqaror rivojlanish
tamoyillarini turizmga qoʻllash talab etiladi.
Soʻnggi yillarda ziyorat turizmiga keng joriy etilayotgan yoʻnalish uni
raqamlashtirish masalasidir. Virtual reallik, kengaytirilgan reallik va 3D
modellashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda zamonaviy sayohatchilarning
oʻzgaruvchan talablariga javob beradigan immersiv va interaktiv sayohat tajribasini
yaratish imkoniyatiga ega (Astanakulov O., 2024). Ushbu texnologiyalar tashrif
buyuruvchilarni oʻtmishga olib borishi mumkin, bu ularga qadimiy shaharlarni virtual
kashf qilish, tarixiy voqealarga guvoh boʻlish va rekonstruksiya qilingan artefaktlar
bilan muloqot qilish imkonini beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Soʻnggi yillarda diniy, ziyorat turizmi masalalariga bagʻishlangan ilmiy ishlarni
tahlil qilish davomida ziyorat va turizm tushunchalarining uygʻunligi bilan bogʻliq
boʻlgan atamashunoslik masalalariga eʼtibor kuchayganligini koʻrish mumkin.
Ziyorat turizmining xususiyati oʻzgarib borayotganligi natijasida koʻpchilik
tadqiqotchilar uni madaniy turizm, ruhiy turizm tushunchalari bilan almashtirishni
taklif qilmoqdalar.
Ziyorat obyektlarini turizm faoliyatiga jalb qilish darajasi va imkoniyatiga koʻra
bir qancha guruhlarga ajratishimiz mumkin, bu guruhlardagi ziyorat obyektlari
xususiyatiga koʻra ularni rivojlantirish imkoniyatini belgilash mumkin.
Ziyorat obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash ularning
ommaga ochiqligini yaxshilash, madaniy merosni saqlashga hissa qoʻshish imkonini
beradi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish turizmga xarajatlarni kamaytirish,
kompaniyalar samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish, raqamli tovar va
xizmatlar bozorida oʻz oʻrnini egallash uchun yangi turdagi turistik mahsulotlarni
chiqarish imkonini beradi.
Ziyorat turizmining hozirgi rivojlanish tendensiyalari uning kelajakdagi barqaror
o‘sishini ta’minlash uchun bir qator choralar ko‘rishni talab etadi. Birinchidan,
ziyorat destinatsiyalarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish,
masalan, virtual sayohat platformalari va mobil ilovalarni ishlab chiqish orqali
ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, diniy turizmni
ilmiy tadqiqotlar bilan yanada integratsiyalash, ziyorat obyektlarining madaniytarixiy ahamiyatini oshirish va mahalliy aholi uchun iqtisodiy foyda keltiradigan
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Astanakulov O. (2024). Iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida Oʻzbekistonda
ziyorat turizmini rivojlantirishga innovatsion yondashuvlar // “Oʻzbekistonda yangi
iqtisodiy islohotlar sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirish: muammolar va
istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent:
OʻzXIA.
2. Bremer T. (2015). Tourism and religion / Encyclopedia of religion. Detroit:
Macmillian Reference. – P. 9260–9264.
3. Collins-Kreiner, Noga. (2018). Pilgrimage-Tourism: Common Themes in
Different Religions // International Journal of Religious Tourism and Pilgrimage, №6.
4. Г. Гулямова, Ф. Абдусаломова. (2022). Ўзбекистонда зиёрат туризмини
ривожлантириш // Ўзбекистонда зиёрат туризмини ривожлантиришда
буддавийлик обидаларининг ўрни мавзусидаги халқаро илмий-амалий
конференция материаллари. – B. 114-119.
5. Digance J. (2006). Religious and Secular Pilgrimage: Journeys Redolent
with Meaning. In: Tourism, Religion and Spiritual Journeys. – London: Routledge. –
P. 52-64.
6. J. Eade, M. Sallnow. (1991). Contesting the Sacred: The Anthropology of
Christian Pilgrimage. – London: Routledge.
7. Gladstone D. (2013). From pilgrimage to package tour: Travel and tourism
in the Third World. – Abingdon: Routledge.
8. Morinis A. (1992). Introduction: The Territory of the Anthropology of
Pilgrimage, in Sacred Journeys: The Anthropology of Pilgrimage. – Westport:
Greenweed Press. – P. 1-28.
9. O. Афанасьев, A. Афанасьева. (2019). Религиозный туризм как тренд
мировой и российской туриндустрии: концептуальная сущность и модели
развития // Современные проблемы сервиса и туризма. №3. – С. 7-27.
10. R. Lois-González, X. Santos. (2015). Tourists and Pilgrims on their Way to
Santiago. Motives, Caminos and Final Destinations // Journal of Tourism and
Cultural Change, № 13. – P. 149-164.
11. Smith V. (1992). Introduction: The quest in guest // Annals of Tourism
Research, № 19. – P. 1-17.
12. Тухлиев, Н. (2024). Ўзбекистонда зиёрат туризмини ривожлантириш
омиллари ва имкониятлари. “O‘zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar sharoitida
ziyorat turizmini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent: O‘zXIA.
13. Христов Т. (2020). Религиозный туризм: учебное пособие. – Москва:
“Академия”. – 288 с.
14. Холхўжаев С. (2020). Зиёрат туризми, исломий туризм, диний туризм,
шаърий туризм ва ҳалол туризм? Қай бир атама тўғри?
https://azon.uz/content/views/ziyorat-turizmi-islomiy-turizm-diniy-tur.
15. Network of Religious Tourism: Project Brief. UNWTO. URL:
http://cf.cdn.unwto.org/sites/all/files/pdf/nrt_proposal_flyer-14july2016-lowres.pdf
REFERENCES:
1. Astanakulov, O. (2024). Iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida Oʻzbekistonda
ziyorat turizmini rivojlantirishga innovatsion yondashuvlar // “Oʻzbekistonda yangi
iqtisodiy islohotlar sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirish: muammolar va
istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent:
OʻzXIA. (In Uzbek)
2. Bremer, T.S. (2015). Tourism and religion / Encyclopedia of religion.
Detroit: Macmillian Reference, 9260–9264.
3. Collins-Kreiner, Noga. (2018). Pilgrimage-Tourism: Common Themes in
Different Religions // International Journal of Religious Tourism and Pilgrimage №6.
4. G. Gulyamova, F. Abdusalomova. (2022). Oʻzbekistonda ziyorat turizmini
rivojlantirish // Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda buddaviylik
obidalarining oʻrni mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – B.
114-119.
5. Digance J. (2006). Religious and Secular Pilgrimage: Journeys Redolent
with Meaning. In: Tourism, Religion and Spiritual Journeys. – London: Routledge. –
P. 52-64.
6. J. Eade, M. Sallnow. (1991). Contesting the Sacred: The Anthropology of
Christian Pilgrimage. – London: Routledge.
7. Gladstone D. (2013). From pilgrimage to package tour: Travel and tourism
in the Third World. – Abingdon: Routledge.
8. Morinis A. (1992). Introduction: The Territory of the Anthropology of
Pilgrimage, in Sacred Journeys: The Anthropology of Pilgrimage. – Westport:
Greenweed Press. – P. 1-28.
9. O. Afanasev, A. Afanaseva. (2019). Religiozniy turizm kak trend mirovoy i
rossiyskoy turindustrii: kontseptualnaya sushnost i modeli razvitiya // Sovremennie
problemi servisa i turizma. №3. – S. 7-27.
10. R. Lois-González, X. Santos. (2015). Tourists and Pilgrims on their Way to
Santiago. Motives, Caminos and Final Destinations // Journal of Tourism and
Cultural Change, № 13. – P. 149-164.
11. Smith V. (1992). Introduction: The quest in guest // Annals of Tourism
Research, № 19. – P. 1-17.
12. Tuxliyev, N. (2024). O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish omillari
va imkoniyatlari. “O‘zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar sharoitida ziyorat
turizmini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari. – Toshkent: O‘zXIA. (In Uzbek)
13. Xristov, T.T. (2020). Religiozniy turizm: uchebnoe posobie. – Moskva:
“Akademiya”. – 288 s. (In Russian)
14. Xolxo‘jayev, S. (2020). Ziyorat turizmi, islomiy turizm, diniy turizm,
sha’riy turizm va halol turizm? Qay bir atama to‘g‘ri?
https://azon.uz/content/views/ziyorat-turizmi-islomiy-turizm-diniy-tur. (In Uzbek)
15. Network of Religious Tourism: Project Brief. UNWTO. URL:
http://cf.cdn.unwto.org/sites/all/files/pdf/nrt_proposal_flyer-14july2016-lowres.pdf