AHLI KITOBLARDA DAROMADDAN MODDIY YORDAM AJRATISH
FUNKSIYALARI
FUNCTIONS OF ALLOCATION MATERIAL ASSISTANCE FROM
INCOME IN THE SCRIPTURES
ФУНКЦИИ РАСПРЕДЕЛЕНИЯ МАТЕРИАЛЬНОЙ ПОМОЩИ ИЗ
ДОХОДОВ В СВЯЩЕННЫХ ПИСАНИЯХ
Nishanova Dildora Komiljanovna
Oriental universiteti
Tarix kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Tel.: +998 99 001-48-87
E-mail: dnishanova1987@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada diniy e’tiqodlarda moddiy yordam ko‘rsatish muhim
ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi. Kitob nozil bo‘lgan (ya’ni ahli kitob) –
yahudiylik, xristianlik va islom dinlarida sadaqa berishning ahamiyati ta’kidlanadi.
Sadaqa – kambag‘allarga yordam ko‘rsatish va e’tiqodda yuksaklikka erishishning
muhim yo‘li sifatida e’tirof etiladi. Islomda ushr va zakot, yahudiylik va xristianlikda
esa desyatina (daromadning o‘ndan bir qismi) sadaqa shakli mavjud. Garchi
yahudiylikda ham sadaqa berish qadriyat sifatida ilgari surilgan bo‘lsa-da,
xristianlikda bu ehson turiga katta e’tibor qaratiladi. Ushbu maqola diniy e’tiqodlarda
sadaqaning roli va shakllari haqida umumiy tushunchalar beradi, shuningdek, har bir
dinning sadaqa qilishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatadi. Sadaqa qilish
insonlarni mehr-shafqatli va ijtimoiy adolatli bo‘lishga chaqiradi, va diniy
amaliyotlarning muhim qismi hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: yahudiylik, xristianlik, islom, rohib, Tavrot, Bibliya, Injil, ushr,
zakot, Qur’on, desyatina.
Abstract: The article shows that charity is important in religious beliefs. The
importance of charity in the religions of the Book (i.e., the People of the Book)
Judaism, Christianity, and Islam is emphasized. Charity is recognized as an important
way to help the poor and achieve greatness in faith. In Islam, there are tithes and
zakat, and in Christianity, there is a form of charity called desyatina (one tenth of
income). Although in Judaism, charity is also promoted as a value, in Christianity,
great attention is paid to this type of donation. This article provides general ideas
about the role and forms of charity in religious beliefs, as well as shows the specific
characteristics of each religion in charity. Charity calls people to be compassionate
and socially just, and is an important part of religious practices.
Keywords: Judaism, Christianity, Islam, monk, Torah, Bible, Gospel, ushr,
zakat, Quran, tithe.
Аннотация: В статье показано, что благотворительность имеет важное
значение в религиозных верованиях. Религии Книги (т. е. Люди Книги) —
иудаизм, христианство и ислам — подчёркивают важность милостыни.
Благотворительность признана важным способом помощи бедным и
достижения величия веры. В исламе есть десятина и закат, а в христианстве —
десятина (десятая часть дохода) — форма благотворительности. Хотя в
иудаизме милостыня также считается ценностью, христианство уделяет этому
виду даяния большое внимание. В статье даётся общее представление о роли и
формах благотворительности в религиозных верованиях, а также
подчёркиваются уникальные особенности каждой религии в отношении
благотворительности. Подача милостыни призывает людей быть
сострадательными и социально справедливыми и является важной частью
религиозных практик.
Ключевые слова: Иудаизм, Христианство, Ислам, монах, Тора, Библия,
Евангелие, ушр, закят, Коран, десятина.
KIRISH
Har bir din ezgulikka chorlaydi va o‘z e’tiqodchisiga ijtimoiy himoyaga muhtoj
bo‘lgan qatlam aholisida sadaqa va ehsonlar qilishni targ‘ib qiladi. Mazkur buyruq
jamiyatda tengsizlikni oldini olish va Yaratgan xudoning buyrug‘iga so‘zsiz
bo‘ysunishni anglatadi. Islom dinida boyligi nisobga yetgach zakot berish farz
qilingani kabi yahudiylik va xristianlikda ham daromadning 10dan bir qismini ehson
qilish buyuriladi. Ikkisining targ‘iboti bir xil bo‘lsa-da, ammo uning tartib-qoidalari
turlicha. Zakot Qur’oni Karim va hadislarda aniq hukm qilingan bo‘lib, islomning
besh ustunidan biridir. Desyatina esa Tavrotda buyurilgan bo‘lib, xristianlikda u
ruhiy jihatdan tavsiya etilgan amal sifatida talqin qilinadi. Injilda desyatina haqida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyat yo‘q.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Desyatina (o‘ndan birlik) tushunchasini asosan cherkovga xizmat qilgan rohibtadqiqotchilar o‘rganganlar. Rossiyada Y. Shapov (Шапов Я., 1989: 28),
A..Kostromin (Костромин А., 2014: 28), g‘arb olimlaridan esa A. Panchenko
(Панченко А., 1984: 208), A. Vinogradov (Виноградов А., 2023: 128), V. Petruxin
kabi ruhoniy tadqiqotchilar o‘rganishgan. Zakot atamasi esa Qur’oni Karim va hadisi
shariflarda ochiq bayon qilingan hamda islom ulamolaridan bir qancha islom
moliyasiga oid tadqiqotlarda o‘rganib kelinmoqda. Ammo mazkur mavzu tadqiqot
obyekti sifatida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistranti
Egamov Oyatulloh tomonidan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llabquvvatlashning diniy-ma’rifiy asoslari” (Egamov O., 2025: 97) nomli magistrlik ishi
dissertatsiyasida xristianlik va islom dinlarida diniy farz sifatida daromad sadaqasi
haqida ma’lumot bergan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari qiyosiy tahlil qilindi.
Xususan, Tavrot, Injil va Qur’onda daromaddan ijtimoiy yordam uchun ajratiladigan
moddiy mablag‘ haqida keltirilgan ma’lumotlar obyektiv tarzda o‘rganildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Zakot Qur’oni Karim va hadislarda aniq hukm qilingan bo‘lib, islomning besh
ustunidan biridir. Desyatina esa Tavrotda buyurilgan bo‘lib, xristianlikda u ruhiy
jihatdan tavsiya etilgan amal sifatida talqin qilinadi. Injilda desyatina haqida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyat yo‘q. “Zakot” so‘zi lug‘atda bir necha ma’noni ifoda
qiladi. Bulardan eng muhimlari: poklanish, ortish, rivojlanish, istilohda esa
belgilangan miqdordagi molni ma’lum shartlarga binoan olishga haqdor bo‘lgan
kishiga berishdir. Desyatina esa yahudiy yoki xristianga jamg‘argan foydaning
o‘ndan bir qismini sadaqa qilishdir. Desyatina “Tanax” da birinchi marta Ibtido
kitobida tilga olinadi. Ibtido 14:18-20 da Avraam (Ibrohim) o‘z g‘alabasidan so‘ng
Solim shohi va Oliy Xudoning ruhoniysi bo‘lgan Malik Siddiqga o‘z o‘ljasining
o‘ndan bir qismini beradi (Bibliya, 2018:89). Bu voqea o‘nlikning ixtiyoriy xayriya
sifatida taqdim etilgan dastlabki namunasi sifatida talqin qilinadi (Hamilton V., 1990:
412). Yahudiylikda desyatina atamasi tzedakah deb atalib, Ibroniycha to‘g‘ridanto‘g‘ri solihlikni anglatadi, xayriya - to‘g‘ri va adolatli ish qilishning diniy
majburiyatiga ishora qiladi. Zamonaviy tsedaka Tavrotning davomi sifatida
qaraladi. Maaser Ani yoki kam ta’minlangan ushr, shuningdek, Tavrot ta’limotiga
ko‘ra, kambag‘allarga dalada qolgan hosilni terib olishga ruxsat berish yoki
foydaning o‘ndan bir qismini ehson qilishdir. Tzedaka ibodat va tavba bilan birga
yomon ishlarning oqibatlarini oldini oladi va inson kamolotida yaxshi tarbiyani
shakllantiradi, deb hisoblanadi. Desyatina xristianlikda qilinishi maqbul bo‘lgan
ibodat hisoblanib, Injilda majburiy ibodat sifatida e’tirof etilmaydi. Desyatina asosan
cherkovlarga qilinadigan sadaqadir. Cherkov e’tiqodchilardan kelib tushgan
mablag‘lar hisobiga faoliyat olib borishidan kelib chiqilsa, desyatina cherkov uchun
eng muhim xayriya mablag‘i hisoblanadi. Ammo desyatina xristianlikdagi
pravoslaviya, katolik hamda protestantizmda turlicha e’tirof etiladi, ayrim holda
majburiy, ayrim holda ixtiyoriy, shunday bo‘lsa-da, barcha cherkovlar faoliyatida
desyatina (o‘ndan bir ulush) xayriyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Islomda esa zakot
Qur’onning Tavba surasi 60-oyatida keltirilgan buyruqqa muvofiq farz qilingan
hamda yilda bir marta beriladigan foydaning qirqdan bir qismi yoki 2,5%
miqdoridagi farz bo‘lgan besh ustundan biri: “Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar,
miskinlar, unda (sadaqa ishida) ishlovchilar, dillari oshna qilinuvchilar, (haq to‘lab
ozod etiluvchi) qullar, qarzdorlarga va Alloh yo‘lida hamda yo‘lovchiga (berish)
Alloh (tomoni)dan farz (etildi). Alloh ilmli va hikmatli (zot)dir. (Izoh (Abdulaziz
Mansur tomonidan): Bu ko‘rsatilgan kishilarga zakot, xiroj, fitr va ushr kabi
sadaqotlar berilishi kerak. Ulardan “dillari oshno qilinuvchilar” mansux etilgan.
Ya’ni, Islom avvalida zakot va vojib sadaqalarni kofirlarga ham berilar edi, bu bilan
ularning dillarini Islomga moyil qilish maqsad qilinar edi. Keyinroq Islom rivoj
topgandan keyin Abu Bakr (r.a.) xalifaligi davrida sahobalar ijmosi bilan uning
hukmi bekor qilingan). Quyidagi jadvalda har uch dinda e’tiqodchilarga buyurilgan
mol-mulkdan sadaqaning farqini ko‘rish mumkin (mazkur jadval muallif tomonidan
tadqiq qilindi):
1-jadval.
Savollar Yahudiylik Xristianlik Islom
Daromaddan majburiy Tsedaka (majburiy) Desyatina Zakot (majburiy)
ehson nomi qanday (ixtiyoriy)
ataladi? Har yili yoki har uch Har yili daromad-
E’tiqod qiluvchi yilda daromadning Har oy daromad- ning qirqdan bir
tomonidan daromad yoki hosilning o‘ndan ning o‘ndan bir qismi (ya’ni 2,5%)
sadaqasi qachon va qancha bir qismi qismi
miqdorda amalga Ijtimoiy himoyaga
oshiriladi? Kambag‘allarga, Cherkovga muhtoj qatlam vakil-
Sadaqa kimlarga berilishi lariga, ilmiy izlakerak? jamiyatning moddiy nishdagi yoshlarga
Qur’on
Qaysi manbaga asosan jihatdan qiynalgan
buyurilgan Farz bo‘lgan besh
Xayriyaning e’tiqodga qatlam vakillariga ustunning farzini ado
ta’siri haqida qanday qilish va e’tiqodning
ta’limot ilgari suriladi? Tavrot va Shulchan Bibliya amaliy ko‘rinishi
Oilaning umumiy
Ehson qilguvchi shaxs Arux kodeksi daromadidan
faqat shaxsiy daromadidan
xayriya qiladimi? Jamiyatda moddiy Cherkovga xizmat
tafovutni oldini olishga qilish orqali
xizmat qilish odatini Tangriga
shakllantirish yaqinlashish
Har bir shaxs uchun Har bir shaxs
alohida uchun alohida
Har bir din o‘z e’tiqodchisiga ehson qilishdagi tartib qoidalarni joriy qilgan.
Jumladan, yahudiylikda har bir daromadda kambag‘alning haqqi bor, degan ta’limot
ilgari suriladi. Shu munosabat bilan har bir sinagogada pushka qutilari mavjud, bu
quti maxsus ehson qutisi bo‘lib, u kambag‘allarga ajratilgan ehsondir. Tsedaka
daromadning o‘ndan bir qismini berish kerakligi sifatida e’tirof etilsa-da, biroq
daromadning beshdan bir qismi himmatga tenglashtiriladi, ammo daromadning
o‘ndan bir qismini emas, undan ham kamroq ehson qilgan yahudiy ziqna hisoblanadi.
Tsedakani berish uchun maxsus fondlar tashkil qilingan, ular Amerika va Isroilda
faoliyat olib borayotgan notijoriy nodavlat fond hisoblanadi. Yahudiylikda Talmud
manbalarga asoslanib, quyidagi uch darajadagi tzedaka miqdori tilga olinadi:
2-jadval.
Daraja Yillik miqdor tavsiyasi Izoh
Afzal Daromadning 20% (ya'ni 1/5) Bu eng savobli, saxiy ehson
hisoblanadi
O‘rtacha Daromadning 10% “Ma’aser kesafim” — daromadning
o‘n foizini berish odati
Eng kam Har qanday miqdor Qashshoq kishi ozroq miqdorda
ham berishi mumkin
Zamonaviy yahudiylar orasida, ayniqsa AQSh, Isroil va Yevropa davlatlarida
quyidagi holatlar kuzatiladi:
1. Ortodoks va diniy yahudiylar: odatda daromadining 10–20 foizini tzedaka
sifatida beradi.
2. Diniy bo‘lmagan yoki sekulyar yahudiylar: ko‘proq ixtiyoriy ravishda ehson
qiladi, miqdori aniq bo‘lmaydi.
3. Jamg‘armalar orqali ko‘p hollarda tzedaka muassasalar orqali amalga
oshiriladi.
4. Yirik yahudiy biznes egalari yoki filantropistlar milliardlab dollar miqdorida
xayriya qiladi (masalan, Mark Zuckerberg, Michael Bloomberg kabi). Yanada
yaxshiroq tushuncha hosil qilish uchun misol tariqasida namuna keltiramiz: Agar bir
yahudiy yiliga $50,000 daromad olsa: 10% tzedaka = $5,000 (o‘rtacha daraja), 20%
tzedaka = $10,000 (afzal daraja). Yahudiylarning tzedaka (xayriya) amaliyoti haqida
aniq statistik ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa-da, AQSh va boshqa mamlakatlarda turli
tadqiqotlar asosida sezilarli ko‘rsatkichlar mavjud. Quyida asosiy ma’lumotlar va
kontekstni jadval shaklida keltiramiz:
3-jadval.
Xayriya Ko‘rsatma
Notijoriy 3 oylik xayriya 60% < $50.000 daromadda (vs. 46%) | $50,000 dan
kam daromad olgan yahudiylarning 60%, muqobil
Yahudiy birlashmalari guruhdagilardan yuqori.
> $2 milliard | Shimoliy Amerikadagi federatsiyalar
yillik jami $2+ milliard xayriya yig‘adi.
Federatsiyalar kesimida esa FNA kabi tashkilotlar har yili $2+ milliard, masalan,
Nyu-York federatsiyasi 2021-yilda $249 million yig‘gan.
Xristianlikda esa desyatina turli oqimlarida turlicha qabul qilingan faoliyatda
olib boriladi.
1. Pravoslav cherkovlarida
Pravoslav cherkovlarida desyatina rasmiy tarzda talab qilinmaydi. Ammo ayrim
cherkovlar, xususan Grek Pravoslav Arxiyepiskopligi (GOA)ga qarashli cherkovlarda
tavsiya etilgan miqdor daromadning 10 foizigacha yetadi. Masalan, AQShdagi
o‘rtacha pravoslav daromadi $81,750 bo‘lsa, desyatina sifatida $8,175 atrofida ehson
qilinishi tavsiya etiladi.
2. Katolik Cherkovlarida
Katolik cherkovida desyatina an’anaviy jihatdan tavsiya etilgan bo‘lsa-da, u
majburiy bo‘lmagan ehsonlar shaklida amalga oshiriladi. Ko‘plab katoliklar
mablag‘larini ijtimoiy xizmatlar, marosimlar va cherkovlar faoliyatini qo‘llabquvvatlash uchun ixtiyoriy tarzda berishadi. Biroq aniq statistik ko‘rsatkichlar
mavjud emas.
3. Protestant cherkovlarida
Protestant yo‘nalishlarida desyatina tushunchasi eng faol tarzda amalda bo‘ladi.
Quyidagi ko‘rsatkichlar e’tiborga loyiq:
- Baptistlarning 40% (muntazam 10%) qismi desyatina beradi;
- Presbiterian va Reformator cherkovlarda bu ko‘rsatkich 34 foiz;
- Evangelist protestantlarda ham 34% atrofida.
Umumiy statistik ko‘rsatkichlar: Amerikadagi barcha cherkov a’zolari orasida
o‘rtacha:
- Haftasiga $17 (yiliga $884) xayriya qilinadi;
- Faqat 5% a’zo daromadining to‘liq 10 foizini beradi;
- Desyatina beruvchilarning 77% 11–20% oralig‘ida ehson qiladi.
Desyatina amaliyoti xristianlikda yo‘nalishlarga qarab farq qiladi.
Protestantlarda bu an’anaga sodiqlik yuqori bo‘lsa, pravoslav va katoliklar orasida u
ko‘proq ixtiyoriy va madaniy xususiyat kasb etgan. Shu bilan birga, zamonaviy
xristianlar orasida desyatinaning foizli shakli o‘rnini ko‘proq ixtiyoriy xayriyalar
egallab bormoqda.
Musulmonlar orasida ham zakot berish amaliyoti yetakchi o‘rinni egallaydi, bu
jamiyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga yordam berish, ilm yo‘lida
izlanishlar olib borayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bemorlarning
dardiga malham bo‘lish funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Zakot atamasi Qur’onda 36ta
sura va 89ta oyatda kelgan. Tadqiqotchi Egamov Oyatulloh o‘z tadqiqotida zakotning
asosiy tasnifini keltirgan (Egamov O., 2025: 96):
Bo‘lim 4-jadval.
Farz bo‘lish sababi
Rukni Tavsif
Farz bo‘lish sabablari
Nisob miqdoridagi ko‘payuvchi mol-mulk (oltin, kumush, tijorat mollari).
Ado qilish shartlari Faqirni zakot moliga ega qilish (taom, boshpana zakot o‘rniga o‘tmaydi).
Niyat shartlari 1. Musulmon bo‘lish.
Zakoti farz mollar 2. Balog‘atga yetish.
3. Aqlli bo‘lish.
O‘tlovchi hayvonlar 4. Nisob miqdoridagi, bir yil davomida ko‘payuvchi mol.
1. Nisobga bir qamariy yil to‘lishi.
Oltin va kumush 2. Yil boshida va oxirida nisob mavjudligi (o‘rtada kamaysa ham zakot
Tijorat mollari beriladi).
Dehqonchilik 1. Zakot berayotganda niyat.
mahsulotlari 2. Mol ajratayotganda niyat.
Ma’dan zakoti 3. Zakot niyatisiz faqirlarga tarqatish (keyin niyat qilish o‘tmaydi).
Zakot oluvchilar 1. O‘tlovchi hayvonlar.
2. Oltin va kumush.
Zakot berilmaydiganlar 3. Tijorat mollari.
Fitr sadaqasi 4. Dehqonchilik mahsulotlari.
5. Ma’dan va yer osti boyliklari.
5 bosh tuyadan 1 bosh qo‘y;
25-35 bosh tuyadan 2 yoshli urg‘ochi tuya;
36-45 bosh tuyadan 3 yoshli urg‘ochi tuya;
30 bosh sigirdan 2 yoshli buzoq;
40 bosh sigirdan 3 yoshli buzoq;
40-120 bosh qo‘ydan 1 bosh qo‘y;
121-200 bosh qo‘ydan 2 bosh qo‘y.
Nisob: Oltin: 20 misqol (80 gr). -
Kumush: 200 dirham (560-673 gr).
Zakot: 2,5%.
Nisob miqdoridagi mol qiymati oltin/kumushga teng bo‘lsa, 2,5%.
Ushr yerlari: Yomg‘ir bilan 1/10, paqir bilan 1/20. Xiroj yerlari: Kelishuv
asosida.
Eritiladigan ma’danlar (oltin, kumush): 1/5. Suyuq va boshqa
ma’danlar: Tijorat bo‘lsa zakot.
1. Faqirlar.
2. Miskinlar.
3. Zakot yig‘uvchilar.
4. Islomga oshno qilinuvchilar.
5. Qullarni ozod qilish.
6. Qarzdorlar.
7. Alloh yo‘lidagilar.
8. Musofirlar
Bani Hoshim, ota-ona, farzandlar, xotin, kofirlar, masjid qurilishi.
Ramazon hayitida faqirlarga beriladi. Hikmati: Faqirlarni tilanchilikdan
qutqarish, ro‘za xatolarini to‘g‘rilash
Bugungi kunda musulmon davlatlaridagi zakot amaliyoti bo‘yicha eng so‘nggi
statistik ma’lumotlarni internet saytlaridan foydalangan holda quyidagicha keltirildi:
5-jadval.
Mamlakat Zakot Amaliyotni tartibga solish Yillik hajmi / iqtisodiy ulushi
foizi
Umumiy sunnat hamda 2,5 % Nisob yetgan mol-mulkning —
davlat amaliyoti 1/40 qismi
Pokiston (2015–2025) ≈ 2,5 % Majburiy – davlat orqali ≈ 619 mlrd PKR (1,7 mlrd
yig‘iladi, lekin fuqarolarning GBP)
— faqat 2 % orqali taqsimlanadi;
Maldiv (Ramazon qolganlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri MVR 2,91 mln; 2024 bilan
1,0 % – jamiyatga beriladi
2025, 10 kunlik davr) 7,5 % Davlat tomonidan Zakat solishtirganda +81 %
YAIM House orqali yig‘iladi
Global OIC Turli tafsirlarga asosan 1,8 %–4,3 % YAIM; ya’ni
2,5 % mahsulot nazariyasi
mamlakatlari $132–$316 mlrd kunlik
IHK musulmonlari tomonidan
beriladi; NPO, hukumat, imkoniyatli zakot hajmi
norasmiy tashkilotlar orqali
AQSh (Musulmon taqsimlanadi $1,8 mlrd umumiy zakot;
aholi)
taqsimoti: 25,3 % xalqaro,
21,7 % hukumatga, 18,3 %
mahalliy NPOga, 14,7 %
norasmiy tashkilotlarga.
Zakot statistikasi ayrim davlatlarda davlat nazoratida bo‘lganligi bois aniq
ma’lumotlar berish imkonsiz. Maqolada berilayotgan statistik ma’lumotlar taxminiy
asosga ega. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Vaqf xayriya fondining rasmiy
ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi ma’lumotlar keltirildi:
- Xayriya hajmi 2023-yil bilan solishtirganda: +138 % (oshdi);
- Yetim, miskin va boquvchisiz oilalar: 11 230 ta oilaga qadoqlangan oziqovqat, kiyim-kechak, maishiy texnika, ko‘mir va boshqalar yetkazildi;
- 292 oilaga tikuv mashinalari berildi;
- Uy-joy ta’minoti: 65 nafar oilaga yangi uylar, rekonstruksiya qilingan uylar
topshirildi;
- Ijtimoiy loyihalar (Bo‘ka tumanida): Bog‘cha, tikuvchilik, qandolatchilik,
sartaroshxona, novvoyxona, o‘quv markazi ochilib, 150dan ortiq ish o‘rinlari
yaratildi;
- Sog‘liqni saqlash: 1 200 nafar voyaga yetmagan bemorlarga bepul tibbiy
ko‘rik; 1 621 kishiga tibbiy yordam koʻrsatildi;
- Ta’limga yordam: Xorazm va boshqa hududlardagi talabalarga jami ~73,248
mln UZS miqdorida moddiy yordam berildi;
- Ramazon iftorliklari: 72 000dan ortiq ro‘za tutayotgan kishiga hududiy
filiallar orqali iftorlik dasturxoni uyushtirildi;
- Qurbonlik marosimi: 195 qo‘y, 16 qoramol va 3 tuya qurbon qilindi, go‘sht
kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironlarga tarqatildi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu maqolada yahudiylikdagi tzedaka, xristianlikdagi desyatina va islomdagi
zakot tushunchalari diniy-madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari nuqtayi nazaridan
o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uch dinning ushbu moliyaviy amaliyotlari
o‘zaro o‘xshashlikka ega bo‘lishiga qaramay, ularning amaliy shakli va shartlari
farqlanadi. Yahudiylikdagi tzedaka – ixtiyoriylik va saxovatga asoslangan bo‘lsa-da,
diniy jamoalarda bu barqaror me’yor sifatida qaraladi. Xristianlikdagi desyatina
tarixan Injilda 10 foizlik moliyaviy ajratma tarzida ko‘rsatilgan, ammo hozirda bu
ko‘proq ixtiyoriy, e’tiqodga asoslangan amaliyot sifatida shakllangan. Islomdagi
zakot esa Qur’onga asoslanib aniq nisbat (2,5%) bilan belgilanadi va iqtisodiy
barqarorlik mezoniga yetgan musulmonlarga majburiy tarzda farz qilingan. Bundan
tashqari, zakotning moliyaviy tizimi va taqsimot mexanizmi aniq va tizimli ravishda
yo‘lga qo‘yilgan. Umuman olganda, bu ibodatlar orqali har uch din ijtimoiy adolatni
ta’minlash, kambag‘allikka qarshi kurashish va jamoaviy birdamlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Виноградов А. (2023). Конкуренция правовых норм в Русской Церкви X–
XIII вв. Десятина и виры. – Москва.
2. Egamov O. (2025). Ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llabquvvatlashning diniy-ma’rifiy asoslari (Magistrlik dissertatsiyasi). – Toshkent:
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
3. Hamilton V. (1990). The Book of Genesis: Chapters 1-17. – Grand Rapids:
Eerdmans.
4. Костромин А. (2014). Происхождение и функция древнерусской
церковной десятины и западноевропейские аналоги. Бунташный век. History
Lab.
5. Панченко А. (1984). Русская культура в канун Петровских реформ. –
Москва.
6. Петрухин В. (2006). Крещение Руси: от язычества к христианству. –
Москва: Астрель.
7. Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. (2023). (A. Mansur tarjimasi). – Toshkent:
O‘zbekiston.
8. Шарапов Я. (1989). Государство и церковь Древней Руси X–XIII вв. –
Москва.
9. nonprofitquarterly.org+1birthrightisrael.foundation+1
10. jewfaq.org+3en.wikipedia.org+3nonprofitquarterly.org+3
11. Zakot kimlarga, qachon va qancha miqdorda beriladi?
12. Sadaqa https://uz.wikiaro.ru/wiki/Alms
13.scholarworks.indianapolis.iu.edu+4en.wikipedia.org+4transparenthands.org+
4ictd.ac
14. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “vaqf” xayriya jamoat fondi
tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar
REFERENCES:
1. Vinogradov A. (2023). Konkurensiya pravovix norm v Russkoy Serkvi X–
XIII vv. Desyatina i viri. – Moskva. (In Russian)
2. Egamov O. (2025). Ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llabquvvatlashning diniy-ma’rifiy asoslari [Magistrlik dissertatsiyasi]. – Toshkent:
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi. (In Uzbek)
3. Hamilton V. (1990). The Book of Genesis: Chapters 1-17. – Grand Rapids:
Eerdmans.
4. Kostromin A. (2014). Proisxojdenie i funksiya drevnerusskoy serkovnoy
desyatini i zapadnoevropeyskie analogi. Buntashniy vek. History Lab. (In Russian)
5. Panchenko A. (1984). Russkaya kultura v kanun Petrovskix reform. –
Moskva. (In Russian)
6. Petruxin V. (2006). Kreshenie Rusi: ot yazichestva k xristianstvu. – Moskva:
Astrel. (In Russian)
7. Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. (2023). (A. Mansur tarjimasi). –
Toshkent: O‘zbekiston. (In Uzbek)
8. Sharapov Ya. (1989). Gosudarstvo i serkov Drevney Rusi X–XIII vv. –
Moskva. (In Russian)
9. nonprofitquarterly.org+1birthrightisrael.foundation+1
10. jewfaq.org+3en.wikipedia.org+3nonprofitquarterly.org+3
11. Zakot kimlarga, qachon va qancha miqdorda beriladi? (In Uzbek)
12. Sadaqa https://uz.wikiaro.ru/wiki/Alms (In Uzbek)
13.scholarworks.indianapolis.iu.edu+4en.wikipedia.org+4transparenthands.org+
4ictd.ac
14. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “vaqf” xayriya jamoat fondi
tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar (In Uzbek)