MANBALARDA SARF ILMINING BAYONI
THE EXPLANATION OF MORPHOLOGY IN SOURCES
ОБЪЯСНЕНИЕ МОРФОЛОГИИ В ИСТОЧНИКАХ
Yakubova Feruza Rashidovna
Oriental Universiteti
Sharq tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 847-57-31
e-mail: firuzaya1984@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilshunosligida sarf ilmining rivojlanishi,
shakllanishi hamda arab morfologiyasini tadqiq qilgan va asarlar yaratgan olimlar
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sarf ilmining shakllanish tarixi va rivojlanish
bosqichlari borasida mulohazalar keltiriladi. Arab morfologiyasining paydo bo‘lishi va
rivoj topishida Basra va Kufa tilshunoslik maktablarining ahamiyati haqida fikr
yuritiladi. Arab va O‘rta osiyolik tilshunos olimlarning ushbu ilm borasidagi fikr va
qarashlari hamda sarf ilmiga bergan ta’riflari o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, olimlar
arab morfologiyasi fanini ifodalash va ta’rif berishda shuningdek, ushbu ilmga
bag‘ishlagan asarlarini nomlashda ham “sarf” yoki “tasrif” atamalaridan birini
qo‘llaganlar. Shu sabab ushbu atamalarning lug‘aviy va istilohiy ma’nolari ko‘rib
chiqildi hamda qanday omillar ta’sirida u yoki bu atama qo‘llanilganligi tahlil qilindi.
Sibavayhiy, Maydoniy, Ibn Jinniy, Zamaxshariy, Rizo ad-Din Istarobodiy kabi
tilshunos olimlarning arab morfologiyasiga bergan ta’riflari tahlil markazida bo‘ldi.
Kalit so‘zlar: morfologiya, nahv, sarf, fe’l, tasrif, ibdal, i’lal, idg‘om, vazn, qolip,
morfema, ishtiqoq, so‘z yasovchi qo‘shimcha, Basra tilshunoslik maktabi, Kufa
tilshunoslik maktabi.
Annotation. This article presents information on the development and formation
of morphology in Arabic linguistics, as well as on scholars who have studied and
contributed to Arabic morphology. It discusses the historical formation and
developmental stages of morphology, highlighting the significance of the Basra and
Kufa linguistic schools in the emergence and evolution of Arabic morphology. The
views and perspectives of Arab and Central Asian linguists on this discipline, as well
as their definitions of morphology, are examined. It has been observed that scholars
have used either the term ṣarf or taṣrīf in defining Arabic morphology and in naming
their works dedicated to this subject. Therefore, the lexical and terminological
meanings of these terms are analyzed, along with the factors influencing their usage.
The definitions of Arabic morphology provided by renowned linguists such as
Sibawayh, Maydani, Ibn Jinni, Zamakhshari, and Riḍa ad-Din Istarabadi are critically
examined.
Keywords: Morphology, syntax, sarf, verb, tasrif, ibdāl, i‘lāl, idghām, pattern,
template, morpheme, derivation, word-forming affix, Basra linguistic school, Kufa
linguistic school.
Аннотация. В статье представлена информация о развитии и формировании
морфологии в арабской лингвистике, а также об ученых, которые изучали и
внесли вклад в арабскую морфологию. В ней рассматриваются историческое
становление и этапы развития морфологии, подчеркивается значение
лингвистических школ Басры и Куфы в возникновении и развитии арабской
морфологии. Рассматриваются взгляды и перспективы арабских и
центральноазиатских лингвистов на эту дисциплину, а также их определения
морфологии. Было отмечено, что ученые использовали либо термин “ṣarf”, либо
“taṣrīf” при определении арабской морфологии и в наименовании своих работ,
посвященных этой теме. Поэтому анализируются лексические и
терминологические значения этих терминов, а также факторы, влияющие на их
использование. Определения арабской морфологии, предоставленные
известными лингвистами, такими как Сибавайх, Майдани, Ибн Джинни,
Замахшари и Риза ад-Дин Истарабади, критически рассматриваются.
Ключевые слова: Морфология, синтаксис, sarf, глагол, tasrif, ibdāl, i‘lāl,
idghām, шаблон, морфема, деривация, словообразовательный аффикс,
лингвистическая школа Басры, лингвистическая школа Куфы.
KIRISH
Nahv va sarf ilmlari arab tilining davriy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
shakllangan. Islom olamining geografik kengayishi natijasida arablar va ajamlar
o‘rtasidagi muomala kuchayib, tilda morfologik va sintaktik o‘zgarishlar hamda
xatoliklar paydo bo‘lishi sarf ilmning mustaqil soha sifatida ajralib chiqishiga sabab
bo‘ldi. Shu bilan birga, Islom dinining asosiy dasturi va shariat manbai bo‘lgan Qurʼoni
Karimni to‘g‘ri o‘qish va tushunishdagi muammolar arab tilini chuqur o‘rganish
zaruratini yuzaga keltirdi. Bunday ehtiyoj tilning grammatik, semantik va stilistik
xususiyatlarini tahlil qilish va tushunishga katta eʼtibor qaratishni talab etdi. Haqiqatda,
Qurʼoni Karimning arab tilida nozil bo‘lishi uni turli darajalarda o‘rganishga turtki
bo‘lib, tilshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning rivojiga xizmat qildi. Shuningdek, turli
asrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda feʼllar tasrifi va morfologiyasiga alohida
eʼtibor qaratilib, bu soha tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi
(Dendane Zoubir, 2007:3).
Talabalar sarf ilmini o‘rganayotib, arab olimlarining ushbu ilmga bergan
ta’riflarida “sarf” va “tasrif” atamalariga duch kelishi mumkin. Unda bu atamalar
borasida ba’zi savollarning yuzaga kelishi tabiiydir. Biz ana shunday savol va
farazlarga ushbu maqolamiz yordamida biroz oydinlik kiritishni maqsad qilgan holda,
arab tilining sarf ilmi xususida fikr va xulosalarimizni ifodalashga harakat qildik.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Аrab tilining sarf ilmi turli davrlarda olimlar tomonidan keng o‘rganilgan.
Sibavayhi (760-796), Abu Usman al-Maziniy (249/863), Abu Abbos Muhammad ibn
Yazid al-Mubarrad (825-899 yy.), Ibn al-Sarroj (316/929), Qosim ibn Muhammad ibn
Sa’id al-Muaddab, Abu Ali al-Farisiy (900-987yy.) Abulfath Usmon ibn Jinniy (941-
1002 yy.), Ahmad ibn Muhammad Maydoniy (v. 518/1124), Mahmud Zamaxshariy (v.
538/1143) kabi olimlar sarf ilmi tarixida katta qadam tashlab o‘z asarlarini yaratganlar.
Ushbu asarlar arab tilining umumiy sarf qoidalarining yoritilishi bilan xususiyatlanadi.
Maqolada e’tibor qaratilayotgan masala esa, sarf ilmi borasidagi fikr-mulohazalarni
taqdim etish va olimlarning shu ilmga bergan ta’riflari va qarashlarini yetkazishdan
iboratdir. Mazkur mavzuga oid M. Nasirovaning “Tilshunoslik bilimlari tarixi”, S.
Qosimovaning “XI-XIII asrlarda Movarounnahr tilshunoslarining arab grammatik
nazariyasi” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari, A. Kazakboyevning Muhammad al-
Mu’izziy “Tasrifu-l-af’al” asarining sarf ilmi rivojidagi ahamiyati, D. Mahmudovaning
“Arab tilida morfologik so‘z yasalishi” kabi tadqiqot ishlari o‘rganildi. Arab
olimlaridan Idris Maymuniyning ushbu mavzudagi tadqiqot ishlari ham tahlil qilindi.
Shunday bo‘lsa-da, turli fikrlar bildirilganiga qaramay, ushbu mavzu alohida tadqiqot
obyekti bo‘la oladi, deb hisoblaymiz.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada arab va O‘rta osiyolik tilshunos olimlarning arab tilshunosligi
sarf ilmi borasidagi fikr va qarashlari hamda sarf ilmiga bergan ta’riflari taqqoslash,
analiz, sintez metodlari asosida tahlil qilindi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Dastavval sarf ilmi nahvdan alohida, mustaqil fan sifatida qaralmagan. Shu sabab
uning kelib chiqishi, kim tomonidan asos solingani haqidagi qarashlar turli-tuman
bo‘lsa-da, barcha qarashlar mazkur ilm ham nahv kabi tilshunoslikka oid eng qadimiy
ilmlardan ekaniga ishora qiladi. Sarf ilmi o‘z taraqqiyot bosqichining boshlang‘ich
davrida nahv ilmi tarkibida bo‘lgani sabab uning nazariy asoslari nahv kitoblarida
bayon etilganini ko‘rish mumkin. Bunga har ikki ilmni ajratib turuvchi chegaraning
yo‘qligi sabab bo‘lgan. Аynan mavzular chegarasining ajratilmay, ikkala ilmga xos
masalalarning o‘zaro qorishib ketgani lisoniy ixtiloflarning yuzaga kelishiga va
keyinchalik sarf ilmining alohida ilm sohasi sifatida ajralib chiqishiga zamin tayyorladi
(Kazakboyev A., 2023:4). Ma’lumki, arab tili grammatikasini tuzishga dastlab qo‘l
urgan olim VII asrda yashab o‘tgan Аbu Аsvad ad-Dualiy bo‘lib, u ism, fe’l va
yuklamalar kabi so‘z turkumlarini ajratgan. Аbul Barokot al-Аnbariyning fikriga ko‘ra,
nahvga asos solgan birinchi shaxs Аbul-Аsvad ad-Dualiy, keyingilari esa Maymun al-
Аqran, Аnbasa al-Fil, Аbdulloh bin Аbu Ishoq, Iso ibn Umar as- Saqafiy bo‘lgan
(1985:16،..(الأنباري
Basra shahrida o‘ziga xos tilshunoslik maktabi yuzaga kelgan edi. Bu maktabning
asoschisi Abu-l-Asvad ad-Dualiydan boshlab Mubarradgacha boʻlgan vakillari Basra
tilshunoslik maktabining tarix zarvaraqlarida muhrlanib qolishida jonbozlik
ko‘rsatdilar. Abu-l-Asvad ad-Dualiy o‘zining arab tilshunosligiga oid birinchi
qadamlarini ayni shu yerda tashlagan edi (Nasirova M., 2019:39). Аmmo uning birorta
asari bizga qadar saqlanib qolmagan.
Sarf ilmining paydo bo‘lishi yuzasidan manbalarda turlicha fikrlar keltiriladi.
Jumladan, Jaloliddin Suyutiy sarf ilmi milodiy 803-yilda Muoz ibn Muslim al-Harro
davrida o‘z nazariy asoslarini topa boshlaganini ko‘rsatib o‘tadi (1986:663 ،..(السيوطي
Boshqa manbalarda esa biroz keyinroq paydo bo‘lgani qayd etiladi. Katta ehtimol
bilan uning tamal toshlari qo‘yilishi nahv ilmi bilan bir vaqtga – hijriy birinchi asr
o‘rtalariga to‘g‘ri keladi, deyish mumkin. Bu qarash tadqiqotchi Аhmad al-
Hamlaviyning “Shazza-l-arf fi fanni-s-sarf”- “ – شذا العرف في فن الصرفsarf sanʼatidagi
muattar ifor” nomli risolasida ham taʼkidlanadi (1999:120، .(أحمد الحملاوي
Marokashning Sulton Mulay Sulaymon universiteti professori Idris
Maymuniyning fikricha, arab tili sarf ilmining dastlabki asoslarini Imom Ali ibn Abu
Tolib qo‘ygan. Chunki u so‘zlarning tuzilishi va shakllanishidagi xatolarni sezgan va
shu asosda sarf ilmi uchun muayyan boblarni ishlab chiqqan.
Bu masalaga al-Mubarrad ham to‘xtalib, Abu Aswad ad-Dualiydan uning
grammatikaga oid ilmni qanday topgani haqida so‘ralganda, u: “Men bu ilmni Ali ibn
Abu Tolib (rahimahulloh)dan oldim”, deb javob berganini bayon qiladi. Boshqa bir
rivoyatda esa: “U menga grammatikaning asoslarini o‘rgatdi, men esa ularga amal
qildim”, degan so‘zlari keltirilgan.
Morfologiyani sintaksisdan alohida ajratgan holda o‘rganish tamoyiliga
asoslangan grammatikaga oid ilk tadqiqotlar kufalik olimlar tomonidan boshlab
berilgan bo‘lib, bular orasida “ -”كتاب التصريفkitābu-t-tasrif asarini yozgan Аbul Hasan
Аhmadni (187/802) misol tariqasida keltirib o‘tish joiz.
Kufaliklar asos solgan bu anʼanani basralik tilshunoslar ham davom ettirdilar.
Chunonchi, Аbu Umar al-Jarmiy (vafoti h. 225 y.) sarfga oid “– ”كتاب الأبنية و تصريف
kitābu-l-abniya va-t-tasrif, Аbu Usmon al-Maʼziniy (vafoti h. 248 y.) “-”التصريف كتاب
kitābu-t-tasrif asarini yozganlar. Bag‘dodlik tilshunos Ibn Jinniy (vafoti h. 392 y.)ning
“ -”مختصر التصريف الملوكيmuxtasaru-t-tasrif–l-mulukiy, “”المنصف في شرح تصريف المعزيني
- al-munassaf fi sharhi tasrifi-l-ma’ziniy, “ - ”كتاب المقتدب في اسم المفعولkitābu-l-muqtadab
fi ismi-l-maf‘ul, “ ”المعتلّ العينal-mu‘tallu-l-‘ayn, “ – ”سر الصناعة الإعرابsirru sanā‘ati-li‘rāb kabi asarlari va Аbdul Vahhob az-Zanjoniyning (vafoti h. 566 y.) “- ”كتاب العزي
kitābu-l-‘uzza asari ham arab morfologiyasi – sarfiga oiddir (Qosimova S., 2019:10).
Shu o‘rinda Ahmad Maydoniy (v.518/1124)ning “Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-sarf” (Sarf
ilmiga sayohat) asari ham ana shunday morfologiya sohasi mukammal o‘rganilgan
asarlar sirasiga kiradi.
Ma’lumki, sarf ilmi, arab tilida “ ”علم الصرفdeb ataladi, bu tilshunoslikning bir
bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning shakli, tuzilishi va o‘zgarishini o‘rganib, yangi so‘zlarning
yasalishi, qanday qilib turli shakllarda (masalan, fe’l, ism, sifat) paydo bo‘lishini,
shuningdek so‘zlarning morfemalari (ya’ni, eng kichik ma’no birligi) va ularning birbiri bilan qanday bog‘lanishini tadqiq qiladi.
Ushbu ilm haqida ko‘plab tilshunos olimlar fikr bildirganlar. Masalan, Roji al-
Asmar mulohazalarini shunday bayon qiladi: Sarf arab tilining eng muhim va eng qiyin
ilmlaridan biridir. Uning ahamiyatini ko‘rsatadigan asosiy omil shundaki, arab tilini
o‘rganayotganlarning barchasi unga nihoyatda muhtoj, chunki u arab tilining
o‘lchovidir. Tilda katta qismi qiyosiy usul bilan o‘rganiladi va qiyosni faqat sarfni
o‘rgangan kishi biladi (1997:5،, .( راجي الأسمرIbn Usfur al-Ishbiliy “ ”الممتع في التصريف
asarida shunday deydi: “Aslida, arab tilining boshqa bo‘limlariga nisbatan sarf ilmini
o‘rganishni birinchi o‘ringa qo‘yish kerak edi, chunki bu fan so‘zlarning o‘z
mohiyatini, ular birikmalarga kirishidan avvalgi holatini o‘rganadi. Biror narsani uning
birikmalardan oldingi asl holatini o‘rganish esa, tabiiy ravishda, uni birikmalar ichida
o‘rganishdan avval bo‘lishi lozim. Ammo bu ilmdagi noziklik va murakkablik tufayli,
oldin boshqa ilm - nahv (sintaksis) masalalari kiritilgan, shunda o‘quvchi sarfga
yetishdan oldin o‘ziga kerakli mahorat va qiyosiy tayyorgarlik hosil qiladi ( ابن عصفور
31-30: ،..(الإشبيلي
Sarf ilmiga qiyinchilik beradigan omillar esa, uning tarkibidagi i’lal (ovoz
o‘zgarishi), ibdal (o‘zaro o‘zgarish), idg‘om (harflarni birlashtirish), so‘z yasovchi
qo‘shimcha harflarni bilish zarurati, fe’l va ismning ko‘plab qoliplari, shuningdek,
qoidalardagi istisnolar, xilma-xil qarashlar va turli mazhablar, ko‘p sonli
terminologiyalar hisoblanadi. .)1997:5،.) راجي الأسمر
Ahmad ibn Muhammad al-Maydoniy o‘zining “Nuzhatu-t-tarf fi i‘lmi-s-sarf”
asrining muqaddimasida shunday deydi:
فإن التصريف أحد أركان الادب . وبه يُعرف سعةُ كلام العرب ، ومنه يُتدرج الى اللغة العربية . ويُتوصل
.)1299:2،.الى حال العويصات الأبي)الميداني
Sarf ilmi adab ilmining arkonlaridan biridir. U orqali arab tili ko‘lami bilinadi.
Arab tilini o‘rganish u orqali boshlanadi va u bilan arab tilining yuqori cho‘qqilariga
erishiladi. Ushbu asarning birinchi bobi bo‘lmish “ - ”في مقدمة التصريفsarf i’lmi
muqaddimasida sarf ilmi xususidagi fikrini davom ettirib shunday deydi:
اِعلم أنَّ لأصحاب التصريف اصطلاحاتٍ و ألفاظا يتداولونها كما لغيرهم من أرباب الصناعات فما لم يُوق َُف
ٌعليها لم ي ُْهت َِد إلى أحكامها فالتصريف تفعيل من الصرف و هو أنْ ت َُص ِّرف الكلمة الواحدة فَتَت ََولَّدُ منها ألفاظٌ مختلفة
)299:4،.و معان مُتَف َِاوتَة ٌ)الميداني
“Sarf ilmi mutaxassislarining boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, o‘zaro
ishlatadigan terminlari bor. Agar shu atamalardan voqif bo‘linmasa, ya’ni xabardor
bo‘linmasa ularning hukmlariga to‘g‘ri yo‘l topib bo‘lmaydi. Tasrif “ ”تصريفdegan
so‘z “sarf” degan so‘zning “ ”تفعيلqolipida turishligi bo‘lib, bir so‘zni tuslanib yoki
turlanib undan turli yangi so‘zlar hamda har xil ma’nolar yuzaga kelishidir.” Olim
o‘z asarida morfologiyaga “ ”تصريفdeb nom berib, turli so‘zlarning yasalishi, ya’ni
yangi so‘z hosil bo‘lishini ifodalashda ت ََولَّدfe’lini ishlatadi.
Keyinchalik “ ”ت ََولَّدfe’li bilan bir o‘zakdan hosil bo‘lgan “ ”التوليدso‘zi arab
tilshunosligida termin sifatida qo‘llanila boshlandi:
أما التوليد على المستوى الإصطلاحي، فيعني استخراج لو استحداث أوزان و كلمات جديدة، لها
(Mansouri Kira, 2022: 23) أصول عربية أو مقيسة على العربية
- “Al-tawlīd” terminining terminologik jihatdan bildirgan ma’nosiga kelsak, u
yangi so‘z yoki vaznlarning yasalishi yoki chiqarib olinishi, degan mazmunni bildirib,
ushbu so‘z va vaznlar yoki arabcha o‘zakka ega bo‘ladi yoki arab o‘lchoviga egadir.
Sibavayhiyning “Al-Kitob” asari arab morfologiyasi yoritilgan yirik asarlardan
biri hisoblanadi. Sibavayhi so‘zlarning grammatik o‘zgarishlarini chuqur o‘rgangan va
quyidagi ta’rifni bergan: ٍالتصريف هو تغيير الكلمة عن أصل وضعها إلى صور مختلفة لإفادة معان
– ”مختلفةtasrif so‘zning asl shaklidan turli shakllarga o‘zgartirilishi bo‘lib, bu
o‘zgarishlar turli ma’nolarni ifoda etish uchun amalga oshiriladi.
Sibavayhi “Al-Kitob” asarida so‘zlarning ildiz, vazn va fonetik o‘zgarishlarni
mukammal tarzda tahlil qilgan va bu orqali so‘zlarning morfologik qurilishini izohlab
bergan. Ibn Jinniy o‘zining “Al-Hasais” asarida sarf ilmiga quyidagicha ta’rif bergan:
“ -” التصريف علم يبحث في الأبنية ومعانيها، وكيفية انتقال الكلمة من صورة إلى أخرىtasrif bu so‘z
tuzilmalari va ularning ma’nolarini, so‘zning bir shakldan boshqa shaklga o‘tish
jarayonini o‘rganuvchi fandir.”
Arab grammatikasining nazariy asoschilaridan yana biri Zamaxshariy (1074–
1143) “Al-Mufassal” asarida grammatik va morfologik masalalarni yoritib shunday
deydi:
“”الأصل في الكلمة أن تكون مبنية على وزن يدل على معناها، وما كان مخالفًا لذلك، فهو من التصريف
“So‘zning asosi o‘z ma’nosini bildiruvchi vazn asosida tuziladi. Agar bu asosdan
chetlanish bo‘lsa, bu tasrif orqali amalga oshiriladi.”
Rizo ad-Din al-Istarobodiy (XIII asr) “Sharh al-Kafiya” asarida so‘z shakllanishi
va grammatik tahlilni chuqur yoritadi. U tasrifning grammatik mantiq bilan
bog‘liqligiga alohida urg‘u bergan:
“ - ”التصريف أساس النحو، فهو الذي يبين كيفية بناء الكلمة وتحليلها على أوزانها المختلفةtasrif
nahvning asosi bo‘lib, u so‘zning qanday qurilishi va turli vaznlarda tahlil qilinishini
ko‘rsatadi.
Sirojiddin Abu Yaqub Sakkokiy “Miftahu-l-u’lum” asarida so‘z haqida shunday
ta’rif beradi: ( 1987:10،. ,” الكلمة هي اللفظة الموضوعة للمعنى مفردة“ (محمد السكاكيya’ni so‘z –
ma’lum bir ma’no ustiga qo‘yilgan yaxlit lafzdir.
Аs-Suyutiyning “ ”المزهر في علوم اللغةasarida: “ علم الصرف هو العلم الذي يبحث عن الأوزان
- ”الصرفية للكلمات، وما يطرأ عليها من تغييرsarf ilmi so‘zlarning vaznlarini va ularda ro‘y
beruvchi o‘zgarishlarni o‘rganadi. Yana bir tilshunos olim, Ibn Hajib o‘zining “ الشافية
” في علم التصريفasarida: “ الصرف علم يُعرف به كيفية بناء الكلمة العربية، وما يلحقها من تغييرات في
,”صياغتها ودلالتهاdeb ta’rif beradi.
Ushbu manbalarda sarf ilmining taʼriflari umumiy holda so‘zlarning shakllanishi,
o‘zgarishlari va ularning maʼnoviy o‘zgarishlarini tushuntirishga qaratilgan.
Shuningdek, sarf ilmi orqali so‘zlar qanday grammatik va semantik jihatdan
o‘zgarishini tushunish mumkinligi taʼkidlangan.
Ammo guvoh bo‘lib turganimizdek, tilshunos olimlarning ba’zilari arab
morfologiyasiga oid asarlarida “sarf” atamasini qo‘llagan, ba’zilari esa asarlarini
“tasrif” atamasi bilan nomlaganlar. Shuningdek, arab tilining ushbu sohasiga sharh va
ta’rif berayotganda ham, ba’zilar “sarf” so‘zini ba’zilar esa, “tasrif” atamasini
qo‘llaganlar.
Arab tilidagi sarf ilmiga nisbatan “tasrif” va “sarf” atamalarining qo‘llanilishi
turli omillar va ularning ilmiy maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunga
oydinlik kiritish maqsadida ularning lug‘aviy va istilohiy ma’nolariga to‘xtalib
o‘tamiz. “-”صرفlug‘atda “ayirboshlash”, “xarj qilish”, yoki “cheklash”,
“almashtirish”, “sarflash”, “tuslash” va “turlash” maʼnolarini anglatadi. Ilmiy
istilohda sarf faqat arab tilida so‘zlarning grammatik va morfologik o‘zgarishlari bilan
bog‘liq qoidalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun baʼzi olimlar ushbu atamani ilmiy
jihatdan aniqlik uchun afzal ko‘rishadi. “ -”تصريفlug‘atda “sotish”, “shaklga solish”
yoki “ko‘chirish, “o‘zgartirish”, “bajarish”, “tuslash”, “turlash” maʼnolarini
anglatadi (189 :1999 ابن منظور.، لسان العرب(..Ilmiy istilohda bu atama ko‘proq
fe’llarning shaxs-sonda tuslanishi va shakllanish jarayonini va ularning maʼno
jihatidan o‘zgarishini ifodalaydi. Tasrif atamasi sarfning amalda qo‘llanishini va
so‘zlardan yangi shakllar hosil qilish jarayonini bildiradi.
O‘rta asrlarda yaratilgan asarlarda “tasrif” va “sarf” atamalari bir-biridan ajratib
qo‘llanmagan, aksincha ular bir ma’noda ishlatilgan va o‘rtalaridagi farq o‘rganuvchi
uchun muhim deb hisoblanmagan (9:2009،.“..(هادي نهرSarf” istilohda “so‘z yasalishida
asl va zoida, to‘g‘ri va illatli harflarning qay tarzda keltirilishiga oid” ilmdir. “Tasrif”
esa so‘zning bir shakldan boshqa shaklga o‘tishi, ya’ni ko‘proq tuslash, turlash
ma’nolarini anglatadi. (2007:14،.)عبد الله بن يوسف الجديع
Sarf ilmi tarixi o‘rganilganda uning amaliy va nazariy qismlarga ajratilganini
ko‘rish mumkin. Sibavayhi fikriga ko‘ra “tasrif” ilmning amaliy tarafi bo‘lsa, “sarf”
esa uning nazariy tomonidir. (2009:9،.)هادي نهر
Amaliy qism bir o‘zak va undan ko‘zlangan ma’noni anglatish, turli shakllarga
aylantirish, masdarlarni aniq yoki majhul daraja sifatdosh shakllariga solish kabi
masalalarni qamraydi, nazariy qism esa so‘zlarning yasalishiga oid nazariy
mulohazalar bilan chegaralanadi. ( 1965:32،.(خديجة حديثي
XULOSA VA TAKLIFLAR
Sarf ilmining paydo bo‘lishi va shakllanishida olimlar turli fikrlarni ilgari
surganlar. Uning paydo bo‘lishida Imom Ali ibn Abu Tolib va Abul Asvad Dualiy
bilan bog‘liq mulohazalarni keltirib o‘tgan bo‘lsalar-da, milodiy 803-yilda Muoz ibn
Muslim al-Harro davrida o‘z nazariy asoslarini topa boshlagan.
Davrimizga qadar yetib kelgan eng qadimiy yozma manba sifatida esa Sibavayhiy
(vaf. 180-hijri / 796-milodiy y.)ning “al-Kitab” asari e’tirof etiladi. Morfologiyani
sintaksisdan alohida ajratgan holda o‘rganish tamoyiliga asoslangan grammatikaga oid
ilk tadqiqotlar kufalik olimlar tomonidan – Аbul Hasan Аhmad (187/802) bilan
boshlab berilgani aniqlandi. Keyinchalik kufaliklar asos solgan bu anʼanani basralik
ko‘plab tilshunoslar ham davom ettirdilar.
Bu dalil va nazariyalar shuni ko‘rsatadiki, sarf ilmi tarixan tilni to‘g‘ri saqlash va
rivojlantirish maqsadida shakllangan bo‘lib, har bir qarash va mulohazalar o‘z
haqiqatiga egadir. Arab olimlari arab tili morfologiyasini grammatik nazariya sifatida
rivojlantirib, bu sohani o‘zgarmas nazariy asosga aylantirdilar. Ularning asarlari arab
tilshunosligining rivojida muhim o‘rin tutadi va ularning keltirgan nazariyalari bugungi
kun tilshunosligida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Turli nazariyalarni tahlil qilish jarayonida, “sarf” atamasi ko‘proq nazariy
jihatlarga, yaʼni so‘zlarning o‘zgarish qoidalariga ishora qiladi, “tasrif” esa ko‘proq
amaliy qo‘llanma jarayoniga nisbatan ishlatilishi ma’lum bo‘ldi.
Maktablar o‘rtasidagi farqlar, olimlarning ilmiy usullari va manhajlari ham
ularning qaysi atamani afzal ko‘rishlariga taʼsir qilgan. Baʼzi olimlar sarfni keng
qamrovli ilm sifatida ko‘rib, unga “sarf” atamasini afzal ko‘rganlar. Ushbu ilmning
aniq amaldagi qo‘llanishiga eʼtibor qaratgan olimlar esa, “tasrif ” deb atashgan.
“Sarf” va “tasrif” atamalari bir-birini to‘ldiruvchi atamalar bo‘lib, ularning
qo‘llanilishi olimlarning ilmiy yondashuvi va sarf ilmining qaysi jihatini
taʼkidlashlariga bog‘liq. Agar ilm nazariy jihatdan bayon qilinsa, “sarf” ko‘proq
ishlatiladi. Аgar so‘zlarning amalda shakllanishi va o‘zgarishi ko‘zda tutilsa, “tasrif”
afzal ko‘riladi. Shunday bo‘lsa-da, hozirgi kunga kelib “sarf” atamasining iste’moli
ustunlik qilayotganini, “tasrif” esa ko‘proq fe’llarning shaxs-sonda tuslanishi kabi
o‘zgarishlarga amal qilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Nasirova M. (2019) Tilshunoslik bilimlari tarixi. – Toshkent: Navro‘z nashriyoti.
2. Dendane Zoubir. (2007) An Overview of Verb Morphology in Arabic.
3. Kazakboyev A. )2023( Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining sarf
ilmi rivojidagi ahamiyati. – Toshkent.
FILOLOGIYA Al-BUXORIY 1-son, 2025-yil
.4. Mahmudova D. (2023) Arab tilida morfologik so‘z yasalishi. – Toshkent
// TRANS Nr. 23 Internetوسائل توليد لألفاظ في اللغة العربية 5. Mansouri Kira. (2022)
.journal for cultural studies
6. Qosimova S. )2019( XI-XIII asrlarda Movarounnahr tilshunoslarining arab
.grammatik nazariyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari. Monografiya. – Toshkent
.7كمال الدين الأنباري. نزهة الألباء في طبقات الأدباء. / تحقيق د. إبراهيم السامرائي. – عمان. 1985
.8عبد الله بن يوسف الجديع. المنهاج المختصر في علمي النحو والصرف. ليدر – بريطانيا: الجديع
للبحوث والاستشارات، 2007م. .
.9عبد الرحمن جلال الدين السيوطي. المزهر في علوم اللغة وأنواعها. الجزء الثاني. – بيروت: منشورات
المكتبة العصرية، 1986م.
.10أحمد الحملاوي. شذا العرف في فن الصرف. – بيروت: دار الفكر العربي، . 1999
.11راجي الأسمر المعجم المفصل في علم الصرف – بيروت، دار الكتب العلمية 1997م.
.12ابن عصفور الإشبيلي- الممتع في التصريف – فخر الدين قباوة: بيروت – لبنان.
.13احمد بن محمد الميداني كِتَابُ نزهة الطرف في علم الصرف طبع بمطبعة الجوائب. قسطنطينية
1299
.14أبو بشر عمرو بن عثمان بن قنبر. تحقيق وشرح عبد السلام محمد هارون. كتاب سيبويه الجزء
الأول - القاهرة 1988م مكتبة الخانجي
.15ابن جني أبو الفتح بن عثمان. المنصف شرح لكتاب التصريف للإمام أبي عثمان المازني. / تحقيق
إبراهيم مصطفى وعبدالله أمين، – دمشق: مطبعة مصطفى البابي الحلبي، 1954م. – ج. 1
.16هادي نهر. الصرف الوافي: دراسات وصفية وتطبيقية. إربد: عالم الكتب الحديث، 2009م.
.17عبد السلام محمد هارون. كتاب سيبويه ابي بشر عمرو بن عثمان بن قنبر.الجزء الاول – القاهرة. م
1988
.18خديجة الحديثي. بنية الصرف في كتاب سيبويه.- بغداد . مكتبة النهضة. .1965
.19الإمام أبو يعقوب يوسف بن أبي بكر محمد السكاكي مفتاح العلوم. المحقق نعيم زرزور،
.20بيروت 1987.ابن هشام الأنصاري. شرح قطر الندى و بل الصدى.بيروت2004.
.21محمود الزمخشري. الففصل في صنعة الإعراب. مصر1323،ه1987/م
.22إدريس ميموني.علم الصرف تعريفه و بداية التأليف فيه// منتدى اللسان العربي و الخطاب
الشرعي2009.
.23ابن جني. الخصائص. مصر. 1913
البصريين و الكوفيين. .24أبو البركات الأنباري. كتاب الإنصاف في مسائل الخلاف بين النحويين
تحقيق محمد محي، الطبعة الثالثة. مصر 1955م
:REFERENCES
1. Nasirova M. (2019) Tilshunoslik bilimlari tarixi. – Toshkent: Navro‘z
nashriyoti. (In Uzbek)
.2. Dendane Zoubir. (2007) An Overview of Verb Morphology in Arabic
3. Kazakboyev A. )2023( Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining sarf
ilmi rivojidagi ahamiyati. – Toshkent. (In Uzbek)
- - 23
FILOLOGIYA Al-BUXORIY 1-son, 2025-yil
4. Mahmudova D. (2023) Arab tilida morfologik so‘z yasalishi. – Toshkent. (In
Uzbek)
// TRANS Nr. 23 Internetوسائل توليد لألفاظ في اللغة العربية 5. Mansouri Kira. (2022)
.journal for cultural studies
6. Qosimova S. )2019( XI-XIII asrlarda Movarounnahr tilshunoslarining arab
grammatik nazariyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari. Monografiya. – Toshkent. (In
Uzbek)
.7كمال الدين الأنباري. نزهة الألباء في طبقات الأدباء. / تحقيق د. إبراهيم السامرائي. – عمان. 1985
.8عبد الله بن يوسف الجديع. المنهاج المختصر في علمي النحو والصرف. ليدر – بريطانيا: الجديع
للبحوث والاستشارات، 2007م. .
.9عبد الرحمن جلال الدين السيوطي. المزهر في علوم اللغة وأنواعها. الجزء الثاني. – بيروت:
منشورات المكتبة العصرية، 1986م.
.10أحمد الحملاوي. شذا العرف في فن الصرف. – بيروت: دار الفكر العربي، . 1999
.11راجي الأسمر المعجم المفصل في علم الصرف – بيروت، دار الكتب العلمية 1997م.
.12ابن عصفور الإشبيلي- الممتع في التصريف – فخر الدين قباوة: بيروت – لبنان.
.13احمد بن محمد الميداني كِتَابُ نزهة الطرف في علم الصرف طبع بمطبعة الجوائب. قسطنطينية
1299
.14أبو بشر عمرو بن عثمان بن قنبر. تحقيق وشرح عبد السلام محمد هارون. كتاب سيبويه الجزء
الأول - القاهرة 1988م مكتبة الخانجي
.15ابن جني أبو الفتح بن عثمان. المنصف شرح لكتاب التصريف للإمام أبي عثمان المازني. / تحقيق
إبراهيم مصطفى وعبدالله أمين، – دمشق: مطبعة مصطفى البابي الحلبي، 1954م. – ج. 1
.16هادي نهر. الصرف الوافي: دراسات وصفية وتطبيقية. إربد: عالم الكتب الحديث، 2009م.
.17عبد السلام محمد هارون. كتاب سيبويه ابي بشر عمرو بن عثمان بن قنبر.الجزء الاول – القاهرة. م
1988
.18خديجة الحديثي. بنية الصرف في كتاب سيبويه.- بغداد . مكتبة النهضة. .1965
.19الإمام أبو يعقوب يوسف بن أبي بكر محمد السكاكي مفتاح العلوم. المحقق نعيم زرزور،
.20بيروت 1987.ابن هشام الأنصاري. شرح قطر الندى و بل الصدى.بيروت2004.
.21محمود الزمخشري. الففصل في صنعة الإعراب. مصر1323،ه1987/م
.22إدريس ميموني.علم الصرف تعريفه و بداية التأليف فيه// منتدى اللسان العربي و الخطاب
الشرعي2009.
.23ابن جني. الخصائص. مصر. 1913
البصريين و الكوفيين. .24أبو البركات الأنباري. كتاب الإنصاف في مسائل الخلاف بين النحويين
تحقيق محمد محي، الطبعة الثالثة. مصر 1955م
- - 24