ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ernest Hemingueyning “Alvido, qurol” asaridagi metonimiya tarjimalari xususida

Rashidova Umriya Ulug‘bek qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ERNEST HEMINGUEYNING “ALVIDO, QUROL” ASARIDAGI
METONIMIYA TARJIMALARI XUSUSIDA

ON THE TRANSLATIONS OF METONYMY IN ERNEST HEMINGWAY'S
“A FAREWELL TO ARMS”

О ПЕРЕВОДАХ МЕТОНИМИЧЕСКОГО СЛОВА В РОМАНЕ ЭРНЕСТА
ХЕМИНГУЭЯ «ПРОЩАЙ, ОРУЖИЕ!»

Rashidova Umriya Ulug‘bek qizi
Oriental universiteti

2-bosqich magistranti
Tel.: +998 97 887-99-49
e-mail: Umriya096@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqola asosida ingliz adabiyotining yorqin vakillari,
V..Shekspir, J. London, T. Drayzer asarlari qatorida E. Hemingueyning durdona
asarlari ham dunyo tillari qatorida o‘zbek tiliga tarjima qilingan va o‘zbek xalqini o‘z
ma’naviy va milliy qadriyatlari bilan bahramand qilib, kitobxonlar diqqatini o‘ziga jalb
qilib kelgan. Biroq, mazkur asarlarning tarjima sifati, uslubi bilan bog‘liq jihatlari
o‘rganilmagan. Shu sababli, ushbu masalani o‘rganish tarjimashunoslikda muhim
ahamiyatga ega. Mavzuni o‘rganishga kirishar ekanmiz, mazkur jihatlarni e’tiborga
olib, biz ilmiy ishimizda E. Hemingueyning “Alvido, qurol” asarining asliyati va
tarjimasini tahlilga tortdik. Asar tarjimasida badiiy tasvir vositasi, ya’ni ko‘chimning
eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan metonimiyaning tarjimada qay darajada
saqlanganligini atroflicha tadqiq etdik.

Kalit so‘zlar: “Farewell to arms”, metonimik birliklar, sinekdoxa, shakl va
mazmun birligi.

Annotation. Based on this article, along with the works of the brilliant
representatives of English literature, W. Shakespeare, J. London, T. Dreiser, the
masterpieces of E. Hemingway have been translated into Uzbek, among other world
languages, and have been attracting the attention of readers, delighting the Uzbek
people with their spiritual and national values. However, aspects related to the quality
and style of translation of these works have not been studied. Therefore, the study of
this issue is of great importance in translation studies. As we begin to study the topic,
taking these aspects into account, we analyzed the originality and translation of E.
Hemingway's “A Farewell to Arms” in our scientific work. We thoroughly studied the
extent to which the means of artistic depiction, that is, one of the most complex forms
of transfer, metonymy, was preserved in the translation of the work.

Keywords: “A Farewell to Arms”, metonymic units, synecdoche, unity of form
and content.

Абстрактный. На основе данной статьи шедевры Э. Хемингуэя, а также
произведения ярких представителей английской литературы У. Шекспира, Дж.
Лондона, Т. Драйзера были переведены на узбекский язык и другие языки мира
и привлекли внимание читателей, порадовав узбекский народ своими духовными
и национальными ценностями. Однако аспекты, связанные с качеством и стилем
перевода этих произведений, не изучались. Поэтому изучение этого вопроса
имеет важное значение в переводоведении. Приступая к изучению темы,
учитывая эти аспекты, в своей научной работе мы проанализировали оригинал и
перевод произведения Э. Хемингуэя «Прощай, оружие!». Мы тщательно
изучили, в какой степени метонимия, одна из самых сложных форм метафоры,
сохранена в переводе произведения.

Ключевые слова: «Прощай, оружие!», метонимические единицы,
синекдоха, единство формы и содержания.

KIRISH
XIX asrning so‘nggi choragidan e’tiboran O‘zbekistonda tarjimachilik yangi
o‘zanga kirdi (Musayev Q., 2005: 14). Matbuotning keng tarmoq otishi, o‘quv
dargohlarining mislsiz kengayishi, savodxonlik darajasining ko‘tarilishi,
tarjimachilikni yil sayin, oy sayin kuchaytirib bordi. XX asrning o‘rtalarida ayniqsa
oltmishinchi yillariga kelib, O‘zbekiston dunyo adabiyotlari eng ko‘p tarjima
qilinadigan o‘lkalardan biriga aylandi. Milliy zaminda ko‘plab professional layoqatli
tarjimon ijodkorlar yetishib chiqdi. Rus mumtoz va zamonaviy adabiyoti qonqarindosh mamlakatlar, uzoq-yaqin o‘lkalar adabiyotning eng qimmatli madaniyat
ko‘rsatkichi bo‘lgan namunalari mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Tarjimalar
milliy tilning o‘sishi, lug‘at boyligining kengayishi, turli soha terminlarining
ishlanishi, tartibga solinishi, til normalariga muvofiqlashtirilishi, turli-tuman
yo‘nalishdagi lug‘atlarni tayyorlab nashr qilishga yo‘l ochdi. XX asr boshidan
e’tiboran turli sohalar bo‘yicha g‘arbiy Yevropa tillarida yaratilgan asarlarning
o‘zbekchaga ko‘plab o‘girila boshlangani va bu jarayonning keyingi yarim asrdan
ko‘proq davr mobaynida yanada jadallashib ketgani yurtimiz ilmiy-texnikaviy
salohiyatining kamol topishi va boshqa xalqlar bilan adabiy-madaniy aloqalarning
kengayishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bizning e’tiborimizni o‘ziga ko‘proq
tortayotgan mamlakatlar qalam ahllari, chunonchi, g‘arbiy Yevropa mamlakatlari
adabiyotining ajralmas bo‘lagi hisoblanmish Angliya adabiyoti va ingliz zabon
ijodkorlar sanalmish amerika adabiyoti vakillari asarlarining o‘zbek tiliga tarjimalari
haqida gap ketadigan bo‘lsa, shuni alohida qayd etish lozimki, bunday tarjima asarlari
o‘zbek kitobxonlari e’tiborini darhol o‘ziga tortdi va tez orada ularning ko‘pchiligi

xalqimizning sevimli asarlariga aylanib, kitob javonlaridan o‘rin oldi. XX asrning 40-
yillarida o‘zbek kitobxonlari jahon adabiyotining bir talay yirik namoyandalari
asarlarini ona tilida mutolaa qila boshladilar. Abdulla Oripov Gyotening “Faust”ini,
Qodir Mirmuhammedov “Oddiseya”, Mirtemir qirg‘iz eposi “Manas”ni, Muhammad
Ali hind xalqining “Ramayona” eposini, Ibrohim G‘ofurov Ernest Hemingueyning
“Alvido, qurol” asarini va boshqa bir qator asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qildilar.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tarjima qilingan asarlar ichidan, ayniqsa, Ernest Hemingueyning “Alvido, qurol”
asari o‘zbek kitobxonlarining sevimli asariga aylangan. Asar yozuvchining hayotidan
olingan bo‘lib, unda urushda bo‘lgan voqealar tasvirlanadi. Asar o‘zbek tiliga Ibrohim
G‘ofurov tomonidan tarjima qilingan. Yozuvchi asarda badiiy vositalarni mohirona
qo‘llagan bo‘lib, bunda bizlar badiiy vositalardan metonimiya, metafora, sinekdoxa,
epitet, perifraza, kabi ko‘pgina badiiy vositalarni ko‘ramiz. Jahon adabiyoti
durdonalari bo‘lmish ko‘pgina asarlarning o‘zbek tarjimalarida shakl va mazmun
birligi yaxshi aks etganligi uchun ham ular xalqimizning sevimli asarlariga aylanib
qolaveradi. O‘zbek kitobxonlarini bu asarlarning g‘oya va mazmunigina emas, balki
ulardagi fikrni bayon qilishda tanlangan shakllar ham sehrlab qo‘ymoqda.
Shekspirning “Hamlet”, va “Otello” tragediyalari, A.S. Pushkinning “Yevgeniy
Onegin”, L.N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” hamda “Anna Karenina”, Voynichning
“Sona”, M. Sholoxovning ”Tinch Don” romanlari shakl va mazmun jihatidan bir butun
holda o‘zbekchaga san’atkorona tarjima etilganligi uchun ham ularning mualliflari
kitobxon ko‘z oldida butun buyukligi bilan gavdalanib turadi. Tarjimada tasviriy
vositalar, ko‘chimlar nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Ular asarning ekspressivligini
oshiradi va kitobxonga zavq berib, uning asarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Badiiy
vositalar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganda asl nusxasidan farq qilmasligi,
tarjimon asarni tarjima qilganda asl nusxasidek shakl va mazmunni saqlab qolishi
kerak. Men E. Hemingueyning “Farewell to Arms” asarini o‘qib, Ibrohim G‘ofurov
tomonidan o‘zbek tiliga “Alvido, qurol“ deb tarjima qilingan o‘zbekcha nusxasini ham
o‘qib chiqdim va ikkala asarni bir-biri bilan solishtirdim. Ya’ni asar o‘zbek tiliga
tarjima qilinganda ingliz tilidagi badiiy vositalar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganmi va
tarjimon shakl va mazmunni asarning asl nusxasidagidek saqlab qola olganmi-yo‘qmi,
shuni ko‘rib chiqdim. Ikkala asarni ham tahlil qilgan holda o‘qib, ularda metonimiya
tarjimasiga oid shakl va mazmunga doir bir qancha misollarni topdim va quyida ularni
havola etmoqchiman.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ingliz va o‘zbek tilining rivojlanishiga qaratilgan metonimik birliklar lingvistik
va qiyosiy usullar orqali o‘rganib tahlil qilindi. Metonimiyalarni tarjima qilishda
qo‘llaniladigan usullar va uslubiy xususiyatlarga alohida e’tibor berildi. Tadqiqotda

asosiy manba sifatida asarning o‘zbekcha tarjimasi va asl matn solishtirildi.
Tarjimalarning to‘g‘riligi va badiiy jihatdan mosligini aniqlash uchun lingvistik va
adabiy tahlil usullaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ingliz va o‘zbek adabiyotidagi metonimiyalarning lingvopragmatik
xususiyatlarini misollar keltirib tahlil etish orqali ikki tilning o‘zaro o‘xshash va farqli
jihatlari maqolada tanlangan mavzu doirasida ochib berildi. Shuningdek, ingliz va
o‘zbek tilidagi metonimiyani yuzaga keltiruvchi vositalarni aynan tarjima qilish
jarayonida jumlaning mazmun jihatidan o‘zgarishiga e’tibor qaratildi.
Kitob tarjimasining birinchi betida asarga shunday ta’rif berilgan: “Ernest
Hemingueyning “Alvido, qurol” romani shafqatsiz va mantiqsiz urushga qarshi
yozilgan otashin asardir. Romanning bosh qahramoni leytenant Genri sof, yorqin
muhabbat yo‘lida bema’ni urushni tashlab ketadi. Bu roman buyuk yozuvchining eng
ehtirosli asarlaridan biridir”, - deb aytilgan. Metonimiyalarning E. Hemingueyning
“Alvido, qurol” (Farewell to Arms) asarida qo‘llanilishi va uning o‘ziga xos tomonlari
haqida fikr yuritsak, E. Hemingueyning “Farewell to Arms” asari Ibrohim G‘ofurov
tomonidan o‘zbek tiliga “Alvido, qurol” nomi bilan tarjima qilingan. Asar juda
qiziqarli, tili ham ravon, stilistik bo‘yoqlarga boy asar bo‘lib, unda, avvalo, o‘zbek
tilining asl boyligi ifodasini ko‘rish mumkin bo‘lsa, qolaversa, yozuvchining tilga
shaxsiy munosabatlari va uning qudratini oshirishda erishgan hissasini ham sezish
mumkin. Shundan kelib chiqib bu asarni stilistik jihatdan tahlil qilishga harakat qildik.
Mazkur maqolaning muhokamasida kaminaning vazifasi asarda qo‘llanilgan
metonimiyalarni topish, ularni tahlil qilish va o‘zbek tiliga qanday tarjima
qilinganligini aytish, badiiy asarni tarjima qilish jarayonida metonimiya o‘zbek tilida
ham o‘zining tuzilishi va ma’nosini saqlab qolgan va qolmaganligini ko‘rib chiqish
edi. Metonimiyani mazmun-mohiyati bo‘yicha 5 guruhga bo‘ldim, ular quyidagilar:
1) Metonimiya so‘zlarning mavhum hamda aniq tushunchalari asosida hosil
bo‘lishi mumkin;
2) Narsa, hodisa yoki kishilarga xos xususiyatlar o‘sha narsaning yoki
kishilarning nomiga o‘tkaziladi;
3) Bo‘lakning butunga yoki butunning bo‘lakka munosabati; (Sinekdoxa)
4) Ma’lum narsa bilan uning nomi o‘rtasidagi munosabat asosida metonimiyaning
yana bir turi vujudga keladi;
5) Ba’zan esa muallifning ismi uning asari o‘rnida qo‘llaniladi.
Quyida asardan ba’zi matnlarni ko‘rib chiqamiz:
1. The river ran behind us and the town had been captured very handsomely, but
the mountains beyond it could not be taken and I was very glad the Austrians seemed

to want to come to the town sometimes, if the war should and because they did not
bombard it to destroy it but only a little in a military war (Hemingway E., 1971).

Daryo bizning ortimizda oqardi, shaharni ham osongina qo‘lga kiritdik, lekin
nariroqdagi tog‘larni ishg‘ol qila olmadik; men shunisiga xursand edimki,
avstriyaliklar qachonlardir urush tugasa, qaytib boramiz-ku, degan o‘y bo‘lsa kerak,
shaharni aytarli bombardimon qilishmas, yo‘liga po‘pisa qilib qo‘yardilar xolos.

Bu yerda us metonimiya, o‘zbek tiliga bizni deb tarjima qilinadi. Chunki daryo
bizning orqamizdan oqmaydi. Biz orqali yashaydigan joy nazarda tutilmoqda. Bu gap
metonimiyaning to‘rtinchi turiga kiradi, ya’ni ma’lum narsa bilan uning o‘rtasidagi
munosabatni ko‘rishimiz mumkin.

2. The battary in the next garden woke me in the morning (Hemingway E., 1971).
Ertalab meni qo‘shni bog‘dagi batareya uyg‘otib yubordi.
Batareya so‘zi batareya qurollaridan chiqadigan qattiq tovushni bildiradi. Uni
batareya emas, batareyadan chiqadigan qattiq tovush uyg‘otib yuborgan. Bu gapda
narsa bilan uning o‘rtasidagi munosabat ko‘rsatilgan. Bu gap metonimiyaning
to‘rtinchi turiga mansub.
3. The battary fired twice (Hemingway E., 1971).
Batareya ikki marta o‘q uzdi.
Bu gapda batareya qurol ma’nosini bildiradi. Bu gapda metonimiyaning to‘rtinchi
turi narsa bilan uning nomi o‘rtasidagi munosabat ko‘rsatilmoqda.
4. Don’t write anything that will bother the censor (Hemingway E., 1971).
Sensorga ozor beradigan gaplarni yozib o‘tirmang yana.
Bu yerda sensor metonimiya. Yozuvchi sensor deb jamiyatni nazarda tutmoqda.
Bu gap metonimiyaning to‘rtinchi turiga misol bo‘la oladi.
5. A regiment went by in the road and I watched them pass (Hemingway E., 1971).
Yonimdagi yo‘ldan polk o‘tib borardi, men saflar qanday qadam tashlayotganiga
qarab turar edim. Regiment so‘zi o‘zbek tiliga polk deb tarjima qilinadi. Polk so‘zi
ko‘pchilikdan tashkil topgan askarlar guruhi ma’nosini bildiradi. Polkning oyog‘i yo‘q,
u yurolmaydi, polk orqali odamlar nazarda tutilmoqda. Bu gapda metonimiyaning
to‘rtinchi turi qo‘llanilgan.
6. There were stragglers going by long after the regiment had passed men who
could not keep up with their platoons (Hemingway E., 1971).
Polk allaqachon o‘tib bo‘lganiga qaramasdan, yo‘lda hamon orqada qolganlar
o‘tib borishardi - bular o‘z bo‘linmalari bilan barobar borishga qurblari yetmay
qolganlar edi. Bu gapda polk so‘zi metonimiya bo‘lib, unda odamlar nazarda
tutilmoqda. Bu misol narsa bilan uning o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatadi.
7. I would like to eat at the Cova and then walk the Via-Manzoni in the hot evening
and cross over and turn off along the canal and go to the hotel with Catherine Barkley
(Hemingway E., 1971).

U bilan “Kova”da ovqatlanib olsang-da, keyin dim kechki havoda Via-Manzoni
bo‘ylab ketsang, ko‘prikdan o‘tib, kanal yoqalab burilsang-da, Ketrin Barkley bilan
otelga kirsang. Kova so‘zi gapda metonimiya bo‘lib, u Italiyadagi bir shahar. Bu yerda
Kova so‘zi orqali Kovadagi restoran nazarda tutilmoqda. Ya’ni narsa bilan uning
o‘rtasidagi nomi ko‘rsatilmoqda.

8. The saint hung down on the outside of my uniform and I undid the throat of my
tunic, unbuttoned the shirt collar and dropped him in under the shirt (Hemingway E.,
1971).

Avliyo harbiy forma ustida turib qoldi, men yoqamni ochib, ko‘ylagimning
yoqasini bo‘shatdimda avliyo Antoniyni ichimga solib qo‘ydim.

9. “It’s a saint Anthony” she said (Hemingway E., 1971).
Bu avliyo Antoniy – dedi u. Bu gapda narsa nomi bilan atamoqda. Ya’ni Avliyo
Antoniy deb medalyonni nazarda tutmoqda. Bu misolda tirik odam emas, balki uning
rasmi tushirilgan medalyon nazarda tutilmoqda.
10. The Saint Anthony was in a little metal capsule (Hemingway E., 1971).
Avliyo Antoniy oq metaldan ishlangan kichkina medalyonga joylangan edi. Bu
yerda Avliyo Antoniyning rasmi haqida gapirilmoqda, chunki tirik odamni
medalyonga joylab bo‘lmaydi. Bu misol metonimiyaning to‘rtinchi turiga kiradi.
11. The enemy’s ears are everywhere (Hemingway E., 1971).
Dushmanning har yerda qulog‘i bor. Bu gapda quloq metonimiya bo‘lib, yozuvchi
quloq orqali odamlarni nazarda tutmoqda. Ya’ni bu gapni shunday tushunishimiz
mumkin. Dushmanning hamma yerda odami, ayg‘oqchisi bor deb. Bu misolda
metonimiyaning birinchi turi, ya’ni metonimik so‘zlarning aniq va mavhum
tushunchalar asosida bog‘lanishini ko‘rish mumkin.
12. In the fall, when the rains came, the leaves all fell from the chesnut trees and
the branches were bare and the trunks black with rain (Hemingway E., 1971).
Kuz kirib, yomg‘ir ketidan yomg‘ir quyib bergach, kashtanlarning yaproqlari duv
to‘kilardi-da, shoxlari qip-yalang‘och bo‘lib qolib, daraxtlarning tepalari yomg‘irdan
qorayib ketdi. Bugungi kunda ingliz tilida “autumn” ya’ni kuz degan so‘zning o‘rnida
“fall” degan so‘z ishlatilishini ko‘ramiz. Bu so‘z kelib chiqishiga ko‘ra “come or go
down freely” ya’ni kelmoq yoki tushmoq deb tarjima qilinadi. Kuzda daraxtlarning
yaproqlari tushadi. Shuning uchun kuz “fall” ya’ni “tushish” deb nomlanadi. Bunda
butun qism bilan ifodalanmoqda. Bu gap metonimiyaning uchinchi turiga tegishli.
13. “When you come back, bring a phonograph”
“Bring good opera disks”.
“Bring Caruso”.
“Don’t bring Caruso. He bellows” (Hemingway E., 1971).
- Qaytib kelayotganingizda grammofon olib keling.
- Yaxshi opera plastinkalaridan olib keling.

- Karuzoni olib keling.
- Karuzo kerak emas. U uvillaydi (Ҳемингуей Е., 1973).
Asarda Genrining do‘sti undan plastinka olib kelishini so‘radi. Bunda u
Karuzoning plastinkasini so‘radi, Karuzoning o‘zini emas. Ya’ni o‘sha plastinka uni
yozgan odam nomi bilan aytilmoqda. Bu gapda muallifning ismi uning asari o‘rnida
qo‘llanmoqda. Bu misol metonimiyaning to‘rtinchi turiga tegishli.
14. Rinaldi was sitting on the bed with a copy of Hugo’s English grammar
(Hemingway E., 1971). Rinaldi Hyugoning ingliz tili grammatikasini qo‘lda tutib,
krovatda o‘tirgan ekan (Ҳемингуей Е., 1973). Bu misolda asar yozuvchining nomi
bilan ishlatilmoqda. Hyugo kitobni yozgan muallif bo‘lib, kitob uning nomi bilan
aytilmoqda. Bu gap metonimiyaning beshinchi turiga mansub.
15. We were in the foot-hills on the near side of the river and as the road mounted
there were the high mountains off to the north with snow still on the tops (Hemingway
E., 1971).
Biz daryo tomondan tog‘ etagi bilan ketmoqda edik, yo‘l yuqorilagach, shimol
tomonda baland qorli cho‘qqilar ko‘rindi (Ҳемингуей Е., 1973). Bu yerda “tog‘ etagi”
metonimiya bo‘lib, tog‘ etagi deganda tog‘ning yo‘li nazarda tutilmoqda. Narsa bilan
uning o‘rtasidagi munosabat ko‘rsatilmoqda. Bu gapda metonimiyaning uchinchi turi
qo‘llanilmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida quyidagi fikrlarni aytib o‘tish mumkin:
1. E. Hemingueyning “Alvido, qurol” asarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan
tarjimon ko‘chimning eng murakkab turlaridan bo‘lgan metonimiyaning tarjimada
asliyatini saqlashga katta e’tibor qaratgan. Asliyat tiliga mos muqobil variant topishi,
uning ma’no va mazmun xususiyatlarini yoki shaklini saqlangan yoki o‘zgartirgan
holda berishi, transliteratsiya, izoh berishi va badiiy tarjimadan ko‘ra ko‘proq ilmiy
tarjima usullaridan foydalanganligi kuzatiladi. Bu yangi tarjima usullarini vujudga
keltiradi.
2. Tarjima jarayonida matn mazmuniga ziyon yetkazmaslik, badiiy o‘ziga
xoslikni va asar badiiy koloritini saqlashga urinishlar va bu boradagi ijodiy
yondashuvlar kuzatilsa-da, tarjimon anchagina nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan, aksariyat
hollarda ba’zi badiiy tasvir vositalari, milliy so‘z va iboralarning leksik va kontekstual
ma’nolarini hamda shakliy ixchamlikni, musiqiy ohangdorlikni saqlay olmagan.
Bunga sabab esa uning ko‘proq ilmiy hamda erkin tarjima prinsipiga amal
qilganligidan dalolatdir.
3. Qardosh bo‘lmagan tildan tarjima qilayotgan tarjimon har bir mayda detalga,
mushtaraklikka va o‘ziga xoslikka e’tibor bermasa, asar milliyligiga putur yetkazib
qo‘yishi, badiiy asar muallifining individual uslubini va ruhini kitobxonga to‘g‘ri

yetkaza olmasligi mumkin. Ingliz xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ruhiyati,
madaniyati, mentaliteti va tilini yaxshi o‘rgangan tarjimon metonimiya orqali asliyat
mazmunini tarjimada to‘la bera oldi.

4. E. Hemingueyning “Alvido, qurol” asarining ingliz tilidan o‘zbek tiliga
tarjimasi o‘zbek kitobxoniga ingliz xalqining ma’lum bir davrdagi (urush davridagi)
rasm-rusumlari, yashash tarzi, madaniyati, mentaliteti, milliy xarakteri borasida
tasavvur hosil qilishga yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.

5. Milliy realiyalar transliteratsiya yoki ekvivalent qo‘llash orqali o‘girilganki, bu
narsa tarjima tili asliyatini singdira olmasligi, kitobxon uchun tushunmovchiliklar
keltirib chiqarishi bilan belgilanadi. Tarjimon qo‘llagan bu usul eng to‘g‘ri bo‘lib,
o‘zbek o‘quvchisi ko‘z o‘ngida voqeaning qayerda, qaysi millat doirasida
kechganligini realiyalar tarjimasi orqali gavdalantiradi va oson tushunilishini
ta’minlaydi. Bu o‘z o‘rnida tarjima realiyalarning o‘zbek tiliga o‘zlashib, ularning
lug‘at tarkibidan joy olishiga zamin yaratdi.

6. E. Hemingueyning “Alvido, qurol” asarining o‘zbek tiliga qilingan
tarjimasidagi ayrim metonimik chekinishlar ingliz tili qonuniyatlari asosida asliyatning
ma’no va mazmuninigina emas, balki uning badiiy uslubini, timsollar silsilasini va
ta’sirchan ruhini saqlash imkonini berdi. Qolaversa, mazkur asar o‘zbek kitobxonlariga
o‘ziga xos badiiy-ilmiy asar sifatida taqdim etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Гачичеладзе Г. (1961) Проблемы реалического перевода. Автореф. докт.
дисс. – Тбилиси.
2. Ҳемингуей Е. (1973) Алвидо, қурол. – Тошкент: Адабиёт ва санъат
нашриёти.
3. Hemingway E. (1971) A Farewell to Arms. – London.
4. Xudayberganov E. (2003) Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent.
5. Каримов С. (1994) Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. –
Самарқанд.
6. Musayev Q. (2005) Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent.
7. Nurmanov A. (2002) O‘zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent.
8. Қўнғиров Р. (1977) Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент: Фан.
9. Турсунов У., Мухторов Ж., Рахматуллаев Ш. (1965) Ҳозирги ўзбек адабий
тили. – Тошкент.
10. G‘ofurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. (2012) Tarjima nazariyasi. –
Toshkent.
11. Шукуров Н., Ҳотамов Н., Холматов Ш., Маҳмудов М. (1979)
Адабиётшуносликка кириш. – Тошкент.
12. Шомақсудов А. (1990) Ўзбек тили стилистикаси. – Тошкент.

REFERENCES:
1. Gachicheladze G. (1961) Problemi realicheskogo perevoda. Avtoref. dokt. diss.
– Tbilisi. (In Russian)
2. Heminguey E. (1973) Alvido, qurol. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti.
(In Uzbek)
3. Hemingway E. (1971) A Farewell to Arms. – London.
4. Xudayberganov E. (2003) Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent. (In Uzbek)
5. Karimov S. (1994) Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. – Samarqand.
(In Uzbek)
6. Musayev Q. (2005) Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent. (In Uzbek)
7. Nurmanov A. (2002) O‘zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent. (In Uzbek)
8. Qoʻngʻirov R. (1977) Oʻzbek tilining tasviriy vositalari. Toshkent: Fan. (In
Uzbek)
9. Tursunov U., Muxtorov J., Raxmatullaev Sh. (1965) Hozirgi oʻzbek adabiy tili.
– Toshkent. (In Uzbek)
10. G‘ofurov I., Mo‘minov O., Qambarov N. (2012) Tarjima nazariyasi. –
Toshkent. (In Uzbek)
11. Shukurov N., Hotamov N., Xolmatov Sh., Mahmudov M. (1979)
Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent. (In Uzbek)
12. Shomaqsudov A. (1990) Oʻzbek tili stilistikasi. – Toshkent. (In Uzbek)