JOZEF ANTUAN KASTANYE FAOLIYATI TARIXSHUNOSLIGIGA
NAZAR
A LOOK AT THE HISTORIOGRAPHY OF JOSEPH ANTOINE
CASTAGNE’S WORK
ВЗГЛЯД НА ИСТОРИОГРАФИЮ ТВОРЧЕСТВА ЖОЗЕФА АНТУАНА
КАСТАНЯ
Dehqonov Anvar Valijonovich
Namangan muhandislik-qurilish
instituti tadqiqotchisi
Tel: + 998 94 175-08-17
e-mail: quyosh0817@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada fransiyalik olim Jozef Antuan Kastanyening O‘zbekiston
hududidagi faoliyati tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Unda Kastanye
haqida o‘z zamondoshlari, Sovet davri tadqiqotchilari va hozirgi zamon olimlari
tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar o‘rganiladi. Maqolada Markaziy Osiyo,
xususan Turkistonning Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi davridagi tarixiy
jarayonlarga Kastanye faoliyatining ta’siri ko‘rib chiqiladi. Bartold, Masson,
Gorshenina, Madji, Domrovskiy, Zimin, Veselovskiy va Babaxodjayev kabi taniqli
sharqshunos va arxeologlarning ishlariga tayangan holda, Kastanyening arxeologiya
va sharqshunoslik sohasidagi xizmatlari o‘rni yoritiladi. XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati doirasida olib borilgan
tadqiqotlarga qaramay, Kastanye arxeologiya, etnografiya, lingvistika va boshqa
sohalarda qay darajada xolisona ilmiy izlanishlarni amalga oshirgani tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar: J. Kastanye, Markaziy Osiyo, Turkiston, Rossiya imperiyasi, Sovet
Ittifoqi. Bartold, Masson, Gorshenina, Madji, Domrovskiy, Zimin, Veselovskiy,
Babaxodjaev, arxeologiya, sharqshunoslik.
Annotation. This article examines the activities of the French scholar Joseph
Antoine Castagné in the territory of Uzbekistan from a historiographical perspective.
It analyzes the opinions and observations of his contemporaries, Soviet-era researchers,
and modern scholars regarding Castagné’s work. The study explores the impact of
Castagné’s activities on the historical processes of Central Asia, particularly Turkestan,
during the periods of the Russian Empire and the Soviet Union. Drawing on the works
of prominent orientalists and archaeologists such as Barthold, Masson, Gorshenina,
Madji, Domrovsky, Zimin, Veselovsky, and Babakhojayev, the article highlights
Castagné’s contributions to archaeology and oriental studies. Despite the colonial
framework of the Russian Empire’s research efforts in the late 19th and early 20th
centuries, Castagné’s impartial scientific endeavors in archaeology, ethnography,
linguistics, and other fields are critically assessed.
Keywords: J. Castagné, Central Asia, Turkestan, Russian Empire, Soviet Union,
Barthold, Masson, Gorshenina, Madji, Domrovsky, Zimin, Veselovsky, Babakhojayev,
archaeology, oriental studies.
Аннотация. В статье анализируется деятельность французского ученого
Жозефа Антуана Кастанье на территории Узбекистана с точки зрения
историографии. Рассматриваются мнения и оценки его современников,
исследователей советского периода и современных ученых о его работе.
Изучается влияние деятельности Кастанье на исторические процессы в
Центральной Азии, особенно в Туркестане, в период Российской империи и
Советского Союза. Опираясь на труды известных востоковедов и археологов,
таких как Бартольд, Массон, Горшенина, Маджи, Домровский, Зимин,
Веселовский и Бабаходжаев, подчеркивается вклад Кастанье в археологию и
востоковедение. Несмотря на колониальный контекст исследований Российской
империи в конце XIX – начале XX веков, анализируется, насколько объективно
Кастанье проводил научные изыскания в области археологии, этнографии,
лингвистики и других дисциплин.
Ключевые слова: Ж. Кастанье, Центральная Азия, Туркестан, Российская
империя, Советский Союз, Бартольд, Массон, Горшенина, Маджи, Домровский,
Зимин, Веселовский, Бабаходжаев, археология, востоковедение.
KIRISH
Mamlakatimiz hududida XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida olib
borilgan ilmiy tadqiqotlar Rossiya imperiyasining mustamlakachilik va bosqinchilik
siyosatiga xizmat qilgan bo‘lsa-da, tadqiqotchilar orasida ilmiy izlanishlari natijasida
olingan ma’lumotlarni ommaga e’lon qilishda, qayd etishda va rasmiylashtirishda ilmfan oldidagi xolislikni saqlab qolishga intilgan tadqiqotchilar ham ko‘pchilikni tashkil
etadi. Ana shunday tadqiqotchilardan biri fransiyalik Jozef Antuan Kastanyedir.
Kastanye arxeologiya, etnografiya, speologiya, lingvistika, numizmatika, geografiya
va boshqa yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borib, ko‘plab ilmiy asarlar va
maqolalari orqali Markaziy Osiyo, xususan, Turkistonda tarixiy, etnografik,
muzeyshunoslik sohalarining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan tadqiqotchilardan
biridir. Jozef Antuan Kastanye 1875-yilda Fransiyaning kichik Gaylak shahrida
tug‘ilib, 1958-yili Monpeleda vafot etgan. U Fransiyada tug‘ilib, shu yerda vafot etgan
bo‘lsa-da, umrining 20 yillik eng faol davrini Rossiya imperiyasi hududida o‘tkazgan
(Деҳқонов А., 2022).
J. Kastanye o‘rta maktablarda fransuz tilidan dars berish huquqini beruvchi
diplomni qo‘lga kiritgach, 1899-yil bahorida Fransiyadan Rossiyaga keladi.
1901-yil fevral oyida Vladikavkaz gimnaziyasining pedagogika kengashida
sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng, u gimnaziyaning fransuz tili o‘qituvchisi
darajasiga sazovor bo‘ldi.
1904-yilda Kastanye Turkistonga birinchi safarini amalga oshiradi. 1909-yildan
J. Kastanye Orenburg ilmiy arxiv komissiyasi homiyligida bo‘lgan muzeyning kuratori
vazifasini bajarishni boshlaydi.
U 1913-yil 28-sentyabrda Rossiya fuqaroligini ham oladi. 1912-yilda o‘z
iltimosiga binoan, ish faoliyatini Toshkentga ko‘chirishga ruxsat oladi. Shundan so‘ng,
u Toshkentdagi o‘rta-maxsus maktabda fransuz tili o‘qituvchisi va sinf rahbari bo‘lib
xizmat qila boshlaydi. Shu davrdan boshlab ushbu fransiyalikning Turkiston
hududidagi tadqiqotlari keng ko‘lamda davom etadi (Дехқонов А., 2024: 94-99).
J. Kastanyening qiziq va murakkab hayoti hamda faoliyatini nisbatan kam
o‘rganilgan mavzular qatoriga kiritish mumkin. Buning sababi sifatida bir qator
omillarni sanash joiz. Jumladan, J. Kastanye zamondoshlari uni arxeolog yoki
tadqiqotchi sifatida tan olishmadi. Oqibatda, uning ilmiy ishlari o‘z davrida va keyingi
davrda ham tadqiqotlar uchun ilmiy manba sifatida yetarlicha baholanmadi. Ayniqsa,
Sovet davrida J. Kastanyega Angliya va Fransiyaning sobiq josusi sifatida qarashdi.
Oqibatda, J. Kastanyening vaqt o‘tishi bilan o‘z tasdig‘ini topgan ilmiy farazlari va
xulosalarini ham yetarli baholamadilar, bu ishga imkon ham bermadilar. Qachonki,
Sovet davlati parchalangach, J. Kastanye hayoti va ilmiy merosini o‘rganish yo‘lida
bir necha muhim qadamlar qo‘yildi. Shunday bo‘lsa-da, hozirgacha olib borilgan ilmiy
ishlar J. Kastanyening Markaziy Osiyo va Turkiston tarixi hamda ijtimoiy-siyosiy
hayotiga oid 70 dan ortiq ilmiy ishlari mavjudligi hisobga olinganda mutlaqo yetarli
bo‘lmaydi. Shuni inobatga olib, mazkur maqolada J. Kastanye hayoti va faoliyatining
tarixshunosligiga bir qadar nazar tashlashga urinib ko‘rdik.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
S. Madji tomonidan yozilgan “И.А. Кастанье как историк Средней Азии”
maqolasi Kastanyening tarixchi sifatidagi o‘rnini baholashda muhim manba
hisoblanib, unda Turkistonning etnik va madaniy xilma-xilligini o‘rganishdagi
yondashuvlari tahlil qilinadi. Madji Kastanyening ishlarini Rossiya va g‘arb olimlari
tadqiqotlari bilan solishtirib, uning mahalliy manbalarga tayanib ishlaganligini alohida
ta’kidlaydi. Shu bilan birga, muallif Kastanyening faoliyatini zamonaviy
tarixshunoslik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarurligini ham urg‘ulaydi.
S.M. Gorshenina esa “Центральная Азия в творчестве Жозефа-Антуана
Кастанье” asarida Kastanyening ijodiy va ilmiy merosini kengroq kontekstda
o‘rganadi. Gorshenina uning faoliyatini nafaqat tarixiy, balki antropologik va
madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan ham tahlil qilib, uning Markaziy Osiyo xalqlari
hayotini tasvirlashdagi o‘ziga xos uslubiga e’tibor qaratadi. Muallif Kastanye
tomonidan qoldirilgan fotoarxivlar va yozma materiallarni manba sifatida ko‘rib
chiqib, ularning o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitlarini aks ettirishdagi
ahamiyatini ta’kidlaydi. Gorshenina shuningdek, Kastanyening tadqiqotlari Rossiya
imperiyasining mustamlakachilik siyosati bilan qanchalik bog‘liq ekanligi masalasini
ham ko‘taradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot Kastanyening Markaziy Osiyo tarixshunosligidagi o‘rnini
o‘rganishga qaratilgan. Uning asarlari va fotoarxivlari asosiy manba sifatida tahlil
qilinib, o‘sha davr kontekstida ko‘rib chiqildi. Kastanye faoliyati zamonaviy
olimlarning ishlari bilan solishtirilib, tanqidiy baholandi. Tadqiqotda tarixiy
ma’lumotlarni sintez qilish va qayta talqin qilish usullari qo‘llanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
J. Kastanyening murakkab hayot yo‘li hamda turli yo‘nalishdagi ilmiy
tadqiqotlari tarixshunosligini 3 davrga bo‘lish lozim ko‘rinadi:
1) Rossiya Imperiyasi davridagi tadqiqotlar;
2) Sovet davri tadqiqotlari;
3) Sovet davridan keyingi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar.
Rossiya Imperiyasi davrida J. Kastanye asarlariga berilgan baho turlichadir.
Ayniqsa, XX asrning yigirmanchi yillarigacha jadallik bilan rivojlangan Toshkent
intellektual muhitida ko‘plab yuqori martabali sharqshunoslar ilmiy faoliyat bilan
shug‘ullanishgan. Ular orasida J. Kastanyedek kelib chiqishi Rossiyaga begona
bo‘lgan olimlarning ishlariga hasad va shubha bilan munosabatda bo‘lish tendensiyasi
odat tusiga kirgan edi.
Imperiya davrida Turkistonlik tadqiqotchilar J.A. Kastanyega sharqshunoslik
bo‘yicha mutaxassislik bilimlariga ega emasligi (u fors tilini bilsa ham) nuqtai
nazaridan tanqidlar bildirishgan. Unga ilmiy tadqiqotlari yuzasidan xulosalarining
sayozligi, ma’lum darajada badiiylashtirishga moyilligi, bir qator tarixiy xatolarga yo‘l
qo‘yganligi, “ilmiy jihatdan muomaladan chiqarilgan” deb topilgan tarjimalardan
foydalanganligi uchun e’tiroz bildirishgan. Olima S. Gorsheninaning fikricha J.
Kastanye arab solnomalarining german olimi V. Tomashek tayyorlagan tarjimalaridan
foydalangan. Shuningdek, xos ismlar va geografik obyektlarni transkripsiya qilish
qoidalarini bilmaslik, ilmiy-ma’lumotnoma tizimini to‘g‘ri rasmiylashtirmaslik,
iqtiboslar qoidalariga rioya qilmaslik, tarixiy parallellarni noto‘g‘ri berish va
sharqshunoslik sohasidagi yangi tadqiqotlarni bilmaslik kabi kamchiliklar yuzasidan
ham J. Kastanye tanqidlar qilingan (Горшенина С., 1997: 12).
Shunday tanqidchilardan biri, arxeolog L.A. Zimin 1914-yilda “Туркестанские
Ведомости” gazetasida chop etilgan maqolasida Kastanyening Farg‘ona viloyati
Namangan uyezdiga sayohati haqidagi chiqishini juda qattiq tanqid qilgan (Маджи С.,
1993:15). Shunday tanqidiy fikrlar professor N. Veselovskiy tomonidan ham
bildirilgani, J. Kastanye bu tanqidlarga javob berishga uringani haqida ma’lumotlar va
xatlar saqlangan (Горшенина С., 1997: 25).
Shunday bo‘lsa-da, Rossiya Imperiyasi davrida Turkistonda faoliyat olib borgan
sharqshunoslarning eng nufuzli vakillaridan biri V. Bartold J. Kastanyening bir qator
ilmiy ishlarini o‘rganib chiqib, uning faoliyatiga quyidagicha umumiy baho beradi:
“Men tanishib chiqqan shaxsiy arxeologik kolleksiyalar orasida I.A. Kastanyega
tegishli to‘plamni alohida ta’kidlash mumkin. Bu kolleksiya ko‘plab xizmat safarlari
va sayohatlar natijasida yig‘ilgan bo‘lib, to‘liq tartibda saqlangan. Har bir ashyoning
kelib chiqishi aniq ko‘rsatilgan.” (Бартольд В., 1977: 337). Shuningdek V. Bartold
1920-yildan keyingi “Ближайшие задачи Туркестанского изучения” maqolasida
“Arxeologiya sohasidagi tadqiqotchilarga ilmiy materiallarni yig‘ish, saqlash va tashqi
tasvirlash bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi. Ushbu materiallarni tarixiy manba sifatida
aniq baholashga qaratilgan urinishlarga hali erta desak, yaxshi bo‘lar edi. Chunki,
hozirda (Turkiston tarixiga oid) aksar yozma manbalar o‘rganilmagan holda qolmoqda.
Turkiston tadqiqotchilari, hatto sharq tillarini biluvchilar ham bu manbalarni
o‘rganishni qisman uddalashlari mumkin. Ayni vaqtda, Turkistonning arxeologik
xaritasini tuzish mumkin, garchi keyin uni o‘zgartirish va to‘ldirish zarur bo‘lsa ham.
Bu ishni zarur tayyorgarlik va tajriba darajasiga ega bo‘lgan va yaqinda o‘lkamizni tark
etgan Kastanyedek tadqiqotchilar uddalashi mumkin.” (Бартольд В., 1917: 549).
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, Rossiya Imperiyasi davrida J. Kastanyening
jamiyatdagi maqomi juda nufuzli edi. Uning tadqiqotlariga ilmiy baho berish, ayniqsa,
tanqidiy nazarda bo‘lish o‘sha davrdagi safdoshlaridan ayrimlarigagina munosib
ko‘rilgan xolos. Aksariyat hollarda J. Kastanyening ilmiy tadqiqotlari yuzasidan
hisobotlari muvaffaqiyatli kutib olingan.
Sovet davriga kelib, J. Kastanyega safdosh bo‘lgan ko‘plab tadqiqotchilar
hukumat bilan kelishdilar va ilmiy xizmatlarini davom ettirdilar. Natijada, J. Kastanye
shaxsi hamda ilmiy faoliyatiga oid munosabatlar ham Sovet hukumati mezonlari
doirasida olib borildi.
Bolsheviklar 1918-yilda J. Kastanyeni “Inqilobiy hukumatga qarshi harakatlar
tashkil etishda ishtirok etgan” degan gumon bilan hibsga olmoqchi bo‘ladilar. Lekin,
bu haqida barvaqt ogohlantirilgan J. Kastanye Farg‘ona tog‘lariga yashirinishga
ulguradi (Саstagné J., 1925: 24-25). 1919-yil fevralgacha bolsheviklarga qarshi milliy
kurashchilar orasida yurgach, Fransiyaga qochishga muvaffaq bo‘ladi (Горшенина С.,
1997:5). Shu davrdan boshlab, Rossiya va Turkistonda J. Kastanye uchun begona va
salbiy munosabat paydo bo‘la boshlaydi. Natijada, bir qator sovet arxeologlari va
tarixchilari J. Kastanye haqida salbiy fikrlar bildirdilar. Sovet tarixchilari A.Ch.
Abutalibov, A.X. Babaxodjayev, A.I. Zevelev, Y.A. Polyakov, L. Shishkina va
boshqalar Kastanyeni “Fransiyaning Ikkinchi byurosiga tegishli yoki ingliz razvedka
xizmatining josuslaridan biri”, deb ishonishgan. Uni “burjua imperializmining
sherigi”, deya ta’riflashgan (Горшенина С., 1997:2). Jumladan, A.X. Babaxodjayev J.
Kastanyening Fransiyada chop etilgan bir qator asarlaridan iqtibos keltirgan holda uni
ham Britaniya harbiy xizmatchisi F. Beyli hamda Birlashgan Qirollikning
Qoshg‘ardagi bosh elchisi P. Eserton singari josus sifatida baholadi. Vaholanki,
keltirilgan iqtiboslarda Kastanye Farg‘ona vodiysida bolsheviklarga qarshi olib
borilgan milliy davlatchilik harakatini Qoshg‘ardagi ingliz konsuli qo‘llabquvvatlagani va ilhomlantirgani haqida to‘liq ma’lumotga ega ekanligini bayon qilish
bilan cheklangan (Бабаходжаев А., 1961: 48-51).
1958-yilda B.V. Lunin Sovet tarixchilari orasida birinchilardan bo‘lib
Kastanyening arxeologiya sohasidagi faoliyatini yoritadi. Natijada, ushbu fransiyalik
olim nomiga bog‘liq ko‘plab tadqiqotlar mavjud ekanligi ommaga ma’lum bo‘ldi
(Лунин Б., 1958).
1964-yilda Yuriy Dombrovskiy J. Kastanye hayotiga bag‘ishlangan
“Yodgorliklar himoyachisi” (Хранитель древностей) nomli romani, 1965-yilda e’lon
qilingan “Aslida kimsiz, Jozef Kastanye” («Кто же вы, Жозеф Кастанье?») nomli
katta maqolasi bilan mavzuning Sovet hukumati o‘rnatgan mezonlar ta’siridan xolisroq
o‘rganish sari dastlabki qadamni qo‘ydi. Lekin, ta’kidlash kerakki, Y.
Dombrovskiyning ijodiy ishlarida J. Kastanye shaxsiga kuchli mehr bilan
yondashilgan. Uning faoliyati kuchli badiiy bo‘yoqlar bilan bayon qilingan. Aslida, J.
Kastanyening ilmiy ishlarida mashhur sharqshunoslar ko‘rsatib o‘tganidek, ilmiy
xulosalarni nazariy asoslantirish va g‘oyaviy yo‘nalganlik yetishmagani ko‘rinib
turadi. Biroq, masalaga o‘sha davrdagi fanning rivojlanish darajasi va Markaziy Osiyo
mintaqasi bo‘yicha bilimlar poydevori endigina shakllanayotganligini inobatga olib
qaralsa, J. Kastanye tadqiqotlarini ilmiy-qiyosiy tahlil asosida bayon qilishga urinish
orqali “inqilob”gacha bo‘lgan arxeolog-o‘lkashunoslarning aksariyati kabi “fan uchun
materiallarni izlash, yig‘ish va to‘plash bilan chegaralanish an’anasi”dan tashqariga
chiqishga muvaffaq bo‘lgan (Горшенина С., 1997: 11).
Sovet ittifoqi parchalangach, 1990-yillardan boshlab Kastanyening hayoti va
ilmiy merosi haqida kengroq va batafsilroq olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan iborat
maqolalar paydo bo‘ldi.
Birinchilardan bo‘lib, S. Madji 1993-yilda J. Kastanye haqida katta maqola e’lon
qiladi. Maqolada ushbu fransuzning Sovet davlati hamda unga qarshi kurashayotgan
milliy davlatchilik harakatiga nisbatan siyosiy maqomi, ya’ni, pozitsiyasiga oydinlik
kiritish maqsadida tahliliy fikrlar bayon qilingan. S. Madji xulosalariga ko‘ra, J.
Kastanye antisovet tashkilotlari vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan, ammo, Sovet
davlatiga dushmanlik qilmagan. Uning josus bo‘lganligini asoslovchi jiddiy dalillar
mavjud emasligini, aksincha, 1920-yildan keyingi yillarda e’lon qilingan siyosiy
mazmundagi ishlarida J. Kastanye Sovet ittifoqida nashr etilgan gazetalardan ko‘plab
iqtiboslar keltirgan holda siyosiy jarayonlarni tahlil qilishga uringanini keltiradi. Shu
bilan birga, bugungi kunda J. Kastanyening tarixiy, arxeologik, etnografik, lingvistik
va boshqa mavzulardagi asarlari Turkiston o‘lkasi haqida tadqiqotlar olib borishda
asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlaydi.
MUHOKAMA
1990-yillar o‘rtalaridan boshlab asli o‘zbekistonlik tadqiqotchi S. Gorshenina J.
Kastanye hayoti va ijodi haqida bir qator turkum maqolalar e’lon qildi. Uning
maqolalarida Sovet tarixchilaridan farqli o‘laroq J. Kastanyening ilmiy asarlari hamda
biografiyasiga subyektiv baho beriladi. S. Gorsheninaning fikricha, J. Kastanyening
turli yo‘nalishdagi qiziqishlari natijasida dunyoga kelgan xilma-xil mavzudagi asarlari
sharqshunoslar, tarixchilar, arxeologlarning munosib e’tiboriga loyiqdir (Горшенина
С., 1997: 11). S. Gorshenina J. Kastanye va u kabi tadqiqotchilarning turli sohalarda
bemalol ilmiy izlanishlar olib borishlari, arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok etishlari
va hattoki, bunday ekspeditsiyalarga boshchilik qilishlari o‘z davrida hech kimda hech
qanday savol yoki e’tiroz tug‘dirmaganligini, o‘sha vaqtda Rossiya imperiyasidagi
biror bir ta’lim muassasasi arxeologik tadqiqotlar olib borish bo‘yicha bilimga ega
bo‘lgan mutaxassislar tayyorlamaganligini keltiradi hamda Orenburg ilmiy arxiv
komissiyasi raisi A.V. Popov tashabbusi bilan tarkibida birorta ham professional
arxeolog bo‘lmagan komissiya a’zolari tomonidan “Arxeologning hamrohi” risolasi
tuzilib, mahalliy tarixchilar va havaskor arxeologlarga qo‘llanma sifatida berilganini
eslatib o‘tadi (Горшенина С., 1996: 146).
S. Gorshenina o‘z maqolalarida Kastanye shaxsiga va uning ilmiy tadqiqotlariga
nisbatan Sovet tarixchilarining salbiy munosabatlarini o‘sha vaqtdagi mafkuraviy
siyosatning adolatsiz oqibati ekanligini asoslashga urinadi (Горшенина С., 2006: 106).
2000-yilda sharqshunos akademik L. Miroshnikov J. Kastanyening hayoti va
faoliyatiga oid hujjatlarning bir qismini nashr ettirdi. Unga bu hujjatlarni 1960-yillarda
J. Kastanyening qizlaridan biri O. Tixanova topshirgan.
O‘sha vaqtlarda, ya’ni 1960-yillarda YUNESKOning rus tiliga tarjima bo‘limida
ishlagan Kastanyening kenja qizi Olga Iosifovna Tixanova otasining arxivini L.I.
Miroshnikovga topshirishi Kastanyening “yo‘qolgan” arxivini qidirishga chek qo‘yish
imkonini beradi (Горшенина С., 2006: 105). L. Miroshnikov so‘zlariga ko‘ra, ushbu
arxivda qo‘lyozmalar, sopol buyumlar va boshqa arxeologik topilmalarning akvarel va
siyoh bilan chizilgan rasmlari, Kastanyening fotosuratlari va shaxsiy hujjatlari,
shuningdek eng qimmatlisi N.N. Pantusovning musulmon mozorlari haqidagi ikkita
qadimiy qo‘lyozmasi mavjud bo‘lgan.
Qizig‘i shundaki, L.I. Miroshnikov oradan qariyb 40 yil o‘tgachgina Kastanye
haqida ommaga xabar bera olgan. Chunki, sobiq SSSR fanlar akademiyasi akademigi
bo‘lgan L.I. Miroshnikov uchun ham “ingliz josusi” deya baholangan shaxs haqida
“sovuq urush” yillarida fikr bildirish ancha jiddiy ish hisoblangan, ijobiy fikr bildirish
esa jiddiy jinoyat sifatida baholanishi ham mumkin edi. Natijada, tarixchi va
sharqshunos, Ikkinchi Jahon urushi qahramoni bo‘lgan L.I. Miroshnikov Kastanye
haqidagi maqolalarida Y. Dombrovskiy11 tomonidan yaratilgan “Yodgorliklarning sirli
himoyachisi” obraziga murojaat qilib, asosiy e’tiborni Kastanyening qadimshunos
sifatidagi faoliyatiga qaratadi. Sanalar, yozishmalar, fotosuratlar kabi muhim
ma’lumotlar yoritilmaydi va oxir-oqibat Kastanyening tarjimayi holi amalda yana
noma’lumligicha, sirlarga to‘laligicha qoladi.
S. Gorsheninaning J. Kastanye haqidagi maqolalarida keltirilgan fikr va
ma’lumotlarini bahsli hisoblagan B.A. Litvinskiy12 1999-yilda Rossiyaning “Vostok -
Oriens” ilmiy jurnalida “Исследователь-ученый или любитель-краевед?” nomli
maqola e’lon qiladi. Maqolada B.A. Litvinskiy J. Kastanyeni sobiq SSSR davridagi
tadqiqotlarda ta’riflanganidek oddiy havaskor, kolleksioner, fandan yiroq bo‘lgan
shaxs sifatida aks ettiradi.
S. Gorshenina J.Kastanyening arxeolog sifatidagi faoliyatini batafsil tahlil qilish
va uning ishini keyingi tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslash jarayonida yuzaga kelgan
bir qator tanqidiy mulohazalar o‘rinli ekanligini tan olgan holda Litvinskiyning ko‘p
fikrlari shubhadan holi emasligini ta’kidlaydi. S. Gorshenina o‘z fikrlarini quyidagicha
asoslaydi: “Menimcha, Kastanye shaxsi men yozgan ilmiy yondashuvning barcha
kamchiliklariga qaramay, qiziqishdan holi emas. J. Kastanye asli fransuz bo‘lsa-da,
Rossiya imperiyasida 20 yildan ortiq yashab, uning Osiyo mulkiga bag‘ishlangan 70
dan ortiq asarini nashr etishga, Orenburg va Rossiya Turkistonining intellektual
hayotiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Men uning o‘zi a’zo bo‘lgan Orenburg ilmiy arxivi
komissiyasida 1909-1912-yillarda rais o‘rinbosari bo‘lganini, shu komissiyaning
muzeyida kurator, TAIT (Turkiston arxeologiya ixlosmandlari to‘garagi) va Rossiya
Imperatori geografiya jamiyatining faol a’zosi bo‘lganini, Turkiston xalq kutubxonasi
va Turkiston muzeyi qoshidagi nazorat qo‘mitasi a’zosi hamda Turkomstaris qo‘mitasi
rais o‘rinbosari bo‘lib rasmiy faoliyat olib borganini eslayman. Bu jihatdan Kastanyeni
o‘sha davrdagi hech qaysi g‘arb tadqiqotchisi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. G‘arblik
tadqiqotchilar ko‘pincha siyosiy vaziyat tufayli Turkistonga e’tibor qaratmagan yoki
bu yerda juda qisqa muddat bo‘lgan. Keyingi yillarda J. Kastanyening ilmiy faoliyati
qozog‘istonlik tadqiqotchilar tomonidan faol o‘rganildi (Удербаева С., Сагатов А.,
Хакимжанов Э., 2022). Ayniqsa, qozoq dashtlarida olib borilgan J. Kastanyening
tadqiqotlarini aks ettirgan ilmiy ishlari bugungi kunga kelib juda ahamiyatli ilmiytarixiy va etnografik manbalar qatoriga kiradi (Ахметова У., Муктар А., Нурманова
А., 2016).
11 Yuriy Osipovich Dombrovskiy (1909-1978) - rus sovet nosiri, shoiri va adabiyotshunosi, memuarist. U arxeolog,
san’atshunos va jurnalist sifatida ham tanilgan. “Хранитель древностей” romani J.A. Kastane biografiyasiga
bagʻishlangan. https://biblioclub.ru/index.php?page=author_red&id=123538
12 Litvinskiy Boris Anatolevich (1923-2010) — taniqli sharqshunos, arxeolog, Tojikiston arxeologiya maktabining
asoschisi. https://www.koob.ru/litvinsky_b_a /
XULOSA VA TAKLIFLAR
So‘nggi yillarda yurtimizda ham J. Kastanye hayoti va ilmiy faoliyatiga oid bir
qator ilmiy ishlar, murojaatlar mavjud. Jumladan, V. Germanov, A. Azimov, Y.
Ryabov kabi tadqiqotchilar J. Kastanye hayoti va faoliyati haqida tahliliy fikrlarga ega
kengroq maqolalar e’lon qildilar. A. Sapenko J. Kastanyening “Les Basmatchis” nomli
kitobining bir qismini fransuz tilidan rus tiliga tarjima qildi. Shuningdek, A.
Anarbayev, Y. Buryakov, V. Minasyans, R. Suleymanov kabi ko‘plab tadqiqotchilar
o‘z ilmiy ishlarida J. Kastanyening tadqiqotlariga murojaat qilishgan.
Xulosa shuki, J. Kastanyening ilmiy tadqiqotlari o‘z zamonasining yetuk
sharqshunoslari va arxeologlarining tadqiqotlari kabi muhim manbalar qatorida keng
miqyosida o‘rganilishi hamda shunga yarasha ilmiy maqomda e’tirof etilishi lozim.
Chunki, J. Kastanye ilmiy ishlari o‘z davri talablariga yetarli javob bera oladigan
tadqiqotlar sifatida tan olingan. Uning ilmiy faoliyatiga nisbatan bildirilgan tanqidiy
fikrlar sohiblari ham o‘z davrida J. Kastanye darajasidagi bilim va ko‘nikma bilan
tadqiqot olib borishgan, degan fikr haqiqatga ancha yaqindir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Деҳқонов А.В. (2022) Юртимиз тарихини ўрганишда хорижлик олимлар:
И.А. Кастанье ва унинг илмий фаолияти // Хоразм Маъмун академияси
ахборотномаси. 2022/3. – Хива.
2. Дехқонов А. (2024) Жозеф Антуан Кастаньенинг Ахсикентдаги
тадқиқотлари // Ўрта Осиё халқларининг ижтимоий-иқтисодий, сиёсий ҳаёти
масалалари (ўрта асрлардан бугунги кунга қадар) мавзусидаги халқаро илмийамалий конференция материаллари. – Андижон: “Step by step print” нашриёти. –
Б. 94-99.
3. Горшенина С.М. Центральная Азия в творчестве Жозефа-Антуа на
Кастанье // Académie des Inscriptions et Belles-Lettres (Париж, 07.03.1997). – С. 12.
4. Маджи С. (1993) И.А. Кастанье как историк Средней Азии //
Общественные науки в Узбекистане. № 6.
5. Бартольд В. (1997) Собр. соч. Т. 8. – Москва.
6. Бартольд В. (1917) Собр. соч. Т. 9. – Москва.
7. Саstagné J. (1925) Les basmatchis. Le mouvement national des indigènes
d’Asie centrale depuis la révolution d’octobre 1917 jusqu’en octobre 1924. – Paris. –
C. 24-25.
8. Бабаходжаев А.Х. (1961) Ответ фальсификаторам // Ўзбекистонда
ижтимоий фанлар. – Тошкент. № 11.
9. Лунин Б.В. (1958) Из истории русского востоковедения и археологии в
Туркестане. (Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.).
Издательство Академии Наук Узбекской ССР. – Ташкент.
10. Домбровский Ю.О. (1991) Хранитель древностей. – Москва.
11. Домбровский Ю.О. «Кто же вы, Жозеф Кастанье?» // «Казахстанская
правда» 15 августа 1965 года.
12. Горшенина С.М. (1996) Странный археолог Кастанье // Звезда Востока.
–Ташкент. №3. – С. 146-159.
13. Горшенина С.М. «Не-апология Кастанье» // «Арало-Каспийский регион
в истории и кулътуре Евроазии», Университет Актюба (Казахстан), 2006, № 1. –
C. 104-111.
14. Удербаева С., Сагатов А., Какимжанов Э. Сакральная география
Центральной Азии в трудах Жозефа-Антуана Кастанье. // Белые годы. – 2022.
17(2)
15. Ахметова У., Муктар А., Нурманова А. Историко-этнографическое
исследование Казахстана зарубежными учеными ХІХ–ХХ вв. (на примере
научных исследований француза Ж.А. Кастанье). // Былые годы. Российское
Исторический журнал. Государственный университет Сочи. 2016. №42. – C.
1305-1314.
16. Германов В.А. (2002) Французы в Узбекистане. // Этнический атлас
Узбекистана. Институт “Открытое Общество” — Фонд содействия —
Узбекистан.
17. Азимов А. Туркистон тарихи, босмачилик ҳаракати ва қўрбошилар
тақдирини ўрганган фаранг олими – Жозеф Антуан Кастанье нималарни ёзиб
қолдирган? // Oyina, 2023. 21.06.
18. Рябов Е. «И там Кастанье, и тут Кастанье…» Книга «Басмачи» и ее автор.
// Восток Свыше. Духовный, литературно-исторический журнал. – Ташкент. № 2
апрель-июнь 2021. – С. 77-86.
REFERENCES:
1. Dehqonov A.V. (2022) Yurtimiz tarixini oʻrganishda xorijlik olimlar: I.A.
Kastane va uning ilmiy faoliyati // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi.
2022/3. – Xiva. (In Uzbek)
2. Dexqonov A. (2024) Jozef Antuan Kastanening Axsikentdagi tadqiqotlari //
Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti masalalari (oʻrta asrlardan
bugungi kunga qadar) mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. –
Andijon: “Step by step print” nashriyoti. – B. 94-99. (In Uzbek)
3. Gorshenina S.M. Sentralnaya Aziya v tvorchestve Jozefa-Antua na Kastane //
Académie des Inscriptions et Belles-Lettres (Parij, 07.03.1997). – S. 12. (In Russian)
4. Madji S. (1993) I.A. Kastane kak istorik Sredney Azii // Obshestvennie nauki
v Uzbekistane. № 6. (In Russian)
5. Bartold V. (1997) Sobr. soch. T. 8. – Moskva. (In Russian)
6. Bartold V. (1917) Sobr. soch. T. 9. – Moskva. (In Russian)
7. Sastagné J. (1925) Les basmatchis. Le mouvement national des indigènes
d’Asie centrale depuis la révolution d’octobre 1917 jusqu’en octobre 1924. – Paris. –
C. 24-25. (In French)
8. Babaxodjaev A.X. (1961) Otvet falsifikatoram // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar.
– Toshkent. № 11. (In Russian)
9. Lunin B.V. (1958) Iz istorii russkogo vostokovedeniya i arxeologii v
Turkestane. (Turkestanskiy krujok lyubiteley arxeologii (1895-1917gg.). Izdatelstvo
Akademii Nauk Uzbekskoy SSR. – Tashkent. (In Russian)
10. Dombrovskiy Yu.O. (1991) Xranitel drevnostey. – Moskva. (In Russian)
11. Dombrovskiy Yu.O. «Kto je vi, Jozef Kastane?» // «Kazaxstanskaya pravda»
15 avgusta 1965 goda. (In Russian)
12. Gorshenina S.M. (1996) Stranniy arxeolog Kastane // Zvezda Vostoka. –
Tashkent. №3. – S. 146-159. (In Russian)
13. Gorshenina S.M. «Ne-apologiya Kastane» // «Aralo-Kaspiyskiy region v
istorii i kul'ture Evroazii», Universitet Aktyuba (Kazaxstan), 2006, № 1. – S. 104-111.
(In Russian)
14. Uderbaeva S., Sagatov A., Kakimjanov E. Sakralnaya geografiya Sentralnoy
Azii v trudax Jozefa-Antuana Kastane. // Belie godi. – 2022. 17(2). (In Russian)
15. Axmetova U., Muktar A., Nurmanova A. Istoriko-etnograficheskoe
issledovanie Kazaxstana zarubejnimi uchenimi XІX–XX vv. (na primere nauchnix
issledovaniy fransuza J.A. Kastane). // Bilie godi. Rossiyskoe Istoricheskiy jurnal.
Gosudarstvenniy universitet Sochi. 2016. №42. – S. 1305-1314. (In Russian)
16. Germanov V.A. (2002) Fransuzi v Uzbekistane. // Etnicheskiy atlas
Uzbekistana. Institut “Otkritoe Obshestvo” — Fond sodeystviya — Uzbekistan. (In
Russian)
17. Azimov A. Turkiston tarixi, bosmachilik harakati va qoʻrboshilar taqdirini
oʻrgangan farang olimi – Jozef Antuan Kastane nimalarni yozib qoldirgan? // Oyina,
2023. 21.06. (In Uzbek)
18. Ryabov E. «I tam Kastane, i tut Kastane…» Kniga «Basmachi» i ee avtor. //
Vostok Svishe. Duxovniy, literaturno-istoricheskiy jurnal. – Tashkent. № 2 aprel-iyun
2021. – S. 77-86. (In Russian)