ABDULQOHIR JURJONIYNING “AL-‘AWĀMIL AL-MI’A” ASARIDA
TA’SIR NAZARIYASI VA UNING ARAB SINTAKSISIDAGI AHAMIYATI
THE THEORY OF GOVERNANCE (TAʾTHĪR) IN ʿABD AL-QĀHIR AL-
JURJĀNĪ’S AL-ʿAWĀMIL AL-MIʾA AND ITS SIGNIFICANCE IN ARABIC
SYNTAX
ТЕОРИЯ УПРАВЛЕНИЯ (ТАʾСӢР) В ТРАКТАТЕ ʿАБД АЛ-К̣А̄ХИРА АЛ-
ДЖУРДЖ̄АНӢ «АЛ-ʿАВ̄АМИЛ АЛ-МИʾА» И ЕЁ ЗНАЧЕНИЕ В
АРАБСКОМ СИНТАКСИСЕ
Talipov Nodir Batirovich
Oriental Universiteti Tillar 1 kafedrasi,
katta o‘qituvchisi
Tel.:+998 97-739-99-20
E-mail: ntalipov@gmail.com
https://orcid.org/0000-0002-5368-7008
Annotatsiya. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – Abdulqohir Jurjoniyning al-
ʿAwāmil al-miʾa asarini arab grammatik tizimi nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qilib,
undagi nazariy tamoyillarni hozirgi sintaktik tahlil uslublari bilan
taqqoslashdir.Tadqiqot davomida Jurjoniyning al-ʿāmil (ta’sir etuvchi omil) va alma’mūl (ta’sir ostidagi so‘z) kabi asosiy tushunchalari, shuningdek, ḥurūf al-naṣb
(ismni tushum kelishigida turishini talab etuvchi harflar) va al-wāw al-maʿiyya
(birgalik “vovi”) kabi arab sintaksisidagi muhim elementlar o‘rganildi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Jurjoniyning nazariy yondashuvi arab
grammatikasi tarixida nafaqat o‘z davrida, balki keyingi olimlar (Ibn Hishom,
Zamaxshariy, Suyutiy, Antuan Dahdah) tomonidan izchil rivojlantirilgan va
zamonaviy tilshunoslik tahliliga poydevor bo‘lgan. Shu bilan birga, al-ʿAwāmil almi’a arab tilining grammatik strukturalarini tushunishda va sintaktik tahlil
metodlarini rivojlantirishda bebaho manba sifatida ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar: Abdulqāhir al-Jurjānī, al-ʿāmil, al-ma’mūl, arab sintaksisi, ḥurūf
al-naṣb, al-wāw al-Maʿiyya, arab grammatikasi.
Abstract.The aim of this study is to conduct a systematic analysis of the 11thcentury Arab linguist Abd al-Qāhir al-Jurjānī’s work al-ʿAwāmil al-mi’a within the
context of Arabic grammar and to compare his theoretical approaches with modern
syntactic analysis methods. The study examines Jurjānī’s key concepts, such as al-
ʿĀmil (governing factor) and al-Ma’mūl (affected element), as well as important
syntactic elements, including ḥurūf al-Naṣb (accusative particles) and al-wāw almaʿiyya (cooperative “waw”).
The results indicate that Jurjānī’s theoretical approach has left a lasting impact
not only on the history of Arabic grammar but also influenced subsequent scholars
(Ibn Hishom, Zamakhshariy, As-Suyutiy, Antoine Dahdah) and provided a
foundation for modern linguistic analysis. Furthermore, al-ʿawāmil al-mi’a remains
an invaluable source for understanding Arabic grammatical structures and developing
syntactic analysis methodologies.
Keywords: Abd al-Qāhir al-Jurjānī, al-ʿāmil, al-ma’mūl, arabic syntax, ḥurūf
al-naṣb, al-wāw al-maʿiyya, arabic grammar.
Аннотация. Основной целью данного исследования является глубок
анализ трактата Абд ал-Кахира ал-Джурджани «ал-ʿАвамил ал-миʾа» с точки
зрения арабской грамматической системы и сравнение содержащихся в нём
теоретических принципов с современными методами синтаксического анализа.
В ходе исследования были рассмотрены ключевые понятия ал-Джурджани —
ал-ʿамил (фактор управления, действующий элемент) и ал-маʿмул (управляемое
слово, элемент, подвергающийся воздействию), а также важные элементы
арабского синтаксиса, такие как ḥurūf al-naṣb (буквы, требующие винительного
падежа имени) и ал-вав ал-маʿийя (совместное «вав»).
Результаты исследования показывают, что теоретический подход ал-
Джурджани не только в своё время, но и в работах последующих учёных (Ибн
Хишам, аз-Замахшари, ас-Суюти, Антуан Дахда) получил последовательное
развитие и стал фундаментом для современного лингвистического анализа. При
этом трактат «ал-ʿАвамил ал-миʾа» сохраняет значение неоценимого источника
для понимания грамматических структур арабского языка и развития методов
синтаксического анализа.
Ключевые слова: Абд ал-Кахир ал-Джурджани, ал-ʿамил, ал-маʿмул,
арабский синтаксис, ḥurūf al-naṣb, ал-вав ал-маʿийя, арабская грамматика
KIRISH
Arab tilshunosligi tarixida grammatik tafakkurning shakllanishi va rivojida
o‘chmas iz qoldirgan olimlardan biri – Abdulqohir Jurjonidir. U XI asrning yirik
nahv va balog‘atshunosi bo‘lib, arab tili nazariyasining asosiy tamoyillarini
shakllantirishda muhim rol o‘ynagan (Versteegh, 1993:45; Baalbaki, 1988:112).
Uning Dalā’il al-i‘jāz va Asrār al-balāgha kabi asarlari arab tili ilmining nazariy
asoslarini mustahkamlab bergan bo‘lsa, al-ʿAwāmil al-mi’a nomli asari arab
grammatikasining amaliy va nazariy jihatlaridagi eng muhim manbalardan biri
hisoblanadi (al-Jurjānī, Dalā’il al-i‘jāz, 45-47; al-Jurjānī, Asrār al-balāgha, 52-54; al-
Jurjānī, Al-ʿawāmil al-mi’a, 3; Baalbaki, 1988:112; Versteegh, 1993:57).
Jurjoniy arab sintaksisida al-ʿĀmil (ta’sir etuvchi omil) nazariyasini tizimli
shaklda ishlab chiqqan olim sifatida tanilgan (al-Jurjānī, al-ʿAwāmil al-mi’a;
Versteegh, 1993; Baalbaki, 1988). Unga ko‘ra, arab jumlasining grammatik
tuzilmasini tushunish uchun al-ʿāmil va al-ma’mūl (ta’sir ostidagi so‘z) o‘rtasidagi
aloqani aniqlash eng muhim nazariy mezon hisoblanadi. Shu boisdan, al-ʿAwāmil al-
mi’a asarining nomi ham “100 ta ta’sir etuvchi omil” degan ma’noni anglatadi.
Mazkur risola arab tili grammatikasining asosiy qoidalarini ixcham, ammo
chuqur mantiqiy tartibda ifodalaydi. U arab sintaksisining muhim unsurlaridan biri
bo‘lgan ḥurūf al-naṣb haqida ham mufassal to‘xtaladi va ularning har biri omil bilan
bog‘liq i‘rob (so‘zning grammatik holati)ni qanday belgilashini tizimli tarzda bayon
qiladi (al-Jurjānī, al-ʿAwāmil al-mi’a, 12-15; Baalbaki, 1988:120; Versteegh,
1993:60). Jurjoniy bu harflarni nafaqat grammatik belgilar sifatida, balki ma’no
munosabatlarini belgilovchi omillar sifatida ko‘radi va shu jihatdan zamonaviy
sintaktik tahlillarga yaqin yondashuvni taklif etadi.
Uning fikrlari nafaqat arab tilshunosligi tarixida, balki umumiy grammatik
tafakkur evolyutsiyasida ham chuqur iz qoldirgan. Uning g‘oyalari keyinchalik
quyidagi olimlar tomonidan izchil rivojlantirilgan:
• Ibn Hishom – Qur’oni karimdagi o‘ziga xos ifodalarni tushuntirishda
Jurjoniyning nazariyalaridan foydalangan (Ibn Hishām, 2020:15-22).
• Zamaxshariy – al-Mufassal asarida Jurjoniyning nazariyalarini Qur’on
balog‘ati bilan bog‘lab tahlil qilgan (Laher, 2014:45-60).
• As-Suyutiy – arab tilining sintaksisi va i‘rob tizimini o‘rganishda Abdulqohir
Jurjoniyning tizimli yondashuvini izchil qo‘llagan (qarang:Suyūṭī, n.d., p. 120-125).
• Antuan Dahdah – arab tilida grammatikani o‘rgatishda Jurjoniyning tizimli
yondashuvini zamonaviy metodologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan (El-Dahdah,
2018:25–40).
Shu orqali Jurjoniyning g‘oyalari arab grammatikasi nazariyasi va amaliyotining
keyingi avlodlariga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi kunda al-
ʿAwāmil al-mi’a asari arab tili nazariyasi, grammatik tahlil metodlari va sintaktik
strukturani o‘rganishda bebaho manba sifatida qadrlanadi.
Mazkur tadqiqot Abdulqohir Jurjoniyning al-ʿAwāmil al-mi’a asarini arab
grammatikasi kontekstida tizimli tahlil qilish, undagi harflarning sintaktik vazifasini
aniqlash va al-wāw al-maʿiyyaning ma’no hamda grammatik rolini chuqur
o‘rganishni maqsad qiladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
“”النصب حروفning grammatik vazifasi va ma’no xususiyatlari arab tili
grammatik tizimida “ ”النصب حروف(ismni tushum kelishigida turishni talab etuvchi
harflar) alohida grammatik toifani tashkil etadi. Bu harflar fe’l yoki ismga ta’sir etib,
ularning sintaktik holatini o‘zgartiradi va shu orqali jumlaning ma’nosini belgilaydi.
Abdulqohir Jurjoniy “al-‘Awāmil al-mi’a” asarida bu harflarni tizimli tarzda tahlil
qilib, ularning “amaliy” (عملية)va “ma’noviy” (دلالية)xususiyatlarini aniqlab beradi
(qarang: al-Jurjānī, 2014, pp. 45-47).
Jurjoniy o‘z risolasining kirish qismida shunday deydi:
“والمعنویة وأفعال، وأﺳماء حروف مﻦ كان ما فاللفظية ومعنویة، لفظية :ضربيﻦ علﻰ العوامل أن واعلم
.”والفهم التقدیر مﻦ كان ما
Bilgilki, omillar ikki turli bo‘ladi: lafziy va ma’naviy. Lafziy omillar so‘zlardan
– harf, ism yoki fe’ldan – iborat bo‘ladi. Ma’naviy omillar esa taxmin va fahmga
asoslanadi (qarang: al-Jurjānī, 2014, p. 3).
Bu ta’rif Jurjoniyning arab sintaksisidagi o‘ziga xos nazariy yondashuvini
ko‘rsatadi. U “omil” tushunchasini nafaqat morfologik belgiga, balki ma’no hosil
qiluvchi sabab sifatida ham talqin qiladi. Bu, o‘z navbatida, arab tili nazariyasida
shakl va ma’no o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tahlil qilishga yo‘l ochgan.
1. “ ”أنva “ ”إنharflarining vazifasi
Jurjoniy “al-‘Awāmil al-Mi’a”da “ ”أنva “ ”إنharflarini ta’kidlovchi (توكيدیة)va
izohlovchi (تعليلية)ma’nolar asosida izohlaydi. U shunday yozadi:
“”الﺨبر وترفع الاﺳم فتنصب الاﺳمية الجملة علﻰ تدخل إن
“ ”إنyuklamasi ismiy jumla bilan kelganida, ismni tushum kelishigida, xabarini
esa bosh kelishikda kelishini talab etadi. (qarang: al-Jurjānī, 2014, p. 6).
Masalan:
“”رحيم غفور اللَ إن
– Bu yerda “ ”إنomil sifatida “َ ”اللso‘zini nasb holatiga kiritgan.
Jurjoniy bu tahlilda “”إنning grammatik ta’sirini sintaktik o‘zgarish bilan
bog‘laydi, biroq uni semantik jihatdan ham asoslaydi. Ya’ni, “ ”إنjumlada yaqinlik va
qat’iylik ma’nosini kuchaytiradi. Shu bilan u grammatik shakl orqali psixologik va
mantiqiy ta’sirni ifodalash mumkinligini ko‘rsatadi. Bu yondashuv arab
grammatikasida semantik nahv (الدلالي النحو)ning dastlabki shakli sifatida e’tirof etiladi
(Yaacob, 2014:12).
2. “ ”لﻦva “ ”كيharflarining tahlili
Jurjoniy “ ”لﻦharfini fe’lni tushum kelishigida turishini talab etuvchi hamda
kelajakda inkor ma’nosini beruvchi harf sifatida izohlaydi:
“.”تحبون مما تنفقوا حتﻰ البر تنالوا لﻦ
Sizlar sevadigan narsalaringizdan infok qilmaguningizcha yaxshilikka
erishmaysizlar -“Imron” surasi, 92-oyat (qarang: al-Jurjānī, 2014, p. 8).
Jurjoniy bu oyat asosida “”لﻦning grammatik va ma’noviy funksiyasini
quyidagicha sharhlaydi:
• grammatik jihatdan – tushum kelishigida turishini talab etadi;
• semantik jihatdan – kelajakni qat’iy inkor etadi.
Bu tahlil shuni ko‘rsatadiki, Jurjoniy arab tilining semantik qatlamiga ham
e’tibor bergan, harflarni faqat sintaktik vosita sifatida emas, fikr ifodalashdagi
mantiqiy vosita deb bilgan.
“ ”كيharfi haqida esa u quyidagicha deydi:
“”التعليل بمعنﻰ كانت إذا المضارع الفعل تنصب كي
“ ”كيharfi sabab ma’nosini anglatib fe’lni istak maylida turishini talab etadi.
Masalan:
“ْ“ – ”تنجحَ كي ادرسO‘qi, toki muvaffaq bo‘lasan”. (qarang: al-Jurjānī, 2014, p.
10).
Jurjoniy “ ”كيharfi orqali sababiy bog‘lanishni (تعليلي رابط)aniqlab beradi. U
“ ”كيva “ ”لكيo‘rtasidagi ma’no farqini ham ko‘rsatib, ular orasidagi semantik
noziklikni tahlil qiladi. Bu yondashuv arab grammatikasida sababiy ma’noni
ifodalovchi bog‘lovchi vositalar nazariyasining shakllanishiga zamin yaratgan
(qarang: al-Jurjānī, al-ʿAwāmil al-miʾa, p. 23).
3. “ ”حتﻰharfining sintaktik xususiyati
Jurjoniy “ ”حتﻰharfini alohida tahlil qilib, uning ‘ġāya’ (chegara) va ‘ta’līl’
(sabab) ma’nolari o‘rtasidagi farqni izohlaydi:
“.”الفعل علﻰ دخلت إذا نصب حرف وتكون الاﺳم، علﻰ دخلت إذا ﺟر حرف تكون حتﻰ
“ ”حتﻰso’zi ism bilan kelganida old ko’makchi ,(ﺟر حرف)fe’l bilan kelganida
istak maylida turishni talab etuvchi yuklama (نصب حرف)bo’ladi.
Bu tahlil “”حتﻰning ikki funksional holatini ochib beradi: u ba’zan chegarani
bildiradi (“ – ”الصباح حتﻰtonggacha), ba’zan esa sababiy bog‘lanishni (“– ”تفوزَ حتﻰ
g‘alaba qozonishing uchun) ifodalaydi. Jurjoniy bu yondashuv orqali arab tilining
ko‘p funksiyali harflarini tahlil qilishda aniq grammatik mezonlarni belgilaydi (al-
Jurjānī, al-ʿAwāmil al-miʾa, p. 25; Versteegh, 1993:61).
4. Jurjoniyning “ ”النصب حروفtizimidagi yondashuvi
Jurjoniy “”النصب حروفni tahlil qilarkan, ularni ta’sir kuchi (العمل درﺟة)va ma’no
sohasiga qarab tasniflaydi. Unga ko‘ra, har bir harfning o‘z “ʿamal darajasi” mavjud,
ya’ni ba’zi harflar faqat fe’lga ta’sir etadi, boshqalari esa butun jumla tuzilmasiga.
Uning bu qarashlari keyinchalik Ibn Hishomning “Mughni al-labīb” asarida
kengaytirilgan holda talqin qilinadi. Ibn Hishom Jurjoniyning ta’rifini shunday
izohlaydi:
“.”النحو ﺟهل فقد العمل هذا یدرك لم ومﻦ الكلام، في عمل وله إلا حرف مﻦ ما
Hech bir harf yo‘qki, u so‘zda biror amal qilmagan bo‘lsin; kim bu amalni
tushunmasa, u nahvni bilmaydi (qarang: Ibn Hishām, Mughnī al-labīb ʿan kutub al-
aʿārīb, jild 1, p. 15).
Demak, Jurjoniy arab grammatikasida “omil” nazariyasini tizimlashtirgan va
harflarning grammatik o‘rnini qat’iy belgilagan birinchi olimlardan biridir.
“”المعية الواوning grammatik tabiati va uning mantiqiy izohi
Abdulqohir Jurjoniy o‘zining “al-‘Awāmil al-mi’a” asarida “ ”الواوyuklamasini
keng tahlil qiladi va uning turli ma’nolarini aniqlaydi. U quyidagi fikrni keltiradi:
“وزیدًا، شأنﻚ ما :نحو الفعل معنﻰ أو والﺨشبةَ، الماء اﺳتوى :نحو الفعل قبلها ما ویكون مع، بمعنﻰ الواو
.”وزیدًا تصنع ما أي
Bu tahlil “ ”الواوyuklamasining birgalik (al-maʿiyya) ma’nosini ochib beradi.
Jurjoniy uni fe’l yoki fe’l ma’nosidagi ismdan keyin kelib, “birgalikni bildiruvchi
to‘ldiruvchi (al-mafʿūl maʿah)”ni bog‘lovchi vosita sifatida izohlaydi. Ushbu
yondashuv keyinchalik Ibn Hishom tomonidan “Mughnī al-labīb” asarida grammatik
jihatdan yanada kengaytirilgan holda sharhlangan (al-Jurjānī, al-ʿawāmil al-miʾa, p.
34; Ibn Hishām, Mughnī al-labīb ʿan Kutub al-aʿārīb, Vol. 2:76). Masalan:
“ – ”والحدیقةَ الرﺟل مشﻰKishi bog‘ bilan (birga) yurdi.
Bu yerda “َ ”الحدیقةso‘zi “ ”المعية الواوsababli tushum kelishigida ishlatilgan, ya’ni
“birgalik to‘ldiruvchisi ”(معه المفعول)vazifasini bajargan.
1. “”المعية الواوning ishlatilish shartlari
Jurjoniyning ta’limotini keyinchalik Antuan Dahdah o‘zining “النحو علم إلﻰ المدخل
”العربيasarida izohlaydi va bu masalani quyidagicha sharhlaydi:
. إليه الفعل معنﻰ لوصول وﺳيلة لأنها المعية بواو لا بشبهه، أو عليه المتقدم بالفعل معه المفعول ینصب
Bu fikrga ko‘ra, “birgalik to‘ldiruvchisi” “ ”المعية الواوbilan emas, balki undan
oldingi fe’l yoki fe’lga o‘xshash ism orqali tushum kelishigida ishlatiladi. “ ”الواوesa
faqat vosita (وﺳيلة)sifatida ishlaydi.
Boshqacha aytganda, “ ”المعية الواوgrammatik ta’sir manbai emas, balki ma’no
yetkazuvchi vosita hisoblanadi. Shu sababli arab nahv tizimida u ʿamil (عامل)emas,
balki rabt vositasi (ربط أداة)sifatida talqin qilinadi (qarang: Antūn Dahdah, al-
Madkhal ilā ʿilm an-naḥw al-ʿarabī, p. 212).
2. “”معه المفعولning sintaktik chegaralari
Antuan Dahdahning sharhiga ko‘ra, “birgalik to‘ldiruvchisi” hech qachon fe’l va
egadan oldin yoki ularning orasida kela olmaydi. U shunday yozadi:
“.”له المشارك الاﺳم وبيﻦ بينه یتوﺳط أن ولا مطلقا عامله علﻰ یتقدم أن یجوز لا
Bu qoida quyidagicha izohlanadi:
✘ Noto‘g‘ri: “”الرﺟل مشﻰ الحدیقةَ و
✘ Noto‘g‘ri: “”الرﺟل الحدیقةَ و مشﻰ
✔ To‘g‘ri: “”والحدیقةَ الرﺟل مشﻰ
Bu hol arab sintaksisidagi qat’iy sintaktik tartib (النحوي الترتيب)ning muhim
ko‘rsatkichidir. Jurjoniy bu qoida orqali fe’l, ega va to‘ldiruvchining joylashish
tartibini aniqlab, arab tilining mantiqiy tuzilmasini yanada aniqlashtirgan (qarang:
Antūn Dahdah, al-Madkhal ilā ʿilm an-naḥw al-ʿarabī, pp. 213-214).
3. “ ”وزیدًا شأنﻚ ماmisolining tahlili
Jurjoniy keltirgan misollardan biri – “ – ”وزیدًا شأنﻚ ماodatiy qoidadan mustasno
bo‘lib ko‘rinadi. Chunki bu yerda fe’l ochiq ko‘rinmaydi. Biroq Antuan Dahdah bu
holni quyidagicha tushuntiradi:
“.”والطَّبَّ أنت تكون ما :والتقدیر .والطَّبَّ أنت ما :الاﺳتفهاميتيﻦ وكيف بعدما نصبه العرب مﻦ ﺳمع
Ya’ni, arablar “ ”ماva “ ”كيفkabi so‘roq yuklamalaridan so‘ng “”المعية الواوni
qo‘llashgan, bu esa aslida “ ”تكون(bo‘lmoq) fe’lini o‘z ichiga olgan. Demak, bunday
jumlalarning asl shaklida fe’l mavjud, faqat u so‘zlashuvda tushirib qoldirilgan.
Jurjoniy va undan keyingi olimlar bu holni elliptik (حذف)tuzilma sifatida
izohlaydilar. Bu arab tilining so‘z qisqartirish xususiyatini ko‘rsatadi, bu esa uning
mantiqiy ixchamlik xususiyatlaridan biridir (al-Jurjānī, al-ʿAwāmil al-miʾa, p. 27;
Dahdah, al-Madkhal ilā ʿilm an-naḥw al-ʿarabī, 1992:103).
4. “ ”إلاyuklamasining istisno ma’nosi
Jurjoniy “ ”إلاyuklamasini ham ismni nasb holatiga kirituvchi harflar qatoriga
kiritadi va u haqda shunday yozadi:
“.”حمارًا إلا القوم ﺟاءني :نحو منقطع أو زیدًا، إلا القوم ﺟاءني ما :نحو متصل وهو للاﺳتثناء، وإلا
Bu joyda Jurjoniy “ ”إلاyuklamasining ikkita turini farqlaydi:
1) Muttaṣil istisno – (المتصل الإﺳتثناء)ya’ni, istisno qilingan narsa asosiy guruhga
tegishli:
“ – ”زیدًا إلا القوم ﺟاءني ماQavmdan Zayddan boshqa hech kim kelmadi.
2) Munqaṭi‘ istisno – (المنقطع الإﺳتثناء)ya’ni, istisno qilingan narsa guruhga
tegishli emas:
“ – ”حمارًا إلا القوم ﺟاءنيMening oldimga qavm keldi, eshakdan boshqa (al-Jurjānī,
al-ʿAwāmil al-miʾa, 30).
Antuan Dahdah bu fikrni yanada kengaytirib, istisno harfining turli holatlarini
izohlaydi:
• Agar istisno qilingan narsa guruhga tegishli bo‘lmasa, u tushum kelishigida
bo‘ladi:
“ – ”دوابَّهم إلا الغائبون عادG‘oyib bo‘lganlar qaytdi, lekin hayvonlari emas.
• Agar jumla bo‘lishli bo‘lsa, istisno qilingan ism ham tushum kelishigida
keladi:
“.”زیدًا إلا القوم قام
• Agar jumla bo‘lishsiz bo‘lsa, istisno qilingan ism ikki xil bo‘lishi mumkin –
tushum kelishigida yoki izohlovchi bo’lib bosh kelishikda:
“.”زید إلا / زیدًا إلا القوم قام ما
(al-Dahdah A.,1982:97–99.)
Bu tahlillar “ ”إلاyuklamasining mantiqiy va grammatik ikki qirrasini ochib
beradi. Jurjoniy bu harfni so‘zlar orasidagi semantik chegarani bildiruvchi vosita
sifatida ko‘radi, bu esa arab nahv tizimining ma’noga asoslangan mantig‘iy
yondashuvini ifodalaydi.
5. Undov yuklamalari – “ ”أي“ ,”هيا“ ،”أیا“ ،”یاva “.”الهمزة
Jurjoniy “Al-‘Awāmil al-Mi’a” asarida undov yuklamalarini ham ismni nasb
holatiga kirituvchi vositalar sifatida tilga oladi:
“و الل، عبدَ ویا رﺟلًا، یا :نحو والبعيد القریب للنداء ویا(،”للنداء كذلﻚ (أ أي، أیا، هيا
U bu yuklamalarni masofa (yaqinlik yoki uzoqlik) asosida tasniflaydi:
• “ – ”یاumumiy undov yuklamasi (yaqin va uzoq masofaga);
• “ ”أيva “ – ”الهمزةyaqin masofadagi murojaat uchun;
• “ ”أیاva “ – ”هياuzoq masofadagi murojaat uchun (qarang: al-Jurjānī, ʿAbd al-
Qāhir. al-ʿAwāmil al-Miʾa. Beirut: Dār al-kutub al-ʿilmiyya, 1992, p. 28-29.)
Badrawī Zahrān ularning sintaktik mohiyatini quyidagicha izohlaydi:
“.”ومحلاً لفظًا منصوبًا وﺟوبًا محذوفٍّ لفعلٍّ به مفعولًا المنادى ویجعل فعلية، ﺟملة تحسب النداء عبارة
Bu shuni anglatadiki, undov iborasi aslida fe’liy jumla sifatida qaraladi, va
undalgan so‘z – ya’ni munodā – tushib qolgan أناديfe’lining tushum holidagi
to‘ldiruvchisi hisoblanadi. Masalan:
“ – ”!رﺟلًا یاaslida “ ”رﺟلًا أنادي(Men kishini chaqiryapman) degan ma’noda.
(Zahrān, Badrawī. Sharḥ al-ʿawāmil al-miʾa li-ʿAbd al-Qāhir al-Jurjānī. al-
Qāhira: Dār al-salām, 2007:47.)
Shunday qilib, undov yuklamalari arab tili sintaksisida maxfiy fe’l bilan
bog‘langan omil tizimini tashkil etadi. Bu Jurjoniy tomonidan shakllantirilgan ‘omil
va ma’mul nazariyasining nozik jihatlaridan biridir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda taqqoslama-lisoniy, grammatik-tahliliy, hamda semantikkonseptual uslublar qo‘llanildi.
Asosiy maqsad – Abdulqohir Jurjoniyning nazariy yondashuvini turli davr
grammatiklari (xususan, Ibn Hishom, Zamaxshariy, as-Suyutiy, Antuan Dahdah)
qarashlari bilan solishtirish orqali uning ilmiy merosining o‘ziga xosligini tahlil
natijalariga tayangan holda Jurjoniyning arab sintaksisiga qo‘shgan hissasini ilmiynazariy asosda yoritishdir.
TAHLIL VA NATIJALAR
1. Jurjoniyning nazariy yondashuvi va uning ilmiy yangiligi
Abdulqohir Jurjoniy arab tili grammatikasini tahlil qilishda o‘z davri uchun
nihoyatda ilg‘or nazariy asos – “nazariyat al-‘amal” ,(العمل نظریة)ya’ni ta’sir va
munosabat nazariyasini ishlab chiqqan. U “al-‘Awāmil al-mi’a” asarida omillar (عامل)
va ma’mullar (معمول)o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishni aniqlab, har bir so‘zning
jumlada qanday grammatik sabab bilan o‘zgarishini izohlab beradi (Versteegh, Kees.
Arabic Grammar and Qur’anic Exegesis in Early Islam. Leiden: Brill, 1993:58-60.).
Uning bu yondashuvi arab tili grammatikasida shaklga emas, ta’sirga (العمل)
asoslangan nazariy yo‘nalishni yaratgan. Shu bois Jurjoniyning qarashlari arab tili
grammatikasi nazariy tafakkurining mantiqiy bosqichini boshlab bergan deb
baholanadi (Versteegh, Kees. Arabic Linguistic Thought and the Theory of ʿAmal.
Leiden: Brill, 1993:60-62.).
Jurjoniy tilni faqat ifoda vositasi emas, balki mantiqiy tizim sifatida tushungan.
Unga ko‘ra, har bir grammatik birlik o‘zaro sabab-natija munosabatida bo‘ladi.
Masalan, “ ”المعية الواوyoki “ ”إلاharflari o‘zlari harakat belgisi bermasa-da, ma’noni
mantiqan to‘ldiruvchi rol o‘ynaydi. Bu jihatdan Jurjoniyning qarashlari zamonaviy
strukturaviy lingvistika tamoyillariga yaqin turadi (Dahdah, Antuan. al-Madkhal ilā
ʿilm al-naḥw al-ʿarabī. Beirut: Dār al-mashriq, 1982:49.).
Malika Nasirova (2021) ta’kidlashicha, arab sintaksisi tizimi tarixan shaklga
emas, balki so‘zlar o‘rtasidagi ta’sir va munosabatga asoslangan. Unga ko‘ra, bu
yondashuv arab grammatik tafakkurining eng muhim tamoyillaridan biri bo‘lib,
Jurjoniy “al-‘Awāmil al-mi’a” asarida ushbu nazariyani mantiqiy asosda
tizimlashtirgan (Nasirova, 2021: 2659).
2. “ ”النصب حروفtizimining ilmiy asoslari
Jurjoniy “”النصب حروفni o‘rganishda ikki asosiy yo‘nalishni belgilaydi:
1. Lafziy jihat – harflarning sintaktik ta’siri, ya’ni ism yoki fe’lni nasb holatiga
kiritish.
2. Ma’naviy jihat – harflarning ma’no hosil qilishdagi semantik roli.
Uning “ ”حتﻰ“ ،”كي“ ،”لﻦ“ ،”أن“ ،”إنkabi harflar haqidagi izohlarida bu ikki jihat
uyg‘unlashadi. Masalan, “ ”إنharfi jumlada sintaktik vazifani (ismni nasb holatiga
kiritish) bajargan bo‘lsa, semantik jihatdan ta’kid va qat’iylik ma’nosini kuchaytiradi.
Bu tahlil Jurjoniy grammatikani mantiqiy-psixologik tahlilga asoslaganini
ko‘rsatadi. U shakl va ma’no o‘rtasidagi bog‘liqlikni sintaksis va semantikaning
yagona nazariy maydoni sifatida tushungan.
3. “ ”المعية الواوnazariyasining tahliliy ahamiyati
Jurjoniy “ ”المعية الواوhaqida shunday tizimli fikr bildirgan ilk grammatiklardan
biridir. U bu harfni birgalik ma’nosini ifodalovchi vosita sifatida ajratadi, lekin
grammatik jihatdan uni omil emas, balki ma’noviy rabt vositasi sifatida talqin qiladi.
Bu fikr arab grammatikasining eng muhim tushunchalaridan biri – “al-‘amal”
nazariyasiga yangi qirra olib kirdi. Chunki Jurjoniy “omil” tushunchasini faqat lafziy
omil bilan cheklamay, balki ma’noviy sabab sifatida ham ko‘radi. Shunday qilib, u
arab sintaksisida “ʿamal ma’nawiy” (ma’noviy ta’sir) tushunchasini mustahkamladi.
Antuan Dahdah va Ibn Hishom kabi keyingi grammatiklar aynan Jurjoniy
yondashuviga tayanib, “muta‘alliqat al-fi‘l” (fe’l bilan bog‘liq sintaktik omillar)
nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu esa arab tilining strukturaviy va semantik tahlil
asoslarini yanada kuchaytirdi.
4. “ ”إلاyuklamasining falsafiy tahlili
Jurjoniy “ ”إلاyuklamasini grammatik istisno vositasi sifatida emas, balki
mantiqiy istisno (المنطقي الاﺳتثناء)sifatida ham talqin qiladi. Unga ko‘ra, “”إلاning
ishlatilishi orqali guruh va a’zo o‘rtasidagi mantiqiy tafovut belgilanadi.
Bu hol arab tilining mantiqiy tahliliga xosdir:
• Agar istisno qilingan narsa guruhga mansub bo‘lsa – bu “muttaṣil istisno”;
• Agar u guruhga mansub bo‘lmasa – bu “munqaṭi‘ istisno.”
Jurjoniy bu ikki holni ajratish orqali arab tili grammatikasini mantiqiy mantiqa
(النحوي المنطق)darajasiga olib chiqqan.
Zamonaviy tilshunoslikda bu hol semantik ziddiyat (semantic contrast) deb
yuritiladi. Demak, Jurjoniyning yondashuvi mantiqiy tahlil nuqtayi nazaridan ham
zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘un.
5. “”النداء حروفning nazariy izohi
Jurjoniy “ ”هيا“ ،”أي“ ،”أیا“ ،”یاkabi undov yuklamalarini tahlil qilib, ularni fe’lga
o‘xshash grammatik birlik sifatida izohlaydi. Unga ko‘ra, undov iborasi aslida tushib
qolgan fe’l (أنادي)asosida tuziladi.
Bu nazariy tahlil arab sintaksisining fe’l markazli tuzilishiga dalildir. Jurjoniy bu
bilan arab tili strukturasi fe’lga tayanadigan til ekanini (verb-centered language) ilmiy
asosda isbotlagan.
Bu yondashuv keyinchalik Abbas Hasanning “an-Nahw al-wāfi” asarida ham
qo‘llanilgan. U shunday deydi:
“.”السياق مﻦ المفهوم الفعل لذلﻚ به مفعول والمنادى وﺟوبًا، فعلها محذوف فعلية ﺟملة النداء
“Undov (nidо) fe’liy jumla hisoblanadi, biroq undagi fe’l majburan tushirib
qoldirilgan bo‘ladi; undalgan so‘z (munodā) esa kontekstdan anglashiladigan o‘sha
fe’lning tushum holidagi to‘ldiruvchisi hisoblanadi.”
Demak, Jurjoniy arab tilida so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqasi mantiqan fe’l
orqali tartibga solinadi degan nazariyani ilgari surgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Abdulqohir Jurjoniy arab tilshunosligida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratgan
buyuk mutafakkir olim sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Uning “Al-Avāmil al-
Mi’a” asari arab tili sintaksisini chuqur mantiqiy tahlil asosida tartibga solgan eng
muhim manbalardan biri bo‘lib, u orqali arab grammatikasi shakl va ma’noni
birlashtirgan yaxlit nazariy tizimga aylangan.
Jurjoniyning grammatik qarashlari quyidagi jihatlar bilan arab tilshunosligi
tarixida alohida o‘rin tutadi:
• U ‘amil’ (عامل)tushunchasini nafaqat lafziy, balki ma’naviy sabab sifatida
talqin qilib, arab grammatikasining semantik asoslarini mustahkamladi.
• U grammatik hodisalarni mantiqiy sabab-natija nuqtayi nazaridan tahlil qilib,
arab sintaksisiga logik struktura kiritdi.
• U “ ”الاﺳتثناء حروف“ ،”العطف حروف“ ،”النصب حروفva “”النداء حروفni chuqur
ilmiy tahlil qilib, ularning sintaktik va semantik vazifalarini ajratib ko‘rsatdi.
• U arab tili grammatikasining fe’l markazli tuzilishini asoslab berdi va bu
jihatdan zamonaviy strukturaviy yondashuvlarga zamin yaratdi.
• Jurjoniy ta’limotida tilshunoslik va mantiq bir-birini to‘ldiruvchi fanlar
sifatida ko‘riladi – bu esa uni arab tilshunosligi falsafasining asoschisi darajasiga olib
chiqadi.
Jurjoniyning “al-Avāmil al-mi’a” asari arab grammatik merosining asosiy
manbalaridan biri sifatida nafaqat tarixiy ahamiyatga, balki nazariy metodologik
qiymatga ham ega. Bu asar orqali arab sintaksisining ko‘plab tushunchalari – “amal”,
“i‘rāb”, “ma‘na”, “sabab” – ilmiy aniqlik kasb etgan.
Jurjoniyning qarashlari bugungi kunda ham bir qator ilmiy bahslarga sabab
bo‘lmoqda. Ayrim zamonaviy tadqiqotchilar uning “ʿamal ma‘nawiy” tushunchasini
abstrakt va falsafiy deb baholasa, boshqalar uni chuqur kognitiv nazariya sifatida
talqin etadilar.
Ammo barcha olimlar bir fikrda – Jurjoniy arab tilini mantiqiy tizim sifatida
talqin qilgan birinchi grammatiklardan biridir.
Bu jihatdan u arab tilshunosligining nafaqat grammatik, balki falsafiy asoschisi
hamdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Carter, M. G. (1981). A History of Arabic Grammar: Al-Kitāb of Sibawayhi
in the Arabic Grammatical Tradition. Leiden: Brill.
2. Dahdāḥ, Antūn. (1992). Muʿjam al-Qawāʿid al-ʿArabiyya fī al-Naḥw wa-al-
Ṣarf wa-al-Iʿrāb. Bayrūt: Dār al-ʿIlm li-l-Malāyīn.
3. Ibn ʿAqīl, ʿAbd Allāh. (1998). Sharḥ Ibn ʿAqīl ʿalā Alfiyyat Ibn Mālik.
Bayrūt: Dār al-Kutub al-ʿIlmiyya.
4. Ibn Hishām al-Anṣārī. (1985). Awḍaḥ al-Masālik ilā Alfiyyat Ibn Mālik
(Taḥqīq: Muḥammad Muḥyī al-Dīn ʿAbd al-Ḥamīd). Bayrūt: Dār al-Fikr.
5. al-Jurjānī, ʿAbd al-Qāhir. (n.d.). Al-ʿAwāmil al-Miʾa (Taḥqīq: ʿĀdil Aḥmad
ʿAbd al-Mawjūd & ʿAlī Muḥammad Muʿawwaḍ). Bayrūt: Dār al-Kutub al-ʿIlmiyya.
6. Nasirova, M. (2021). Object in Arabic Language and its Variation. RA
Journal of Applied Research, 7(11), 2658-2660.
7. Owens, J. (1988). The Foundations of Grammar: An Introduction to
Medieval Arabic Grammatical Theory. Amsterdam: John Benjamins.
8. Versteegh, K. (1993). Arabic Grammar and Qur’anic Exegesis in Early Islam.
Leiden: Brill.
9. Versteegh, K. (1997). The Arabic Linguistic Tradition. London: Routledge.
10. Weiss, B. (1974). Medieval Muslim Discussions of Causality. Leiden: Brill.
11. al-Zamakhsharī, Maḥmūd. (1993). Al-Mufaṣṣal fī Ṣanʿat al-Iʿrāb (Taḥqīq:
ʿAlī Bū Mulḥim). Bayrūt: Dār al-Kutub al-ʿIlmiyya.
REFERENCES:
1. Carter, M. G. (1981). A History of Arabic Grammar: Al-Kitāb of Sibawayhi
in the Arabic Grammatical Tradition. Leiden: Brill.
2. Dahdāḥ, Antūn. (1992). Muʿjam al-Qawāʿid al-ʿArabiyya fī al-Naḥw wa-al-
Ṣarf wa-al-Iʿrāb. Bayrūt: Dār al-ʿIlm li-l-Malāyīn. (In Arabic)
3. Ibn ʿAqīl, ʿAbd Allāh. (1998). Sharḥ Ibn ʿAqīl ʿalā Alfiyyat Ibn Mālik.
Bayrūt: Dār al-Kutub al-ʿIlmiyya. (In Arabic)
4. Ibn Hishām al-Anṣārī. (1985). Awḍaḥ al-Masālik ilā Alfiyyat Ibn Mālik
(Taḥqīq: Muḥammad Muḥyī al-Dīn ʿAbd al-Ḥamīd). Bayrūt: Dār al-Fikr. (In Arabic)
5. al-Jurjānī, ʿAbd al-Qāhir. (n.d.). Al-ʿAwāmil al-Miʾa (Taḥqīq: ʿĀdil Aḥmad
ʿAbd al-Mawjūd & ʿAlī Muḥammad Muʿawwaḍ). Bayrūt: Dār al-Kutub al-ʿIlmiyya.
(In Arabic)
6. Nasirova, M. (2021). Object in Arabic Language and its Variation. RA
Journal of Applied Research, 7(11), 2658-2660.
7. Owens, J. (1988). The Foundations of Grammar: An Introduction to
Medieval Arabic Grammatical Theory. Amsterdam: John Benjamins.
8. Versteegh, K. (1993). Arabic Grammar and Qur’anic Exegesis in Early Islam.
Leiden: Brill.
9. Versteegh, K. (1997). The Arabic Linguistic Tradition. London: Routledge.
10. Weiss, B. (1974). Medieval Muslim Discussions of Causality. Leiden: Brill.
11. al-Zamakhsharī, Maḥmūd. (1993). Al-Mufaṣṣal fī Ṣanʿat al-Iʿrāb (Taḥqīq:
ʿAlī Bū Mulḥim). Bayrūt: Dār al-Kutub al-ʿIlmiyya. (In Arabic)