MARKAZIY OSIYODA O‘TKAZILGAN MILLIY-HUDUDIY
CHEGARALANISH SIYOSATINING CHET EL TARIXSHUNOSLIGIDAGI
O‘RGANILISHI
NATIONAL-TERRITORIAL DELIMITATION POLITICS IN CENTRAL
ASIA AND ITS STUDY IN FOREIGN HISTORIOGRAPHY
ПОЛИТИКА НАЦИОНАЛЬНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОГО
РАЗМЕЖЕВАНИЯ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ И ЕГО ИЗУЧЕНИЕ В
ЗАРУБЕЖНОЙ ИСТОРИОГРАФИИ
Pasilov Baxodir Abdullayevich
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston
Milliy pedagogika universiteti dotsenti,
Tarix fanlari nomzodi
Tel.: +998 97-733-14-52
E-mail: bpasilov09@yahoo.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada sovet davridagi ziddiyatli masalalardan biri
bo‘lgan 1924-yilda Markaziy Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish tarixining chet el
tarixshunosligida yoritilishi masalalari tahlil qilingan. Sovet ittifoqi parchalangandan
keyin ushbu muammoga tarixchi olimlar tomonidan qiziqish kuchaydi va ularning
tadqiqotlarida milliy-hududiy chegaralanishning masalalari turli metodologik
yondoshuvlar asosida o‘rganib chiqildi. Shuningdek, taniqli G‘arb olimlari, jumladan
professor I.Baldauf, professor A.Xalid va boshqalar Markaziy Osiyoda bolsheviklar
tomonidan amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralanish o‘ta ziddiyatli bo‘lganini
ta’kidlashgan holda, ular tomonidan ushbu siyosat o‘lkada bolshevistik
ekspansiyaning kuchayishi va bevosita Markazning siyosiy rahbarligi ostida milliy
sovet respublikalarining tuzilishi kontekstida tahlil qilingan. Bu esa ayrim
tadqiqotlarda milliy-hududiy chegaralanish masalasi va uning natijalari yuzasidan
bahsli xulosalar chiqarishlariga olib keldi.
Kalit so‘zlar: milliy-hududiy chegaralanish, Markaziy Osiyo, tarixshunoslik,
milliy sovet respublikalari, sovet milliy siyosati, O‘zbekiston SSR, o‘zbek xalqi, etnik
tarkib.
Abstract. This article analyzes the coverage in foreign historiography of the
history of the 1924 national-territorial delimitation in Central Asia, one of the most
contentious issues of the Soviet period. After the collapse of the Soviet Union,
historians’ interest in this problem intensified significantly, and in their research the
issues of national-territorial delimitation were examined on the basis of various
methodological approaches. Prominent Western scholars, including Professor I.
Baldauf, Professor A. Khalid, and others, have emphasized the highly controversial
nature of the national-territorial delimitation carried out by the Bolsheviks in Central
Asia, analyzing this policy in the context of the strengthening of Bolshevik expansion
in the region and the direct formation of national Soviet republics under the political
leadership of the Center. This, in turn, has led some studies to draw disputed
conclusions regarding the issue of national-territorial delimitation and its
consequences.
Keywords: national-territorial delimitation, Central Asia, historiography,
national Soviet republics, Soviet nationality policy, Uzbek SSR, Uzbek people, ethnic
composition.
Аннотация. В статье анализируется освещение в зарубежной
историографии истории национально-территориального размежевания в
Центральной Азии 1924 года – одной из наиболее противоречивых проблем
советского периода. После распада Советского Союза интерес историков к этой
проблеме значительно усилился, и в их исследованиях вопросы национально-
территориального размежевания изучались на основе различных
методологических подходов. Известные западные учёные, в том числе
профессор И. Бальдауф, профессор А. Халид и другие, подчёркивая крайне
противоречивый характер национально-территориального размежевания,
проведённого большевиками в Центральной Азии, анализировали эту политику
в контексте усиления большевистской экспансии в регионе и
непосредственного формирования национальных советских республик под
политическим руководством Центра. Это, в свою очередь, привело в ряде
исследований к спорным выводам относительно проблемы национально-
территориального размежевания и его последствий.
Ключевые слова: национально-территориальное размежевание,
Центральная Азия, историография, национальные советские республики,
советская национальная политика, Узбекская ССР, узбекский народ,
этнический состав.
KIRISH
SSSR parchalanganidan so‘ng, sobiq sovet respublikalarida, jumladan Markaziy
Osiyo respublikalarida o‘zlarining sovet davri tarixiga turli qarashlar shakllanib
bordi. Jumladan, mintaqadagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va
Tojikistonda 1924-yilda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish muammosiga
qiziqish katta bo‘ldi. Ushbu respublikalarda mazkur muammoga yondashish turlicha
bo‘lib, albatta ulardagi ayrim tadqiqotchilar uni yoritishda o‘zlarining milliy
manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqishgan.
O‘rta Osiyo respublikalarida milliy-hududiy chegaralanish muammosi butun
mintaqa misolida alohida tadqiqot mavzusi sifatida MDH tadqiqotchilari tomonidan
o‘rganilmagan. Lekin bu narsa mintaqaning ayrim hududi misolidagi risolada,
kollektiv monografiyalarda, maqolalarda tahlil qilib chiqilgan.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Qozog‘iston Respublikasining Ch.Valixanov nomidagi Tarix va etnologiya
instituti hamda A.X.Margulan nomidagi Arxeologiya instituti tomonidan chop
qilingan 5 tomlik kollektiv monografiyada milliy-hududiy chegaralanish
muammosiga alohida paragraf bag‘ishlangan. Unda milliy-hududiy chegaralanish
o‘tkazilgan davr va undagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tahliliga keng o‘rin
ajratilgan (Нурпеис К.Н., 2010:228). Muallifning talqiniga ko‘ra, SSSRning tashkil
topishi mamlakatda “milliy – davlatchilik qurilishi jarayonining rivojlanishi”ga
imkoniyat tug‘dirdi. Jumladan, RSFSR tarkibida yangi sovet avtonom respublikalari
va viloyatlar tashkil topgan. Undagi “milliy – hududiy davlatlar” rahbariyati,
jumladan Qozog‘iston ASSR va titul xalqlarning ayrim vakillari tez-tez Markaz
oldiga “u yoki bu xalqlarning barcha etnik hududlarini milliy davlatchilik doirasida
birlashtirish” masalasini qo‘ygan (Нурпеис К.Н., 2010:228).
Ushbu kitobda ta’kidlanishicha, mazkur muammo O‘rta Osiyoda ziddiyatli tus
olib, Sirdaryo va Yettisuv oblastlarini Qozog‘iston ASSR tarkibiga kiritish masalasi
ham doimiy ravishda ko‘tarilib turilgan. Shu bilan birga ko‘pmillatli Turkiston
ASSRni bo‘lish va o‘zbek, turkman, qirg‘iz, tojik va qoraqalpoqlarning “milliydavlatlari” va “milliy – davlatchilik birliklar” ini tashkil qilish masalasi ham kun
tartibiga qo‘yilgan.
Qozog‘istonlik muallif milliy-hududiy chegaralanish muammosiga va bu narsa
uchun “yaratilgan sharoitlar” haqida fikr yuritganda, unga sovet tarixshunosligi
pozitsiyasidan kelib chiqib baho beradi. Masalan, kitobda ta’kidlanishicha, milliyhududiy chegaralanish uchun “siyosiy va iqtisodiy sharoitlarning (“fuqarolik
urushining tugashi, milliy rahbar kadrlarning tayyorlanishi, O‘rta Osiyo xalqlari,
sovet prinsiplari bo‘lishiga qaramasdan hududning etnik yaxlitligini tiklash asosida
o‘zlarining milliy davlatchiligini barpo etish lozimligini “anglab yetishi”) yaratilishi
bevosita milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazishga imkoniyat yaratgan”.
Shuningdek, uning fikriga ko‘ra, bunday chegaralanishni amalga oshirish “birinchi
navbatda mintaqadagi barcha xalqlarning millat bo‘lib shakllanish konsolidatsiyasini
tezlashtirish va kuchaytirish uchun lozim bo‘lgan”.
Muallif milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish sabablari haqidagi fikrlarini
davom ettirib, ushbu siyosat amalga oshirilguniga qadar O‘rta Osiyodagi mavjud
bo‘lgan davlat birliklari – Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm xalq respublikalari
sobiq Turkiston general gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi ma’muriy
chegaralari asosida 1917-yildagi oktyabr to‘ntarishiga qadar tuzilgan va ular O‘rta
Osiyo asosiy xalqlarining “etnik chegaralari bilan mos kelmagan” ligini (Нурпеис
К.Н., 2010:229) e’tirof qilgan holda, ushbu siyosatning o‘tkazilishi mintaqa xalqlari
tarixidagi “obyektiv” voqelik bo‘lganligini asoslashga urinadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda asosan tarixiy-komparativ metod va manbashunoslik (source
criticism) usullaridan foydalanildi. Chet el tarixshunosligidagi asosiy ishlar
(I.Baldauf, A.Khalid, A.Sengupta, F.Hirsch, T.Martin va boshqalar) tanqidiy tahlil
qilindi. Ularning metodologik yondashuvlari, ishlatilgan manbalari va ideologik
pozitsiyalari solishtirildi. Diskurs tahlili yordamida “millatning sun’iyligi”, “sovet
modernizatsiyasi” va “ichki mustamlakachilik” kabi dominant talqinlar aniqlandi.
Tadqiqot postkolonial va konstruktivist nazariyalar doirasida olib borilib, milliyhududiy chegaralanishning G‘arb olimlari tomonidan yoritilishidagi paradigmatik
o‘zgarishlar ochib berildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
1924-yil yanvar oyida Qozog‘iston ASSR hukumati Yettisuv va Sirdaryo
oblastlarining “qozoq rayonlarini” Qozog‘iston bilan qo‘shilishi” masalasini kun
tartibiga qo‘ygan. K.N.Nurpeisning fikriga ko‘ra, O‘rta Osiyoda chegaralanishning
o‘tkazilishidan Turkistonning barcha xalqlari “manfaatdor bo‘lgan”. Shuningdek, u
milliy-hududiy chegaralanish jarayonini batafsil yoritgan holda, Turkiston KP MQ
sekretari A. Raximboyevning 1924-yilning mart oyida Toshkentda bo‘lgan majlisda
qilgan ma’ruzasini tahlil qilib, uning “milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilishining
asosiy sabablaridan biri bu mintaqada millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi
sababdir” degan fikrini keltiradi (Нурпеис К.Н., 2010:229).
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilishining boshqa sababi
sifatida SSSR bolshevistik rahbariyatining milliy respublikalar va milliy –
davlatchilik birliklarining boshqa shakllarini tashkil qilish orqali mintaqada sinfiy
qarama-qarshilikni kuchaytirish va turli xalqlarinig turli ijtimoiy qatlamlariga
tayangan “bosmachilik” harakatini zaiflashtirish ekanligi e’tirof qilingan. Ta’kidlash
joizki, qozog‘istonlik muallif bu narsani o‘zbekistonlik tadqiqotchilar tomonidan
ilgari surilgan fikrlariga, “Jumladan” nomli kollektiv monografiyaga tayangan
holda asoslab berishga harakat qilgan. (Нурпеис К.Н., 2010:230)
Ta’kidlash joizki, K.N.Nurpeis milliy-hududiy chegaralanish jarayonidagi
ziddiyatlarni, ya’ni mintaqa xalqlarining ayrim hududlar uchun bo‘lgan
tortishuvlarini chetlab o‘tmagan. Masalan, Toshkent shahrining o‘zbek va qozoq
xalqlari vakillari orasida qaysi respublika tarkibiga kirishi bo‘yicha bo‘lgan
tortishuvlari nihoyat 1924-yil 11-oktyabrda bo‘lgan RKP (b) MQ byurosining
majlisida hal qilinganligini va ushbu shaharning O‘zbekiston SSR tasarrufiga
berilganligini e’tirof qilgan.
Ushbu kitobda shuningdek, milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijalari
ham keng tahlil qilinib, Qozog‘iston tarkibiga berilgan hududlar keltiriladi. Masalan,
ushbu respublika tarkibiga kiritilgan hududlar sifatida Turkiston, Chimkent uyezdlari,
Oqmachit uyezdining katta qismi, sobiq Sirdaryo oblastining Toshkent va Mirzacho‘l
uyezdlarining bir qismlari va h.k. hududlar keltirilgan. Natijada Qozog‘iston
ASSRning hududi qariyib 700 ming km kvga ko‘payib, 2,7 mln km kvga teng
bo‘lgan, respublika aholisining soni esa 5230 ming kishini tashkil qilgan. (Nurpeis
K.N., 2010:234).
Sovet davrida g‘arb tarixshunosligida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy
chegaralanish o‘tkazilishi tarixi muammosi o‘lkada bolshevistik ekspansiyaning
kuchayishi va bevosita Moskva siyosiy rahbarligi ostida milliy sovet
respublikalarining tuzilishi kontekstida o‘rganilgan. Shu sabali milliy-hududiy
chegaralanish muammosini yoritib bergan maxsus monografiya yoki kollektiv
monografiya chet tarixshunosligida hozircha e’lon qilinmagan. Lekin ko‘plab kitob
va monografiyalarning paragraflarida, yoki ilmiy jurnallarda chop etilgan hamda
bevosita ushbu mavzuni yoritishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar ham mavjud.
Ushbu muammoni o‘rgangan chet el tarixshunosligining asosiy xususiyati bu milliy-
hududiy chegaralanish muammosini tahlil qila turib, ko‘p hollarda ularda O‘rta
Osiyo, jumladan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti masalalari kuch ishlatish
orqali sovetlashtirish prizmasi orqali yoritib berilgan.
Milliy-hududiy chegaralanish muammosini bevosita o‘rganganiga bag‘ishlangan
tadqiqotlardan biri bu professor Ingebar Baldaufning “Some thoughts on the making
of the Uzbek nation” (“O‘zbek millatining yaratilishi haqidagi ayrim fikrlar”)
maqolasi bo‘lib (Ingebar Baldauf, 1991: 79-95), unda muallif o‘zbek xalqining
shakllanishi muammolari bilan bir qatorda, shuningdek milliy-hududiy chegaralanish,
ya’ni milliy sovet respublikalarining tashkil qilinishi masalasini ham tahlil qilgan.
Mazkur maqolada professor Baldauf bevosita muammoni o‘rganishdan avval sovet
etnografi B.Karmisheva (Karmisheva B.X, 1976:76) tadqiqotlariga asoslangan holda
o‘zbeklar orasidagi qabila-urug‘chilik munosabatlarini tahlil qilib, o‘zbeklarda
umuman urug‘chilik munosabatlari bo‘lmagan etnik qatlamlar, shuningdek ilk va
so‘nggi urug‘lar bo‘lganligini ta’kidlab o‘tadi.
Tadqiqotchi shuningdek, turli etnografik guruhlar va ularning o‘z
identifikatsiyasi muammolari bilan bog‘liq masalalarni ham sinchiklab o‘rganib
chiqqan. Masalan, uning tadqiqot obyekti sifatida turli etnik guruhlar, sart, turk,
qipchoq, jaloyir va boshqalar kiritilgan, shuningdek ularning tili, urf-odatlari va
an’analari kabi muammolar ham tadqiqotchining tahlil doirasidan o‘rin egallagan
(Ingebar Baldauf, 1991: 79-95).
Professor I.Baldauf milliy-hududiy chegaralanish muammosini bevosita tahliliga
o‘tib, bu narsa hech qanday bir tayyorgarliksiz, shoshma-shosharlik bilan
o‘tkazilganligini ta’kidlab o‘tgan (Ingebar Baldauf, 1991: 79-95). Bu esa kelajakda
ziddiyatli vaziyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratgan.
Taniqli amerikalik olim, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha g‘arbdagi yirik
mutaxassislardan biri Adib Xalidning 2015-yilda AQSH da chop qilingan “Making
Uzbekistan. Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR” (“O‘zbekistonning
tashkil qilinishi. SSSRning Ilk Davrida Millat, Imperiya, va Inqilob”,) kitobida
“O‘zbekistonning tashkil qilinishi” muammosiga maxsus paragraf bag‘ishlangan
bo‘lib, unda shuningdek bu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan milliy-hududiy
chegaralanish masalasiga ham alohida to‘xtalgan (Adeeb Khalid, 2015: 33). Muallif
bu muammoning tahliliga o‘tishdan avval Turkistonda oktyabr to‘ntarishigacha va
undan keyingi (1917 y.) bo‘lgan ijtimoiy va etnik jarayonlarga baho berib, etnik,
diniy va milliy identiklik masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Bu muammoni
kengroq ochib berish maqsadida A.Xalid identiklik masalasini tahlil qilib,
“chagataizm” o‘zbek millatining shakllanishiga olib kelgan “loyiha” sifatida qarab,
O‘rta Osiyo elitasi “o‘zbek” etnonimini o‘lkadagi barcha ko‘chmanchi bo‘lmagan,
ya’ni o‘troq musulmon aholisi, uning tili va madaniyatiga nisbatan qo‘llay boshlagan.
(Adeeb Khalid, 2015: 33)
Ushbu tadqiqotning e’tiborli jihati shundan iboratki, muallif O‘zbekiston O‘rta
Osiyoda 1924-yilda amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida paydo
bo‘ldi, lekin u sovet siyosati nayranglarining sun’iy mahsuli bo‘lmasdan, balki
mahalliy milliy loyihaning triumfi ekanligini ta’kidlaydi.
A.Xalidning muammoga bunday yondashuvi, ya’ni o‘zbek xalqining
shakllanishi obyektiv tarixiy jarayon bo‘lmay, balki “mahalliy elitaning milliy
loyihasi” sifatida e’tirof qilinishi munozarali fikrdir. Muallif O‘rta Osiyodagi milliy-
hududiy chegaralanish pan-sovet siyosatining qismi bo‘lib, mazkur siyosatni shu
yillardagi Gabsburg imperiyasining hududini o‘zgartirish orqali yangi chegaralarni
shakllantirishning analogi sifatida taqqoslaydi. Uning fikriga ko‘ra turli millatlardan
tashkil topgan Markaziy Yevropadagi transformatsion jarayonlarni XX asrda sovet
milliy siyosatining O‘rta Osiyoni qayta tashkil qilish analogi sifatida keltiradi.
Markaziy Yevropadagi millatlarning tashkil qilinishi sovet boshqaruvi ostida amalga
oshirilgan O‘rta Osiyoning tajribasini bu ma’noda tushkunlikka soluvchi bir holat
Adeeb Khalid, 2015: 33), deb ta’kidlaydi muallif.
Shuningdek, A.Xalidning fikriga ko‘ra, O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy
chegaralanish bu asosan siyosiy jarayon bo‘lib, unda ekspertlarning bilimi kam holda
e’tiborga olingan. Etnograflar O‘rta Osiyodagi millatlarning klassifikatsiyasi
debatlarida, ya’ni mintaqada nechta millatlar borligi va hududlarga egalik qilish
talablari haqidagi masalada etnograflar juda kichik rol o‘ynagan.
1924-yildagi ya’ni milliy respublikalarning tashkil topishi bu millatlarning
emas, milliy loyihaning triumfi edi va muallif o‘zining ushbu fikrlarining isboti
sifatida G‘arbiy Yevropada fransuz millatining shakllanishi jarayonini misol sifatida
keltiradi. “Turkiston musulmonlarini” o‘zbeklarga aylantirish aynan ushbu siyosat va
amaliyot komplekti asosida amalga oshirilgan, - deya e’tirof qilingan. (Adeeb Khalid,
2015: 30-32)
Milliy-hududiy chegaralanish, O‘zbekiston SSRning tashkil topishi muammosi
G‘arb tadqiqotchilari bilan bir qatorda, shuningdek ayrim osiyolik olimlarning ham
tadqiqot obyekti bo‘lgan. Bunday tadqiqotlardan biri bu “The Formation of the
Uzbek Nation State. A Study in Transition” (O‘zbek milliy davlatining shakllanishi.
O‘tish davri tadqiqoti.), bo‘lib ushbu kitobning muallifi Anita Sengupta milliy-
hududiy chegaralanish muammosiga alohida e’tibor berib, bu masalani maxsus bob –
“Hududlarning belgilanishi: chegaralanish va o‘zbek davlatining shakllanishi”
(“Defined Boundaries: Delimitation of Boundaries and the Formation of the Uzbek
State”) doirasida ko‘rib chiqqan (Anita Sengupta, 2003:81-131).
Muallif milliy-hududiy chegaralanish muammosining tahlilini mintaqada sovet
davrigacha bo‘lgan etnik va diniy jarayonlarning o‘rganib chiqib, Rossiya imperiyasi
kolonial xarakter kasb etib, mintaqadagi demografik muammolarni yechishda davrida
A.Sengupta amerikalik taniqli olim Edvard Olvorz (Edward Allworth) fikrlariga
tayangan holda, muhim bir tarixiy faktni keltirib, O‘rta Osiyo oblastlari tarixan turkiy
xalqlarga tegishli bo‘lganligini ko‘rsatib o‘tgan. Muallifning fikriga ko‘ra, “1920-
yillardagi sovet milliy siyosatining maqsadi milliy-hududiy chegaralanish orqali
alohida milliy respublikalar tashkil qilish bo‘lgan. (Anita Sengupta, 2003:81).
Ushbu kitobda milliy-hududiy chegaralanishning sabablari ko‘rsatilgan va
muallifning fikriga ko‘ra, siyosatchilarning hokimiyatga intilishi, bolsheviklarning
millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipini amalga oshirish va panturkizmga
qarshi balans yaratish kabilar edi. Aniqrog‘i, O‘rta Osiyodagi millatlar va xalqlar
o‘rtasidagi ma’muriy chegaralarni korrektirovka qilish; hududiy yaxlitlikni
ta’minlash; ushbu millatlar va xalqlar uchun “milliy davlatchilikni yaratish”ni oldinga
surish; O‘rta Osiyo xalqlari uchun “to‘la milliy suverenitetni” ta’minlash kabilardan
iborat bo‘lgan. (Anita Sengupta, 2003:91).
Lekin A.Sengupta milliy-hududiy chegaralanishning maqsadi sifatida va uni
yoritishdagi ba’zi bir muammolarga, ya’ni “milliy davlatchilikni yaratish”; O‘rta
Osiyo xalqlari uchun “to‘la milliy suverenitetni” ta’minlash kabi sabablarni ko‘rsatib,
bu narsaga sovet tarixshunosligi pozitsiyasidan yondashgan. Chunki bolsheviklarning
milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazishning asosiy maqsadlaridan biri bu O‘rta
Osiyo xalqlarini sovet geosiyosiy doirasiga tortishdan iborat bo‘lgan. Bu narsa esa
mintaqada Rossiya imperiyasi olib borgan mustamlaka siyosatining davomi bo‘lib,
kommunizm doktrinasi ichiga yashiringan mustamlakachilikning yangi sovetcha
andozasi edi. Ta’kidlash joizki, bunday mustamlakachilik siyosatni esa
neokolonializm deya baholab, yangi tarixiy sharoitlarda mustamlakachilikning shakli
o‘zgargani bilan, lekin uning mohiyati va maqsadlari avvalgicha qolaverdi.
Milliy-hududiy chegaralanish jarayonidagi etnik munosabatlar, jumladan
respublikalarning etnik tarkibining tahlili muallifning e’tiboridan chetda qolmagan.
Masalan, A.Sengupta statistik ma’lumotlarga tayangan holda, Buxoroda o‘zbeklar
ko‘pchilikni tashkil qilganini, shuningdek Turkistonda ham aholining asosiy qismi
o‘zbeklar bo‘lganlarini ta’kidlab, ular barcha respublikalarda ko‘pchilikni tashkil
qilganligini e’tirof qilgan (Anita Sengupta, 2003:100).
G‘arb tarixchilarining ayrim vakillari milliy-hududiy chegaralanish
muammosiga O‘rta Osiyoda o‘zbek, turkman kabi “yangi millatlar” O‘zbekiston
SSR, Turkmaniston SSR kabi sovet respublikalarining tuzilishi natijasida
“shakllandi” degan nuqtayi nazardan yondashishgan. Bunday yondashish G‘arbda
konstruktivizm konsepsiyasiga asoslangan bo‘lib, bolsheviklarning milliy siyosati
natijasida yangi millatlar “shakllanishi” bevosita yangi davlat tuzilmalari bilan
bog‘langan degan g‘oya bilan asoslangan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot jarayonidan quyidagi xulosalarni aytishimiz mumkin.
Markaziy Osiyoda 1924-1925-yillardagi milliy-hududiy chegaralanish chet el
tarixshunosligida asosan ikki asosiy nuqtai nazardan talqin qilinadi:
- Sovet hokimiyatining mintaqani boshqarish va “divide et impera” (bo‘l va
hukmronlik qil) strategiyasining muhim qismi sifatida (F.Hirsch, T.Martin,
A.Haugen);
- Mahalliy elitaning milliy loyihasi bilan sovet siyosatining o‘zaro ta’sir
mahsuli sifatida (A.Khalid, S.Abashin).
Shuningdek, milliy-hududiy chegaralanishni faqat “Moskvaning nayrangi” yoki
“faqat mahalliy xalqlarning g‘alabasi” deb qarash endi ilmiy jihatdan yetarli emas –
jarayon ikkala tomonning o‘zaro ta’siri natijasidir.
Tadqiqot orqali quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
- Markaziy Osiyo davlatlari o‘z milliy tarixshunosligida 1924-yil
chegaralanishini yagona “adolatli” yoki “to‘liq nohaq” deb emas, balki tarixiy
kontekstda o‘zaro kelishuv va ziddiyatlar mahsuli sifatida yoritishi lozim.
- Chet el tadqiqotchilari bilan hamkorlikda yangi arxiv materiallari (ayniqsa,
mahalliy tillardagi hujjatlar) asosida qo‘shma tadqiqot loyihalari tashkil etish zarur.
- O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston olimlari
o‘rtasida 1924-yil chegaralanishi bo‘yicha ochiq ilmiy platforma yaratilib, bahsli
masalalar ilmiy muhokamada hal qilinishi kerak.
- Xalqaro jurnallarda ushbu mavzuni yoritishda “sun’iy millat” kabi keskin
ifodalardan voz kechib, “sovet-modern davrda tezlashgan milliy konsolidatsiya”
atamasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Anita Sengupta. (2003). The Formation of the Uzbek Nation-State: A Study
in Transition. Lanham-Boulder New York-Oxford: Lexington Books.
2. Adeeb Khalid. (2015). Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution
in the Early USSR. Ithaca-London: Cornell University Press.
3. Arne Haugen. (2003). The Establishment of National Republics in Soviet
Central Asia. Basingstoke-New York: Palgrave Macmillan.
4. Francine Hirsch. (2005). Empire of Nations: Ethnographic Knowledge and
the Making of the Soviet Union. Ithaca-London: Cornell University Press.
5. Ingeborg Baldauf. (1991). Some Thoughts on the Making of the Uzbek
Nation. Cahiers du monde russe et soviétique, 32(1), 79–95.
6. Кармышева Б.Х. (1976). Очерки этнической истории южных районов
Таджикистана и Узбекистана (по этнографическим данным). Москва: Наука.
7. Нурпеис К.Н. (Ed.). (2010). История Казахстана с древнейших времен до
наших дней. В пяти томах. Том 4. Казахстан в советский период. Алматы:
Атамұра.
8. Сергеев Евгений Ю. (2014). The National Delimitation in Central Asia:
Soviet Experience and Contemporary Challenges. Central Asian Survey, 33(4), 457-
473.
9. Туркестан в начале XX века: к истории истоков национальной
независимости. (2000). Ташкент: Шарк.
10. Terry Martin. (2001). The Affirmative Action Empire: Nations and
Nationalism in the Soviet Union, 1923-1939. Ithaca-London: Cornell University
Press.
REFERENCES:
1. Baldauf Ingeborg. (1991). Some Thoughts on the Making of the Uzbek
Nation. Cahiers du monde russe et soviétique, 32(1), 79-95. (In English)
2. Haugen Arne. (2003). The Establishment of National Republics in Soviet
Central Asia. Basingstoke New York: Palgrave Macmillan. (In English)
3. Hirsch Francine. (2005). Empire of Nations: Ethnographic Knowledge and
the Making of the Soviet Union. Ithaca-London: Cornell University Press. (In
English)
4. Karmysheva B.H. (1976). Ocherki etnicheskoy istorii yuzhnykh rayonov
Tadzhikistana i Uzbekistana (po etnograficheskim dannym). Moskva: Nauka. (In
Russian)
5. Khalid Adeeb. (2015). Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution
in the Early USSR. Ithaca–London: Cornell University Press. (In English)
6. Martin Terry. (2001). The Affirmative Action Empire: Nations and
Nationalism in the Soviet Union, 1923–1939. Ithaca–London: Cornell University
Press. (In English)
7. Nurpeis K.N. (Ed.). (2010). Istoriya Kazahstana s drevneyshih vremen do
nashih dney. V pyati tomah. Tom 4. Kazahstan v sovetskiy period. Almaty: Atamura.
(In Russian)
8. Sengupta Anita. (2003). The Formation of the Uzbek Nation-State: A Study
in Transition. Lanham–Boulder–New York–Oxford: Lexington Books. (In English)
9. Sergeev Evgeniy Yu. (2014). The National Delimitation in Central Asia:
Soviet Experience and Contemporary Challenges. Central Asian Survey, 33(4), 457–
473. (In English)
10. Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti.
(2000). Tashkent: Sharq. (In Russian)