ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Family va kinship qarindoshlik atamalari diaxronik tadqiqot predmeti sifatida

Nizamova Salomat Usmanovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

FAMILY VA KINSHIP QARINDOSHLIK ATAMALARI DIAXRONIK
TADQIQOT PREDMETI SIFATIDA

FAMILY AND KINSHIP TERMS AS THE SUBJECT OF DIACHRONIC
RESEARCH

ТЕРМИНЫ РОДСТВА И СЕМЕЙНЫХ ОТНОШЕНИЙ КАК
ПРЕДМЕТ ДИАХРОНИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ

Nizamova Salomat Usmanovna
Oriental universiteti, Tillar-2
Kafedrasi katta o‘qituvchisi,
Tel. : +998 91-135-25-00

E-mail: salomat0682gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola ingliz tilidagi “oila va qarindoshlik” leksik-semantik
sohasining markaziy leksemalari – “family” va “kinship” atamalarini diaxronik
(tarixiy-tadrijiy) nuqtayi nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Etimologik lug‘atlarga
asoslanib, muallif ushbu so‘zlarning kelib chiqishi, semantik evolyutsiyasi va tarixiy
o‘zgarishlarini tahlil qiladi. “Family” leksemasi lotincha famulus orqali fransuz tilidan
o‘zlashtirilgan bo‘lib, dastlab uy xo‘jaligi va xizmatchilarni bildirgan, keyinchalik
qondoshlik va umumiy nasl ma’nosiga o‘tgan. “Kinship” esa qadimgi inglizcha “kin”
(cynn) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, proto-german va hind-yevropa ildizlariga borib
taqaladi. Tahlil natijasida anglo-sakson jamiyatidagi oila tushunchasining ijtimoiy,
madaniy va dunyoqarash jihatdan rivojlanishi rekonstruksiya qilinadi. Qarindoshlik
atamalari orqali xalqning turmush tarzi, ijtimoiy tuzilishi va e’tiqodlari aks etishi
ta’kidlanadi. Maqola lingvokulturologik va etimologik yondashuvlarga asoslanadi.
Kalit so‘zlar: oila, qarindoshlik, leksik-semantik soha, diaxronik tahlil,
etimologiya, family, kinship, anglo-sakson madaniyati.
Annotation. This article is dedicated to the diachronic study of the core lexical
units “family” and “kinship” within the lexico-semantic field of “family and kinship”
in English. Relying on etymological dictionaries, the author analyzes the origin,
semantic evolution, and historical transformations of these terms. The word “family”
was borrowed from French (famille) via Latin famulus, initially denoting household
servants and later shifting to meanings of blood relations and common descent.
“Kinship” derives from Old English “kin” (cynn), tracing back to Proto-Germanic and
Indo-European roots. The analysis reconstructs the concept of family in Anglo-Saxon
society, reflecting its social structure, lifestyle, and worldview. Kinship terms reveal
cultural and ideological aspects of the nation’s development. The study employs
linguocultural and etymological approaches to model the historical-cultural image of
the Anglo-Saxon family.

Keywords: family, kinship, lexico-semantic field, diachronic analysis, etymology,

Anglo-Saxon culture, semantic evolution, linguoculturology.

Аннотация. Статья посвящена диахроническому исследованию

центральных лексем «family» и «kinship» лексико-семантического поля «семья и

родство» в английском языке. Опираясь на этимологические словари, автор

анализирует происхождение, семантическую эволюцию и исторические

изменения этих терминов. Лексема «family» заимствована из французского

(famille) через латинское famulus, изначально обозначавшая домашних слуг, а

позже перешедшая к значениям кровного родства и общего происхождения.

«Kinship» происходит от древнеанглийского «kin» (cynn), восходящего к

протогерманским и индоевропейским корням. Анализ позволяет

реконструировать концепт семьи в англосаксонском обществе, отражая его

социальный уклад, быт и мировоззрение. Термины родства раскрывают

культурные и идеологические аспекты развития нации. Исследование основано

на лингвокультурологическом и этимологическом подходах для моделирования

историко-культурного образа англосаксонской семьи.

Ключевые слова: семья, родство, лексико-семантическое поле,

диахронический анализ, этимология, family, kinship, англосаксонская культура.

KIRISH
“Oila va oila munosabatlari” leksik-semantik ko‘lamini turli tillarda tavsiflashga
juda ko‘p ilmiy ishlar bag‘ishlangan. So‘nggi paytlarda yaratilayotgan ko‘pgina
lingvomadaniy va lingvo-mamlakatshunoslik, izohli lug‘atlarda olam manzarasining
muhim birligi sifatida “oila” tushunchasini doimiy ravishda o‘z ichiga olmoqda.
Ko‘pgina lingvistlar tomonidan ta’kidlanganidek, leksemalar oilasi madaniy birlik
sifatida “insonning ijtimoiy mavqeining shunchalik jiddiy xususiyati bo‘lib, u ko‘p
jihatdan uning hayot haqidagi tasavvurini belgilaydi”. Oilani “qarindoshlar guruhi” deb
ta’riflash mumkin, ya’ni qarindoshlikka asoslangan birlashma - odamlar o‘rtasidagi bir
shaxsning boshqa shaxsdan kelib chiqishi yoki turli shaxslarning umumiy ajdoddan
kelib chiqishi, shuningdek, oilaviy munosabatlarga asoslangan aloqalar. Shunday qilib,
“oila” so‘zining leksik-semantik ko‘lami “nasl, urug‘, avlod, ajdod, xonadon" ma’nosini
anglatuvchi so‘zlar to‘plamidir. Oila – “er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin
tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui”, ya’ni bir ajdoddan kelib
chiqqan avlodlar turkumi, shuningdek, umumiy ajdodga nisbatan bir xil darajadagi
qarindoshlar bo‘lib, “bir maqsad, maslak bilan birlashgan ko‘p kishilar”, ya’ni
qarindoshlardir. (Воробьев В.В., 1996:22.) “Oila va qarindoshlik” leksik-semantik
ko‘lamiga kiruvchi qarindoshlik atamalarining mazmun-mohiyati shundan iboratki, ular
ko‘p sonli qarindoshlik munosabatlaridan faqat insoniyat jamiyatining hayoti va
faoliyati uchun muhim va zarur bo‘lganlarini ajratib ko‘rsatadilar. Qarindoshlik deganda

bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan erkak va ayol oila a’zolari o‘rtasidagi bog‘liqlik,

“bir avlod-ajdodga mansub bo‘lgan kishilar, ota va ona tomonidan bo‘lgan shaxslar (biri

boshqasiga nisbatan), ya’ni kelib chiqish manbai bir bo‘lgan, bir-biriga yaqin” kishilar

tushuniladi. Qarindoshlik – “qarindoshlarga xos bog‘lanish, munosabat; insonlar

o‘rtasidagi qon jihatdan bog‘lanish, ularning bir-biriga munosabati va oqibati”

ta’riflanadi va tushuniladi. (Маъруфов З.М., 1981:526)

Ushbu maqola “family va kinship” leksik-semantik ko‘lamining yadro leksemalari

bo‘lgan ingliz tilidagi oila va qarindoshlik birliklarini diaxronik o‘rganishga

bag‘ishlangan. Bu alohida leksemalarning tanlanishi, birinchi navbatda, uning kelib

chiqishining qadimiyligi, shuningdek, olamning an’anaviy-milliy manzarasini aks

ettirishi, rivojlanishi xalqning semantik evolyutsiyasi bilan birga bo‘lishi va uning

shakllanishi va rivojlanishining etimologik qonuniyatlarini ochib berishi bilan

belgilanadi. Qarindoshlik atamalarining diaxronik tahlili natijasida anglo-sakson etnik

guruhi olamining lingvistik manzarasi qanchalik o‘zgaruvchan yoki aksincha barqaror

ekanligi haqidagi tasavvurga ega bo‘lishi mumkin. Bu bizga uning doimiy va

o‘zgaruvchan tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradi, xalqning madaniy rivojlanish

tarixini: uning turmush tarzi, iqtisodiy faoliyati, ijtimoiy tuzilishi, diniy g‘oyalari,

e’tiqodlari, dunyoning tuzilishi haqidagi mashhur qarashlarini qayta qurishga yordam

beradigan ekstralingvistik xarakterdagi muhim ma’lumotlarni olishga yordam beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ma’naviy-ruhiy soha konseptlarini o‘rganish eng faol rivojlangan yo‘nalishlardan
biridir. Biroq, bu soha to‘liq o‘rganilgan deb taxmin qilish mumkin emas, chunki
ma’naviy-ruhiy soha eng murakkab va chuqur sohalardan biri bo‘lib, ona tilida
so‘zlashuvchi xalqning mentalitetini tushunish uchun kalit bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Ishimizda biz o‘zbek va ingliz tillarida nashr etilgan nufuzli izohli,
etimologik, falsafiy lug‘atlaridan olingan ma’lumotlardan unumli foydalandik. Undan
tashqari, boshqa konseptlar qatorida “family” leksamasi haqida o‘z ilmiy ishlarida,
maqolalarida so‘z yuritgan O.N.Trubachev, E.V. Udorina, L.V. Nikitinskaya,
A.A.Xvostenko, N.N. Goncharova, Yu.A.Iksanova, V.I. Krasik, M.M.Kovalevskiy,
V.A.Maso‘zlarninga, I.A.Zyuzina, D.G. Larionova, N.Yu. Kazakova, Z.A.
Axmetjanova, V.B. Tyurin, N.V. Nagovisina, A.N.Pribilova, M.Yu.Romanyuk,
M.V.Zimina kabi lingvistlar rus, nemis, fransuz, ingliz, ispan, edigey, tatar va boshqa
tillardagi maqolalarda “family”-oila” konseptining turli yo‘nalishlarini o‘z ishlarida
ochib berganlar.
O‘zbek tilshunosligida ham konsept masalasiga doir turli ishlar, ya’ni
A.Nurmonova, N.Maxmudova, Sh.S.Safarova, A.E.Mamatova, E.Begmatova,
M.X.Xakimova, S.M.Muminova, D.S.Xudayberganovoy, S.Boymirzaevoy,
I.A.Azimovoy, R.U.Madjidovoy, N.Maxmudov, Sh.X.Shaxabitdinova, Z.A.Akbarova,

R.Abdullaeva, Z.M.Baynazarov, D.K.Baxronova, Sh.R.Usmanova, Z.I.Salieva, A.M.

Bazarbaeva, K.M. Amanullaeva, Sh.Q. Shamsieva, N.B. Kuldosheva, D.K.

Baxronova, Z.R. Gulyamova, Yu.T. Nosirov va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlari

amalga oshirilgan, turli konseptlar, turli yo‘nalishlarda tadqiq etilgan. Biroq aynan

“family va kinship” leksik-semantik ko‘lamining diaxronik tahlili o‘zbek

lingvistikasida alohida tadqiqot darajasida o‘rganilmagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada yetakchi tadqiqot usullari sifatida qiyosiy, tavsifiy, uzluksiz tanlab
olish usuli, konseptual tahlil usuli, lingvokulturologik usul va lug‘at ta’riflarini tahlil
qilish metodlari qo‘llanildi. “Family va kinship” leksemalari mazmuni va tuzilishini
tavsiflashda o‘zbek va ingliz tillaridagi leksikografik manbalar – lug‘atlar va
tezauriyalarni tahlil qilishning ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Zamonaviy ingliz tilida “family” leksemasi “Oila va qarindoshlik” leksiksemantik ko‘lamining asosiy leksemasi hisoblanadi, garchi qadimgi ingliz jamiyatida
oila tushunchasi ingliz tiliga qadimgi norveg tilidan kelgan hiwscipe, hiwan so‘zida
mujassamlashgan bo‘lib, bu yerda hjon so‘zi “one of the house hold; married couple,
man and wife; domestic syervant” (“uy tutqichlaridan biri; turmush qurgan er-xotin,
erkak va xotin”) ma’nosini bildiradi. Qadimgi nemis tilida er va xotinni belgilovchi bir
xil ildizli hiwo so‘zi bo‘lgan. Shuningdek, gotik leksema haims so‘ziga ham e’tibor
qaratish o‘rinlidir, ularning ma’nosi qishloq “village” tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib,
qadimgi odamlar ongida katta, do‘stona oila degan ma’noni bildirgan, chunki bunday
jamiyatda oila tushunchasi, bugungi kundagi biz tushungan manoda mavjud emas edi.
U qadimgi inglizcha “home” degan ma’noni anglatuvchi leksemasining manbayi bo‘lib
xizmat qilgan.
XV-asrdan boshlab ingliz jamiyatida oila uchun umumiy nominatsiya bo‘lib
kelgan “family” leksema turkumi kelib chiqish jihatidan fransuzlarniki bo‘lmasa-da,
fransuz tilidagi famille so‘zidan o‘zlashtirilgan. (Трубачев О.Н., 2002:489.)
Etimologik tahlil jarayonida rus lingvisti M.M. Makovskiy familia so‘zi hindyevropa tillaridagi *tem- ildiziga borib taqalishini aniqladi, uning asl ma’nosi “kesish”,
“o‘yib chiqarish” (bu yerda yaratilish akti sifatida Xaosning ilohiy yorilishi haqidagi
mifologik g‘oya nazarda tutilmoqda). Ammo keyinchalik u “yaratish, tug‘ish”
ma’nosiga aylandi (ayolni oilaning davomchisi sifatida ishora).
“Family” so‘zi (famulus so‘zining ko‘pligi) lotin tilida taxminan 1540-yilda
familyga aylantirilgan va dastlab bir uyda yashovchi – qullar, xizmatchilar, uy
xo‘jaliklari a’zolari va boshqalar uchun umumiy belgi bo‘lgan. Oila “collective body of
persons who form one household under one head and one domestic government,

including parents, children, and servants, and as sometimes used even lodgers or

boarders” (“bir uy xo‘jaligi va bitta uy hukumati ostida, shu jumladan ota-onalar, bolalar

va xizmatchilar va ba’zan xizmat qiladigan uy xo‘jaligini tashkil etuvchi shaxslarning

jamoaviy birlashmasi”) deb atalgan. (Маковский М.М., 1999:125)

1580-yillarda u “those who descend from a common progenitor, a house, a

lineage” (“umumiy urug‘dan, uydan, nasldan kelganlar”) ma’nosini oldi. Biroz vaqt

o‘tgach, 1620-yilda oila “any group of things classed as kindred based on common

distinguishing characteristics” (“umumiy farqlovchi belgilarga ko‘ra qarindoshlik deb

tasniflangan har qanday guruh”, ya'ni bu holda qondoshlik munosabatlari ko‘zda

tutilmoqda) deb atala boshlandi. 1660-yildan boshlab “oila” tushunchasi ingliz tilida

quyidagi ikki ma’noda “parents with their children, whether they dwell together or

not”i“persons closely related by blood, including aunts, uncles, cousins” (“ota-onalar

farzandlari bilan birga yashaydilarmi yoki yo‘qmi” va “bir-biriga yaqin qarindoshlar,

shu jumladan xolalar, amakilar, amakivachchalar”) ishlatila boshlandi. Shunday qilib,

etimologik tahlil natijasida biz o‘rta ingliz davrida ham oila tushunchasi qondosh va

qondosh bo‘lmagan qarindoshlarini o‘z ichiga olganligini aniqlashga muvaffaq

bo‘ldik.

Kinship leksemasi qarindoshlik munosabatlarining nominatsiyasi sifatida ingliz

tilida taxminan 1764-yillarda paydo bo‘lgan. Bu kin so‘zi va -ship qo‘shimchasidan

tashkil topgan murakkab shakllanishdir. Qadimgi ingliz tilida qarindoshlik kini so‘zi

bilan ifodalangan bo‘lib, u tilda 1200-yildan boshlab synn shaklida ishlatilgan. Bu

so‘zning dastlabki ma’nosi “family” edi. Keyinchalik bu leksemada “race”, “kind,

sort”, “nature” kabi ko‘p ma’nolar vujudga kelgan. O‘rta ingliz tilida bu so‘z jinsni

bildirish (“gender, sex”) uchun ishlatilgan.

D. Xarperning fikriga ko‘ra, kin(<cynn)so‘zi proto-german o‘zagi kunjam

(“family”) asosida yaratilgan, shuning uchun biz ushbu dastlabki manba tilga borib

taqaladigan boshqa tillarda o‘xshash nominatsiyalarga (qarang: friz. kenn, saks. kunni,

qad. norv. kyn, daniyacha kjön, shved. kön, gotik. kuni va boshqalarga) duch kelamiz.

O‘z navbatida, kunjam hind-yevropacha gene – o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib,

“givebirth” (“tug‘ilish”) ma’nosiga ega bo‘lib, ona bilan emas, balki ota bilan (“beget”)

bog‘liq edi. (Хвостенко А.А.)

To‘g‘ri, urug‘ (nasl, zot) tushunchasining o‘zi hind-yevropa tillarining gen

o‘zagiga borib taqalib, bu lotincha gen - “urug‘” so‘zining asosini tashkil qilgan

(qarang. inglizcha gene‒ «gen»). Lotin tilidagi gen etimologik jihatdan kin –

“qarindoshlar, oila, urug‘lar” so‘ziga o‘xshashdir.

Demak, kin so‘zi o‘z mohiyatiga ko‘ra – familyning sinonimi. Ammo XVIII

asrning ikkinchi yarmida kin so‘zi – ship qo‘shimchasi yordamida kinship toifasiga

o‘tgan va shu tariqa yig‘ma otga aylangan. Bu so‘z yasovchi qo‘shimcha garchi proto-

german – skapaz (“condition, state”) va skap- (“tocreate, ordain, appoint”) o‘zaklariga

borib taqalsa-da, o‘rta ingliz tilida -schipe ko‘rinishida paydo bo‘lgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra, ingliz tilidagi “oila va qarindoshlik” leksiksemantik sohasining markaziy yadrosi “family” va “kinship” leksemalari tomonidan
tashkil etiladi. Ushbu atamalar atrofida oilaviy-qarindoshlik munosabatlarini
ifodalovchi boshqa leksik birliklar birlashgan holda qadimgi ingliz (anglo-sakson)
jamiyatida oila tushunchasining mazmun-mohiyati va evolyutsiyasini ochib beradi.
Etimologik va diaxronik tahlil shuni ko‘rsatadiki, “family” leksemasi dastlab uy
xo‘jaligi va xizmatchilarni qamrab olgan keng ma’noda ishlatilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi
bilan qondoshlik, umumiy nasl va yaqin qarindoshlar doirasiga torayib, zamonaviy
ma’noga ega bo‘lgan. “Kinship” esa qadimgi german va hind-yevropa ildizlariga borib
taqalib, asosan qon-qarindoshlik va nasl birligini ifodalovchi abstrakt tushuncha
sifatida shakllangan. Bu o‘zgarishlar anglo-sakson jamiyatining ijtimoiy tuzilishi (katta
xo‘jalikdan yadroviy oilaga o‘tish), turmush tarzi va dunyoqarashidagi
transformatsiyalarni aks ettiradi.
Qarindoshlik atamalari til lug‘at tarkibining muhim qismi bo‘lib, ularni guruhlash
va semantik tahlil qilish jamiyatning ijtimoiy tashkillashuvi, tarixiy-madaniy
rivojlanishi va mentaliteti bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu atamalarning ma’nosini
to‘liq ochish faqat etimologik, diaxronik va lingvokulturologik tahlil orqali mumkin
bo‘lib, bu orqali xalqning madaniy merosini rekonstruksiya qilish imkoniyati
yaratiladi.
Takliflar sifatida quyidagilarni keltiramiz:
Kelgusida ingliz tilidagi qarindoshlik atamalarining diaxronik tahlilini boshqa
german tillari (nemis, golland, skandinav tillari) bilan qiyosiy o‘rganish orqali
kengaytirish maqsadga muvofiq.
“Family va kinship” sohasidagi leksemalarni zamonaviy ingliz tilining dialekt va
variantlarida (amerika, avstraliya inglizchasi) o‘rganish orqali semantik o‘zgarishlarni
aniqlash.
O‘zbek tilshunosligida ushbu mavzuni rivojlantirish maqsadida ingliz va o‘zbek
tillaridagi oila-qarindoshlik atamalarini qiyosiy diaxronik tahlil qiluvchi maxsus
tadqiqotlar olib borish.
Etimologik lug‘atlar va zamonaviy korpus materiallaridan foydalangan holda
raqamli lingvistik usullar (korpus tahlili, semantik modellashtirish)ni qo‘llash orqali
tadqiqotni chuqurlashtirish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Harper D. Etymology Dictionary // URL: http://www.etymonline.com.
2. Longman Dictionary of Contemporary English. (2005) – London: II Summers
Della.
3. Macmillan English dictionary of advanced learners. (2002) – London:
Macmillan Publishers Limited.
4. Маъруфов З.М. (таҳр.) (1981). Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Биринчи
жилд. Москва: “Рус тили” нашриёти.
5. Маковский М.М. (1999). Историко-этимологический словарь
английского языка / М.М. Маковский. ‒ М.: Издательский дом «Диалог».
6. Merriam-Webster Online Dictionary (электрон ресурс). URL:
https://www.merriam-webster.com/ (Мурожаат санаси 24.01.2025).
7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. https://ziyouz.uz lugatlar.
8. Oxford Advanced English Learner's Dictionary (электрон ресурс). URL:
http://www.oxfordlearnersdictionaries.com/ .
9. Трубачев О.Н. (2002). Этногенез и культура древнейших славян:
Лингвистические исследования / О.Н. Трубачев. ‒ М.: Наука.
10. Воробьев В.В. (1996). Теоретические и прикладные аспекты
лингвокультурологии: автореф. Дис. … д-ра филол. Наук / В.В. Воробьев. ‒ М.
11. Хвостенко А.А. (2014). Терминология родственных отношений в
англосаксонском обществе и древнеанглийском языке / А.А. Хвостенко //
Филологические науки. Вопросы теории и практики. ‒ Тамбов: Грамота. ‒ №
(36): в 2-х ч. Ч. II.

REFERENCES:
1. Harper D. Etymology Dictionary / D. Harper // URL:
http://www.etymonline.com (In English).
2. Longman Dictionary of Contemporary English. (2005) – London: II Summers
Della, (In English).
3. Macmillan English dictionary of advanced learners. (2002) – London:
Macmillan Publishers Limited. (In English).
4. Ma’rufov Z.M. (tahr.) (1981). O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Birinchi jild.
Moskva: “Rus tili” nashriyoti (In Uzbek).
5. Makovskiy M.M. (1999). Istorichesko-etimologicheskiy slovar angliyskogo
yazyka / M.M. Makovskiy. – M.: Izdatelskiy dom «Dialog» (In Russian).
6. Merriam-Webster Online Dictionary (elektron resurs). URL:
https://www.merriam-webster.com/ (Murojaat sanasi 24.01.2025) (In English).
7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. https://ziyouz.uz lug‘atlar (In Uzbek).

8. Oxford Advanced English Learner's Dictionary (elektron resurs). URL:

http://www.oxfordlearnersdictionaries.com/ (Murojaat sanasi 24.01.2025) (In

English).

9. Trubachev O.N. (2002). Etnogenez i kultura drevneyshikh slavyan:

Lingvisticheskiye issledovaniya / O.N. Trubachev. – M.: Nauka (In Russian).

10. Vorobyev V.V. (1996). Teoreticheskiye i prikladnyye aspekty

lingvokulturologii: avtoref. dis. … d-ra filol. nauk / V.V. Vorobyev. – M (In Russian).

11. Xvostenko A.A. (2014). Terminologiya rodstvennyx otnosheniy v

anglosaksonskom obshchestve i drevneangliyskom yazyke / A.A. Xvostenko //

Filologicheskiye nauki. Voprosy teorii i praktiki. – Tambov: Gramota. – № (36): v 2-

x ch. CH. II (In Russian).