ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Nuzhau-t-tarf fi i’lmi-s-sarf” asarining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari

Yakubova Feruza Rashidovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

“NUZHAU-T-TARF FI I’LMI-S-SARF” ASARINING QO‘LYOZMA VA
TOSHBOSMA NUSXALARI

MANUSCRIPT AND LITHOGRAPHED COPIES OF THE WORK
"NUZHAT AT-TARF FĪ ILM AS-SARF"

РУКОПИСНЫЕ И ЛИТОГРАФИРОВАННЫЕ ЭКЗЕМПЛЯРЫ
СОЧИНЕНИЯ «НУЗХАТ АТ-ТАРФ ФИ ИЛЬМ АС-САРФ»

Yakubova Feruza Rashidovna
Oriental Universiteti

Tillar-1kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 847-57-31

E-mail: firuzaya1984@gmail.com.
Annotatsiya. Ahmad ibn Muhammad Maydoniyning “Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-ssarf” asarining turli qo‘lyozma va toshbosma nusxalari bugungi kunda dunyoning yirik
kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning salmog‘ini o‘rganish va tadqiq qilish bugungi
kunda dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada “Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-sarf”
asarning dunyo fondlarida saqlanayotgan toshbosma va qo‘lyozma nusxalari haqida
ma’lumotlar to‘plangan. Shuningdek, Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasi, Laleli
bo‘limi, 3140 inv. raqami ostida saqlanayotgan asarning tavsifi va tadqiqi amalga
oshirildi. Qo‘lyozmaning dastlabki sahifalarida uchraydigan she’riy misralar asosida
asarning muallifiga oid dalillar ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, qo‘lyozmaning birinchi
sahifasida keltirilgan “‫ ”نزهة الطرف فى علم الصرف لابن المفضل أحمد بن محمد المیداني‬jumlasi
muallifning shaxsini tasdiqlovchi asosiy ma’lumot sifatida tahlil qilinadi.
Qo‘lyozmaning o‘ziga xos xususiyatlari, undagi muhr, xotima va matn o‘rganildi.
Tadqiqot qo‘lyozmaning ilmiy qimmati va tarixiy ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so‘zlar: qo‘lyozma, sarf ilmi, Sulaymoniya kutubxonasi, nasx xati,
mualliflik dalillari, muhr, toshbosma, qo‘lyozma.
Abstract. The various manuscript and lithograph copies of Ahmad ibn
Muhammad Maydaniy’s “Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-sarf” are preserved today in major
libraries around the world. Studying and analyzing these copies has become one of the
pressing scholarly tasks of the present time. This article compiles information on the
lithograph and manuscript versions of “Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-sarf” held in
international manuscript collections. It also provides a descriptive and analytical study
of the copy preserved in the Süleymaniye Library, Laleli Section, under inventory
number 3140.
Based on the poetic verses found in the opening folios of the manuscript, the
article presents internal evidence related to the authorship of the work. Additionally,
the phrase written on the first page of the manuscript — “ ‫نزهة الطرف فى علم الصرف لابن‬

‫ — ”المفضل أحمد بن محمد المیداني‬is examined as a primary source confirming the author’s

identity. The study further explores the distinctive features of the manuscript, including

its seals, colophon, and textual characteristics.

Keywords: manuscript studies, Arabic morphology, Süleymaniye Library, naskh

script, authorship evidence, manuscript seal, lithograph, manuscript.

Аннотация: Различные рукописные и литографические копии трактата

Ахмада ибн Мухаммада аль-Майдани «Нузҳату-т-тарф фи ‘ильми-с- сарф» в

настоящее время хранятся в крупнейших библиотеках мира. Изучение и

исследование этих образцов является одной из актуальных задач современного

востоковедения. В данной статье собраны сведения о печатных и рукописных

редакциях «Нузҳату-т-тарф фи ‘ильми-с-сарф», находящихся в мировых фондах.

Кроме того, выполнено описание и исследование экземпляра, хранящегося в

библиотеке Сулеймания, отдел Лалели, под инвентарным номером 3140.

На основе поэтических строк, встречающихся на первых листах рукописи,

представлены внутритекстовые доказательства, относящиеся к авторству

произведения. Также рассматривается фраза, приведённая на первой странице

рукописи — «‫ — ,»نزهة الطرف فى علم الصرف لابن المفضل أحمد بن محمد المیداني‬которая

рассматривается как основное сведение подтверждающее личность автора.

В исследовании рассматриваются особенности рукописи, включая печать,

колофон и текстовое содержание. Работа раскрывает научную ценность и

историческое значение данной рукописи.

Ключевые слова: рукописные исследования, арабская морфология,

библиотека Сулеймания, письмо насх, свидетельства авторства, печать

рукописи, литографическая копия, рукопись.

KIRISH
Arab tilshunosligi tarixida sarf ilmi alohida o‘rin tutadi. Ushbu soha arab tilining
grammatik tizimini chuqur anglash, so‘zlarning shakl o‘zgarish qonuniyatlarini
izohlash va tilning ichki tuzilishini aniqlashda muhim ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Bu
yo‘nalishda yozilgan ko‘plab asarlar orasida Ahmad ibn Muhammad Maydoniyning
“Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-sarf” nomli asari o‘zining ilmiy aniqligi, soddaligi va
didaktik uslubi bilan ajralib turadi. Mazkur asar nafaqat o‘z davrida, balki keyingi
asrlarda ham sarf ilmini o‘qitishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
“Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-sarf” asarining turli qo‘lyozma va toshbosma nusxalari
bugungi kunda dunyoning yirik kutubxonalarida saqlanmoqda. Biroq ushbu
nusxalarning to‘liq ilmiy tahlili, ularning matniy farqlari, nusxalarning tarixiy va
madaniy konteksti hali yetarlicha o‘rganilmagan. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi
shundaki, u arab tilshunosligi tarixini chuqurroq anglash, Maydoniyning ilmiy

merosini qayta baholash va qo‘lyozmalar asosida asarning ishonchli matnini aniqlash

imkonini beradi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi “Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-sarf” asarining mavjud

qo‘lyozma va toshbosma nusxalarini aniqlash va o‘rganish, shuningdek, Sulaymoniya

kutubxonasining Laleli bo‘limida 3140 raqam ostida saqlanayotgan qo‘lyozmani

tadqiq qilish, ilmiy jihatdan tavsiflash, taqqoslash hamda matnshunoslik asosida tahlil

qilishdir. Shuningdek, tadqiqot asarning arab grammatik an’anasidagi o‘rni, sarf ilmi

rivojiga qo‘shgan hissasi hamda uning keyingi grammatik asarlarga ta’sirini yoritishga

qaratilgan.

Maqola natijalari arab tili tarixini o‘rganishda, sarf ilmini o‘qitishda hamda arab

qo‘lyozmalarini tavsiflash sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilmiy hamda amaliy

ahamiyatga ega. Shu bois, ushbu mavzuni o‘rganish arab tilshunosligi merosini yanada

boyitish, qadimiy grammatik an’analarni zamonaviy ilmiy muomalaga kiritish uchun

muhim qadamlardan biridir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Arab dunyosida Maydoniyning bu asari haqida ayrim qisqa ilmiy izohlar va
bibliografik ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa-da, to‘liq matnshunoslik tahliliga
bag‘ishlangan tadqiqotlar juda kam. Masalan, Ibn Anbariyning “Nuzhatu-l-albai”
(377:1998،‫ ,(الأنباري‬Ibn Xallikonning (XIII)“Vafoyotu-l-ayon”(1968:449،‫,( ابن خلكان‬
Yoqut Hamaviyning (XIII) “Irshadu-l-arib”(1993:24-28،‫ ,( یاقوت الحموي‬Jaloliddin
Suyutiyning (XVI)“Bug‘yot-u-l-vuot”(1964:248،‫ ( عبد الرحمن السیوطي‬kabi asarlarida,
shuningdek Abdul G‘affor bin Ismoilning “as-Siyaq” ( ‫عبد الغفار بن إسماعیل‬
‫ ,(الفارسي،مخطوطة‬Ibn Qiftiy (XIII)ning “Inbahu-r-ruvvot” (62:1903،‫ ,( ابن قفطي‬Hoji
Xalifa (XVII)ning “Kashfu-z-zunun” ( 1502:1941، ‫ ,( حاجي خلیفة‬As-Safadiy (1296–
1363) “Al-vafi bi'l-vafayat” (2000:305،‫ (خلیل بن أیبك الصفدي‬kabi asarlarida
Maydoniyning hayoti haqida ma’lumotlarni topamiz. Muallif haqidagi ilmiy
ma’lumotlar esa K.Brokkelman (1868-1956)ning “Tarixu-l-adabi-l-arabiy” ( ‫كارل‬
1968:511،‫ (بروكلمان‬asarida keltirilgan. Asarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari
haqida ba’zi ma’lumotlarni ham uchratish mumkin, ammo yetarli va to‘liq shaklda
emas.

Asarning biz o‘rganayotgan qo‘lyozma nusxasi ham ilgari tadqiq qilinmagan.
Shunday ekan, ushbu mavzu alohida tadqiqot obyekti bo‘la oladi deb hisoblaymiz.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqolada Ahmad ibn Muhammad Maydoniyning “Nuzhatu-t-tarf fi
i’lmi-s-sarf” asariga oid qo‘lyozma va toshbosma nusxalarini o‘rganish, ularning ilmiy
tavsifini berish, matniy farqlarni aniqlash va asarni ilmiy muomalaga kiritish asosiy

maqsad qilib olingan. Tadqiqot jarayonida manbashunoslik, qiyosiy-tahliliy, filologik

hamda matnshunoslik metodlari uyg‘un holda qo‘llanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Аhmad Maydoniyning “Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-sarf” asari arab tilshunosligi
tarixida alohida o‘rin tutadigan muhim grammatik manbalardan biridir. Asarda arab
so‘z yasalish tizimi chuqur nazariy asosda tahlil qilingan bo‘lib, u o‘z davrining ilmiyuslubiy talablari darajasida yozilgan. Asarning mazmunida sarf ilmining asosiy
bo‘limlari fe’llar tasnifi, ismlar yasalishi, vazn va asl harflar tizimi hamda ishtiqoq
qoidalari keng yoritilgan.
Ushbu kitobning ilmiy qiymati va qadri u bilan olimlarning qanchalik
qiziqqanliklari, uni o‘rganish, yod olish, ta’lim jarayonlariga kiritish orqali yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Bu ilmiy meros bir necha bor nashr etilgan, jumladan:
1. 1298-hijriy yilda ba’zi manbalarda va nusxalarida 1299-yilda deb keladi.
Konstantinoplda “Al-Javaib” matbaasida bosilgan. (1881،.№6913:“ ‫نزهة الطرف فى علم‬
‫.(”الصرف‬
2. 1401-hijriy yilda Bayrutdagi Dar al-afaq al-jadida nashriyotida chop etilgan.
3. 1402-hijriy yilda Misrdagi “Dar at-tib’a al-hadisa” nashriyotida, doktor Sayyid
Muḥammad ‘Abd Maqṣud Darvish tomonidan tahqiq va sharh bilan chop etilgan.

“Nuzhatu-t-tarf fi i’lmi-s-ṣarf” asarining qo‘lyozma hamda toshbosma nusxalari
bugungi kunda dunyoning turli kutubxona va muzeylari fondlarida saqlanmoqda.
Ushbu holat asarning ilmiy ahamiyati va keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Mazkur
tadqiqotda, Karl Brokkelman tomonidan keltirilgan bibliografik ma’lumotlar
o‘rganildi, hamda Turkiyadagi Sulaymoniya kutubxonasi fondlari o‘rganishi natijasida
asarning quyidagi qo‘lyozma va toshbosma nusxalari aniqlandi.

Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan asarning qo‘lyozma nusxalari:

“Laleli” bo‘limi 3140 raqam, “Fatih” bo‘limi 5065-004 raqam, “Shahid Ali
Pasha” bo‘limi 2588 raqam va 2582-001 raqam, “Ayasofiya” 4648 raqam (739-yil
ko‘chirilgan), hamda “Bursa inebey” kutubxonasi, “haracciog‘lu” bo‘limi 1621/1,
“Bag‘datli Vehbi” 1823-001, “Balikeshir mutasarrif Omer Ali Bey” kutubxonasi 187
raqam, “Beyazit” kutubxonasi B7898/6, Milliy kutubxona vez 68355 raqam, “Chorum
Hasan Pasha” kutubxonasi 3286/23 raqam va 2876/1, “Kastamanu Yazma Eser”
kutubxonasi 1237/03 raqamlari ostida saqlanadi. Shuningdek, asarning qo‘lyozma
nusxalari Ispaniya 2 №196 va Britaniya muzeyida №5964 (uchinchi 50) raqam ostida
saqlanmoqda.(1968:511،‫(كارل بروكلمان‬

Toshbosma nusxalari: Qohira 2 №m 12/ B 4 va Yahyo an-Nihoniy inoyati bilan
Istanbulda 1299-yilda nashr qilingan toshbosma nusxalari saqlanmoqda. ( ‫كارل‬
1968:511،‫ (بروكلمان‬Aynan shu nusxa yana AQSH ning Kongress kutubxonasining

Abdulhamid II (turk sultoni 1842-1918) kolleksiyasida ham mavjud

(https://www.loc.gov/resource/amedhamid 2.8444021).

Shuningdek, Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan quyidagi toshbosma
nusxalari aniqlandi:

Toshbosma nusxalari Sulaymaniya kutubxonasi “Tirnavali” bo‘limi 01714-001
raqam va “Sutluce Dergahi” bo‘limi 00366-001raqam va 00353-001 raqam, “Mehmed
Sefayihi” bo‘limi 00416-001, “Omer Sindel” bo‘limi 00560, “Osman Huldi O‘zturk”
00763-001, “Haseb Efendi” bo‘limi 00489-001, “Izmirli Ismail Hakki” 03715-001,
“Rajib Pasha” kutubxonasi 03601, “Kanya yozma eselar Bolge Mudurlugu”
BB00010797, “Millet” kutubxonasi 03902/1 raqami ostida saqlanadi.

“Nuzhau-t-tarf fi ilmi-s-sarf” asarining Konstantinopolda hijriy 1299-yil, milodiy
1881-yilda al-Javaib matbaasida chop etilgan toshbosma nusxalardan biri Toshkentda
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti qo‘lyozmalar fondida 6913
raqam ostida saqlanmoqda .

Mazkur Istanbul toshbosma nushasi majmua tarkibida berilgan, ya’ni 3 ta arab
tili grammatikasiga oid asarlar bir kitob qilib jamlangan. Ushbu majmuadan birinchi
asar: Muhammad Maydoniyning “Nuzhatu-t-tarf fi ilmi-s-sarf”, ya’ni (Sarf ilmiga
sayohat) kitobidir, ikkinchi kitob “Al-unmuzaj fi-n-nahv” (Nahv ilmidan namuna)
muallifi, zamona ustozi Mahmud ibn Umar Zamaxshariydir. Uchinchi kitob “Al-i’rab
fi-l-qavaidi-l-i’rab” (E’rob qoidalarida e’rob). Muallifi arab tilining imomi, so‘nggi
davr nahvchilarining eng fozili Jamoluddin Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf bin
Hishamdir. Shubhasiz ushbu uchlikdan tuzilgan majmua madrasalar uchun qo‘llanma
vazifasini o‘tagan deb ayta olamiz.

Ushbu maqolamizda asos qilib olingan qo‘lyozma Turkiyaning Sulaymoniya
kutubxonasida 3140 raqam ostida saqlanayotgan nusxa hisoblanadi. O‘lchami
190x140mm. bo‘lib, har bir sahifa 15, ba’zilari 16 satrni tashkil qiladi. Jami 126 betdan
iborat.

Asarning 1a varag‘ida Allohni, ilm ahlini, va Payg‘ambarni (s.a.v.) ulug‘lovchi
madhiy she'riy uslubda yozilgan matn bor, u 15 satrdan iborat bo‘lib, eski o‘zbek tilida
yozilgan. Ba’zi so‘zlar turkiy va forsiy elementlarni o‘z ichiga olgan shunday jumlalar
bilan boshlanadi:

ِ‫هَذا ف َْطرةُ الوَصْفِ مِن بَحرِ أ َْوصافِ حَمِیدَهِ حَضرَت‬
ِ‫ِسیمُرْغِ شَاهِ العِلْمِ وَكَشّافِ سِرِّ القُرآن‬

ِ‫ُسلطانِ مَل ِِك المَعْنَى سِرْتاجِ أ َْهلِ العِرْفَان‬
Bu madhiyali vasf Bahr ul-avsofdan (ya’ni “Sifatlar bahridan”) bo‘lib, u
hazratning (ilm ahli zoti) madhi xisoblanadi.
U — ilm podshohining Simurg‘i, Qur’on sirlarining kashfchisi,

Ma’no saltanatining sultoni, ma’rifat ahlining sartoji.

Bu yerda “hazrat” deganda asar bag‘shida qilingan shaxs Abi Bakr Said bin

Mas’ud abi Nasr Shahriyor bin Sherzod janoblari nazarda tutilgan. Chunki muallif

asarning muqaddima qismida asar shu kishiga bag‘ishlanganligini aytib o‘tadi.

“Simurg‘”- fors mifologiyasida bilim va ma’rifat ramzi bo‘lib, ilm ahlini, ma’rifat

egasini anglatadi. She’rning qolgan qismining mazmuni quyidagicha:

Usmon elining orasida Allohning ilmi bilan mashhur bo‘ldi.

U shariflar ichida ikkinchi darajali (ya’ni yuksak) zotdir,

Jonining balosi bo‘lsa ham ma’nolarni anglashdan to‘xtamaydi,

Uning umri Payg‘ambar muhrining shahdi va iymoni bilan quvvatlangan.

Uning fazilati doimiy bo‘lsin, baqosi abadiy bo‘lsin,

Biz uning nuridan hech qachon uzilmaylik.

Olamdagi odamlar u bilan izzatga erishsinlar,

Davlat dastori (toqi) boshiga kiyar darajada ulug‘ bo‘lsin,

Dunyoda faqirlik va kamchilik yo‘qolsin,

Allohning fazlu saxovati bilan Firdavs joyi bo‘lsin,

Uning yuzi nurli, qalbi toza, fursat va ziynat nuridir,

Ey saxiylik bulog‘i, sen — ummonday beqiyos insondirsan!

Demak, muallif vasf qilayotgan shaxsni buyuk olim, husnda, dinda mashhur inson

sifatida tavsiflaydi.

Asarning keyingi 1b varag‘ida yana bir she’riy parcha yozilgan bo‘lib, u ham eski

o‘zbek tilida yozilgandir. Ushbu she’riy parchada ba’zi so‘zlar turkiy va forsiy tilda

berilgan. U shunday satrlar bilan boshlanadi:

‫شول نَف ََسنك حُسْن َْك جَذَب َْك كُكْل َْم عَلْدَنك ن ََزر‬
‫ِهي آلْلَاه كُولُ ب ُُزلمَس كِمْ وَلَا آلْلَاه كُولُ ن ََزر‬
‫أ ُْبنِى حِسْن ِْك ل َْحنِ وَ مَسْكَنِ حَرَام أ َْندَر وُ كِبَا‬
‫ب ُْن حَرَامِ كُيُ كَافِى كِ ن ََغمْ حَلَالْ أ َْندَر ن ََزر‬
ِ‫ُحسْنِ ت َْندَر بُل ِْم ا َْو ب َْرن ِْش نُو رُخْشَنْ نَاخُش‬
‫َزا هِدَا أ َْنكَارِ ب َِعیشْ ذُ وِلَالَ آلْلَاه كُولُ ن ََزر‬

Sening nafasing va husning ko‘klam (bahor) oldida nazardir,

Allohning quli bo‘lgan kimsa, buni buzolmas va Allohning qulidan nazar ketmas.

Sening husning qo‘shig‘i va makoni harom bo‘lsa ham,

Bu haromni ko‘rish yetar, chunki uning nag‘masi haloldir.

Taning husni bilan yoringning yuzi nur sochar,

Bu she’r so‘fiy va muhabbat mazmunida yozilgan bo‘lib, she’rning oxirgi

misrasida Ahmad taxallusi qo‘llanilgan:

Foniy suratidan xavflanma», dedi dilbar,

«Ey Ahmad, qiyomatda so‘ralganingda — Alloh quli nazar bilan bo‘l.

Bu misra asar muallifi Ahmad Maydoniyga tegishli ekanini bildiradi. She’rda

“Alloh quli nazar” iborasi takrorlanib, go‘zallikni Allohning nuri va fazli deb

ko‘rsatadi, ya’ni go‘zallikni ko‘rish ham Allohning karomatidir. She’r 12 qatordan

iboratdir.

Asarning keyingi sahifasida asar muallifiga dalolat qiluvchi yana bir ma’lumot

bor:

‫نزهة الطرف فى علم الصرف لابن المفضل أحمد بن محمد المیداني‬

-Ibn Mufazzal Ahmad bin Muhammaf Maydoniyning “Nuzhat-t-tarf fi i’lmis-s-

sarf ”(asar)i.

Shuningdek, ushbu sahifada muhr ham mavjud bo‘lib, unda quyidagi yozuvlarni

o‘q‘ishimiz mumkin:

‫الملك لله وحده لا شریك له‬

‫السلطان لله الواحد القهار‬

-Mulk (moliklik) faqat Allohga xosdir, Uning sherigi yo‘q.

Sultonlik Allohning, yagona va qahhorning (hukmronlik Unikidir).

Muhrda kutubxona ma’lumotlari yozilgan. Unga ko‘ra asar Sulaymoniya

kutubxonasi, Laleli bo‘limida 3140 raqam ostida saqlanadi.

Nusxaning bosh qismida fors-tojik va turkiy so‘zlaridan iborat bo‘lgan matnlar

bo‘lishiga qaramay, asarning asosiy ilmiy qismi to‘liq arab tilida yozilgan. Yozuvi nasx

xat turiida bo‘lib, so‘zlarga harakat qo‘yilmagan. Shuningdek, qat’iy hamzalar ham

tushirib qoldirilgan.

Asar 10 ta asosiy bobdan, 2 fasl va 13 ta kichik bo‘limlardan iborat. Ismlarning

yasalishi, fe’llarning yasalishi, masdarlar, sifatdoshlar, hamzaga tegishli qoidalar,

buyruq mayli va fe’l boblari kabi arab tili grammatik kategoriyalari haqida so‘z

yuritiladi. Ayniqsa, fe’l va fe’l boblariga katta e’tibor berilgan. Har bir bob alohida

fasllarda bayon qilingan. Illatli harflarning tuslanish jarayonida o‘zgarishlarga

uchrashi, fe’llarning tuslanish jarayonida bir xillik masalalari keng ochib berilgan. Har

bir kotegoriya lo‘nda izohlar, qoidalar hamda ularni mustahkamlash uchun misollar

bilan boyitilgan. Muallif o‘z asarini “‫ ”لازم‬(o‘timsiz) va “‫ ”متعدّي‬(o‘timli) fe’llariga

bergan xulosasi bilan yakunlaydi.

O‘rganilayotgan qo‘lyozmaning so‘nggi varaqlarida asarning xotima qismi

joylashgan bo‘lib, u uchburchak shakl ichida berilgan. Qo‘lyozmaning kolofonida

kotib ismi, qachon ko‘chirib tugatgani kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin,

lekin nusxa ko‘chirilgan sana berilmagan bo‘lib, shavvol oyining o‘n beshinchi kuni

tugatilgani aytiladi.

‫فرغتُ من تحریر هذا الكتاب بعون الله المتعال في خامس شهر شوال، وأنا العبد الفقیر المحتاج إلى رحمة‬

‫ربّه الكریم جلال محمد بن الوسیم الكاتب‬

- Men ushbu kitobni Allohning yordami ila Shavvol oyining beshinchi kuni tahrir

qilishni tugatdim.Men – Robbimning rahmatiga muhtoj, faqir va kambagʻal

banda:Muhammad ibn al-Vasiym kotib

Kotib xotimasida sana, hijriy yil ko‘rsatilmasa-da, qo‘lyozmaning umumiy

paleografik xususiyatlari uning XIX asrga mansub bo‘lishi ehtimolini ko‘rsatyapti.

Xotimada muallif va uning ustozi Istirabodiy haqqiga duo qilinadi va yakun

yasaladi:

‫سقى الله ثراه، وأدام النفع بعلمه للطلاب، وجعل الاستراباديَّ شیخه المشهور بالفضل مرفوعَ المنزلة عند‬

‫الله وفي الدنیا اللهم اغفر له ولوالده ولأصحابه ولجمیع المسلمین بحق محمد وآله أجمعین .آمین. الطالب‬

-Alloh uning qabrini serob qilsin, ilmidan talabalarga yaxshilik yetkazishda

davom ettirsin, Va uning ustozi – al-Istirabodiyni, fazilati bilan mashhur olimni Alloh

huzurida va dunyoda maqomini baland qilsin. Ey Alloh, unga, uning otasiga,

doʻstlariga va barcha musulmonlarga magʻfiratihni nozil et Muhammad va uning oli

haqqi bilan.Omin.

Jalol Muhammad ibn Ahmadning xotimasi qo‘lyozmaning keng tarqalgan

o‘quvchi nusxasi bo‘lganini ko‘rsatadi. Uning yozuvi mukammal, xat tartibi an’anaviy,

imlo xususiyatlari esa XIX asrga dalolat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ahmad ibn Muhammad Maydoniyning “Nuzhat-ut-tarf fī i’lmi sarf” asari
qo‘lyozmasi va toshbosma nusxalari dunyoning mashhur kutubxonalaridan joy olgan,
ushbu asarni filologik va matnshunoslik asosida o‘rganish arab tilshunosligining
rivojiga, shuningdek, o‘zbek arabshunoslik maktabining boyishiga sezilarli hissa
qo‘shadi. Sulaymaniya kutubxonasi (Laleli bo‘limi, 3140 raqam)da saqlanayotgan
ushbu nusxa Maydoniy ilmiy merosining ishonchli manbasi bo‘lib, sarf ilmi tarixini
o‘rganish, arab qo‘lyozmalarining tekstologik talqinini chuqurroq tahlil qilish hamda
klassik lingvistik adabiyotlarni ilmiy muomalaga kiritish jarayonida alohida
ahamiyatga ega. Qo‘lyozmaning dastlabki sahifalarida uchraydigan she’riy misralar,
muhrlar va muallif nomining aniq ko‘rsatilganligi asarning muallifligini tasdiqlovchi
ma’lumotlardir. Ushbu qo‘lyozmaning nasx xatida yozilgani, harakatlar qo‘yilmagani
va qat’iy hamzalarning tushirilgani kabi xususiyatlar uning yozilish davri va xattotlik
an’analarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, asarning xotimasi
ham juda ahamiyatli bo‘lib, unda nusxa ko‘chiruvchining ismi hamda ko‘chirilgan
sanasi haqida qisman bo‘lsa-da ma’lumotlarga ega bo’la olamiz.
Tadqiqot natijalari ushbu asarning ilmiy qiymatini yana bir bor tasdiqlab,
Maydoniy merosining bugungi zamonaviy sarfshunoslikda ham dolzarb manba bo‘lib
qolayotganini ko‘rsatdi.

‫‪FILOLOGIYA‬‬ ‫‪Al-BUXORIY‬‬ ‫‪4 son, 2025-yil‬‬

‫:‪FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI‬‬

‫.‪1. Dairat al-Ma‘arif al-Islamiyah, 1-4-jild‬‬

‫‪2. Nasirova M. (2019) Tilshunoslik bilimlari tarixi. – Toshkent: Navro‘z‬‬

‫.‪nashriyoti‬‬

‫”‪3. Nosirova M. (2005) Mahmud Zamaxshariyning “Al-Unmuzaj fi-n-nahv‬‬

‫.‪risolasi‬‬

‫‪4.Қосимова С. (2019) XI-XIII асрларда Мовароуннаҳр тилшуносларининг‬‬
‫.‪араб грамматик назарияси бўйича илмий тадқиқотлари. Монография. – Тошкент‬‬

‫‪ .5‬أحمد بن محمد المیداني، نزهة الطرف فى علم الصرف، مخطوط، رقم‪3140:‬‬

‫‪ 5.‬ابو البركات كمال الدین عبد الرحمن بن محمد الأنباري، نزهة الألبا في طبقات الأدبا ، تحقیق محمد‬
‫أبو الفضل إبراهیم،مصر – القاهرة ‪۱٤۱۸‬هـ / ‪ ،۱۹۹۸‬ص‪337.‬‬

‫‪.8‬وفیات الأعیان وأنبا أبنا الزمان،أحمد بن محمد بن إبراهیم ابن خلكان،تحقیق: إحسان عباس – دار‬
‫صادر، بیروت، ‪1968‬م،الجز : ‪،3‬ص: ‪449‬‬

‫‪ .9‬إرشاد الأریب إلى معرفة الأدیب، شهاب الدین یاقوت الحموي،تحقیق: إحسان عباس – دار الغرب‬
‫الإسلامي، بیروت، ‪1993‬م،الجز : ‪،2‬ص: ‪-24‬‬

‫‪ .10‬بروكلمان كارل. تاریخ الأدب العربي. دار المعارف بمصر. الجز الخامس. ‪ 1975‬م.‬

‫‪ .11‬بغیة الوعاة في طبقات اللغویین والنحاة، جلال الدین عبد الرحمن السیوطي،دار الفكر، بیروت،‬
‫‪1964‬م،الجز : ‪،1‬ص: ‪249–248‬‬

‫‪ .12‬نباه الرواة على أنباه النحاة، جمال الدین أبو الحسن علي بن یوسف ابن قفطي، تحقیق: فلهلم سبیتا –‬
‫القاهرة، ‪1903‬م،الجز : ‪،1‬ص: ‪63–62‬‬

‫‪ .13‬كشف الظنون عن أسامي الكتب والفنون، مصطفى بن عبد الله حاجي خلیفة، دار إحیا التراث العثماني،‬
‫إسطنبول، ‪1941‬م، الجز : ‪،2‬ص: ‪1502‬‬

‫‪.14‬لوافي بالوفیات، صلاح الدین خلیل بن أیبك الصفدي، تحقیق: أحمد الأرناوط – ‪2000‬م،ج: ‪،1‬ص:‬
‫‪306–305‬‬

‫‪ .15‬تاریخ الأدب العربي، كارل بروكلمان، دار المعرفة، بیروت، ‪1968‬م،ص: ‪511‬‬

‫:‪REFERENCES‬‬
‫‪1. Nasirova, M. (2019). History of Linguistic Knowledge. Tashkent: Navro‘z‬‬
‫.‪Publishing House‬‬
‫‪2. Nosirova, Malika. (2005). Mahmud al-Zamakhshari’s Treatise “Al-Unmuzaj fī‬‬
‫.”‪al-Naḥw‬‬
‫‪3. Qosimova, S. (2019). Scholarly Studies on Arabic Grammatical Theory by the‬‬
‫‪Linguists of Mawarannahr in the 11th–13th Centuries. Monograph. Tashkent.. Nuzhat‬‬
‫‪al-Ṭarf fī ʿIlm al-Ṣarf. Al-Jawāʾib Press, Constantinople, 1881 (AD). Lithographic‬‬
‫‪edition. Inventory No. 6913.‬‬

‫- ‪- 65‬‬

‫‪FILOLOGIYA‬‬ ‫‪Al-BUXORIY‬‬ ‫‪4 son, 2025-yil‬‬

‫أحمد بن محمد المیداني، نزهة الطرف فى علم الصرف، مخطوط، رقم‪63140:‬‬

‫‪ .7‬ابو البركات كمال الدین عبد الرحمن بن محمد الأنباري، نزهة الألبا في طبقات الأدبا ، تحقیق محمد‬

‫أبو الفضل إبراهیم،مصر – القاهرة ‪۱٤۱۸‬هـ / ‪ ،۱۹۹۸‬ص‪337.‬‬

‫‪ .8‬وفیات الأعیان وأنبا أبنا الزمان،أحمد بن محمد بن إبراهیم ابن خلكان،تحقیق: إحسان عباس – دار صادر،‬

‫بیروت، ‪1968‬م،الجز : ‪،3‬ص: ‪449‬‬

‫‪ .9‬إرشاد الأریب إلى معرفة الأدیب، شهاب الدین یاقوت الحموي،تحقیق: إحسان عباس – دار الغرب‬
‫الإسلامي، بیروت، ‪1993‬م،الجز : ‪،2‬ص: ‪-24‬‬

‫‪ .10‬بروكلمان كارل. تاریخ الأدب العربي. دار المعارف بمصر. الجز الخامس. ‪ 1975‬م.‬

‫‪ .11‬بغیة الوعاة في طبقات اللغویین والنحاة، جلال الدین عبد الرحمن السیوطي،دار الفكر، بیروت،‬
‫‪1964‬م،الجز : ‪،1‬ص: ‪249–248‬‬

‫‪ .12‬نباه الرواة على أنباه النحاة، جمال الدین أبو الحسن علي بن یوسف ابن قفطي، تحقیق: فلهلم سبیتا –‬
‫القاهرة، ‪1903‬م،الجز : ‪،1‬ص: ‪63–62‬‬

‫‪ .13‬كشف الظنون عن أسامي الكتب والفنون، مصطفى بن عبد الله حاجي خلیفة، دار إحیا التراث العثماني،‬
‫إسطنبول، ‪1941‬م، الجز : ‪،2‬ص: ‪1502‬‬

‫‪.14‬لوافي بالوفیات، صلاح الدین خلیل بن أیبك الصفدي، تحقیق: أحمد الأرناوط – ‪2000‬م،ج: ‪،1‬ص: ‪–305‬‬
‫‪306‬‬

‫‪ .15‬تاریخ الأدب العربي، كارل بروكلمان، دار المعرفة، بیروت، ‪1968‬م،ص: ‪511‬‬

‫- ‪- 66‬‬