O‘ZBEKISTON – YEVROPA ITTIFOQI MUNOSABATLARINING
MAHALLIY TARIXSHUNOSLIKDA TADQIQ ETILISHI:
TENDENSIYALAR VA YONDASHUVLAR
THE STUDY OF UZBEKISTAN–EUROPEAN UNION RELATIONS IN
NATIONAL HISTORIOGRAPHY: TRENDS AND APPROACHES
ИЗУЧЕНИЕ ОТНОШЕНИЙ МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И
ЕВРОПЕЙСКИМ СОЮЗОМ В ОТЕЧЕСТВЕННОЙ ИСТОРИОГРАФИИ:
ТЕНДЕНЦИИ И ПОДХОДЫ
Ismatullayev Farxodjon Odiljonvich
Oriental universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”
kafedrasi professori v.b., tarix fanlari doktori(DSc)
Tel.: +998 938040089
E-mail: ismatullayevfarxodjon@gmail.com
Orcid 0009-0004-3159-4371
Annotatsiya. Maqolada O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik
aloqalari mahalliy tarixshunoslik nuqtayi nazaridan atroflicha tahlil qilingan. Shu
maqsadda muallif mavjud tadqiqotlarni va ilmiy adabiyotlarni o‘rganib, ularni
mazmun va yo‘nalishlariga ko‘ra guruhlarga ajratib, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha
solishtirma tahlil olib borgan. Muallif o‘zaro hamkorlikka oid ilmiy tadqiqotlarning
natijalarini inobatga olib, guruhlar orasidagi g‘oya va konsepsiyalarini ham yoritishga
harakat qilgan, bu esa maqolaning ilmiy ahamiyatini oshirgan.Shu bilan birga, muallif
tarixshunoslik izlanishlari orqali hamkorlikning mohiyati va uning rivojlanish
yo‘nalishlarini aniqlash mumkinligi haqida mulohaza yuritgan va bu yo‘nalishda
yaxshi natijalarga erishgan. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston hamda Yevropa
Ittifoqi hamkorligining manbalar va adabiyotlarini tahlil qilish orqali hamkorlikning
umumiy manzarasi va aloqalarning ko‘lami ham ko‘rsatilgan. Bu esa ilmiy
tadqiqotning ham nazariy, ham amaliy jihatdan qiymatini oshirib, masalaga kompleks
yondashuvni ta’minlagan.
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqi, tarixshunoslik, hamkorlik,
integratsiya, siyosiy jarayonlar, milliy mentalitet, maslahat uchrashuvi.
Abstract. The article provides a comprehensive analysis of Uzbekistan’s
cooperation with the European Union from the perspective of national historiography.
For this purpose, the author examines existing research and scholarly literature,
classifying them according to their content and thematic focus, and conducts a
comparative analysis of the issues addressed. Taking into account the findings of
academic studies on bilateral cooperation, the author also attempts to highlight the
ideas and conceptual approaches within these groups, which enhances the scholarly
value of the article. At the same time, the author argues that it is possible to identify
the essence and developmental trajectories of cooperation through historiographical
research and achieves notable results in this direction. The article also presents an
overview of the general landscape and scope of Uzbekistan–EU cooperation by
analyzing the relevant sources and literature. This, in turn, increases the theoretical and
practical significance of the research and ensures a comprehensive approach to the
subject.
Keywords: Uzbekistan, European Union, historiography, cooperation,
integration, political processes, national mentality, consultative meeting.
Аннотaция. В статье представлен всесторонний анализ сотрудничества
Узбекистана с Европейским Союзом в контексте нaциональной историографии.
С этой целью автор изучает существующие исследования и научную литературу,
классифицируя их по содержанию и тематической направленности, а также
проводит сравнительный анализ рассматриваемых в них вопросов. Учитывая
выводы академических работ, посвящённых двустороннему сотрудничеству,
автор стремится выявить идеи и концептуальные подходы, присущие этим
группам исследований, что повышает научную ценность статьи. Одновременно
автор утверждает, что посредством историографического анализа возможно
определить сущность и траектории развития сотрудничества, и достигает в этом
направлении заметных результатов. В статье также представлен общий обзор
состояния и масштабов сотрудничества между Узбекистаном и ЕС на основе
анализа соответствующих источников и литературы. Всё это, в свою очередь,
усиливает теоретическую и практическую значимость исследования и
обеспечивает комплексный подход к рассматриваемой проблематике.
Ключевые слова: Узбекистан, Европейский союз, историография,
сотрудничество, интегрaция, политические процессы, нaционалный
менталитет, консултaционная встреча.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik aloqalari
mustaqillik yillarida bir qator tarixshunoslar, siyosatshunoslar, huquqshunoslar va
boshqa sohaviy mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilgan, ularning tadqiqotlarida
hamkorlikning ayrim yo‘nalishlariga oid muhim ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
Shuningdek, sovet tizimi buzilib, uning o‘rnida yangi mustaqil davlatlar yuzaga kelishi
va ularning bugungi faoliyati ko‘plab xalqaro olimlar tomonidan ham tadqiq
etilmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham ushbu masalani
o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Chunki rivojlanish yo‘liga o‘tgan Markaziy
Osiyo davlatlari o‘zlari uchun andoza qidirib, turli davlatlarning bosib o‘tgan yo‘llarini
o‘rganib chiqmoqda. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining integratsiya tajribasi
Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham o‘ziga xos model bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Shu jihatlariga e’tibor qaratgan olimlar ushbu masalaga kengroq yondashib, ilmiy –
falsafiy nuqtayi nazardan tahlil etishga harakat qilishmoqda. Turkum maqolalar e’lon
qilinib, ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada olimlar tomonidan
mavzuga oid yozilgan ilmiy tadqiqotlarni yaxlit o‘rganish va tahlil etish maqsad
qilingan.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Agar biz o‘tgan o‘ttiz besh yillik hamkorlik tarixini tahlil qilar ekanmiz, ushbu
davr mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning
turli jabhalari mahalliy ekspertlar, tarixchilar, siyosatshunoslar hamda boshqa soha
vakillari tomonidan izchil tadqiq etilganiga guvoh bo‘lamiz. Mazkur tadqiqotlarda
mamlakatning mustaqillikka erishgan ilk yillaridan boshlab shakllangan tashqi siyosiy
strategiyasi, uning asosiy yo‘nalishlari hamda davlatning xalqaro maydonga chiqish
mexanizmlari alohida ilmiy qiziqish uyg‘otgan. Shu bilan birga, ilmiy adabiyotlarda
O‘zbekistonning global jarayonlarda tutgan o‘rni, xalqaro munosabatlarning
zamonaviy arxitekturasini shakllantirishdagi ishtiroki, shuningdek, jahon hamjamiyati
mamlakatlari va yеtakchi xalqaro tashkilotlar bilan olib borayotgan ko‘p qirrali va
o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati tizimli ravishda yoritib borilgan. Tadqiqotlar
davomida ikki va ko‘p tomonlama diplomatik aloqalarning evolyutsiyasi, iqtisodiy,
madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy hamkorlikning o‘ziga xosligi va istiqbollari ham
ilmiy tahlil markazida bo‘lgan. Umuman olganda, o‘tgan davr mobaynida yaratilgan
ilmiy meros O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyatini, xalqaro integratsiya
jarayonlarini hamda davlatning global tizimdagi o‘rnini chuqur o‘rganish imkonini
beruvchi muhim manbalar majmuini shakllantirgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ular orasida, eng avvalo, A.Kasimov, Z. Jo‘rayev, M. Rahimov, G. Mo‘minova,
H. Yunusov, O. Abdumo‘minovlarni monografiyalarini tilga olish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Mustaqillikning dastlabki yillarida yaratilgan ushbu mualliflarning ishlarida
respublikaning jahon hamjamiyatiga kirib borishi milliy mustaqillik mafkurasi nuqtayi
nazaridan tahlil qilingan. Shuningdek, ularda mamlakat tashqi siyosatining
shakllanishi va rivojlanishi masalalari ko‘rib chiqilgan hamda mustaqil O‘zbekiston
tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari yoritib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati va hamkorlik masalalariga
bag‘ishlangan monografik ishlar bir qator o‘zbekistonlik olimlar, jumladan, A.
Adegezalov va S. Bo‘ronovlar tomonidan nashr etilgan. Xususan, S.Sharapovaning
monografiyasida mustaqil O‘zbekistonning davlatlararo munosabatlar o‘rnatilishi
bilan umumjahon tizimiga kirib borishining o‘ziga xos jihatlari, respublikaning tashqi
siyosatiga tarixiy-ma’naviy meros hamda milliy mentalitetning o‘ziga xosligi,
madaniy qadriyatlar, mustaqillik mafkurasi kabi omillarning ta’siri tahlil qilingan.
X.G.G‘ulomov va A.G.Xolliyevlarning monografiyalarida O‘zbekiston
Respublikasining mustaqillik yillarida jahonning yirik mamlakatlari hisoblangan
Buyuk Britaniya va AQSh bilan olib borgan teng huquqli aloqalari aniq daliliy
ma’lumotlar asosida yoritib berilgan. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
maydondagi hamkorlik aloqalariga bag‘ishlangan A.Qirg‘izboyevning
monografiyasida O‘zbekistonning Osiyo qit’asidagi yеtakchi davlatlar bilan ko‘p
tomonlama hamkorligi keng ko‘lamda, daliliy materiallar jalb qilingan holda tahlil
etilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotni amalga oshirishda tarixshunoslikka murojaat etilgan holda mavjud
monografiyalar, dissertatsiyalar, maqolalar ilmiy tadqiq etildi. Zarur o‘rinlarda davriy
matbuot materiallaridan ham unumli foydalanildi. Jamlangan ma’lumotlar tasniflangan
holda qiyosiy tahlil etildi va yangi tadqiqotlar uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan
yo‘nalishlar ishlab chiqildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Mustaqillik yillarida mahalliy olimlar tomonidan O‘zbekistonning Yevropa
Ittifoqi va unga a’zo mamlakatlar bilan munosabatlari tarixiga bag‘ishlangan ilmiy
tadqiqot ishlari, ya’ni doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yaratildi. Ushbu
tadqiqotlarni tahlil qilish va o‘rganish natijasida, shu narsa aniqlandiki, mustaqillik
yillarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va hamkorlik
masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda xalqaro aloqalar va tarix fani
taraqqiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘ldi. Shu bilan birga hali tadqiq etilishi lozim
bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash imkoni yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatiga va xalqaro hamkorlik
masalalariga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyalari qatoriga E.Z.Nuriddinov,
A.Qirg‘izboyev, S.Sharapova, M.Rahimov, D.Sayfullayev, H. Jumaniyozov va O.
Abdumo‘minovlarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Mazkur mualliflar tomonidan
olib borilgan tadqiqot ishlari mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy
strategiyasi, tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlarining amaldagi holatini tarix fanida
ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganilganligi va tahlil etilganligidan dalolat beradi.
Jumladan, E.Z.Nuriddinovning doktorlik dissertasiyasi mustaqillik yillarida
O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalariga
bag‘ishlangan bo‘lsa (Nuriddinov E. Z., 2000:305), A.Qirg‘izboyevning
dissertasiyasida O‘zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan turli yo‘nalishlarda olib
borilgan aloqalari yoritib berilgan (Qirg‘izboyev A., 2004: 338) S.Sharapova esa
mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy xalqaro
munosabatlarda olib borgan ko‘p qirrali diplomatik siyosatini ochib bergan
(Sharapova S., 2006:50). D.Sayfullayev O‘zbekistonda madaniy diplomatiyaning
shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari haqida fikr yuritgan. Shu bilan birga xalqaro
munosabatlarda madaniy diplomatiyaning o‘rni naqadar muhim ekanligini ilmiy
asoslashga harakat qilgan (Sayfullayev D., 2020: 321). M. Rahimov esa Markaziy
Osiyoda barqarorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning o‘rni va
ahamiyati haqida fikr yuritib, o‘zining ilmiy xulosalarini olg‘a surgan. Shu o‘rinda
ta’kidlash joizki, ushbu tadqiqotlarning qiymati respublikadagi davlat arxivi, turli
vazirlik va tashkilotlarning joriy arxiv hamda davlat statistika agentligining
ma’lumotlariga asoslanganligi bilan va ularni ilk bor ilmiy jarayonda qo‘llanganligi
bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining jahondagi ko‘plab taraqqiy etgan mamlakatlar
bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan va olib borilayotgan jarayonlarni
yoritishga bag‘ishlangan bir qator nomzodlik dissertatsiyalarini ham ko‘rsatish
mumkin. Bu tadqiqotlar, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston
Respublikasining jahon hamjamiyati mamlakatlari bilan teng huquqli asosda o‘zaro
manfaatli aloqalar o‘rnatib, zamonaviy xalqaro munosabatlarning ishtirokchisiga
aylanganligini namoyish etadi. Shuningdek, mamlakatning ayrim xalqaro tashkilotlar
bilan olib borayotgan hamkorlik aloqalarini yoritishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham
mavjud. Bular ichida tadqiqotga taalluqli L.S.Xudoyqulova, G.Mo‘minova va
H. Yunusovlarning ilmiy ishlarini alohida aytib o‘tish joiz. Xususan,
L.S.Xudoyqulova O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuvini Yevropa Ittifoqining TASIS TEMPUS dasturi doirasida
yoritishga harakat qilgan. Keyingi tadqiqotchilar ushbu mavzuni huquqiy nuqtayi
nazardan o‘rganib, hamkorlikning siyosiy-huquqiy jihatlarini ilmiy tahlil qilgan.
Tadqiqotlarda ko‘tarilgan masalalarning qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, nomlari
qayd etilgan dissertasiyalarda O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi bilan har
tomonlama hamkorligi masalalari tarixiy nuqtayi nazardan batafsil ochib berilmagan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning xalqaro aloqalari mavzusiga bag‘ishlab
yozilgan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarining tobora ortib borishi ushbu
mavzuning naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatib, mamlakatning jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi masalalarini yanada kengroq tadqiq qilish ehtiyojini keltirib
chiqarmoqda. O‘z navbatida, ilmiy tadqiqotlarda olg‘a surilgan g‘oyalar ushbu
masalaning naqadar muhimligini ko‘rsatib, yangi tadqiqotlarda atroflicha yoritishda
o‘ziga xos yo‘nalish va manba bo‘lib xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqining kengayib borishi, mavjud muammolar,
boshqa mintaqalarga integratsiya jarayonlarida namuna modeli sifatidagi o‘rni hamda
xalqaro munosabatlar tizimidagi rolining kuchayib borishi (Nazarbayev N.A., 1997:
480), kabi jihatlari ko‘plab tarixchi va siyosatshunos olimlarning tadqiqot ob’ektiga
aylangan. Jumladan, tadqiqotlarda Yevropa Ittifoqining Mustaqil davlatlar
hamdo‘stligi hamda bevosita Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarining
rivojlanishi, yangi bitimlarni imzolanishi, yangi strategiyalarni ishlab chiqilishiga
bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar ya’ni dissertatsiyalar MDH mamlakatlarida
ham bajarildi (Sokolova N.V., 2010. 26). Bevosita, ayrim tadqiqotchilar Yevropa
Ittifoqi bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etishda
ko‘proq, o‘zaro ikki tomonlama savdo-iqtisodiy (Laumulin M.T., 2009: 72), va
madaniy-gumanitar hamkorlikning rivojlanishi (Gubaydullina M.Sh., 2010: 45), shu
bilan birga Markaziy Osiyoning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni (Tokayev K.K., 2008:
208), hamda mintaqadagi integratsiya jarayonlariga Yevropa Ittifoqining yuritgan
siyosati (Inomjonov X., 2008: 475) masalalariga e’tibor qaratgan (Bolgova I.V., 2005.
26). Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘plab olimlari, jumladan J.U.Ibrashev va
E.T.Esenbayevava boshqalar tomonidan mintaqa davlatlarining Yevropa Ittifoqi bilan
hamkorligi (Ibrashev J.U., Yesenbayeva E.T., 2001: 370) masalalariga bag‘ishlangan
ilmiy maqola va monografiyalar nashr etilgan (Akimbekov S.M., 2009:71). Ayniqsa,
R.Sayfulinning tadqiqotlarida Markaziy Osiyo davlatlaridagi integratsiya borasidagi
mavjud muammolar ko‘proq ochib berilgan (R.Sh. Sayfulin., 2007: 296).
Tadqiqotchilar orasida K.I.Bayzakova Yevropa Ittifoqining faoliyatiga tanqidiy
qaragani holda, uning loyihalarini istiqbolda Markaziy Osiyo mintaqasida amalga
oshirib bo‘lmasligini ta’kidlab, asoslashga urinadi (K.I.Bayzakova., 2011:15). Demak,
ushbu masala bo‘yicha nafaqat mahalliy tadqiqotchilar, balki qo‘shni davlatdagi
olimlar ham o‘zlarining ilmiy tahlillarini berib kelmoqda. Yuqoridagi fikrlardan
tadqiqotchilar masalaning ayrim tomonlarinigina tadqiq etishga, o‘zlarining ilmiy
xulosalarini berishga uringanliklarini ko‘rish mumkin. Ammo aksariyat mualliflar
Markaziy Osiyo kelajagini Yevropa Ittifoqi modelidagi integratsiyada ko‘rishadi.
Bunga yagona til, din, umumiy madaniyat va tarixda qariyb yеtmish yil birgalikda
yashagan davr tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.
Olimlarning qarashlari real voqelikka aylanayotganligini 2025-yil noyabr oyida
Toshkentda o‘tgan navbatdagi “Markaziy Osiyo davlatlari maslahat uchrashuvi”da
qabul qilingan qarorlar mazmunidan ham anglash mumkin bo‘ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat
sifatida yangi xalqaro munosabatlar tizimining shakllanishi va jahon miqyosidagi
global jarayonlarda faol ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar mahalliy hamda xorijiy
ilmiy doiralarda chuqur ilmiy qiziqish uyg‘otdi. Bu jarayon, bir tomondan, ko‘p ming
yillik o‘zbek davlatchiligi tarixining yangi bosqichini - mustaqillik davridagi tarixiy
voqealar, ayniqsa mamlakatning tashqi siyosati va xalqaro munosabatlar sohasidagi
yangilanishlarni ilmiy jihatdan o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqardi. Natijada,
O‘zbekistonning tashqi siyosiy strategiyasi, mintaqaviy va global darajadagi o‘rni,
nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali hamkorligi kabi masalalarga
bag‘ishlangan salmoqli monografiyalar, maqolalar va keng qamrovli tadqiqotlar
yaratildi.
Mustaqillik yillari davomida milliy tarixshunoslikda mazkur yo‘nalish
mustahkam ilmiy maktab sifatida shakllanib, mamlakatning tashqi munosabatlar
sohasidagi yutuqlari va tajribalarini ilmiy asosda tahlil qilish imkonini berdi. Shu bilan
birga, O‘zbekiston tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarining rivojlanishi xorijiy
ilmiy markazlar va chet el tadqiqotchilari tomonidan ham yuqori baholandi. Ular
tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar, tahliliy izlanishlar va monografiyalar
O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlik, integratsiya jarayonlari va global
hamkorlikka qo‘shayotgan hissasiga doir fikrlarni yanada boyitdi. Umuman olganda,
mazkur yo‘nalishdagi milliy va xalqaro tadqiqotlar majmuasi O‘zbekistonning
mustaqil taraqqiyot yo‘lini, uning tashqi siyosiy faoliyatining mohiyati va dinamikasini
ilmiy anglashga xizmat qiluvchi muhim manbalar tizimini vujudga keltirdi.
Masala mohiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
- Arxiv va diplomatik manbalardan foydalanishni kengaytirish. Milliy arxiv
fondlari, tashqi siyosat bo‘yicha maxsus hujjatlar, EI institutlarining ochiq ma’lumotlar
bazalaridan foydalanish munosabatlarning real tarixiy dinamikasini yoritishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
- Mahalliy tarixshunoslikda mavjud bo‘lgan bo‘shliq va kamchiliklarni aniqlab,
yangi ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish. Jumladan, xavfsizlik, raqamli diplomatiya,
savdo siyosati, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik tarixini maxsus tadqiq etish
istiqbolli yo‘nalishlar sirasiga kiradi.
- O‘zbek va Yevropa tadqiqotchilari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish.
Qo‘shma ilmiy loyihalar, konferensiyalar va akademik mobilitet dasturlarining
kengayishi mavzu bo‘yicha xalqaro ilmiy maktablar o‘rtasida fikr almashuvni
kuchaytiradi.
- Yevropa Ittifoqi institutlari arxivlarida maxsus tarixiy izlanishlar olib borishni
rag‘batlantirish. EI Komissiyasi, EI Kengashi va EI Parlamentining tarixiy hujjatlari
ikki tomonlama munosabatlarning institutsional poydevorini chuqurroq yoritishga
imkon beradi.
- Tadqiqot natijalarining amaliyotga yo‘naltirilishini kuchaytirish. Olingan ilmiy
xulosalar O‘zbekistonning zamonaviy Yevropa siyosati, xalqaro hamkorlik
strategiyasi va tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga ilmiy asos bo‘lib
xizmat qilishi zarur.
- Mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlar bibliografiyasini muntazam ravishda
yangilab borish. Mahalliy va xorijiy adabiyotlar monitoringi, yangilangan sharhlar va
bibliografik ko‘rsatkichlar kelgusidagi tadqiqotchilar uchun mustahkam ilmiy asos
yaratadi.
- Mahalliy tarixshunoslikdagi mavjud natijalarni tahliliy jihatdan
chuqurlashtirish. Ilgari yaratilgan tadqiqotlarning konseptual xulosalarini qayta
baholash, ulardagi metodologik yondashuvlarni zamonaviy xalqaro munosabatlar
tahlil standartlari bilan uyg‘unlashtirish talab etiladi.
- O‘zbekiston-EI munosabatlarining yangi davr bosqichini yorituvchi
fundamental tadqiqotlar tayyorlash. “Yangi O‘zbekiston” davrida amalga
oshirilayotgan islohotlar, modernizatsiya jarayonlari va ularning Yevropa bilan
hamkorlikka ta’siri yangicha tarixiy tahlil talab qiladi.
- Mahalliy ilmiy terminologiyani xalqaro standartlarga moslashtirish. Termin va
tushunchalar yagona ilmiy me’yor asosida qo‘llanishi tadqiqotlarning xalqaro ilmiy
maydonda tan olinishini oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Акимбеков С.М. (2009) Казахстан между Европой и Россией / Материалы
международной научно-практической конференции “Казахстан - Россия -
Европейский Союз: перспективы стратегического партнёрства (г. Алматы, 22
октября 2009 г.). Алматы, 2009. – С. 67-71.
2. Байзакова К.И. (2011) Фактор экономической дестабилизации ЕС и судба
программы «Пут в Европу» / Казахстан в глобальных процессах. 2011. №3. – С.
7-15.
3. Болгова И.В. (2005) Политика Европейского Союза в Закавказе и
Центральной Азии: 1993-2004 гг.: Автореф. дис. ... канд. истор. наук. – Москва,
2005. –C. 26.
4. Губайдуллина М.Ш. (2010) Европейский Союз - Центральная Азия -
Евразия: динамика интеграционных процессов / Вестник КазНУ, Алматы, 2010,
№5-6. – С. 40 - 45.
5. Ибрашев Ж.У., Есенбаева Э.Т. (2001) Европейский Союз во внешней
политике Казахстана. – Алматы, 2001. –370 с.
6. Иномжонов Х. (2008) Отношения Узбекистана с Европейским Союзом //
Центральная Азия: внешний взгляд. Международная политика с
центральноазиатской точки зрения. – Берлин: Фонд им. Ф. Эберта, 2008. (текст
на рус., нем.). – С. 464–475.
7. Қирғизбоев А. (2004) Ўзбекистон Республикасининг Осиё мамлакатлари
билан ҳамкорлиги: Тарих фан. д-ри ... дисс. – Тошкент: ЎзР ФА, 2004. – 338 б.
8. Лаумулин М.Т. (2009) Стратегия Европейского Союза в Центральной
Азии: основные этапы и цели // Казахстан в глобальных процессах. – Алматы.
2009. №2 (20). – С. 72-85.
9. Назарбаев Н.А. (1997) Европейский союз: идеи, практика,
перспективы.1994-1997. – Москва: Фонд содействия развитию социальных и
политических наук, 1997. – 480 с.
10. Нуриддинов Э. З. (2000) Международное сотрудничество Узбекистана
со странами Европы в условиях независимости: становление, развитие,
проблемы. Дис. … докт. ист. наук. – Ташкент: АН РУз, 2000. – 305 с.
11. Сайфуллаев Д. (2020) Ўзбекистон Республикаси маданий дипломатияси
шаклланиши ва ривожланиши : Тарих фан. д-ри(ДСс) ... дисс. – Тошкент: ТДШУ,
2020. – 321 б.
12. Сайфулин Р.Ш. (2007) Центральноазиатская интеграция: сложный путь
от декларации к реалиям / Проекты сотрудничества и интеграции для
Центральной Азии: сравнительный анализ, возможности и перспективы / Под
ред. А. А. Князева. – Бишкек, 2007. – 296 с.
13. Соколова Н. В. (2010) Политическая интеграция: генезис и перспективы
развития (на примере ЕС, СНГ, Союзного государства России и Беларуси).
Автореф. дис. … канд. полит. наук. – Воронеж, 2010. – 26.
14. Токаев К.К. (2008) Векторы внешней политики. Европейское
направление. – Алматы, 2008. Кн. 2. – 208 с.
15. Шарапова С. (2006) Многосторонняя дипломатия Республики
Узбекистан: участие в универсальных, региональных и субрегиональных
организациях, межгосударственных объединениях. Автореф. дис. … д-ра полит.
наук. – Ташкент: АГОСП РУз, 2006. – 50 с.
REFERENCES:
1. Akimbekov S.M. (2009) Kazaxstan mejdu Yevropoy i Rossiey / Materialы
mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii “Kazaxstan - Rossiya -
Yevropeyskiy Soyuz: perspektivы strategicheskogo partnyorstva (g. Almati, 22
oktyabrya 2009 g.). Almati. (In Russian)
2. Bayzakova K.I. (2011) Faktor ekonomicheskoy destabilizasii YeS i sudba
programmы «Put v Yevropu» / Kazaxstan v globalnыx protsessax. №3. (In Russian)
3. Bolgova I.V. (2005) Politika Yevropeyskogo Soyuza v Zakavkaze i Sentralnoy
Azii: 1993-2004 gg.: Avtoref. dis. ... kand. istor. nauk. – Moskva. (In Russian)
4. Gubaydullina M.Sh. (2010) Yevropeyskiy Soyuz - Sentralnaya Aziya -
Yevraziya: dinamika integrasionnыx protsessov / Vestnik KazNU, Almati. (In
Russian)
5. Ibrashev J.U., Yesenbaeva E.T. (2001) Yevropeyskiy Soyuz vo vneshney
politike Kazaxstana. – Almati. (In Russian)
6. Inomjonov X. (2008) Otnoshenie Uzbekistana s Yevropeyskim Soyuzom //
Sentralnaya Aziya: vneshniy vzglyad. Mejdunarodnaya politika s sentralno-aziatskoy
tochki zreniya. Berlin: Fond im. F.Eberta. (In Russian)
7. Laumulin M.T. (2009) Strategiya Yevropeyskogo Soyuza v Sentralnoy Azii:
osnovnыe etapы i seli // Kazaxstan v globalnыx protsessax. – Almatы. №2 (20). (In
Russian)
8. Nazarbaev N.A. (1997) Yevropeyskiy soyuz: idei, praktika, perspektivы.1994-
1997. – Moskva: Fond sodeystviya razvitiyu sotsialnыx i politicheskix nauk. (In
Russian)
9. Nuriddinov E. Z. (2000) Mejdunarodnoe sotrudnichestvo Uzbekistana so
stranami Yevropы v usloviyax nezavisimosti: stanovlenie, razvitie, problemы. Diss. ...
dokt. ist. nauk. – Tashkent: ANRUz. (In Russian)
10. Qirg‘izboev A. (2004) O‘zbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari
bilan hamkorligi: Tarix fan. d-ri ... diss. – Toshkent: O‘zR FA. (In Uzbek)
11. Sayfullaev D. (2020) O‘zbekiston Respublikasi madaniy diplomatiyasi
shakllanishi va rivojlanishi : Tarix fan. d-ri(DSs) ... diss. – Toshkent: TDShU. (In
Uzbek)
12. Sayfulin R.Sh. (2007) Sentralnoaziatskaya integrasiya: slojnыy put ot
deklarasii k realiyam / Proektы sotrudnichestva i integrasii dlya Sentralnoy Azii:
sravnitelnыy analiz, vozmojnosti i perspektivы / Pod red. A.A.Knyazeva. – Bishkek.
(In Russian)
13. Sharapova S. (2006) Mnogostoronnyaya diplomatiya Respubliki Uzbekistan:
uchastie v universalnыx, regionalnыx i subregionalnыx organizasiyax,
mejgosudarstvennыx ob’edineniyax: Avtoref. diss. d-ra ...polit. nauk. – Tashkent:
AGOSPRUz. (In Russian)
14. Sokolova N.V. (2010) Politicheskaya integrasiya: genezis i perspektivы
razvitiya (na primere YeS, SNG, Soyuznogo Gosudarstva Rossii i Belarusi). Avtoref.
diss. ... kand. polit. nauk. – Voronej. (In Russian)
15. Tokaev K.K. (2008) Vektorы vneshney politiki. Yevropeyskoe napravlenie.
– Almati, Kn. 2. (In Russian)