ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tibbiy va ekologik hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari

Ismatullayeva Zebo Shukurjanovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘ZBEKISTON VA GERMANIYA O‘RTASIDAGI TIBBIY VA
EKOLOGIK HAMKORLIKNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

DEVELOPMENT TRENDS OF MEDICAL AND ENVIRONMENTAL
COOPERATION BETWEEN UZBEKISTAN AND GERMANY

ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ МЕДИЦИНСКОГО И
ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ

И ГЕРМАНИЕЙ
Ismatullayeva Zebo Shukurjanovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti
“Tarix va ijtimoiy fanlar”
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 938040098

E-mail: zeboismatullayeva1987@gmail.com
orcid: 0009-0008-2633-4603

Annotatsiya. Maqolada O‘zbekistonning Germaniya bilan tibbiyot, ekologiya va
orolbo‘yi mintaqasini muhofazasi bo‘yicha hamkorlik aloqalari tahlil qilingan. Bunda
ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish holati, O‘zbekistonlik yoshlarni
Germaniyada davolanish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham mulohaza yuritilgan.
Muallif tibbiyot sohasidagi hamkorlikda, asosan, tug‘ma nuqsonli bolalarga yordam
ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilgan dasturlarga alohida e’tibor qaratgan. Bundan
tashqari, Orolbo‘yi aholisini qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘liqlarini tiklashda yordam
berish borasidagi hamkorlikdagi amaliy ishlar haqida ham batafsil mulohaza yuritgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilar ekan, muallif Germaniya tomoni
aynan ijtimoiy-gumanitar sohalardagi yordamlari, ayniqsa farmatsevtika borasida
benihoya samarali bo‘layotganligini statistik ma’lumotlar asosida ko‘rsatib berishga
harakat qilgan. Shu bilan birga, maqolada Germaniyaning “Yashil energetika”
borasidagi tajribasidan O‘zbekiston sharoitida unumli foydalanish masalalariga ham
urg‘u qaratgan. Maqolani tayyorlashda, maxsus adabiyotlar, dissertatsiyalar va davriy
matbuot nashrlaridan unumli foydalanilgan.

Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Germaniya, tibbiyot, xalqaro hamkorlik, orolbo‘yi
mintaqasi, farmasevtika, yashil energetika, imtiyozli kreditlar.

Abstract. The article analyzes Uzbekistan’s cooperation with Germany in the
fields of medicine, ecology, and the protection of the Aral Sea region. It examines the
development of bilateral relations and discusses the conditions created for young
people from Uzbekistan to receive medical treatment in Germany. The author pays
particular attention to specific programs implemented within medical cooperation,
especially those aimed at supporting children with congenital disorders. In addition,

the article provides a detailed discussion of joint practical efforts to support the

population of the Aral Sea region and help restore their health. While analyzing

relations between the two countries, the author seeks to demonstrate, based on

statistical data, that Germany’s assistance in the socio-humanitarian sphere-particularly

in the field of pharmaceuticals-has been highly effective. The article also highlights

issues related to the effective application of Germany’s experience in “green energy”

under the conditions of Uzbekistan. In preparing the article, specialized literature,

dissertations, and periodical press sources were extensively utilized.

Keywords: Uzbekistan, Germany, medicine, international cooperation, the Aral

Sea region, pharmaceuticals, green energy, concessional loans.

Аннотaция. В статье анализируются отношения сотрудничества

Узбекистана с Германией в сферах медицины, экологии и защиты Приаральского

региона. Рассматриваются состояние развития двусторонних связей, а также

условия, созданные для лечения узбекистанской молодёжи в Германии. Особое

внимание автор уделяет отдельным программам, реализуемым в рамках

медицинского сотрудничества, в частности инициативам по оказанию помощи

детям с врождёнными пороками развития. Кроме того, подробно

рассматриваются практические меры, предпринимаемые в сотрудничестве для

поддержки населения Приаральского региона и содействия восстановлению их

здоровья. Анализируя отношения между двумя государствами, автор стремится

на основе статистических данных показать высокую эффективность германской

помощи в социально-гуманитарной сфере, особенно в области фармацевтики.

Наряду с этим в статье подчёркиваются вопросы эффективного использования

опыта Германии в сфере «зелёной энергетики» в условиях Узбекистана. При

подготовке статьи были широко использованы специальные исследования,

диссертatsiи и материалы периодической печати.

Ключевые слова: Узбекистан, Германия, медицина, международное

сотрудничество, Приаральский регион, фармацевтика, зелёная энергетика,

льготные кредиты.

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda 180 dan ortiq mamlakatlar tomonidan
tan olinib, shulardan 159 tasi bilan diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan. O‘tgan
qisqa davrda jahondagi ko‘plab nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan
hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan. Respublikada olib borilayotgan samarali
ichki islohotlar va pragmatik tashqi siyosat xalqaro miqyosdagi imijining ko‘tarilishiga
va keng miqyosdagi e’tiroflarga yo‘l ochdi. Ayniqsa, Yevropaning taraqqiy etgan
davlatlari bilan ko‘p tomonlama munosabatlarning shakllantirilishi, O‘zbekiston uchun
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, so‘nggi ilm – fan yutuqlaridan foydalanish

imkoniyatlarini yaratdi. Bugungi kunda O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni

rivojlantirayotgan davlatlardan biri bu Germaniya hisoblanadi. Ikki tomonlama

hamkorlikning ko‘lami juda keng bo‘lib, jumladan, ekologiya va sog‘liqni saqlash

tizimida ham samarali munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu yo‘nalishda Germaniya

katta tajriba to‘plaganligi, O‘zbekiston esa ushbu muammolarni yеchishga

urinayotganligi nuqtayi nazaridan ushbu hamkorlik nihoyatda muhim hisoblanadi.

Ushbu maqolada, aynan shu yo‘nalishdagi natijalar hamda istiqboldagi loyihalar

xususida mulohaza yuritilib, muallif ayrim masalalarda ilmiy taxlil va xulosalarini

olg‘a suradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekistonning Germaniya bilan munosabatlari tarixiga oid adabiyotlarni
mazmuni jihatdan ikki guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq sanaladi. Birinchi
guruhga O‘zbekiston tashqi siyosati, xalqaro munosabatlar tarixiga oid yozilgan
monografiya va adabiyotlarni kiritish mumkin. Bunga taniqli olimlar M. Raximov, E.
Nuriddinov, S. Jo‘rayev, H. Yunusovlar tomonidan yozilgan adabiyotlarni misol
tariqasida keltirish mumkin. Ushbu adabiyotlarda O‘zbekiston va Germaniya
munosabatlariga qisman to‘xtalib o‘tilgan bo‘lsa-da, biz tadqiq etayotgan masalaga
atroflicha e’tibor qaratilmagan.
Ikkinchi guruh adabiyotlari esa bevosita O‘zbekiston – Germaniya
munosabatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ikki va ko‘p tomonlama iqtisodiy,
ijtimoiy- siyosiy va madaniy – gumanitar aloqalarga bag‘ishlanganligi bilan ajralib
turadi. Bevosita, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlik munosabatlari tarixi
tadqiqotchi G. Misharov tomonidan, iqtisodiy va madaniy aloqalar esa S. Umarovlar
tomonidan yoritib berilgan. Ularning tadqiqotlarida ekologiya va sog‘liqni saqlash
borasidagi aloqalar haqida ham qisman munosabatlar bildirilgan. Biroq, ushbu
yo‘nalishdagi hamkorlik munosabatlari keng ko‘lamli tarzda yoritilmagan. Ushbu
maqolada aynan shu sohadagi aloqalar, ya’ni tibbiyot, ekologiya va farmatsevtika
sohalaridagi hamkorlik munosabatlari tadqiq qilinadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotni yozishda ikki tomonlama munosabatlarda tibbiyot va ekologik
hamkorlik masalalari yaxlit tarzda va masalaga mazmuniga qarab ba’zi o‘rinlarda
qo‘shma tarzda - tahlil qiluvchi deskriptiv-eksplanator usullariga tayangan holda
amalga oshirildi. Manbalar sifatida rasmiy statistika, davlat va xalqaro tashkilotlar
hisobotlari, ikki davlatdagi ilmiy maqolalar, loyiha hujjatlardan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bu jahondagi
rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan

Germaniya Respublikasi bilan ko‘p sohalarda, jumladan, tibbiyot va ekologiya

sohalarida izchil hamkorlik amalga oshirilmoqda. Germaniya davlatida ekologiyaga

munosabat juda qat’iy qo‘yilgan va buning natijasida Yevropadagi eng yashil, havosi

toza davlatlardan hisoblanadi. Tibbiyot borasida ham rivojlanganlik darajasi bo‘yicha

dunyodagi top uchtalik davlatlari sirasiga kiradi. Va aynan ushbu yo‘nalishda xorijiy

mamlakatlarni qo‘llab- quvvatlash, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlash,

hamda ularni Germaniyada davolash kabi gumanitar maqsadlarni ko‘zlagan dastur va

loyihalari doirasida moliyaviy yordamlarni berib kelmoqda.

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni Germaniya davlati

qo‘llab-quvvatlamoqda. Germaniya hukumati 2005-yilgacha bo‘lgan davrda umumiy

hajmda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohasini isloh qilishga 140 mln. yevrodan ko‘proq

imtiyozli kreditlar ajratganligi buning yorqin tasdig‘idir (O‘zMA. F-m-2:27).

2002-yilda “Sog‘lom avlod uchun” fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti o‘rtasida uch

tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan

uyushtirilgan bemor bolalar o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik hayriya tadbirida

tana tayanch harakat tizimi, urologik xastaliklar bilan og‘rigan, terida kuyishdan

qolgan asoratlari bo‘lgan 3-12 yoshdagi 61 nafar bola tibbiiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Chet

el va mamlakatimizning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tibbiy

tekshiruv jarayonida 3 nafar bolaning Germaniyaga borib davolanishi uchun xulosa

berildi. Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik 2019-yilda ham davom ettirilib, dastlabki olti

oy davomida respublika bo‘yicha jami 37 nafar tug‘ma lab tanglay nuqsoni bo‘lgan

bola, shuningdek, “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi asosida tug‘ma oyoq nuqsoni

(maymoqlik) va qiyshiq bo‘yin tashxisi bilan 15 yoshgacha bo‘lgan 34 nafar bemor

o‘g‘il-qizda jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Shu bilan birga, terining

kuyish asoratlari bo‘lgan 22 nafar kichkintoy plastik jarrohlik amaliyotlari yordamida

sog‘lomlashtirildi (Sherqulov R., 2019). Statistika ma’lumotlariga ko‘ra

sog‘lomlashtirish loyihasi doirasida 2002 -2019-yillar davomida o‘zbekistonlik 387

nafar bemor bola terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l – oyoq bo‘g‘imlari xastaliklari

hamda boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolangan.

Uning doirasida 2002-yildan 2024-yilgacha 12 yoshgacha bo‘lgan 434 nafar

o‘zbekistonlik bola Germaniya klinikalarida uzoq muddatli – 6 oydan 2 yilgacha bepul

davolandi. Bundan tashqari, 2004-2024-yillar davomida “Friedensdorf International”

xalqaro tashkiloti ko‘magida O‘zbekistondagi klinikalarda tug‘ma nuqsoni bo‘lgan va

kuyish bilan og‘rigan 6743 nafar bemor davolandi. 20 yillik hamkorlik davrida ushbu

nemis tashkiloti “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga dori-darmon va tibbiy

buyumlar ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamini ham taqdim etdi

(https://jeddah.mfa.uz/news/26782?language=uz.). Ushbu xayriya jamg‘armasi

tomonidan 2020-yil 27-iyul kuni Sirdaryoda suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi bilan

bog‘liq tabiiy ofat natijasida aziyat ko‘rgan aholisiga yordam tariqasida gumanitar

yordam yuborildi. Insonparvarlik yordami tarkibida Germaniyada davolangan

o‘zbekistonlik bolalar uchun maxsus dori-darmonlar ham bor (Qodirov X., 2020.).

Ko‘rsatilayotgan ko‘mak va yordamlardan shu narsa ko‘rinadiki, Germaniya ko‘p

yillar davomida eng ishonchli va sinalgan hamkorlardan biri bo‘lib kelgan. Xususan,

Pandemiya sharoitida Germaniya O‘zbekistonga sog‘liqni saqlash hamda boshqa

sohalarni rivojlantirishga 180 million yevro ajratdi (Xalq so‘zi., 2020:25-noyabr). Shu

bilan birga, Germaniya COVAX tashabbusi doirasida koronavirusga qarshi vaksinalar

yetkazib berilishiga ko‘mak berdi. Bundan tashqari, Yevropaning yuqumli

kasalliklarni o‘rganish bo‘yicha yetakchi ilmiy markazi – Robert Kox instituti bilan

yaqin aloqalar o‘rnatilgan (Xalq so‘zi., 2021:19-mart).

Ushbu yo‘nalishdagi aloqalar davomi sifatida 2018-yil 23-26 may kunlari

akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi

hamda Qoraqalpog‘iston markaziy shifoxonasi delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi

amalga oshirildi (Xalq so‘zi., 2018:2-iyun). Tashrif davomida Berlindagi mashhur

Sharite jarrohlik klinikasiga tashrif buyurib, klinika bosh shifokori, professor M.

Shmelse boshchiligida jigar sohasida amalga oshirilgan ikkita operatsiyada ishtirok

etdilar. Ushbu hamkorlik yurtimizda ham istiqbolda shunday murakkab jarrohlik

amaliyotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatlarini oshiradi. Germaniyada

sog‘liqni saqlash sohasi yuksak rivojlangan. Ushbu sohadagi hamkorlik doirasida

Toshkent shahrida “Epsilon” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy onkologiya

klinikasi va reabilitatsiya markazi, Toshkent viloyatida “Opasca” kompaniyasi va

Mengaym universiteti klinikasi bilan birgalikda onkologiya klinikasini qurish kabi

muhim loyihalar amalga oshirilmoqda (Xalq so‘zi., 2019:29-may).

2019-yil may oyida bo‘lib o‘tgan hukumatlararo muzokaralar yakunlari bo‘yicha

Germaniya O‘zbekistonga 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan moliyaviy va texnik

hamkorlikni rivojlantirish uchun jami 123,8 mln. yevro miqdorida mablag‘ ajratishni

tasdiqladi. Ammo 2021-yil holatiga ushbu raqamlar qiymati 180 mln. yevrogacha

oshirildi. (Гюнтер Оверфельд. 2021:23).

Dunyo miqyosida farmatsevtika sohasida ham eng peshqadamlardan sanalgan

Germaniya tajribasidan foydalangan holda va ushbu davlatning investorlari bilan teng

sheriklik asosida ishlab chiqarish qamrovi oshib borayotgani e’tirofga loyiq.

Chunonchi, hozirda mamlakatimizda Germaniyaning eng nufuzli farmatsevtika

kompaniyalaridan biri-“Axxo Gmbh” bilan birgalikda mas’uliyati cheklangan jamiyat

shaklidagi “Uzgermed Pharm” qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda

ampulali inyeksiya eritmalari, dori vositalari, hamda tibbiy buyumlar ishlab

chiqarilmoqda. Hozirgi kunda nemis farmatsevtika korxonalari tomonidan 280 turdagi

dori vositalari, 114 turdagi tibbiy buyum va 301 turdagi tibbiy texnikalar O‘zbekiston

Respublikasida davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan (Кариев С. 2021: 37).

Yevropa Ittifoqi davlatlari ichida Orolbo‘yi aholisiga yordam ko‘rsatish borasida

Germaniya davlati yetakchilik qilmoqda (O‘zbekiston ovozi., 2005:17-mart). 2021- yil

holatiga Germaniya bilan hamkorlikda “Orolbo‘yini ekologik yo‘naltirilgan

mintaqaviy rivojlantirish” dasturi doirasida qiymati 8 mln. yevro bo‘lgan loyiha

amalga oshirilmoqda (O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi., 2021.№2). Bundan

tashqari 2016-yilda Germaniya hukumati tomonidan og‘ir ekologik vaziyatning

Orolbo’yi aholisiga salbiy ta’sirini kamaytirishga maqsadli yordam ko’rsatish uchun

700 ming dollar ajratilgan. Adenauer jamg‘armasi ko‘magida “Orol ekologik

fojiasining milliy va xalqaro aspektlari” simpoziumlari o‘tkazildi. Jurnalistlar guruhi

va nemis ijodiy ziyolilari vakillari tashabbusi bilan Orol haqida hujjatli film olindi.

Qoraqalpog‘istondagi bolalar kasalxonalariga dori-darmonlar va tibbiyot uskunalari

uchun mablag‘ yig‘ish tashkil qilindi, shuningdek, bu hududda suv tozalash

inshootlarini yaratish uchun mablag‘ to‘plandi (Xalq so‘zi., 2018: 28-mart.).

Germaniya “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi bilan iqlim o‘zgarishi oqibatlari

va u bilan bog‘liq tahlikalar borasidagi mintaqaviy muloqotga ko‘mak berishni

rejalashtirgan. 2022-yildan esa Markaziy Osiyoning barcha davlatlari o‘rtasida

energiya, suv va yer resurslari sohalarida hamkorlikni amalda amalga oshirishga

qaratilgan “Markaziy Osiyoda energiya-suv-yer o‘zaro bog‘liqligi” loyihasi orqali

2022-yildan boshlab yordam bermoqda. Bu iqtisodiy rivojlanish (jumladan,

transchegaraviy savdo, kasb-hunar taʼlimi, barqaror iqtisodiy rivojlanish), shuningdek,

atrof-muhit, iqlim va energetika masalalari boʻyicha (Markaziy Osiyoda ikki

tomonlama va mintaqaviy) loyihalar bilan toʻldiriladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Germaniya

Respublikasi alohida ahamiyatga ega. O‘tgan davrdagi munosabatlar izchil

davomiyligi borasida ham boshqa Yevropa davlatlaridan ustunlik qilib, eng ishonchli

sheriklardan biriga aylangan. Bundan tashqari O‘zbekistonda ekologik muvozanatni

yaxshilash borasida, Germaniya tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit va boshqa ilmiy

tadqiqot loyihalari ham samarali natija bermoqda.

Bilamizki, nemis tibbiyoti jahonda o‘zining yuksak sifati bilan e’tirof etilgan. Bu

sohada ham ikki tomonlama aloqalarda katta natijalar qayd etilmoqda. Ayniqsa, tug‘ma

jag‘ nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirishda

hamkorlik samarali kechmoqda. Har yil maxsus dastur asosida yuzlab o‘zbekistonlik

bolalar Germaniyada davolanish uchun yuborilmoqda. Bu o‘z navbatida davlat

tomonidan imtiyozli tarzda amalga oshirilib, muolaja natijalari ko‘plab bolalarni

o‘zlariga ishonchlarini oshishiga, ularni oilalariga esa kelajakka ishonchni

kuchayishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari farmatsevtika borasida ham samarali

aloqalar yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekistonda nemis standartlaridagi dori-darmonlar ishlab

chiqarilib, eksport qilinmoqda. Bularning barchasi o‘zaro hamkorlik aloqalarining

keng ko‘lamda rivojlanib borayotganligini ko‘rsatadi.

Masala mazmunidan kelib chiqqan holda quyidagi xulosaviy takliflar ishlab

chiqildi:

Birinchidan, tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish: O‘zbekiston va

Germaniya o‘rtasida tug‘ma nuqsonli bolalar va boshqa maxsus tibbiy ehtiyojga ega

bemorlar uchun qo‘shma dasturlarni kengaytirish va yangi klinik va ilmiy loyihalarni

amalga oshirish tavsiya etiladi.

Ikkinchidan, ekologik barqarorlik bo‘yicha qo‘shma dasturlarni rivojlantirish:

Orolbo‘yi mintaqasini tiklash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma

loyihalarni kengaytirish, mahalliy aholi ishtirokini oshirish va ilg‘or nemis tajribasini

tatbiq etish lozim.

Uchinchidan, yoshlar va mutaxassislarni malakasini oshirish:O‘zbekistonlik

shifokorlar, ekologlar va ilmiy tadqiqotchilarni Germaniyada o‘quv va amaliyot

dasturlariga jalb qilish orqali kadrlar salohiyatini oshirish tavsiya etiladi.

To‘rtinchidan, farmatsevtika va innovatsion texnologiyalardan unumli

foydalanish: Germaniyaning ilg‘or farmatsevtika va tibbiy texnologiyalarini

O‘zbekistonda keng tatbiq etish, ayniqsa aholining sog‘liqni saqlash xizmatlariga

kirish imkoniyatlarini yaxshilash lozim.

Beshinchidan, yashil energetika va barqaror rivojlanish tajribasini joriy etish:

Germaniyaning “yashil energetika” va ekologik barqarorlik sohasidagi tajribasini

O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, shu orqali mintaqaviy ekologik loyihalarni yanada

samarali amalga oshirish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. “Diplomat magazine” (2021). Германия Ўзбекистоннинг асосий
технологик ва сармоявий шерикларидан бири бўлиб келган ва шундай бўлиб
қолмоқда // Халқ сўзи. – 19 март.
2. Гюнтер Оверфельд (2021). Муносабатларнинг янги конструктив
даражаси // Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси. – Тошкент. – № 2. – Б. 23.
3. Қодиров Х. (2020). Германиядан Ўзбекистонга гуманитар ёрдам // Халқ
сўзи. – 29 июль.
4. Қорақалпоғистонлик фермерлар Германия тажрибасини ўрганишди
(2018) // Халқ сўзи. – 28 март.
5. Кариев С. (2021). Сифатли, самарали, хавфсиз фармацевтика
маҳсулотлари билан таъминлаш – ҳамкорликнинг асосий мақсади // Ўзбекистон
иқтисодий ахборотномаси. – Тошкент. – № 2. – Б. 37.

6. Молиявий технологиялар соҳасидаги ҳамкорлик (2021) // Ўзбекистон

иқтисодий ахборотномаси. – Тошкент. – № 2. – Б. 50.

7. Министерства иностранных дел. Германия и Узбекистан: двусторонние

отношения. https://www.kas.de/de/web/zentralasien/publikationen/einzeltitel/-

/content/central-asia-digest-nr-14

8. НА РУз. Пресс – релиз // Ф-м-2, д – 169, л - 27.

9. Ўзбекистон – Германия: Молиявий ва техникавий ҳамкорлик кенгаяди

(2005) // Ўзбекистон овози. – 17 март.

10. Ўзбекистон – Германия: сиёсий ишонч ўзаро муносабатларни

мустаҳкамлашга хизмат қилади (2020) // Халқ сўзи. – 25 ноябрь.

11. Ўзбекистон ва Германия: ўзаро манфаатли ҳамкорликни мустаҳкамлаш

йўлида (2019) // Халқ сўзи. – 29 май.

12. Ўзбекистон-Германия: умумий фаровонлик ва тараққиёт йўлидаги ўзаро

манфаатли ҳамкорлик. https://jeddah.mfa.uz/news/26782?language=uz.

13. Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги расмий веб-сайти.

https://gov.uz/oz/mfa/sections/view/14455.

14. Ўзбекистонлик врачлар Германияда жарроҳлик операцияларида

иштирок этди (2018) // Халқ сўзи. – 2 июнь.

15. Шерқулов Р. (2019). 16 нафар бемор бола Германияда даволанади // Халқ

сўзи. – 15 август.

REFERENCES:
1. “Diplomat magazine” (2021). Germaniya O‘zbekistonning asosiy
texnologik va sarmoyaviy sheriklaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib
qolmoqda // Xalq so‘zi. – 19 mart. (In Uzbek)
2. Gyunter Overfeld (2021). Munosabatlarning yangi konstruktiv darajasi //
O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. – Toshkent. – № 2. – B. 23. (In Uzbek)
3. Kariev S. (2021). Sifatli, samarali, xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan
ta’minlash – hamkorlikning asosiy maqsadi // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.
– Toshkent. – № 2. – B. 37. (In Uzbek)
4. Ministerstva inostrannыx del. Germaniya i Uzbekistan: dvustoronnie
otnosheniya. https://www.kas.de/de/web/zentralasien/publikationen/einzeltitel/-
/content/central-asia-digest-nr-14. (In Russian)
5. Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik (2021) // O‘zbekiston
iqtisodiy axborotnomasi. – Toshkent. – № 2. – B. 50. (In Uzbek)
6. NA RUz. Press – reliz // F-m-2, d – 169, l - 27. (In Russian)
7. O‘zbekiston – Germaniya: Moliyaviy va texnikaviy hamkorlik kengayadi
(2005) // O‘zbekiston ovozi. – 17 mart. (In Uzbek)

8. O‘zbekiston – Germaniya: siyosiy ishonch o‘zaro munosabatlarni

mustahkamlashga xizmat qiladi (2020) // Xalq so‘zi. – 25 noyabr. (In Uzbek)

9. O‘zbekiston va Germaniya: o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash

yo‘lida (2019) // Xalq so‘zi. – 29 may. (In Uzbek)

10. O‘zbekiston-Germaniya: umumiy farovonlik va taraqqiyot yo‘lidagi o‘zaro

manfaatli hamkorlik. https://jeddah.mfa.uz/news/26782?language=uz. (In Uzbek)

11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy veb-sayti.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati. https://gov.uz/oz/mfa/sections/view/14455.

(In Uzbek)

12. O‘zbekistonlik vrachlar Germaniyada jarrohlik operatsiyalarida ishtirok etdi

(2018) // Xalq so‘zi. – 2 iyun. (In Uzbek)

13. Qodirov X. (2020). Germaniyadan O‘zbekistonga gumanitar yordam // Xalq

so‘zi. – 29 iyul. (In Uzbek)

14. Qoraqalpog‘istonlik fermerlar Germaniya tajribasini o‘rganishdi (2018) //

Xalq so‘zi. – 28 mart. (In Uzbek)

15. Sherqulov R. (2019). 16 nafar bemor bola Germaniyada davolanadi // Xalq

so‘zi. – 15 avgust. (In Uzbek)