ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Sharqiy slavyan diasporasi ayollarining turkiston mintaqasidagi ijtimoiy-siyosiy faolligi (1918-1924)

Norbekov Suhrob Farxod o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SHARQIY SLAVYAN DIASPORASI AYOLLARINING TURKISTON

MINTAQASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGI (1918-1924)

SOCIO-POLITICAL ACTIVITY OF WOMEN FROM THE EASTERN
SLAVIC DIASPORA IN THE TURKESTAN REGION (1918-1924)

ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ ЖЕНЩИН
ВОСТОЧНОСЛАВЯНСКОЙ ДИАСПОРЫ В ТУРКЕСТАНСКОМ

РЕГИОНЕ (1918-1924)

Norbekov Suhrob Farxod o‘g‘li
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti “Jismoniy madaniyat va

gumanitar fanlar kafedrasi assistenti
Tel.: +998 99 876-41-49

E-mail:norbekovsuhrob96@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada 1918-1924-yillarda Turkiston ASSR va unga qoʻshni
Buxoro hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikalarida yashagan sharqiy slavyan (rus,
ukrain, belorus) diasporasi xotin-qizlarining oilaviy, mehnat va ijtimoiy-siyosiy
faolligi tahlil qilinadi. Unda diasporaning jamiyatdagi tuzilishi, “Ayollar boʻlimi”
(Женотдел) va boshqa sovet idoralaridagi ishtiroki, hamda maorif-tarbiya va sogʻliqni
saqlash sohalaridagi faoliyati oʻrganiladi. Tadqiqot tarixiy-arxiv hujjatlari, davr
statistikasi va zamonaviy ilmiy manbalarga tayangan holda tarixiy-komparativ va
gender yondashuvlari asosida olib borildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, diaspora xotinqizlari “Sharq ayolini ozod qilish” siyosatini joylarda amalga oshirish, “Ayollar
boʻlimi” orqali mahalliy ayollarni sovet jamiyatiga jalb qilish va ijtimoiy-maishiy
modernizatsiya jarayonini targʻib qilishda muhim vositachi boʻlgan. Ular bir vaqtda
anʼanaviy patriarxal qadriyatlar bilan yangi siyosat talablari oʻrtasida murakkab
muvozanat saqlashga majbur boʻlgan.

Kalit soʻzlar: sharqiy slavyan, ayollar, Turkiston ASSR, “Ayollar boʻlimi”,
gender siyosati, mehnat bozori, ijtimoiy faollik, mahalliy qadriyatlar.

Abstract. The article analyzes the family, labor, and socio-political activities of
women from the Eastern Slavic (Russian, Ukrainian, Belarusian) diaspora living in the
Turkestan ASSR and the neighboring Bukhara and Khorezm People's Soviet Republics
during 1918-1924. It examines the structure of the diaspora in society, their
participation in the Women's Department (Zhenotdel) and other Soviet institutions, as
well as their activities in the fields of education and healthcare. The study is based on
historical archival documents, period statistics, and contemporary scholarly sources,
employing historical-comparative and gender approaches. The findings demonstrate

that diaspora women served as important mediators in implementing the policy of

"emancipating Eastern women" at the local level, involving native women in Soviet

society through the Women's Department, and promoting socio-domestic

modernization. At the same time, they were compelled to maintain a complex balance

between traditional patriarchal values and the demands of the new Soviet policies.

Keywords: Eastern Slavs, women, Turkestan ASSR, Women's Department

(Zhenotdel), gender policy, labor market, social activity, local values

Аннотация. В статье анализируется семейная, трудовая и общественно-

политическая активность женщин восточнославянской (русской, украинской,

белорусской) диаспоры, проживавшей в 1918-1924 гг. в Туркестанской АССР, а

также в соседних Бухарской и Хорезмской Народных Советских Республиках.

Исследуется структура диаспоры в обществе, их участие в Женотделе и других

советских учреждениях, а также деятельность в сферах просвещения и

здравоохранения. Исследование проведено на основе исторических архивных

документов, статистических данных того периода и современных научных

источников с применением историко-сравнительного и гендерного подходов.

Результаты показывают, что женщины диаспоры выступали важным

посредником в реализации на местах политики «раскрепощения женщины

Востока», вовлечении местных женщин в советское общество через Женотдел и

пропаганде социально-бытовой модернизации. При этом им приходилось

сохранять сложный баланс между традиционными патриархальными

ценностями и требованиями новой советской политики.

Ключевые слова: восточные славяне, женщины, Туркестанская АССР,

Женотдел, гендерная политика, рынок труда, общественная активность,

местные ценности.

KIRISH

1918-1924-yillar Turkiston tarixida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlarning

tubdan qayta shakllangan davri bo‘lib, aynan shu yillarda sovet hokimiyati

barqarorlashtirilishi uchun siyosiy islohotlar amalga oshirilgan davr hisoblanadi.

Turkiston ASSR aholisi etnik jihatdan nihoyatda rang-barang bo‘lib, mahalliy

musulmon xalqlardan tashqari, rus, ukrain va beloruslar kabi sharqiy slavyan guruhlari

ham salmoqli ulushni tashkil etgan. XIX asr oxiridan boshlab Rossiya imperiyasining

mustamlakachilik siyosati natijasida mintaqaga ko‘plab slavyan aholisi ko‘chib kelgan.

Bu qatlam tarkibida ayollar ulushi ham yuqori bo‘lib, ayrim mahalla va qishloqlarda

rus ayollari soni erkaklar soniga teng yoki undan ortiq bo‘lgan.

Sovet hokimiyati “Sharq ayolini ozod qilish” shiori ostida yangi gender siyosatini

yo‘lga qo‘ydi va jamiyatdagi turli qatlamlarga, jumladan sharqiy slavyan diasporasi

ayollariga ham faol ijtimoiy-siyosiy ishtirokni targ‘ib etdi. Bu siyosat Turkiston

mintaqasida ham jadallik bilan tatbiq etilib, “Женотдел” (Ayollar bo‘limi) kabi

tuzilmalar, ayollar klublari, o‘quv kurslari va ishlab chiqarish jamoalari orqali ayollarni

ta’lim, mehnat va siyosiy tashkilotlar faoliyatiga jalb etishga qaratildi. Sharqiy slavyan

diasporasi ayollari aynan shu kanallar orqali yangi sovet tuzumining ma’rifiy, tibbiy

va siyosiy tizimlarida ko‘zga tashlana boshladi. Ularning rolini o‘rganmasdan

Turkistondagi mustamlakachilik merosi, sovet modernizatsiyasi va Markazning

mintaqada davlat qurilishi jarayonlari to‘liq anglab bo‘lmaydi.

Sharqiy slavyan diasporasi bo‘yicha tadqiqotlarda ayollarning o‘rni odatda

ikkinchi darajali mavzu sifatida tilga olinib kelgan. Biroq Turkistonda sovet gender

siyosatining, xususan “Женотдел” faoliyatining kengayishi natijasida diaspora

ayollari nafaqat ma’rifat va sog‘liqni saqlash sohasida, balki partiya va sovet

tuzilmalarida, mahalliy kengash va komissiyalarda ham sezilarli faollik ko‘rsatdilar

(Northrop, 2004). 1922-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiston ASSR bo‘yicha

“Женотдел” a’zolarining 34% ini sharqiy slavyan ayollar tashkil etgan (shundan 21%

- rus, 9% - ukrain, 4% - belorus ayollari) (GARF, f. R-702, op. 2, d. 91, l. 14). Bu

ko‘rsatkichlar ularning sovet gender siyosatidagi real ishtiroki va ta’sir doirasini yaqqol

namoyon etadi.

Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, 1918-1924-yillar Turkiston tajribasi

Sovet imperiyasi chegarasidagi periferiyada gender, etniklik va madaniy o‘zaro ta’sir

jarayonlarini bir vaqtning o‘zida tahlil qilish imkonini beradi. Mavjud tadqiqotlarda

asosan mahalliy musulmon ayollar misolida “Sharq ayolini ozod qilish” siyosati

yoritilgan bo‘lsa, sharqiy slavyan diasporasi ayollari tajribasi kam yoritilgan,

fragmentar holatda qolmoqda (Kamp, 2006). Mazkur bo‘shliqni to‘ldirish, sovet

modernizatsiyasi va mustamlakachilik merosining gender o‘lchovini yanada to‘liqroq

ochib berishga xizmat qiladi.

Shu nuqtayi nazardan ushbu maqolaning maqsadi – Turkiston ASSR va unga

chegaradosh Buxoro hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududlarida 1918-1924-

yillar davomida yashagan sharqiy slavyan diasporasi ayollarining (rus, ukrain,

beloruslar) siyosiy-mafkuraviy faolligi, ijtimoiy-maishiy hayoti va sovet gender

siyosati bilan o‘zaro ta’sirini tizimli ravishda tahlil qilishdir. Tadqiqot

“Женотдел”ning Turkistondagi bo‘limlari, partiya va sovet institutlari, mahalliy

ayollar tashkilotlari faoliyati hamda arxiv hujjatlari, rasmiy statistikalar va zamonaviy

ilmiy adabiyotlarga tayangan holda, sharqiy slavyan ayollarining oila, mehnat va

siyosatdagi o‘rni, shuningdek ularning mahalliy jamiyat va markaziy hokimiyat

o‘rtasidagi vositachilik rolini aniqlashga qaratilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Sharqiy slavyan diasporasi ayollari va ularning 1918-1924-yillarda Turkiston
hududidagi ijtimoiy-siyosiy faolligi masalasi bevosita markazga qo‘yilgan alohida

tadqiqotlar hozircha mavjud emas. Biroq mavzu uchta asosiy yo‘nalishdagi ilmiy

adabiyotlar kesishgan nuqtasida shakllanadi:

 Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik va ko‘chirish siyosati;
 Sovet gender siyosati, “Sharq ayoli” va “Женотдел” faoliyati;
 Sovet hokimyatining dastlabki davrida Turkiston, Buxoro va Xorazmning

siyosiy-ijtimoiy tarixi hamda modernizatsiya jarayonlari.

Mahalliy tarixshunoslikda Saipova K.D. (2011); Yuldashev H. (1920) va

M.Abdurazzoqova (1917–1924)ning ishlari Turkistonda rus aholisi tarixi, demografik

jarayonlar va migratsiya masalalarini yoritib, imperiyaviy ko‘chirish siyosatining

mahalliy ijtimoiy tuzilmalarga ta’sirini, Turkistonda XX asr boshlaridagi ijtimoiy

hayot, NEP davridagi iqtisodiy o‘zgarishlar va qishloq xo‘jaligiga ta’sirni o‘rgangan

bo‘lib, rus/slavyan aholisining umumiy roliga to‘xtaladi. Biroq bu ishlarda sharqiy

slavyan diasporasi ayollari alohida ijtimoiy qatlam sifatida ko‘rib chiqilmaydi; ular,

asosan, “rus aholisi”ning tarkibiy qismi sifatida umumiy fon doirasida tilga olinadi.

M. Kampning “The New Woman in Uzbekistan” asari 1920–1930-yillarda o‘zbek

ayollari misolida “yangi sovet ayoli” obrazining shakllanishi, islom, modernlik va

kommunistik islohotlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochib beradi (Kamp, 2006). Bular

bilan bir qatorda, A. L. Edgar Pan-islomiy va milliy kontekstda sovetlarning musulmon

ayollarini “emansipatsiya qilish” siyosatini tahlil qiladi (Edgar, 2006: 252–272),

keyingi monografiyasida esa sovet Markaziy Osiyosida millat qurilishi va imperiya

siyosatini chuqur yoritadi (Edgar, 2009). Bu ishlarda “Sharq ayoli” tushunchasi,

“Женотдел” va ayollar klublari keng yoritilgan bo‘lsa-da, tadqiqot markazida, deyarli

istisnosiz, mahalliy musulmon ayollar – o‘zbek, turkman va boshqa mahalliy xalqlar

vakillari turadi. Sharqiy slavyan diasporasi ayollari esa odatda “rus ayollari” degan

umumiy kategoriya doirasida, asosan markaziy Rossiya konteksti bilan bog‘liq holda

tilga olinadi yoki umuman e’tibordan chetda qoladi (Kamp, 2011: 89).

A. Khalidning “Islam after Communism” asari sovet va postsovet davrida

Markaziy Osiyoda din, millat va siyosat o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilib, sovet

modernizatsiyasi jarayonida islomiy jamoalar va ularning ijtimoiy institutlaridagi

o‘zgarishlarni yoritadi (Khalid, 2007). Bu yondashuv biz tadqiq etayotgan davrda

Turkiston jamiyatining diniy-madaniy fonini tushunish, diaspora ayollarining ham

mahalliy musulmon muhit, ham sovet tuzumi bilan o‘zaro ta’sirini anglashga nazariy

asos yaratadi. A. L. Edgar va boshqa mintaqaviy tadqiqotchilar sovet millat qurilishi

siyosati, qabila va qabilaviy tuzilmalarning o‘zgartirilishi, sovet institutlarining

periferiyadagi qabul qilinishi masalalarini ko‘tarib, ayollar masalasini millat va

imperiya siyosati bilan bog‘lab ko‘rsatadi (Edgar, 2009).

Biroq bu uch yo‘nalish kesishgan nuqtada – 1918–1924-yillarda Turkiston ASSR,

Buxoro va Xorazmda yashagan sharqiy slavyan diasporasi ayollarining (rus, ukrain,

belorus va boshqalar) ijtimoiy-siyosiy, mehnat va ma’naviy hayoti, ularning

“Женотдел” va boshqa sovet institutlari bilan munosabatlari, shuningdek mahalliy

jamiyat va markaziy hokimiyat o‘rtasidagi vositachilik roli – deyarli mustaqil tadqiqot

obyektiga aylantirilmagan.

Shu bois, mazkur tadqiqot mavzuning aynan mana shu jihatini – sharqiy slavyan

diasporasi xotin-qizlarining 1918–1924-yillardagi tajribasini mintaqaviy va gender

yondashuv asosida kompleks tahlil qilishni maqsad qiladi. Bu bilan u yuqorida qayd

etilgan adabiyotlarda parchalangan holda uchraydigan demografik, siyosiy va gender

ma’lumotlarni bir tizimga solib, Turkistondagi diaspora ayollarining murakkab

identifikatsiyasi va ijtimoiy funksiyalarini yangicha ilmiy nuqtayi nazardan yoritishga

intiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqot 1918-1924-yillarda Turkiston ASSR, Buxoro XSR va Xorazm
XSR hududlarida yashagan sharqiy slavyan diasporasi ayollarining ijtimoiy-siyosiy
hayoti, mehnat faoliyati va sovet gender siyosati bilan o‘zaro ta’sirini kompleks
o‘rganishga qaratilgan. Metodologiya mavzuning tarixiy-mintaqaviy murakkabligi,
manbaviy bazaning xususiyatlari va mavjud ilmiy adabiyotlarda aniqlangan
bo‘shliqlardan kelib chiqib quriladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Rossiya imperiyasining 1897-yilgi aholini ro‘yxatga olishiga ko‘ra, Turkiston
general-gubernatorligida ruslar soni 222 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 1920-
yillarga kelib bu raqam 500 mingdan oshgan (Poliakov, 2001). Tadqiqotimiz uchun
muhim tomoni shuki, ushbu aholining 40-45 foizi ayollar bo‘lgan va ular orasida faqat
“oila a’zosi” maqomidagi uy bekalari emas, balki o‘qituvchi, hamshira, texnik xodim
hamda partiya apparatida xizmat qiluvchi ayollar ham salmoqli ulushni egallagan
(Kamp, 2006).
1897-yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalariga tayangan holda, Sirdaryo viloyatida
mahalliy aholi tarkibi til belgisi bo‘yicha aniq nisbatlarda shakllangani ko‘rinadi:
qozoqlar -64 %, tojiklar -11 %, sartlar - 10 %, o‘zbeklar - 4 %. Ya’ni, viloyatning
demografik “til xaritasi”da asosiy ulush qozoqlarga to‘g‘ri kelib, qolgan guruhlar esa
ikkilamchi qatlam sifatida joylashgan. Ko‘chmanchi aholi orasida esa sharqiy slavyan
unsurlari son jihatdan katta bo‘lmasa-da, statistik jihatdan qayd etilgan: ruslar - 2,2 %,
ukrainlar -1 %, beloruslar - 0,1 %. Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkichlar nisbatan
balandroq bo‘lib, ruslar 3,2 %, **ukrainlar 2,2 %**ni tashkil etgan. Samarqand
viloyatida esa aksincha, slavyan guruhlari ulushi juda past darajada qolgan: ruslar -
0,5 %, ukrainlar - 0,1 % (K.D.Saipova, 2023)
1918-yilga kelib, Turkiston ASSR hududida qayd etilgan sharqiy slavyan
diasporasi - ya’ni ruslar, ukrainlar va beloruslar soni, ularning jinsiy tarkibi hamda

hududiy joylashuvi mazkur ijtimoiy guruhning mintaqadagi o‘rni va salmog‘ini yanada

ravshanlashtiradi. Diagramma ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar orasida 121 192 nafar

rus, 14 807 nafar ukrain, 1 936 nafar belorus ro‘yxatga olingan. Ayollar soni ham

e’tiborga molik darajada bo‘lib, 118 709 nafar rus ayoli, 9 931 nafar ukrain ayoli, 1

522 nafar belorus ayoli qayd etilgan. Demakki, bu ko‘rsatkichlar Turkiston hududida

slavyan aholi faqat “son” bilan emas, balki jinsiy mutanosiblik nuqtayi nazaridan ham

nisbatan barqaror demografik qatlam sifatida shakllanganini anglatadi (K.D.Saipova,

2023, 50-b.).

Hududiy ko‘rinishda Sharqiy slavyan ayollari Turkiston ASSRning yirik

shaharlari (Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Andijon) hamda yangi o‘zlashtirilayotgan

qishloq xo‘jaligi rayonlarida, xususan Farg‘ona vodiysi, “Голодная степь” (Och

dasht), Kurshab va Sirdaryo atrofidagi rus, ukrain va belorus qishloqlarida zich

yashaganlari arxiv ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi (FVD ar, f. 15, r. 1, ish 128).

Geografik doira Turkiston ASSR bilan cheklanmay, Buxoro Xalq Sovet

Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikalarini ham qamrab olgan. Kamp (2006)

va Edgar (2009) tadqiqotlarida Buxoro va Xorazmda joylashgan sovet muassasalari,

temiryo‘l va sanoat obyektlarida sharqiy slavyan diasporasi ayollarining mehnati qayd

etilgan bo‘lib, ular Sovet hukumatining mintaqaviy modernizatsiya loyihalarida ham

ishtirok etganini ko‘rsatadi.

Bolsheviklar uchun “Sharq ayolini ozod qilish” g‘oyasi strategik siyosiy

tamoyillardan biri bo‘lib, bu jarayonda “Женотдел” - partiya huzuridagi ayollar

bo‘limi markaziy vosita vazifasini bajargan (Northrop, 2004). Turkiston ASSR va unga

qo‘shni respublikalarda “Женотдел” bo‘limlari orqali ayollar klublari, ma’rifiy

kurslar, savodxonlik to‘garaklari tashkil etilib, bu jarayonga sharqiy slavyan ayollari

ham faol jalb etilgan (Kamp, 2006).

Davlat arxivlaridagi hujjatlar Farg‘ona vodiysida 1924-yilga kelib rus ayollari

rahbarligida faoliyat yuritgan 30 dan ortiq maktab va qishloq vrachlik punktlari

borligini tasdiqlaydi (O‘zMA, Fond R-33, op.1, d.141, l.19.). Bu fakt “Женотдел”

tashabbuslari nafaqat mahalliy musulmon ayollari, balki diaspora ayollari uchun ham

yangi ijtimoiy rollar ochganini ko‘rsatadi.

Tahlil natijalari shundan dalolat beradiki, Turkistonda madaniy ta’sirni yoyish va

uni ijtimoiy hayotga singdirish jarayoni tasodifiy emas, balki izchil uch bo‘g‘inli (uch

bosqichli) tizim asosida qaror topgan: boshlang‘ich institutsional ta’sir (maktablar) -

ommaviy madaniy tadbirlar (madaniy kechalar) - ijodiy birlashmalar va to‘garaklar

(madaniy singish). Mazkur “zanjir” bir-birini to‘ldirgan holda quyidagi mexanizm

orqali ishlagan.

Birinchidan, maktablar madaniy singishni rasmiy va ma’rifiy maydonga olib

kirib, uni normativ tartib sifatida mustahkamlagan: yangi qadriyatlar, intizom va xulq-

atvor me’yorlari dars jarayoni, tarbiya hamda tashkiliy talablar orqali tizimli ravishda

targ‘ib qilingan. Ya’ni maktab, bir tomondan, bilim beruvchi muassasa bo‘lsa, ikkinchi

tomondan, madaniy yo‘nalishlarni “qonun-qoida”ga aylantiruvchi institut vazifasini

bajargan.

Ikkinchidan, madaniy kechalar madaniyatni faqat “o‘qitiladigan” hodisa emas,

balki his qilinadigan va birga boshdan kechiriladigan ijtimoiy tajriba sifatida taqdim

etgan. Ommaviy ishtirok, jamoaviy muloqot va bayramona muhit orqali

madaniyatning qabul qilinishi kuchayib, u keng omma ko‘z o‘ngida legitim (maqbul

va “tabiiy”) tus ola boshlagan.

Uchinchidan, faol to‘garaklar va ijodiy birlashmalar madaniyatni amaliyotga

yaqinlashtirib, uni ijodiy o‘zlashtirish, qayta talqin qilish va kundalik hayotga moslab

qo‘llash imkonini bergan. Aynan shu bosqichda madaniyat “tashqaridan kiritilgan

namuna” bo‘lishdan chiqib, ishtirokchilarning faoliyati orqali qayta ishlangan va shu

tariqa “singish” jarayoni nisbatan barqaror tus olgan.

Shunday qilib, mazkur uch yo‘nalish - maktab, madaniy kechalar va to‘garaklar

o‘zaro uzviy bog‘langan holda Turkistonda sovet madaniyati talablariga moslashgan

yangi madaniy muhit hamda unga mos ijtimoiy makonni shakllantirishda asosiy

institutsional mexanizm sifatida xizmat qilgan.

Bunday madaniy aloqalar mahalliy aholining kundalik turmushida ham ko‘zga

ko‘rinarli o‘zgarishlarni yuzaga chiqargan. Xususan, ayollar hayotida qo‘l mehnati,

ozodalik-gigiyena, bolalarni parvarish qilish singari an’anaviy yo‘nalishlarda rus

ayollarining amaliy tajribasini ommalashtirish holatlari kuzatiladi (Yuldashev H.,

1990:49-53). Bu jarayon “turmush madaniyati”ning shakllanishida muhim omillardan

biri bo‘lib, kundalik odat va ko‘nikmalarni yangicha mezonlar asosida tartibga solishga

turtki bergan. Masalan, 1924-yilda Andijonda tashkil etilgan “Mehnatkash ayollar

klubi” doirasida rus va o‘zbek ayollari hamkorlikda savodxonlik mashg‘ulotlarini

tashkil etib, qo‘l mehnati bo‘yicha amaliy darslarni birgalikda olib borgan (O‘zMA, R-

33-fond, 1-ro‘yxat, 141-ish, 19-varaq).

Buxoro XSR misolida 1923-yildan boshlab ayollar klub va kurslarining tashkil

topishi, ularda rus va boshqa sharqiy slavyan ayollarining volontyor va “ma’naviy

yetakchi” sifatida ishtiroki qayd etilgani, diaspora ayollari sovet gender siyosatini

“uzatuvchi oraliq bo‘g‘in” sifatida harakat qilganini ko‘rsatadi. Xorazm XSRda esa

1924-yil boshidan xotin-qizlar qo‘mitasi ishining jonlanishi, rus ayollari tomonidan

tashkil etilgan tikuvchilik artellarida mahalliy xotin-qizlarga hunar o‘rgatilgani

haqidagi ma’lumotlar (O‘zR MA, f. 65, r. 3, ish 91) diaspora ayollarining amaliy kasb-

hunar orqali modernizatsiya g‘oyalarini singdirishganini namoyon etadi.

Tadqiqotdagi arxiv manbalari Sharqiy slavyan ayollari mehnat faoliyatining

sektoral tarkibini ko‘rsatish imkonini beradi. Farg‘ona vodiysi, “Голодная степь” va

Kurshab vodiysidagi rus qishloqlarida ayollar dehqonchilikda asosiy ishchi kuchi

sifatida qatnashgani, erkaklar bilan birga yer haydash, ekin ekish, hosil terish ishlarida

muntazam mehnat qilgani qayd etilgan (FVDAr, f. 15, r. 1, ish 48). Bu hol sovet davri

boshlanishida diaspora oilalarida ayol mehnati iqtisodiy zaruratdan kelib chiqqan holda

intensivlashganini ko‘rsatadi.

Mahalliy jamiyat bilan ijtimoiy-madaniy aloqalar va ziddiyatlar ham mavjud edi.

Turkiston hududida istiqomat qilgan sharqiy slavyan ayollari odatda “rus ayollari”

nomi bilan umumlashtirilgan bo‘lsa-da, ularning orasida ukrain, belarus, polyak,

yahudiy va boshqa sharqiy yevropalik guruhlar ham mavjud bo‘lgan. Bu xilma-xillik

mahalliy jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarda turlicha tajribalar keltirib chiqargan.

Masalan, ayrim yahudiy va polyak ayollarining rus tilini yaxshi bilmasligi yoki diniy

amaliyotdagi farqlar sababli mahalliy jamiyat bilan aloqalarda ehtiyotkorroq bo‘lgani

qayd etiladi.

Khalid (2007) va Kamp (2011) ishlarida an’anaviy musulmon jamiyatiga ega

bo‘lgan mahalliy aholining ayrim qatlamlari Sharqiy Yevropadan kelgan ayollarning

ochiq kiyimi, erkaklar bilan aralash mehnat jamoalarida ishlashi va ijtimoiy-siyosiy

faolligini tanqidiy qabul qilgani ko‘rsatiladi. Ayniqsa bolalar bog‘chalari, dorixonalar

yoki kasalxonalarda ishlayotgan rus ayollarining mahalliy bolalar va erkak bemorlar

bilan bevosita muloqoti ba’zan ijtimoiy qarama-qarshiliklarni kuchaytirgan. Bu hol

diaspora ayollarini sovet modernizatsiyasi talablari bilan mahalliy axloqiy me’yorlar

o‘rtasida muvozanat izlashga majbur etgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 1918-1924-yillarda sharqiy slavyan

ayollari ikki qarama-qarshi kuch-patriarxal gender me’yorlari va sovetcha

modernizatsiya bosimi ostida yashaganlar. Oila ichida ayolning bolalar tarbiyasi, uy-

ro‘zg‘or yuritish kabi an’anaviy vazifalari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, Sovet hokimiyati

ularni ishlab chiqarish, siyosat va jamoat hayotiga keng jalb etishga intilgan.

“Женотдел” hujjatlarida sharqiy slavyan oilalarida gender rollari mahalliy

musulmon oilalariga qaraganda ko‘proq “dunyoviy”, ammo hanuz patriarxal bo‘lgani,

shu bilan birga kolxoz, kooperativ va artellardagi jamoaviy mehnat orqali bu rollar

asta-sekin o‘zgarib borayotgani qayd etiladi. NEP davridagi savdo va kooperatsiya

faoliyatida ayollarning ko‘rinishi esa iqtisodiy faollik ortishi bilan bir qatorda, “oilaviy

patriarxat”ning moslashuvchan shakllarini ham yuzaga keltirgan.

“Женотдел”, xotin-qizlar qo‘mitalari, ayollar klublari va kurslarida rus, ukrain va

boshqa sharqiy slavyan ayollarining qatnashuvi ularni gender siyosatining

“tashuvchisi” va mahalliy ayollar uchun “namunaviy sovet ayoli” obraziga

yaqinlashtirgan.

Diaspora ayollari qishloq xo‘jaligida asosiy ishchi kuch sifatida, tikuvchilik va

hunarmandchilik ustaxonalari tashkilotchisi, temiryo‘l qurilishi va xizmat sohalarida

mehnat qilganlari bilan ajralib turadi.Ta’lim va tibbiyotdagi rolini rus ayollari

boshqaruvidagi ko‘plab maktab va qishloq vrachlik punktlarining mavjudligi diaspora

ayollarining sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimida katta o‘rin tutganini dalillaydi.

Ijtimoiy-madaniy ziddiyatlar: Khalid (2007) va Kamp (2011) ko‘rsatganidek,

mahalliy musulmon jamiyati bilan madaniy-diniy tafovutlar diaspora ayollari

faoliyatini ko‘p hollarda ijtimoiy qarama-qarshiliklar bilan kechishiga olib kelgan;

shunga qaramay, ular sovet talablari va mahalliy qadriyatlar orasida muvozanat

izlashga majbur bo‘lgan.

Umuman, 1918–1924-yillarda Turkiston ASSR, Buxoro XSR va Xorazm XSR

hududlarida yashagan Sharqiy slavyan diasporasi ayollari sovet modernizatsiyasi,

gender siyosati va millatlararo munosabatlar kesishgan nuqtada shakllangan murakkab

tarixiy tajribani namoyon etadi. Arxiv hujjatlari va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bu

guruhni nafaqat “mustamlaka davri kolonistlari oilalari a’zolari”, balki iqtisodiy,

siyosiy va madaniy transformatsiyalarni amalda amalga oshirgan faol subyekt sifatida

ko‘rsatmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR
1918-1924-yillarda Turkiston ASSR, Buxoro XSR va Xorazm XSR hududlarida
yashagan sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus) ayollari sovet davlatchiligi va
modernizatsiya jarayonlarining muhim subyekti bo‘lgan.
1918-1924-yillar oralig‘ida Turkiston o‘lkasida bosqichma-bosqich amalga
oshirila boshlagan sotsialistik madaniy islohotlar tizimida eng muhim yo‘nalishlardan
biri - ayollarni jamoat hayotiga faol jalb etish, ularning ijtimoiy maydondagi ishtirokini
kengaytirish masalasi bo‘ldi. Bu davrda ayol faqat oilaviy-turmush doirasidagi
an’anaviy rol bilan cheklanib qolmasligi, balki ta’lim, mehnat, tashkilotchilik va
ommaviy tadbirlarda ham ko‘rinish berishi lozimligi g‘oyasi ilgari surildi.
Sovet madaniy siyosati ayollar ijtimoiy faolligini oshirishni tasodifiy tashabbus
emas, balki “yangi jamiyat”ni barpo etishning mantiqiy bo‘g‘ini sifatida ko‘rsatdi. Bu
jarayon “jinsiy tenglik” shiori ostida asoslanib, ma’rifatni keng yoyish, savodxonlikni
oshirish hamda ishchi-mehnatkashlarni uyushtirish (tashkillashtirish va safarbar etish)
bilan uzviy bog‘langan “tabiiy” yo‘nalish sifatida talqin qilindi. Boshqacha aytganda,
ayolning jamoat hayotiga chiqishi sovetcha tasavvurda nafaqat huquqiy tenglikning
ifodasi, balki jamiyatni yangilash, mehnat va ma’rifat orqali uni “qayta qurish”
strategiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida tushuntirildi.
Sovet hukumatining “Sharq ayolini ozod qilish” siyosati doirasida “Женотдел”
tarmog‘i orqali diaspora ayollari propagandachi, o‘qituvchi va tibbiy xodim tariqasida
safarbar etildi. Farg‘ona vodiysi, “Голодная степь” va Kurshab qishloqlarida ayollar
dehqonchilikda asosiy ishchi kuch sifatida qatnashgan bo‘lsa, Toshkent va Andijon
atrofida ko‘proq savdo, maktab yordamchisi va vrach yordamchisi sifatida faoliyat

yuritgan. Buxoro viloyatidagi temiryo‘l qurilishida ukrain ayollari mehnati qayd

etilgan.

Mahalliy musulmon jamiyati ayrim qatlamlarining sharqiy yevropalik ayollarning

kiyinish uslubi va jamoat faoliyatiga tanqidiy munosabati diaspora ayollarini sovet

talablarini mahalliy qadriyatlar bilan muvofiqlashtirishga majbur qilgan.

Umuman, sharqiy slavyan diasporasi ayollari iqtisodiy, siyosiy va madaniy

jarayonlarda faol ishtirok etgan, sovet gender siyosatini mahalliy muhitga tatbiq

etuvchi oraliq ijtimoiy qatlam sifatida shakllangan.

Ushbu tadqiqot doirasida quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin deb

hisoblaymiz:

Arxiv tadqiqotlarini kengaytirish - Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari

bo‘yicha “Женотдел”, xotin-qizlar qo‘mitasi, kolxoz va artellar haqidagi fondlar

tizimli ravishda raqamlashtirilib, maxsus katalog tuzish taklif etiladi.

Sharqiy slavyan ayollari ishtirokida qayd etilgan hujjatlar alohida tematik to‘plam

sifatida nashr qilinishi maqsadga muvofiq.

1924-yildan keyingi davr (milliy-hududiy chegaralashdan so‘nggi yillar)da

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududlarida sharqiy slavyan ayollarining

maqomi va rolining o‘zgarishi alohida tadqiq qilishni talab etadi.

Sharqiy slavyan ayollari obrazi sovet matbuoti, plakatlari va adabiyotida qanday

aks etganini (gender stereotiplari, “yangi sovet ayoli” modeli) tahlil qilish ham

istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Mazkur takliflarni amalga oshirish 1918–1924-

yillarda Turkiston mintaqasida sharqiy slavyan diasporasi ayollari tarixini yanada

to‘liqroq, kompleks va ko‘p o‘lchamli tarzda tiklash imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Abdurazzoqova M. (1981). Turkistonda madaniyat va san’at siyosati (1917–
1924)., – B. 51. Tashkent: Fan.

2. Edgar A. (2006). “Emancipation of the Unveiled: Soviet Muslim Women and
the Bolshevik Project.” In: Suny, R. G. & Martin, T. (eds.), A State of Nations: Empire
and Nation-Making in the Age of Lenin and Stalin (pp. 253–274). New York: Oxford
University Press.

3. Edgar A. (2009). The Making of Soviet Central Asia: Nationalism and Empire
in the Early USSR. Princeton: Princeton University Press.

4. Engel B. A. (1992). Between the Fields and the City: Women, Work, and
Family in Russia, 1861–1914. Cambridge: Cambridge University Press.

5. Kamp M. (2006). The New Woman in Uzbekistan: Islam, Modernity, and
Unveiling under Communism. Seattle: University of Washington Press.

6. Kamp M. (2011). “Soviet Family Policy and the Emergence of ‘New Women’
in Uzbekistan.” Central Asian Survey, 30(1), 123–140.

7. Northrop D. (2004). Veiled Empire: Gender and Power in Stalinist Central
Asia. Ithaca: Cornell University Press.

8. Саипова К. Д. (2011). История Народного комиссариата по национальным

делам ТАССР: Национальный вопрос – совокупность политических,

социальных, культурных и других фактов. PhD диссертация, с. 89. Ташкент.)

9. Саипова К. Д. (2023). История формирования национального состава

населения Туркестана. Социально-экономическая, политическая жизнь

населения Туркестана (сс. 49–50).Yuldashev H. (1990). Sovet ayollar siyosati va

mahalliy madaniyat (1920-yillar) (p. 62). Samarqand.

10. Farg‘ona viloyat davlat arxivi (FVDAr), f. 15, op.1, ish 48.

11. O‘zMA Fond R-33, op.1, d.141, l.19.

12. O‘zMA Fond R-34, op.1, d.97, l.22.

13. O‘zMA Fond R-34, ro‘yxat 1, ish 97.

14. O‘zMA R-33-fond, 1-ro‘yxat, 141-ish, 19-varaq.

REFERENGES:

1. Abdurazzoqova M. (1981). Turkistonda madaniyat va san’at siyosati (1917–
1924) (p. 51). Tashkent: Fan. (In Uzbek)

2. Edgar A. (2006). “Emancipation of the Unveiled: Soviet Muslim Women and
the Bolshevik Project.” In: Suny, R. G. & Martin, T. (eds.), A State of Nations: Empire
and Nation-Making in the Age of Lenin and Stalin (pp. 253–274). New York: Oxford
University Press.

3. Edgar A. (2009). The Making of Soviet Central Asia: Nationalism and Empire
in the Early USSR. Princeton: Princeton University Press.

4. Engel B. A. (1992). Between the Fields and the City: Women, Work, and
Family in Russia, 1861–1914. Cambridge: Cambridge University Press.

5. Kamp M. (2006). The New Woman in Uzbekistan: Islam, Modernity, and
Unveiling under Communism. Seattle: University of Washington Press.

6. Kamp M. (2011). “Soviet Family Policy and the Emergence of ‘New Women’
in Uzbekistan.” Central Asian Survey, 30(1), 123–140.

7. Northrop D. (2004). Veiled Empire: Gender and Power in Stalinist Central
Asia. Ithaca: Cornell University Press.

8. Saipova K. D. (2011). Istoriya Narodnogo komissariata po natsionalnim delam
TASSR (PhD diss., p. 89). Tashkent. (In Russian)

9. Saipova K. D. (2023). Istoriya formirovaniya natsionalnogo sostava naseleniya
Turkestana. Sotsialno-ekonomicheskaya, politicheskaya jizn naseleniya Turkestana
(pp. 49–50). Germany: Lambert. (In Russian)

10. Yuldashev H. (1990). Sovet ayollar siyosati va mahalliy madaniyat (1920-
yillar) (p. 62). Samarqand. (In Uzbek)
11. Farg‘ona viloyat davlat arxivi (FVDAr), f. 15, op.1, ish 48. (In Uzbek)

12. O‘zMA Fond R-33, op.1, d.141, l.19. (In Uzbek)

13. O‘zMA Fond R-34, op.1, d.97, l.22. (In Uzbek)

14. O‘zMA Fond R-34, ro‘yxat 1, ish 97. (In Uzbek)

15. O‘zMA R-33-fond, 1-ro‘yxat, 141-ish, 19-varaq. (In Uzbek)