AMIR TEMUR VA YEVROPA DAVLATLARI O‘RTASIDAGI
DIPLOMATIK MUNOSABATLAR
DIPLOMATIC RELATIONS BETWEEN AMIR TEMUR AND EUROPEAN
STATES
ДИПЛОМАТИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ МЕЖДУ АМИРОМ ТЕМУРОМ И
ЕВРОПЕЙСКИМИ ГОСУДАРСТВАМИ
Xudayberdiyev Farrux Amankeldiyevich
Oriental universiteti 2-kurs magistri,
Tel.: +998909991927
E-mail: forfarruh@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada XIV-XV asrlarda Amir Temur davrida Yevropa
davlatlari bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarning mazmuni, shakllari va
tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda Amir Temurning tashqi siyosatida
diplomatiyaning tutgan o‘rni, xususan, Fransiya, Angliya, Ispaniya (Kastiliya),
Vizantiya va Rim papaligi bilan o‘rnatilgan aloqalar manbalar asosida yoritiladi.
Shuningdek, elchilik almashinuvi, diplomatik maktublar va siyosiy ittifoqlar orqali
Temuriylar davlatining xalqaro maydondagi nufuzi mustahkamlangani ilmiy asosda
ko‘rsatib beriladi. Maqolada Amir Temur diplomatiyasining o‘ziga xos jihatlari,
Yevropa davlatlarining Temur saltanatiga bo‘lgan siyosiy munosabati hamda ushbu
aloqalarning o‘rta asrlar xalqaro munosabatlari rivojidagi o‘rni ochib beriladi.
Tadqiqot natijalari Amir Temur davri diplomatik tajribasining tarixiy meros sifatidagi
ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: Amir Temur, Temuriylar davlati, diplomatik munosabatlar,
Yevropa davlatlari, elchilik aloqalari, tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar, o‘rta
asrlar diplomatiyasi.
Abstract. This article analyzes the content, forms, and historical significance of
diplomatic relations conducted by Amir Temur with European states during the 14th–
15th centuries. The study examines the role of diplomacy in Amir Temur’s foreign
policy, particularly focusing on relations established with France, England, Spain
(Castile), Byzantium, and the Papal States, based on primary historical sources. It also
demonstrates, on a scholarly basis, how the Timurid state strengthened its international
prestige through the exchange of embassies, diplomatic correspondence, and political
alliances. The article reveals the distinctive features of Amir Temur’s diplomacy, the
political attitudes of European states toward the Timurid realm, and the place of these
relations in the development of international relations in the Middle Ages. The research
results contribute to determining the importance of Amir Temur’s diplomatic
experience as a historical heritage.
Keywords: Amir Temur, Timurid state, diplomatic relations, European states,
embassy contacts, foreign policy, international relations, medieval diplomacy.
Аннотация В статье анализируется содержание, формы и историческое
значение дипломатических отношений, которые вёл Амир Темур с
европейскими государствами в XIV–XV веках. Исследование рассматривает
место дипломатии во внешней политике Амира Темура, в частности связи,
установленные с Францией, Англией, Испанией (Кастилией), Византией и
Папским престолом, на основе исторических источников. Также на научной
основе показывается, как государство Тимуридов укрепляло свой
международный авторитет посредством обмена посольствами, дипломатической
переписки и политических союзов. В статье раскрываются своеобразные черты
дипломатии Амира Темура, политическое отношение европейских государств к
тимуридскому государству и место этих связей в развитии международных
отношений в Средние века. Результаты исследования служат определению
значения дипломатического опыта эпохи Амира Темура как исторического
наследия.
Ключевые слова: Амир Темур, государство Тимуридов, дипломатические
отношения, европейские государства, посольские связи, внешняя политика,
международные отношения, средневековая дипломатия.
KIRISH
XIV-XV asrlar o‘rtasida Markaziy Osiyo siyosiy maydonida Temur davlati
o‘zining harbiy salohiyati va keng hududiy egallari bilan ajralib turgan. Amir Temur
nafaqat o‘z davlati hududida, balki xalqaro miqyosda ham diplomatik aloqalarni faol
olib borgan hukmdor sifatida tanilgan. Uning Yevropa davlatlari bilan o‘rnatgan
diplomatik munosabatlari o‘sha davr siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlariga
bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Amir Temur davlati va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar
ko‘p qirrali bo‘lib, ularning tarkibiga elchilar yuborish, savdo aloqalarini rivojlantirish,
shuningdek, siyosiy ittifoqlar tuzish kiradi. Ushbu diplomatik faoliyat nafaqat Amir
Temur siyosatining strategik maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilgan, balki
Yevropaning Sharqiy Osiyo va O‘rta Osiyo bilan bog‘lanish tarixida muhim ahamiyat
kasb etgan.
Mazkur maqolada Amir Temur va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi diplomatik
aloqalarning shakllanishi, rivojlanishi hamda ular natijasida yuzaga kelgan siyosiy va
iqtisodiy o‘zaro ta’sirlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, bu munosabatlarning xalqaro
diplomatiya va madaniyatlararo aloqalarga qo‘shgan hissasi ham o‘rganiladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Amir Temur davlati va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar
mavzusi tarixshunoslikda ancha yillar davomida o‘rganib kelinmoqda. Ushbu aloqalar
asosan XIV asr oxiri – XV asr boshlarida, xususan Anqara jangi (1402)dan keyin
shakllangan bo‘lib, asosiy motiv sifatida ikkala tomon uchun ham umumiy dushman –
Usmonli imperiyasiga qarshi strategik manfaatlar turadi.
Mavzuning asosiy manbayi Ruy Gonzalez de Klavixo (1403-1406) elchiligining
batafsil kundaligi hisoblanadi. Klavixo hisobotlari Samarqand saroyining ichki hayoti,
Temur shaxsiyati, diplomatik marosimlar va Markaziy Osiyo iqtisodiy-madaniy
holatini o‘rganishda eng muhim birlamchi manba bo‘lib qolmoqda. Shuningdek,
Doniyorova D. (2023), Qodirov A.A. (2024), Bektoshev G‘.S. (2025), maxsus ravishda
Temur va Fransiya o‘rtasidagi yozishma diplomatiyasini (Sharl VI bilan maktublar)
tahlil qilib, savdo va siyosiy ittifoq takliflarini batafsil yoritgan bo‘lsa, Raximov B. va
Tashmuradov U. (2025), shuningdek Elimov L. (2024) kabi mualliflar Temur
diplomatiyasini kengroq kontekstda – xalqaro munosabatlar va temuriylar davlatining
global nufuzini mustahkamlash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqishgan.
Mavzuga oid adabiyot ikki asosiy guruhga bo‘linadi: birlamchi G‘arb manbalari
(ayniqsa Klavixo kundaligi) va zamonaviy Sharq (xususan o‘zbek) tadqiqotlari.
Ikkinchisi Temur diplomatiyasini o‘ziga xos strategik yondashuv va uzoq muddatli
madaniy-siyosiy ahamiyat nuqtayi nazaridan yangi talqin qilishga intilmoqda. Ushbu
tadqiqotlar mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish uchun mustahkam asos yaratmoqda.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda tarixiylik va tizimli tahlil metodlaridan foydalanildi. Amir
Temur va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar yozma tarixiy
manbalar, elchilik kundaliklari hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida qiyosiy
tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida manbalarni tanqidiy o‘rganish, ularni solishtirish va
umumlashtirish usullari qo‘llanildi. Shuningdek, diplomatik aloqalarning mazmuni va
ahamiyatini ochib berishda tarixiy-taqqoslash va mantiqiy tahlil metodlaridan
foydalanildi. Olingan natijalar umumlashtirish orqali ilmiy xulosalar chiqarishga
xizmat qildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Ushbu tadqiqot davomida Temur va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi diplomatik
munosabatlarning asosiy xususiyatlari, shakllanish jarayoni va natijalari tarixiy
manbalar tahlili orqali o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Amir Temur
diplomatiyasi g‘arbiy yo‘nalishda ko‘pincha siyosiy va harbiy maqsadlarni amalga
oshirishga qaratilgan bo‘lgan. Xususan, Temur elchilik missiyalari va yozishma
diplomatiyasi orqali Yevropa hukmdorlarini Usmonli imperiyasining kengayishiga
qarshi siyosiy ittifoqlar tuzishga undagan (Wikipedia, 2025). Shu bilan birga, bu
munosabatlar ikki tomonlama madaniy va savdo almashinuvini rivojlantirishga xizmat
qilgan.
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, Temur va Kastiliya, Fransiya, Vizantiya
davlatlari o‘rtasidagi elchilik missiyalari samarali vosita bo‘lgan. Masalan, 1403-1406-
yillardagi Kastiliya elchiligi orqali Temur nafaqat o‘z strategik manfaatlarini ilgari
surgan, balki Samarqandning iqtisodiy va madaniy salohiyatini Yevropa
hukmdorlariga namoyish etgan. Bu missiya haqidagi batafsil ma’lumotlar Ruy
González de Klavixo tomonidan yozilgan kundalikda keltirilgan bo‘lib, unda
Samarqandning doimiy qurilish va takomillashtirish jarayoni, Temur saroyidagi
marosimlar va madaniy hayot tasvirlangan (Klavixo Ruy González de., 1928:280).
Shu bilan birga, Temur va Fransiya o‘rtasidagi yozishma diplomatiyasi ikki
tomonlama siyosiy maslahatlar va savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilganligi
aniqlangan. Temurning 1402-yildagi Fransiya qiroli Sharl VI ga yozgan maktubi (fors
tilida, hozirda Fransiya Milliy arxivida saqlanmoqda, AE/III/204) savdo va ittifoq
takliflarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu munosabatlar Usmonli tahdidiga qarshi umumiy
manfaatlar asosida rivojlangan (Delaville Le Roulx., 1885-1886:389-396).
Tadqiqot natijalari shuni ham ko‘rsatadiki, Temuriylar diplomatiyasi ko‘pincha
vaqtinchalik ittifoqlar va strategik manfaatlarga asoslangan bo‘lib, uzoq muddatli
barqaror siyosiy aloqalarni shakllantirishga qaratilmagan. Shu bilan birga, bu
diplomatik aloqalar orqali Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida madaniy va ilmiy
almashinuvning boshlang‘ich zaminlari yaratilgan. Masalan, Klavixo yozgan
hisobotlarda Samarqand va uning atrofidagi iqtisodiy faoliyat va madaniy hayot
batafsil tasvirlangan bo‘lib, bu o‘sha davr madaniy almashinuvining muhim manbasi
hisoblanadi (Klavixo Ruy González de. 1928 :280-290).
Amir Temur davlati XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Sharq va G‘arb siyosatida
o‘zining muhim o‘rnini mustahkamladi. Xususan, Yevropa bilan olib borilgan
diplomatik aloqalar, garchi vaqt va makon jihatidan cheklangan bo‘lsa ham, xalqaro
siyosat kontekstida ahamiyatli natijalarga erishdi. Temur siyosatining Yevropaga
yo‘naltirilgan tashqi aloqalari ko‘pincha Usmonli imperiyasi bilan kurash va G‘arb
tomonidan potensial ittifoqlar izlash bilan bog‘liq ed.
XIV-XV asrlarda Temur va Yevropa o‘rtasidagi diplomatik faoliyatning eng
muhim voqealaridan biri Kastiliya qiroli I Enrikening elchilar missiyasi bo‘lib, bu
missiya 1403-1406-yillarda Temur huzuriga yuborilgan. Bu safar diplomatik doiralar
aro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lib, Kastiliya elchilari Samarqandda
askarlik va siyosiy ko‘rsatmalarni almashish imkoniga ega bo‘lishgan. Ushbu
missiyaning tafsilotlari sifatida Ruy Gonzales de Klavixo nomli kastiliyalik elchining
yozma kundaligi tarixiy manbalarda saqlanadi, u Temur davlati va uning siyosiy iqlimi
haqida muhim tahliliy ma’lumotlar beradi (Klavixo Ruy González 1999:19). Shu bilan
birga, Temur va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi diplomatik aloqalar, garchi siyosiy
kontekstda cheklangan bo‘lsa ham, ikki tomonlama madaniy va savdo almashinuviga
olib keldi. Masalan, Klavixo hisobotlarida G‘arb savdogarlari Samarqand va uning
atrofi bo‘ylab faoliyat olib borishlari haqida qayd etilgan bo‘lib, bu mintaqaviy
iqtisodiy aloqalarning muhim elementlarini namoyon qiladi.
Shuningdek, Temurning Fransiya va boshqa G‘arb hukmdorlari bilan yo‘lga
qo‘ygan yozishma diplomatiyasi ham tarixiy manbalarda qayd etilgan. Masalan,
Temur va Fransiya qiroli Sharl VI o‘rtasida yozilgan maktublar o‘sha davr siyosiy
manfaatlari, savdo aloqalari va ittifoqlarni muhokama qilgan. Bu maktublarning
Fransiya arxivlarida saqlangan nusxalari hozirgi tadqiqotlar uchun asosiy manba
sifatida xizmat qiladi (Delaville Le Roulx., 1885-1886: 389-396).
Diplomatik aloqalarning yana bir muhim jihati – Temur va Vizantiya hamda
boshqa Yevropa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar edi. Tarixiy yozuvlarga ko‘ra,
1401-yilda Vizantiya tomonidan yuborilgan Dominikan ruhoniysi elchisi Temur bilan
aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida yuborilgan, bu esa G‘arb hukmdorlarini Usmonli
hukmronligidan himoya qilish yuzasidan siyosiy maslahatlashuvlarga qaratilgan edi
(Sullacoins, Children of Tamerlane, 2025). Temuriylar davrida Yevropa bilan
o‘tkazilgan diplomatik yozishmalar hamda elchilik missiyalarining asosiy maqsadi
ko‘pincha Usmonli imperiyasining g‘ayritabiiy kengayishiga qarshi ittifoqlarni
shakllantirishdan iborat edi. Usmonlilar bilan kurash, shuningdek, Amir Temurning
g‘arbiy siyosatida g‘ayritabiiy xavfni kamaytirish va ikki tomonlama savdo
hamkorlikni rivojlantirish muhim turtki rolini o‘ynagan. Umuman olganda, Amir
Temur va Yevropa o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘sha davr xalqaro siyosatida
muhim tarixi bor bo‘lib, Temurning strategik manfaatlarini amalga oshirish va
Yevropa hukmdorlari bilan ittifoqlar yaratish orqali amalga oshirildi. Bu munosabatlar
Temuriylar davlatining cho‘qqisiga chiqqan paytda butun Yevropa va Markaziy Osiyo
siyosiy manzarasiga ta’sir ko‘rsatdi, biroq keyinchalik bu aloqalar Temur o‘limidan
so‘ng murakkablashib, boshqa tarixiy davrlar kontekstiga o‘tdi.
XULOSA
Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Temur va Yevropa davlatlari
o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar XIV-XV asrlardagi xalqaro siyosatning muhim
tarkibiy qismini tashkil etgan. Temuriylar davrida amalga oshirilgan elchilik
missiyalari va yozishma diplomatiyasi nafaqat siyosiy va harbiy strategiyalarni amalga
oshirish, balki savdo, iqtisodiy va madaniy almashinuvni rivojlantirishga ham xizmat
qilgan. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, Temur diplomatiyasi ko‘pincha
vaqtinchalik ittifoqlar va strategik manfaatlarga asoslangan bo‘lib, uzoq muddatli
siyosiy barqarorlikni ta’minlashga emas, balki o‘sha davrning o‘ziga xos xalqaro
vaziyatiga moslashishga qaratilgan edi.
Yevropa davlatlari bilan o‘tkazilgan elchilik missiyalari orqali Markaziy Osiyo
va Yevropa o‘rtasida madaniy va ilmiy almashinuvning boshlang‘ich zaminlari
yaratilgani aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Amir Temur va Yevropa
o‘rtasidagi diplomatik aloqalar nafaqat Temuriylar siyosatining samarali vositasi
bo‘lib xizmat qilgan, balki o‘sha davr xalqaro diplomatiya tizimining shakllanishida
muhim rol o‘ynagan. Shu tariqa, Temuriylar davri diplomatiyasi Markaziy Osiyo va
Yevropa o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy bog‘lanishlarning muhim bosqichi
sifatida tarixiy ahamiyatga ega ekanligi tadqiqot orqali aniqlandi.
Tadqiqot natijalariga tayangan holda quyidagi taklif va tavsiyalarni bildirish
mumkin:
- birinchidan, Amir Temur va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni
yanada chuqurroq o‘rganish uchun G‘arb arxivlarida saqlanayotgan qo‘lyozma
hujjatlar va maktublarni ilmiy muomalaga kengroq jalb etish maqsadga muvofiq;
- ikkinchidan, Temuriylar diplomatiyasini boshqa o‘rta asr musulmon davlatlari
diplomatik tajribasi bilan qiyosiy tahlil qilish orqali mavzuning nazariy ahamiyatini
kengaytirish mumkin;
- uchinchidan, mazkur mavzu asosida oliy ta’lim muassasalarida maxsus o‘quv
modullari, ma’ruzalar va seminar mashg‘ulotlarini ishlab chiqish tavsiya etiladi;
to‘rtinchidan, Amir Temur diplomatik merosini zamonaviy xalqaro munosabatlar va
tashqi siyosat konsepsiyalari bilan bog‘liq holda tahlil qilish keyingi tadqiqotlar uchun
istiqbolli yo‘nalish bo‘la oladi.
Amir Temur va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar
Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy aloqalarning
shakllanishida muhim tarixiy bosqich bo‘lib, ularni chuqur o‘rganish milliy
tarixshunoslik va xalqaro munosabatlar fanining rivojiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Bektoshev G‘. S. (2025). Amir Temur davlatining Fransiya bilan diplomatik
aloqalari. // Obrazovanie Nauka va Innovatsion G‘oyalar Jurnali. https://scientificjl.com/obr/article/view/5081
2. Doniyorova D. (2023). Amir Temur va temuriylar tarixining Yevropa
mamlakatlarida o‘rganilishi. Interdiscipline Innovation and Scientific Research
Conference. https://interonconf.org/index.php/iisrc/article/view/8574
3. Elimov L. (2024). From the History of the Establishment of Amir Temur’s
Relations with European Countries. Modern Education and Development.
https://scientific-jl.org/mod/article/view/5455
4. Kobulova S. F. (2025) Amir Temur davrida xalqaro munosabatlar.// Ilm Fan
Xabarnomasi.
5. Muxtorov M., Xaytqulov O., Boboxonov L. (2022). Amir Temur davlatining
Yevropa mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari.// ZDIFT ilmiy jurnali
(Zenodo). https://zenodo.org/records/7379760
6. Qodirov A.A. (2024). Amir Temur diplomatiyasi. Biologiya va Kimyo Fanlari
Ilmiy Jurnali. https://bestpublication.org/index.php/bkij/article/view/10180
7. Рахимов Б., Ташмурадов У. (2025). Амир Темур ва темурийлар даврида
ташқи дипломатик алоқаларнинг давлат сиёсий тараққиётидаги аҳамияти.
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари.
8. Ruy González de Clavijo. Embajada a Tamorlán (1403–1406). (Asl ispan
tilidagi tarixiy manba, birinchi nashr 1582-yil; zamonaviy nashrlar: masalan, Francisco
López Estrada tahriri ostida, Madrid, 1943 yoki keyingi).
REFERENGES:
1. Bektoshev G‘.S. (2025). Amir Temur davlatining Fransiya bilan diplomatik
aloqalari. // Obrazovanie Nauka va Innovatsion G‘oyalar Jurnali. https://scientificjl.com/obr/article/view/5081 (In Uzbek)
2. Doniyorova D. (2023). Amir Temur va temuriylar tarixining Yevropa
mamlakatlarida o‘rganilishi. // Interdiscipline Innovation and Scientific Research
Conference. https://interonconf.org/index.php/iisrc/article/view/857 (In Uzbek)
3. Elimov L. (2024). From the History of the Establishment of Amir Temur’s
Relations with European Countries. Modern Education and Development.
https://scientific-jl.org/mod/article/view/545
4. Kobulova S.F. (2025). Amir Temur davrida xalqaro munosabatlar. // Ilm Fan
Xabarnomasi. (In Uzbek)
5. Muxtorov M., Xaytqulov O., Boboxonov L. (2022). Amir Temur davlatining
Yevropa mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari.// ZDIFT ilmiy jurnali
(Zenodo). https://zenodo.org/records/7379760 (In Uzbek)
6. Qodirov A.A. (2024). Amir Temur diplomatiyasi. // Biologiya va Kimyo
Fanlari Ilmiy Jurnali. https://bestpublication.org/index.php/bkij/article/view/10180 (In
Uzbek)
7. Raximov B., Toshmuradov U. (2025). Amir Temur va temuriylar davrida
tashqi diplomatik aloqalarning davlat siyosiy taraqqiyotidagi ahamiyati. Ijtimoiygumanitar fanlarning dolzarb muammolari. (In Uzbek)
8. Ruy González de Clavixo. Embajada a Tamorlán (1403–1406). (1943)
https://en.wikipedia.org/wiki/Ruy_Gonz%C3%A1lez_de_Clavijo (In Spanish)