ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari

Shernayev Akbar Aqmirzayevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV SOLIQLARNI
REJALASHTIRISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

YO‘NALISHLARI

DIRECTIONS FOR IMPROVING THE METHODOLOGY OF CORPORATE
TAX PLANNING IN JOINT STOCK COMPANIES

НАПРАВЛЕНИЯ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕТОДОЛОГИИ
КОРПОРАТИВНОГО НАЛОГОВОГО ПЛАНИРОВАНИЯ В
АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ

Shernayev Akbar Aqmirzayevich
Oriental universiteti

Moliya va menejment kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Tel.: +998 33 766-80-77

e-mail: shernaev.akbar@mail.ru

Annotatsiya. Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ soliqlarni
rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari tadqiq
etilgan. Maqolada moliya bozoridagi dinamik o‘zgarishlar, global iqtisodiyot
sharoitlari va investitsiya faoliyatining korporativ soliq rejalashtirishga ta’siri chuqur
tahlil qilinadi. Bundan tashqari, korxonalarning moliya strategiyasi, moliyaviy
rejalashtirish, valyuta siyosati, devalvatsiya, revalvatsiya, to‘lov balansi va
xususiylashtirish kabi omillarning korporativ soliq rejalashtirishga ta’siri ko‘rib
chiqilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining statistik
ma’lumotlaridan foydalanilgan bo‘lib, korporativ soliqlarni samarali rejalashtirish va
boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada aksiyadorlik
jamiyatlari uchun soliq rejalashtirishni yanada takomillashtirish, soliq yukini
optimallashtirish va moliyaviy samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategik
yondashuvlar taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari korporativ soliq rejalashtirishning
zamonaviy usullarini joriy etish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha
qimmatli tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar: Aksiyadorlik jamiyatlar, moliya bozori, global iqtisodiyot,
investitsiya faoliyati, korxonalar moliya strategiyasi, moliyaviy rejalashtirish, valyuta
siyosati, devalvatsiya, revalvatsiya, to‘lov balansi, xususiylashtirish, kompaniyalar.

Annotation. This article highlights current trends in improving the methodology
of corporate tax planning in joint-stock companies. The article provides an in-depth
analysis of the impact of dynamic changes in the financial market, global economic
conditions and investment activities on corporate tax planning. In addition, the impact
of factors such as financial strategy of enterprises, financial planning, currency

policy, devaluation, revaluation, balance of payments and privatization on corporate
tax planning is considered. The study uses statistical data from the State Tax
Committee of the Republic of Uzbekistan and develops practical recommendations
for effective planning and management of corporate taxes. The article presents
strategic approaches aimed at further improving tax planning for joint-stock
companies, optimizing the tax burden and increasing financial efficiency. The results
of the study contain valuable recommendations for the introduction of modern
methods of corporate tax planning and ensuring financial stability.

Keywords: Joint-stock companies, financial market, global economy,
investment activity, financial strategy of enterprises, financial planning, currency
policy, devaluation, revaluation, balance of payments, privatization, companies.

Аннотация. В статье рассматриваются современные тенденции
совершенствования методологии корпоративного налогового планирования в
акционерных обществах. В статье представлен углубленный анализ
динамических изменений на финансовых рынках, мировых экономических
условий и влияния инвестиционной деятельности на корпоративное налоговое
планирование. Кроме того, было рассмотрено влияние таких факторов, как
финансовая стратегия предприятий, финансовое планирование, валютная
политика, девальвация, ревальвация, платежный баланс и приватизация на
корпоративное налоговое планирование. В исследовании использованы
статистические данные Государственного налогового комитета Республики
Узбекистан и разработаны практические рекомендации по эффективному
планированию и управлению корпоративными налогами. В статье
представлены стратегические подходы, направленные на дальнейшее
совершенствование налогового планирования акционерных обществ,
оптимизацию налоговой нагрузки и повышение финансовой эффективности.
Результаты исследования включают ценные рекомендации по внедрению
современных методов корпоративного налогового планирования и
обеспечению финансовой устойчивости.

Ключевые слова: Акционерные общества, финансовый рынок, мировая
экономика, инвестиционная деятельность, финансовая стратегия
предприятий, финансовое планирование, валютная политика, девальвация,
ревальвация, платежный баланс, приватизация, компании.

KIRISH
Iqtisodiyot modernizatsiyasi va liberallashuvi jarayoni, fiskal siyosat va
korxonalar soliq salohiyatini oshirish muammolarining keskinlashuvi va aksiyadorlik
jamiyatlari taraqqiyotining samarali mexanizmlarini davlat tomonidan qo‘llash ko‘p
jihatdan soliqlarni rejalashtirishning samarali tashkil etilishiga ham bevosita
bog‘liqdir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab korxonalar
moliyasini samarali boshqarishga qaratilgan moliya-soliq siyosati olib borilmoqda.
Chuqur institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi, aksiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv tizimini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul
qilindi, maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, foydalanilmayotgan
resurslar va moliyaviy imkoniyatlardan yuqori darajada va samarali foydalanish,
soliq siyosati sohasida shakllanib qolgan tizimli muammolarni bartaraf etish hamda
hozirgi kundagi eng muhim masalalardan biri – korxonalar miqyosida soliq
menejmenti samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu sohada soliq tizimini to‘liq
raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar
yaratish, rasmiy sektor nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli bo‘lishi uchun barcha
zarur sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.
O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish masalalarining
nazariy, metodologik va amaliy jihatlari maxsus, mustaqil tadqiqot obyekti sifatida
yetarli darajada o‘rganilmaganligi ilmiy maqola uchun tanlangan mavzuning
dolzarbligini va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi.
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish
metodologiyasini tadqiq qilishning nazariy-uslubiy asosini aksiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv va korporativ soliq menejmenti, soliqlarni rejalashtirishni
tashkil etish va boshqarishning makroiqtisodiy va korporativ ko‘lami vazifalari,
korxonada soliqlarni strategik va taktik rejalashtirish metodologiyasini
takomillashtirish konsepsiyalari tashkil etadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Soliqlarni rejalashtirish nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan adabiyotlar
tahlili ko‘rsatishicha, bu sohaga oid adabiyotlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay,
mualliflarning “soliqlarni rejalashtirish” tushunchasiga bergan ta’riflari har doim
ham soliqlarni rejalashtirish, soliqlarni mukammallashtirish va soliqlarni
minimallashtirish tushunchalarini aniq farqlashga imkon bermaydi. Masalan, S.
Malakeeva mazkur tushunchalarni birday ko‘radi va ularning mohiyatini soliq
to‘lovchilarning soliq to‘lovlarini kamaytirish yuzasidan harakatlari sifatida
talqin etadi (Малакеева С., 2017: 114).

S. Elmirzayev “Soliqlarni rejalashtirish – qonunchilik tomonidan taqdim
etilgan yengilliklar va soliq majburiyatlarini qisqartirishning boshqa qonuniy
usullaridan foydalangan holda soliq va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni
kamaytirish bo‘yicha belgilanadigan moliyaviy rejalashtirish turidir”, deb
ta’kidlaydi (Elmirzaev S., 2012: 9).

X. Zaripov fikricha, “Soliqlarni rejalashtirish jarayonida asosiy tijorat va
investitsion natijalarga erishish to‘lanadigan soliqlar summasi darajasining
asoslangan yoki optimal miqdori orqali ta’minlanmog‘i lozim (Зарипов Х., 2019).

A. Zaynutdinov soliqlarni rejalashtirishni mikro darajada umumiy
rejalashtirish tizimining bir qismi sifatida, boshqaruv faoliyatining ko‘rinishi
sifatida, xo‘jalik subyekti harakatlarini soliqqa tortish orqali tartibga solish usuli
sifatida talqin etadi. Soliqlarni rejalashtirish korxonani boshqarishning umumiy
maqsadiga erishishni ta’minlaydi: tang vaziyatlarda yashab qolish, normal
vaziyatlarda samaradorlikni oshirish, o‘z moliyaviy resurslari hajmini oshirish va
raqobatchilar oldida ustunliklarga ega bo‘lishdir.

X. Jamalov ta’kidlashicha, soliqlarni rejalashtirish moliyaviy resurslarni
oshirishga, soliq bazasi tarkibi va miqdorini tartibga solish orqali korxonani
moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan rejali faoliyatlar majmuidir (Джамалов
Х., 2021: 95).

Agar davlat foiz stavkasini oshirsa, pulga talab kamayib, ishlab chiqarish
sektoridagi jamg‘arma shaklida (shuningdek, valyuta shaklida)gi pul
mablag‘larining reinvestitsiyalashuvi tezlashib, o‘lik holatdagi moliyaviy
resurslarning foydalanish koeffitsiyenti oshadi. Aksincha, foiz stavkalarining
haddan ziyod pasayishi esa iqtisodiyotga bir (yoki bir necha) martalik foydali
moliyaviy resurslarning ko‘payishiga olib keladi, ammo qisqa vaqt davomida
salbiy ta’sirni keltirib chiqaradi.

Soliqlarni rejalashtirish mikro darajada korxonalar, ya’ni soliq to‘lovchilarda
ular zimmasiga yuklatilgan soliq majburiyatlarini bajarishning moliyaviy rejasi -
soliqlarni rejalashtirish shaklida namoyon bo‘ladi. Aksariyat iqtisodchi-olimlar
soliqlarni prognoz qilish va rejalashtirish jarayonlarining mohiyatini izohlashdagi
yondashuvga e’tibor berilsa, ularni sinonim kategoriyalar desa bo‘ladi.
Bizningcha bunday emas. Ayrim iqtisodchilar (Барулин Е., 2007: 78) soliqlarni
rejalashtirish jarayonini korxonalarda soliq qonunchiligi doirasida soliqlar
bo‘yicha xarajatlarni minimallashtirish va korxonaning moliyaviy natijasini
maksimallashtirishga qaratilgan moliyaviy rejalashtirishning tarkibiy qismi
sifatida izohlaydilar. Bu yerda soliqlarni minimallashtirish deganda, mavjud
qonunchilikdagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilgan holda mavjud imtiyozlardan
to‘laqonli foydalanish, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish

hisobiga ortiqcha jarimalarni to‘lamaslik hisobiga xarajatlarni kamaytirish
nazarda tutiladi. Ba’zi adabiyotlarda soliqlarni rejalashtirish jarayonini
korxonalarda byudjetlashtirish jarayoni sifatida izohlashsa, ba’zi iqtisodchilar
soliqlarni byudjetlashtirish jarayonini soliqlarni to‘g‘ri rejalashtirish oqibatida
iqtisod qilib qolingan daromadlar va soliqlarni rejalashtirish jarayoni bilan
bog‘liq xarajatlarning solishtirma tahlili sifatida qaraydilar. Shuningdek, ushbu
qayd etib o‘tilgan adabiyotlarda korxona doirasida amalga oshirishning metodlari
sifatida korxonaning soliq siyosatini shakllantirish, korxonaning iqtisodiyhuquqiy faoliyatini tahlil qilish, xo‘jalik munosabatlarini almashtirish,
munosabatlarni taqsimlash, soliq to‘lovlarini kechiktirish, soliq obyektlarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qisqartirish va shu kabi metodlarni keltirib o‘tadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqola aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ soliqlarni rejalashtirish
metodologiyasini takomillashtirish yo‘nalishlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotda analitik usul – soliq qonunchiligi va mavjud metodikalarni tahlil qilish;
statistik usul – aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari va soliq yukini
hisoblash; taqqoslash usuli – turli mamlakatlarning soliq rejalashtirish tajribasini
solishtirish uchun qo‘llanildi. Maqola yozishda ilmiy adabiyotlar, qonunchilik
hujjatlari va kompaniyalarning ochiq moliyaviy hisobotlaridan foydalanildi. Tadqiqot
jarayonida modellashtirish usuli orqali soliq tizimini optimallashtirishning yangi
yondashuvlari taklif qilindi. Ushbu metodlar maqolaning ilmiy asosliligini ta’minlash
va amaliy takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakatimizda korporativ soliqlarni rejalashtirish tizimini takomillashtirish
yuzasidan olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar soliq organlari faoliyatini,
jumladan, ularning soliq to‘lovchilar va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik
qilish, soliq qarzlarini o‘z vaqtida va to‘liq undirish, soliq nazoratining zamonaviy
shakl va usullarini joriy etish yo‘nalishlariga qaratilganligi hammaga ma’lum.
Mamlakatimizda samarali va ta’sirchan soliq nazorati tadbirlarini yo‘lga
qo‘yish, shuningdek soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan
muammolarning mavjudligi yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini
moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir etmoqda. (1-
jadval)
Tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekneftgaz OAJ — neft va gazni
qidirish, qazib olish, tashish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan O‘zbekistondagi
eng yirik davlat kompaniyasi hisoblanadi. Tahlil qilayotgan jadval ma’lumotlari
ko‘rsatib turibdiki, O‘zbekneftgaz OAJ ning yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish
hajmi 2019-yilga nisbatan (17 828,5/20,6) 865 baravarga oshgani ahamiyatlidir.

Buning natijasida byudjetga to‘lovlar (4803,8/22,3) ham 215 baravarga oshib, 2023-
yilda 4803,8 mlrd so‘mni tashkil qilayotgani ijobiy holdir. Zero, 2019-yilda soliq
hamda majburiy to‘lovlar soni 14 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda 9 ta soliq turi amal
qilayotgani xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishga
sababchi bo‘layotganidan dalolat beradi.

1-jadval

“O‘zbekneftgaz” Aksiyadorlik Jamiyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari va ularning
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushi tahlili

Ko‘rsatkichlar O‘lchov 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil
birligi 20,6 11 803,3 12 244,9 12 969,7 17 828,5
Yalpi hududiy mlrd. 0,024
mahsulot hajmi so‘m 288,7 145,2 473,2 689,1
Mahalliy byudjet mlrd. 15 484,2 14 465,7 16 825,5 18 361,2
daromadlari ijrosi so‘m 3 521,4 3 321,4 4 291,2 4 803,8
“O‘zbekneftgaz” AJ 3 510,4 3 290,6 4 282,6 4 799,3
mahsulot sotishdan sof mlrd. 481,4
tushumi so‘m 2,67 1,97 1,89 1,72
“O‘zbekneftgaz” AJ
to‘lagan jami soliqlar mlrd. 22,3 0,61 0,45 0,48 0,45
va majburiy ajratmalar so‘m
“O‘zbekneftgaz” AJ mlrd. 22,1 0,61 0,45 0,48 0,45
to‘lagan sof soliqlar so‘m
“O‘zbekneftgaz” AJ
mahsulot sotishdan sof foizda 0,09
tushumining YaIMdagi
ulushi foizda 0,004
“O‘zbekneftgaz” AJ
to‘lagan jami soliqlar foizda 0,004
va majburiy ajratmalar
hajmining YaIMdagi
ulushi
“O‘zbekneftgaz” AJ
to‘lagan sof
soliqlarning davlat
byudjeti
daromadlaridagi ulushi

2-jadval

“O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari va ularning makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlardagi ulushi tahlili

Ko‘rsatkichlar O‘lchov 2019- 2020- 2021- 2022- 2023-
birligi yil yil yil yil yil
Yalpi hududiy mahsulot hajmi mlrd.
so‘m 22 069 20 241 19 241 17 95 13 910
Mahalliy byudjet daromadlari mlrd. 10,4 20,3 146,4 2 115,7
ijrosi so‘m 19,2 20 817 21 128 21 484
AJning mahsulot sotishdan sof mlrd. 5,7 6,3 252,4 1,7
tushumi so‘m 5,6 8 6,2 1,7
AJ to‘lagan jami soliqlar va mlrd. 0,003 7,9 2,9 20 79
majburiy ajratmalar so‘m 0,001 3,6 0,0008 5 2
AJ to‘lagan sof soliqlar mlrd. 0,001 5,7 0,0002
so‘m 0,001 0,0008
AJ mahsulot sotishdan sof foizda 0,001 5,6 0,0002
tushumining YaIMdagi ulushi
AJ to‘lagan jami soliqlar va foizda 2,3
majburiy ajratmalar hajmining
YaIMdagi ulushi foizda 0,000
AJ to‘lagan sof soliqlarning 6
davlat byudjeti
daromadlaridagi ulushi 0,000
6

Tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, O‘ztransgaz OAJ - gaz, gaz
kondensati va neftni tashish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekistondagi
yirik energetika kompaniyasi hisoblanadi. Tahlil qilayotgan jadval ma’lumotlari
ko‘rsatib turibdiki, O‘ztransgaz OAJ ning yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish
hajmi 2019-yilga nisbatan -36,97 foizga kamaygan. Natijada byudjetga to‘langan
to‘lovlar summasi ham 2019-yilga nisbatan (5,7/1,7) 3,3 baravarga kam bo‘lgan. Bu
albatta salbiy holdir. O‘ztransgaz OAJ bunday salbiy ko‘rsatkichga erishganini asosan
2023-yilda gaz qazib chiqarish hajmi 2023-yilda 5 mlrd kub metrga kamaygani bilan
izohlamoqda.

Soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi, jumladan
soliq tekshiruvi obyektlari zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid huquqbuzarliklarni
aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirayotganligi bu
borada bir qancha ishlarni amalga oshirishni talab etayotganligini ko‘rsatmoqda. Shu
sababli soliq sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi
davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari sifatida
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish,

soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab
chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini
amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish kabi masalalar nazarda tutilgan.
Jahon soliq amaliyotining hozirgi zamon yutuqlari va ilg‘or namunalaridan
foydalangan holda mamlakatimizda soliq nazorati sifatiga ta’sir etuvchi asosiy
mezonlar va masofaviy moliyaviy tranzaksiyalardan foydalangan holda kredit-moliya
va soliq organlari tomonidan soliq intizomiga rioya etilmasligi sxemalarini aniqlash
uchun foydalaniluvchi ma’lumot manbalarini tarkiblashtirish, tizimlashtirish va
analitik maqsadlarda umumiy tarzda foydalanish imkoniyatlarini yaratish muhim
hayotiy zarurat hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlar soliq amaliyotida soliq risklarini segmentlashtirish
jarayoni soliq to‘lovchining tasnifini hisobga olgan holda unga soliq riskining yuqori
yoki o‘rta darajasi biriktirilishi bilan amalga oshiriladi hamda soliq nazorati sifatiga
ta’sir ko‘rsatuvchi turli mezonlar bilan aniqlanadi: risk zonasi, soliq to‘lovchilar
guruhlari (segmentlari), soliq to‘lovchining xulqi.

Xorijiy mamlakatlar soliq organlari va kredit-moliya institutlari umumiy
yondashuvlarini o‘rganish soliq intizomiga rioya etilmasligi sxemalarini aniqlash
uchun foydalaniluvchi ma’lumot manbalari tarkibida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish
imkonini berdi: tashqi voqea-hodisalar monitoringi, jamoat ma’lumot resurslari,
uchinchi shaxslar ma’lumotlari, tasodifiy tekshiruvlar, yirik tarmoq tadqiqotlari, bozor
signallari, masofaviy moliyaviy tranzaksiyalardan foydalanish orqali soliq intizomiga
rioya etilmasligi sxemalariga jalb etilgan soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlar.

Shunday qilib, mazkur masalaning tadqiqi tasdiqlashicha, davlatda soliq axloqi va
soliq mentalitetining shakllanishi daromadlari darajasi, ma’lumoti, bandlik turi, har xil
demografik belgilari turlicha bo‘lgan soliq to‘lovchilar guruhlarini tahlil qilishga
yondashuvlar va tamoyillarning farqlanishi lozimligini shart qilib qo‘yadiki, buning
natijasida davlat maqsadlarida fiskal instrumentdan foydalanish nuqtai nazaridan soliq
nazoratining yangi shakllari yuzaga keladi. Soliq to‘lovchilarning xulqiy tavsiflarini
o‘rganish aholi daromadlarining amaldagi miqdoriga soliq axloqining ta’siri haqida
xulosalar olishga imkon berdi. Daromad olish darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan
mamlakatlarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari miqdori sezilarli tarzda pastdir
va soliqning o‘zi individuumlar tomonidan qo‘shimcha yuklama tarzida emas, balki
jamiyatda ne’matlarni qayta taqsimlash manbai sifatida qabul qilinadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ilmiy maqolada, soliq mentaliteti va soliq madaniyatining amal qilishi davlatda
soliq nazorati tarkibini shakllantiruvchi tamoyillar va yondashuvlarni aniqlaydiki, ular
qat’iy tarzda tabaqalashtirilishi va soliq to‘lovchilar ayrim guruhlariga soliq yukini
oshirish zarurligini hisobga olmog‘i lozim. Aks holda aholi va biznesning davlat

tomonidan yuritilayotgan fiskal siyosatga bo‘lgan ishonchi pasayishi hisobiga soliq
nazorati samaradorligi ham doimiy tarzda pasayib boradi.

O‘zbekiston Respublikasida korporativ soliqlarni rejalashtirishda interaktiv
tizimlarni samarali tashkil etish va ulardan foydalanish soliq va boshqa majburiy
to‘lovlarning markazlashtirilgan tartibda hisobini yuritish tizimini takomillashtiradi.
Turli shakldagi tezkor va tahliliy hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari yaratiladi.
Soliq to‘lovchilarga keng ko‘lamli zamonaviy interaktiv xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga
qo‘yiladi. Soliq to‘lovchilar majburiyatlarining paydo bo‘lishi bo‘yicha vazirlik va
idoralardan turli yo‘nalishdagi ma’lumotlar olinishi tashkil etilishiga va Davlat soliq
qo‘mitasining ma’lumotlar yagona axborot bazasiga integratsiyalashtirilishiga va
natijada tashqi manba ma’lumotlari asosida qo‘shimcha soliq obyektlarini hisobga
olish imkoniyati yuzaga kelishiga va buning natijasida byudjetga soliqli tushumlar
miqdori oshishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasida korporativ soliqlarni rejalashtirish maqsadida ichki
soliq nazorati samaradorligini oshirishga informatsion tizim va texnologiyalarni
modernizatsiyalash hamda soliq munosabatlari ishtirokchilarining elektron muloqotli
hamkorligini yo‘lga qo‘yish bilan erishish mumkin. Elektron ma’murchiligida hisobfakturalarni elektron ro‘yxatga olishning yagona tizimini tashkil etish, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning tashqi manbasini aniqlash, korxonalar o‘rtasidagi
munosabatlar shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.

Korporativ soliqlarni rejalashtirishga quyidagi samarali tadbirlarni amalga
oshirish orqaligina erishish mumkin: soliq organlari ishini tashkil etishda “mijozga
asoslangan yondashuv”ni joriy etish, takomillashtirish va yanada mukammallashtirish,
nazorat faoliyatining ta’sirchan shakllari va usullariga, soliq to‘lovchi faoliyatini
tekshiruvdan oldingi chuqurlashtirilgan tahliliga asoslangan soliq maslahati institutini
takomillashtirish, soliq inspektorlarining o‘z xizmat majburiyatlarini sidqidildan
bajarishlariga yuksak shaxsiy javobgarliklarini oshirish, soliq nazorati tadbirlarida
foydalaniluvchi informatsion tizim va texnologiyalarni modernizatsiyalash hamda
soliq munosabatlari ishtirokchilarining elektron muloqotli hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. “O‘zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risida, 12.09.2023-yil, 06/23/158/0694-
son; Manba: https://lex.uz/docs/6600413
2. Малакеева С. (2017) Роль налогового планирования на предприятиях
малого бизнеса // Предпринимательство. - № 6.
3. Elmirzayev S. (2012) O‘zbekiston Respublikasida korporativ soliq
menejmentini rivojlantirish istiqbollari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim
etilgan diss. avtoref. – Toshkent.

4. Зарипов Х. (2019) Экономическое значение налогов и налоговая
политика Узбекистана. Электр. Ресурс:
https://cyberleninka.ru/article/n/ekonomicheskoe-znachenie-nalogov-i-nalogovayapolitika-uzbekistana

5. Джамалов Х. (2021) Диагностика финансового здоровья предприятий
малого бизнеса // Journal of Economy and Business. V. 1-1 (71). – pp. 99-105

6. Киров А. (2009) Влияние налогового планирования на обеспечение
финансовой устойчивости предприятия. Финансы и бизнес. № 3.

7. Лепа Р., Дзюба Б. (2012) Информaционное обеспечение оперативного
налогового планирования на предприятиях. Налоги и финансовое право. № 3.

8. Барулин Е. (2015) Налоговый менеджмент. Учебник. – Москва.
9. Попова Л. (2007) Прогнозирование и планирование в налогообложении:
учеб. пособие для вузов. – Орел: Орел ГТУ. – 264 с.
10. Shernayev A. (2020) On the issue of the efficiency of taxation of joint stock
companies // Экономика и бизнес: теория и практика. Международный
ежемесячный научный журнал - № 9-2 (67). – Москва: OOO «Kapital».
11. Shernayev A. (2020) General methodological bases of tax planning in
enterprises // International Journal of Economics, Commerce and Management. United
Kingdom ISSN 2348 0386 Vol. VIII, Issue 4, April.
12. Шернаев А. (2020) Налоговое планирование в системе обеспечения
финансовой безопасности акционерных обществ // Научный журнал
«Интернаука» - № 12 (141). Часть 2. – Москва. – С. 43-45.

REFERENCES:
1. “O‘zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risida, 12.09.2023-yil, 06/23/158/0694-
son; Manba: https://lex.uz/docs/6600413 (In Uzbek)
2. Malakeeva S. (2017) Rol nalogovogo planirovaniya na predpriyatiyax malogo
biznesa // Predprinimatelstvo. - № 6. (In Russian)
3. Elmirzayev S. (2012) O‘zbekiston Respublikasida korporativ soliq
menejmentini rivojlantirish istiqbollari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim
etilgan diss. avtoref. – Toshkent. (In Uzbek)
4. Zaripov X. (2019) Ekonomicheskoe znachenie nalogov i nalogovaya politika
Uzbekistana. Elektr. Resurs:
https://cyberleninka.ru/article/n/ekonomicheskoe-znachenie-nalogov-i-nalogovayapolitika-uzbekistana. (In Russian)
5. Djamalov X. (2021) Diagnostika finansovogo zdorovya predpriyatiy malogo
biznesa // Journal of Economy and Business. V. 1-1 (71). – pp. 99-105. (In Russian)
6. Kirov A. (2009) Vliyanie nalogovogo planirovaniya na obespechenie
finansovoy ustoychivosti predpriyatiya. Finansi i biznes. № 3. (In Russian)

7. Lepa R., Dzyuba B. (2012) Informasionnoe obespechenie operativnogo
nalogovogo planirovaniya na predpriyatiyax. Nalogi i finansovoe pravo. № 3.

8. Barulin E. (2015) Nalogoviy menedjment. Uchebnik. – Moskva. (In Russian)
9. Popova L. (2007) Prognozirovanie i planirovanie v nalogooblojenii: ucheb.
posobie dlya vuzov. – Orel: Orel GTU. – 264 s.
10. Shernayev A. (2020) On the issue of the efficiency of taxation of joint stock
companies // Ekonomika i biznes: teoriya i praktika. Mejdunarodniy ejemesyachniy
nauchniy jurnal - № 9-2 (67). – Moskva: OOO «Kapital». – С. 149-152. (In Russian)
11. Shernayev A. (2020) General methodological bases of tax planning in
enterprises // International Journal of Economics, Commerce and Management. United
Kingdom ISSN 2348 0386 Vol. VIII, Issue 4, April.
12. Shernayev A. (2020) Nalogovoe planirovanie v sisteme obespecheniya
finansovoy bezopasnosti aksionernix obshestv // Nauchniy jurnal «Internauka» - № 12
(141). Chast 2. – Moskva. – S. 43-45. (In Russian)