ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbekistonda xalqaro moliya operatsiyalarini rivojlantirishdagi asosiy muammolar

Mirzaaxmedov Nodirbek Shavkatovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘ZBEKISTONDA XALQARO MOLIYA OPERATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISHDAGI ASOSIY MUAMMOLAR

MAIN PROBLEMS IN THE DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL
FINANCIAL TRANSACTIONS IN UZBEKISTAN

ОСНОВНЫЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ
ФИНАНСОВЫХ ОПЕРАЦИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

Mirzaaxmedov Nodirbek Shavkatovich
Oriental universiteti

Moliya va menejment kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Tel.: +998 90 902-04-04

e-mail: n.mirzaakhmedov@mail.ru

Annotatsiya. Maqolamizda xalqaro moliyaviy tashkilotlarning ahamiyati va
ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni, hamda O‘zbekistonning bugungi
kundagi xalqaro moliya tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlari tahlili va ular
o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida so‘z yuritiladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bu moliya
bozorini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdir. Moliya
bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotlarni oshirish, kapital jalb qilish,
investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishini ko‘rishimiz mumkin. Maqolada
O‘zbekistonning bu tashkilotlar bilan uzoq muddatli strategiyalar orqali barqaror
rivojlanish, yashil iqtisodiyot, inklyuziv iqtisodiyot, kambag‘allikni qisqartirish,
bandlikni ta’minlash va zamonaviy infratuzilmani yaratishga qaratilgan istiqbolli
loyihalari yoritilgan. Ushbu hamkorlik natijasida mamlakatimizning global
iqtisodiyotga integratsiyasining kuchayishi ko‘zda tutilgan.

Kalit so‘zlar: moliyaviy hisobotning xalqaro standarti, buxgalteriya hisobining
milliy standarti, moliyaviy hisobot, moliyaviy tahlil, sifatli moliyaviy axborot, iqtisodiy
samaradorlik, investitsion muhit, kapital bozori.

Annotation. Our article discusses the importance of international financial
organizations and their role in economic development, as well as an analysis of
Uzbekistan’s current financial relations with international financial organizations and
the prospects for expanding cooperation between them. One of the important tasks of
our country’s economy today is the development of the financial market and the
establishment of international financial relations. We can see that the financial market
serves to develop the economy, increase gross domestic product, attract capital, and
increase investment attractiveness. The article highlights Uzbekistan’s promising
projects with these organizations aimed at sustainable development, green economy,

inclusive economy, poverty reduction, employment generation, and creation of modern
infrastructure through long-term strategies. As a result of this cooperation, it is
envisaged that our country will strengthen its integration into the global economy.

Keywords: international financial reporting standard, national accounting
standard, financial reporting, financial analysis, quality financial information,
economic efficiency, investment environment, capital market.

Аннотация. В нашей статье рассматривается значение международных
финансовых организаций и их роль в экономическом развитии, а также анализ
текущих финансовых отношений Узбекистана с международными финансовыми
организациями и перспективы расширения сотрудничества между ними. Одной
из важных задач экономики нашей страны сегодня является развитие
финансового рынка и налаживание международных финансовых отношений. Мы
видим, что финансовый рынок служит развитию экономики, увеличению
валового внутреннего продукта, привлечению капитала и повышению
инвестиционной привлекательности. В статье освещаются перспективные
проекты Узбекистана с этими организациями, направленные на устойчивое
развитие, зеленую экономику, инклюзивную экономику, сокращение бедности,
создание рабочих мест и создание современной инфраструктуры посредством
долгосрочных стратегий. Ожидается, что это сотрудничество усилит интеграцию
нашей страны в мировую экономику.

Ключевые слова: международный стандарт финансовой отчетности,
национальный стандарт бухгалтерского учета, финансовая отчетность,
финансовый анализ, качественная финансовая информация, экономическая
эффективность, инвестиционная среда, рынок капитала.

KIRISH
Globallashuv jarayonlarining rivojlanib borishi mamlakatlarni xalqaro maydonga
chiqishga va yagona jahon iqtisodiyotini barpo etishga undamoqda. Bu esa “dunyodagi
barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko‘ra rivojlanadi va ular xalqaro
munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo‘lishini anglatadi” (Aliyev A.,
2007:10). Bugun O‘zbekiston tashqi siyosati va iqtisodiy faoliyatidagi o‘zgarishlar,
islohotlar mamlakatimiz bilan hamkorlik qilayotgan jahon va mintaqa mamlakatlari
hayotida yangi sahifa, yangi burilish yasamoqda. Eng avvalo, Markaziy Osiyo
mamlakatlari qarashlari va intilishlarini bir maqsadda birlashtirish hamda xalqaro
doiradagi jarayonlarda bir-birini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash prinsipi mintaqa davlatlari
tashqi siyosatining ustuvor vazifasiga aylanishga ulgurdi. O‘zini dunyoga qayta kashf
qilayotgan O‘zbekiston ham qo‘shni mamlakatlar bilan iliq do‘stona munosabatda
bo‘lib, hamkorlik va integratsiya aloqalarini yanada yangi bosqichga olib chiqishga

harakat qilmoqda. Ammo, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tizimiga
sekin kirib borayotgani, integratsiya dasturlarini amalga oshirishda vujudga kelayotgan
tushunmovchilik va kamchiliklar, monopol korxonalarning yopiq moliya tizimini
yoqlashi ushbu sohada bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli,
yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ushbu muammolar yuzasidan ilmiy
asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, eng maqbul variantlarda xalqaro tizim
elementlarini qabul qilish masalalarini ko‘rib chiqish bugunning eng muhim
masalalaridan biridir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Jahon moliya bozori atamasini turli mualliflar turli xilda izohlaydi. “Jahon moliya
bozori” atamasining turli izohlardagi farqi uning keng yoki tor ma’nodagi izohi
hisoblanadi. Lekin keng yoki tor ma’nodagi izohi ham turlicha tushuniladi. Masalan,
taniqli olim L. Krasavinaning qayd etishicha, “jahon moliya bozorlari keng ma’noda
mamlakatlar orasida pulli kapitallarning akkumulyatsiyasi va qayta taqsimotini
ta’minlovchi bozor munosabatlari sohasidir. Jahon moliya bozori tor ma’noda fond
bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bozoridir” . D. Mixaylov jahon
moliya bozorini unda muomalada bo‘lgan vositalar nuqtai nazaridan ko‘rsatib o‘tadi.
Bunda uning fikricha, jahon ssuda kapitali bozori va jahon moliya bozori “tushuncha
nuqtai nazaridan bu tushunchadan ko‘proq amaliy foydalanishda o‘xshash
kategoriyalar hisoblanadi. Shuningdek, V. Slepov va E. Zvonovalar xalqaro moliya
bozori ta’rifida bozorning mohiyatini emas, balki moliyaviy tizim tushunchasini asos
qilib oladilar: “Xalqaro moliya bozori – xalqaro moliyaning xalqaro moliya tizimidagi
ma’lum doiralardagi harakati shakli”. Mazkur mualliflarning fikricha, Jahon moliya
bozori tushunchasi xalqaro moliya bozoriga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi,
bunda xalqaro va milliy moliya bozorlari yig‘indisini tushunish lozim, ularning har biri
o‘ziga xos xususiyatlar, (yagona) alohidalik va mustaqillikka ega. Xalqaro moliya
bozoriga kelsak, u quyidagi bozorlar: valyuta, kredit, fond, investitsiyalar, sug‘urta
bozorini o‘z ichiga oladi. R. Olimova o‘z tadqiqotida O‘zbekiston va xalqaro
moliyaviy tashkilotlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni rivojlantirish masalalari,
hozirgi kunda mustaqil respublikamizning dunyoning yirik moliya tashkilotlari bilan
aloqasi kuchayib borayotganini ko‘rsatib o‘tgan. Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekiston
tadbirkorlari uchun jahon bozoriga chiqishni va natijada respublikada iqtisodiy,
ijtimoiy farovonlikni yanada tezlashtirishini ta’kidlagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolani yozish jarayonida xalqaro moliya operatsiyalarini rivojlantirishdagi
asosiy muammolar bo‘yicha mavjud bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar, statistik ma’lumotlarni
o‘rganish va iqtisodiy jihatdan tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiya,
ma’lumotlarni guruhlash, induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo‘lgan
shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga tegishli bo‘lgan xorijiy valyutalarning
harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir. 1970-yillarda
xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va mazkur o‘zgarishlar
ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-moliya tizimi shakllana boshladi.” (Ataniyazov J.,
2014: 8). Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga jahon iqtisodiyotida bo‘lib
o‘tgan boshqa muhim voqea-hodisalar ham ma’lum ma’noda ijobiy va salbiy jihatdan
ta’sir ko‘rsatadi.

Xalqaro moliyaviy JAHON MOLIYAVIY MUHITI Xalqaro moliya
menejment bozorlari
Jahon valyuta tizimi
Xalqaro soliqqa Xalqaro hisobtortish XALQARO MOLIYA kitoblar

1-rasm. Xalqaro moliya tizimining tuzilmaviy tarkibi (Ataniyazov J., 2014)

Jahon moliyaviy muhitida xalqaro moliya tizimining barcha tashkiliy elementlari
mujassamlashadi. Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar moliyasi,
banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko‘rsatadi hamda jahon
moliya bozori o‘sishi sharoitini aniqlaydi.

Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari esa quyidagilar: davlat, korxona,
tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy
korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya
munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida, davlat va
boshqa mamlakatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasida, davlat va
korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin.

Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy subyekt hisoblanadi.
Markaziy banklar bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari bo‘lib,
ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valyuta kursini
tartibga solish, valyuta zaxiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan.

2-rasm. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari (Ataniyazov J., 2014).

Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo‘lib,
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlarga ega bo‘lgan holda jahon xo‘jaligi
birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari – jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish
maqsadida xalqaro valyuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun
davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar. Xalqaro
moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi
subyektlar muhim rol o‘ynaydi.

Xalqaro moliya tizimi va moliya munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi
jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoniga uzviy bog‘liqdir. Xalqaro moliya tizimi
jahon xo‘jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Xalqaro moliya
munosabatlari asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana borgan.
Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo‘jaligining rivojlanishi
natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.

3-rasm. Jahon tovar savdosi hajmi, (2015-2024-yillar 4 chorak)

Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez
harakatlanuvchi kompyuter texnikasi, uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq
texnologiyalari, Internet global tarmog‘ining yaratilishi bilan boshqa texnik yutuqlar
ham birin-ketin paydo bo‘ldi.

Milliy moliya va kapital bozorlarining liberallashuvi axborot texnologiyalarining
jadal takomillashuvi va milliy iqtisodiyotlarning globallashuvi bilan birgalikda
moliyaviy innovatsiyalarni faollashtirdi va transchegaraviy kapital harakatining
o‘sishiga turtki bo‘ldi. Moliyaviy vositachilikning globallashuvi qisman
transchegaraviy oqimlarning oraliq mexanizmlariga bo‘lgan talabga javob bo‘lsa,
qisman moliyaviy xizmatlar savdosidagi to‘siqlarning kamayishi va xorijiy moliya
institutlarining ichki kapital bozorlariga kirishini tartibga soluvchi liberallashtirilgan
qoidalarga javobdir. Texnologik taraqqiyot va moliyaviy liberallashuv tufayli
vositachilik xizmatlarini yetkazib beruvchilar o‘rtasida raqobat kuchaydi. Ko‘pgina
mamlakatlarda tartibga soluvchi organlar kengroq doiradagi institutlarga moliyaviy
xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berish uchun moliyaviy vositachilikni tartibga soluvchi
qoidalarni o‘zgartirdi va banksiz moliya institutlarining yangi sinflari, shu jumladan
institutsional investorlar paydo bo‘ldi.

Investitsiya banklari, qimmatli qog‘ozlar firmalari, aktivlarni boshqaruvchilar,
investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari, ixtisoslashgan va savdoni
moliyalashtirish kompaniyalari va hatto telekommunikatsiya, dasturiy ta’minot va
oziq-ovqat kompaniyalari an’anaviy ravishda banklar tomonidan taqdim etilgan
xizmatlarga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishni boshlaydilar.

Blokcheyn-kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalar moliyaviy inqilobning
muhim tarkibiy qismidir. Blokcheynlar yordamida tashkilotlar ma’lumotlarni saqlab
qolishi, shaxslarni autentifikatsiya qilishi va identifikatsiyalashi, tranzaksiyalarni
tekshirishi, bitimlar imzolashi va kuzatuvni kuchaytirishi mumkin.

4-rasm. Jamiyat iqtisodiyotining tarixiy sivilizatsiyasi

Yuqoridagi 4-rasmda ham insoniyatning qabila jamiyatidan tortib to tarmoq
jamiyatigacha jamiyatda turli xil o‘zgaruvchan muhit mavjud. Ya’ni, bugungi kunda
bir mamlakat iqtisodiyoti faqat ichki iqtisodiyot (ishlab chiqarish)ga emas, balki,
boshqa davlatlarning iqtisodiyotiga bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni
globallashuv natijasida mamlakatlar iqtisodiyoti bir-biriga chambarchas bog‘langanini
anglashimiz mumkin. Zamonaviy texnologiyalar butun dunyoda tarmoq jamiyatini
yaratmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xalqaro moliya tizimi – ikki yoki undan ko‘p
bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi makroiqtisodiy munosabatlar va ularning pul
operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan moliyaviy iqtisodiyotning tizimi. Foiz stavkasi,
ayirboshlash kursi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va valyuta kabi
tushunchalar ushbu moliya tizimiga kiradi. Biz globallashgan dunyoda
yashamoqdamiz. Rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlardan arzon
ishchi kuchini, rivojlanayotgan mamlakatlar esa xizmatlar va mahsulotlarni izlaydi.
Ikki davlat o‘rtasida savdo sodir bo‘lganda, ular moliyaviy integratsiyaga kirishishadi.
Biroq, moliyaviy globallashuv va moliyaviy integratsiya, asosan, turli
tushunchalardir. Moliyaviy integratsiya deganda alohida davlatning xalqaro kapital
bozorlari bilan aloqasi tushuniladi. Shubhasiz, bu tushunchalar bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq.
Barcha o‘rganishlarni umumiy xulosa sifatida keltiradigan bo‘lsak, bizda
integratsiya borasida bir qancha yechimini kutayotgan muammolar mavjud, va
ulardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz:
1. Yuqori moliyaviy integratsiyalashgan mamlakatlar bilan tashqi savdo
balansimiz doimiy manfiyligicha qolmoqda, bundan tashqari savdo
infrastrukturasining yaxshi tashkil etilmaganligi;
2. Xalqaro moliya tashkilotlari biz uchun faqat kredit olish vositasi va manbasiga
aylanib boryapti;
3. Mavjud tizim va qonunchiligimiz zamonaviy dunyo talabiga javob bera
olmayapti, biz hali hamon investorlar uchun riski yuqori zona bo‘lib ko‘rinmoqdamiz;
4. Erkin valyuta munosabatlariga juda kech qadam qo‘yganimiz, investorlar va
boshqa turdagi kapital egalari uchun valyutamizning mobil emasligi;
5. Iqtisodiyot uchun asosiy qon tomirlar vazifasini o‘tovchi banklarning
nomustaqilligi, yangi innovatsiyalar o‘rniga doimiy ravishda eskirgan tizimdan
foydalanib kelayotganligi.
Ushbu muammolarni hal etishda faqatgina nazariy tomondan emas amaliyot
bilan yaqindan tanishgan holda quyidagi takliflar amalga oshirilsa, Respublikamiz
global moliya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

Birinchidan, xalqaro savdo-moliya sohasiga integratsiyaga kirishishda
mamlakatimizga yuqorida ta’kidlaganimizdek infrastruktura talab etiladi. Ya’ni,
O‘zbekiston dengizga chiqish uchun ikkita mamlakat chegarasini kesib o‘tishi zarur.
Mustaqillik yillarida zamonaviy yo‘l-transport infratuzilmasini shakllantirish, chet
mamlakatlar bilan bog‘laydigan ilg‘or transport-kommunikatsiya tarmoqlarini yaratish,
dunyo bozorlariga yangi yo‘llarni ochish muammoni kompleks hal qilish imkonini
berishi mumkin;

Ikkinchidan, xalqaro moliya tashkilotlaridan faqatgina kredit jalb qilib emas,
ulardagi yuqori salohiyatli mutaxassislarni tizimga olib kirish zarur deb o‘ylaymiz.

Uchinchidan, biz tezroq moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishimiz
kerak, aynan mana shu kichik detal investorlar oqimini bir necha barobar oshirish
imkonini beradi, hozirgacha foydalaniladigan milliy standartda qilingan hisobotlarni
qaytadan tarjima qilish amaliyoti yechim emas;

To‘rtinchidan, xalqaro moliya bozoriga kirish amaliyotini jadallashtirishimiz
zarur, xalqaro valyuta birjalarida so‘m bilan savdolarni amalga oshirish jarayonini
yo‘lga qo‘yish zarur. Bundan tashqari valyutamiz tebranishini tartibga solish eng
muhim qilinadigan ishlardan biri hisoblanadi;

Beshinchidan, bank tizimimizni imkon qadar tezroq erkinlashtirish choralarini
ko‘rish kerak. Davlat banklarini xususiy sektorga taqsimlab, tizimga hukumat
aralashuvini minimallashtirish zarur.

Hozirgi urush davrida tizim oldida yana bir muammo paydo bo‘ldi, endilikda
erkin savdo va bank faoliyatida sanksiyalarga tushib qolish ehtimoli kelib chiqmoqda.
Global moliyaning muhim unsurlaridan biri bo‘lgan Swift tizimidan uzilib qolish
ehtimoli hozirgi moliya tashkilotlarining har birida mavjud. Shularni inobatga olgan
holda ushbu tizimga muqobil variantlarni ko‘rish zarur deb hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mukesh Ralhan. (2017) Determinants of capital flows: a cross country
analysis. Department of Economics, University of Victoria, Victoria. – Canada.
2. Ataniyazov J., Alimardonov E. (2014) Xalqaro moliya munosabatlari.
Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari jamiyati nashriyoti. – 481 b.
3. Ataniyazov J. (2020) Xalqaro moliya munosabatlari. – Toshkent: Iqtisod-
Moliya. – 632 b.
4. Vahobov A., Burxanov U., Jumayev N. (2013) Xalqaro moliya
munosabatlari. – Toshkent: Toshkent moliya instituti. – 433 b.
5. Axmedov I., Hamidov O., Iminov Z. (2011) Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. – 276 b.
6. Colin D. Campbell, Edwin G. Golan. (2017) Money, banking, and monetary
policy. – The Dryden Press. – 596 p.

7. Paramasivan C., Subramanian T. (2019) Financial management. – New age
international publishers, Vivekananda college of arts and sciences for women. – 404 p.

8. Ismailova N., Axrarova D. (2013) Xalqaro savdoning rivojlanish
tendensiyalari. – Toshkent. – 190 b.

9. Nazarova X., Xalilov A., Azimov I. (2010) Xalqaro iqtisodiy integratsiya.
Darslik. – Toshkent: Tafakkur.

10. Jeff Madura. (2018) International financial management. 11th edition. – 781 p.
11. Heribert Golsong. (2018) International organizations in General Universal
international organizations an cooperation. – 305 p.
12. Eiteman Stonehill Moffett. (2013) Multinational business finance. 13th
edition. – 651 p.

REFERENCES:
1. Mukesh Ralhan. (2017) Determinants of capital flows: a cross country
analysis. Department of Economics, University of Victoria, Victoria. – Canada.
2. Ataniyazov J., Alimardonov E. (2014) Xalqaro moliya munosabatlari.
Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari jamiyati nashriyoti. – 481 b. (In Uzbek)
3. Ataniyazov J. (2020) Xalqaro moliya munosabatlari. – Toshkent: Iqtisod-
Moliya. – 632 b. (In Uzbek)
4. Vahobov A., Burxanov U., Jumayev N. (2013) Xalqaro moliya
munosabatlari. – Toshkent: Toshkent moliya instituti. – 433 b. (In Uzbek)
5. Axmedov I., Hamidov O., Iminov Z. (2011) Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. – 276 b. (In
Uzbek)
6. Colin D. Campbell, Edwin G. Golan. (2017) Money, banking, and monetary
policy. – The Dryden Press. – 596 p.
7. Paramasivan C., Subramanian T. (2019) Financial management. – New age
international publishers, Vivekananda college of arts and sciences for women. – 404 p.
8. Ismailova N., Axrarova D. (2013) Xalqaro savdoning rivojlanish
tendensiyalari. – Toshkent. – 190 b. (In Uzbek)
9. Nazarova X., Xalilov A., Azimov I. (2010) Xalqaro iqtisodiy integratsiya.
Darslik. – Toshkent: Tafakkur. (In Uzbek)
10. Jeff Madura. (2018) International financial management. 11th edition. – 781 p.
11. Heribert Golsong. (2018) International organizations in General Universal
international organizations an cooperation. – 305 p.
12. Eiteman Stonehill Moffett. (2013) Multinational business finance. 13th
edition. – 651 p.