SIRKULYAR IQTISODIYOT TAMOYILLARINI QAYTA ISHLASH
SANOATI MAJMUALARIGA JORIY ETISH MASALALARI
ISSUES OF INTRODUCING CIRCULAR ECONOMY PRINCIPLES INTO
PROCESSING INDUSTRY COMPLEXES
ВОПРОСЫ ВНЕДРЕНИЯ ПРИНЦИПОВ ЦИРКУЛЯРНОЙ ЭКОНОМИКИ
В КОМПЛЕКСЫ ПЕРЕРАБАТЫВАЮЩЕЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
Ismoilova Gulchiroy Tolliboy qizi
Oriental universiteti,
Iqtisodiyot va turizm kafedrasi o‘qituvchisi, PhD
Tel.: +998 94 666-55-09
e-mail: rguli617@gmail.com
ОRCID: 0000-0002-7204-6986
Аnnоtаtsiyа. Mazkur tadqiqotda sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini O‘zbekistonda
qayta ishlash sanoati majmualariga joriy etish masalalari, shuningdek hоzirgi zаmоn
оlimlаri tоmоnidаn ilgаri surilаyоtgаn nаzаriyаlаr tаlqini hаmdа xоrijiy dаvlаtlаrning
mаzkur sоhаdаgi tаjribаlаri tаhlil qilingan. Maqolada sirkulyar iqtisodiyotning asosiy
tamoyillari, resurslarni tejash va yashil iqtisodiyotning zamonaviy sanoatdagi ahamiyati
ko‘rib chiqiladi. Maqolada chiqindilarni qayta ishlash, qayta foydalanish va qayta
ishlash jarayonlarini optimallashtirish orqali barqaror biznes modellarini rivojlantirish
masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, “yashil” texnologiyalar va ekotexnoparklar kabi
innovatsion yondashuvlarning qayta ishlash sanoatida qo‘llanilishi va ularning ekologik
va iqtisodiy samaradorligi muhokama qilinadi. Tadqiqotda sirkulyar iqtisodiyotning
an’anaviy iqtisodiyotdan ustunligi, resurslardan samarali foydalanish va chiqindilarni
minimallashtirishdagi roli ta’kidlanadi. Maqola sanoat majmualarini barqaror
rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
Kаlit sо‘zlаr: sirkulyar iqtisodiyot, tamoyillar, resurslarni tejash, yashil
iqtisodiyot, biznes modellar, chiqindilarni qayta ishlash, ekotexnoparklar, qayta
foydalanish, qayta ishlash, “Yashil” texnologiyalar.
Annotation. This study examines the issues of implementing circular economy
principles within the recycling industry complexes of Uzbekistan, offering an
interpretation of theories proposed by contemporary scholars and an analysis of the
experiences of foreign countries in this field. The article explores the core principles of
the circular economy, emphasizing its significance in resource conservation and the role
of the green economy in modern industrial frameworks. It analyzes the development of
sustainable business models through the optimization of waste recycling, reuse, and
processing practices. Furthermore, the application of innovative approaches such as
“green” technologies and ecotechnoparks in the recycling industry is discussed,
alongside their ecological and economic efficiency. The research highlights the
superiority of the circular economy over traditional linear models, underscoring its
contributions to efficient resource use and waste minimization. The article concludes
with practical recommendations aimed at fostering the sustainable development of
industrial complexes.
Keywords: circular economy, principles, resource conservation, green economy,
business models, waste recycling, ecotechnoparks, reuse, processing, “green”
technologies.
Аннотация. В данном исследовании рассматриваются вопросы внедрения
принципов циркулярной экономики в комплексы перерабатывающей
промышленности Узбекистана, а также интерпретация теорий, выдвигаемых
современными учеными, и анализ опыта зарубежных стран в данной сфере. В
статье освещаются основные принципы циркулярной экономики, значение
ресурсосбережения и зеленой экономики в современной промышленности.
Анализируются вопросы развития устойчивых бизнес-моделей путем
оптимизации процессов переработки отходов, повторного использования и
рециклинга. Кроме того, обсуждается применение инновационных подходов,
таких как «зеленые» технологии и экотехнопарки, в перерабатывающей
промышленности, а также их экологическая и экономическая эффективность. В
исследовании подчеркивается превосходство циркулярной экономики над
традиционной линейной моделью, ее роль в эффективном использовании
ресурсов и минимизации отходов. Статья завершается практическими
рекомендациями по устойчивому развитию промышленных комплексов.
Ключевые слова: циркулярная экономика, принципы, ресурсосбережение,
зеленая экономика, бизнес-модели, переработка отходов, экотехнопарки,
повторное использование, рециклинг, «зеленые» технологии.
KIRISH
Jahon bankining “Sirkulyar iqtisodiyot: Markaziy Osiyo uchun imkoniyat” nomli
2024-yildagi tahliliy hisobotida, sirkulyar iqtisodiyot konsepsiyasining mintaqa
mamlakatlaridagi imkoniyatlari tahlil qilingan bo‘lib, unda Markaziy Osiyo
mintaqasiga tegishli xulosalar keltirilgan hamda mintaqadagi tabiiy resurslar va
chiqindilarni boshqarishdagi umumiy muammolarga yechim topish uchun rivojlangan
mamlakatlar tajribasini ilmiy o‘rganish va ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazish talab etilishi
bayon etilgan. Mazkur hisobotda sirkulyar iqtisodiyotning asosiy maqsadi,
chiqindilarni qayta ishlash, resurslarni tejash, shuningdek mahsulot va materiallardan
imkon qadar uzoq vaqt davomida foydalanish orqali, ularning atrof-muhitga zararli
ta’sirni kamaytirishdir - deb, ta’rif berilgan. Bundan tashqari, mintaqa davlatlari
sirkulyar iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun
kelgusidagi amaliy chora-tadbirlarga yo‘l ko‘rsatadigan sohalarga oid harakatlar
strategiyasini ishlab chiqishi, ushbu turdagi strategiyalar tegishli siyosat
mexanizmlarini aniqlash va amalga oshirishga yordam berib qolmay, balki xususiy
sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratgan holda, sirkulyar iqtisodiyotga
jadallik bilan o‘tishni ta’minlashi mumkinligi ta’kidlangan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
sirkulyar iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlanish sari katta qadam tashlamoqda.
Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning 21-oktyabr kuni Markaziy
Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida maishiy chiqindilarni
qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari
taqdimoti bilan tanishish davomida zavodlar mamlakatning hayot-mamotini hal
qiladigan masalalardan biri ekanini shuningdek, “Bular shunchaki zavod emas, hayotmamotimizni hal qiladigan masalalardan biri.
Yer-suvlarimizning yaroqliligi ham, aholi salomatligi ham, havo tozaligi-yu
energetika barqarorligi ham shu sohaga bog‘liq. Chiqindilar to‘g‘ri to‘planib, ko‘proq
qayta ishlansa, ekologik muvozanat yaxshilanadi, tabiat toza bo‘ladi, jamiyat
o‘zgaradi”, deya ta’kidlagani, chiqindilarni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish
naqadar dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda mazkur soha izchil takomillashtirib kelinmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentyabrdagi farmoni bilan,
“Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi” tashkil
etildi. Agentlikka chiqindilarni to‘plash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash,
yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yo‘q qilishning zamonaviy usullarini joriy etish
bilan shug‘ullanish vazifalari yuklatildi.
MАVZUGА ОID АDАBIYОTLАR TАHLILI
Jahonda kuzatilayotgan globallashuv va resurslar tanqisligi ortib borayotgan
sharoitda dunyo olimlari tomonidan sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish, yashil
iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ko‘plab ilmiy tadqiqot va sinov
tajribalari o‘tkazilmoqda. Jumladan, xorijlik olimlardan K. Varren o‘z ilmiy qarashlari
sifatida “Sirkulyar iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotga muqobil bo‘lib, unda biz
resurslardan imkon qadar uzoq vaqt foydalanamiz, ulardan foydalanish paytida eng
yuqori qiymatni olamiz, so‘ngra mahsulot va materiallarni qayta tiklaymiz va qayta
foydalanamiz” - deb ta’kidlab o‘tgan (Warren K., 2015). Iqtisodchi olim J. Kirchherr
ilmiy izlanishlarida “Sirkulyar iqtisodiyot “end of life” tushunchasi bilan
almashtiradigan biznes modellariga asoslanadi, barqaror rivojlanishga erishish uchun
mikrodaraja (mahsulotlar, kompaniyalar, iste’molchilar), mezo-daraja (ekosanoat
parklari) va makro daraja (shahar, viloyat, mamlakat)da ishlab chiqarish, tarqatish va
iste’mol qilish jarayonida materiallarni qayta ishlash va qayta tiklash, bu hozirgi va
kelajak avlodlar uchun atrof-muhitning tozaligi, iqtisodiy farovonlik va ijtimoiy adolatni
ta’minlash”ni nazarda tutgan (Kirchherr J., 2017: 224). AQShlik olim H. Wilts
“Sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy g‘oyasi bu mahsulotlarning hayotiy
sikli oxiriga yetganda, ularning qiymatini iloji boricha saqlab qolishdir” deb
ta’kidlaydi (Wilts H., 2017). Rossiyalik olima A. Shishmaryova “Sirkulyar iqtisodiyot
nafaqat chiqindilarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi, balki
texnologik, tashkiliy va ijtimoiy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishda muhim rol
o‘ynaydi” - deb, o‘z qarashlarini ilgari surgan (Шишмарёва А., 2021).
O‘zbekistonlik tadqiqotchi M. Xudoyberdiyev “Chiqindilarni boshqarish
infratuzilmasini to‘laqonli tarzda yaratish uchun odamlar ongiga chiqindi real
iqtisodiy foyda keltiruvchi strategik resurs ekanligini singdirish, bu esa o‘z
navbatida mamlakatimizda chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bilan
bog‘liq vaziyatni yanada yaxshilashga yordam beradi” - deb, fikrlarini bayon etgan
(Xudoyberdiyev M., 2024). Sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilab olishda ustuvorliklar mamlakatlarning rivojlanish darajasiga
qarab belgilanadi. Jumladan, rivojlangan mamlakatlar uchun - ishlab chiqarish va
iste’mol, raqobat, ish o‘rinlari tarkibidagi o‘zgarishlar, rivojlanayotgan mamlakatlar
uchun, avvalo, barqaror rivojlanish, kambag‘allikni qisqartirishni hal qilish kabi
masalalar birlamchi hisoblanadi. Xususan, quyida keltirilgan jadvalda dunyoda
sirkulyar iqtisodiyot modellarini joriy etish tashabbuskori bo‘lgan bir nechta yetakchi
davlatlarni ko‘rish mumkin.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida deduksiya, tasniflash, umumlashtirish hamda taqqoslash kabi
ilmiy-nazariy uslublardan foydalanilgan. Ilmiy izlanish va tadqiqot uchun zaruriy
normativ-huquqiy hujjatlar statistik ma’lumotlarni jamlash hamda tipologik tahlil
usullari asosida tadqiq qilingan.
TАHLIL VА NАTIJАLАR
Tadqiqot va tahlillarimiz natijasiga ko‘ra, sirkulyar iqtisodiyotga o‘tish inkor etib
bo‘lmaydigan uchta asosiy afzalliklarga ega:
birinchisi, ishlab chiqarishda resurslardan foydalanishni qisqartirish hisobiga,
atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish;
Ikkinchisi, ishlatiladigan birlamchi resurslar (xomashyo, materiallar) hajmini
kamaytirish hisobiga, ishlab chiqarish xarajatlarini maksimal darajada qisqartirish;
uchinchidan, yangi bozorlarning paydo bo‘lishi va yangi ish o‘rinlari yaratish,
umumiy farovonlik darajasini yuksaltirish.
1-jadval
Sirkulyar iqtisodiyotning ilg‘or biznes modellari hamda ularni joriy qilgan yetakchi
davlatlar
Yetakchi Sirkulyar iqtisodiyot sohasidagi korxona, tashkilotlar, dasturlar
mamlakatlar va turli tashabbuslar
Yaponiya Euglena, Denso, Toyota Production Systems
Finlandiya TEKES, SITRA, North European Bio Tech Oy, Ponsse /sr-Harvesting,
Niderlandiya Swappie, Taitonetti, 3 Steplit
Netherlands as a Circular Hotspot, Madaster, DSM-Niaga, Royal DSM,
Buyuk Britaniya Phillips, Circular Lighting, BMA Ergonomics, Koppert, Bundles, VDL
AQSh Group, DAF Reblend
Fransiya Unilever, Circularity Capital, Advanced Sustainable Developments, Waste
Daniya and Resources Action Program, Earth Angel Invertors
Ford, Heinz, Novellis, Ford Motor Company, POET-DSM Advanced
Biofuels, Apple Renew, Ecovative, Balbo Group, Caterpillar inc, Xerox
Renault Environmental, Roll-GOM, Le Relais, Baudelet, Ouateco Bata,
Sailbags 727, Alstom & Health Hub, Michelin
Novo Nordisk, Novozymes, DONG Energy, Statoil
Mamlakatlar o‘zlarining ichki iqtisodiy siyosatidan kelib chiqib, sirkulyar
iqtisodiyot doirasida quyidagi biznes modellarni alohida yoki kombinatsiyalangan
holda qo‘llashi mumkin:
- Doiraviy (aylanma) qiymat zanjirlari modeli – resurslar cheklangan sharoitda,
butunlay qayta tiklanadigan manbalar bilan almashtiriladi. Misol uchun, ichki yonuv
dvigatellariga yoqilg‘i sifatida neft mahsulotlarini emas, balki o‘simlik biomassasidan
olingan bioetanol va biodizelni qo‘llash mumkin;
- mahsulotning hayotiylik siklini uzaytirish modeli – qayta tiklash orqali, imkon
qadar uzoqroq muddatga iqtisodiy foydani saqlab qolish uchun mahsulotni qayta
ta’mirlash, yangilash yoki sotish. Shuningdek, ushbu model, tovarlarni sotish hisobiga,
ulardan foydalanish uchun xizmatlarni sotishga o‘tishni ham nazarda tutadi;
- o‘zaro almashish va birgalikda foydalanish modeli (sharing economy)
foydalanish darajasi past bo‘lgan tovar yoki aktivlarning almashinuviga asoslanadi.
Bunga misollar sifatida transportdan umumiy foydalanish platformasi – “Blablacar”,
uy-joy bo‘yicha – “Airbnb” va boshqalarni keltirish mumkin;
- mahsulot xizmat sifatida (xizmat ko‘rsatish) modeli – “ijara”ga haq to‘lash
orqali mijozlar mahsulotlardan foydalanishi. Bir qator xorijiy kompaniyalar yoritish
jarayonini xizmat sifatida sotadi. Bunda, kompaniya qurilmalarga egalik huquqini
o‘zida saqlab qoladi, shuning uchun mijozlar o‘rnatish va qurilmalar nosozligi uchun
haq to‘lamaydi. Bularning barchasi tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning xizmat
ko‘rsatish qismida aks ettiriladi;
- qayta ishlash va qayta tiklash modeli. Bunda resurslarni tiklash va qayta
foydalanishda innovatsion texnologiya hamda uning imkoniyatlaridan keng
foydalanadi. Yopiq tarzdagi qayta ishlash sikli hamda chiqindilarni qayta ishlash
asosida yangi resurslarni yaratish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, chiqindilarni qayta ishlash va
ulardan qayta foydalanish sirkulyar iqtisodiyotning asosiy elementlaridan biridir.
Bunda, asosiy qiymat birliklarini yaratishda ekotexnoparklar muhim rol o‘ynaydi.
Ekotexnoparklar bu ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlariga, yashil
iqtisodiyotga xos ishlab chiqarish uskuna, zamonaviy laboratoriya, texnologik jihozlar
hamda bino va inshootlarga ega, chiqindilarni uzluksiz qayta ishlash va ular asosida
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan majmualardir.
Umume’tirof etilgan konsepsiyaga ko‘ra, chiqindilarni boshqarish tizimining
samarali ishlashi ko‘p jihatdan “uchta R tamoyili”, ya’ni qisqartirish (Reduce), qayta
foydalanish (Reuse) va qayta ishlash (Recycle)ga asoslanadi. Buning ma’nosi “qayta
foydalan” va “qayta ishla” yoki chiqindilarni kamaytirish uchun “iste’molni chekla”.
Hozirgi kunda sirkulyar iqtisodiyotning ko‘plab modellari mavjud bo‘lib,
ularning aksariyati umumiy jihatlarga ega. Biroq, mazkur biznes modellar ichida
“Ellen MacArthur” jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan sirkulyar iqtisodiyot
modeli, keng qamrovligi hamda juda soddaligi bilan ajralib turadi (1-rasm).
Qayta tiklanuvchi resurslar – Biologik Qayta tiklanmaydigan resurslar – Texnik
materiallar
materiallar
Ehtiyot qism ishlab chiqaruvchi Qayta ishlash
Qishloq xo‘jaligi
Biosferaning qayta Mahsulot ishlab chiqaruvchi Tiklanish
tiklanishi Xizmat ko‘rsatuvchi
Qayta foydalanish
Biogaz Texnik ximat
Kompostlash
ko‘rsatish
Biologik mahsulotlarni ISTE’MOLCHI
qazib olish
Salbiy tashqi ta'sirlarni tizimli minimallashtirish
Chiqindilarni utilizatsiya qilish
1-rasm. “Ellen MakArtur jamg‘armasi” sirkulyar iqtisodiyot modeli
Bizningcha, sirkulyar iqtisodiyotning ushbu modeliga o‘tish ortiqcha iste’mol
xarajatlarini kamaytiradi hamda mavjud resurslardan unumli foydalanish va atrofmuhitga ekologik zararni kamaytirishga xizmat qiladi.
Bu maqsadli rasmiy ma’muriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga
oshirish, davlat dasturlariga yashil rivojlanish tamoyillarini joriy etish, iqlim o‘zgarishi
va gazlar chiqindilariga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish,
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni jadallashtirish hamda
chiqindilarni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda.
Shu kunga qadar ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning asosiy
natijalari sifatida so‘nggi yillarda iqtisodiyotni yashil transformatsiyalashga qaratilgan 154
dan ortiq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi 20 dan ortiq rasmiy hujjat qabul qilindi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining 2019–2030-yillarga mo‘ljallangan “yashil”
iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”, “O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha
“yashil” iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori, “Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining
energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha jadal chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Prezident Qarori, “2019-2028-yillarga mo‘ljallangan qattiq maishiy
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish Strategiyasi” shular jumlasidan.
“Yashil” texnologiyalar va energetika sohasiga iqtisodiyotning asosiy drayveri
sifatida qaralishining sabablaridan biri – respublika hududida yiliga o‘rtacha
14 million tonna chiqindilar hosil bo‘ladi. Biroq, mazkur chiqindilarning atigi
4-5 foizi qayta ishlanadi. Chiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona
gazlari atmosferaga chiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi.
O‘zbekistonda chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga
zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan
xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston
Respublikasining 2002-yil 05-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-son Qonuni
qabul qilingan. Mazkur Qonunning 2-moddasida “Chiqindilar – ishlab chiqarish yoki
iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar
yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol
xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar)” deb, ta’rif berilgan.
Shunday ekan, chiqindilarni qayta ishlash orqali ularning tabiatga ta’sirini
kamaytirish, hamda qayta tiklanuvchi manba sifatida katta foyda olish mumkin.
Hozirda, aholining qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va tashib olib ketish
xizmatlaridan foydalanishi asosan mamlakatimizning yirik shaharlarida ta’minlangan.
“Mamlakatda 296 ta ko‘mish va chiqindilarni yo‘q qilish uchun poligonlar, jumladan,
qattiq maishiy chiqindilar (221), sanoat chiqindilari (16), qurilish chiqindilari (4), loy
yig‘ish kollektorlari (21), chiqindilarni yig‘ish joylari (15), maxsus poligonlar (19) va
shuningdek, xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun 23 ta poligon mavjud”.
Aralash qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish mexanizmi ham mavjud.
2019-2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar
bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasida qattiq maishiy chiqindilar bilan
bog‘liq quyidagi asosiy muammolar keltirib o‘tilgan:
- qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish
bo‘yicha xizmatlarning yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
- qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi
infratuzilmaning qoniqarsiz holatda ekanligi;
- mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarining sanitariya talablari
va ekologik me’yorlarga muvofiq kelmasligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda.
Qattiq maishiy chiqindilar hajmi 2010-yildagi 6,1 million tonnadan
2017-yilda 7,0 million tonnagacha oshdi. Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq
ishlarni amalga oshirish strategiyasida qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘lishining
yillik hajmi prognozi 14-14,5 mln tonna atrofida baholanadi. Eng yomon ssenariyni
hisobga olganda esa, ushbu ko‘rsatkich 2028-yilga kelib 16-16,7 mln tonnaga yetishi
mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Strategiyada 2028-yilgacha aholini chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish
xizmatlari bilan qamrab olishni 100 foizga, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash
darajasini 60 foizga yetkazish kabi qator maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.
Shuningdek, yangidan ishlab chiqilgan “Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha
konsepsiya”da qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini
65 foizgacha oshirish maqsadli ko‘rsatkich sifatida joy olgan (PF-5863, 2019).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq
ishlarni boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga oid qarorida
(PQ-4865, 2020) 2020-yil oxiriga qadar aholini maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib
chiqib ketish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2021-yil oxirigacha
esa 100 foizga, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 2020-yil oxiriga
qadar 21,8 foizga, 2021-yil oxiriga kelib esa 36,5 foizga, 2022-yil oxirigacha maishiy
chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etishda xususiy
sektor ulushini 50 foizga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa-da, hozircha mazkur
vazifalar ijrosi to‘liq amalga oshirilmadi.
Iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish bo‘yicha loyihalar chiqindilardan issiqxona
gazlari emissiyasini kamaytirishga yordam beradi, lekin ular o‘sib borayotgan
emissiyalarning asosiy sababi bo‘lgan ishlab chiqarish va iste’moldan hosil bo‘ladigan
chiqindilarning o‘sib borayotgan hajmini bartaraf etmaydi va bunga o‘z navbatida
normativ qoidalar, standartlar, nazorat mexanizmlari, materiallarni qayta ishlatish va
qayta ishlash borasida ma’lumot va rag‘batlantirish choralarining yetishmovchiligi ham
o‘z salbiy hissasini qo‘shadi. “2019-2028-yillarga mo‘ljallangan qattiq maishiy
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish Strategiyasi” institutsional va
huquqiy baza, asosan yetishmovchiligi tufayli chiqindilar bilan ishlashni
boshqarishning yangi integratsiyalashgan tizimini yaratishga qaratilgan.
XULОSА VА TАKLIFLАR
Sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini qayta ishlash sanoati majmualariga joriy
etishni yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagi tashkiliy-huquqiy yo‘nalishdagi
muammolarni hal etish zarurati mavjud, deb o‘ylaymiz:
1. Chiqindilar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni oqilona boshqarish bo‘yicha
me’yorlar yetarli emas hamda yanada yaxlit tizimni qurish va faoliyatini yuritish
bo‘yicha mas’uliyat taqsimlanmagan.
2. Infratuzilmani rivojlantirishni ham, uning ishlashini ham barqaror
moliyalashtirishni talab qiluvchi qoidalar yetarli darajada ishlab chiqilmagan.
3. Mamlakatning turli hududlarida ekosanoat zonalari hamda ekotexnoparklar
tashkil etish hamda ularga sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini to‘liq joriy etish bo‘yicha
aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan.
Mazkur muammolar o‘z yechimini topishi, kelgusida sohani rivojlanishiga
hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga zamin yaratadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, bu borada
sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini qayta ishlash sanoati majmualariga keng joriy etish
hisobiga ekologik vaziyat barqarorlashadi, iqtisodiyotning energiya samaradorligi
oshadi, zararli gazlar emissiyasi sezilarli darajada pasayib, sanitar holat yaxshilanadi,
aholiga xavfli kasalliklar yuqishi kamayadi. Chiqindilar qayta ishlanib, muqobil
energiya, xomashyo va organik o‘g‘it olinishi jadallashadi. Mavjud chiqindi
poligonlari hududida, zamonaviy ekosanoat zonalari, ekotexnoparklar tashkil etiladi.
Xomashyodan tayyor mahsulotgacha va chiqindisiz texnologiyadan foydalanishga
asoslangan iqtisodiyot modelini jadal joriy etish imkoniyatlari yanada kengayadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 05-apreldagi “Chiqindilar
to‘g‘risida”gi 362-II-son Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi
“2019-2028-yillarga mo‘ljallangan qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni
amalga oshirish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4291-son Qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot
va ijtimoiy soha tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
bo‘yicha jadal chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4422-son Qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasining 2019–2030-yillarga mo‘ljallangan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasining 2030-yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-436-son Qarori.
6. Kirchherr, J. Conceptualizing the circular economy: An analysis of 114
definitions / J. Kirchherr, D. Reike, M. Hekkert // Resources, Conservation and
Recycling. – 2017. – Vol. 127. – P. 224.
7. Wilts, H. (2017) The digital circular economy: Can the digital transformation
pave the way for resource-efficient materials cycles? / Sustainability Impulses from
Wuppertal. – URL: https:// juniperpublishers.com
8. Warren, K. Circular economy study identifies 3 million jobs across Europe / K.
Warren // WRAP. – 2015. − URL: https://www.wrap.org.uk/content/ circulareconomy-study-identifies-3-million-jobs-across-europe
9. Xudoyberdiyev Muhammad. (2024) Chiqindilarni yo‘q qilish va ularni qayta
ishlash masalalari // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. Ilmiy-elektron jurnal, 1-son.
10. Шишмарёва А. (2021) Реализация принципов циркулярной экономики в
лесопромышленном комплексе региона // 2222-534X Journal of Economics,
Entrepreneurship and Law.
11. https://www.ellenmacarthurfoundation.org/
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 05-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-
II-son Qonuni. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi
“2019-2028-yillarga mo‘ljallangan qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni
amalga oshirish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4291-son Qarori. (In
Uzbek)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot
va ijtimoiy soha tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
bo‘yicha jadal chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4422-son Qarori. (In Uzbek)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasining 2019–2030-yillarga mo‘ljallangan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarori. (In Uzbek)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasining 2030-yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-436-son Qarori. (In Uzbek)
6. Kirchherr, J. Conceptualizing the circular economy: An analysis of 114
definitions / J. Kirchherr, D. Reike, M. Hekkert // Resources, Conservation and
Recycling. – 2017. – Vol. 127. – P. 224.
7. Wilts, H. (2017) The digital circular economy: Can the digital transformation
pave the way for resource-efficient materials cycles? / Sustainability Impulses from
Wuppertal. – URL: https:// juniperpublishers.com
8. Warren, K. Circular economy study identifies 3 million jobs across Europe / K.
Warren // WRAP. – 2015. − URL: https://www.wrap.org.uk/content/ circulareconomy-study-identifies-3-million-jobs-across-europe
9. Xudoyberdiyev Muhammad. (2024) Chiqindilarni yo‘q qilish va ularni qayta
ishlash masalalari // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. Ilmiy-elektron jurnal, 1-son. (In
Uzbek)
10. Shishmaryova A. (2021) Realizasiya prinsipov sirkulyarnoy ekonomiki v
lesopromishlennom komplekse regiona // 2222-534X Journal of Economics,
Entrepreneurship and Law. (In Russian)
11. https://www.ellenmacarthurfoundation.org/