OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BOSHQARUV KADRLARINI TANLASH
MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
(JAHON TAJRIBASI ASOSIDA)
IMPROVEMENT OF MANAGEMENT STAFF SELECTION MECHANISMS
IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS
(BASED ON WORLD EXPERIENCE)
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМОВ ОТБОРА
УПРАВЛЕНЧЕСКИХ КАДРОВ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ
(НА ОСНОВЕ МИРОВОГО ОПЫТА)
Ibragimova Sevara Kabildjanovna
Oriental universiteti mustaqil izlanuvchisi
Tel.: +998 99 487-28-85
e-mail: isevara432@gmail.com
Annotatsiya. Oliy ta’lim muassasalarida (OTM) boshqaruv kadrlarni tanlash
jarayoni institutsional samaradorlik va rivojlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy
omillardan biridir. Ushbu tadqiqot xalqaro tajribani chuqur o‘rganish va O‘zbekiston
oliy ta’lim tizimi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Jahon tajribasiga
asoslangan holda, tanlov jarayonini shaffof, samarali va kompetentlikka asoslangan
qilib tashkil etish mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqotda liderlik qobiliyatlari,
boshqaruv ko‘nikmalari va raqobatli tanlov tizimini joriy etishning ahamiyati alohida
e’tiborga olindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kompetentlikni baholash tizimi, rahbarlik
bo‘yicha maxsus tayyorgarlik dasturlari va xalqaro tajribadan foydalanish boshqaruv
kadrlari sifatini oshiradi hamda oliy ta’lim muassasalarining umumiy samaradorligini
yaxshilaydi.
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, boshqaruv kadrlari, tanlov mexanizmi, liderlik,
boshqaruv, xalqaro tajriba.
Annotation. The process of selecting managerial personnel in higher education
institutions (HEIs) is a critical factor influencing institutional effectiveness and
development. This study aims to thoroughly examine international experiences and
develop practical recommendations for Uzbekistan’s higher education system.
Drawing on global practices, mechanisms for establishing a transparent, efficient, and
competency-based selection process were analyzed. Particular attention was paid to the
significance of leadership skills, managerial competencies, and the implementation of
a competitive selection system. The findings suggest that introducing a competency
assessment framework, specialized leadership training programs, and leveraging
international experience can enhance the quality of managerial personnel and improve
the overall efficiency of higher education institutions.
Keywords: higher education, managerial personnel, selection mechanism,
leadership, management, international experience.
Аннотация. Процесс отбора управленческих кадров в высших учебных
заведениях (ВУЗах) является одним из ключевых факторов, влияющих на
институциональную эффективность и развитие. Данное исследование
направлено на глубокое изучение международного опыта и разработку
практических рекомендаций для системы высшего образования Узбекистана. На
основе мировых практик были проанализированы механизмы организации
прозрачного, эффективного и основанного на компетенциях процесса отбора.
Особое внимание уделено значимости лидерских качеств, управленческих
навыков и внедрения конкурентной системы отбора. Результаты показывают,
что внедрение системы оценки компетенций, специальных программ подготовки
лидеров и использование международного опыта способствуют повышению
качества управленческих кадров и улучшению общей эффективности высших
учебных заведений.
Ключевые слова: высшее образование, управленческие кадры, механизм
отбора, лидерство, управление, международный опыт.
KIRISH
Oliy ta’lim muassasalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi malakali rahbarlarga
bog‘liq. Universitet rahbarlarini tanlash jarayoni akademik sifat, innovatsiya
jarayonlari va strategik rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Samarali boshqaruv
kadrlari ta’lim muassasasining barqarorligi, xalqaro reytinglardagi o‘rni va ilmiytadqiqot faoliyatini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda oliy ta’lim muassasalari boshqaruv
tizimida zamonaviy yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Masalan, Yevropa va AQShda
universitet rahbarlari mustaqil ekspert komissiyalari tomonidan, nomzodlarning
strategik boshqaruv qobiliyatlari va innovatsiyaga moyilligi asosida tanlab olinadi.
Janubiy Koreya va Yaponiyada esa rahbarlik lavozimlari uchun nomzodlar maxsus
malaka oshirish dasturlaridan o‘tishi talab qilinadi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya va Germaniyada universitet rahbarlari demokratik
usullar asosida, o‘qituvchi va tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan mezonlar bo‘yicha
baholanadi. Bu modellar rahbarlarning strategik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga,
innovatsion loyihalarni joriy etishga va ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilishga
xizmat qiladi.
Ushbu tadqiqotda xalqaro tajribalarni o‘rganish va O‘zbekistondagi tanlov
jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqishga urg‘u berilgan.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlariga tayinlash jarayonini
xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish samaradorlikni oshirish imkonini
beradi. Shaffoflik va adolatli tanlov tizimini joriy etish, rahbarlarning kompetentligini
baholash va malakalarni oshirish mexanizmlarini rivojlantirish muhim vazifalardan
biri sifatida ko‘rib chiqilgan.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv kadrlarini tanlash mexanizmlarini
takomillashtirish masalasi so‘nggi yillarda jahon tajribasiga asoslanib keng
o‘rganilmoqda. Ushbu sohadagi tadqiqotlar boshqaruv jarayonlarining samaradorligi
va universitetlarning global miqyosdagi raqobatbardoshligiga ta’sirini ko‘rib chiqadi.
Oliy ta’lim tizimida rahbar kadrlarni tanlash mexanizmlarini yaxshilash nafaqat
ma’muriy samaradorlikni oshirish, balki ta’lim sifatini yuksaltirish uchun ham
muhimdir. Ushbu tahlilda Altbach va Salmi, Deem va Brehony, Middlehurst, hamda
Scott kabi xorijlik mualliflar va bir qancha mahalliy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari
ko‘rib chiqilib, ularning jahon tajribasiga asoslangan yondashuvlari tahlil qilinadi.
Jumladan, Altbach va Salmi o‘z tadqiqotlarida jahon miqyosidagi tadqiqot
universitetlarini shakllantirishda boshqaruv kadrlarining roliga e’tibor qaratadi. Ular
rahbarlarni tanlashda shaffof va professional mexanizmlarning muhimligini ta’kidlab,
AQSh, Yevropa va Osiyo tajribalarini ko‘rib chiqadilar. Mualliflarning xulosalariga
ko‘ra, malakali rahbar kadrlarga sarmoya kiritish akademik muvaffaqiyatning asosiy
omili hisoblanadi.
Deem va Brehony oliy ta’limda “yangi boshqaruvchilik” (new managerialism)
konsepsiyasining ta’sirini o‘rganadi va boshqaruv kadrlarini tanlashda korporativ
modellarning kuchayishini tanqid qiladi. Ular Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar
misolida boshqaruvning akademik qadriyatlardan uzilib qolganligini ko‘rsatadilar.
Ushbu tadqiqot rahbarlarni tanlashda professionalizm va ta’lim sohasining o‘ziga
xosligi o‘rtasida muvozanatni saqlash zarurligini ta’kidlaydi.
Middlehurst akademik muhitda rahbarlik masalalariga bag‘ishlangan kitobida
boshqaruv kadrlarini tanlashning samarali modelini taklif qiladi. U rahbarlarda
ma’muriy malaka bilan birga akademik nufuz bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Buyuk
Britaniya universitetlari tajribasiga asoslangan bu tadqiqot tanlash mexanizmlarini
mahalliy madaniyat va institutsional xususiyatlarga moslashtirish muhimligini
ko‘rsatadi. Scott oliy ta’limdagi globallashuv jarayonlarini o‘rganadi va bu
jarayonlarning boshqaruv yondashuvlari va kadrlarni tanlashga ta’sirini tahlil qiladi. U
xalqaro raqobatning oshishi universitetlarni global kontekstda ishlay oladigan
rahbarlarni izlashga majbur qilishini ta’kidlaydi. Uning ishi milliy tizimlarga jahon
tajribasini integratsiya qilish va madaniyatlararo kompetensiyaga ega rahbarlarni
tanlash zarurligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagi tadqiqotlar oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv kadrlarini tanlash
mexanizmlarini takomillashtirish uchun turli yondashuvlarni namoyish etadi. Altbach
va Salmi global standartlar va professionallikka urg‘u bersa, Deem va Brehony
boshqaruvning tijoriylashuvini tanqid qiladi. Middlehurst akademik muhitga
moslashgan muvozanatli yondashuvni taklif etadi, Scott esa xalqaro tajriba va
globallashuvning ahamiyatini ta’kidlaydi. Bizning maqolamizda esa ushbu ishlarga
qo‘shimcha ravishda yangi tadqiqot natijalari taqdim etiladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda sifatli tahlil usuli qo‘llanildi. Hujjatlar, ilmiy adabiyotlar va
turli davlatlar tajribasiga asoslangan holda qiyosiy tahlil o‘tkazildi. Quyidagi mezonlar
tahlil qilindi:
shaffoflik darajasi;
kompetentlikni baholash mezonlari;
rahbarlik ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar;
me’yoriy-huquqiy asoslar.
TAHLIL VA NATIJALAR
Universitet rahbarlarini tayyorlash va tanlash usullari turli davlatlarda har xil
yo‘llar bilan tashkil etiladi. Bu jarayonda asosan shaffoflik, raqobatbardoshlik va
malakani baholash mezonlari muhim rol o‘ynaydi. Quyida AQSh, Yevropa Ittifoqi,
Yaponiya va Janubiy Koreyadagi modellar va ularning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistondagi mavjud muammolar tahlil qilinadi.
Davlat Tanlov usuli Baholash mezonlari Liderlik tayyorgarligi
AQSh Mustaqil tanlov Akademik tajriba, strategik Universitet boshqaruv
komissiyasi fikrlash kurslari
Yevropa Ittifoqi Xolis baholovchi Ilmiy daraja, boshqaruv Davlat dasturlari
guruhlar tajribasi
Yaponiya va Innovatsion fikrlash Raqamli transformatsiyaga Innovatsion boshqaruv
Janubiy Koreya asosida tayyorlik treninglari
AQShda universitet rektorlari va rahbarlarini tanlash jarayoni mustaqil tanlov
komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu komissiyalar odatda universitet
professorlari, tajribali mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘ladi. Ular
nomzodlarning akademik tajribasini, strategik fikrlash qobiliyatini, ilmiy va boshqaruv
salohiyatini tahlil qiladilar.
Liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun Amerika universitetlarida maxsus
boshqaruv kurslari mavjud. Bu kurslarda oliy ta’lim muassasalarini samarali
boshqarish, moliyaviy menejment, ta’lim sifatini yaxshilash strategiyalari va
innovatsion yechimlar bo‘yicha o‘quv dasturlari tashkil etiladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida universitet rahbarlarini tanlash jarayoni xolis
baholovchi guruhlar tomonidan olib boriladi. Ular asosan nomzodlarning ilmiy
darajasi, boshqaruv tajribasi, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha loyihalari va xalqaro
aloqalarini baholaydilar.
Yevropa davlatlarida universitet rahbarlari uchun maxsus davlat dasturlari amalga
oshiriladi. Bunday dasturlar rektorlar va ta’lim muassasalari rahbarlarini boshqaruv
ko‘nikmalariga o‘rgatish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ta’limda
innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan.
Yaponiya va Janubiy Koreyada universitet rahbarlarini tanlashda innovatsion
fikrlash va raqamli transformatsiyaga tayyorlik kabi mezonlar asosiy ahamiyat kasb
etadi. Bu davlatlarda universitetlarning raqamli transformatsiyasiga, innovatsiyalarni
joriy etish qobiliyatiga va ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish bo‘yicha
strategiyalarga e’tibor beriladi.
Liderlik tayyorgarligi innovatsion boshqaruv treninglari orqali amalga oshiriladi.
Bu treninglar zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili
va raqamli ta’lim platformalarini joriy etishni o‘rgatishga qaratilgan.
O‘zbekistondagi muammolar va imkoniyatlar. O‘zbekistonda universitet
rahbarlarini tanlash va baholashda bir qator muammolar mavjud:
Raqobatli va shaffof tanlov tizimining mavjud emasligi. Hozirda universitet
rahbarlari asosan markazlashgan tartibda tayinlanadi. Bu esa tanlovda shaffoflik va
raqobatbardoshlikni ta’minlashga to‘sqinlik qilishi mumkin. AQSh va Yevropa
mamlakatlaridagi kabi mustaqil komissiyalar yoki xolis baholovchi organlarni joriy
etish orqali shaffoflikni oshirish mumkin.
Universitet rahbarlari uchun maxsus liderlik kurslarining mavjud emasligi.
Rektor va universitet boshqaruv kadrlari uchun maxsus boshqaruv kurslari tashkil
etilmagan. Yevropa va AQSh tajribasiga asoslanib, universitet rahbarlari uchun
maxsus tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish muhim.
Xalqaro tajribalardan yetarlicha foydalanilmayotganligi. Rektorlar va
rahbarlar uchun xalqaro stajirovkalar, konferensiyalar va tajriba almashish dasturlari
cheklangan holda amalga oshirilmoqda. Jahon tajribasidan samarali foydalanish uchun
xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, stajirovkalarni oshirish
zarur.
Mustaqil baholovchi organlarning yetishmovchiligi. Rektorlarning faoliyatini
xolisona baholash uchun mustaqil baholovchi organlar yetarlicha rivojlanmagan.
Universitet rahbarlarining samaradorligini baholash uchun maxsus indeks va
ko‘rsatkichlar joriy etish zarur.
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini isloh qilish va xalqaro tajribalarni joriy etish
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jahon tajribasini o‘rganish natijasida universitet
rahbarlarini tanlash va tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi
vazifalar amalga oshirilishi zarur:
1. Mustaqil tanlov komissiyalarini tashkil etish. Hozirgi kunda universitet
rahbarlarini tayinlash jarayoni markazlashgan va nazorat qilingan shaklda amalga
oshiriladi. Bu esa ko‘pincha shaffoflik va raqobatbardoshlikning kamayishiga olib
keladi. AQSh, Yevropa va Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, mustaqil tanlov
komissiyalarini tashkil etish taklif qilinadi.
Shaffoflikni ta’minlash – tanlov jarayoni ochiq va adolatli bo‘lishi uchun
ekspertlar, mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan iborat mustaqil komissiyalar
faoliyat yuritishi kerak.
Tanlov mezonlarini ishlab chiqish – nomzodlarning kasbiy malakasi,
boshqaruv tajribasi, strategik fikrlash qobiliyati va innovatsion yondashuvi hisobga
olinishi kerak.
Jamoatchilik fikrini inobatga olish – universitet jamoasi, talabalar va
o‘qituvchilarning fikrini eshitish uchun ochiq muhokamalar o‘tkazish.
2. Liderlik kompetensiyalarini baholash tizimini joriy qilish. Hozirgi oliy
ta’lim tizimida universitet rahbarlarining liderlik qobiliyatlarini baholash bo‘yicha
yagona standart mavjud emas. Shu bois, yetakchilik kompetensiyalarini baholash
tizimini joriy qilish taklif qilinadi.
Asosiy baholash mezonlari:
o Strategik boshqaruv va qaror qabul qilish qobiliyati
o Tashkilotchilik ko‘nikmalari va jamoa bilan ishlash malakasi
o Innovatsion fikrlash va raqamli transformatsiyaga tayyorlik
o Xalqaro hamkorlik va global tendensiyalarni tushunish
Baholash usullari:
o Hujjatlarni tahlil qilish (ilmiy ishlar, rahbarlik tajribasi)
o Amaliy keyslar va simulyatsiyalar orqali baholash
o Universitet rahbariyatining strategik rejalashtirish qobiliyatini aniqlash uchun
testlar o‘tkazish
3. Nomzodlarning strategik fikrlash qobiliyatini baholash uchun test va
suhbatlar o‘tkazish. Rahbarlik vazifasiga nomzodlar universitetlarning kelajakdagi
rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun
ularning strategik fikrlash qobiliyatini baholash tizimini joriy etish kerak.
Test sinovlari
o Universitetni rivojlantirish strategiyalari bo‘yicha savollar
o Xalqaro ta’lim standartlarini bilish darajasi
o Innovatsion yechimlarni ishlab chiqish qobiliyati
Suhbatlar va amaliy keys tahlillari
o Universitetni moliyaviy va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar
o Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonidagi real keyslar
o Talabalar va o‘qituvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha yechimlar
Bu baholash jarayonlari universitet rahbarlarini sifatli tanlash va ularning
kelajakda samarali boshqaruvchi sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
4. Yevropa va Osiyo tajribasiga asoslangan maxsus liderlik kurslarini tashkil
qilish. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, universitet rahbarlari uchun doimiy ravishda
malaka oshirish kurslari o‘tkazilsa, ta’lim tizimi yanada samarali bo‘ladi. Shu bois
Yevropa va Osiyo davlatlarining tajribasiga asoslangan maxsus liderlik kurslarini
tashkil qilish taklif etiladi.
Yevropa tajribasi
o Davlat dasturlari asosida rektor va universitet rahbarlari uchun boshqaruv
kurslarini tashkil etish
o Xalqaro universitetlar bilan tajriba almashishni kuchaytirish
o Boshqaruvga zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash (raqamli transformatsiya,
innovatsiyalarni joriy etish)
Osiyo tajribasi (Yaponiya, Janubiy Koreya)
o Universitet rahbarlarini raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishga
o‘rgatish
o Innovatsion boshqaruv va startap ekotizimi asoslarini o‘qitish
o Universitetlarning jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarga chiqishi uchun
strategiyalar ishlab chiqish
Kurslar mavzulari:
o Oliy ta’limni boshqarishda innovatsion yondashuvlar
o Universitet moliyaviy menejmenti va grantlar jalb qilish
o Talabalar va o‘qituvchilar uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish
o Universitetlarning raqamli transformatsiyasi
XULOSA VA TAKLIFLAR
Oliy ta’lim muassasalari rahbarlarini tanlash jarayoni universitetlarning strategik
rivojlanishi va institutsional barqarorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Samarali
boshqaruv tizimini shakllantirish uchun rahbarlarni tanlash jarayoni ochiq, shaffof va
raqobatbardosh bo‘lishi lozim. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, universitet
rahbarlarini tayyorlash va tanlashning shaffof mexanizmi oliy ta’lim muassasalarining
samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekistonda universitet rahbarlarini tanlash jarayonini
takomillashtirish zarurligini aniq ko‘rsatib berdi. Tahlil qilingan xalqaro tajribalar
asosida quyidagi asosiy takliflar ishlab chiqildi:
1. Shaffof va raqobatli tanlov mexanizmlarini joriy etish – universitet
rahbarlarini tayinlash jarayoni mustaqil tanlov komissiyalari tomonidan amalga
oshirilishi, baholash jarayoni shaffoflik prinsiplariga asoslanishi lozim. AQSh va
Yevropa tajribasi bu jarayonda nomzodlarning kasbiy malakasi, boshqaruv qobiliyati
va strategik fikrlash salohiyatiga asoslangan baholash tizimini joriy qilish samarali
ekanini ko‘rsatadi.
2. Kompetensiyaga asoslangan baholash tizimini amalga oshirish –
rahbarlarning liderlik kompetensiyalarini, akademik va boshqaruv salohiyatini
baholash uchun test va amaliy suhbatlar o‘tkazish zarur. Universitet rahbarlarini
tanlashda strategik fikrlash qobiliyati, raqamli transformatsiyaga tayyorlik va xalqaro
hamkorlik bo‘yicha bilimlari baholanishi kerak.
3. Liderlik tayyorgarligini kuchaytirish – rektorlar va boshqa boshqaruv
kadrlari uchun maxsus tayyorgarlik kurslari tashkil etish muhim. Yevropa va Osiyo
davlatlarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim rahbarlari uchun muntazam
ravishda malaka oshirish dasturlarini joriy etish universitet boshqaruvini samarali
tashkil etish imkonini beradi. Shuningdek, innovatsion boshqaruv usullari, raqamli
ta’lim texnologiyalari va moliyaviy menejment yo‘nalishlarini qamrab olgan kurslar
universitetlarning xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
Ushbu takliflarni amalga oshirish O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining
boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Universitet rahbarlarini tanlash va
baholash jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, ta’lim sifatini oshirish va oliy
ta’lim muassasalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur choratadbirlardan biri hisoblanadi. Shaffoflikni ta’minlash, raqobatbardosh muhit yaratish
va liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish universitetlar boshqaruvini
takomillashtirishda muhim qadamlardan biri bo‘lib, O‘zbekiston oliy ta’limida
innovatsiya va strategik rivojlanishni tezlashtirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Altbach, P. G., & Salmi, J. (2011). The Road to Academic Excellence: The
Making of World-Class Research Universities. The World Bank.
2. Deem, R., & Brehony, K. J. (2005). "Management as ideology: The case of
‘new managerialism’ in higher education." Oxford Review of Education, 31(2), 217–
235.
3. Middlehurst, R. (1993). Leading Academics. Open University Press.
4. Mok, K. H. (2016). "Massification of higher education, graduate employment
and social mobility in the Greater China region." British Journal of Sociology of
Education, 37(1), 51–71.
5. OECD (2019). Higher Education Policy in International Perspective: Trends
and Strategies. OECD Publishing.
6. Scott, P. (1998). The Globalization of Higher Education. Open University
Press.
7. Sporn, B. (1999). Adaptive University Structures: An Analysis of Adaptations
to Socioeconomic Environments of US and European Universities. Jessica Kingsley
Publishers.
8. UNESCO (2021). Trends in Higher Education Policies and
Governance. UNESCO Publishing.
9. Болотова, М. А. (2019). "Развитие управленческих компетенций
руководителей высших учебных заведений." Вопросы образования, 3, 112–127.
10. Васильев, И. В. (2020). Управление высшим образованием в условиях
цифровой трансформации. – Москва: Издательство МГИМО.
11. Князев, В. В., & Поляков, А. В. (2017). "Глобальные тренды в развитии
высшего образования: вызовы для России." Журнал Высшего Образования, 5(2),
34–49.
12. Минобрнауки РФ (2022). Современные механизмы управления высшими
учебными заведениями. – Москва: Издательство РАНХИГС.
13. Тихомирова, Н. В. (2018). "Лидерские компетенции руководителей
университетов в международной практике." Вестник образования и науки, 10,
77–90.
14. Филиппов, В. М. (2016). Стратегическое управление университетами в
XXI веке. – Москва: Высшая школа экономики.
15. Каримов, Б. (2020). Ўзбекистонда олий таълим муассасалари
раҳбариятининг бошқарув компетенциялари. – Тошкент: Фан ва технологиялар.
16. Раҳимов, Ш. (2018). "Олий таълимни бошқаришнинг замонавий
моделлари ва Ўзбекистон учун тажриба." Иқтисод ва Таълим, 4(6), 23–39.
17. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
(2023). Олий таълим тизимини такомиллаштириш бўйича миллий стратегия. –
Тошкент: Маърифат нашриёти.
REFERENCES:
1. Altbach, P. G., & Salmi, J. (2011). The Road to Academic Excellence: The
Making of World-Class Research Universities. The World Bank.
2. Deem, R., & Brehony, K. J. (2005). "Management as ideology: The case of
‘new managerialism’ in higher education." Oxford Review of Education, 31(2), 217–
235.
3. Middlehurst, R. (1993). Leading Academics. Open University Press.
4. Mok, K. H. (2016). "Massification of higher education, graduate employment
and social mobility in the Greater China region." British Journal of Sociology of
Education, 37(1), 51–71.
5. OECD (2019). Higher Education Policy in International Perspective: Trends
and Strategies. OECD Publishing.
6. Scott, P. (1998). The Globalization of Higher Education. Open University
Press.
7. Sporn, B. (1999). Adaptive University Structures: An Analysis of Adaptations
to Socioeconomic Environments of US and European Universities. Jessica Kingsley
Publishers.
8. UNESCO (2021). Trends in Higher Education Policies and
Governance. UNESCO Publishing.
9. Bolotova, M. A. (2019). "Razvitie upravlencheskix kompetensiy
rukovoditeley visshix uchebnix zavedeniy." Voprosi obrazovaniya, 3, 112–127. (In
Russian)
10. Vasilev, I. V. (2020). Upravlenie visshim obrazovaniem v usloviyax sifrovoy
transformasii. – Moskva: Izdatelstvo MGIMO. (In Russian)
11. Knyazev, V. V., & Polyakov, A. V. (2017). "Globalnie trendi v razvitii
visshego obrazovaniya: vizovi dlya Rossii." Jurnal Visshego Obrazovaniya, 5(2), 34–
49. (In Russian)
12. Minobrnauki RF (2022). Sovremennie mexanizmi upravleniya visshimi
uchebnimi zavedeniyami. – Moskva: Izdatelstvo RANXIGS. (In Russian)
13. Tixomirova, N. V. (2018). "Liderskie kompetensii rukovoditeley
universitetov v mejdunarodnoy praktike." Vestnik obrazovaniya i nauki, 10, 77–90. (In
Russian)
14. Filippov, V. M. (2016). Strategicheskoe upravlenie universitetami v XXI
veke. – Moskva: Visshaya shkola ekonomiki. (In Russian)
15. Karimov, B. (2020). Oʻzbekistonda oliy ta’lim muassasalari rahbariyatining
boshqaruv kompetensiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiyalar. (In Uzbek)
16. Rahimov, Sh. (2018). “Oliy ta’limni boshqarishning zamonaviy modellari va
Oʻzbekiston uchun tajriba.” Iqtisod va Ta’lim, 4(6), 23–39. (In Uzbek)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi (2023). Oliy
ta'lim tizimini takomillashtirish boʻyicha milliy strategiya. – Toshkent: Ma’rifat
nashriyoti. (In Uzbek)