ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish tizimi

Janabayeva Gulbahor Ashirovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT XARIDINI
TASHKIL ETISH TIZIMI

SYSTEM OF ORGANIZATION OF PUBLIC PROCUREMENT IN THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN

СИСТЕМА ОРГАНИЗАЦИИ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ЗАКУПОК В
РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Janabayeva Gulbahor Ashirovna
Oriental universiteti

Moliya va menejment kafedrasi stajyor o‘qituvchisi
Tel.: +998 91 588-88-03

e-mail: gulbakhorjanabaeva@gmail.com

Annotatsiya. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridi tizimini
isloh etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan xarid jarayonlarining
ochiq-oydinligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida elektron savdo
jarayonlaridan foydalanish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng
jalb qilish orqali savdolarda raqobatni kuchaytirish bo‘yicha qator tadbirlar amaliyotga
tatbiq etilmoqda. Mamlakatimizda davlat xaridlarining natijadorligini ta’minlash
masalasi har jihatdan ahamiyatga ega hisoblanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida davlat buyurtmachilarining xaridlar hajmi kengayib, bevosita byudjet
mablag‘lari va davlat ulushi bor korporativ tuzilmalarning moliyaviy resurslaridan
oqilona foydalanish mas’uliyatini yuzaga keltirmoqda. Davlat xaridlarini tartibga
soluvchi huquqiy-normativ hujjatlar hamda davlat xaridlari jarayonining shaffofligi va
to‘g‘ri o‘tqazilishi ustidan nazorat tizimini amalga oshirish mexanizmi yoritib
berilgan.

Kalit so‘zlar: davlat xaridlari, vakolatli organlar, byudjet buyurtmachisi,
korporativ buyurtmachi, xarid tizimi, xaridlar ustidan nazorat.

Annotation. In the current era, significant attention is being devoted to reforming
the public procurement system in the Republic of Uzbekistan. The government has
implemented a series of measures aimed at ensuring the transparency, openness, and
efficiency of procurement processes by utilizing electronic trading systems and
actively engaging entrepreneurial entities in public procurement to enhance
competition in trade. The issue of ensuring the effectiveness of public procurement in
our country is considered to be of paramount importance in all aspects. Under the
conditions of economic modernization, the volume of purchases by public procurers is
expanding, raising the responsibility for the rational use of budgetary funds and
financial resources of corporate structures with state ownership. The legal and

regulatory documents governing public procurement, as well as the mechanisms for
implementing control systems to ensure the transparency and proper execution of
public procurement processes, have been thoroughly outlined.

Keywords: public procurement, authorized bodies, budget customer, corporate
customer, procurement system, control over procurement.

Аннотация. В настоящее время в Республике Узбекистан уделяется
большое внимание реформированию системы государственных закупок.
Правительством реализуется ряд мер, направленных на обеспечение
прозрачности, открытости и эффективности процессов закупок, использование
электронных торговых процедур, широкое привлечение субъектов
предпринимательства к процессам государственных закупок, а также усиление
конкуренции в торгах. Вопрос обеспечения результативности государственных
закупок в нашей стране имеет важное значение во всех аспектах. В условиях
модернизации экономики объем закупок государственных заказчиков
расширяется, что влечет за собой ответственность за рациональное
использование бюджетных средств и финансовых ресурсов корпоративных
структур с государственной долей участия. Освещены механизмы реализации
нормативно-правовых документов, регулирующих государственные закупки, а
также системы контроля за прозрачностью и правильностью проведения
процессов государственных закупок.

Ключевые слова: государственные закупки, уполномоченные органы,
бюджетный заказчик, корпоративный заказчик, система закупок, контроль за
закупками.

KIRISH
Ma’lumki, davlat xaridlari har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida katta
ahamiyatga ega bo‘lgan jarayon hisoblanadi va u budjet barqarorligini saqlashning,
shuningdek, davlat sektorini zarur tovarlar, xizmatlar va ishlar bilan o‘z vaqtida
ta’minlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Davlat xaridlarini amalga oshirish
orqali raqobatni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirish,
iqtisodiyotning, jumladan, sanoatni hamda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning
yangi imkoniyatlari yaratiladi. Davlat xaridlari o‘ziga xos tizim bo‘lib, uning asosiy
turlarini tender, tanlov, elektron auksion savdolar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish,
kapital qurilish bo‘yicha tanlov savdolarini tashkil etadi. Jahon mamlakatlarida
raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va budjet defitsitining kuchayishi davlat
xaridlari tizimini takomillashtirishga bo‘lgan zaruratni yuzaga keltirmoqda.
O‘zbekistonda davlat xaridi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar barqaror baholanayotgan
bo‘lsa-da, uning tarkibiy tahlilida ayrim murakkabliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, davlat xaridining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamligi, elektron
xaridlarni amalga oshirishdagi texnik muammolar raqobat muhitiga ta’sir etayotganligi
davlat xaridlari tizimi ahamiyatini oshirmoqda. Shu bilan birga, davlat ulushi bo‘lgan
korxonalar qarzi yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Bu borada, davlatimiz rahbari Sh.
Mirziyoyev “Joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik
tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga
ustuvor ahamiyat berish zarur. Shu maqsadda aholi va tadbirkorlarga, mikromoliya
xizmatlari va moliyaviy resurslarga, davlat xaridlariga keng yo‘l ochib beriladi. Bu
esa, davlat xaridlari tizimini takomillashtirishda milliy iqtisodiyot subyektlari, xususan
kichik biznesga alohida e’tibor berish lozimligini ifoda etib beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun quyidagi
elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi: davlat xaridini boshqarish
yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish; davlat xaridi siyosatini davlatning
iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga
oshirilayotgan siyosatni monitoring qilish va baholashni tatbiq etish.
G. Qosimovaning fikriga ko‘ra, davlat xaridiga e’tibor uning ahamiyatidan kelib
chiqadi. Birinchidan, davlat xaridi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda eng
katta ahamiyatga ega bo‘lgan davlat sektori ishlashi uchun zarur bo‘lgan tovarlar,
xizmatlar va ishlar bilan o‘z vaqtida ta’minlab turadi. Ikkinchidan, Davlat budjeti
xarajatlarining katta qismini tashkil etuvchi davlat xaridi uning barqarorligiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun davlat xaridi miqdorini eng maqbul darajada saqlab
turish uchun ularning yuqori samaradorligini ta’minlash o‘ta muhimdir. Uchinchidan,
davlat xaridi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda
foydalaniladigan kuchli vosita ekanligi, deb qayd etib o‘tiladi (Qosimova G., 2019).
Davlat xaridi - bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki
to‘liq davlat mablag‘lari evaziga sotib olishdir (Rahimova G., 2014).
Bizningcha, davlat xaridini boshqarishga tizimli yondashuv maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Shunday ekan, davlat ehtiyojlari uchun tovar (ish, xizmat)larni xarid qilishni
rejalashtirish, elektron savdolarda raqobat muhiti shaffofligini ta’minlagan holda
amalga oshirish jarayoni davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi.
Fikrimizcha, standart turdagi davlat xaridlari mezonlari raqobatga asoslangan
mexanizmni shakllantirishi nazarda tutilmoqda. Mazkur holatda ma’lum bir tovar (ish,
xizmat)lar guruhiga ustunlik berilmaydi. “Murakkab” mezonlar asosida tanlab olinishi
nazarda tutilgan ma’lum bir guruh tovar (ish, xizmat)larga ustunlik uchun imtiyozlar
berilishi mumkin. Xususiy mezonlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilinishiga yoki
biror yetkazib beruvchiga hujjat asosida alohida ustunlik beriladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqola yozish jarayonida davlat xaridini tashkil etish tizimi statistik, analitik,
qiyosiy, kuzatuv, induktiv, deduktiv, mantiqiy, monitoring, ekspress-baholash va
boshqa tahlil usullaridan, statistik ma’lumotlarni o‘rganish va iqtisodiy jihatdan tahlil
qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiya, ma’lumotlarni guruhlash, induksiya va
deduksiya usullaridan keng foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Zamonaviy iqtisodiyotda ko‘plab sanoqsiz shartnomalar mavjud. Hart va
Holmstryom tomonidan ishlab chiqilgan yangi nazariy instrumentlar haqiqiy shartnoma
va institutlarni, shuningdek, shartnomalar tuzishda potensial muammolarni tushunishda
alohida ahamiyatga ega1. Tadqiqotlar asosida aytish mumkinki, davlat xaridlarini
tartibga solishda shartnoma munosabatlari muhim o‘rin egallaydi. Bunda davlat
buyurtmachisi sifatida budjetdan mablag‘ oluvchi, yetkazib beruvchi sifatida biznes
subyektlari o‘zaro munosabatlarga kirishadi. Davlat budjeti mablag‘lari rentabelligini
oshirish uchun buyurtmachilarning arzon narx va sifat jihatidan talablarini
shakllantirish, boshqa jihatdan yetkazib beruvchilarning huquqlarini ta’minlash
shartnoma qoidalarida o‘z aksini topishi lozim. Bu esa, ikki tomonlama manfaatli
hamkorlikni yanada rivojlantirishga imkon beradi. Davlat xaridi borasida izlanishlar olib
borgan bir qator iqtisodchi olimlarning ishlarini o‘rganish, ilmiy maqola va boshqa ilmiy
ishlanmalarini tahlil qilish natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, davlat xaridini
tashkil etishning jahon amaliyotida bir nechta modellari qo‘llaniladi, ular bir-biridan
xaridning qamrovi, unda ishtirok etuvchi subyektlarning vakolatlari, savdolarni tashkil
etishning markazlashish darajasi kabilar bilan farq qiladi (1-rasm).

Davlat xaridini tashkil etish
modellari

Markazlashga Markazlashmag Qisman
n model an model markazlashgan model

1-rasm. Davlat xaridini tashkil etish modellari (Burhonov U., 2010:14)

1

The Sveriges Riksbank Prize in Economic Sciences in Memory of Alfred Nobel 2016
https://www.nobelprize.org/prizes/economic-sciences/2016/press-release/

Markazlashgan modelda xarid uchun buyurtmalarni joylashtirish maxsus tashkilot
yoki ijroiya hukumatning yagona tarkibiy bo‘linmasi – xaridni tashkil etuvchi
tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq va bo‘limlardan
tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil etishni nazarda tutadi.
Agar markazlashish darajasi yuqori bo‘lsa, barcha turdagi xaridga javobgar bo‘lgan
maxsus idora (yoki yirik kompaniyalarda xarid departamenti) shakllantiriladi.

Markazlashgan modelda xarid uchun buyurtmalarni joylashtirish maxsus tashkilot
yoki ijroiya hukumatning yagona tarkibiy bo‘linmasi – xaridni tashkil etuvchi
tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq va bo‘limlardan
tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil etishni nazarda tutadi.
Agar markazlashish darajasi yuqori bo‘lsa, barcha turdagi xaridga javobgar bo‘lgan
maxsus idora (yoki yirik kompaniyalarda xarid departamenti) shakllantiriladi.

Bizningcha, davlat xaridini rejalashtirishdagi mavjud muammolarning sabablari
quyidagilardir:

- budjet jarayonining takomillashmaganligi - budjetni shakllantirish faqat bir yil
chegarasida bo‘lib, unda o‘tgan yil budjetida ko‘zda tutilgan va tugallanmagan
loyihalarni moliyalashtirish majburiyati ko‘rsatilmaydi;

- davlat xaridlarini rejalashtirilgan davr bilan xaridni amalga oshirish davri
o‘rtasidagi muddatning bir kalendar yiliga qarab qilinishida narx bilan bog‘liq
murakkabliklar yuzaga keladi.

- davlat budjetini shakllantirishning uslubiy asoslarining yetarli darajada
takomillashmaganligi, ya’ni daromad va xarajat moddalarini rejalashtirish o‘zaro
mustaqillikning past darajada ekanligi.

Tadqiqotlarga asoslanib aytish mumkinki, budjet xarajatlari doirasida davlat
xaridlarini rejalashtirish jarayonida ehtiyoj bo‘lgan tovar (ish, xizmat)ning kelgusida
bo‘lishi mumkin bo‘lgan bozor qiymatini aniqlash mexanizmini o‘zida aks ettirgan
ma’lumotlarning elektron dasturini joriy etish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexanizmining samarali
bo‘lishi, ko‘p jihatdan, davlat xaridi borasida qaror qabul qilayotgan davlat
xizmatchilarining malaka darajasi, professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga
bog‘liq. Ko‘pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug‘ullanadigan xodimlarni
tayyorlash va malakasini oshirish bevosita hukumatning zimmasiga yuklatilgan vazifa
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan
yo‘nalishlardagi kamchiliklarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda va davlat
xaridini amalga oshirishda qatnashuvchi boshqa subyektlar ishtirokida davlat xaridi
jarayonining mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish
bo‘yicha faol ish olib borilmoqda (Urolov D., Shernayev A., Narimonov S., 2020).

1–jadval
Davlat xaridlarini amalga oshirish turlari bo‘yicha mezonlari ( Bazaviy hisoblash miqdoriga

nisbatan)

Xarid turi Budjet Korporativ Muddati
buyurtmachilari buyurtmachilari -
To‘g‘ridan to‘g‘ri Tovar
(soddalashtirilgan ish, uchun uchun 48 soat
xizmat 0* - 25* 0* - 50*
tanlash) Bir 0-6 125 000 so‘m 0-12 250 000 so‘m 5 ish kuni
moliya
yilida 0* - 500* 0* - 1000*
Tovar 122 500 000 so‘m 245 000 000 so‘m

Elektron do‘kon 0* - 2500* 0*-25000*
0-612 500 000 so‘m 0 – 6 125 000 000
Ish, *bir moliya yilida
xizmat so‘m
ayni bir turdagi
Auksion Tovar tovar 10 ming 0* - 100*
baravargacha 0 – 24 500 000
Ish,
xizmat 0* - 50* so‘m
0 – 12 250 000 *bir moliya yilida
ayni bir turdagi ish,
so‘m
*bir moliya yilida xizmatlar 1000
ayni bir turdagi baravargacha
ish,xizmatlar 500 0* - 25000*
0 – 6 125 000 000
baravargacha
0* - 6000* so‘m
0 – 1 470 000 000

so‘m

- -

Eng yaxshi Tovar 0* - 6000* 0* - 25000* 5 ish kuni ( 2 ish
takliflarni tanlash 0 – 1 470 000 000 0 – 6 125 000 000 kuni muhokama)
Ish,
Tender xizmat so‘m so‘m 12 – 30 ish kuni
0* - 6000* 0* - 25000*
Tovar, 0 – 1 470 000 000 0 – 6 125 000 000
ish,
so‘m so‘m
xizmat 6000* - …. 25000* - ….
1 470 000 000 so‘m 6 125 000 000 so‘m

- …. - …

Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasida davlat budjetining g‘azna ijrosi sharoitida davlat
xaridlarini amalga oshirish jarayoni mexanizmlarini amaliyotga joriy etish bugungi
kunda budjet islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Davlat xaridi tizimini boshqarishni isloh etish kompleks yondashuvni talab
etmoqda. Islohotlar faqatgina maxsus qarorlar qabul qilish va davlat xaridi bo‘yicha
vakolatli agentlikni tashkil etish bilan chegaralanib qolmasdan, balki turli xil davlat
organlari o‘rtasida hamkorlikda harakatni yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida vakolatlarni
taqsimlash, tizimda kuchlar nisbatining tengligini ta’minlovchi o‘z-o‘zini boshqarish
mexanizmlarini shakllantirishni talab etadi (G‘ofurov D., 2020).

Davlat xaridlarini amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:
 Davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati;
 Asoslanganlik;
 Moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va
samaradorligi;
 Ochiqlik va shaffoflik;
 Tortishuv va xolislik;
 Mutanosiblik;
 Davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
 Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
Har bir davlat xaridlari amalga oshirilayotganda yuqoridagi prinsiplarga amal
qilish talab etiladi. Shundagina biz davlat xaridlari sohasida yanada rivojlanishga
erishishimiz mumkin. Xususan, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni oladigan bo‘lsak,
hozirgi kunda davlatimizda korrupsiyaga qarshi keskin kurashilmoqda. Davlat
xaridlari sohasida ham korrupsiya yo‘q bo‘lsa, raqobat bo‘ladi va bu davlat xaridlari
tizimini yanada rivojlanishiga olib keladi. Agar biror bir budjet yoki korporativ
tashkilot tovar yoki ish, xizmat xarid qilmoqchi bo‘lsa, tovar yoki ish, xizmatning
qiymatiga qarab yuqoridagi mezon asosida davlat xaridlari turlarining birini tanlaydi.
Yuqoridagi o‘rganilgan masalalar asosida shunday xulosa qilish mumkinki,
davlat xaridi tushunchasi sobiq sovet davridagi “davlat xaridi” tushunchasidan tubdan
farq qiladi. Bugungi kunda davlat xaridi mexanizmlari orqali hukumat davlat
sektorining tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabini qondiribgina qolmay, undan iqtisodiy
o‘sish omili sifatida foydalanadi, davlat xaridi ishlab chiqaruvchilar va mahsulot
yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni mustahkamlaydi, davlat xaridiga
kichik biznes subyektlarini jalb qilish mexanizmlari orqali bu soha tadbirkorlari
qo‘llab-quvvatlanadi, sotilayotgan mahsulotlarning maqbul narxlarda taklif etilishi
ta’minlanadi (G‘ofurov D., 2020).
Xulosa qilib aytganda, davlat xaridlari sohasini rivojlantirishga qaratilib qabul
qilinayotgan huquqiy hujjatlar hamda ko‘rilayotgan choralar qo‘yilgan maqsadlarga

erishishning asosiy omili bo‘lmoqda. Ayni paytda kuzatilayotgan samaralar salmog‘ini
yanada oshirish, davlat xaridlari amaliyotini bundan ham kengaytirish, shu orqali
davlat bilan xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlaridan unumli foydalanish
shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Buning uchun esa, avvalo, soha
qonunchiligini takomillashtirish zarurati tug‘ilmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari mavjud qonunlar doirasida, o‘zi va
jamiyat manfaati uchun, aqliy va jismoniy qobiliyatiga tayanadigan, xususiy molmulki va jamg‘armasiga ega bo‘lgan, bozor uchun turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
va xizmatlar ko‘rsatuvchi, foyda ko‘rishni mo‘ljallovchi, jismoniy yoki yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lgan yoki ega bo‘lmagan tadbirkor, ishbilarmon, ijtimoiy-iqtisodiy
hayotning barcha soha va tarmoqlarida, raqobatli bozorda iqtisodiy nafli xattiharakatlarni amalga oshiruvchi subyektlardir. Ularning tarkibi yakka mehnat faoliyati,
mikrofirma, kichik korxonalar, dehqon-fermer xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlar,
kasanachilardan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy
maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini
ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy
islohotlar o‘tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar,
tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga
kiradi. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini
tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi
mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy
yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib,
aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylandi.
Bugungi kunda davlat boshqaruvi organlarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga
aralashuvini yanada ko‘proq cheklash, davlatning nazorat va boshqaruv vakolatini
keskin kamaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf
qilish bo‘yicha islohotlar davom etmoqda. Shubhasiz, ushbu jarayonda litsenziyalar va
turli ruxsatnomalar berishni keskin qisqartirish, amaldagi ro‘yxatga olish, biznes
yuritish uchun litsenziya va ruxsatnoma berish tizimini yana bir bor chuqur tahlil
qilish, yangi korxonalar va biznes tashkilotlarini ro‘yxatga olishning aksariyat hollarda
xabardor etish tizimiga o‘tish kabi yangiliklarning joriy qilingani biznes subyektlarini
tashkil etishni soddalashtirish va ularning yanada erkin faoliyat yuritishlarini
ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Burxanov U., Atamuradov T. (2012) Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: “Fan va texnologiya”.
2. Ibragimov A., Sugirbayev B. (2009) Budjet nazorati va auditi. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: “InfoCOM.uz”.
3. Vahobov A., Malikov T. (2012) Moliya. Darslik. – Toshkent: “Iqtisodmoliya”.
4. Dauda Ibrahim Sarawaa, Abdulsalam Mas’ud. Strategic public procurement
regulatory compliance model with mediating effect of ethical behavior // Journal of
Heliyon. Volume 6, Issue 1, January 2020.
5. Gulyamov S., Jumaev N., Raxmonov D., Tashxodjaev M. (2019) Ijtimoiy
sohada investitsiyalarning samaradorligi. – Toshkent: Iqtisodiyot – 335 b.
6. Pulatov D.X. (2017) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti g‘azna ijrosini
takomillashtirishning metodologik jihatlari. I.f.d. (DSc) ... avtoreferat. – Toshkent.
7. Qosimova G. (2019) G‘aznachilik tizimida davlat xaridining huquqiy
asoslarini takomillashtirish masalalari // Xalqaro moliya va hisob ilmiy elektron
jurnali. – Toshkent. - № 2 (aprel).
8. Rahimova G. (2014) O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish
asoslari // “Iqtisod va moliya” ilmiy-amaliy jurnali. № 4.
9. Raxmonov D., Sherov A. (2020) Budjet siyosatini shakllantirishning
zamonaviy yo‘nalishlari. // Innovatsion iqtisodiyot sharoitida moliya tizimini
rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. – Toshkent.
10. Urolov D., Shernayev A., Narimonov S. (2020) O‘zbekiston Respublikasida
davlat xaridlari munosabatlarini takomillashtirish va barqaror rivojlantirish // Pedagogs
international research journal. – Toshkent.
11. G‘ofurov D. (2020) O‘zbekistonda davlat va korporativ xaridlar jarayonini
takomillashtirish: i.f.f.d. (PhD) ... avtoreferat. – Toshkent: TMI.
12. Burxonov U. (2010) Davlat xaridi. – Toshkent: “InfoCOM.uz”

REFERENCES:
1. Burxanov U., Atamuradov T. (2012) Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: “Fan va texnologiya”. (In Uzbek)
2. Ibragimov A., Sugirbayev B. (2009) Budjet nazorati va auditi. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: “InfoCOM.uz”. (In Uzbek)
3. Vahobov A., Malikov T. (2012) Moliya. Darslik. – Toshkent: “Iqtisodmoliya”. (In Uzbek)

4. Dauda Ibrahim Sarawaa, Abdulsalam Mas’ud. Strategic public procurement
regulatory compliance model with mediating effect of ethical behavior // Journal of
Heliyon. Volume 6, Issue 1, January 2020.

5. Gulyamov S., Jumaev N., Raxmonov D., Tashxodjaev M. (2019) Ijtimoiy
sohada investitsiyalarning samaradorligi. – Toshkent: Iqtisodiyot – 335 b. (In Uzbek)

6. Pulatov D.X. (2017) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti g‘azna ijrosini
takomillashtirishning metodologik jihatlari. I.f.d. (DSc) ... avtoreferat. – Toshkent. (In
Uzbek)

7. Qosimova G. (2019) G‘aznachilik tizimida davlat xaridining huquqiy
asoslarini takomillashtirish masalalari // Xalqaro moliya va hisob ilmiy elektron
jurnali. – Toshkent. - № 2 (aprel). (In Uzbek)

8. Rahimova G. (2014) O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish
asoslari // “Iqtisod va moliya” ilmiy-amaliy jurnali. № 4. (In Uzbek)

9. Raxmonov D., Sherov A. (2020) Budjet siyosatini shakllantirishning
zamonaviy yo‘nalishlari. // Innovatsion iqtisodiyot sharoitida moliya tizimini
rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. – Toshkent. (In Uzbek)

10. Urolov D., Shernayev A., Narimonov S. (2020) O‘zbekiston Respublikasida
davlat xaridlari munosabatlarini takomillashtirish va barqaror rivojlantirish // Pedagogs
international research journal. – Toshkent. (In Uzbek)

11. G‘ofurov D. (2020) O‘zbekistonda davlat va korporativ xaridlar jarayonini
takomillashtirish: i.f.f.d. (PhD) ... avtoreferat. – Toshkent: TMI. (In Uzbek)

12. Burxonov U. (2010) Davlat xaridi. – Toshkent: “InfoCOM.uz” (In Uzbek)