ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Iqtisodiyot tarmoqlariga jalb etilgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmlari

Aqmirzayeva Feruza Aqmirza qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IQTISODIYOT TARMOQLARIGA JALB ETILGAN
INVESTITSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH

MEXANIZMLARI

MECHANISMS FOR INCREASING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF
INVESTMENTS ATTRACTED TO SECTORS OF THE ECONOMY

МЕХАНИЗМЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ
ИНВЕСТИЦИЙ, ПРИВЛЕКАЕМЫХ В ОТРАСЛИ ЭКОНОМИКИ

Aqmirzayeva Feruza Aqmirza qizi
Oriental universitetining Iqtisodiyot mutaxassisligi magistranti

Tel.: +998 99 974-18-18
e-mail: aqmizaevaferuza@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada hududiy investitsion siyosat strategik maqsadlarini
to‘g‘ri belgilash, ushbu maqsadni samarali realizatsiya qilishga yo‘naltirilgan vazifalar
algoritmini ishlab chiqish hamda optimal investitsion menejment tizimini
shakllantirish hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni to‘g‘ri tashkil qilishning bosh
omili hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, boshqarish samaradorligining asosiy
determinantlari investitsiyalarning turli mezonlari bo‘yicha samaradorligi orqali
baholanadi. Investitsiyalar samaradorligi ma’lum loyihalarni realizatsiya qilish orqali
olinadigan aniq qiymat ekvivalentlari yoki jamiyat ko‘rishi mumkin bo‘ladigan
ijtimoiy-iqtisodiy naflilik bilan belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyot tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalar tahlil etilgan, respublikaning
investitsion salohiyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillari oʻrganilgan, iqtisodiyot
tarmoqlarining investitsion jozibadorligi va salohiyatini oshirish imkoniyatlari
yuzasidan asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: investitsiya, real investitsiya, moliyaviy investitsiya, ichki va tashqi
investitsiya, bevosita xorijiy investitsiyalar, investitsion salohiyat, investitsion
jozibadorlik, investitsiyalar samaradorligi.

Annotation. The article shows that the correct definition of the strategic goals of
the regional investment policy, the development of an algorithm of tasks aimed at the
effective implementation of this goal, and the formation of an optimal investment
management system are the main factors for the correct organization of regional socioeconomic development. It is worth noting that the main determinants of management
effectiveness are assessed through the effectiveness of investments according to
various criteria. The effectiveness of investments can be determined by the specific
value equivalents obtained through the implementation of certain projects or by the
socio-economic benefits that society can see. Investments in the economic sectors of

the Republic of Uzbekistan are analyzed, the main factors affecting the investment
potential of the republic are studied, and conclusions and recommendations are
developed based on the possibilities of increasing the investment attractiveness and
potential of economic sectors.

Keywords: investment, real investment, financial investment, domestic and
foreign investment, foreign direct investment, investment potential, investment
attractiveness, investment efficiency.

Аннотация. В статье утверждается, что правильное определение
стратегических целей региональной инвестиционной политики, разработка
алгоритма задач, направленных на эффективную реализацию этой цели, и
формирование оптимальной системы управления инвестициями являются
основными факторами правильной организации регионального социальноэкономического развития. Стоит отметить, что основные показатели
эффективности управления оцениваются через эффективность инвестиций по
различным критериям. Эффективность инвестиций может определяться
конкретными стоимостными эквивалентами, полученными в результате
реализации тех или иных проектов, или социально-экономическими выгодами,
которые получает общество. Проведен анализ инвестиций в секторах экономики
Республики Узбекистан, изучены основные факторы, влияющие на
инвестиционный потенциал республики, разработаны выводы и рекомендации,
основанные на возможностях повышения инвестиционной привлекательности и
потенциала секторов экономики.

Ключевые слова: инвестиции, реальные инвестиции, финансовые
инвестиции, внутренние и иностранные инвестиции, прямые иностранные
инвестиции, инвестиционный потенциал, инвестиционная привлекательность,
эффективность инвестиций.

KIRISH
O‘zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan,
investitsiyalarga bog‘liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo‘jalik
yurituvchi subyekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz
iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarini kengroq jalb etish
mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini
ta’minlashning muhim asosiga aylangan. Mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishida investitsiyalarining, jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati
kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat jahon tajribalarini o‘rganmasdan, dunyoning
yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan
rivojlanishi mumkin emas. Investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish ancha

murakkab jarayon hisoblanadi. Xalqaro va milliy darajada investitsiyalarni jalb qilish
va moliyalashtirishda yetarli tajribalar mavjud. Investitsiyani moliyalashtirish asosan,
mamlakatdagi iqtisodiy siyosat, qonunchilik, investitsiyani jalb qilish infratuzilmasi
rivoji, darajasi va mamlakatning iqtisodiy ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimizda
sifatli xom-ashyoning boy resurslari mavjudligi, iqtisodiyotimiz uchun
investitsiyalarni jalb qilishning o‘ta zarurligi va shu bilan birga, xom-ashyo resurslar
bazasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor qaratishimiz zarurligi yaqqol
namoyon bo‘lib turibdi.

Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida jahonda investitsiyalar uchun qat’iy
raqobatli kurash izchil davom etmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish,
mamlakatimiz iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini
ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni
takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o‘tkazish,
mablag‘larni mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi ustuvor
yo‘nalishlarda hamda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq
yo‘nalishlarda mujassam qilish respublikada o‘tkazilayotgan investitsiya siyosatining
asosiy tamoyillaridir.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el
investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta
jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin
emas. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy
imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va
rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyalarni, eksportbop tovarlarni
o‘zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali davlatimiz iqtisodiy
qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Investitsion jozibadorlikni oshirish borasida iqtisodchi olimlar quyidagi fikrlarni
keltirganlar. Xususan, D. Ednovitskiy, V. Babushkin, N. Baturinalar investitsion
jozibadorlikni investitsion tavakkalchilik bilan bog‘laydilar. Ular investitsion
jozibadorlik deganda tashkilotning shunday holatini tushunadiki, bunda kapital egasida
tavakkalchilikka borish, shuningdek, pul ko‘rinishida va asosiy vositalar shaklidagi
investitsiyalar oqimini ta’minlash istagi paydo bo‘ladi. Bu vaziyatda kapital
ta’minlovchi va ma’lumot oluvchilarning ishonchi tashkilotning investitsion
jozibadorlik darajasining asosiy va juda sezuvchan hosilasi hisoblanadi
(Ендиновицкий Д., Бабушкин В., Батурина Н., 2010).
Biroq mamlakatimizda investitsiyalarni jalb qilish va boshqarish usullarini
takomillashtirish, shu bilan bir qatorda, ularni moliyalashtirish manbalarini

optimallashtirish kabi hali o‘z yechimini to‘liq topmagan muammolar mavjud.
Ushbu muammolarni hal etishda quyidagi takliflarni keltirib o‘tishimiz mumkin:
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning investitsion jozibadorligini oshirishda

investitsiya fondlarini rivojlantirish va yangilarini yaratish;
– barcha turdagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan

ixtisoslashgan fondlarni shakllantirish;
– tijorat banklari tomonidan subyektlarning boshlang‘ich kapitalini shakllantirish

va ularning investitsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uzoq muddatli
kreditlar hajmini oshirish orqali mamlakatimizdagi investitsiyani boshqarish
muammolarini hal qilishga erishish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Iqtisodiyot tarmoqlariga jalb etilgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini
oshirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar, statistik ma’lumotlarni o‘rganish
va iqtisodiy jihatdan tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiya, ma’lumotlarni
guruhlash, induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Strategik maqsadlarni shakllantirish strategik imkoniyatlar tahlili, investitsion
faoliyatning strategik yo‘nalishlari va shakllarini tanlash, shuningdek investitsion
resurslar shakllanishining strategik yo‘nalishlarini aniqlash korxona investitsion
strategiyasini ishlab chiqishda muhim bosqichlar hisoblanadi. Ularning mohiyati va
tuzilishini quyida ko‘rib chiqamiz.
Investitsion siyosat investitsion faoliyatning eng muhim yo‘nalishlari kesimida
uni amalga oshirishning alohida bosqichlarida korxona investitsion strategiyasini
amalga oshirish shaklini o‘zida aks ettiradi. Investitsion siyosatning investitsion
strategiyadan farqi bosh strategik maqsadlarga erishish uchun samarali boshqaruvni
ta’minlashni talab qiluvchi aniq faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha shakllanadi. Odatda bu
strategiya bozor konyunkturasining nisbatan kuchsiz tebranishi va raqobat
pozitsiyasining barqarorligi sharoitida tanlanib, investitsion strategiya birinchi
navbatda mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining cheklangan o‘sishini
ta’minlovchi takror ishlab chiqarish jarayoni va aktivlar o‘sishini samarali
ta’minlashga yo‘naltirilgandir. Investitsion faoliyatning strategik o‘zgarishlari mazkur
bazaviy strategiya bo‘yicha minimal darajada aks etadi.
Jadallashgan o‘sish strategiyasi korxona tomonidan o‘z hayotiy siklining
dastlabki bosqichlarida yuqori sur’atlarda taraqqiy etayotgan sohalarda ilmiy-texnik
taraqqiyot natijalarining yuqori darajada qo‘llanilishini ko‘rsatib beradi. Bunday
bazaviy strategiya asosidagi investitsion strategiya investitsion faoliyatni
rivojlantirishning yuqori sur’atlarini ta’minlashning zarurligini hisobga olgan holda,

shuningdek investitsion faoliyatning turli shakllari, yo‘nalishlari, hududlar va
tarmoqlar (sohalar) bo‘yicha diversifikatsiyalash birmuncha murakkablik kasb etadi.

Qisqartirish (siqish) strategiyasiga korxonaning hayotiy sikli so‘nggi
bosqichlarida, shuningdek iqtisodiy rivojlanishning moliyaviy inqiroz fazasida e’tibor
ko‘proq qaratiladi. O‘z mohiyati bo‘yicha bu strategiya ortiqcha faoliyatlardan voz
kechishni anglatadi. U chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimentini qisqartish,
bozorning alohida segmentidan chiqish va boshqalarni nazarda tutadi. Bunday
sharoitda investitsion strategiya bo‘shayotgan kapital uzoq muddatli moliyaviy
barqarorlikni ta’minlovchi investitsiyalash obyektlarida foydalanish asosida yuqori
aylanuvchanlikni ta’minlashi lozim. Birlashtirish (kombinatsiyalash) strategiyasidan
yirik korxonalarning investitsion faoliyatni tarmoq va hududlar bo‘yicha keng
diversifikatsiyalashida foydalaniladi. U turli tipdagi xo‘jalik yuritishning strategik
zonalari yoki strategik xo‘jalik markazlari alohida strategiyalarini o‘zida birlashtiradi.
Jahon investitsiya bozorida suzib yuruvchi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda
quyidagi uch tartibli rag‘batlantiruvchi chorasi qo‘l keladi. Ammo ko‘pgina holatlarda
investitsiyani qabul qiluvchi mamlakatning soliq tizimiga ham bog‘liq.

Hozirgi vaqtga kelib rag‘batlantirish omillari qatoriga investorlar ham kiritilgan.
Ushbu dasturning asosiy foydalanuvchi mamlakatlar ishlab chiqarishga subsidiyalar
maqsadi, investor faoliyati davomida ko‘rgan subsidiya ajratish, moliyaviy
ko‘maklashish hamda mehnat daromadini yana qayta aynan shu davlatga ajratib,
bozorini shakllantirib, mahsulot yetkazib berishdan iborat investitsiyalashga
qaratilgan. Buning uchun qabul tarmoqlarini rivojlantirishga qaratadi.

1-rasm. Xorijiy sarmoyani jalb qilishning rag‘batlantiruvchi omillari tasnifi (Urinbayev R.,
2022)

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati oldiga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonida “Iqtisodiyot
tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash
hamda neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish orqali tabiiy gaz

ta’minotida ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlarini joriy
etish kabi bir qator vazifalar qo‘yilgan”.

Investitsiya jozibadorligi mamlakat investitsiya salohiyati va investitsiya riski
darajasining bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko‘rsatgichlar esa
investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligini aniqlashga yordam
beradi. Investitsiya riski darajasi investitsiya muhitiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.

Investitsiya muhiti makroiqtisodiyot darajasida, ya’ni investor va aniq davlat
organlari, xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi.
Investitsiya muhiti har qanday aniq vaqt uchun obyektiv holat bo‘lib, kapital qo‘yish
uchun mavjud sharoitlarning majmuasini o‘zida qamrab oladi. Lekin investitsiya
muhiti davlat organlarining boshqarish faoliyati ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun
davlatning investitsiya siyosati eng muhim omillardandir. Shu ma’noda har bir davlat
kapital import qilishda o‘zining aniq kapital qabul qilish tizimiga ega bo‘ladi.

2-rasm. Mamlakat investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar (Ergasheva Sh., Uzoqov A.,
2008)

Investitsiya muhiti darajasi qanchalik yomon bo‘lsa, investor o‘z riskini
shunchalik yuqori belgilaydi. Investitsiya muhitini makroiqtisodiy darajada quyidagi
rasm ko‘rinishida tasvirlash mumkin.

Yuqoridagi 2-rasmda ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekistonda investitsion
jozibadorlikni belgilovchi kengaytirilgan uchta eng yirik segmentlar mavjud bo‘lib,
ular siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy tarmoqlar tarkibidagi ta’sir etish kuchiga ega
turli xil omillar sanaladi. O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni

faollashtirishga katta e’tibor qaratilib, investorlarga ko‘maklashish va kafolatlar berish
uchun ularga investitsiya, soliq tizimida va bojxona to‘lovlari sohalarida ma’lum
imtiyozlar, sharoitlar va kafolatlar tizimi yaratildi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar
uchun hudud jozibasini baholashda ko‘pchilik xorijiy investorlar ham “BERI”
(Business Environment Risk Index) indeksidan foydalanadilar. Bu indeks asosiy 15
ko‘rsatkichda aniqlanadi, 0 dan 4 ballgacha. Indeksning optimal jihatlari shundaki, u
bilan hududlardagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy strukturani qay tarzda ishlayotganini
bilish mumkin bo‘ladi. Quyidagi 3-rasmda baholash mezonlari ularning investitsiya
qarorlarini qabul qilish bo‘yicha ahamiyatidan kelib chiqib aks ettirilgan.

3-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini baholashning “BERI” indeksi
(Ochilov B., 2023: 75)

Yuqorida keltirilgan infografik shakldagi rasmda “BERI” (Biznes muhiti xavfxatarlari haqida ma’lumot) indeksi mamlakat investitsiya muhitini turli hajmga ega
bo‘lgan 15 ta baholash mezonlariga asoslangani berilgan bo‘lib, har bir mezonga 0 dan
(to‘g‘ri kelmaydi) 4 gacha (o‘ta qulay) baho beriladi. To‘plangan ballarning yuqori
bo‘lishi barqaror mamlakatni anglatadi. Mamlakat to‘plagan ball qanchalik past bo‘lsa,
investitsiyalashdan olinishi mo‘ljallangan foyda yuqori bo‘lishi zarur, aks holda
investitsiyalash samara keltirmaydi. Shu o‘rinda, «BERI» indeksiga kirgan

ko‘rsatgichlar orasida siyosiy barqarorlik (0,12 foiz) eng katta ahamiyatga ega
hisoblanadi (Ochilov B., 2023: 75-80).

Kombinatsiyalash prinsipi. Bu prinsip investitsion faoliyatni istiqbolli (strategik),
joriy va operativ boshqarishning o‘zaro birlashishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ishlab chiqilgan korxona investitsion strategiyasida investitsion faoliyatni
strategik boshqarish jarayoniga muhimligi bo‘yicha faqat birinchi bosqichda ko‘rib
chiqiladi. Bunday strategiya korxona investitsion portfelini shakllantirish investitsion
faoliyatni taktik (joriy) boshqarish asosida yotadi. O‘z navbatida taktik boshqaruv
alohida real investitsion loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy instrumentlar
portfelini qayta tarkiblash yo‘lida investitsion faoliyatni operativ boshqarishning
bazasi hisoblanadi.

Investitsion portfelni shakllantirish o‘rta muddatli boshqaruv jarayoni bo‘lib,
strategik qarorlar va korxonaning joriy investitsion imkoniyatlari doirasida amalga
oshiriladi. Investitsion moslashuvchanlik va muqobillik prinsipi. Investitsion strategiya
tashqi investitsion muhit omillarining o‘zgarishiga moslashuvchanlikni hisobga olgan
holda ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari strategik investitsion qarorlar
asosida investitsion faoliyatni amalga oshirishning yo‘nalishlari, shakllari va
metodlarining mumkin bo‘lgan (muqobil) variantlarini doimiy qidirish, ulardan eng
yaxshisini tanlash va shu asosda umumiy investitsion strategiyani qurish hamda uni
samarali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish yotishi kerak.

Innovatsion faoliyat. Investitsion strategiyani shakllantirishda investitsion faoliyat
korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasini oshirishni ta’minlovchi texnologik
yangiliklarni joriy etish bosh mexanizm sifatida qaraladi. Nafaqat investitsion
strategiyani, shu bilan birga korxonaning strategik rivojlanish umumiy maqsadlarini
amalga oshirish ilmiy-texnik taraqqiyotning so‘nggi natijalaridan va ularni zudlik bilan
foydalanishga moslashtirish yuqori darajada bog‘liqlik kasb etadi. Mazkur prinsip
aynan yuqoridagilar bilan izohlanadi.

Investitsion risklarni minimallashtirish prinsipi. Amaliy jihatdan korxonada
investitsion strategiyani shakllantirish jarayonida qabul qilingan barcha investitsion
qarorlar investitsion risklarga duch keladi. Har bir korxonada investitsion strategiyani
ishlab chiqish jarayonida riskka munosabat bo‘yicha turli investitsion xatti-harakatlar
bilan bog‘liqlikda ularga yo‘l qo‘yishning mumkin bo‘lgan darajasi tabaqalashtirilgan
holda o‘rnatilishi lozim (Mamatov B., Xojamkulov D., Nurbekov O., 2014).

Asoslanganlik prinsipi. Investitsion strategiyalarning alohida parametrlarini
ishlab chiqish va uni amalga oshirishni nafaqat bilim, shu bilan birga malaka va
boshqaruv tajribasiga, shuningdek investitsion madaniyatga ega, professional
mutaxassislar – moliyaviy menejerlar ta’minlashi lozim.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Birinchidan, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
kelgusida takomillashtirish yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishga, yangi
turdagi raqobatbardosh mahsulotlarning ishlab chiqarilishiga va eng muhimi
mamlakatimiz mintaqalarida yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga, shu orqali aholi
turmush tarzining yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi. Xorijiy investitsiyalarni faol
jalb qilish asosida ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib,
eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantiradi. Hukumat
kafolati asosidagi xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi chet ellik investorlarda
mamlakatimiz iqtisodiyotiga qiziqish uyg‘otadi.
Ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va
buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotni ustuvor sohalariga yo‘naltirish,
pirovardida, aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlashga imkon yaratadi.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari
bilan ta’minlaydi (Mamatov B., Xojamkulov D., Nurbekov O., 2014).
To‘rtinchidan, yutuqlar bilan birga bu borada to‘siq va kamchiliklar mavjud.
Mamlakatni investitsiya iqlimi holatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lgan,
bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining yetarli darajada ko‘paymaganligini ko‘rsatish
mumkin. Shu nuqtai nazardan ham xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini
jonlantirish va bevosita xorijiy investitsiyalar oqimini oshirish maqsadida quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish kerak:
- Mamlakat investitsiya iqlimini yaxshilash va yechimini topish maqsadida,
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar mutaxassislari, hududiy hokimliklarning
mutaxassis vakillari, investitsiya imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik kompaniya va
korxonalar rahbarlari hamda respublikaning investitsiyalar sohasidagi yetuk olimlari
ishtirokida, keng jamoatchilik o‘rtasida ochiq muloqot tashkil qilinib, mavjud
muammolar oshkoralik bilan har tomonlama muhokama etilishi lozim. Shu asosda
masalaga keng jamoatchilik fikrini jalb qilgan holda, mutaxassislar, olimlar va
amaliyotchilar o‘rtasida ilmiy va iqtisodiy asoslangan yagona investitsiya siyosatini,
shuningdek, qabul qilingan qonun va qarorlarni amalda ishlash mexanizmini ishlab
chiqish va hayotiyligini ta’minlash lozim;
- Investitsiyalar oqimiga (nafaqat xorijiy, balki ko‘p tomonlama ichki
investitsiyalar taalluqli) ta’sir qiluvchi omillardan biri sifatida marketing tadqiqotining
zaif olib borilayotgani, natijada ko‘plab ishlab chiqarilgan mahsulotlar omborlarda
qoldiq bo‘lib qolayotganligi ko‘rsatilmoqda. Bu muammo faqat investitsiyalarning
o‘ziga bog‘liq bo‘lib, yechim izlamasdan, aholi va korxonalarning iste’mol qobiliyatini

ko‘tarish, ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga nisbatan sog‘lom talab darajasini
oshirish nuqtai nazaridan qaralishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2021-yil 25-аvgustdаgi “Investitsiyа
lоyihаlаrini tаshqi infrаtuzilmа bilаn tа’minlаsh chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-
5233-sоnli Qаrоri // Qоnunchilik mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 25.08.2021-yil,
07/21/5233/0822-sоn.
2. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2020-yil 9-yаnvаrdаgi “О‘zbekistоn
Respublikаsining 2020-2022-yillаrgа mо‘ljаllаngаn Investitsiyа dаsturini аmаlgа
оshirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-4563-sоnli Qаrоri // Qоnun hujjаtlаri
mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 18.08.2020-yil, 06/20/6042/1190-sоn.
3. Imomov X. (2010) Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”.
4. Капитенкo В. (2007) Инвестиции и хеджирoвание: Учебнo-практическoе
пoсoбие для вузoв. – Москва: «Издателствo ПРИOР».
5. Кoлтынюк Б. (2000) Инвестициoннoе прoектирoвание oбъектoв сoциалнoкультурнoй среди: Учебник. – СПБ: “Михайлoва В.А.”.
6. Mahmudov N., Madjidov Sh. (2010) Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TDIU.
7. Mamatov B., Xojamkulov D., Nurbekov O. (2014) Investitsiyalarni tashkil
etish va moliyalashtirish. Darslik. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”.
8. Nosirov E., Asomxodjayeva Sh., Aliqulov M. (2020) Investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish. 1-qism. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”.
9. Ендиновицкий Д., Бабушкин В., Батурина Н. (2010) Анализ
инвестиционной привлекательности организации: научное издание. – Москва:
КНОРУС. – 376 c.
10. Urinbayev R. Sanoat kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini boshqarish
// Moliya va Bank ishi Jurnali 3, (2022), 34-41.
11. Ergasheva Sh., Uzoqov A. (2008) Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. – Toshkent: Iqtisod-Moliya.
12. Ochilov B. (2023). Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsion
jozibadorlikni yaxshilash masalalari // Iqtisodiyot va taʼlim, 24(1), 75–81.
https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss1/a10

REFERENCES:
1. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2021-yil 25-аvgustdаgi “Investitsiyа
lоyihаlаrini tаshqi infrаtuzilmа bilаn tа’minlаsh chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-
5233-sоnli Qаrоri // Qоnunchilik mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 25.08.2021-yil,
07/21/5233/0822-sоn. (In Uzbek)
2. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2020-yil 9-yаnvаrdаgi “О‘zbekistоn
Respublikаsining 2020-2022-yillаrgа mо‘ljаllаngаn Investitsiyа dаsturini аmаlgа
оshirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-4563-sоnli Qаrоri // Qоnun hujjаtlаri
mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 18.08.2020-yil, 06/20/6042/1190-sоn. (In Uzbek)
3. Imomov X. (2010) Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”. (In Uzbek)
4. Капитенкo В. (2007) Инвестиции и хеджирoвание: Учебнo-практическoе
пoсoбие для вузoв. – Москва: «Издателствo ПРИOР». (In Russian)
5. Кoлтынюк Б. (2000) Инвестициoннoе прoектирoвание oбъектoв сoциалнoкультурнoй среди: Учебник. – СПБ: “Михайлoва В.А.” (In Russian)
6. Mahmudov N., Madjidov Sh. (2010) Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TDIU. (In Uzbek)
7. Mamatov B., Xojamkulov D., Nurbekov O. (2014) Investitsiyalarni tashkil
etish va moliyalashtirish. Darslik. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”. (In Uzbek)
8. Nosirov E., Asomxodjayeva Sh., Aliqulov M. (2020) Investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish. 1-qism. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”. (In Uzbek)
9. Ендиновицкий Д., Бабушкин В., Батурина Н. (2010) Анализ
инвестиционной привлекательности организации: научное издание. – Москва:
КНОРУС. – 376 c. (In Russian)
10. Urinbayev R. Sanoat kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini boshqarish
// Moliya va Bank ishi Jurnali 3, (2022), 34-41. (In Uzbek)
11. Ergasheva Sh., Uzoqov A. (2008) Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. – Toshkent: Iqtisod-Moliya. (In Uzbek)
12. Ochilov B. (2023). Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsion
jozibadorlikni yaxshilash masalalari // Iqtisodiyot va taʼlim, 24(1), 75–81.
https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss1/a10 (In Uzbek)