ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini oshirish yo‘llari

Norqobilova Nargiza Abduqodirovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION
JOZIBADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

WAYS TO IMPROVE THE INVESTMENT ATTRACTIVENESS OF JOINT-
STOCK COMPANIES

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ АКЦИОНЕРНЫХ
ОБЩЕСТВ

Norqobilova Nargiza Abduqodirovna
TDIU, Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori

mutaxassisligi magistranti
Tel.: + 998 99 481-60-77
e-mail: abdukodirova.nargiza@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur maqola aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion
jozibadorligini oshirish yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi global
iqtisodiyot sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari investitsiyalarni jalb qilishda ko‘plab
muammolarga duch kelmoqda. Ushbu mavzu doirasida aksiyadorlik jamiyatlarining
jozibadorligini oshirish uchun korporativ boshqaruvni yaxshilash, moliyaviy
ko‘rsatkichlarni mustahkamlash, ochiqlik va shaffoflikni oshirish, yuqori malakali
boshqaruv kadrlarini jalb qilish, shuningdek, kompaniya strategiyasini uzoq muddatli
rivojlanish va barqarorlikka qaratish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishi
ta’kidlanadi. Mazkur ish aksiyadorlik jamiyatlari uchun investitsion jozibadorlikni
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tahliliy
ko‘rsatmalar beradi. Shu bilan birga, aksiyadorlik jamiyatlari uchun zamonaviy
investitsiya boshqaruvi va jozibadorlikni oshirish strategiyalari keltirib o‘tiladi, bu esa
kompaniyalarning o‘sishi va rivojlanishiga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Aksiyadorlik jamiyati, bozor iqtisodiyoti, investitsion jozibadorlik,
investitsiya, dividend, aksiyadorlik jamiyati, investitsiya, investor, rentabellik, biznes.

Annotation. This article is devoted to the study of ways to increase the
investment attractiveness of joint-stock companies. In today’s global economy, jointstock companies face many problems in attracting investments. Within the framework
of this topic, it is emphasized that in order to increase the attractiveness of joint-stock
companies, factors such as improving corporate governance, strengthening financial
indicators, increasing openness and transparency, attracting highly qualified
management personnel, as well as focusing the company’s strategy on long-term
development and stability are of great importance. This work provides analytical
guidelines for increasing the effectiveness of measures aimed at increasing the
investment attractiveness of joint-stock companies. At the same time, modern

investment management and attractiveness strategies for joint-stock companies are
presented, which will serve the growth and development of companies.

Keywords: Joint-stock company, market economy, investment attractiveness,
investment, dividend, joint-stock company, investment, investor, profitability, business.

Аннотация. Данная статья посвящена изучению путей повышения
инвестиционной привлекательности акционерных обществ. В современной
мировой экономике акционерные общества сталкиваются со многими
проблемами при привлечении инвестиций. В рамках данной темы
подчеркивается, что такие факторы, как совершенствование корпоративного
управления, укрепление финансовых показателей, повышение открытости и
прозрачности, привлечение высококвалифицированных управленческих кадров,
а также ориентация стратегии компании на долгосрочное развитие и
устойчивость, имеют важное значение в повышении привлекательности
акционерных обществ. В работе даны аналитические рекомендации по
повышению эффективности мероприятий, направленных на повышение
инвестиционной привлекательности акционерных обществ. В то же время
представлены современные методы управления инвестициями и стратегии
повышения привлекательности акционерных обществ, которые будут служить
росту и развитию компаний.

Ключевые слова: Акционерное общество, рыночная экономика,
инвестиционная привлекательность, инвестиции, дивиденды, акционерное
общество, инвестиции, инвестор, прибыльность, бизнес.

KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy oʻsishni jonlantirish va aholining turmush
darajasini oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda, Respublika
hududlarining investitsion salohiyatini oshirish va ushbu jarayonni muvaffaqiyatli olib
borishga hududlarning geografik joylashuvi, tabiiy resurslarning mavjudligi, uning
zaxirasi, mehnat resurslarining soni, yoshi va malakasi, shuningdek, hududlarda bir
necha yillardan beri saqlanib kelinayotgan ixtisoslashuv darajasi, infratuzilmalarning
holati kabi bir qancha omillarni inobatga olish asosiy shartlardan hisoblanadi. Hozirda,
tafovut yiliga taxminan 4 trillion dollarni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich 2015-yilda BRM
dasturlari qabul qilinganda 2,5 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalar oqimini 2022-yilda 12%ga tushishi va investitsiya siyosati
hamda kapital bozori tendensiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani2 aksiyadorlik
jamiyatlari xo‘jalik yuritish tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda.

2 Manba: https://unctad.org/publication/world-investment-report-2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son
«Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida», 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida», 2023-yil 11-
sentyabrdagi «O‘zbekiston–2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi 158-son PF va 2023-yil
16-noyabrdagi PF-195-son «Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya
tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.
Bularning barchasi investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan muammoning dolzarbligini belgilab beradi va bu borada maxsus
kompleks tadqiqotning o‘tkazilishini talab etadi.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan, yuqoridagi ilmiy izlanishlarda masala kun
tartibiga yaxlit tarzda investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish
aspektida qo‘yilmagan. Ularda tadqiqot obyekti sifatida respublikamiz iqtisodining eng
muhim xo‘jalik yurituvchi subyektlari bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tanlanmagan.
Holbuki, bunday shaklda xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarda,
investitsion faoliyatni amalga oshirish va uni moliyalashtirish bir necha o‘ziga xos
bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lib, ular investitsion faoliyatni moliyalashtirish hamda
uni takomillashtirishga o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Muammoning dolzarbligi va O‘zbekiston sharoitida, uning aksiyadorlik jamiyatlari
misolida yetarli darajada o‘rganilmaganligi, investitsion faoliyatni moliyalashtirishni
takomillashtirish masalalari mavzusida maqolaning zarurligini ko‘rsatadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Dividend hisobiga aksiyadorlik jamiyati olgan foydada qatnashish huquqi amalga
oshiriladi. Dividendlarni olish tartibi va shartlari, shuningdek ularning miqdori
aksiyadorlik jamiyati tomonidan olib borilayotgan dividend siyosati bilan belgilanadi.
Bu dividend siyosatining jamiyatdagi roli va ahamiyati unga biznesda, moliyaviy
menejmentda va moliyaviy fanda unga qaratilayotgan e’tibor bilan o‘lchanadi.
Shunday qilib, dividend siyosati nazariyasida asosiy savollar quyidagicha:
jamiyatda dividend to‘lovlari jamiyatning bozor qiymatiga ta’sir qiladimi va o‘z
aksiyadorlariga katta dividendlar to‘laydigan jamiyatlar bozorni qanday baholaydilar?
Shuning uchun foydani taqsimlash masalasi, xususan, dividend siyosati, R. Brayl
va S. Mayersaning fikriga ko‘ra, moliya nazariyasida hal qilinmagan muammolar
o‘ntaligiga kiritilgan. Ushbu masalalar olimlar va amaliyotchilar o‘rtasida munozarali
mavzu bo‘lib qolmoqda (Лукасевич И., 2011: 719).
M. Harake ta’kidlashicha, ma’lumot asimmetriyasining pasayishi dividend
siyosati boʻyicha agentlik nizolarni yengillashtirishini va shu bilan dividendlarni

toʻlash uchun koʻp xarajat talab etadigan investitsiyalarni jalb qilish zaruratini
kamaytirishini koʻrsatadi (Harake M., 2020).

Ma’lumki, dividend siyosati bo‘yicha keng ilmiy munozaralarning boshlanishi M.
Miller va F. Modigliani tomonidan o‘z maqolalarida yaratilgan. Mualliflar bozor
sharoitida jamiyatning qiymati dividend siyosatiga bog‘liq emasligini, aksincha
aksiyadorlarning boyligiga qaratilgan. Ularning fikricha, jamiyatlarning daromad olish
imkoniyati bilan belgilanadi va ko‘p jihatdan foydani taqsimlash mexanizmiga emas,
balki investitsiya siyosatining samaradorligiga bog‘liq. Ular taqdim etgan model
dividendlarning nomuvofiqligi nazariyasiga asos yaratdi. Boshqacha qilib aytganda,
dividend siyosati kompaniyaning bozor qiymatiga ta’sir etuvchi omil emas, shundan
kelib chiqib investitsiya loyihalarini moliyalashtirgandan so‘ng dividendlar qoldiq
asosida hisoblanishi kerak (Elmirzayev S., Omonov S., 2020).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolani yozishda aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirish
yo‘llari va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan ilmiy
tadqiqotlar, statistik ma’lumotlarni o‘rganish va iqtisodiy jihatdan tahlil qilish,
mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiya, ma’lumotlarni guruhlash, induksiya va deduksiya
usullaridan keng foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
“O‘zbekneftgaz” AJ 2024-yil oxirigacha 29,3 milliard kub metr gaz qazib olish
uchun gaz quduqlarini burg‘ilashga 320 million dollardan ortiq, ularni ta’mirlashga 45
million dollar va 79,6 million dollarlik geologik qidiruv ishlarini amalga oshirishni
rejalashtirgan edi. Ushbu ko‘rsatkich avvalgi prognozlardan 4,8 milliard kub metrga
kam. 2024-yilga mo‘ljallangan davlat dasturiga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi
29,3 milliard kub metr gaz qazib olishni maqsad qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich avvalgi
prognozlardan past hisoblanadi. Davlat dasturining 52-maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari
va aholini zaruriy energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlashni nazarda tutadi. Ushbu
maqsadga erishish uchun “O‘zbekneftgaz” quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
95 ta gaz qudug‘ini burg‘ilash, 81 ta gaz qudug‘ini kompleks ta’mirlash, ish faoliyatini
tiklash va 42 ta texnologik chora-tadbirlarni bajarish. Natijada, 29,3 milliard kub metr
gaz qazib olish rejalashtirilgan.
Neft va gaz qazib olishning modernizatsiyasi. Qayta tiklanadigan energiya
manbalarini joriy etish va qazib olish jarayonlarini samarali qilish uchun yangi
texnologiyalarni tatbiq etishga qaratilgan investitsiyalar amalga oshirilmoqda.
Infrastruktura loyihalari. Gaz quvurlari, neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa
strategik inshootlarni qurish ishlari davom etmoqda.
Xalqaro hamkorlik va xususiy sektorga jalb qilish. “O‘zbekneftgaz” xalqaro

kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirib, investitsiyalarni jalb qilishda davom
etmoqda. Xususan, Xitoy, Rossiya va Turkiyadagi kompaniyalar bilan hamkorlikda bir
qancha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Sohada amalga oshirilgan eng yirik
loyihalar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:

1. O‘zbekistonning gazni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish. Masalan,
“Sho‘rtan gazni qayta ishlash zavodi” va “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” kabi
obyektlarda zamonaviy texnologiyalar joriy etildi.

2. “O‘zbekiston – Xitoy” gaz quvuri. Bu loyiha Xitoy bilan O‘zbekistonning gaz
resurslarini eksport qilishni osonlashtirishga qaratilgan.

3. Xalqaro investorlar. “O‘zbekneftgaz”ga kiritilgan investitsiyalar asosan xalqaro
energetika kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Xitoyning
Sinopec, CNPC kompaniyalari, Rossiyaning Lukoil va Gazprom kompaniyalari,
shuningdek, Turkiyaning Çalık Enerji kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga
qo‘yilgan.

Asosiy va yirik investitsion dasturlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Yashil energiya loyihalari. O‘zbekiston 2030-yilgacha energiya ishlab
chiqarish va iste’molni barqarorlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni
rejalashtirmoqda.
2. Tabiiy gaz qazib olishni oshirish. Gaz qazib olish samaradorligini oshirish va
yangi qazib olish maydonlarini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlardan biridir.
3. Eksportni diversifikatsiya qilish. “O‘zbekneftgaz” Tojikiston va Qirg‘iziston
bilan gaz eksportini yo‘lga qo‘yish va mintaqada gaz eksporti va importini
diversifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Investitsiyalarning samaradorligini tahlil qilish. Yuqori darajadagi statistik usullar
yordamida “O‘zbekneftgaz” AJga kiritilgan investitsiyalar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish imkoniyati mavjud. Ushbu usullar kompaniyaning
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashga yordam beradi va investitsiyalarning
samaradorligini o‘lchashda foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash imkonini
beradi. Quyidagi jadvalda, 2021–2023-yillarda kiritilgan investitsiyalar va
o‘zgaruvchilar bo‘yicha tahlil natijalari keltirilgan (1-jadval).
“O‘zbekneftgaz” AJga kiritilgan investitsiyalarni ko‘rib, 2021–2023-yillar
davomida yillik investitsiya hajmining o‘sib borganini kuzatish mumkin. 2021-yilda
1,200 million dollardan 2023-yilda 1,800 million dollarga yetgan bu o‘sish
kompaniyaning yangi investitsiya loyihalariga qaratilgan strategiyasi bilan bog‘liqdir.

1-jadval

O‘zbekneftgaz AJga kiritilgan investitsiyalar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
(2021-2023-yillar)

Yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichi ham har yili ortib borgan va 2023-yilga
kelib 3,800 ta ish o‘rni yaratildi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish va davlat
byudjetiga qo‘shilgan hissaning oshganini ko‘rsatadi. Energetik samaradorlik
(kWh/ton) ko‘rsatkichi ham har yili yaxshilangani kuzatiladi, bu texnologiyalarning
samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasidir. 2023-yilda yangi
texnologiyalarni joriy etish ko‘rsatkichi 4 taga yetgan, bu esa sohaga raqamli
transformatsiya va innovatsion yondashuvlar kiritilganini tasdiqlaydi. Komparativ
tahlil usuli “O‘zbekneftgaz” AJning investitsiya faoliyatini boshqa davlatlar bilan
solishtirishga imkon beradi. Ushbu yondashuv, O‘zbekiston energetika sektorining
rivojlanish darajasini va uni global bozorga qo‘shgan hissasini tahlil qilishga yordam
beradi. Xususan, O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istonning soha bo‘yicha
investitsiyalari, iqtisodiy o‘sishi, yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologiyalarni joriy
etish ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Quyidagi jadvalda 2021–2023-yillar davomida ushbu
davlatlar tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
taqdim etilgan (2-rasm).

2-rasm. O‘zbekneftgaz AJ, Qozog‘iston va Rossiya neft-gaz sektorlarida investitsiyalar va
iqtisodiy ko‘rsatkichlar (2021-2023-yillar)

O‘zbekistonning neft va gaz sektoriga kiritilgan investitsiyalar har yili oshib
borgan. Biroq, Rossiya va Qozog‘iston bilan solishtirganda, O‘zbekistonning
investitsiya hajmi ancha kichikroq.

Bu Rossiya va Qozog‘istonning neft va gaz sanoatidagi rivojlanish darajasi va
ishlab chiqarish salohiyatining yuqoriligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston
uchun investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o‘sish va raqamli transformatsiya
yo‘nalishida katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda (3-rasm).

3-rasm. Yaratilgan ish o‘rinlari

Yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari yildan-yilga
ortib borgan. Biroq, Rossiya va Qozog‘iston kabi yirik energetika sanoatlarida ish
o‘rinlari yaratishning miqdori ancha yuqori. Bu holat ushbu mamlakatlardagi sanoat
o‘sishining katta miqyosini va ular tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar
hajmining yuqoriligini aks ettiradi (4-rasm).

4-rasm. Iqtisodiy o‘sish (YaIM)

O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’ati 2021–2023-yillarda sezilarli darajada
oshib, 5,8 foizdan 6,5 foizgacha yetdi. Biroq, Rossiya va Qozog‘istonning iqtisodiy
o‘sish sur’ati nisbatan pastroq bo‘lsa-da, ular investitsiyalarning yuqori hajmi va

energetika sektorining rivojlanishini aks ettirmoqda. Rossiya va Qozog‘istonning
investitsiyalari, katta miqdordagi zaxiralar va global bozorlarga integratsiya orqali
amalga oshirilgan. Shuningdek, Rossiya iqtisodiyoti ko‘p yillik rivojlanish va
modernizatsiya tajribasiga ega bo‘lib, bu uning energetika sektoriga katta miqdorda
sarmoya jalb qilish imkonini beradi. O‘zbekistonda investitsiyalarning o‘sishi sezilarli
bo‘lsa-da, mamlakatda yangi texnologiyalarni joriy etishga va texnologik
modernizatsiyaga qaratilgan yirik loyihalar, ayniqsa neft-gaz sektorida, hali ham o‘rta
darajada. Shu bilan birga, O‘zbekistonning investitsion salohiyati tobora o‘sib
bormoqda, ammo bu sohada hali ko‘plab rivojlanish va optimallashtirish ishlari talab
etiladi. Jadval va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “O‘zbekneftgaz” AJning investitsiyalari
har yili ortib borib, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlamoqda va
energetika sektorida raqamli transformatsiya hamda innovatsiyalarni rivojlantirishda
muhim rol o‘ynamoqda. Biroq, Rossiya va Qozog‘iston bilan solishtirganda, ularning
investitsiya hajmlari va iqtisodiy samaradorliklari yuqoriroq. Bu holat, O‘zbekistonda
investitsiya salohiyatining yanada oshishi va energetika sohasining modernizatsiyasi
uchun ko‘proq resurslar va strategik yondashuvlarni talab etadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mazkur maqolada quyidagilarni xulosa sifatida keltiramiz:
Investitsion jozibadorlikni baholash uchun ikkita muhim jihatga e’tibor qaratish
lozim. Birinchisi, ma’lum bir obyektni investitsiyalashning investitsion jozibadorligi.
Bunda aniq bir hududiy tizimda mavjud tarmoq, soha va klasterlarning iqtisodiy holati
tahlil etiladi. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda investitsion loyiha va dasturlar
samaradorligini aniqlashning tayanch ko‘rsatkichlari (sof diskontlangan daromad,
qoplash muddati, foyda normasi, ichki rentabellik normasi) baholanadi. Ikkinchisi
Aksiyadorlik jamiyatlari xo‘jalik tizimining investitsion jozibadorligi. Buning uchun
esa, quyidagi holatlarni tahlil qilish nazarda tutiladi: mavjud huquqiy-normativ baza,
siyosiy vaziyat, investitsion infratuzilmasi, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, investorlar
manfaatini himoya qilish darajasi, soliqqa tortish darajasi, strategik va ma’muriy
resurslar (Nosirov E., Asomxodjayeva Sh., Aliqulov M., 2020).
Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-biriga teskari bog‘liqdir. Investitsiya
muhiti qanchalik qulay bo‘lsa, investorning tadbirkorlik tavakkali shunchalik past
darajada bo‘ladi va bu investorlarning kirib kelishini faollashtiradi. Aksincha, ya’ni
investitsiya muhiti noqulay bo‘lsa, tavakkal darajasi yuqori bo‘ladi. Bu esa,
investitsiya qabul qiluvchi tomon sarf-xarajatlarining o‘sishiga olib keladi. Investitsiya
muhitining holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya qabul qiluvchi uchun
ham muhimdir (Imomov X., 2010). Mamlakatimizda investor sifatida faoliyat
yuritayotgan xorijiy investorlarning huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlar
bilan muhofaza qilingan va kafolatlangan. Buning uchun, bir qator qonunlar va

me’yoriy hujjatlar tasdiqlangan hamda amaliyotga joriy etilgan. Mamlakatdagi mavjud
neft-gaz sanoati korxonalarini innovatsion-investitsion faoliyatini mutanosib o‘sishini
ta’minlash maqsadida ochiq innovatsiyalar bozori hamda erkin investitsiyalar oqimi
uyg‘unligini saqlashga qaratilgan crowd sourcing modeli va uning qamrovidagi
modellarni o‘z ichiga olgan strategiyani ishlab chiqish talab etilgani bois, crowd
directing strategiyasi darajasiga qadar takomillashtirildi va tavsiyaviy xarakteri
iqtisodiy jihatdan asoslab berildi. Aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion aktivligini
oshirishda moliyaviy menejerlarning o‘rni katta. Chunki korporativ tuzilmalarda
moliyaviy menejmentning asosiy boshqaruv obyektlaridan biri korxonaning
investitsion faoliyati hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion faoliyatini
amalga oshirishda investitsion loyihadan keladigan daromad, uning samaradorligi,
investitsion loyiha xavfsizligi hamda investitsion mablag‘larning likvidliligiga alohida
e’tibor qaratiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiyalarni jalb qilishning eng
asosiy yo‘li bo‘lib xalqaro fond bozorlarida ishtirok etish hisoblanadi. Ammo bizga
ma’lumki, xalqaro fond bozorlarida korporativ tuzilmalarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun
qator talablar qo‘yilgan. Bunday talablarni bajaradigan korporativ tuzilmalar
mamlakatimizda juda kam.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2021-yil 25-аvgustdаgi “Investitsiyа
lоyihаlаrini tаshqi infrаtuzilmа bilаn tа’minlаsh chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-
5233-sоnli Qаrоri // Qоnunchilik mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 25.08.2021-yil,
07/21/5233/0822-sоn.
2. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2020-yil 09-yаnvаrdаgi “О‘zbekistоn
Respublikаsining 2020-2022-yillаrgа mо‘ljаllаngаn Investitsiyа dаsturini аmаlgа
оshirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-4563-sоnli Qаrоri // Qоnun hujjаtlаri
mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 18.08.2020-yil, 06/20/6042/1190-sоn.
3. Imomov X. (2010) Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”.
4. Капитенкo В. (2007) Инвестиции и хеджирoвание: Учебнo-практическoе
пoсoбие для вузoв. – Москва: «Издателствo ПРИOР».
5. Кoлтынюк Б. (2000) Инвестициoннoе прoектирoвание oбъектoв сoциалнoкультурнoй среди: Учебник. – СПБ: “Михайлoва В.А”.
6. Mahmudov N., Madjidov Sh. (2010) Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TDIU.
7. Mamatov B., Xojamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. Darslik. – Toshkent: Iqtisod-Moliya.
8. Nosirov E., Asomxodjayeva Sh., Aliqulov M. (2020) Investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish. 1-qism. – Toshkent: Iqtisod-Moliya.

9. Лукасевич И. (2011) Финансовый менеджмент. 3-е издание. Учебник. –
Москва: Эксмо.

10. Harake M. Dividend policy and corporate investment under information
shocks // Journal of International Financial Markets, Institutions and Money. Article.
February 21, 2020. www.sciencedirect.com

11. Elmirzayev S., Omonov S. Rivojlangan mamlakatlarda dividend siyosati
tahlili va dividend aristokratlari. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. 2-
son, aprel 2020-yil.

REFERENCES:
1. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2021-yil 25-аvgustdаgi “Investitsiyа
lоyihаlаrini tаshqi infrаtuzilmа bilаn tа’minlаsh chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-
5233-sоnli Qаrоri // Qоnunchilik mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 25.08.2021-yil,
07/21/5233/0822-sоn. (In Uzbek)
2. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2020-yil 09-yаnvаrdаgi “О‘zbekistоn
Respublikаsining 2020-2022-yillаrgа mо‘ljаllаngаn Investitsiyа dаsturini аmаlgа
оshirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-4563-sоnli Qаrоri // Qоnun hujjаtlаri
mа’lumоtlаri milliy bаzаsi, 18.08.2020-yil, 06/20/6042/1190-sоn. (In Uzbek)
3. Imomov X. (2010) Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”. (In Uzbek)
4. Капитенкo В. (2007) Инвестиции и хеджирoвание: Учебнo-практическoе
пoсoбие для вузoв. – Москва: «Издателствo ПРИOР». (In Russian)
5. Кoлтынюк Б. (2000) Инвестициoннoе прoектирoвание oбъектoв сoциалнoкультурнoй среди: Учебник. – СПБ: “Михайлoва В.А”. (In Russian)
6. Mahmudov N., Madjidov Sh. (2010) Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TDIU. (In Uzbek)
7. Mamatov B., Xojamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. Darslik. – Toshkent: Iqtisod-Moliya. (In Uzbek)
8. Nosirov E., Asomxodjayeva Sh., Aliqulov M. (2020) Investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish. 1-qism. – Toshkent: Iqtisod-Moliya. (In Uzbek)
9. Лукасевич И. (2011) Финансовый менеджмент. 3-е издание. Учебник. –
Москва: Эксмо. (In Russian)
10. Harake M. Dividend policy and corporate investment under information
shocks // Journal of International Financial Markets, Institutions and Money. Article.
February 21, 2020. www.sciencedirect.com
11. Elmirzayev S., Omonov S. Rivojlangan mamlakatlarda dividend siyosati
tahlili va dividend aristokratlari. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. 2-
son, aprel 2020-yil. (In Uzbek)