SOLIQ SIYOSATI VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING KICHIK
BIZNESGA TA’SIRI
TAX POLICY AND THE IMPACT OF DIGITAL TRANSFORMATION
ON SMALL BUSINESS
НАЛОГОВАЯ ПОЛИТИКА И ВЛИЯНИЕ ЦИФРОВОЙ
ТРАНСФОРМАЦИИ НА МАЛЫЙ БИЗНЕС
Shernayev Akbar Aqmirzayevich
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv”
kafedrasi prof., i.f.d. (DSc)
Tel.: +998 33 766 80 77
E-mail: shernaev.akbar@mail.ru
Annotatsiya. Maqolada soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning kichik
biznes rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda kichik biznes
mamlakat iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy taraqqiyotining muhim omili hisoblanib,
uning samarali faoliyati soliq siyosati hamda raqamli texnologiyalar bilan
chambarchas bog‘liq. Tadqiqotda soliq imtiyozlari, yengillashtirilgan soliq rejimlari,
elektron hisobvaraq-faktura, onlayn deklaratsiyalash tizimi va raqamli platformalar
orqali biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishning ta’siri o‘rganildi. Soliq siyosati va
raqamli transformatsiyaning ijobiy va salbiy tomonlari aniqlanib, kichik tadbirkorlik
subyektlari uchun samarali yechimlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Natijalar
davlat soliq-moliya siyosatini takomillashtirish hamda kichik biznesni qo‘llabquvvatlash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot
rasmiy statistik ma’lumotlar, ilmiy ishlanmalar, mahalliy va xorijiy amaliy tajribalar
asosida olib borildi.
Kalit so‘zlar: soliq siyosati, raqamli transformatsiya, kichik biznes, elektron
hisobvaraq-faktura, tadbirkorlik rivoji, soliq imtiyozlari, onlayn soliq platformalari,
biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish.
Abstract. The article analyzes the impact of tax policy and digital
transformation on small business development. In the modern economic environment,
the small business sector plays a key role in ensuring economic stability and social
progress of the country, and its effective performance is closely linked to tax policy
and digital technologies. The study examines tax policy mechanisms, including tax
incentives and simplified regimes, as well as digital transformation processes –
electronic invoicing, online tax declaration, and automation of business processes
through digital platforms. Positive and negative effects of tax policy and digital
transformation are identified, and effective solutions and practical recommendations
for small businesses are proposed. The findings have significant practical value for
improving state tax and fiscal policy and developing small business support
strategies. The research is based on official statistical data, scientific studies, and
domestic and international case studies.
Keywords: tax policy, digital transformation, small business, electronic
invoicing, entrepreneurship development, tax incentives, online tax platforms,
business process automation.
Аннотация. В статье анализируется влияние налоговой политики и
цифровой трансформации на развитие малого бизнеса. В современных
экономических условиях сектор малого бизнеса играет ключевую роль в
обеспечении экономической стабильности и социального прогресса страны, а
его эффективная деятельность тесно связана с налоговой политикой и
цифровыми технологиями. В исследовании рассмотрены механизмы налоговой
политики, включая налоговые льготы и упрощённые режимы, а также процессы
цифровой трансформации – электронное выставление счетов-фактур, онлайндекларирование и автоматизация бизнес-процессов с помощью цифровых
платформ. Выявлены положительные и отрицательные эффекты налоговой
политики и цифровой трансформации, предложены эффективные решения и
практические рекомендации для субъектов малого предпринимательства.
Результаты имеют важное практическое значение для совершенствования
государственной налогово-бюджетной политики и разработки стратегий
поддержки малого бизнеса. Исследование проведено на основе официальных
статистических данных, научных работ, отечественного и зарубежного
практического опыта.
Ключевые слова: налоговая политика, цифровая трансформация, малый
бизнес, электронное выставление счетов-фактур, развитие
предпринимательства, налоговые льготы, онлайн-налоговые платформы,
автоматизация бизнес-процессов.
KIRISH
Hozirgi global iqtisodiy muhitda kichik biznes sektori mamlakat iqtisodiy
barqarorligi va ijtimoiy taraqqiyotida asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu sektor faqat ish
o‘rinlari yaratish bilan cheklanmay, shuningdek, innovatsiyalarni joriy etish, mahalliy
bozorni rivojlantirish va davlat byudjetini moliyalashtirishda ham muhim ahamiyatga
ega. Shu bilan birga, kichik biznesning samarali faoliyati turli iqtisodiy va huquqiy
omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida soliq siyosati va raqamli transformatsiya
alohida ahamiyat kasb etadi.
Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va byudjet
mablag‘larini shakllantirishda qo‘llaydigan asosiy vosita hisoblanadi. Kichik biznes
uchun soliq imtiyozlari va yengillatilgan rejimlar tadbirkorlik muhitining qulayligini
ta’minlaydi, biznes xarajatlarini kamaytiradi va faoliyatni rag‘batlantiradi.
Shuningdek, samarali soliq siyosati o‘z vaqtida bajarilsa, tadbirkorlarning huquqiy
xavfsizligini ta’minlaydi va korrupsiya imkoniyatlarini kamaytiradi.
Hozirgi kunda raqamli transformatsiya iqtisodiy jarayonlarni zamonaviy
texnologiyalar orqali avtomatlashtirish, hisob-kitoblarni elektron shaklda olib borish,
onlayn soliq deklaratsiyalari berish va turli raqamli platformalar orqali biznes
jarayonlarini soddalashtirish imkonini beradi. Bu jarayon soliq nazoratining
shaffofligini oshirib, byurokratiya va qo‘shimcha xarajatlarni kamaytiradi hamda
tadbirkorlar uchun qulaylik yaratadi. Shuningdek, raqamli transformatsiya marketing,
mijozlar bilan aloqa va ichki biznes jarayonlarini samarali boshqarish imkoniyatini
ham taqdim etadi.
Maqola maqsadi – soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning kichik biznes
sektori rivojiga ta’sirini kompleks tahlil qilish, ularning ijobiy va salbiy omillarini
aniqlash, shu bilan birga samarali yechimlar va tavsiyalarni ishlab chiqishdir. Ushbu
tahlil natijalari davlatning moliyaviy siyosati va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash
strategiyalarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Maqola tahlilida
statistik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar, mahalliy va xorijiy keys-stadi misollari asos
qilib olinadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning kichik biznesga ta’siri masalasi
borasida bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarning tahlili
ko‘rsatadiki, masalan, Xudoyqulov S.K., Quziyeva N.R., Nurullayev A.S. (2020)
ishida soliq siyosati nazariy asoslari va amalga oshirish bosqichlari aniq tarzda tahlil
qilingan hamda ularning iqtisodiy faoliyatga ta’siri ko‘rsatilgan. Bu manba soliq
siyosatining kichik biznes faoliyatidagi o‘rnini tushunish uchun muhim asos bo‘lib
xizmat qiladi. To‘xsanov Q.N. (2024) maqolasida esa soliq organlari faoliyatini
raqamli transformatsiya qilish va yangi dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari
muhokama qilingan. Maqolada raqamli texnologiyalarning soliq tizimida samarali
qo‘llanilishi va natijada kichik biznesning soliq yuklanishi va hisobdorligini
yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Mahmudov J. (2021) tadqiqoti kichik biznes
subyektlarida moliyaviy boshqaruv usullarining ahamiyatini tahlil qiladi. Unda
moliyaviy boshqaruvning samaradorligi va kichik biznes faoliyatidagi strategik
ahamiyati ko‘rsatilgan, bu esa raqamli transformatsiya va soliq siyosatini
integratsiyalashda asosiy omil sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, Malikov T.S.
(2022, 2023) va Nizomiddin Xaydarov X. (2023) tadqiqotlarida soliq siyosati va
raqamli transformatsiyaning kichik biznes sub’ektlariga ta’siri tahlil qilingan. Ular
raqamli platforma va dasturiy mahsulotlarni joriy qilish orqali soliq yuklanishini
optimallashtirish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va iqtisodiy samaradorlikni
oshirish mexanizmlarini muhokama qilgan. Qolaversa, Safoyev A.A. (2022),
Rahmonov B.Sh. (2021), Abdullayev D.M. (2020), Ibrahimov J.O. (2023) va boshqa
manbalarda raqamli texnologiyalar va soliq siyosatining kichik biznes faoliyatiga
ta’siriga bag‘ishlangan tadqiqotlar bor. Bu tadqiqotlar ko‘rsatadiki, raqamli
transformatsiya kichik biznesda soliq hisobotini avtomatlashtirish, moliyaviy
qarorlarni tez va aniq qabul qilish hamda umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman, mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, soliq
siyosati va raqamli transformatsiyaning kichik biznesga ta’siri masalasi bir necha
asosiy yo‘nalishlarda ko‘rib chiqilgani aniqlanadi:
Soliq siyosatining nazariy va amaliy asoslari;
Soliq organlari va ularning raqamli transformatsiyasi;
Kichik biznesda moliyaviy boshqaruv va raqamli texnologiyalarni qo‘llash;
Soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning biznes samaradorligiga ta’siri.
Shu tahlil natijasida maqolada kichik biznesda raqamli transformatsiya va soliq
siyosati mexanizmlarini muvofiqlashtirish hamda ularning iqtisodiy samaradorlikka
ta’sirini ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda kichik biznes sohasida soliq siyosati va raqamli
transformatsiyaning samaradorligini aniqlash uchun ilmiy va amaliy usullar
birlashtirildi. Tadqiqotda mavzuga oid adabiyotlar tahlili, statistik ma’lumotlar va
empirik kuzatuvlar asos qilib olindi.
Kichik biznes subyektlarida soliq siyosati va raqamli platformalarning joriy
etilishi, moliyaviy boshqaruv va operatsion samaradorlikka ta’siri kualitativ va
kvantitativ tahlil usullari yordamida o‘rganildi. Tadqiqot nazariy va amaliy bilimlarni
integratsiya qilgan holda, soliq siyosati va raqamli transformatsiya vositalarining
biznes faoliyatiga ta’sirini kompleks baholashga qaratildi.
Tadqiqot obyekti – kichik biznes subyektlari, predmeti – soliq siyosati va
raqamli transformatsiya vositalarining ta’siri. Maqsad – bu jarayonlarni samarali
boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, soliq siyosati va raqamli transformatsiya
kichik biznesning samaradorligi va barqarorligiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Soliq
siyosatining aniq va adolatli tizimi kichik biznesda moliyaviy barqarorlikni
ta’minlaydi, soliq yukini optimallashtiradi va hisobot berish jarayonini
soddalashtiradi.
Raqamli transformatsiya esa biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, xarajatlarni
kamaytirish va moliyaviy qarorlarni tez va aniq qabul qilish imkonini beradi. Bu
kichik biznesning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, soliq siyosati va raqamli texnologiyalarning
birgalikda qo‘llanilishi kichik biznesning samaradorligi va rivojlanish istiqbollarini
sezilarli darajada yaxshilaydi. Qaror qabul qilish, moliyaviy boshqaruv va biznes
jarayonlari raqamli vositalar orqali integratsiyalanganda, faoliyat samaradorligi va
biznesning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
1-jadval.
2025 yil kichik biznesda soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning
ta’siri1
Ko‘rsatkichlar / Sektor Sanoat Savdo Qishloq Xizmat ICT va raqamli
xo‘jaligi ko‘rsatish texnologiyalar
Soliq yuki (%) 18 16 14 15 12
Raqamli transformatsiya darajasi (%) 60 70 50 65 85
Soliq imtiyozlari foydalanish (%) 40 35 50 45 25
Moliyaviy samaradorlik (1–5) 4 3 3 4 5
Barqarorlik va rivojlanish (1–5) 4 3 3 4 5
Ishlab chiqarish/xizmat sifati (1–5) 4 3 3 4 5
Risklar darajasi (1–5) 3 3 4 3 2
Jadval ko‘rsatadiki, soliq siyosati va raqamli transformatsiya kichik biznesning
turli sohalariga turlicha ta’sir qiladi. Sanoat va savdo sohalarida soliq yuki nisbatan
yuqori bo‘lishiga qaramay, raqamli transformatsiya darajasi ham yuqori bo‘lib, bu
sohalarda moliyaviy samaradorlik va barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Soliq
imtiyozlari foydalanish darajasi esa sohalarda turlicha bo‘lib, qishloq xo‘jaligida eng
yuqori, ICT va raqamli texnologiyalar sohasida esa eng past. Bu, asosan, raqamli
texnologiyalar bilan avtomatizatsiyalangan sohalarda imtiyozlar kamroq talab etilishi
bilan bog‘liq.
Qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamli transformatsiya
darajasi o‘rtacha, bu sohalarda soliq va raqamli platformalardan samarali foydalanish
imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida risk darajasi
eng yuqori bo‘lib, soliq va texnologiyalarning integratsiyasi murakkab
qiyinchiliklarni keltirishi mumkin.
ICT va raqamli texnologiyalar sohasida soliq yuki past, raqamli platforma
foydalanishi eng yuqori, moliyaviy samaradorlik va barqarorlik darajasi eng yuqori.
Bu sektorda raqamli transformatsiya kichik biznesning rivojlanishi va
samaradorligini maksimal darajada oshiradi.
1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan soliq ma’murchiligi va soliq
xizmati organlarini rivojlantirish strategiyasi asosida ishlab chiqilgan tahlillar.
Umuman, tahlil shuni ko‘rsatadiki, soliq siyosati va raqamli platformalarning
integratsiyasi kichik biznesda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash,
operatsiyalarni samarali boshqarish va rivojlanish istiqbollarini oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Sektorlarga moslashtirilgan raqamli transformatsiya va soliq
imtiyozlari esa biznesning samaradorligini yanada yaxshilaydi.
2-jadval.
Kichik biznesda soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning ta’siri2
(2022–2025 yillar, aniq ko‘rsatkichlar)
Sektor / Yillar 2022 2023 2024 2025 Umumiy
ta’sir (1–5)
Sanoat – Soliq yuki (%) 19 18 18 18 4
Sanoat – Raqamli transformatsiya (%) 50 55 58 60 4
Sanoat – Moliyaviy samaradorlik (1–5) 3 3 4 4 4
Savdo – Soliq yuki (%) 17 16 16 16 3
Savdo – Raqamli transformatsiya (%) 60 65 68 70 3
Savdo – Moliyaviy samaradorlik (1–5) 3 3 3 3 3
Qishloq xo‘jaligi – Soliq yuki (%) 15 14 14 14 3
Qishloq xo‘jaligi – Raqamli transformatsiya (%) 45 48 50 50 3
Qishloq xo‘jaligi – Moliyaviy samaradorlik (1–5) 3 3 3 3 3
Xizmat ko‘rsatish – Soliq yuki (%) 16 15 15 15 4
Xizmat ko‘rsatish – Raqamli transformatsiya (%) 55 60 63 65 4
Xizmat ko‘rsatish – Moliyaviy samaradorlik (1–5) 3 4 4 4 4
ICT va raqamli texnologiyalar – Soliq yuki (%) 13 12 12 12 5
ICT va raqamli texnologiyalar – Raqamli transformatsiya (%) 75 80 83 85 5
ICT va raqamli texnologiyalar – Moliyaviy samaradorlik (1–5) 4 5 5 5 5
Jadval tahlili bo‘yicha sanoatda soliq yuki barqaror 18–19% atrofida saqlanib,
raqamli transformatsiya 50%dan 60%gacha o‘sgan. Bu moliyaviy samaradorlik va
barqarorlikni yaxshilashga yordam bergan. Umumiy ta’sir 4 ball bilan baholanadi,
ya’ni soliq va raqamli texnologiyalar integratsiyasi sanoatda samarali bo‘lgan.
Savdo sohasida soliq yuki 16–17%, raqamli transformatsiya 60%dan 70%gacha
o‘sgan. Moliyaviy samaradorlik doimiy 3 ballda qolgan. Umumiy ta’sir 3 ball, bu
savdo sohasida raqamli transformatsiya va soliq imtiyozlari o‘rtacha samara
berganligini ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida soliq yuki past (14–15%), raqamli transformatsiya nisbatan
past (45–50%). Moliyaviy samaradorlik ham 3 ballda qolgan. Umumiy ta’sir 3 ball,
bu sohada raqamli texnologiyalar va soliq imtiyozlari samaradorligini cheklaydi.
Xizmat ko‘rsatish sektorida soliq yuki 15–16%, raqamli transformatsiya 55–
65%gacha o‘sgan. Moliyaviy samaradorlik 3 dan 4 ballga o‘sgan. Umumiy ta’sir 4
2 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, xalqaro tadqiqotlar (IMF, UNDP) va ilmiy maqolalar asosida tahlil
qilingan
ball, raqamli transformatsiya kichik biznesning barqarorligi va samaradorligiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
ICT va raqamli texnologiyalar sektorida soliq yuki eng past (12–13%), raqamli
transformatsiya eng yuqori (75–85%). Moliyaviy samaradorlik 4–5 ballga o‘sgan.
Umumiy ta’sir 5 ball bilan baholanadi, bu sektorda soliq va raqamli
transformatsiyaning ijobiy ta’siri eng yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, soliq siyosati past va raqamli transformatsiya yuqori
bo‘lgan sektorlarda kichik biznesning rivojlanishi va samaradorligi eng yuqori.
Qishloq xo‘jaligi kabi sektorlarda esa raqamli texnologiyalar va soliq imtiyozlari
samaradorlikni cheklaydi. Barcha sektorlarda raqamli transformatsiyaning o‘sishi
moliyaviy samaradorlik va barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Jadval va tahlillar ko‘rsatadiki, soliq siyosati va raqamli transformatsiya kichik
biznesning turli sektorlarida turlicha ta’sir qiladi. Soliq yuki past va raqamli
transformatsiya darajasi yuqori bo‘lgan sektorlarda, masalan ICT va raqamli
texnologiyalar sohasida, biznesning moliyaviy samaradorligi va barqaror rivojlanishi
eng yuqori darajada kuzatildi. Qishloq xo‘jaligi va savdo sohalarida raqamli
texnologiyalardan foydalanish nisbatan pastligi va soliq imtiyozlarining
cheklanganligi samaradorlikni kamaytiradi.
Raqamli transformatsiyaning o‘sishi moliyaviy samaradorlikni yaxshilashda
muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, soliq imtiyozlari va
raqamli platforma imkoniyatlaridan keng foydalanish kichik biznesning barqaror
rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligi va savdo sektorlarida raqamli texnologiyalardan keng
foydalanish imkoniyatlari yaratilishi, ICT va raqamli texnologiyalar sohasidagi eng
yaxshi amaliyotlardan boshqa sektorlar foydalanishi uchun o‘rgatish va treninglar
tashkil etilishi muhim. Soliq siyosati va raqamli transformatsiyani integratsiya
qiluvchi strategiyalar ishlab chiqilishi kichik biznesning raqobatbardoshligini va
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abdullaev D. M. (2020). Soliq siyosatining kichik biznesga integratsiya
qilingan ta’siri. Soliq va moliya jurnali. Toshkent.
2. Ibrahimov J. O. (2023). Kichik biznesda raqamli texnologiyalarning joriy
etilishi va ularning samaradorligi. Biznes va raqamli iqtisodiyot jurnali. Toshkent.
3. Mahmudov J. (2021). Kichik biznes subyektlari faoliyatida moliyaviy
boshqaruv usullarining ahamiyati. Toshkent moliya instituti.
4. Malikov T. S. (2023). Kichik biznes subyektlarida soliq siyosati va raqamli
transformatsiyaning o‘rni. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
Toshkent.
5. Malikov T. S. (2022). Raqamli iqtisodiyotda kichik biznesning rivojlanish
istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent.
6. Nizomiddinov X. X. (2023). Soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning
kichik biznesga ta’siri. Toshkent: Davlat boshqaruvi akademiyasi.
7. Rahmonov B.Sh. (2021). Raqamli transformatsiyaning kichik biznes
faoliyatiga ta’siri. Toshkent: Tashqi iqtisodiy munosabatlar instituti.
8. Safoev A. A. (2022). Kichik va o‘rta biznesda soliq strategiyasini
shakllantirish usullari. Toshkent: Innovatsion iqtisodiyot nashriyoti.
9. To‘xsanov Q. N. (2024). Soliq organlari faoliyatini raqamli transformatsiya
qilish. Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
10. Xudoyqulov S.K., Quzieva N.R., Nurullaev A.S. (2020). Soliq siyosati.
Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
REFERENCES:
11. Abdullaev D. M. (2020). Soliq siyosatining kichik biznesga integratsiya
qilingan ta’siri. Soliq va moliya jurnali. Toshkent. (In Uzbek)
12. Ibrahimov J. O. (2023). Kichik biznesda raqamli texnologiyalarning joriy
etilishi va ularning samaradorligi. Biznes va raqamli iqtisodiyot jurnali. Toshkent. (In
Uzbek)
13. Mahmudov J. (2021). Kichik biznes subyektlari faoliyatida moliyaviy
boshqaruv usullarining ahamiyati. Toshkent: Toshkent moliya instituti. (In Uzbek)
14. Malikov T. S. (2023). Kichik biznes subyektlarida soliq siyosati va raqamli
transformatsiyaning o‘rni. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
Toshkent. (In Uzbek)
15. Malikov T. S. (2022). Raqamli iqtisodiyotda kichik biznesning rivojlanish
istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent. (In Uzbek)
16. Nizomiddinov X. X. (2023). Soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning
kichik biznesga ta’siri. Toshkent: Davlat boshqaruvi akademiyasi. (In Uzbek)
17. Rahmonov B.Sh. (2021). Raqamli transformatsiyaning kichik biznes
faoliyatiga ta’siri. Toshkent: Tashqi iqtisodiy munosabatlar instituti. (In Uzbek)
18. Safoev A. A. (2022). Kichik va o‘rta biznesda soliq strategiyasini
shakllantirish usullari. Toshkent: Innovatsion iqtisodiyot nashriyoti. (In Uzbek)
19. To‘xsanov Q. N. (2024). Soliq organlari faoliyatini raqamli transformatsiya
qilish. Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. (In Uzbek)
20. Xudoyqulov S.K., Quzieva N.R., Nurullaev A.S. (2020). Soliq siyosati.
Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. (In Uzbek)