AGRAR SEKTORDA “YASHIL IQTISODIYOT”NI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING THE “GREEN ECONOMY” IN
THE AGRICULTURAL SECTOR
ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ «ЗЕЛЁНОЙ ЭКОНОМИКИ» В
АГРАРНОМ СЕКТОРЕ
Yusupov Muxiddin Soatovich
Oriental universiteti professori v.b., PhD
Tel.: +998 90 977 12 75
E-mail: 1969msyusupov@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada iqtisodiyotning agrar sektorida yashil iqtisodiyotni,
xususan, insoniyatning sog‘lom turmush tarzi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Yashil iqtisodiyot va
organik qishloq xo‘jaligining nazariy-uslubiy asoslari bo‘yicha tadqiqot olib borgan
milliy va xorijiy olimlarning ilmiy yondashuvlari tahlil qilingan. So‘nggi yillarda
yashil iqtisodiyotni rivojlantirish dunyo miqyosida global muammoga aylangani,
jahonning ilg‘or mamlakatlari tomonidan bu yo‘nalishga katta mablag‘lar
ajratilayotgani ta’kidlangan. Jahon miqyosida organik qishloq xo‘jaligining
rivojlanish tendensiyalari va unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha statistik
ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining
rivojlanish tendensiyalari tahlili asosida tarmoqning barqaror rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatayotgan omillar aniqlangan. Organik qishloq xo‘jaligining o‘rta va uzoq
muddatli rivojlanish strategiyasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash hamda aholi
salomatligini mustahkamlashning muhim yo‘nalishi sifatida belgilab berilayotgani
asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: yashil iqtisodiyot, organik qishloq xo‘jaligi, sog‘lom ovqatlanish,
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, GMO, agroekotizim, ekologik barqarorlik,
iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy barqarorlik.
Abstract. The article examines the development of a green economy in the
agricultural sector, with particular emphasis on organic agriculture, which is critically
important for promoting a healthy lifestyle. It analyzes the scientific approaches of
national and foreign researchers who have studied the theoretical and methodological
foundations of the green economy and organic agriculture. The study highlights that
in recent years, the development of a green economy has become a global challenge,
with leading countries allocating substantial financial resources to this area.
Statistical data on global trends in organic agriculture and the factors influencing its
development are presented. Based on an analysis of trends in the agricultural sector
of the Republic of Uzbekistan, factors negatively affecting its sustainable
development are identified. The growing role of organic agriculture as a key direction
in ensuring a healthy lifestyle and strengthening public health within the country’s
medium- and long-term development strategies is substantiated.
Keywords: green economy, organic agriculture, healthy nutrition, food safety,
GMO, agroecosystem, ecological sustainability, economic sustainability, social
sustainability.
Аннотация. В статье рассматриваются вопросы развития зелёной
экономики в аграрном секторе, в частности органического сельского хозяйства,
имеющего важное значение для здорового образа жизни человечества.
Проанализированы научные подходы отечественных и зарубежных учёных,
проводивших исследования теоретико-методологических основ зелёной
экономики и органического сельского хозяйства. Подчёркивается, что в
последние годы развитие зелёной экономики стало глобальной проблемой
мирового масштаба, а ведущие страны мира выделяют на эти цели
значительные средства. Приведены статистические данные о тенденциях
развития органического сельского хозяйства в мире и факторах, на него
влияющих. На основе анализа тенденций развития аграрного сектора
Республики Узбекистан выявлены факторы, негативно влияющие на
устойчивое развитие отрасли. Обоснована возрастающая роль органического
сельского хозяйства как одного из приоритетных направлений обеспечения
здорового образа жизни и укрепления здоровья населения в средне- и
долгосрочной стратегии развития страны.
Ключевые слова: зелёная экономика, органическое сельское хозяйство,
здоровое питание, безопасность пищевых продуктов, ГМО, агроэкосистема,
экологическая устойчивость, экономическая устойчивость, социальная
устойчивость.
KIRISH
Keyingi yillarda dunyo bo‘ylab “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish global miqyosda
dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
ta’rifiga ko‘ra “bugungi kunda hukumatlar sayyoramizda mavjud cheklovlar
doirasida o‘z mamlakatlari uchun inqirozlarni hal qilishning samarali usullarini
qidirar ekan, yashil iqtisodiyot ko‘p hollarda milliy iqtisodiyot va xalqaro
hamkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
samarali vositalardan biri sifatida qaralmoqda va barqaror rivojlanishni ta’minlashga
katta yordam berishi mumkin (UN, 2023).
Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri sifatida
agrar sektorda “yashil iqtisodiyot”ni joriy etish birinchi navbatla organik qishloq
xo‘jaligi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 25-
apreldagi “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-766-sonli qonunini qabul
qilinishi mamlakatimizda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni
yanada kengaytirish uchun muhim me’yoriy asos sifatida xizmat qiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5995-sonli farmoni bilan
“Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni
rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqilgan. Mazkur vazifalardan kelib chiqib,
respublikamizda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning nazariyuslubiy asoslari hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini chuqur tadqiq etish, bu
boradagi ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish zarurati ortib bormoqda.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Yashil iqtisodiyot va organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarishning nazariy-uslubiy asoslari yuzasidan bir qator xalqaro tashkilotlar, milliy
va xorijlik olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Jumladan BMT Atrof-muhit dasturi,
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Organik qishloq xo‘jaligi
harakati Xalqaro Federatsiyasi (IFOAM), Organik qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot
instituti (FiBL), Urs Niggli, Jane Earley, Kevin Ogorzalek, Ilka Gomes, Liza Tivant,
A.Yu.Egorov, A.V.Peshkova, S.A.Xaritonov, V.V.Grigorchuk, va boshqa
tadqiqotchilarni keltirish mumkin (1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10).
Tadqiqotlarga ko‘ra “yashil iqtisodiyot” tushunchasiga turlicha ilmiy
yondashuvlar mavjud. Jumladan, BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ta’rifiga
ko‘ra “yashil iqtisodiyot” past uglerodli, resurs tejamkor va ijtimoiy jihatdan
inklyuziv tizim sifatida tavsiflanadi. “Yashil iqtisodiyot”da ish bilan bandlik va
daromadning o‘sishi uglerod chiqindilari va ifloslanishini kamaytirish, energiya va
resurslar samaradorligini oshirish, shuningdek, biologik xilma-xillik va ekotizim
xizmatlarining yo‘qolishining oldini olish imkonini beruvchi iqtisodiy faoliyat,
infratuzilma va aktivlarga davlat va xususiy sarmoyalarni jalb qilish orqali amalga
oshiriladi” (FAO, 2011).
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ta’rifiga ko‘ra “Organik
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni yaxlit boshqaruv tizimini o‘z ichiga olib, agroekotizim doirasida salomatlikni mustahkamlash va biologik xilma-xillikni
rivojlantirishga yordam beradi. Bu tizim tabiiy resurslardan (mineral va o‘simlik
mahsulotlari) foydalanishni rag‘batlantirib, sun’iy o‘g‘itlar va pestitsidlardan
foydalanishni inkor etadi” (FAO, 2011).
A.V.Peshkovaning fikricha “organik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning
texnologik zanjiri bo‘lib, unda mahsulotni tayyorlashdagi barcha jarayonlar ekologik
standart talablariga mos keladi” (Peshkova, 2013).
S.A.Xaritonovning ta’kidlashicha “organik, ya’ni inson organizmi uchun
zararsiz qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishga ta’rif berishga ko‘p
yondashuvlar mavjud. U yoki bu atamani qo‘llash maqsaddan kelib chiqadi. Organik
qishloq xo‘jaligiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar – bu ishlab chiqariladigan
mahsulotning tabiiy va ekologik jihatdan tozaligidir” (Xaritonov, 2013).
M.G.Kolegovga ko‘ra “Organik qishloq xo‘jaligi agrar ishlab chiqarishni
barqaror rivojlantirish imkonini beruvchi usul bo‘lib, u barqaror rivojlanish
maqsadlarining uchta talabiga mos keladi: iqtisodiy barqarorlik; ekologik barqarorlik
va ijtimoiy barqarorlik” (Kolegov, 2014).
Yuqorida keltirilganlardan ma’lumki, “organik qishloq xo‘jaligi” atamasining
iqtisodiy mohiyatini talqin etishga turlicha yondashuvlar uchrasa-da, ularning
mazmuni asosida inson organizmiga zarar keltirmagan ekologik toza va tabiiy
mahsulotni ishlab chiqarish yotadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni rivojlantirish sohasida
tadqiqotlar olib borgan xorijiy olimlarning ilmiy ishlari mazkur tadqiqotning nazariyuslubiy asoslarini tashkil etadi. Tadqiqotda abstrakt va analitik mushohada, normativ
va pozitiv tahlil, qiyosiy va omilli tahlil kabi usullardan foydalanilgan.
Maqolani tayyorlashda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO),
Organik qishloq xo‘jaligi harakati Xalqaro Federatsiyasi (IFOAM), Organik qishloq
xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti (FiBL), ilmiy tadqiqot muassasalarining ishlanmalari
va boshqalardan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Zaharli elementlar bizning oziq-ovqatimizning bir qismiga aylanadi va ularning
uzoq muddatda oqibatlari hali ham to‘liq aniqlanmagan. Sog‘lom tuproqda
yetishtirilgan organik mahsulotlar ko‘proq miqdorda ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga
oladi va ularning ko‘pchiligi an’anaviy usulda yetishtirilgan mahsulotlarga qaraganda
yaxshiroq ta’mga ega. Shunday qilib, so‘nggi yillarda bunday mahsulotlarning
mashhurligi o‘sib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining maxsus yo‘nalishi sifatida, organik
qishloq xo‘jaligi sohasida vujudga keladigan munosabatlarning o‘ziga xosligidan
kelib chiqib, alohida qonuniy tartibga solishni talab qiladi. Organik dehqonchilik - bu
mahalliy sharoit va resurslardan to‘liq samarali foydalanishga asoslangan intensiv
qishloq xo‘jaligi usuli. O‘z-o‘zini tartibga soluvchi biotizimlardan, tuproq,
o‘simliklar va hayvonlarning tabiiy imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish,
organik qishloq xo‘jaligi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy xavflarni minimallashtirishga
qodir, shuningdek, qishloq aholisiga turmush tarzini yaxshilash, daromadlarini
oshirish imkoniyatini beradi. barqaror va atrof-muhit va salomatlikka ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqaruvning ushbu shakli barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy va ekologik rivojlanish uchun juda qulay bo‘lishi mumkin, chunki u
arzonligi va yuqori iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turadi. Organik qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari bozori juda istiqbolli va rivojlanmagan, shuning uchun u ishlab
chiqaruvchilar va eksportchilar uchun keng yo‘llarni ochadi. Organik qishloq
xo‘jaligining inson organizmi, iqlim va ekologiya uchun foydali jihatlari ko‘p (1-
jadval).
1-jadval
Organik agrooziq-ovqat mahsulotlarining asosiy foydali xususiyatlari va
afzalliklari
Xususiyatlari Mazmuni
Mahsulotlar sifati va Organik mahsulotlar yuqori biologik va oziqa qimmatiga
xavfsizligi ega, ular tabiiy bo‘lib, inson organizmiga zarar yetkazmaydi
Tarkibida zararli Organik mahsulotlar tarkibida inson hayoti uchun xavfli
kimyoviy moddalar yo‘qligi pestitsidlar, og‘ir metallar, gormonlar, tibbiy preparatlar,
mikotoksinlar va boshqalar majud emas
Genetik Organik mahsulotlar yetishtirish texnologiyasida genetik
modifikatsiyalangan jihatdan o‘zgartirilgan (GMO) organizmlardan foydalanish
organizamlar bo‘lmasligi mutlaqo ta’qiqlangan
Sun’iy qo‘shimchalar Organik mahsulotlar tarkibida sun’iy qo‘shimchalar,
qo‘shilmasligi konservantlar, emulgatorlar, rang beruvchilar, aromatizatorlar va
sun’iy ta’m beruvchilar bo‘lmaydi
Antibiotiklar va boshqa Organik mahsulotlar tarkibida antibiotiklar, bo‘y o‘sishini
stimulyatorlar qo‘shilmasligi kuchaytiruvchi stimulyatorlar va boshqa tibbiy-veterinariya
preparatlari qo‘shilmaydi
Tabiiy ta’m va Organik mahsulotlar tabiiy mazali ta’m va xushbo‘y hidi
ko‘rinishga egaligi bilan ajralib turadi
Organizm uchun Organik mahsulotlar organizm uchun foydali elementlar,
foydali vitaminlar va vitaminlar, antrioksidantlar va boshqa minerallarga boy
elementlarga boyligi
Tabiat va atrof-muhit Ular atrof-muhit, tabiat va inson sog‘ligiga zarar
bilan uyg‘unlashganligi yetkazmasdan, tabiat bilan uzviy uyg‘unlik, biologik xilma-
xillikni ta’minlaydi
I.Gomes va L.Tivantlarning keltirishicha “Alimentarius kodeks”ning oziq-ovqat
mahsulotlari bo‘yicha standartlariga ko‘ra organik qishloq xo‘jaligi tizimi
quyidagilarni nazarda tutadi (I.Gomes, L.Tivantl, 2017):
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yaxlit tizimida biologik xilma-xillikni
saqlab qolish; tuproqning biologik faolligini oshirish;
- tuproq unumdorligini uzoq muddat davomida saqlab turishga erishish; tuproq
unumdorligini tiklash maqsadida o‘simlik va hayvon chiqindilaridan qayta
(ikkilamchi) foydalanish orqali tabiiy ozuqa moddalarini tuproqqa qaytarish;
- ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan resurslardan foydalanishni oshirish;
- tuproq, suv va havoni muhofaza qilishga ko‘maklashish hamda ifloslanishning
barcha ko‘rinishlarini minimallashtirish;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning barcha texnologik
bosqichlarida mahsulotning tabiiy xususiyatlari, minerallari va boshqa foydali
elementlarini saqlab qolishga erishish.
Organik qishloq xo‘jaligini yuritish BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2030-
yilgacha qabul qilingan “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ning quyidagi uchta
jihatlariga mos kelishi zarur:
1. Ekologik barqarorlik:
1.1.Organik qishloq xo‘jaligi almashlab ekish tizimini qo‘llash, organik
o‘g‘itlardan foydalanish, tuproqni tabiiy oziqlantirish uchun qator oralariga dukkakli
ekinlar ekish orqali tuproq tarkibini yaxshilaydi;
1.2. Aralash ekinlar ekish orqali tuproq eroziyasi va zichlanishini oldini oladi.
1.3. Tabiiy chiqindilardan (somon, go‘ng va boshqa.) qayta foydalanishni
nazarda tutadi.
1.4.Zararkunandalar, kasalliklar va boshqa favqulodda vaziyatlar bilan
kurashishda tabiiy usullardan (biologik kurash usullari, tabiiy vositalar va boshqa)
foydalanish vositasida biologik xilma-xillik va sog‘lom ekotizimni saqlashni
rag‘batlantiradi.
1.5. Energiyaning qayta tiklanadigan turlaridan (quyosh energiyasi, bioyoqilg‘i,
daraxtlar o‘tini va boshq.) foydalanishni rag‘batlantiradi.
2. Ijtimoiy barqarorlik:
2.1.Organik qishloq xo‘jaligi haydaladigan yer maydonlari yo‘qotilishining
qisqarishi, suv va havo ifloslanishi, oziq-ovqat yo‘qotishlarining kamayishi evaziga
ijtimoiy farovonlikka yo‘l ochadi.
2.2.Organik qishloq xo‘jaligi xalqlar va millatlarning an’anaviy bilimko‘nikmalari, yashash tarzi va madaniyatiga tayanadi. Qishloq xo‘jaligida
qo‘llaniladigan texnologiyalar va usullar mahalliy shart-sharoitlar hamda atrofmuhitning tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini e’tiborga olgan bo‘lishi
zarur. Mahalliy resurslar, bilim-ko‘nikmalar va tajribalar, fermerlar birdamligi orqali
qishloq hududlarining ijtimoiy rivojlanishiga erishish mumkin.
3. Iqtisodiy barqarorlik:
3.1. Organik qishloq xo‘jaligi dunyo miqyosida qishloq joylarda 30 %gacha ish
o‘rinlarini ta’minlab bermoqda va mehnat sarfi birligiga nisbatan yuqori foyda
ko‘rishni ta’minlamoqda. Organik qishloq xo‘jaligida mahalliy resurslardan
foydalanish samaradorligi ortadi.
3.2. Organik qishloq xo‘jaligida hosildorlik intensiv dehqonchilikka nisbatan 20
%ga kam, ammo qurg‘oqchil va lalmi yerlardagiga nisbatan 180 %ga yuqori.
3.3. Organik qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari (urug‘lik, ijara
to‘lovi, ish haqi va boshqa.) don-dukkakli ekinlarda 50-60 %, sut chorvachiligida 20-
25 %ga va boshqa mahsulot turlari bo‘yicha 10-20 %ga kamroq. Bu tejamga
resurslardan qayta foydalanish, qimmat turadigan mineral o‘g‘itlar va ximikatlardan
foydalanmaslik, texnikani kam ishlatish orqali erishiladi.
Bugungi kunda organik qishloq xo‘jaligi - jahon trendi hisoblanadi. Organik
qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari institutining (FiBL) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda
organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro bozorlardagi savdo aylanmasi 2000-
yildagi 18,0 mlrd. AQSh dollaridan 2023-yilda 130,4 mlrd. AQSh dollariga yetgan
(3-rasm).
3-rasm. Jahon organik oziq-ovqat bozori tovar aylanmasi dinamikasi, mlrd.
doll.
Organik qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2025-yilda e’lon
qilingan “Organik qishloq xo‘jaligi dunyosi” nomli statistik va tahliliy to‘plamda
keltirilishicha, dunyo bo‘ylab 2023-yilda 188 ta mamlakat bo‘ylab 98,9 mln. gektar
yerda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan boʻlib, bu jami yer
maydonlarining 2,1 %ini tashkil etgan. Organik yer maydoni bo‘yicha eng yuqori
ko‘rsatkichlarni Avstraliya (53,0 mln. gektar), Hindiston (4,5 mln. gektar) va
Argentina (4,0 mln. gektar) mamlakatlari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jami qishloq
xo‘jaligi yerlarida organik maydonlar salmog‘i bo‘yicha Lixtenshteyn (44,6 %),
Avstriya (27,3 %) va Urugvay (25,4 %) yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Organik
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilar soni jahonda 4,3 mln. birlikni tashkil
etib, bu koʻrsatkich bo‘yicha Hindiston (2 358 267 birlik), Uganda (404 246 birlik) va
Efiopiya (121 552 birlik) mamlakatlari yetakchi bo‘lgan (2-jadval).
2-jadval. Jahonda organik qishloq xo‘jaligining rivojlanishi ko‘rsatkichlari
va eng yuqori natijalarni qayd etgan mamlakatlar (2023-y.)
Ko‘rsatkichlar Jahon bo‘yicha Eng yuqori ko‘rsatkichga ega (Top)
o‘rtacha mamlakatlar
Organik qishloq xo‘jaligiga 188 ta
ega mamlakatlar Avstraliya (53,0 mln. ga);
Organik qishloq xo‘jaligi yer 98,9 mln. ga Hindiston (4,5 mln. ga)
maydoni hajmi Argentina (4,0 mln. ga);
Lixtenshteyn (44,6 %);
Jami qishloq xo‘jaligi 2,1 % Avstriya (27,3 %);
yerlarida organik maydonlar Urugvay (25,4 %)
salmog‘i Urugvayda 831,3 ming ga (+30,3 %ga)
2022-2023 yillarda organik 2,5 mln. gektarga XXR da 522,3 ming ga (+18,0 %ga)
qishloq xo‘jaligi yerlarini (o‘sish +2,6 %) Ispaniyada 316,5 ming ga (+11,8 %ga)
o‘sishi Hindiston (2 358 267 birl.)
Organik qishloq xo‘jaligi 4,3 mln. birlik Uganda (404 246 birl.)
mahsuloti yetishtiruvchilar Efiopiya (121 552 birl.)
soni AQSh (59,0 mlrd. Yevro)
Organik qishloq xo‘jaligi 136,4 mlrd. yevro Germaniya (16,1 mlrd. Yevro)
mahsulotlari bozori tovar XXR (12,6 mlrd. Yevro)
aylanmasi Shvesariya (468 Yevro)
Aholi jon boshiga organik 17,0 Yevro Daniya (362 Yevro)
mahsulotlar iste’moli Avstriya (292 Yevro)
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorining dunyo bo‘yicha tovar
aylanmasi 2023-yilda 136,4 mlrd Yevroni tashkil etgan bo‘lsa, bu bo‘yicha yetakchi
mamlakatlar sifatida AQSh (59,0 mlrd. Yevro), Germaniya (16,4 mlrd. Yevro) va
Xitoy Xalq Respublikasini (12,6 mlrd. Yevro) keltirish mumkin.
Organik qishloq xo‘jaligining jami qishloq xo‘jaligi yerlariga nisbatan salmog‘i
kamida 10 % bo‘lgan mamlakatlar reytingda Lixtenshteyndan (41,0 %), Avstriya
(27,3 %), Urugvay (25,4 %), Estoniya (22,9 %), Sao Tome va Principe (22,1 %),
Portugaliya (21,7 %), Italiya (18,7 %), Shvetsiya (18,3 %), Shveytsariya (18,2 %),
Gretsiya (17,6 %), Chexiya (16,9 %), Latviya (15,1 %), Samoa (14,6%,), Avstraliya
(14,6 %), Finlyandiya (13,7 %), Slovakiya (13,7 %), Ispaniya (12,2 %), Daniya (11,6
%), Germaniya (11,3 %) va Sloveniya (11,3 %) mamlakatlari yetakchi sanaladi (4-
rasm).
4-rasm. Jami qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining kamida 10 %ida organik
mahsulotlar yetishtiruvchi davlatlar, %da (2023-y.).
Sloveniya 11,3
Germaniya
11,3
Daniya 11,6
Dominika 11,6
12,2
Ispaniya 13,7
Slovakiya 13,7
Finlandiya
Avstraliya 14,6
14,6
Samoa
Latviya 15,1
Chexiya 16,9
Gretsiya 17,6
Shvetsariya 18,2
Shvetsiya
18,3
Italiya 18,7
Portugaliy
Sao Tome va Principe 21,7
22,1
Estoniya
Urugvay 22,9
Avstriya 25,4
Lixtenshteyn 27,3
0 41,0
10 20 30 40 50
Agrar sektor respublikamiz iqtisodiyotining yirik tarmoqlaridan biri va qishloq
aholisi farovonligining asosiy tayanchi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy
statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining
mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i 2020-2024-yillarda 24,1 dan 19,2 % ga
tushgan. Shunga qaramay agrar sektor respublikada oziq-ovqat ta’minotining va
aholining katta qismi bandligini ta’minlashda asosiy manbalari sifatida qaraladi.
Jumladan, 2024-yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bandlar sonida qishloq
xo‘jaligi salmog‘i 19,2 %ni, asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarda qishloq
xo‘jaligi salmog‘i 5,1 %ni, mamlakat jami eksportida meva-sabzavot mahsulotlari
eksporti salmogʻi esa 5,0 %ni tashkil etdi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi
mahsulotlarining yillik o‘sish sura’tlari 2020-2024-yillarda o‘rtacha 103,5 %ni tashkil
etgan (3-jadval).
3-jadval. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligining mamlakat
iqtisodiyotida tutgan oʻrni dinamikasi1
2020 2021 2022 2024 2024-2020
Koʻrsatkichlar yil yil yil 2023 yil y.ga nis.,
yil f.p.
Qishloq xo‘jaligining mamlakat YaIMdagi 24,1 23,6 21,2 19,2 − 4,9
salmog‘i, %da 22,3
Qishloq, oʻmon va baliq xoʻjaligi
mahsulotining oʻsish sur’atlari, (o‘tgan yilga 102,7 104,0 103,6 104,1 103,1 0,4 f.p.
nisbatan foizda)
Asosiy kapitalga kiritilgan jami
investitsiyalarda qishloq xo‘jaligi salmog‘i, 7,0 7,4 5,9 4,8 5,1 − 1,9
%da
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bandlar 26,4 25,2 23,9 22,7 − 3,7
sonida qishloq xo‘jaligi salmog‘i, %da 25,1
Mamlakat jami eksportida meva-sabzavot 6,7 5,7 4,8 5,0 − 1,7
mahsulotlari eksporti salmogʻi, %da 5,9
o‘rmon va baliq xo‘jaligini qo‘shgan holda (O‘zbekiston Respublikasi Milliy
statistika qoʻmitasi www.stat.uz) .
Qishloq xo‘jaligi biznesining asosiy muammosi nafaqat o‘sib borayotgan aholini
qanday oziqlantirishni aniqlashga harakat qilish, balki iqlim o‘zgarishiga moslashish
va uni yumshatish choralarini ko‘rishda ham buni amalga oshirishdir. Shu nuqtai
nazardan kelib chiqib, organik mahsulotlar yetishtirish tizimini takomillashtirish va
ularning savdosini jadallashtirish hamda eksportini yo‘lga qo‘yish mamlakatlar
farovonligiga katta hissa qo‘shadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-sonli
Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”da qishloq xo‘jaligi
va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti qiymatini 2030-yilga borib 20 mlrd AQSH
dollariga yetkazish vazifasi belgilab berilgan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi
tarmog‘ida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sish tendensiyalarini
namoyon etgan bo‘lishiga qaramay, jahon taraqqiyotida yuz berayotgan global
o‘zgarishlar sharoitida (pandemiya, iqlim o‘zgarishlari, siyosiy keskinliklar va
ziddiyatlar, iqtisodiy inqirozlar) bu tarmoqning samaradorlik ko‘rsatkichlari past
bo‘lib, barqaror oziq-ovqat ta’minoti hamda xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Xususan:
− tarmoqda band aholining jami bandlarga nisbatan salmog‘i rivojlangan
mamlakatlarda 1,3-5 %ni tashkil etsa, respublikamizda bu ko‘rsatkich salkam 22,7
%ni tashkil etadi (2024 y.) va bu holat faol mehnat resurslarining katta qismini agrar
sektorda unumsiz mehnat bilan band bo‘lishiga olib kelmoqda;
− sug‘oriladigan yerlarning qariyb 40 foizidan ortig‘i sho‘rlangan va kuchli
sho‘rlangan yerlar hisoblanadi, buning oqibatida tuproqda foydali moddalar miqdori
o‘rtacha darajadan pasayib ketgan;
− qishloq xo‘jaligini texnika va agregatlar bilan ta’minlash darajasi past va
mavjud texnikalarning aksariyat qismi 15 yildan ortiq muddatda foydalanilmoqda,
paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining asosiy qismi qo‘l mehnati
yordamida yig‘ib-terib olinadi;
− ekinlarning hosildor, kasalliklar va suvsizlikka chidamli, saqlash va tashish
imkoniyatlari yuqori bo‘lgan sifatli navlari, urug‘liklar yetishmaydi; ularni
rayonlashtirish va optimal joylashtirish, ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi
yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan;
− qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari agrokimyoviy tuproq tahlili, ekinlarni
sputnik navigatsiya tizimlari orqali optimal joylashtirish, vegetatsiya davrida
avtomatik oziqlantirish va kuzatib borish (monitoring qilish) bo‘yicha elektron
platformalarga ega emas;
− qishloq xo‘jaligi yerlarida zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishini
oldindan avtomatik tarzda aniqlash tizimi mavjud emas; qishloq xo‘jaligi ekinlarining
avlodli (reproduktiv) urug‘lik materiallarining sifati pasayib ketgan;
− chorvachilikda aksariyat ish jarayonlari qo‘l kuchi yordamida amalga
oshiriladi, chorva mollarini oziqlantirish va ularning organizmini kuzatib borish
hamda chorvachilikdagi boshqa ish jarayonlarini avtomatik rejimda amalga
oshiradigan ilg‘or texnologiyalar deyarli qo‘llanilmaydi”.
− bir sog‘in sigirdan yiliga sog‘ib olinadigan sut miqdori ko‘rsatkichi Isroil,
Daniya, Niderlandiya kabi mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada pastligicha
qolmoqda;
− chorvachilikda nasl sifati pastligi, ozuqa ekinlarini yetishtirish maydonlarining
yetishmasligi sababli fermer xo‘jaliklarining chorva mollari ozuqasiga bo‘lgan talabi
yetarlicha qondirilmaydi (M.Yusupov, 2023).
Respublikamiz agrar sektorida hal qilinishi lozim eng asosiy muammolardan biri
– bu “yashil iqtisodiyot” mexanizmlarini, jumladan “organik qishloq xo‘jaligi”ni
joriy etish sur’atlarining yetarli emasligidir. Organik qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari
instituti (FiBL) tomonidan 2025-yilda e’lon qilingan “Organik qishloq xo‘jaligi
dunyosi - The World of Organic Agriculture. Statistics-2025” statistik to‘plamida
keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida organik qishloq
xo‘jaligini joriy etish juda sust darajada. Quyida keltirilgan 3-jadvaldan ma’lumki,
2023-yilda jahon bo‘ylab organik qishloq xo‘jaligi joriy etilgan maydonlar jami
qishloq xo‘jaligi yerlarining 2,1 %iga teng bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich
0,001 %ga teng yoki jahon ko‘rsatkichidan 2100 marta past. O‘zbekiston
Respublikasining jahon organik qishloq yer maydonidagi ulushi esa 0,002 %ga teng
bo‘lgan (4-jadval).
4-jadval. Organik qishloq xo‘jaligi joriy etish bo‘yicha jahon va O‘zbekiston
Respublikasi ko‘rsatkichlari, (2023 yil misolida)
Hududlar Organik qishloq Hududning jami Organik qishloq Organik qishloq
xo‘jaligi joriy qishloq xo‘jaligi xo‘jaligi xo‘jaligi
etilgan yer yer maydonida mahsulotlari mahsulotlarini
maydoni, gektar organik yer ishlab qayta ishlovchi
maydoni salmog‘i, chiqaruvchilar korxonalar
% soni, birlik soni, birlik
Jahon 98 865 120 2,1 4 332 500 133 286
O‘zbekiston 2 493 0,001 25 8
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki, respublikamizda organik
qishloq xoʻjaligini joriy etish ishlari qoniqarsiz ahvolda qolmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ilmiy tadqiqotlar asosida mamlakatimizda organik qishloq xo‘jaligini
rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirishni tavsiya etamiz:
Birinchidan, tegishli davlat tomonidan organik qishloq xo‘jaligi yuritish uchun
imtiyozlar va subsidiyalar taqdim etish ko‘lamini kengaytirish, davlat tomonidan
yaratib berilgan moliyaviy imtiyozlar, subsidiyalar va boshqa yengilliklarni fermer
xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlariga televideniye, radio, gazeta, ijtimoiy
tarmoqlar va boshqa kommunikatsiya vositalari yordamida yetkazish orqali ularda bu
yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishi lozim.
Ikkinchidan, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga
e’tibor berish va organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining foydali xususiyatlarini
ommaviy axborot vositalari orqali iste’molchilarga keng targ‘ib qilish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Uchinchidan, organik qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan
fermer va dehqon xo‘jaliklari xodimlarini tegishli kurslar orqali o‘qitish bo‘yicha
treninglar tashkil qilishni yo‘lga qo‘yish va muntazam ravishda malaka oshirish
tizimini yo‘lga qo‘yish kerak.
To‘rtinchidan, yosh bolali, kasallangan va yoshi katta iste’molchilarga ushbu
mahsulotlarni xarid qilishda chegirmalar berish joiz.
Beshinchidan, davlat tomonidan organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirish reyestrini yo‘lga qo‘yish, statistik to‘plamlarda alohida hisobni yo‘lga
qo‘yish va Oliy Majlis yig‘ilishlarida yilida kamida bir marta Qishloq xo‘jaligi
vazirligining bu boradagi hisobotini tinglashni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq.
Oltinchidan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa
yer egalari Kengashi rasmiy saytlarida organik qishloq xo‘jaligi yuritish bo‘yicha
alohida platforma yaratish, bu platformada tegishli ma’lumotlar, foydali tajribalar va
boshqa ma’lumotlarni yuklab borish joiz.
Yettinchidan, an’anaviy qishloq xo‘jaligidan organik qishloq xo‘jaligiga o‘tish
bo‘yicha uzoq muddatli davlat dasturini qabul qilish, mineral o‘g‘itlar va zaharli
kimyoviy preparatlar qo‘llash ko‘lamini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadli
ko‘rsatkichlarini qabul qilish joiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. FAO. (2011). Organic agriculture and climate change mitigation: A report of
the Round Table on Organic Agriculture and Climate Change. Food and Agriculture
Organization of the United Nations. Rome, Italy.
2. Гомес И., Тивант Л. (2017). Учебное пособие по органическому
сельскому хозяйству. Продовольственная и сельскохозяйственная организация
Объединенных Наций (FAO). Будапешт. 120 с.
3. Григорчук Б.Б., Климов Е.Б. (2016). Развитие органического сельского
хозяйства в мире и в Казахстане. Продовольственная и сельскохозяйственная
организация Объединенных Наций (FAO). Анкара. URL: http://www.fao.org/3/ai5454r.pdf (дата обращения: 01.12.2025).
4. Егоров А.Ю. (2014). Формирование и развитие рынка органической
агропродовольственной продукции (на примере ЦФО): дисс. … канд. экон.
наук. Москва. 224 с.
5. Колегов М.Г. (2014). Условия и факторы производства органической
продукции растениеводства в Республике Коми: автореф. дисс. … канд. экон.
наук. Сыктывкар. 22 с.
6. Niggli U., Earley J., Ogorzalek K. (2025). Organic agriculture and
environmental stability of the food supply. Research Institute of Organic Agriculture
(FiBL). Switzerland. 32 p.
7. Пешкова А.В. (2013). Эффективность производства продукции
органического сельского хозяйства: автореф. дисс. … канд. экон. наук. Москва.
27 с.
8. Research Institute of Organic Agriculture (FiBL), IFOAM – Organics
International. (2025). The World of Organic Agriculture: Statistics and Emerging
Trends 2025. Frick, Switzerland; Bonn, Germany. URL: https://www.organicworld.net/yearbook/yearbook-2025.html (дата обращения: 01.12.2025).
9. UN Environment Programme (UNEP). (2011). Towards a Green Economy:
Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication – A Synthesis for
Policy Makers. Nairobi. URL: https://www.unep.org/resources/report/towards-green-
economy-pathways-sustainable-development-and-poverty-eradication (дата
обращения: 01.12.2025).
10. UN Environment Programme (UNEP). (2023). Green Economy. Regional
Initiative Supporting Resource Efficiency. Asia and Pacific. URL:
https://www.unep.org/regions/asia-and-pacific/regional-initiatives/supporting-
resource-efficiency/green-economy (дата обращения: 01.12.2025).
11. United Nations Department of Economic and Social Affairs. «Зеленая»
экономика // Sustainable Development Goals Knowledge Platform. URL:
https://sdgs.un.org/ru/topics/green-economy (дата обращения: 01.12.2025).
12. World Wildlife Fund (WWF). URL: https://www.wwf.org (дата
обращения: 01.12.2025).
13. Харитонов С.А. (2013). Организационно-экономические аспекты
развития органического сельского хозяйства в России: автореф. дисс. … канд.
экон. наук. Москва. 30 с.
14. Юсупов М. (2023). Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash
zanjirida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari // “Milliy iqtisodiyot
barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirish
istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.
Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU). B. 264.
REFERENCES:
1. FAO. (2011). Organic agriculture and climate change mitigation: A report of
the Round Table on Organic Agriculture and Climate Change. Food and Agriculture
Organization of the United Nations. Rome, Italy. (In English)
2. Gomes I., Tivont L. (2017). Uchebnoe posobie po organicheskomu selskomu
khozyaystvu. Prodovolstvennaya i selskokhozyaystvennaya organizatsiya
Obyedinennykh Natsiy (FAO). Budapesht. 120 s. (In Russian)
3. Grigorçuk B.B., Klimov E.B. (2016). Razvitie organicheskogo selskoqo
khozyaystva v mire i v Kazakstane. Prodovolstvennaya i selskokhozyaystvennaya
organizatsiya Obyedinennykh Natsiy (FAO). Ankara. Elektron manba:
http://www.fao.org/3/a-i5454r.pdf . (In Russian)
4. Egorov A.Yu. (2014). Formirovanie i razvitie rynka organicheskoy
agroprodovolstvennoy produktsii (na primere TsFO): Diss. ... kand. ekon. nauk.
Moskva. 224 s. (In Russian)
5. Kolegov M.G. (2014). Usloviya i faktory proizvodstva organicheskoy
produktsii rastenievodstva v Respublike Komi: Avtoref. diss. ... kand. ekon. nauk.
Syktyvkar. 22 s. (In Russian)
6. Niggli U., Earley J., Ogorzalek K. (2025). Organic agriculture and
environmental stability of the food supply. Research Institute of Organic Agriculture
(FiBL). Switzerland. 32 p. (In English)
7. Peshkova A.V. (2013). Effektivnost proizvodstva produktsii organicheskogo
selskoqo khozyaystva: Avtoref. diss. ... kand. ekon. nauk. Moskva. 27 s. (In Russian)
8. Research Institute of Organic Agriculture (FiBL), IFOAM – Organics
International. (2025). The World of Organic Agriculture: Statistics and Emerging
Trends 2025. Frick, Switzerland; Bonn, Germany. Elektron manba:
https://www.organic-world.net/yearbook/yearbook-2025.html (In English)
9. UN Environment Programme (UNEP). (2011). Towards a Green Economy:
Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication – A Synthesis for
Policy Makers. Nairobi. Elektron manba:
https://www.unep.org/resources/report/towards-green-economy-pathways-
sustainable-development-and-poverty-eradication . (In English)
10. UN Environment Programme (UNEP). (2023). Green Economy. Regional
Initiative Supporting Resource Efficiency. Asia and Pacific. Elektron manba:
https://www.unep.org/regions/asia-and-pacific/regional-initiatives/supporting-
resource-efficiency/green-economy . (In English)
11. United Nations Department of Economic and Social Affairs. «Zelenaya»
ekonomika // Sustainable Development Goals Knowledge Platform. Elektron manba:
https://sdgs.un.org/ru/topics/green-economy. (In Russian)
12. World Wildlife Fund (WWF). Elektron manba: https://www.wwf.org. (In
English)
13. Xaritonov S.A. (2013). Organizatsionno-ekonomicheskie aspekty razvitiya
organicheskogo selskoqo khozyaystva v Rossii: Avtoref. diss. ... kand. ekon. nauk.
Moskva. 30 s. (In Russian)
14. Yusupov M. (2023). Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash
zanjirida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari // “Milliy iqtisodiyot
barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirish
istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.
Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU). 264-b. (In Uzbek)