ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Aksiyadorlik jamiyatlari da auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda analitik ishlov berishni tashkil etish

Omanov Sanjar Qurbonazar oʻgʻli

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

AKSIYADORLIK JAMIYATLARI DA AUDITORLIK TEKSHIRUVINI
AMALGA OSHIRISHDA ANALITIK ISHLOV BERISHNI TASHKIL ETISH

ORGANIZATION OF ANALYTICAL PROCEDURES IN CONDUCTING
AUDIT ENGAGEMENTS IN JOINT-STOCK COMPANIES

ОРГАНИЗАЦИЯ АНАЛИТИЧЕСКИХ ПРОЦЕДУР ПРИ
ПРОВЕДЕНИИ АУДИТОРСКОЙ ПРОВЕРКИ В АКЦИОНЕРНЫХ

ОБЩЕСТВАХ
Omanov Sanjar Qurbonazar oʻgʻli

Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv”
kafedrasi dotsenti, PhD
Tel.: +998 90 013 77 97

E-mail: academic_omonov@mail.ru
Annotatsiya. Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida auditorlik tekshiruvini
oʻtkazishda tahliliy amallarni tashkil etishning nazariy va amaliy masalalari tadqiq
etilgan. Xalqaro auditorlik standartlari talablariga asoslanib, rentabellik
koʻrsatkichlarini baholash, aktivlar va majburiyatlar tahlili, xarajatlar hisobini
tekshirishda analitik usullarning samaradorligi koʻrsatib oʻtilgan. “Gʻalla-Alteg” AJ
misolida sof foyda, xususiy kapital va aktivlar rentabelligi, sotish va tannarx
rentabelligi kabi koʻrsatkichlarning dinamikasi tahlil qilinib, 2020–2024 yillarda
rentabellikning sezilarli oshgani aniqlangan. Auditorlik dalillarini toʻplashda balans
hisob-kitoblari, xom ashyo va tayyor mahsulot balansini tuzish kabi tahliliy amallar
taklif etilgan. Tadqiqot natijalari auditorlik tekshiruvining ishonchliligini va
samaradorligini oshirish, moliyaviy hisobot sifatini taʻminlashda analitik amallarning
muhimligini asoslab beradi hamda aksiyadorlik jamiyatlarda ichki va tashqi audit
jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: audit, moliyaviy tahlil, buxgalteriya hisobi, tahliliy amallar,
auditorlik hisoboti, auditning xalqaro standartlari, shartnomalar, ichki audit xizmati,
aksiyadorlik jamiyati, rentabellik koeffitsiyentlari, aktivlar, majburiyatlar, xarajatlar
hisobi.
Abstract. The article explores theoretical and practical aspects of organizing
analytical procedures during audit engagements in joint-stock companies. Based on
International Standards on Auditing, the effectiveness of analytical procedures in
assessing profitability ratios, analyzing assets and liabilities, and verifying cost
accounting is demonstrated. Using the example of “Galla-Alteg” JSC, the dynamics
of key indicators such as net profit, return on equity, return on assets, sales
profitability, and cost profitability for 2020–2024 were analyzed, revealing
significant growth in profitability. The study proposes analytical procedures
including balance calculations and preparation of raw materials and finished goods

balances to enhance audit evidence gathering. The research findings confirm the
critical importance of analytical procedures in improving the reliability and efficiency
of audits, ensuring the quality of financial statements, and contribute to the
enhancement of both internal and external audit processes in joint-stock companies.

Key words: audit, financial analysis, accounting, analytical operations, audit
report, international standards of auditing, contracts, internal audit service, jointstock company, profitability coefficients, assets, liabilities, cost accounting.

Аннотация. В статье исследованы теоретические и практические аспекты
организации аналитических процедур при проведении аудиторской проверки в
акционерных обществах. На основе Международных стандартов аудита
показана эффективность аналитических процедур при оценке показателей
рентабельности, анализе активов и обязательств, проверке учета затрат. На
примере АО «Галла-Алтег» проанализирована динамика чистой прибыли,
рентабельности собственного капитала и активов, рентабельности продаж и
себестоимости за 2020–2024 гг., выявлен значительный рост рентабельности.
Предложены аналитические процедуры: составление балансовых расчетов,
баланса сырья и готовой продукции для повышения качества аудиторских
доказательств. Результаты исследования подтверждают решающую роль
аналитических процедур в повышении надежности и эффективности аудита,
обеспечении качества финансовой отчетности и способствуют
совершенствованию процессов внутреннего и внешнего аудита в акционерных
обществах.

Ключевые слова: аудит, финансовый анализ, бухгалтерский учет,
аналитические операции, аудиторское заключение, международные
стандарты аудита, договоры, служба внутреннего аудита, акционерное
общество, показатели рентабельности, активы, обязательства, учет затрат.

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4611-son qarorida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga
o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan
ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish,
shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha
tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat
banklari, sug‘urta tashkilotlari 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida
buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab
moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi belgilab qo‘yilgan.

Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida kоrхоnаlаrning barqaror faoliyatini
ta’minlashda moliyaviy, mоddiy va mеhnаt rеsurslаridаn sаmаrаli fоydаlаnish
dоlzаrb mаsаlаgа аylаnаdi. Bu vаzifаlаrni hаl etishning аsоsiy mаqsаdi ishlаb
chiqаrilаyotgаn mаhsulоt tаnnаrхini pаsаytirish, uning sifаtini yaхshilаsh vа tоvаr
bоzоridаgi rаqоbаtdоshligini оshirishni tа’minlаshdir.

Iqtisоdiyotni libеrаllаshtirish shаrоitidа xo‘jalik subyektlarini ishlаb chiqаrish
sаmаrаdоrligini оshirishdа хаrаjаtlаr аlоhidа o‘rin tutаdi. Hаr qаndаy ishlаb chiqаrish
jаrаyonidа sаrf хаrаjаtlаr bo‘lаdi. Аynаn хo‘jаlik fаоliyati dаvоmidа оlinаdigаn
yakuniy dаrоmаd bеvоsitа ishlаb chiqаrilgаn mаhsulоtgа sаrflаngаn хаrаjаtlаr
miqdоrigа bоg‘liq bo‘lаdi. Qаnchаlik kаm sаrf xаrаjаt evаzigа ko‘prоq vа sifаtli
mаhsulоt ishlаb chiqаrilsа, оlinаdigаn fоydа shunchа ko‘p bo‘lаdi. Bоzоr
munоsаbаtlаri jаrаyonidа аsоsiy qоnuniyatlаrdаn biri hаm xаrаjаtlаrni kаmаytirish vа
tаdbirkоrоnа fаоliyat yuritish аsоsidа ishlаb chiqаrishni tаshkil etish vа mоddiy
mаnfааtdоrligini оshirishdir.

Shuning uchun hаm mаhsulоt ishlаb chiqаrish tаnnаrхini hisоbgа оlish,
аuditоrlik tеkshiruvidаn o‘tkаzish vа tаhlil qilish, ulаrni kаmаytirish tаdbirlаrini
bеlgilаsh bоzоr shаrоitidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Shu bilаn birgа ishlаb
chiqаrilаyotgаn mаhsulоtni sifаtini yaхshilаsh, tаnnаrхini to‘g‘ri bеlgilаsh ва sоtish
jаrаyonini tаshkil etish, nihоyat mоliyaviy nаtijаlаrini to‘g‘ri vа аniq hisоbgа оlish,
tаhlil vа аudit qilish ham zаrur hisoblanadi.

Kоrхоnаlаrdа ishlаb chiqаrish sаmаrаdоrligini оshirish vа ulаrning bir mаrоmdа
fаоliyatini muvаffаqiyatli dаvоm ettirishlаridа ishlаb chiqаrish хаrаjаtlаri hisоbini
to‘g‘ri tаshkil etish vа mаhsulоt tаnnаrхini ilmiy аsоslаngаn kаlkulyatsiyasini
o‘rnаtish hаm muhim аhаmiyatgа ega.

Ishlаb chiqаrish hisоbi bo‘yichа хаlqаrо stаnаdаrtlаr vа uning iqtisodiy
rivojlangan mаmlаkаtlаrdа tashkil etish аmаliyotini o‘rnаtish mаqsаdidа
xarajаtlаrning hisоbi yo‘nаlishigа muvоfiq хаrаjаtlаrni turkumlаshning turli
vаriаntlаri ko‘zdа tutаdi. Хаrаjаtlаr hisоbining yo‘nаlishlаr dеgаndа ishlаb
chiqаrishgа bo‘lgаn vа umumlаshtirilgаn mаqsаdgа yo‘nаltirilgаn хаrаjаtlаr
hisоbining zаrur fаоliyat dоirаsi tushunilаdi. Ichki mа’lumоt istе’mоlchilаri o‘zlаrigа
ushbu muаmmо bo‘yichа mа’lumоt bilаn tа’minlаsh kеrаk bo‘lgаn hisоb yo‘nаlishini
аniqlаydilаr.

Daromad va xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar,
qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida buxgalteriya hisobi standartlariga
muvofiq aks ettiriladi.

Korxonalar faoliyatida ishlab chiqarish hisobini tashkil etish bo‘yicha barcha
me’yoriy-huquqiy asoslar shakllantirilgan bo‘lib, ular bo‘yicha qonunlar, qarorlar,
yo‘riqnomalar, milliy standartlar va boshqa qonuniy hujjatlar qabul qilingan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.A.Xasanov fikricha, “Korxona
faoliyatining muhim va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri foyda va
rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir” (Xasanov B.A., 2019:63).
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor R.D. Dusmuratov fikricha, xarajatlarni
hisobga olish obyektlari – bu xarajatlar vujudga keladigan va hisobga olinadigan
alohida tarkibiy bo‘linmalar hisoblanadi (Dusmuratov R.D., 2013:476).
Iqtisodchi olimlar Sivi Aryantini, Sapto Jumonolarning (Aryantini S., Jumono
S., 2021: 735-746) “Firmaning rentabelligi va qiymati: Indoneziyadagi ishlab
chiqarish sanoati misolida” mavzusidagi ilmiy maqolaning maqsadi DuPont tahlili
asosida rentabellik ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillarni hamda ularning
firma qiymatiga, xarajatlarga ta’sirini aniqlash hisoblanadi. Mazkur maqolada
operatsion faoliyatini samarali boshqarish va operatsion hamda boshqa xarajatlarni
kamaytirish, aksioner kapitalining daromadliligi va foyda normasini oshirishda
aktivlar hamda qarzlardan samarali foydalanish masalalari tadqiq qilingan.
Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent A.V. Ilina fikricha, xarajatlar — hisobot
davrida tashkilotning iqtisodiy faoliyatida ishlatilgan moddiy, mehnat, moliyaviy va
boshqa resurslarning qiymati. Xarajatlar tashkilotning aktivlari yoki xarajatlari
bo‘lishi mumkin (А. В. Ильина, Н. Н. Илышева., 2016:180) Iqtisodiyot fanlari
nomzodi, dotsent D.M. Akbasheva fikricha, xarajatlarni samarali boshqarish uchun
ishlab chiqarishni hisobga olish va xarajatlar va ishlab chiqarish xarajatlarini
hisoblashning to‘g‘ri usulini tanlash kerak (Акбашева Д.М., 2020. № 6.).
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ishlab chiqarish xarajatlari hisobining nazariy
muammolari masalaning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchi tomoni uning huquqiy asoslarini
takomillashtirish hisoblanadi. Bu esa, ilmiy maqola mavzusining dolzarbligini
belgilab beradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada ilmiy bilishning analiz va sintez, induksiya va deduksiya,
tizimli yondashuv, statistik, guruhlash, taqqoslash, omilli tahlil usullardan
foydalanildi. Xususan, taqqoslash usuli korxona faoliyatini tahlil qilishning eng
asosiy usuli bo‘lib, undan moliyaviy natijalar tahlilida ham foydalaniladi. Chunki
taqqoslash asosida baholash uchun qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam,
nazorat va prognoz xuddi shunday ko‘rsatkich bilan taqqoslagandagina ahamiyatli
hisoblanadi. Taqqoslash natijasida ishlab chiqarish xarajatlarini tizimli nazorat qilish
va har tomonlama baholash imkoni bo‘ladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Auditorlik hisobotlarining sifati va uning ishonchliligiga e’tibor berishda
auditning xalqaro standartlari (O‘BAMA) moliyaviy hisobot auditida qo‘llaniladi.

Tegishli ravishda moslashtirilgan auditning xalqaro standartlari, shuningdek, boshqa
ma’lumot va kasbga doir xizmatlar ko‘rsatish auditida ham qo‘llaniladi.

Auditning xalqaro standartlari tushuntirish va boshqa materiallar shaklidagi
tegishli qo‘llanma bilan birgalikda asosiy tamoyillar va lozim bo‘lgan muolajalardan
iborat. Ushbu asosiy tamoyillar va lozim bo‘lgan muolajalarni, ular qo‘llanilishini
ta’minlovchi tushuntirishlar va boshqa materiallar kontekstida talqin qilinishi lozim.

Audit maqsadiga samaradorlik bilan erishish uchun, ayrim vaziyatlarda, auditor
auditning xalqaro standartlari talablaridan chetga chiqish lozim deb hisoblashi
mumkin. Bunday vaziyat vujudga kelgan holatlarda auditor ushbu chetga chiqishni
asoslab berishga tayyor bo‘lishi kerak.

Har bir alohida audit uchun ishchi hujjatlar muayyan vaziyatlarga va auditorning
ehtiyojiga muvofiq bo‘lgan holda ishlab chiqiladi va tizimlashadi.
Standartlashtirilgan ishchi hujjatlardan foydalanish (masalan, nazorat ro‘yxatlari,
xatlar namunalari, ishchi hujjatlarni standartlik tashkil etish) ularni tayyorlash va
tekshirish samaradorligini oshirishi mumkin. Ushbu ishchi hujjatlar ish jarayoniga
vakolat o‘tkazishga, shuning bilan bir paytda, ish sifati yuzasidan nazorat vositalarini
taqdim etishga yordam beradi.

Auditning samaradorligini oshirish uchun auditor subyekt tomonidan
tayyorlagan jadvallardan, tahliliy va boshqa hujjatlardan foydalanishi mumkin.
Bunday holatlarda auditor ushbu materiallar tegishli ravishda tayyorlanganligiga
ishonch hosil qilishi lozim.

Ishchi hujjatlar, odatda , quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- subyektning huquqiy va tashkiliy tizimiga tegishli ma’lumotdan;
- muhim huquqiy hujjatlar, shartnomalar, bayonnomalardan ko‘chirmalar yoki
ushbu hujjatlarning nusxalaridan;
- subyekt o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tarmoq, iqtisodiy konyunktura va
huquqiy negiz to‘g‘risida ma’lumotdan;
- rejalashtirish jarayonini, jumladan audit dasturi va unga taalluqli har qanday
o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi dalillardan;
- auditor tomonidan buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini
tushunganligining dalillaridan;
- ajralmas riskka, nazorat riskiga baho berilganligini va ushbu baholarning har
qanday o‘zgartirilganligini tasdiqlovchi dalillardan;
- auditor tomonidan ichki audit xizmati ishi va qilingan xulosalar ko‘rib
chiqilganligini tasdiqlovchi dalillardan;
- hisobvaraqlar operatsiyalari va qoldiqlar tahlilidan;
- ahamiyatli koeffitsiyentlar va yo‘nalishlar tahlilidan;

- auditor tomonidan bajarilgan muolajalar va ushbu muolajalar natijalari tavsifi,
muddati va hajmining bayonidan;

- auditor yordamchilari tomonidan bajarilgan ishlar nazorat qilingani va
tekshirilganligini tasdiqlovchi dalillardan;

- auditorlik muolajalar kim tomonidan va ular qachon bajarilganligi to‘g‘risida
ma’lumotdan;

- boshqa auditor tomonidan audit o‘tkazilgan tarkibiy qismlarning moliyaviy
hisoboti yuzasidan amalga oshirilgan muolajalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotdan;

- boshqa auditorlar, ekspertlar va uchinchi tomonlar bilan almashilgan xatlar
nusxalaridan;

- subyekt ma’lumoti uchun yetkazilgan yoki muhokama etilgan va auditor
tomonlariga taalluqli, jumladan kelishuv shartlari ichki nazoratning ahamiyatli
kamchiliklari haqidagi xatlar yoki xizmat yuzasidan yozuvlarning nusxalaridan;

- subyektdan olingan xatlar-taqdimotlardan;
- auditning ahamiyatli tomonlari, jumladan g‘ayri odatiy vaziyatlar, agar
bundaylar ro‘y bergan bo‘lsa, qanday qilib bekor qilinganligi va auditor tomonidan
auditorlik muolajalarini bajarish jarayonida hal qilinganligi va ishlov berilganligi
haqida auditorning xulosalaridan;
- moliyaviy hisobot va auditorlik hisobotlarning nusxalaridan.
Tahliliy amallar eng avvalo aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy holatni
tahlili, aksiyadorlik jamiyati mulkining tarkibi va uning o‘zgarishini aniqlashdan
boshlanadi.
Korxona faoliyatining muhim va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan
biri foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.
Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga baho berilganida rentabellik ko‘rsatkichlarini
baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Rentabellik korxona faoliyatini boshqarish
maqsadini ifodalovchi natijaviy ko‘rsatkichdir.
Rentabellik ko‘rsatkichlarini ikkita katta guruhga ajratish mumkin. Birinchisi –
tashqi, ya’ni korxona mulkdorlari va potensial investorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
u qo‘yilgan kapital rentabelligini o‘zida ifoda etadi. Ikkinchisi ichki bo‘lib, u
aksiyadorlik jamiyati boshqaruvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aksiyadorlik
jamiyati faoliyati samaradorligini ifodalaydi.
Birinchi toifa rentabellikka ustav kapitali rentabelligi, xususiy kapital
rentabelligi va aktivlar rentabelligini kiritish mumkin:

1-jadval. “Gʻalla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatida umumiy rentabellik
koʻrsatkichlari tahlili (ming soʻmda)5

Koʻrsatkichlar 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024 yil

Sof foyda 1 323 466 6 949 127 24 933 460 14 844 177 24 253 620
Ustav kapitali 639 863 639 863 639 863 639 863 639 863
Xususiy kapital 9 351 117 20 544 201 44 138 436 53 313 337 20 544 201
Aktivlar jami 85 378 791 96 171 739 114 634 322 170 001 571 185 367 637
Xususiy kapital
rentabelligi 0,14 0,34 0,56 0,28 1,18

Aktivlar rentabelligi 0,02 0,07 0,22 0,09 0,13

Aksiyadorlik jamiyati sof foydasining yildan-yilga koʻpayishi natijasida

yuqorida keltirib oʻtilgan rentabellik koʻrsatkichlari oʻsib borgan. Shuningdek, ustav

kapitali 2024-yil holati 2020-yil holatiga nisbatan umuman oʻzgarmagan. Xususiy

kapital qiymatining yildan-yilga oshib borishi ham rentabellik koʻrsatkichlarining

oʻsishiga taʻsir qilgan. Agar hisobot davri uchun rentabellik koeffitsiyentlari noldan

past chiqsa, korxona zarar koʻrib ishlayotgan, 0,05 dan past chiqsa, korxona past

rentabelli (monopol korxonalardan tashqari) hisoblanadi.

2-jadval. “Gʻalla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil moliyaviy

natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti6

Koʻrsatkichlar nomi Oʻtgan yilning shu davrida Hisobot davrida

daromadlar xarajatlar daromadlar xarajatlar

Mahsulotlarni sotishdan sof tushum 259687131 254801606

Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 230662325 250616969

Mahsulotlarni sotishning yalpi 29024806 4184637
foydasi

Davr xarajatlari 17092447 38675528

Asosiy faoliyatning boshqa 7282828 67428928
daromadlari

Asosiy faoliyatning foydasi 19215187 32938037

Moliyaviy faoliyatning daromadlari, 4251 6256
jami

Moliyaviy faoliyat boʻyicha 517703 248310
xarajatlar

Umum-xoʻjalik faoliyatning foydasi 18701735 32695983

Daromad (foyda) soligʻini 18701735 32695983
toʻlagunga qadar foyda

Daromad (foyda) soligʻi 3857558 8442363

Hisobot davrining sof foydasi 14844177 24253620

5

“Gʻalla-Alteg” AJ maʼlumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

Хаrаjаtlаrni hisоbgа оlishning umum qаbul qilingаn tа’rifining oʻtilishi
quyidаgichа: Хаrаjаtlаrni hisоbgа оlish bu tеgishli хoʻjаlik yurituvchi subyektning
fаоliyati – tа’minоt, ishlаb chiqаrish vа mahsulоt (ish, xizmаt)lаrni sоtish,
istе’mоlchigа yеtkаzib bеrish jаrаyonlаridа sоdir boʻlgаn vоqеаlаrni miqdоriy
oʻlchаsh (miqdоr vа qiymаt oʻlchоvidа). Qаyd qilish, guruhlаshtirish, tаyyor
mаhsulоtlаr tаnnаrхining tаrkib tоpishi chеgаrаsi boʻyichа tаhlil qilishgа qаrаtilgаn
vа tushunilgаn fаоliyatdir.

Xarajatlarni hisobga olish obyektlari – bu xarajatlar vujudga keladigan va
hisobga olinadigan alohida tarkibiy boʻlinmalar.

Faoliyatning samaradorligini ifodalovchi ikkinchi toifa rentabellik
koʻrsatkichlari quyidagi jadvalda keltirib oʻtilgan.

3-jadval. “Gʻalla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat samaradorligini
ifodalovchi rentabellik koʻrsatkichlari tahlili7

Koʻrsatkichlar 2023-yil 2024 yil

Sotish rentabelligi = Yalpi foyda / Mahsulot sotish sof 11,17% 1,64%
tushum

Tannarx rentabelligi = Yalpi foyda / Sotilgan mahsulot 12,58% 1,67%
tannarxi

Asosiy faoliyat rentabelligi = Asosiy faoliyatning 7,75% 11,38%
foydasi/(Sotilgan mahsulot tannarxi+davr xarajatlari)

Jadvaldan koʻrish mumkinki, faoliyat samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar

ham oʻsib bormoqda.

Moliyaviy hisobotni ishonchliligi haqida fikrini asoslash uchun auditor, bizning

fikrimizcha, buxgalteriya axborotlarining muhimlik darajasini majburiy

koʻrsatkichlar boʻyicha, aniq xulosa uchun esa qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha

ham baholashi zarur.

Ushbu barcha koʻrsatkichlarning foydalanuvchilar uchun ahamiyati yuqoriligini

hisobga olgan holda olingan baholash natijasini korxona buxgalteriya

axborotlarining butun majmuiga ekstrapolyatsiya qilish mumkin boʻladi.

Moliyaviy hisobot auditida auditorlik fikrining obyektiv asosi – bu auditorlik

dalillari boʻlib, buxgalteriya hisobi boʻyicha axborot ularni tushuntirish bazasi

sanaladi. Auditorlik fikrini asoslash boʻyicha aniq va mantiqiy metodikani ishlab

chiqish zarurati auditorlik tekshiruvining har bir bosqichida kuzatiladi.

Auditorlik tashkiloti tomonidan tahliliy amallarni bajarishda aksiyadorlik

jamiyati mulki tarkibi va uni tashkil etish manbalarini tahlil etishni yanada

takomillashtirish boʻyicha qoʻyidagi amaliy tavsiyalarni havola qilish mumkin.

7

“Gʻalla-Alteg” AJ maʼlumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

Moddiy aylanma mablagʻlar aylanma aktivlarning asosiy tarkibiy qismi boʻlib,
ulardan oqilona foydalanish aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holatini barqarorlik
darajasini oshiradi.

Tahliliy amallarni auditor tomonidan bajarilishida keyingi muhim masala
aksiyadorlik jamiyatining balansi likvidligini tahlili qilish masalasi hisoblanib, uning
hisoblanishi aksiyadorlik jamiyatini oʻz majburiyatlarini tez bajarish imkonini beradi
va natijada tez pulga aylanadigan aktivlarning mavjudligini koʻrish imkoniga ega
boʻlamiz.

XULOSA
Tahliliy amallar nafaqat moliyaviy koeffitsentlarning tahlili, balki toʻplangan
auditorlik dalillarining sifati, olinish manbalari, koʻrsatkichlarni taqqoslash kabi
holatlarni oʻz ichiga olishi lozim. Ushbu koʻrsatkichlar maʻlum tartibda toʻplanadi va
ular tahlil qilinadi. Shu nuqtai nazardan bizning fikrimizcha, eng avvalo auditorlik
tekshiruvida aksiyadorlik jamiyatini buxgalteriya hisobi tashkiliy tuzilmasi va
tashkiliy asoslarini tushunish uchun hisob siyosati boʻyicha analitik maʻlumotlar
yigʻiladi. Hisob siyosati uning uslubiy, texnik va tashkiliy jihatlarining mos kelishi
tahlil qilinadi, eng muhim jihatlari aniqlanadi va hisob siyosatining hisob yuritish
qoidalariga va ularga rioya qilinishiga mosligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Chunki
hisob siyosatining qanday tashkil etilishi auditor tomonidan tahliliy amallarni
bajarishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Аudit jarayonida tahliliy amallarni qoʻllash buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotdagi aniqlangan nomuvofiqliklarga qoʻshimcha dalillar olish, hamda ushbu
nomuvofiqliklarning hisobot ishonchliligiga taʻsirini aniqlashga ham imkon beradi.
Bizning fikrimizcha, muhim tahliliy amallardan biri balans hisob-kitoblari
hisoblanadi. Xususan, auditor tayyor mahsulotlarning hisobda haqqoniy va toʻliq aks
ettirilishi toʻgʻrisidagi dalil-isbotlarga ega boʻlish uchun tez-tez xom-ashyolar,
materiallar va tayyor mahsulot olinishi balansini tuzadi.
Xom-ashyo va materiallar balansini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi:
-mahsulotning birligi uchun norma boʻyicha sarflangan xom-ashyo va
materiallar va haqiqatda olingan mahsulotlar hisob-kitobi;
-xom-ashyo va materiallarni haqiqiy sarfi bilan taqqoslash;
-xom-ashyo va materiallarni sarflashda tafovutlarni aniqlash.
Bunday balansni tuzish xom-ashyo, materiallar sarfi va mahsulot chiqishi (ish
bajarish, xizmat koʻrsatish) normatividan chetga chiqishlarni aniqlash va shu bilan
birga moliyaviy natijani hisoblab chiqarishning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishga
imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатлари
таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисидаги
Низом. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 05.02.1999 й. № 54-
сон қарори.
2. Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги 2016-
йил 13-апрелдаги ЎРҚ-404-сон Қонуни.
3. Ўзбекистон Республикаси Бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти
«Молиявий ҳисоботни тайёрлаш ва тақдим этиш учун концептуал асос»
(Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 09.09.2016-й. 475-1-сон
билан рўйхатга олинган).
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Молиявий ҳисоботнинг
халқаро стандартларига ўтиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги
2020-йил 24-февраль ПҚ-4611-сон қарори.
5. Акбашева Д.М. (2020) Особенности учета затрат и калькулирования
себестоимости продукции // Вестник Евразийской науки / The Eurasian Scientific
Journal. № 6, Том 12. URL: https://esj.today .
6. Арянтини С., Жумоно С. (2021) Profitability and value of firm: An evidence
from manufacturing industry in Indonesia // Accounting. Vol. 7, No. 4. Р. 735–746.
DOI:10.5267/j.ac.2021.1.001
7. Дусмуратов Р.Д. (2013) Бухгалтерия ҳисоби назарияси: Дарслик.
Тошкент: Фан ва технология. 476 б.
8. Ильина А.В., Илышева Н.Н. (2016) Управленческий учет: учебное
пособие. Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та. 180 с.
9. Хасанов Б.А. ва бошқалар. (2019) Молиявий таҳлил: Дарслик. Тошкент:
Иқтисодиёт.

REFERENCES:

1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom. Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.02.1999 y. № 54-son qarori. (In Uzbek)

2. Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 2016-yil
13-apreldagi OʻRQ-404-son Qonuni. (In Uzbek)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”
(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 09.09.2016 y. 475-1-son bilan
roʻyxatga olingan). (In Uzbek)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 24-
fevral PQ-4611-son qarori. (In Uzbek)

5. Akbasheva D.M. (2020) Osobennosti ucheta zatrat i kal’kulirovaniya
sebestoimosti produktsii // Vestnik Evraziyskoy nauki / The Eurasian Scientific
Journal. № 6, Tom 12. URL: https://esj.today. (In Russian)

6. Aryantini S., Jumono S. (2021) Profitability and value of firm: An evidence
from manufacturing industry in Indonesia // Accounting. 2021. Vol. 7, No. 4. P. 735–
746. DOI: 10.5267/j.ac.1.001 (In English)

7. Dusmuratov R.D. (2013) Buxgalteriya hisobi nazariyasi: Darslik. Toshkent:
Fan va texnologiya. 476 b. (In Uzbek)

8. Ilina A.V., Ilysheva N.N. (2016) Upravlencheskiy uchet: uchebnoe posobie.
Ekaterinburg: Izd-vo Ural. un-ta. 180 s. (In Russian)

9. Xasanov B.A. va boshqalar. (2019) Moliyaviy tahlil: Darslik. Toshkent:
Iqtisodiyot. (In Uzbek)