ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonining O‘zbekiston makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’siri

Xamdamov Shaxzod Ilxom o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONINING O‘ZBEKISTON
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

THE IMPACT OF THE TRANSITION TO A GREEN ECONOMY ON
UZBEKISTAN’S MACROECONOMIC INDICATORS

ВЛИЯНИЕ ПРОЦЕССА ПЕРЕХОДА К «ЗЕЛЁНОЙ» ЭКОНОМИКЕ
НА МАКРОЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ УЗБЕКИСТАНА

Xamdamov Shaxzod Ilxom o‘g‘li
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv”

kafedrasi mudiri, PhD
Tel.: +998 94 401 73 22
E-mail: shahzodh@internet.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish
jarayonining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri tahlil qilingan. Yashil
energiya manbalarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish, resurslarga
tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik standartlarni kuchaytirish
jarayonlarining iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlariga olib kelayotgani ilmiy asosda
ko‘rsatib berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qayta tiklanuvchi energiya
loyihalariga kiritilgan investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni jadallashtirmoqda, energiya
importiga qaramlikning qisqarishi esa narxlar barqarorligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yashil texnologiyalar yangi ish o‘rinlarini yaratib, mehnat
bozorida yuqori malakali mutaxassislarga talabni kuchaytirmoqda. Maqola yakunida
O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
va barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi haqida xulosa berilgan.
Kalit so‘zlar: yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar, qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi, ekologik
modernizatsiya, uglerod izlari, yashil investitsiyalar, yashil texnologiyalar, iqtisodiy
o‘sish, inflyatsiya barqarorligi, bandlik, ekologik transformatsiya.
Annotation. This article analyzes the impact of the transition to a green
economy in Uzbekistan on key macroeconomic indicators. It is scientifically proven
that the processes of expanding green energy sources, increasing energy efficiency,
introducing resource-saving technologies, and strengthening environmental standards
are leading to structural changes in the economy. The results show that investments
in renewable energy projects are accelerating economic growth, and reducing
dependence on energy imports is having a positive impact on price stability. Green
technologies are also creating new jobs and increasing the demand for highly
qualified specialists in the labor market. The article concludes that Uzbekistan's

transition to a green economy will contribute to the competitiveness and sustainable

development of the national economy.

Keywords: green economy, sustainable development, macroeconomic

indicators, renewable energy, energy efficiency, ecological modernization, carbon

footprint, green investments, green technologies, economic growth, inflation stability,

employment, ecological transformation.

Аннотация. В данной статье проанализировано влияние процесса

перехода к «зелёной» экономике на основные макроэкономические показатели

Узбекистана. На научной основе показано, что расширение использования

возобновляемых источников энергии, повышение энергоэффективности,

внедрение ресурсосберегающих технологий и ужесточение экологических

стандартов приводят к структурным изменениям в экономике. Результаты

показывают, что инвестиции, направленные на проекты в сфере

возобновляемой энергетики, ускоряют экономический рост, а сокращение

зависимости от импорта энергии положительно влияет на ценовую

стабильность. Кроме того, «зелёные» технологии способствуют созданию

новых рабочих мест и усиливают спрос на высококвалифицированных

специалистов на рынке труда. В заключении сделан вывод о том, что переход

Узбекистана к «зелёной» экономике способствует повышению

конкурентоспособности национальной экономики и её устойчивому развитию.

Ключевые слова: зелёная экономика, устойчивое развитие,

макроэкономические показатели, возобновляемая энергетика,

энергоэффективность, экологическая модернизация, углеродный след, зелёные

инвестиции, зелёные технологии, экономический рост, ценовая стабильность,

занятость, экологическая трансформация.

KIRISH
So‘nggi yillarda global miqyosda iqtisodiy rivojlanishning ekologik omillar
bilan uyg‘unlashuvi, resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitga zarar
yetkazmasdan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish masalalari dolzarb bo‘lib
bormoqda. Iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning cheklanganligi va energiya
xavfsizligiga oid tahdidlar davlatlarni yangi iqtisodiy model — “yashil iqtisodiyot”ga
o‘tishni jadallashtirishga undamoqda. Ushbu transformatsiya nafaqat ekologik
barqarorlikni ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli va barqaror
bo‘lishini ta’minlash uchun ham muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston ham ushbu global tendensiyalardan kelib chiqib, barqaror
rivojlanish tamoyillarini milliy iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
sifatida belgiladi. 2019-yilda qabul qilingan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”
energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini

kengaytirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va ekologik boshqaruvni
takomillashtirish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi, sanoat
korxonalarini modernizatsiya qilish, transport tizimini ekologik toza texnologiyalarga
o‘tkazish kabi loyihalar iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda.

Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonining iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyatsiya
darajasi, bandlik, investitsiya oqimlari, tashqi savdo balansi va energetik xavfsizlik
kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri tobora kuchayib bormoqda. Mazkur
jarayonning samaradorligini o‘rganish, mavjud natijalarni tahlil qilish hamda
iqtisodiyotga ta’sir mexanizmlarini aniqlash ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Shu bois ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri chuqur tahlil qilinadi,
mavjud tendensiyalar ilmiy asosda yoritiladi va jarayonning iqtisodiy ahamiyati
izohlanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonining O‘zbekiston makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlariga ta’siri masalasida mahalliy va rasmiy manbalar muhim ahamiyatga
ega. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha
kutilayotgan dastlabki makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni e’lon qildi: YAIM hajmi 6,7–
6,8 % atrofida prognoz qilinmoqda, inflyatsiya esa yil boshiga nisbatan 4,2 % yoki
yillik hisobda 8,7 % darajasida kutilmoqda. Shu bilan birga, 27-oktabr kuni Prezident
Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda joriy yilda
iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yil uchun mo‘ljallangan asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi. Bu yig‘ilishda iqtisodiy
barqarorlikni saqlash, investitsiyalarni jalb etish va yashil iqtisodiyotga o‘tish
yo‘lidagi strategik maqsadlar belgilandi.
Shuningdek, “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” mamlakatning 2030-
yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tishini ta’minlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni
belgilaydi. Strategiya doirasida energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi
energiya loyihalarini joriy etish, chiqindilarni kamaytirish va ekologik barqarorlikni
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu sohada amalga
oshirilgan ishlar iqtisodiyotning turli tarmoqlarida energiya va resurslardan samarali
foydalanish, ekologik standartlarni joriy etish, moliyaviy rag‘batlantirish tizimi orqali
yashil texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy tadqiqotlar hamda monitoring
tizimlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

Bu manbalar va amalga oshirilayotgan strategik chora-tadbirlar O‘zbekistonning
yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tahlil qilishda, shuningdek makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholashda asosiy material sifatida xizmat qiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot ishida yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonining O‘zbekiston
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganishda mahalliy va xalqaro rasmiy
manbalar asosiy material sifatida ishlatiladi. Mahalliy manbalar qatoriga O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotlari, Davlat statistika qo‘mitasi
ma’lumotlari, Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqlari va rasmiy bayonotlari,
shuningdek “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” kiradi (PQ-4477).
Tadqiqotda sifatli tahlil usuli qo‘llanilib, Prezident nutqlari, strategik hujjatlar va
rasmiy hisobotlar mazmuni o‘rganiladi, yashil iqtisodiyot bo‘yicha qabul qilingan
chora-tadbirlar va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ehtimoliy ta’siri
baholanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning
green economy amaliyotlari solishtiriladi va ularning iqtisodiy samaradorligi tahlil
qilinadi.

TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
qarori mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini amaliyotga tatbiq etish
bo‘yicha muhim hujjat sifatida tahlil qilinadi. Qarorda belgilangan chora-tadbirlar va
dasturlar, xususan, issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish, qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish
va suv resurslarini tejashga qaratilgan tashabbuslar, O‘zbekistonning makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Prezident qarorida 2030-yilgacha amalga oshirilishi mo‘ljallangan strategik
maqsadlar orqali YAIMning barqaror o‘sishini ta’minlash, inflyatsiya va ishlab
chiqarish xarajatlarini pasaytirish, shuningdek investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati
oshiriladi. Qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini kengaytirish va energiya
tejamkorligini oshirish orqali sanoat tarmoqlarida resurslardan samarali foydalanish
ko‘rsatkichlari yaxshilanadi, natijada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida barqaror
o‘sish va raqobatbardoshlik mustahkamlanadi.
Shuningdek, qarorda belgilangan “yashil sertifikatlar” tizimi, issiqxona gazlarini
monitoring qilish va hisobga olish mexanizmlari hamda Iqlim o‘zgarishi sohasida
MRV tizimini joriy etish, iqtisodiyotning ekologik barqarorligini oshiradi va
O‘zbekistonning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlaydi. Bu esa mamlakatning
makroiqtisodiy barqarorligiga, jumladan, investitsiya muhitini yaxshilash, eksport
salohiyatini oshirish va energiya samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar, xususan, qattiq maishiy chiqindilarni
qayta ishlash darajasini oshirish, shaharlardagi yashil maydonlarni kengaytirish va
resurs tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, iqtisodiyotning ekologik
samaradorligini oshirib, uzoq muddatli barqaror o‘sish uchun shart-sharoit yaratadi.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Prezident qaroridagi strategik chora-tadbirlar va
rejalashtirilgan dasturlar yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtiradi,
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasini ta’minlaydi va
O‘zbekistonning global barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish strategiyasi bilan
uyg‘unlashadi. Shu tariqa, qaror mamlakatning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy
barqarorligini bir vaqtda oshirishga xizmat qiluvchi muhim vosita hisoblanadi.

1-jadval. Yashil iqtisodiyotga o‘tishning O‘zbekiston makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlariga ta’siri (2022–2030 yillar prognozi)10

Ko‘rsatkich 2022 2025 2030 Izoh
(asosiy) (prognoz) (strategik
YAIM o‘sish sur’ati, % maqsad) Yashil texnologiyalar va samarali energiya
Ishsizlik, % 5,1 5,5 ishlatish iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi
Inflyatsiya, % 9,2 8,0 6,0 Yashil sektorlar yangi ish o‘rinlari yaratadi
10,1 8,5 6,5
Energiya importiga 45 30 6,0 Energiya samaradorligi va mahalliy
bog‘liqlik, % 80 65 resurslar inflyatsiya bosimini pasaytiradi
28 000 32 000 15 Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
CO₂ emissiyasi, mln t 25 28
40 keng joriy etilishi
Eksport hajmi, mln $ Yashil texnologiyalar va ekologik
Investitsiyalar YAIM ga 40 000 standartlar orqali emissiya kamayadi
Ekologik mahsulotlar va texnologiyalar
nisbatan), % 35
eksporti oshadi
Yashil iqtisodiyot loyihalariga

investitsiyalar ortadi

O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni nafaqat ekologik, balki
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda strategik ahamiyatga ega. Bu
jarayonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri bir necha asosiy yo‘nalishlarda
namoyon bo‘ladi.

Yashil texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga sarmoya
kiritish ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va YAIMning barqaror o‘sishiga
yordam beradi. Shu bilan birga, yangi ekologik loyihalar ish o‘rinlari yaratadi, ish
bilan bandlikni oshiradi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi. Mahalliy iqtisodiy
resurslarning samarali ishlatilishi esa iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda
muhim rol o‘ynaydi.

1

Ushbu jadvallash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”
hujjatlariga, shuningdek Iqtisodiyot va moliya vazirligi va rasmiy statistik ma’lumotlarga tayangan holda tayyorlandi.

Yashil iqtisodiyotga o‘tish energiya mustaqilligini oshiradi, chunki qayta
tiklanuvchi energiya manbalari orqali importga bog‘liqlik kamayadi. Bu esa
inflyatsiya bosimini pasaytiradi va milliy valyuta barqarorligini ta’minlaydi. Shu
tariqa, energiya samaradorligi va ekologik texnologiyalar iqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlashning samarali vositasi hisoblanadi (1-jadval).

Yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadlaridan biri – atrof-muhitni muhofaza qilish
va karbonat angidrid (CO₂ ) kabi zararli gazlar emissiyasini kamaytirishdir. Bu
jarayon nafaqat ekologik xavfsizlikni oshiradi, balki xalqaro ekologik standartlarga
moslashishni ta’minlaydi, shuningdek, O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi bilan
kurashdagi global majburiyatlarini bajarishda muhim omil hisoblanadi.

Ekologik mahsulotlar va yashil texnologiyalar ishlab chiqarish eksport
salohiyatini oshiradi. Bu esa mamlakatning global bozorlardagi raqobatbardoshligini
mustahkamlaydi va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu
bilan birga, yashil mahsulotlar bozori milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasiga
xizmat qiladi, ya’ni iqtisodiy manbalarni bir necha yo‘nalishlarga taqsimlash orqali
risklarni kamaytiradi.

Yashil iqtisodiyotga o‘tish yangi ish o‘rinlari yaratish orqali jamiyatning
ijtimoiy barqarorligini oshiradi. Ekologik sohalarda kasb-hunarlarni rivojlantirish,
shuningdek, aholi orasida yashil turmush tarzini targ‘ib qilish sog‘lom va barqaror
jamiyat qurishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, yashil iqtisodiyotga o‘tish O‘zbekistonning uzoq muddatli
rivojlanish strategiyasida asosiy vosita bo‘lib, iqtisodiy o‘sish, ish bilan bandlik,
inflyatsiya barqarorligi, ekologik barqarorlik va eksport salohiyatini bir vaqtning
o‘zida oshirish imkonini beradi. Bu jarayon mamlakatning iqtisodiy, ekologik va
ijtimoiy barqarorligini ta’minlaydigan kompleks yechim sifatida qaralishi lozim.

O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 2000–2024 yillar oralig‘ida
yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida ijobiy tendensiyani ko‘rsatadi. YAIM o‘sish
sur’ati barqaror oshib, 2000 yildagi 3,8% dan 2024 yilda 6,5% ga yetdi. Bu o‘sish
asosan yashil investitsiyalar, energiya samaradorligi loyihalari va ekologik toza
ishlab chiqarish texnologiyalarining iqtisodiyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq (2-
jadval).

2-jadval. Yashil iqtisodiyotning O‘zbekiston makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga
ta’siri11 (2022–2024 yillar % o‘sish sur’ati)

Ko‘rsatki 2000 200 2010 2015 2020 2024 Izoh
ch yil 5 yil yil yil yil
yil 7,2 Barqaror o‘sish, yashil
YAIM o‘sish 3,8 7,1 5,6 1,6 6,5 investitsiyalar ta’siri seziladi
sur’ati 7,0 5,3
9,7 Energiya samaradorligi va
Inflatsiya 28,2 7,8 7,3 6,1 11,1 5,1 resurs tejash inflyatsiyani
darajasi
1,3 3,8 5,9 9,4 0,9 6,8 kamaytirdi
Sanoat Yashil texnologiyalar
mahsuloti 6,2 16,6 11,5 18,8 5,7 107,3* ishlab chiqarishni
16,0 2,9 104,1 barqarorlashtirdi
o‘sishi 3,1 5,4 6,0 90,5 Barqaror iste’mol, yashil
Iste’mol 92,3 mahsulotlarga talab oshdi
tovarlari o‘sishi 1,0 5,7 4,2 95,6 115,2 Yashil qishloq xo‘jaligi
Qishloq loyihalari samarasi
xo‘jaligi o‘sishi 3,0 10,7 5,1 109,5 114,2
Asosiy 105,0 111,0 Yashil investitsiyalar
kapitalga 7,6 5,1 11,5 86,8 105,8 ulushi ortdi
kiritilgan 86,5 109,7
investitsiyalar -2,1 9,6 4,7 Yashil infratuzilma
o‘sishi loyihalari seziladi
Qurilish ishlari 0,9 11,5 10,6
o‘sishi Yashil mahsulotlar savdosi
Chakana savdo oshdi
aylanmasi
o‘sishi Yashil eksport-importni
Tashqi savdo rivojlantirish samarasi
aylanmasi
o‘sishi Yashil mahsulotlar eksporti
oshdi
Eksport o‘sishi
Energiyani tejovchi
Import o‘sishi -5,2 7,2 2,2 88,8 87,1 103,4 texnologiyalar importi o‘sdi

Inflyatsiya darajasi sezilarli darajada kamayib, 28,2% dan 5,1% gacha pasaydi,
bu esa resurslarni tejash va energiya samaradorligini oshirish orqali narxlar
barqarorligini ta’minlash natijasidir. Sanoat mahsuloti o‘sishi ham barqaror bo‘lib,
yashil texnologiyalarni joriy etish bilan sezilarli darajada yaxshilandi, bu esa ishlab
chiqarishning raqobatbardoshligini oshirdi.

1

Ushbu jadvallash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”
hujjatlariga, shuningdek Iqtisodiyot va moliya vazirligi va rasmiy statistik ma’lumotlarga tayangan holda tayyorlandi.

Iste’mol tovarlari va chakana savdo aylanmasi sur’ati uzluksiz ijobiy trendni
saqladi. Bu tendensiya yashil mahsulotlarga bo‘lgan talab ortishi bilan bog‘liq bo‘lib,
iste’mol bozorini diversifikatsiya qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam
berdi. Qishloq xo‘jaligi sektorida barqaror o‘sish kuzatildi, bu esa yashil qishloq
xo‘jaligi texnologiyalari va suv resurslarini tejash loyihalarining samarasi sifatida
izohlanadi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va qurilish ishlari sur’ati sezilarli
darajada oshdi, bu esa yashil infratuzilma loyihalari va energiya samaradorligi
dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq. Tashqi savdo va eksport-import
ko‘rsatkichlari ham yashil mahsulotlar va texnologiyalar orqali barqarorlashdi, bu esa
mamlakatning global bozordagi pozitsiyasini mustahkamladi.

Yashil iqtisodiyotga o‘tish O‘zbekiston iqtisodiyotining uzoq muddatli
rivojlanishida barqaror, ekologik va iqtisodiy samarali yo‘nalish sifatida o‘z aksini
topmoqda. Bu jarayon iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, inflyatsiyani kamaytirish,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tashqi savdo salohiyatini kengaytirishga
xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda 1990–2022 yillarda issiqxona gazlari emissiyasining tarkibi va
dinamikasi mamlakat iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan.
Grafikda aks ettirilganidek, CO₂ , CH₄ , N₂ O va HFC gazlarining umumiy miqdori
yillar davomida asta-sekin o‘sib borgan bo‘lib, bu jarayon iqtisodiyotning tarkibiy
o‘zgarishlari, energiya iste’moli hajmi, sanoatlashtirish siyosati, qishloq xo‘jaligi
tarkibidagi transformatsiyalar va urbanizatsiya sur’atlari bilan chambarchas
bog‘liqdir (1-rasm).

1-rasm. Oʻzbeksitonda gazlar kesimida issiqxona gazlari emissiyasi, 1990-2022 yy.12

1

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” ma`lumotlari

Issiqxona gazlari tarkibida eng katta ulush CO₂ ga to‘g‘ri keladi va uning
dinamikasi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga eng kuchli javob beradi. 1990-yillardagi
iqtisodiy inqiroz sharoitida CO₂ chiqindilari qisqa muddat pasaygan bo‘lsa-da,
2000-yillardan boshlab iqtisodiy tiklanishning jadallashuvi natijasida CO₂
emissiyasi barqaror o‘sishni boshladi. Bu davr O‘zbekistonda YAIMning o‘rtacha 6–
8 foizli o‘sishi, sanoatning kengayishi va energiya talabining ortishi bilan ajralib
turadi. Energetika sektori mamlakat iqtisodiyotida strategik o‘rin tutgani sababli,
elektr energiyasi ishlab chiqarishning asosiy qismi tabiiy gazga tayanadi. Natijada,
iqtisodiy o‘sishning energiya iste’moli bilan paralel tarzda ortib borishi CO₂
emissiyasining ham yuqori bo‘lishiga olib keladi. 2017-yildan keyingi yillarda
sanoatlashuv va infratuzilma loyihalarining faollashishi emissiya o‘sishiga
qo‘shimcha bosim yaratgan bo‘lsa-da, yashil energetika yo‘nalishidagi islohotlar
CO₂ o‘sishining keskinlashuvining oldini oldi.

O‘zbekistonning issiqxona gazlari emissiyasi tarkibi bilan iqtisodiy o‘sish
o‘rtasida yaqqol bog‘liqlik mavjud. Mamlakatda iqtisodiyot o‘sgan sari energiya
iste’moli ham ortgan, energiya talabi yuqori bo‘lgan sanoat tarmoqlarining
kengayishi CO₂ va CH₄ emissiyalarini ko‘paytirgan. 1990–2005 yillar ham
iqtisodiy o‘sish va emissiya ortishi bir-biriga mutanosib bo‘lgan bosqichni ifodalaydi.
2005–2016 yillarda iqtisodiy modernizatsiya, energiya samaradorligini oshirish
dasturlari va texnologik yangilanish emissiyaning keskin o‘sishini sekinlashtirdi.
2017–2022 yillarda esa iqtisodiy kengayish bilan bir vaqtda “yashil energetika”
siyosati faol tatbiq etila boshlagani natijasida emissiya o‘sishi nisbatan
barqarorlashdi. Quyosh va shamol elektr stansiyalarining joriy etilishi, energiya
samaradorligi loyihalari, chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan davlat siyosatlari
2030-yillardan boshlab iqtisodiy o‘sish va emissiya o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
sezilarli darajada zaiflashtirishi mumkin.

XULOSA
O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarda sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, yashil investitsiyalar YAIMning barqaror o‘sishini
rag‘batlantirish, energetika va ishlab chiqarish tizimlarida samaradorlikni oshirish
hamda ish o‘rinlarini yaratishga katta hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga, resurslardan
samarali foydalanish, energiya tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish orqali
ekologik barqarorlikni ta’minlashga imkon beradi.
Yashil iqtisodiyotga o‘tish, shuningdek, xalqaro moliyaviy va investitsiya
jozibadorligini oshirish, eksport-import balansini yaxshilash va raqobatbardosh
sanoatni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayon ijtimoiy farovonlikni

mustahkamlash va yashil texnologiyalar orqali kelajak avlodlar uchun barqaror
rivojlanish imkoniyatlarini yaratishda muhim rol o‘ynamoqda. Shu tariqa, yashil
iqtisodiyotga o‘tish O‘zbekistonning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorligini
mustahkamlashning samarali yo‘li sifatida namoyon bo‘ladi.

Yashil iqtisodiyotga o‘tishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat
siyosati va iqtisodiy mexanizmlar birlashgan holda faol qo‘llanilishi lozim. Avvalo,
ekologik toza texnologiyalar va barqaror energiya loyihalariga moliyaviy rag‘batlar,
imtiyozlar va subsidiya tizimlari joriy etilishi muhimdir. Shu bilan birga, atrofmuhitni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanishni tartibga soluvchi
qonunchilikni kuchaytirish, yashil sertifikatlash va standartlashtirish tizimlarini
rivojlantirish kerak.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar yashil texnologiyalarni ishlab
chiqarish va joriy etishda qo‘llab-quvvatlanishi, shu orqali iqtisodiy diversifikatsiya
va yangi ish o‘rinlari yaratilishi lozim. Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida yashil
iqtisodiyotning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati haqida keng ko‘lamli ma’rifiy
tadbirlar tashkil etilishi zarur. Shuningdek, yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini
doimiy ravishda baholab borish va monitoring qilish tizimlarini yaratish,
makroiqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlar asosida strategik qarorlar qabul qilish
imkonini beradi.

Umuman olganda, yashil iqtisodiyotga o‘tish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni
oshiradi, balki ekologik barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni mustahkamlashda
muhim omil bo‘ladi. Bu jarayon mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish
strategiyasining ajralmas qismi sifatida ko‘rilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019-йил 4-октябрдаги
“2019-2030-йиллар даврида Ўзбекистон Республикасининг “яшил”
иқтисодиётга ўтиш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида” ПҚ-4477-сон қарори.
URL: https://lex.uz/docs/-4539502

2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022-йил 2-декабрдаги
“2030-йилгача Ўзбекистон Республикасининг “яшил” иқтисодиётга ўтишига
қаратилган ислоҳотлар самарадорлигини ошириш бўйича чора-тадбирлар
тўғрисида” ПҚ-436-сон қарори. URL: https://lex.uz/uz/docs/-6303230

3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024-йил 30-ноябрдаги
“Ўзбекистон Республикасида “яшил” иқтисодиётга ўтишда миллий шаффофлик
тизимини жорий этиш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” 800-сон қарори.
URL: https://lex.uz/uz/docs/-7245895

4. European Commission. (2019–2024). Delivering the European Green Deal:
Net-Zero Industry Act and Green Deal Industrial Plan. URL:
https://commission.europa.eu/strategy-and-policy/priorities-2019-2024/europeangreen-deal/delivering-european-green-deal_en

5. Government of Uzbekistan. (2023). Strategy for green economy development
in Uzbekistan 2030. Tashkent: Cabinet of Ministers.

6. Иқтисодиёт ва молия вазирлиги. (2025). 2025-йил биринчи ярим йил
якуни бўйича кутилаётган макроиқтисодий кўрсаткичлар эълон қилинди.
Тошкент: Иқтисодиёт ва молия вазирлиги. URL: https://www.mf.uz/uz/news

7. Маликов Т., Шернаев А. (2022). Яшил иқтисодиёт ва барқарор
ривожланиш: Ўзбекистон тажрибаси. Тошкент: Иқтисодиёт нашриёти.

8. Организация экономического сотрудничества и развития. (2019). Green
growth indicators 2019. Paris: OECD Publishing.

9. Президент матбуот хизмати. (2025, 27-октябрь). 27-октябр куни
Президент ҳузурида бўлган кенгайтирилган йиғилишда 2026-йил учун
макроиқтисодий кўрсаткичлар муҳокама қилинди. Тошкент: Пресс-релиз. URL:
https://president.uz/uz/news

10. Расулов М., Каримов С. (2021). Яшил иқтисодиётга ўтишнинг
ижтимоий-иқтисодий таъсири. Тошкент: Иқтисодиёт ва бошқарув нашриёти.

11. Шернаев А. (2020). Энергия самарадорлиги ва экологик барқарорлик:
Ўзбекистонда истиқболлар // Иқтисодиёт ва экология. № 4 (2). Б. 45–58.

12. United Nations Environment Programme. (2020). Green economy and
sustainable development. Nairobi: UNEP Publications.

REFERENCES:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019 —
2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish
strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-4477-son qarori. URL: https://lex.uz/docs/-
4539502 (In Uzbek).

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-
yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan
islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-436-son
qarori. URL: https://lex.uz/uz/docs/-6303230 (In Uzbek).

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-noyabrdagi
“Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini
joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 800-son qarori. URL:
https://lex.uz/uz/docs/-7245895 (In Uzbek).

4. European Commission. (2019–2024). Delivering the European Green Deal:
Net-Zero Industry Act and Green Deal Industrial Plan. URL:
https://commission.europa.eu/strategy-and-policy/priorities-2019-2024/europeangreen-deal/delivering-european-green-deal_en (In English).

5. Government of Uzbekistan. (2023). Strategy for green economy development
in Uzbekistan 2030. Tashkent: Cabinet of Ministers (In English).

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi. (2025). 2025-yil birinchi yarim yil yakuni
boʻyicha kutilayotgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar e’lon qilindi. Toshkent:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi. URL: https://www.mf.uz/uz/news (In Uzbek).

7. Malikov, T., & Shernayev, A. (2022). “Yashil iqtisodiyot va barqaror
rivojlanish: O‘zbekiston tajribasi”. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti (In Uzbek).

8. Organisation for Economic Co-operation and Development. (2019). Green
growth indicators 2019. Paris: OECD Publishing (In English).

9. Prezident matbuot xizmati. (2025, 27-oktabr). 27-oktabr kuni Prezident
huzurida boʻlgan kengaytirilgan yigʻilishda 2026-yil uchun makroiqtisodiy
koʻrsatkichlar muhokama qilindi. Toshkent: Press-reliz. URL:
https://president.uz/uz/news (In Uzbek).

10. Rasulov, M., & Karimov, S. (2021). “Yashil iqtisodiyotga oʻtishning
ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri”. Toshkent: Iqtisodiyot va boshqaruv nashriyoti (In Uzbek).

11. Shernayev, A. (2020). “Energiya samaradorligi va ekologik barqarorlik:
Oʻzbekistonda istiqbollar”. Iqtisodiyot va ekologiya, 4(2), 45–58 (In Uzbek).

12. United Nations Environment Programme. (2020). Green economy and
sustainable development. Nairobi: UNEP Publications (In English).