OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA XAVFLARNI STRATEGIK
BAHOLASH VA BOSHQARISH USULLARI
STRATEGIC RISK ASSESSMENT AND MANAGEMENT METHODS
IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS
МЕТОДЫ СТРАТЕГИЧЕСКОЙ ОЦЕНКИ И УПРАВЛЕНИЯ
РИСКАМИ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ
Mamanazarova Nargiza Komildjanovna
Oriental universiteti professori,
pedagogika fanlari doktori (DSc)
Tel.: +998 97 705-60-15
E-mail: n.mamanazarova1980@gmail.com
https://orcid.org/0009-0005-5701-8804
Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida xavflarni strategik
baholash va boshqarish masalalari nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi.
Tadqiqotda ta’lim tizimi barqarorligini ta’minlashda xavflarni erta aniqlash,
ularning ta’sir darajasini baholash hamda oqibatlarini minimallashtirishga
yo‘naltirilgan yondashuvlar ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan xavflarni
boshqarishning kompleks modeli taklif etilib, unda “Bow-tie” diagrammasi asosida
sabab-oqibat zanjiri, profilaktika chorasi va javob strategiyalari tizimlashtirilgan.
Shuningdek, tashkiliy, moliyaviy, axborot, kadrlar va ijtimoiy-psixologik xavflar
turlari aniqlanib, ularning boshqaruv samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatadiki, xavflarni strategik boshqarish oliy ta’lim muassasalari
rivojlanishining ajralmas omili bo‘lib, u qarorlar qabul qilishda aniqlikni oshiradi,
resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi va ta’lim sifatini barqaror
saqlashga xizmat qiladi. Maqola natijalari amaliy boshqaruv tizimlarida, strategik
rejalashtirish jarayonlarida va ta’lim muassasalarini rivojlantirish dasturlarida
qo‘llanishi mumkin.
Kalit so‘zlar: xavf, strategik boshqaruv, baholash, ta’lim tizimi, oliy ta’lim
muassasasi, xavf turlari, monitoring, barqaror rivojlanish, boshqaruv
samaradorligi.
Abstract. This article theoretically and practically analyzes the issues of
strategic risk assessment and management in higher education institutions. The
study develops approaches aimed at early risk identification, assessing their impact
level, and minimizing consequences to ensure the stability of the education system.
The author proposes a comprehensive risk management model based on the “Bowtie” diagram, which systematically integrates the cause-consequence chain,
preventive measures, and response strategies. Additionally, organizational,
financial, informational, personnel, and socio-psychological risk types are
identified, and their influence on management effectiveness is examined. The
research results demonstrate that strategic risk management is an integral factor in
the development of higher education institutions, as it enhances decision-making
precision, promotes efficient resource utilization, and contributes to maintaining
consistent education quality. The findings of the article can be applied in practical
management systems, strategic planning processes, and programs for the
development of higher education institutions.
Keywords: risk, strategic management, assessment, education system, higher
education institution, risk types, monitoring, sustainable development, management
effectiveness.
Аннотация. В данной статье теоретически и практически анализируются
вопросы стратегической оценки и управления рисками в учреждениях
высшего образования. В исследовании разработаны подходы, направленные
на раннее выявление рисков, оценку степени их воздействия и минимизацию
последствий для обеспечения устойчивости системы образования. Автором
предложена комплексная модель управления рисками, в основе которой лежит
диаграмма «Bow-tie», систематизирующая цепочку причин и последствий,
профилактические меры и стратегии реагирования. Кроме того, выделены
типы рисков — организационные, финансовые, информационные, кадровые и
социально-психологические, изучено их влияние на эффективность
управления. Результаты исследования показывают, что стратегическое
управление рисками является неотъемлемым фактором развития вузов,
повышает точность принятия решений, способствует рациональному
использованию ресурсов и обеспечивает стабильное качество образования.
Полученные выводы могут быть использованы в практических системах
управления, процессах стратегического планирования и программах развития
учреждений высшего образования.
Ключевые слова: риск, стратегическое управление, оценка, система
образования, учреждение высшего образования, типы рисков, мониторинг,
устойчивое развитие, эффективность управления.
KIRISH
Har bir ta’lim muassasasi o‘zining maqsadlariga erishish jarayonida turli xil
xavf va noaniqliklarga duch keladi. Bu xavflar ta’lim sifatiga, tashkilotning
moliyaviy barqarorligiga va raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun xavflarni strategik baholash va boshqarish zamonaviy ta’lim
boshqaruvining ajralmas qismiga aylangan. Xavflarni baholash — bu tashkilot
uchun mavjud va ehtimolli xavflarni aniqlash, ularning yuzaga kelish ehtimolini va
mumkin bo‘lgan ta’sirini o‘lchash jarayonidir.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ta’lim sohasida strategik boshqaruv jarayonida xavflarni boshqarish zarurati
bo‘yicha qator olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xususan, yurtimiz
olimlaridan M.Isroiljonova ta’lim muassasalarida xavflarni boshqarishning tajribasi
va istiqbollari haqida tadqiqotlar olib brogan (Исроилжонова M., 2025:44-47.),
M.U.Axmedov ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni
tahlil qilib, ularni kamaytirishning strategik yondashuvlarini ishlab chiqqan
(Ахмедов М.У., 2023). N.K. Mamanazarova (2023) ta’lim tizimidagi xavf
omillarini monitoring qilish va strategik boshqaruvga integratsiya qilish
tamoyillarini asoslagan, ta’lim muassasalarini samarali boshqarishda marketing
xizmatlarini joriy etish mexanizmini ishlab chiqqan.
MDH olimlaridan S.Karapetyan (2023) oliy ta’lim muassasaning
raqobatbardoshligi va samaradorligini ta’minlash uchun tashqi muhitdagi
o‘zgarishlarni hisobga olgan holda potensial xavflarni aniqlash, tahlil qilish va
boshqarish kerakligi ta’kidlanadi. Muallif xavflarni strategik boshqaruv tizimiga
integratsiyalashni taklif etadi. E.V.Knyazeva (2020), A.A.Derkach (2019) kabi
olimlar Oliy ta’lim muassasalarida xavf omillarini aniqlash, baholash va ularni
kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqqan bo‘lsa, N.V.Kuzmina (2018) –
o‘qituvchilarning psixologik tayyorgarligi va rahbarlik qarorlaridagi xatoliklar
ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi xavf sifatida o‘rganadi. I.V.Sergeyenko (2020) ta’limda
xavflarni tahlil qilishda strategik rejalashtirish, resurslarni boshqarish va inson
omilini muvozanatlash zarurligini ko‘rsatadi.
Xorij olimlaridan Sh.Rahayu (2024) oliy ta’lim institutlari akademik
bo‘lmagan xavflarni kategorizatsiya qilishi, tahlil qilishi va boshqarishi kerakligini
ta’kidlaydi hamda barcha ichki manfaatdor tomonlar jarayonga jalb qilinishi
lozimligini aytadi. A.Siddiq pandemiya ta’lim tizimiga katta ta’sir ko‘rsatgani,
HEIlar onlayn o‘qishga o‘tishi, sog‘liq-xavfsizlik choralarini qo‘llashi va jarayonni
doimiy monitoring qilish zarurligini ko‘rsatgan (2022). J.Jemmy va S.Riyadilar
xavflarni tizimli ravishda aniqlash, baholash va unga reaksiya (mitigatsiya/oldini
olish) bo‘yicha yondashuvlar; xodimlarni tayyorlash, texnologiyani integratsiyalash,
manfaatdor tomonlarni jalb qilish kabi qator tavsiyalar ishlab chiqqanlar (Jemmy J.,
Riyadi S., 2023: 14-27).
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Oliy ta’lim muassasalarida xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish uchun
kompleks-strategik va amaliy-metodologik model ishlab chiqish va uning
samaradorligini baholash yuzasidan ishlar olib borildi. Bunda, oliy ta’lim
muassasalarida yuzaga keladigan asosiy xavf turlari (tashkiliy, akademik,
moliyaviy, texnologik, ijtimoiy, huquqiy)ni identifikatsiya qilindi, xavflarni
strategik baholash uchun indikatorlar va mezonlar to‘plamini shakllantirildi,
xavflarni prioritetlash va baholash uchun AHP, Bow-tie va Monte Carlo kabi
usullarni moslashtirildi, xavflarni kamaytirish (mitigatsiya) va monitoring qilish
mexanizmini ishlab chiqildi hamda taklif etilgan modelni bir yoki bir nechta oliy
ta’lim muassasasida sinovdan o‘tkazib, natijalari tahlil qilindi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Har bir ta’lim muassasasi o‘zining maqsadlariga erishish jarayonida turli xil
xavf va noaniqliklarga duch keladi. Bu xavflar ta’lim sifatiga, tashkilotning
moliyaviy barqarorligiga va raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun xavflarni strategik baholash va boshqarish zamonaviy ta’lim boshqaruvining
ajralmas qismiga aylangan. Xavflarni baholash — bu tashkilot uchun mavjud va
ehtimolli xavflarni aniqlash, ularning yuzaga kelish ehtimolini va mumkin bo‘lgan
ta’sirini o‘lchash jarayonidir.
Yaqin yillargacha xavflarni baholash, asosan, faqat texnik sohalarda, xususan
mashinali tizimlarni loyihalashda qo‘llanildi. Biroq, tashkiliy tizimlar haqida gap
ketganda, texnik xavflarni baholash usullari ishonchsiz bo‘lib chiqdi. Tashkilotlarni
boshqarishning miqdoriy usullari ishlab chiqarish jarayonlarining aniqligi haqidagi
taxminlarga asoslangan edi, ya’ni shunday bir boshqaruv ta’siri mavjudki, u
boshqariladigan obyektni muqarrar ravishda kerakli holatga olib keladi va
menejmentning vazifasi bu ta’sirni aniqlashdan iboratdir deb hisoblandi.
Oliy ta’lim muassasalarida xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishda
kompleks-strategik va amaliy-metodologik modelini taklif qilamiz (1-rasm).
1-rasm. Oliy ta’lim muassasalarida xavflarni aniqlash, baholash
va boshqarishda kompleks-strategik va amaliy-metodologik modeli.
Oliy ta’lim muassasalarida xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishda
kompleks-strategik va amaliy-metodologik modeli ta’lim muassasasida xavfni oldini
olish, boshqarish va nazorat qilish jarayonlarini birlashtiradi. Model quyidagi uch
asosiy tarkibiy qismdan iborat:
1. Xavf sabablari (xavf manbalari). Bu bosqichda xavf paydo bo‘lishiga olib
keluvchi ichki (boshqaruvdagi tizimsizlik, kadrlar malakasining yetarli emasligi,
AKT infratuzilmasining sustligi, sifat monitoringining zaifligi) va tashqi (davlat
siyosatidagi o‘zgarishlar, moliyaviy beqarorlik, global raqobat, tabiiy yoki
texnologik ofatlar) omillar aniqlanadi.
Har bir sabab uchun profilaktik chora-tadbirlar belgilanadi: masalan, rahbar va
pedagoglar uchun xavflarni boshqarish bo‘yicha treninglar o‘tkazish, axborot
xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish, sifatni nazorat qilish mexanizmlarini
raqamlashtirish.
2. Xavf hodisasi (asosiy voqea). Model markazida xavfning o‘zi — ta’lim sifati
va boshqaruv barqarorligiga tahdid soluvchi hodisa joylashadi. Masalan: “Oliy
ta’lim muassasasida boshqaruv tizimining ishdan chiqishi” yoki “Ta’lim sifati
pasayishi natijasida muassasa reytingining tushib ketishi”. Bu bosqichda xavfning
ehtimolligi va ta’sir darajasi maxsus xavf xaritasi yordamida baholanadi.
3. Xavf oqibatlari va yumshatuvchi choralar bosqichida xavf yuzaga kelgach
paydo bo‘ladigan oqibatlar aniqlanadi. Masalan, ta’lim sifati pasayishi, talabalar
ishonchi kamayishi, moliyaviy yo‘qotishlar sodir bo‘lishi, muassasaning nufuzi
tushishi.
Har bir oqibat uchun yumshatuvchi (mitigatsion) sifatni ichki audit tizimi
orqali nazorat qilish, tezkor javob berish (krizis menejment) guruhini shakllantirish,
PR va imijni tiklash strategiyasini ishlab chiqish, moliyaviy barqarorlik zaxira
fondini yaratish kabi chora-tadbirlar belgilanadi.
Xavflarni aniqlashda, shuningdek xavflarni boshqarish tizimining boshqa
elementlari uchun zarur axborotlar bazasining mavjudligi hamda ularni qayta ishlash
katta ahamiyatga ega. Ishonchli axborotlar har qanday xavflarni boshqarishda juda
muhim o‘rin tutadi.
Xavf darajasini baholashda sifat va miqdoriy tahlil amalga oshiriladi. Sifat
tahlili – xavf omillari asosida aniqlangan manbalar va potensial xavf zonalarini
tahlil qilishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda, sifat tahlili har bir tashkilot
xavflari turiga xos bo‘lgan aniq omillar majmuasiga asoslanadi.
Xavflarni miqdoriy tahlil qilish xavf darajasini shakllantirishga qaratiladi.
Miqdoriy tahlilda xavflarning bir nechta jihatlarini shartli ravishda ajratish mumkin:
1) Xavf darajasini baholash mezonlarini tanlash;
2) Tashkilot uchun maqbul bo‘lgan xavfning ayrim turlari darajasini aniqlash;
3) Alohida usullar asosida xavfning haqiqiy darajasini aniqlash;
4) Istiqbolda xavfni oshirish yoki kamaytirish imkoniyatini baholash.
Xavf darajasini baholash mezonlari umumiy yoki alohida xavf turlari uchun
spesifik, ya’ni o‘ziga xos bo‘ladi. Xavflarning ruxsat etilgan miqdori tashkilot
strategik rejasida belgilangan standartlar (limitlar va me’yoriy ko‘rsatkichlar)
asosida o‘rnatiladi. Ushbu standartlar biznes-reja asosida shakllantiriladi.
Ta’limda xavflarni baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Xavflarni aniqlash – ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
xavflar ro‘yxatini tuzish.
2. Ehtimollikni baholash – xavf yuzaga kelish ehtimoli:
Past – kamdan-kam holatlarda yuz beradi.
O‘rta – ba’zan uchraydi.
Yuqori – tez-tez ro‘y beradi.
3. Ta’sir darajasini baholash – xavf ta’siri natijasida ta’lim jarayoniga salbiy
oqibatlar:
Yengil – tez tiklanadi.
O‘rta – jarayon sekinlashadi.
Og‘ir – rivojlanishga jiddiy zarar yetadi.
4. Xavf-matritsasia tuzish – ehtimollik va ta’sir darajasi asosida xavflarni
ustuvorlik bo‘yicha tartiblash.
Xavflarni aniqlash (Xavf Identification)da ta’lim muassasasida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan barcha xavf va noaniqlik manbalari ro‘yxatga olinadi. Bu yerda
ma’lumotlar manbalari sifatida o‘qituvchilar:
- boshqaruvchilar va texnik xodimlar tajribasi;
- oldingi voqealar tahlili;
- attestatsiya va akkreditatsiya natijalari hamda statistika ma’lumotlari, tashqi
muhit omillari (qonunchilik, iqtisodiy holat, raqobatchilar, texnologiyalar)
o‘rganiladi. Ta’lim muassasasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar qatoriga,
masalan, elektr ta’minotidagi uzilishlar, kadrlar almashinuvi yoki qo‘nimsizligi,
onlayn platformalarning ishlamay qolishi, davlat siyosatidagi o‘zgarishlar kiritish
mumkin. Xavflarni aniqlash sohasi tahlili (PESTEL, SWOT, Porter’s 5 Forces
metodlari orqali), ichki va tashqi omillarni ko‘rib chiqish, xodimlar va ekspertlar
fikrini yig‘ish orqali amalga oshiriladi.
Ehtimollikni baholash (Probability). Aniqlangan xavflarning qanchalik xavfli
ekanligi tahlil qilinadi. Bu bosqichda xavf yuzaga kelish ehtimoli va uning
oqibatlari o‘rganiladi. Ehtimollik darajasi xavfning yuz berish imkoniyati bilan
o‘lchanadi, ya’ni:
- yuqori ehtimol tez-tez yuz beradi.
- o‘rta ehtimol – ba’zan yuz beradi.
- past ehtimol – kamdan-kam hollarda ro‘y beradi.
Ta’sir darajasini baholash (Impact/Severity) – xavf ro‘y bersa, tashkilotga
yetkazadigan zarar aniqlanadi, ya’ni:
- yuqori darajadagi ta’sir – o‘quv jarayoni to‘xtaydi.
- o‘rta darajadagi ta’sir – muammolar yuzaga keladi, ammo hal qilish
mumkin.
- kichik darajadagi ta’sir – qisqa muddatli va yengil oqibatlar.
Misol uchun, agar internet uzilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa va uning ta’siri katta
bo‘lsa – bu xavf darhol ustuvor xavf sifatida qayd etiladi.
Xavf-matritsasia tuzish. Tahlildan keyin har bir xavfning qanchalik jiddiy
ekanligi belgilanadi va ustuvorlik darajasiga ko‘ra saralanadi (1-jadval).
1-jadval. Xavflarni baholashda maxsus matritsasi
Ta’sir past Ta’sir o‘rta Ta’sir yuqori
Ehtimollik yuqori 💡 Xavf B ⚠️ Xavf A 🚨 Xavf X
Ehtimollik o‘rta 🔹 Xavf C 💡 Xavf B ⚠️ Xavf A
Ehtimollik past ✅ Xavf D 🔹 Xavf C 💡 Xavf B
Bu yerda:
A – yuqori xavf;
B – o‘rta xavf;
C – past xavf;
D – e’tiborga loyiq emas;
X – juda yuqori xavf bildiradi.
Matritsani quyidagi ketma-ketlikda qo‘llaniladi:
1. Xavflarni aniqlanash. Masalan: raqobatchi yangi mahsulot chiqarsa, valyuta
kursi o‘zgarishi, texnologik nosozlik.
2. Baholash: Har bir xavfning ehtimoli va ta’sir darajasini aniqlash.
3. Matritsaga joylashtirish: Xavflarni mos katakka qo‘yish.
4. Harakat strategiyasini aniqlash (2-jadval).
2-jadval. Strategyasini aniqlash harakatlari
Rang Xulosa Harakat
🔴 Qizil Juda xavfli, ustuvor Darhol chora ko‘rish, rejani o‘zgartirish
🔴 Sariq muammo Monitoring + zaxira rejalar tayyorlash
🔴 Och sariq Jiddiy xavf Profilaktika va kuzatuvchi strategiya
🔴 Yashil E’tiborli nazorat
🔴 Och yashil Xavf minimal Katta chora kerak emas, kuzatish
Xavfr deyarli yo‘q Aralashuv talab qilinmaydi
Bu matritsa orqali qaysi xavfga birinchi bo‘lib e’tibor qaratish kerakligini
aniqlash va xavflarni ustuvorlik bo‘yicha boshqarish mumkin. Baholash asosida
tashkilot har bir xavfga nisbatan qanday choralar ko‘rishini yoki boshqarishni
belgilaydi.
Xavflarni boshqarish – bu tashkilot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan xavflarni aniqlash, baholash va ularga javob choralarini ishlab chiqish
jarayonidir.
Ushbu ta’rifda ifodalangan yana bir muhim jihat – bu xavflarni boshqarish
oqibatlarning o‘zini emas, balki oqibatlarning ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.
Shak-shubhasiz, bunday minimallashtirishning eng yaxshi usuli – bu xavf ehtimoli
va/yoki oqibatlarini chegaralash yoki minimallashtirishdir (oqibatlar qanchalik
kichik bo‘lsa, ta’sir ham shunchalik kam bo‘ladi). Agar xavflar qilingan hisobkitoblarga ko‘ra, tashkilot faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir etmasa, u holda
ularning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yiladi. Asosiysi, bu qaror muassasa rahbariyati
tomonidan asosli va ongli ravishda qabul qilinishi kerak.
Xavflarni boshqarish nazariyasi va amaliyotining uch asosiy yo‘nalishlari
mavjud. Birinchi yo‘nalish xavflar haqida ogohlantirish va oldini olishga qaratilgan
chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish
xavflarning tashkilotga olib kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni
minimallashtirish masalalariga tegishlidir. Uchinchi yo‘nalish, xavfli vaziyatlarda
qo‘shimcha daromad olish yoki boshqa tijorat afzalliklarini qo‘lga kiritish
imkoniyati bilan bog‘liq. Yuqorida aytib o‘tilgan uch yo‘nalishlarni birgalikda
tartibga solish orqali tashkilot rahbari xavflarni boshqarishning chinakam samarali
tizimini yaratishga erishadi.
Ta’lim muassasasida xavflarni boshqarishning asosiy maqsadi – noaniqliklarni
nazorat qilish, ta’lim oluvchilarga sifatli ta’lim berish va strategik maqsadlarga
xavfsiz erishish imkonini yaratishdir.
Demak, xavflarni boshqarishni xavfli hodisalarning sodir bo‘lish ehtimolini
ma’lum darajada oldindan bashorat qilishga imkon beradigan turli xil choratadbirlardan foydalanish hamda ularning ta’sir darajasini yumshatishga qaratilgan
qarorlarni qabul qilish jarayoni sifatida ifodalash mumkin.
Xavflarni boshqarish samaradorligi ko‘p jihatdan barcha usul va usullardan
to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. Xavflarni boshqarish usullari ular ta’sir darajasini
pasaytirish usullaridan iborat. Xavfni boshqarishning beshta asosiy usullarini
ko‘rsatish mumkin:
1) Xavfni kamaytirish
2) Xavflarni oldini olish
3) Xavflarni transfer qilish
4) Xavflarni qabul qilish
5) Xavflarni diversifikatsiya qilish
Ta’lim muassasalarida xavflarini boshqarishda bir necha usullardan
foydalaniladi. Ulardan biri xavflarni kamaytirish (Xavf Mitigation) bo‘lib, xavf
ehtimolini yoki uning oqibatlarini iloji boricha kamaytirish imkonini beradi. Ushbu
usul texnologik nosozliklarni kamaytirish uchun serverlarni zaxira tizim bilan
ta’minlash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish orqali malakasizlik xavfini
kamaytirish uchun ko‘proq mos keladi.
Ikkinchi usul xavflarni oldini olish (Xavf Avoidance) bo‘lib, xavf manbasini
butunlay bartaraf etish yoki xavfli faoliyatdan voz kechishni bildiradi. Ushbu usul
ta’lim oluvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun avariya holatida binoni vaqtincha
yopish, noto‘liq sertifikatlangan o‘quv platformalaridan foydalanishni taqiqlashda
foydalaniladi.
Keyingi usul xavflarni transfer qilish (Xavf Transfer) usuli bo‘lib, xavf bilan
bog‘liq mas’uliyatni boshqa tashkilot yoki shaxs zimmasiga o‘tkazishni anglatadi.
Bu usul ta’lim infratuzilmasini sug‘urtalash yoki tashqi IT-xizmatlar yoki xavfsizlik
xizmatlarini shartnoma asosida boshqa tashkilotga topshirish orqali amalga
oshiriladi.
Navbatdagi usul xavflarni qabul qilish (Xavf Acceptance) usuli bo‘lib, xavf
yuzaga kelishi ehtimoli yoki zarari kichik bo‘lsa, tashkilot ushbu xavfni ongli
ravishda qabul qiladi va zaxira choralar ishlab chiqiladi. Bu usul elektr energiyasi
qisqa muddatli uzilishi ehtimolini qabul qilish va zaxira generator tayyorlash, ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridagi mavsumiy pasayishini monitoring
qilib, qo‘shimcha darslar tashkil etishda o‘z ifodasini topadi.
Hamda oxirgi usul xavflarni diversifikatsiya qilish (Xavf Diversification) usuli
bo‘lib, xavf ta’sirini bir nechta sohalarga bo‘lib, umumiy zarar ehtimolini
kamaytirish jarayonini ifoda etadi. Bu usul bir nechta grant manbalaridan
moliyalashtirish yoki bir nechta onlayn platformalar va texnologiyalardan bir
vaqtning o‘zida foydalanishda o‘z aksini topadi.
Xavflarni boshqarish usullarini tanlashda xavf ehtimoli va ta’sir darajasi,
xavfni boshqarish xarajatlari, tashkilotning resurslari va imkoniyatlari aniqlanishi,
qonunchilik va me’yoriy talablar o‘rganilishi hamda tashkilot strategik maqsadlari
belgilanishi kerak. Demak, xavflarni boshqarish usullarini tanlash – tashkilot
ehtiyojlari, resurslari va tashqi muhit talablari asosida qilingan puxta va ongli
qarordir. Har bir holatda yuqoridagi omillarni chuqur tahlil qilib, shundan so‘ng
xavflarni kamaytirish, oldini olish, transfer qilish yoki qabul qilish usulini tanlash
zarur.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ta’lim muassasalarida xavflarni strategik baholash va boshqarish – bu
tashkilotning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim boshqaruv mexanizmi
bo‘lib, u ta’lim jarayonidagi ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash, ularning ta’sir
darajasini baholash hamda salbiy oqibatlarni minimallashtirishga qaratilgan tizimli
yondashuvni talab etadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadi-ki, ta’lim tizimida xavflarni samarali
boshqarish uchun quyidagi shartlar muhim ahamiyat kasb etadi:
1. Strategik yondashuvni joriy etish – xavflarni faqat operativ darajada emas,
balki uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi bilan integratsiyalashgan holda
boshqarish.
2. Xavf turlarini aniqlash va tasniflash – tashkiliy, pedagogik, moliyaviy,
kadrlar, axborot va ijtimoiy-psixologik xavflarni kompleks tahlil asosida baholash.
3. Risklarni boshqarish modelini (masalan, “Bow-tie” modeli) qo‘llash – xavf
sabablarini (causes) va oqibatlarini (consequences) aniq ko‘rsatish orqali
profilaktika va javob choralarini tizimlashtirish.
4. Monitoring va tahlil tizimini yo‘lga qo‘yish – xavf ko‘rsatkichlarini
muntazam kuzatish, strategik rejalashtirish bilan uzviy bog‘lash.
5. Tashkiliy madaniyatni rivojlantirish – xodimlar va rahbarlar orasida xavfga
nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish.
Natijada, ta’lim muassasasida xavflarni strategik boshqarish boshqaruv
qarorlarini asoslashda aniqlikni oshiradi, inson resurslari, moliyaviy va tashkiliy
imkoniyatlardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi, ta’lim sifatiga, barqaror
rivojlanishga va raqobatbardoshlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalarida xavflarni strategik baholash
va boshqarish usullarini amaliyotga tatbiq etish ta’lim muassasalarining samarali
faoliyati, innovatsion rivojlanishi va ijtimoiy ishonchini mustahkamlashning muhim
omillaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ахмедов М. У. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini
takomillashtirish. Тошкент: Fan va texnologiya. 2023.
2. Деркач А.А. Управление качеством и безопасностью образовательного
процесса. Санкт-Петербург: Изд-во РГПУ им. Герцена. 2019.
3. Jemmy J., Riyadi S. Implementing risk management in educational
institutions: Approaches and best practices. International Journal of Quality
Assurance in Education, 2023. 8(1), 14–27.
4. Исроилжонова M. Управление рисками в образовательных
учреждениях: опыт и перспективы. Science and pedagogy in the modern world.
2025. (Vol. 3 No. 7.). C. 44-47.
5. Karapetyan S. The necessity of risk management in the context of strategic
management of higher education institutions. Journal of Education in the 21st
Century, Yerevan State University. 2023.
6. Князева Е.В. Риск-менеджмент в образовательных организациях.
Москва: Академия педагогических наук. 2020.
7. Кузьмина Н.В. Психолого-педагогические риски в управлении
образованием. Москва: Педагогика Пресс. 2018.
8. Маманазарова Н.K. Управление системы образования на основе
маркетинга. Научный вестник Наманганского государственного университета,
2023. №7 С. 805-813
9. Rahayu S., Nugroho D., Haryanto T. Risk management for public
universities: Why and how? A conceptual analysis. Research Journal of Finance and
Accounting, 2024. 15(2), 33–42.
10. Сергеенко И.В. Стратегическое управление рисками в
образовательных учреждениях. Минск: Белорусский государственный
педагогический университет. 2020.
11. Siddiq A., & Khan S. Risk management strategies during COVID-19 in
higher education: A case study of Pakistan. Asian Social Science and Research
Journal, 2022. 5(3), 45–56.
REFERENCES:
1. Axmedov M. U. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini
takomillashtirish. Toshkent: Fan va texnologiya. 2023. (In Uzbek)
2. Derkach A.A. Upravleniye kachestvom i bezopasnostyu obrazovatelnogo
protsessa. Sankt-Peterburg: Iz-vo RGPU im. Gersena. 2019. (In Russian)
3. Jemmy J., Riyadi S. Im risk management in educational institutions:
Approaches and best practices. International Journal of Quality Assurance in
Education, 2023. 8(1), 14–27.
4. Isroiljonova M. Upra riskami v obrazovatelnix uchrejdeniyax: opit i
perspektivi. Science and pedagogy in the modern world. 2025. (Vol. 3 No. 7.). C.
44-47. (In Russian)
5. Karapetyan S. The necessity of risk management in the context of strategic
management of higher education institutions. Journal of Education in the 21st
Century, Yerevan State University. 2023.
6. Knyazeva Ye.V. Risk-menedjment v obrazovatelnix organizatsiyax.
Moskva: Akademiya pedagogicheskix nauk. 2020. (In Russian)
7. Kuzmina N.V. Psixologo-pedagogicheskiye riski v upravlenii
obrazovaniyem. Moskva: Pedagogika Press. 2018. (In Russian)
8. Mamanazarova N.K. Upravleniye sistemi obrazovaniya na osnove
marketinga. Nauchniy vestnik Namanganskogo gosudarstvennogo universiteta,
2023. №7 S. 805-813. (In Russian)
9. Rahay S., Nugroho D., Haryanto T. Ris management for public universities:
Why and how? A conceptual analysis. Research Journal of Finance and Accounting,
2024. 15(2), 33–42.
10. Sergeyenko I.V. Strategicheskoye upravleniye riskami v obrazovatelnix
uchrejdeniyax. Minsk: Belorusskiy gosudarstvenniy pedagogicheskiy universitet.
2020. (In Russian)
11. Siddiq A., & Khan S. Risk management strategies during COVID-19 in
higher education: A case study of Pakistan. Asian Social Science and Research
Journal, 2022. 5(3), 45–56.