DAVLAT ULUSHIGA EGA KORXONALARDA FAOLIYAT
SAMARADORLIGINI BAHOLASH MASALALARI
EVALUATION OF OPERATIONAL EFFICIENCY IN STATE-OWNED
ENTERPRISES: ISSUES AND APPROACHES
ПРОБЛЕМЫ ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
ПРЕДПРИЯТИЙ С ГОСУДАРСТВЕННЫМ УЧАСТИЕМ
Meliyev Isroil Ismoilovich
Oriental universiteti professori,
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
Tel.:+998 99-913-20-86
E-mail: isroilmeliyev.@mail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati
samaradorligini baholash masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, auditorlik
tekshiruvlarida moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida samaradorlikni kompleks
tahlil qilishga e’tibor qaratadi. Tadqiqotda xalqaro va milliy tajribalar, normativhuquqiy hujjatlar (jumladan, Vazirlar Mahkamasining 207-son qarori va Davlat
aktivlarini boshqarish agentligi mezonlari) tahlil etilgan. Samaradorlikni
baholashning dolzarbligi globallashuv, raqobat kuchayishi va investitsiya risklari
ortishi bilan bog‘liqligi asoslab berilgan. Maqolada likvidlik, to‘lov qobiliyati,
rentabellik, tashqi qarzga bog‘liqlik va samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari
(SMK) bo‘yicha batafsil ko‘rsatkichlar tizimi keltirilgan. Auditorlik faoliyatida
tahliliy usullar (gorizontal, vertikal tahlil, koeffitsientlar hisobi) qo‘llanilishi,
moliyaviy sog‘lomlashtirish yo‘llari va boshqaruv qarorlari qabul qilishdagi
ahamiyati yoritilgan. Xulosada samaradorlik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish,
auditorlik xulosalarini qo‘llash va korxonalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha
takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar: davlat ulushiga ega korxonalar, faoliyat samaradorligi,
moliyaviy tahlil, auditorlik tekshiruvi, samaradorlik ko‘rsatkichlari, likvidlik,
rentabellik, SMK, SYK, moliyaviy sog‘lomlashtirish.
Abstract. This article is devoted to the issues of evaluating the operational
efficiency of enterprises with state participation, focusing on comprehensive
analysis based on financial statement data within the audit process. The study
examines international and national practices, regulatory documents (including
Cabinet Resolution No. 207 and criteria of the State Assets Management Agency).
The relevance is justified by globalization, intensifying competition, and rising
investment risks. The paper presents a detailed system of indicators including
liquidity, solvency, profitability, external debt dependency, and Key Performance
Indicators (SMK). Analytical methods used in auditing (horizontal and vertical
analysis, ratio calculations), financial recovery pathways, and their role in
management decision-making are highlighted. The conclusion offers
recommendations for improving efficiency indicators, applying audit opinions, and
enhancing enterprise performance. The research contributes to the development of
methodological approaches for assessing and increasing the efficiency of stateinvolved enterprises in Uzbekistan.
Key words: state-owned enterprises, operational efficiency, financial analysis,
audit examination, performance indicators, liquidity, profitability, key performance
indicators, financial recovery, efficiency assessment.
Аннотация. Статья посвящена проблемам оценки эффективности
деятельности предприятий с государственным участием с акцентом на
комплексный анализ на основе данных финансовой отчетности в процессе
аудита. Исследование рассматривает международный и национальный опыт,
нормативно-правовые акты (включая Постановление Кабинета Министров
№207 и критерии Агентства по управлению государственными активами).
Актуальность обоснована процессами глобализации, усилением конкуренции
и ростом инвестиционных рисков. В работе представлена детальная система
показателей: ликвидность, платежеспособность, рентабельность, зависимость
от внешнего долга, ключевые показатели эффективности (СМК). Описаны
аналитические методы аудита (горизонтальный и вертикальный анализ, расчет
коэффициентов), пути финансового оздоровления и их значение для принятия
управленческих решений. В заключении предложены рекомендации по
совершенствованию показателей эффективности, применению аудиторских
заключений и повышению результативности деятельности предприятий.
Исследование способствует развитию методических подходов к оценке и
повышению эффективности предприятий с государственным участием в
Узбекистане.
Ключевые слова: предприятия с государственным участием,
эффективность деятельности, финансовый анализ, аудиторская проверка,
показатели эффективности, ликвидность, рентабельность, ключевые
показатели эффективности, финансовое оздоровление, оценка
эффективности.
KIRISH
Xalqaro amaliyotda iqtisodiy globallashuv va integratsiya jarayonlarining
kuchayib borishi auditorlik faoliyatida ham umumqabul qilingan xalqaro me’yorlar
va standartlarga o‘tishni hamda ularga amal qilishni taqozo etmoqda. Auditorlik
faoliyati evolyutsiyasi auditorlik tekshiruvlari sifatini oshirishda tahliliy amallar
ulushining barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon qilmoqda. Rivojlangan Yevropa
va Amerika davlatlari audit o‘tkazishda ko‘p asrlik tajribaga ega bo‘lib, dastlab
g‘arbda ham audit faqat buxgalterlik hujjatlari va hisobotlarini tekshirish hamda
to‘g‘riligini tasdiqlash bilan cheklangan bo‘lsa, hozirgi kunda audit tizimida mijoz
korxonalar faoliyati uzluksizligi va samaradorligini kompleks baholash muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda auditorlik faoliyatini rivojlantirish hamda
mehnat sarfini optimallashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tahliliy
amallarning roli ortib bormoqda.
Xalqaro amaliyotda davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati samaradorligini
baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlar natijasida
davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati samaradorligini baholash tizimi
shakllantirilgan. Biroq, baholash amaliyotida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
faoliyat samaradorligini baholash alohida olingan ilmiy tadqiqot obyekti sifatida
o‘rganilmagan. Biroq, mulkiy va moliyaviy munosabatlarni murakkablashib borishi,
raqobatning hududiy qamrovini tobora kengayishi, investitsion riskning ortishi,
innovatsion rivojlanishga asoslanish kabilar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat
samaradorligini baholash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Bu o‘z navbatida davlat
ulushiga ega korxonalar faoliyat samaradorligini baholash metodikasi va uni
amaliyotiga yеtarlicha ahamiyat qaratilmaganligi bu borada ilmiy tadqiqotlar olib
borishni talab etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy
baholashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga
oshirilmoqda. “...mamlakatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha milliy reytinglarni
yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar
va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas”.
Respublikamizda davlat ulushiga ega korxonalar faoliyat samaradorligini baholash
bo‘yicha ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar me’yorlaridan korxonalar
faoliyatida yеtarlicha foydalanilmayapti. Mamlakatimizda xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha xalqaro mezonlar va
standartlarga mos yaxlit tizimni shakllantirish, uyg‘un metodikani yaratish
korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash amaliyoti va uni takomillashtirishni
taqozo etmoqda.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Bizningcha, ishlab chiqarish samaradorligi - korxona miqyosida iqtisodiy
faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan
iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega bo‘lgan resurslarni qo‘llagan holda eng
yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo‘lgan ishlab chiqarish omillari,
resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi mehnat
resurslaridan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarish vositalaridan hamda
kapitaldan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Ishlab
chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy
samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma
resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Bu borada vikipedia internet tarmog‘ida “ishlab chiqarish samaradorligini
hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va
yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat”ligi
ta’kidlangan.
O‘zbekiston respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining
internetdagi rasmiy saytida “samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari - ustav
jamg‘armasida davlat ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati
cheklangan jamiyatlar va davlat korxonalarining ijro etuvchi organi a’zolari (rahbar,
rahbar o‘rinbosarlari, bosh hisobchi va boshqalar) faoliyati samaradorligini aniqlash
uchun foydalaniladigan baholash mezonlarining miqdoriy o‘lchovi” ekanligi qayd
etilgan. Mazkur agentlikning rasmiy saytida 2024-yil 22- aprel holatiga 1867 ta
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (SMK),
samaradorligining yig‘indi ko‘rsatkichi (SYK) va ularni bajarish foizlari haqidagi
yig‘ma ma’lumotlar keltirilgan.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olima M.Abdujabborovaning fikricha
“Samaradorlikni baholashda qo‘llaniladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlar 3 guruhga
bo‘linadi:
Mutlaq ko‘rsatkichlar (foyda hajmi, xususiy kapital hajmi);
Nisbiy ko‘rsatkichlar (ko‘rsatkichlarning o‘zaro nisbati);
O‘rtacha ko‘rsatkichlar (o‘rtacha oylik ish haqi, o‘rtacha sotish hajmi).
Belgilangan sifatdagi mahsulot (ish, xizmat) ni sotish, barcha turdagi resurslardan
oqilona foydalanish, daromad hajmining muttasil o‘sishi korxona faoliyati
samaradorligining muhim jihatlaridir” (Abdujabborova M.,2023).
Rus iqtisodchisi M.Ya.Korobovning ta’kidlashicha “moliyaviy faoliyat
samaradorligi tashqi investorlar, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha hamkorlar,
mulkdorlar uchun moliyaviy jozibadorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois
korxonaning joriy, o‘tgan va kelgusi faoliyati moliyaviy natijalarini baholash
muhim ahamiyat kasb etadi” (Коробов М.Я., 2000: 378).
Iqtisodchi Sh.Mamatovning fikrlariga ko‘ra “samaradorlikni baholash
ko‘rsatkichi tizimida korxona menejmenti va xodimlari faoliyati sonlar orqali
o‘lchanadi. Indikatorlar bo‘yicha hisobot tayyorlangach, rejalashtirilgan maqsadga
qanchalik darajada erishilgani, rejalar qay darajada aniq va to‘g‘ri qo‘yilganini
baholash mumkin. Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari natijasi strategik va
taktik maqsadlarga tuzatishlar kiritishga ko‘mak beradi”.
Yana bir olima N.Ibrohimova tomonidan xizmat ko‘rsatish korxonalari
faoliyati samaradorligini baholashning uslubiy jihatlari tadqiq etilgan (Ibroximova
N.A., 2021:№ 6.).
Iqtisodchi olima D.Tojiboyevaning tadqiqotlarida agrar sohada faoliyat
ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligi tahlil etilgan
(Tojiboyeva D., 2017: № 12.).
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot davomida nazariy va amaliy o‘rganish, tizimli yondashuv, guruhlash,
taqqoslama tahlil, kuzatuv, statistik tahlil, omilli tahlil qilish usullaridan samarali
foydalanilgan. Olib borilgan tadqiqotlar asosida korxonalar faoliyati samaradorligini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi, ularning tasnifi, aniqlanish va tahlil qilish
yo‘llarini takomillashtirish, auditorlik tekshiruvlari sifati va samaradorligini hamda
samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi boshqa bir guruh omillar ta’sirini
hisoblash yo‘llarini ishlab chiqish va mazkur ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha
ichki imkoniyatlarni aniqlab, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibini ishlab
chiqishga qaratilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bizningcha, korxonalari faoliyatini tahlil etish orqali ular faoliyatidagi yutuq
va kamchiliklarni aniqlashtirish, ular mulk va mablag‘laridan samarali foydalanish,
ular foydasini oshirish hamda xarajatlarini kamaytirish hamda ular faoliyatida hisobkitoblarni mustahkamlash yo‘llarini aniqlash mumkin.
Korxonalarida moliyaviy hisobot
tahlili usullari
Gorizontal Vertikal Nisbiy Taqqoslash
tahlil tahlil ko‘rsatkichlar
tahlili
1-rasm. Moliyaviy hisobot tahlili usullari1
Shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatini tahlil etishda
korxona moliyaviy holati va uning o’zgarishini baholash, korxona to’lov
qobiliyatini aniqlash, korxona moliyaviy holati o‘zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni
tahlil qilish, korxonaning moliyaviy barqarorligiga baho berish, korxona moliyaviy
holatini mustahkamash imkoniyatlarini o‘rganish, korxona moliyaviy faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni shakllantirish va boshqalar.
Auditorlik tekshiruvida korxona faoliyatining samaradorligi uning moliyaviy
1
Muallif tomonidan tayyorlangan
hisobot ma’lumotlarini quyidagi usullar yordamida tahlil etish orqali amalga
oshiriladi (1-rasm). Mazkur usullar yordamida auditor moliyaviy hisobot
shakllaridagi ko‘rsatkichlarni davrlar bo‘yicha o‘zgarishi, ko‘rsatkichlar tarkibiy
tuzilishi, o‘zaro o‘xshash yoki mos ko‘rsatkichlarni taqoslash orqali ular o‘rtasidagi
aloqa (bog‘liqlik)lar o‘rganiladi. Tahlil jarayoni turli koeffitsient va ko‘rsatkichlar
bo‘yicha hisob-kitoblar orqali amalga oshiriladi. Korxonalar faoliyat
samaradorligini baholash va ular moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarini aniqlash
auditorlik tekshiruvi uchun muhim ma’lumot manbai hisoblanadi.
2-rasm. Davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy faoliyati tahlilini
tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar2
Davlat (unitar) korxonalari moliyaviy faoliyati tahlilini tartibga
soluvchi
normativ-huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat Vazirlar Mahkamasining “Davlat
ishtirokidagi korxonalar ishtirokidagi korxonalarni
tomonidan tashqi qarzlarni jalb moliyaviy sog‘lomlashtirish
qilish tartibini takomillashtirish tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2018 yil 14 dekabrdagi 1013-son
2022 yil 9 martdagi 107-son
qarori qarori
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat Vazirlar Mahkamasining “Davlat
ishtirokidagi korxonalar ijro ulushi bo‘lgan aksiyadorlik
etuvchi organi faoliyati jamiyatlari va boshqa xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyati
samaradorligini baholash tizimini
yanada takomillashtirish chora- samaradorligini baholash
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil mezonlarini joriy etish
9 dekabrdagi 775-son qarori to‘g‘risida”gi 2015 yil 28 iyuldagi
207-son qarori va boshqalar
Auditor uchun yuqorida nomlari keltirilgan me’yoriy hujjatlarning ahamiyati
2
Muallif tomonidan tayyorlangan
shundaki, tekshirilayotgan subyekt rahbariyatining mazkur hujjatlarda talab etilgan
ko‘rsatkichlarni aniqlashga manfaatdorligini inobatga olgan holda o‘rganilayotgan
korxona faoliyatida moliyaviy sog‘lomlashtirish tadbirlariga ehtiyoj darajasini
aniqlash, davlat ulushiga ega korxonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligi
ko‘rsatkichlarini aniqlash, tizim korxonalari amaldagi biznes rejalarining moliyaviy
sog‘lomlashtirish me’yorlariga muvofiqligini baholash, moliyaviy sog‘lomlashtirish
yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va uning bajarilishini monitoring qilish, tizim
korxonalarining mukammal yo‘l xaritalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga
xo‘jalik birlashmalari hamda hokimliklarni jalb qilish, davlat ulushiga ega
korxonalarga tashqi qarz mablag‘larini jalb etish holatini baholash, tekshirilayotgan
korxonada moliyaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini korporativ boshqaruv va
bankrotlik jarayonlarida qo‘llanilishini ta’minlash imkoniyatlarini beradi. Jumladan,
ular faoliyatini tahlil etish dolzarbligi masalasi amaldagi quyidagi me’yoriy-huquqiy
hujjatlar talablarida ham keltirilgan (2-rasm).
Yuqoridagi muhim vazifalar auditorlar tomonidan tekshirilayotgan
kommunikatsiya tizimi korxonasida ham auditorlik turdosh xizmatlari sifatida
amalga oshirilishi hamda tekshirilayotgan korxona faoliyati samaradorligini
baholash maqsadlarida o‘rganilishi mumkin. Bizningcha, ushbu tahliliy jarayonda
quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanib, baholash natijalariga ko‘ra auditor fikri
shakllantiriladi (1-jadval).
1-jadval
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari
asosida faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari 3
№ Ko‘rsatkich nomi Ko‘rsatkichni aniqlash uslubiyati
I. Likvidlik ko‘rsatkichlari
1 Joriy likvidlik joriy aktivlar
darajasi –––––––––––––––––––––––
joriy majburiyatlar
2 Tez likvidlik darajasi (joriy aktivlar - tovar moddiy zaxiralar)
–––––––––––––––––––––––––––
joriy majburiyatlar
3 Kunlik kreditor (mol yеtkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi
qarzlar aylanmasi qarzdorlik*365)
sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning
tannarxi
3
Normativ-huquqiy hujjatlar asosida muallif tomonidan tayyorlangan
4 Kunlik debitor (xaridor va buyurtmachilarning qarzi*365)
qarzlar aylanmasi –––––––––––––––––––––––––––
(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof
tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)
II. To‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari
1 Qarz jami majburiyatlar*
(majburiyatlar)ning –––––––––––––––––––
kapitalga nisbati jami o‘z mablag‘lari
2 Qarz jami majburiyatlar*
(majburiyatlar)ning –––––––––––––––––––
aktivlarga nisbati jami aktivlar
3 Majburiyatlarning jami majburiyatlar
EBITDAga nisbati ––––––––––––––––––––––––––
(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar
shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi
o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya
summasi o‘zgarishi)
4 EBITDAning qarz (sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar
to‘lovlariga nisbati shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi
o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya
summasi o‘zgarishi)
––––––––––––––––––––––––––
(foizlar shaklidagi qarz xarajatlar + qarzning
asosiy to‘lovi)
5 Foiz xarajatlarining (sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi
qoplanishi xarajatlar)
–––––––––––––––––––––––––––
foizlar shaklidagi xarajatlar
III.Daromadlik ko‘rsatkichlari
1 Sof foyda marjasi % sof foyda (zarar)
––––––––––––––––––––––––––––––––––––
(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof
tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)
2 Operatsion foyda (sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi
marjasi % xarajatlar)
–––––––––––––––––––––––––––––––––––
(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof
tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)
3 Aylanma (sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi
mablag‘larning xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi +
rentabelligi % nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)
–––––––––––––––––––––––––––––––––––
(joriy aktivlar — joriy majburiyatlar)
4 Aktivlarning sof foyda (zarar)
–––––––––––––––––––
rentabelligi %
jami aktivlar
5 Kapitalning sof foyda (zarar)
––––––––––––––––––––
rentabelligi %
jami o‘z mablag‘lari
6 Xarajatlarning (mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof
qoplanishi tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)
–––––––––––––––––––––––––––––––
(sotilgan mahsulot(tovar, ish va xizmat)larning
tannarxi + boshqa operatsion xarajatlar)
IV. Tashqi qarzga bog‘liq ko‘rsatkichlari
1 Tashqi qarzning jami tashqi qarz*
––––––––––––––––––––
majburiyatlarga
nisbati jami majburiyatlar*
2 Xorijiy valyutadagi xorijiy valyutadagi tashqi qarz
tashqi qarzning jami ––––––––––––––––––––––––––––––
qarzga nisbati jami qarz
V.Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (SMK)
1 Sof tushum Tovarlarni, xizmatlarni yoki ishlarni sotishdan
olingan daromadlar.
prognozining
bajarilishi (ming (2-sonli balans shakli bo'yicha sof sotishdan tushgan
so'm) tushum - 010-satr)
Kompaniyaning joriy davr uchun biznes-rejasining
tasdiqlangan ko'rsatkichlari
2 Sof foyda (zarar) Soliqdan oldingi foyda - Soliqlar
prognozining (Balansdagi sof foyda (zarar). shakl raqami 2, qator -
bajarilishi ( ming 270)
so‘m ) Kompaniyaning joriy davr uchun biznes-rejasining
tasdiqlangan ko'rsatkichlari
3 Aktivlar rentabelligi Krr \ u003d Pudn / Asr , bu erda:
(%) Pudn - daromad solig'i oldidan foyda - (5-ustun,
240-satr yoki zarar - «Moliyaviy natijalar to'g'risida
hisobot» No2 shaklning 6-ustunidagi 240-satrda
minus belgisi bilan);
Asr - aktivlar qiymatining o'rtacha arifmetik
qiymati, quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
Asr \u003d (A1 + A2) / 2, bu erda:
A1 - aktivlarning davr boshidagi qiymati («
Buxgalteriya balansi « 1-shaklning 400-qatorining 3-
ustunida);
A2 - davr oxiridagi aktivlarning qiymati
(«Buxgalteriya balansi» 1-shaklning 400-qatorining
4-ustunida)
4 Mahsulot tannarxini s
pasaytirish p 3 x bu erda, 3 - 1 so'm tovar
(belgilangan = 1T00, mahsulotining tannarxi, Sp - tovar
topshiriqdan foizda) P mahsulotining umumiy tannarxi
yig'indisi,
TP - joriy narxlarda sotiladigan mahsulotlar
miqdori, (2-sonli balans shakli bo'yicha mahsulot
(ishlar va xizmatlar) tannarxi, 020-satr)
5 Imkoniyatlardan K ularni = Q fakt . / (( Q dizayn . — ( Q ijarasi . + Q
foydalanish darajasi konservalangan . )), bu еrda:
Q fakt . - hisobot davridagi mahsulotning
(xizmatlarning) qiyosiy qiymatdagi haqiqiy hajmi;
Q dizayn _ - asosiy texnologik asbob-uskunalardan
to'liq foydalanish va belgilangan ish rejimiga rioya
qilish bilan erishilishi mumkin bo'lgan qiyosiy
qiymat ko'rinishida belgilangan vaqt oralig'ida
mahsulot (xizmatlar ko'rsatish)ning maksimal hajmi ;
Q ijarasi _ - ijaraga olingan quvvatlarga tegishli
ishlab chiqarish hajmi (taqqoslash mumkin);
Q konservalangan . - ishlab chiqarish hajmlari
(taqqoslash mumkin) mothball quvvatlariga tegishli
6 Qoplash K pl \u003d A 2 / (P 2 - D O ), bu erda:
koeffitsiyenti (to'lov A 2 - aylanma mablag'lar (inventarizatsiya, tayyor
qobiliyati) mahsulot, pul mablag'lari, debitorlik qarzlari va
boshqalar), aktivlar qoldig'ining II bo'limi, 390-satr;
P 2 - passivlar, balansning passiv qismining II
bo'limi, 770-satr;
D O - uzoq muddatli majburiyatlar (buxgalteriya
balansining 490-qatori)
7 Moliyaviy Kss = P1 / ( P2 - TO ), bu erda:
mustaqillik P1 - o'z mablag'lari manbalari (ustav kapitali, zaxira
koeffitsienti kapitali, qo'shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va
boshqalar), balansning passiv qismining I bo'limining
natijasi, 480-satr;
P2 - passiv, balansning passiv qismining II bo'limi,
770-satr;
TO - uzoq muddatli majburiyatlar (buxgalteriya
balansining 490-qatori)
8 Dividendlarni Biznes-rejada ko'rsatilgan rejani amalga oshirish
hisoblash (ming
so'mda )
9 Eksport Eksport parametrlarining haqiqiy pul ko'rsatkichining
parametrlarining bashorat qilingan e'lon qilingan qiymatga nisbati
bajarilishi
ko‘rsatkichi
(belgilangan
topshiriqdan foizda)
10 Mahalliylashtirish Joriy davrda tarmoq va (yoki) hududiy
indikatorining mahalliylashtirish dasturlarida aniqlangan
tugallanishi (%) loyihalarning amalda amalga oshirilishi foizi.
Shuningdek, tovarlar importi darajasi
mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar bilan bir xil
11 Investitsiya Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli (prognoz)
dasturlarini amalga koʻrsatkich, investitsiya dasturi doirasida amalda
oshirish (%) oʻzlashtirilgan mablagʻlar foiz vakilligi
12 Chet el valyutasining Import va eksport nisbati. Import qilingan tovarlar
mustaqillik uchun to'lovlar tovar eksporti bilan qoplanishi
koeffitsienti darajasi. Agar qiymat 1 dan kichik bo'lsa, u ijobiy, 1
dan katta bo'lsa, u salbiy hisoblanadi
13 Aksiyadorlarning (davr oxiridagi aksiyaning narxi - davr boshidagi
investitsiyalari aksiyaning narxi + davr davomida to'langan
rentabelligi (TSR - dividendlar)/(aksiyaning davr boshidagi narxi)
Jami aksiyadorlar
qaytish)
Ta’kidlash joizki, tekshirilayotgan subyekt moliyaviy hisobotining
ko‘rsatkichlariga asoslangan yuqoridagi tahlil natijalari auditor fikrini
shakllantirishda ham foydalaniladi. Jumladan, davlat ulushiga ega korxonalar
tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2022-yil 9-martdagi 107-son qaroriga muvofiq, davlat unitar
korxonalarining yil yakunlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvi xalqaro auditorlik
tarmoqlariga va xalqaro uyushmalarga a’zo auditorlik tashkilotlari tomonidan
amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, mazkur qarorda davlat unitar
korxonalari tashqi qarzlarni jalb qilishda ishchi organga hisobot yili yakunlari
bo‘yicha auditorlik xulosasining nusxasini taqdim etishlari lozimligi, o‘z navbatida
ishchi organ davlat ishtirokidagi korxonaning oxirgi yillik moliyaviy hisoboti
bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud emasligi yoki salbiy xulosa mavjudligi
hollarida davlat unitar korxonalariga tashqi qarzlar jalb qilinishiga ruxsat etilmasligi
mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi bo‘lgan
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati
samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 2015-yil 28- iyuldagi
207-son qarorida esa samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi (SMK) va
samaradorlikning yig‘indi ko‘rsatkich(SYK)larini aniqlash jarayoni auditorlik
tashkilotlarining turdosh xizmatlarini ko‘rsatish yoki auditorlik shartnomasiga
alohida xizmat turi sifatida kiritish orqali aniqlanishi belgilangan. Auditorlik
tekshiruvlari jarayonida moliyaviy hisobot ma’lumotlariga tayangan holda
yuqoridagi tahliliy ko‘rsatkichlar asosida amalda faoliyat ko‘rsatmayotgan,
rentabellik darajasi past va zararli natija bilan ishlayotgan korxonalarni aniqlash,
ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda faoliyat samaradorligini oshirish
imkoniyatlarini aniqlash mumkin bo‘ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Korxonalar faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlari yoki ularga oid
axborotlarga haqiqiy va bo‘lg‘usi investorlar, menejerlar, xizmatchilar,
raqobatchilar, kreditorlar, xaridor va buyurtmachilar, mol yеtkazib beruvchilar,
vazirliklar va idoralar, keng jamoatchilik foydalanib, ularni korxonaning xo‘jalik
faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari, boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlari, ish
aktivligi ko‘rsatkichlari va likvidlik hamda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari
qiziqtiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi sarflangan
resurslar va erishilgan natija o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu esa moddiy,
mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, xarajatlarni kamaytirish
hamda foyda hajmini oshirish imkonini beradi. Korxonalar faoliyatining samarasi
har bir jarayonning bosqichma-bosqich to‘g‘ri tashkil qilinishiga bog‘liq bo‘lib,
bunda xo‘jalik jarayonlarining har bir ishtirokchisi o‘z faoliyati yo‘nalishi xususida
to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi va undan olinadigan samarani ta’minlay olishi
umumiy xo‘jalik faoliyati natijasining samaradorligiga olib keladi.
Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi xodimlar, bo‘limlar va butun
korxonadagi ishchanlik faolligini nazorat qilish sharoitini yaratadi. Boshqacha
aytganda, bu tizim yutuqlar darajasi va unga erishish uchun qilingan xarajatlar
darajasini o‘zida aks ettiruvchi faoliyat natijadorligining muhim ko‘rsatkichidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yil 28-iyuldagi 207-
sonli qaroriga muvofiq samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini amaliyotga joriy
etilishida korxonalarning zarar bilan ishlash faoliyatini, korxonalarda ish
samaradorligini yomonlashishini, ortiqcha xarajatlarga, asossiz rag‘batlantirishlarga,
resurslardan maqsadsiz foydalanishga, tashkilotlar faoliyatidagi noshaffoflikka,
moliyaviy manbalardan maqsadsiz foydalanishga cheklov qo‘yadi.
Fikrimizcha, korxonalar faoliyatini tahlil etish orqali ular faoliyatidagi yutuq va
kamchiliklarni aniqlashtirish, ular mulk va mablag‘laridan samarali foydalanish,
ular foydasini oshirish hamda xarajatlarini kamaytirish hamda ular faoliyatida hisobkitoblarni mustahkamlash yo‘llarini aniqlash mumkin. Shuningdek xo‘jalik
yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatini tahlil etishda korxona moliyaviy holati va
uning o’zgarishini baholash, korxona to’lov qobiliyatini aniqlash, korxona
moliyaviy holati o‘zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni tahlil qilish, korxonaning
moliyaviy barqarorligiga baho berish, korxona moliyaviy holatini mustahkamlash
imkoniyatlarini o‘rganish, korxona moliyaviy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
taklif va tavsiyalarni shakllantirish kabi amallar bajariladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2019-yil 25-fevraldagi PQ-4210-son Qarori. – https://lex.uz/docs/-4215422.
2. Abdujabborova M. Korxonalarning xo‘jalik faoliyati samaradorligi tahlili //
International journal of finance and digitalization. – 2023. – Vol. 2. – Issue 03.
3. Ibroximova N.A. Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati samaradorligini
baholashga uslubiy yondashuv // Iqtisod va moliya jurnali. – 2021. – № 6.
4. Коробов М.Я. Финансово-экономический анализ деятельности
предприятий: Учебник. – КОО: Издательство «Знание», 2000. – 378 с.
5. Mamatov Sh. Samaradorlikni baholash: qadimgi va zamonaviy mezonlar. –
https://uzse.uz/boards/271.
6. Tojiboyeva D. Fermer xo‘jaliklari samaradorligining ilmiy-nazariy asoslari //
Iqtisod va moliya jurnali. – 2017. – № 12. – https://itm.uz.
7. https://kpi.davaktiv.uz/site (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining KPI
va samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlari).
8. https://uz.wikipedia.org (Ishlab chiqarish samaradorligi va tegishli
tushunchalar bo‘yicha ma’lumotlar).
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2019-yil 25-fevraldagi PQ-4210-son Qarori. – https://lex.uz/docs/-4215422. (In
Uzbek)
2. Abdujabborova M. Korxonalarning xo‘jalik faoliyati samaradorligi tahlili //
International journal of finance and digitalization. – 2023. – Vol. 2. – Issue 03. (In
Uzbek)
3. Ibroximova N.A. Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati samaradorligini
baholashga uslubiy yondashuv // Iqtisod va moliya jurnali. – 2021. – № 6. (In
Uzbek)
4. Korobov M.Ya. Finansovo-ekonomicheskiy analiz deyatelnosti predpriyatiy:
Uchebnik. – KOO: Izdatelstvo «Znaniye», 2000. – 378 s (In Russian)
5. Mamatov Sh. Samaradorlikni baholash: qadimgi va zamonaviy mezonlar. –
https://uzse.uz/boards/271. (In Uzbek)
6. Tojiboyeva D. Fermer xo‘jaliklari samaradorligining ilmiy-nazariy asoslari //
Iqtisod va moliya jurnali. – 2017. – № 12. – https://itm.uz. (In Uzbek)
7. https://kpi.davaktiv.uz/site (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining KPI
va samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlari). (In Uzbek)
8. https://uz.wikipedia.org (Ishlab chiqarish samaradorligi va tegishli
tushunchalar bo‘yicha ma’lumotlar). (In Uzbek)