XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH VA BOZOR
MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
ПУТИ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ
РЫНОЧНЫХ МЕХАНИЗМОВ
WAYS TO DEVELOP THE SERVICE SECTOR AND IMPROVE MARKET
MECHANISMS
Mardonov Baxodir Baxronovich
Orient universiteti Samarqand kampusi
“Biznes va boshqaruv” kafedrasi
v.v.b. Professori, i.f.d.
Tel.: +998 88 287-55-35
E -mail: boxodir82@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda
bozor mexanizmlarining ta’siri bayon qilingan. Xizmat ko‘rsatish sohasini
rivojlantirishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha fikr va
mulohazalar tahlil qilingan. Shuningdek, muallif tomonidan xizmat ko‘rsatish
sohasini rivojlantirishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar
berilgan. Tadqiqot ishida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning bozor
mexanizmlarini takomillashtirish muammolarini metodolik o‘rganish, sohaning
iqtisodiy elementlarini tasniflash bo‘yicha dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va
solishtirma tahlil, statistik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
Kalit so‘zlar: xizmat ko‘rsatish sohasi, mehnat resurslari, bandlik, raqobat,
narx, talab, taklif, bozor, investitsiya, boshqaruv usullari, iqtisodiy usullar,
boshqaruv vazifalari, ijro mexanizmlari.
Annotation. This article describes the influence of market mechanisms on the
development of the service sector. Opinions and comments on improving market
mechanisms for the development of the service sector were also discussed. Most
importantly, the author made proposals for improving market mechanisms for the
development of the service sector. The study examined the mechanisms of market
development, the mechanisms of improving the methodology, the classification of
economic elements in a dialectical and teaser manner, comparative and solistirma
analysis, statistics, and method analysis.
Key words: service sector, labor resources, employment, competition, price,
demand, supply, market, investment, management methods, economic methods.
Аннотация. В данной статье описано влияние рыночных механизмов на
развитие сферы услуг. Также были обсуждены мнения и коментарии по
поводу совершенствовния рыночных механизмов развития сферы услуг. Самое
главное, автор внес предложения по совершенствованию рыночных
механизмов развития сферы услуг. В ходе исследования были изучены
механизмы развития рынка, механизмы совершенствования методики,
классификация элементов экономики диалектическим и тизерным образом,
сравнительный и солиштирмовый анализ, статистика, анализ методов.
Ключевые слова: сфера услуг, трудовые ресурсы, занятость,
конкуренция, цена, спрос, предложение, рынок, инвестиции, методы
управления, экономические методы.
KIRISH
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida xizmat ko‘rsatish sohasi jahon
iqtisodiyotining muhim va tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan soha sifatida o‘zining
salmoqli o‘rniga ega. Jahonning rivojlangan G‘arb mamlakatlarida xizmat ko‘rsatish
sohasi milliy iqtisodiyotning ustun rivojlangan, birinchi darajali sektoriga aylandi.
Uning YaIM hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini
ta’minlash, ularning daromadlarini va bo‘sh vaqtlarini ko‘paytirish va boshqa
muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishdagi roli tobora ortib bormoqda. AQSh
yalpi ichki maxsulotining 70 foizi, Fransiyaning 71 foizi, Germaniyaning esa 62,5
foizi xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ushbu
mamlakatlarda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining 70 foizidan ortig‘i xizmat
ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonni rivojlantirish konsepsiyasida 2030 yilga borib, xizmat ko‘rsatish
sohasidagi band aholi soni iqtisodiyotda band aholi sonining 58,7 foizni tashkil
etish vazifasi qo‘yilgan4. Bunday keng ko‘lamli ulkan vazifalarni bajarish xizmat
ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning bozor mexanizmlarini takomillashtirishni
taqozo etadi. Iqtisodiyoti jadal taraqqiy etgan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish
sohasini rivojlantirishda, tarmoqlarni boshqarishda ularning faoliyatini tashkil
etishda nafaqat iqtisodiy mexanizmlarning elementlarini takomillashtirish, balki
sohada bozor mexanizmlarini joriy etish masalasiga ham alohida e’tibor
qaratishadi. Masalan, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa
G‘arb davlatlari milliy iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini rivojlantirishning bozor
mexanizmlarini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish asosida barqaror
iqtisodiy taraqqiyotga erishgan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib O‘zbekistonda
ham xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning bozor mexanizmlarini
takomillashtirish masalasi dolzarb hisoblanadi.
4 O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi rasmiy sayti:
Uzbekistan2035. Uz.//uz
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
“Xizmat ko‘rsatish sohasining nazariy asoslarini, uni rivojlantirishning amaliy
muammolari va tendensiyalarini tadqiq etgan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish
sohasini resurslar bilan ta’minlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqqan” ( Василенко Н.В., 2022: 439). “XXI asr
boshidagi AQSh rivojlanish tendensiyasi va bozor modelining xususiyatlari tahlil
qilingan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlanish yo‘llari, boshqarish
mexanizmlari, iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar tahlili, davlatning
iqtisodiyotdagi ishtiroki to‘g‘risida konseptual yondashuvlar bayon qilingan”
(Супян В.Б., Бабич С.Н., Давыдов А.Ю., Зименко Р.И., 2022:560.). “Xizmat
ko‘rsatish sohasida marketingning asosiy fuksiyalari, xizmatlar narxining
shakllanish mexanizmlari, xizmatlar bozorining holati va unda marketing
tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning
standartlarini aniqlagan” (Новикова М.А., 2021: 192).
Tadqiqotchilar tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasida bozor mexanizmlarini
takomillashtirish bo‘yicha ayrim usullar taklif qilingan. Masalan, xizmat ko‘rsatish
sohasida bozor mexanizmini takomillashtirish uchun davlat xizmat ko‘rsatish
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash (Макарова
С.Н., 2021:40), iste’molchilarni esa rag‘batlantirish orqali sohada barqaror bozor
mexanizmini ta’minlash usuli taklif etilgan. Ushbu masalaga noan’anaviy tarzda
yondashib, quyidagi tavsiyani bergan: “sohada bozor mexanizmini takomillashtirish
uchun monopoliyaga qarshi qonun ishlab chiqish zarur” (Пороховский А. А., 2020:
24-38). N.K.Raximov ham С.Н. Макарова singari xizmat ko‘rsatish sohasi davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanish zarur, deb hisoblaydi (Raximov N.K., 2022:21).
Bizning nazarimizda, bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning
bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha umum e’tirof etilgan yagona usuli
yo‘q.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning bozor mexanizmlarini
takomillashtirish muammolarini metodolik o‘rganish, sohaning iqtisodiy
elementlarini tasniflash bo‘yicha dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va
solishtirma tahlil, statistik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekistonda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan samarali makroqtisodiy
siyosat natijasida aholini ish bilan ta’minlashda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.
Hududlardagi bandlik darajasining o‘sishi shundan dalolat beradi. Fikrimizning
dalili sifatida hududlar bo‘yicha bandlik darajasining dinamikasini keltirmoqchimiz
(1-jadval). Ba’zi hududlar jumladan, Toshkent, Andijon viloyatlari respublika
ko‘rsatkichidan 2-3 punktga, Toshkent shahari esa 14,1 punktga yuqori. Lekin
ularda yalpi hududiy maxsulotlarni ishlab chiqarish hajmi kam. Masalan, 2024 yilda
Toshkent viloyatida aholining bandlik darajasi 72,8 foizni tashkil etib turgan bir
vaqtda, yalpi hududiy maxsulotning hajmi YaIM tarkibida 12,5 foizni tashkil
etayapti (O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi., 2024:23). Bizning
nazarimizda, Toshkent viloyati mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangani yo‘q.
Chunki Samarqand viloyatida aholining bandlik darajasi respublika ko‘rsatkichidan
4,5 punktga kam bo‘lishiga qaramasdan yalpi hududiy maxsulotning hajmi
mamlakat YaIMning 9,5 foizini tashkil etadi (O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va
turmush darajasi., 2024:23). Xuddi shunday ma’lumotlarni respublikamizning
qolgan hududlarida ham ko‘rish mumkin.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash
masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy tadqiqot
ishlarida bu borada e’tiborga molik fikrlar bildirilgan. Ba’zi tadqiqot ishlarida
bandlik darajasi 70 foizni tashkil etishini ma’qullashgan. Tahlillar shuni aniqladiki,
hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi imkoniyatlaridan hali to‘liq foydalanganicha
yo‘q. Xizmat ko‘rsatish sohasining xususiyatlari, jamiyatdagi o‘zgarishlarga tezda
moslashuvchanligi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda qulayliklari, yangi ish
o‘rinlarni yaratishdagi keng imkoniyati va shu kabi boshqa jihatlari kishilarni ushbu
sohada band etish va daromad topish imkonini beradi. Birlashgan millatlar
tashkilotining 2030 yilga mo‘ljallagan taraqqiyot dasturida xizmat ko‘rsatish sohasi
qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va kambag‘allikni barham berishda muhim
ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, xizmat
ko‘rsatish sohasining 1 foizga o‘sishi kambag‘allik darajasini 1,5 foizga
kamaytiradi.
1-jadval
2021-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi hududlarida mehnatga layoqatli
aholining bandlik darajasi5
№ Yillar 2024-yilning
№ 2021 2022 2023 2024 2021-yilga
Hududlar nomi Foiz Foiz Foiz Foiz nisbatan
o‘zgarishi, (+;-)
1. Qoraqalpog‘iston 60,9 61,6 62,9 63,2 +2,3
respublikasi
2. Viloyatlar: 68,2 69,5 70,6 71,2 +3,0
Andijon
5 O‘zbekistonda mehnat va bandlik. Toshkent., 2025. – B.60-75.
3. Buxoro 67,3 67,2 68,7 68,8 +1,5
+0,2
4. Jizzax 67,5 66,2 66,3 67,7 +0,6
+1,9
5. Qashqadaryo 62,2 61,9 61,9 62,8 +0,7
+1,5
6. Navoiy 68,3 67,7 69,8 70,2 -0,2
-0,1
7. Namangan 65,5 64,8 65,9 66,2 +2,5
+2,7
8. Samarqand 63,7 64,7 65,0 65,2 +3,5
+0,5
9. Surxondaryo 64,5 64,2 63,8 64,3 +2,8
10. Sirdaryo 64,6 64,0 63,8 64,5
11. Toshkent 70,3 71,0 72,2 72,8
12. Farg‘ona 66,2 67,1 68,4 68,9
13. Xorazm 64,0 64,7 66,9 67,5
14. Toshkent shahri 83,3 82,5 82,3 83,8
15. O‘zbekiston 66,9 67,2 67,9 69,7
Respublikasi
Hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulkan imkoniyatlardan foydalanish
darajasi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Prezident Sh.Mirziyoev
viloyatlardagi har tashriflarida hududlarning iqtisodiy, mehnat va tabiiy
salohiyatdan yaxshi foydalanilmayotganligini, istiqboldagi taraqqiyotini aniqlashga
yetarli e’tibor berilmayotganligini ta’kidlaydilar.
Hududlarda mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash, jumladan, qishloq
aholisi turmush darajasi va sifatini oshirishdek dolzarb muammo mavjud.
O‘zbekistonda jami aholining qariyb 50,0 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi6.
Ma’lumotlarga qaraganda jahondagi jami qashshoq aholining 70 foizi ham aynan
qishloq joylarda yashovchi aholidir7. O‘zbekistonda ham kambag‘al oilalar sonining
aksariyati bizning taxminiy hisobimiz bo‘yicha 60 foizdan ortig‘i qishloq joylariga
to‘g‘ri keladi. Ushbu dolzarb muammoning yechimi iqtisodiyotning asosiy sohasi va
hozirda mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning “drayveri”ga aylangan
xizmat ko‘rsatish sohasi hal etishi mumkin. Demak, hududlarda xizmat ko‘rsatish
sohasini rivojlantirish uchun bozor mexanizmlarni tashkomillashtirishni taqozo
etadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasining yaxshi rivojlanmagan tarmoqlari hali juda ko‘p,
ularning hisobidan sohani rivojlantirish imkoniyatlari benihoya keng. Nazarimizda,
xizmat ko‘rsatish sohasini respublikada boshqa hududlarida jadal rivojlantirish
hisobidan sohani YaIM ulushini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish lozim.
Xizmat ko‘rsatish sohasi aholi bandligini ta’minlashning yangi shakllarini tashkil
etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
6 O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi. Statistik to‘plam. Toshkent: 2024 : 36.
7 https://www.eurekalert.org/pub_releases/2019-03/ifpr-2gf032219.php (murojaat qilingan sana: 20.11. 2024-yil).
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari va band aholi soni
dinamikasi8
Ko‘rsatkichlar Yillar 2024
2020 2021 2022 2023 2024 yilning
2020 yilga
nisbatan
o‘sishi, %
Doimiy aholi soni, 34558,9 34558,9 35271,3 36024,9 37543,2 108,6
ming kishi
Mehnat resurslari 19158,2 19158,2 19393,2 19568,1 20085,2 104,8
soni, ming kishi
Ish bilan bandlar 13239,3 13239,3 13706,2 13989,5 14261,9 107,7
soni, ming kishi
Mustaqil tarzda 1012,1 1012,1 1235,4 1324,6 1365,8 134.9
ish
qidirayotganlar
soni, ming kishi
Ishsizlik darajasi, 10,5 9,6 8,9 6,8 5,5 x
foizda
Respublikamizda doimiy aholi soni muntazam oshib borishi kuzatilmoqda,
ya’ni 2024 yilda doimiy aholi 37543,2 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, ushbu
ko‘rsatkichning 2020 yilga nisbatan o‘sishi 108,6 foizga yetgan. Respublikamizda
ish bilan bandlar soni 2024 yil 2020 yilga nisbatan 107,7 foizga ko‘paygan. 2024
yilda ishsizlik darajasi 5,5 foizni tashkil etdi (2-jadval).
Iqtisodiyot tarmoqlarida bo‘layotgan tarkibiy o‘zgarishlar aholi bandligi
ta’minlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi tarmoqlarda jumladan bank va moliya,
tashish va saqlash, savdo tarmoqlarida band aholi qisqarib, ta’lim, sog‘liqni saqlash,
turizm kabi tarmoqlarida band aholi soni ortib borayapti (O‘zbekistonda mehnat va
bandlik. Statistik to‘plam. T.:-2024: 40.). Ma’lumki, xizmat ko‘rsatish sohasining
ba’zi tarmoqlari mavsumiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli aholini doimiy ish
bilan ta’minlash imkonini bermaydi. Shuning uchun aholini ish bilan ta’minlashning
yangicha, ya’ni “kunlik ish bilan ta’minlash” shaklini joriy etish lozim. Xorij
8 Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Тошкент, 2025. Б.60-65.
mamlakatlari tajribasi ushbu masalada ijobiy natijalarga erishgan. Masalan, Janubiy
Koreyaning “Arbayt Samushil” (Kunlik ish beruvchi markaz), AQShda maxsus
vebsaytlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha
“Indeed”, soatbay ishlar bo‘yicha “Snagajob”, mahalliy ish joylari uchun
“Craigslist”, mavsumiy ishlar bo‘yicha “CoolWorks”, masofaviy ishlar uchun
“FlexJobs”, talabalar ish topish uchun “CollegeGrad” kabi veb saytlar joriy
qilingan. Germaniyada aholiga kunlik ish bilan ta’minlash xizmatlarini tashkil etish
uchun bandlik agentliklari tashkil etilgan (Agentur für arbeit). O‘zbekistonda ish
beruvchilardan va ishsizlardan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlarda aholini ish bilan
ta’minlashning noan’anaviy ko‘rinishlarini jumladan, bir martalik ish, soatbay ish va
kunlik ish bilan ta’minlash maqsadga muvofiq ekanligini bildirishgan. Bizlar hozirgi
kunga qadar xizmat ko‘rsatish sohasining milliy iqtisodiyotdagi atigi sanoqli
muammolarni bartaraf etish yo‘llarini tahlil qildik. Vaholanki, xizmat ko‘rsatish
sohasining jamiyat taraqqiyoti uchun imkoniyatlari katta. Ushbu imkoniyatlarni
ro‘yobga chiqishi sohada bozor mexanizmlariga bog‘liq. Xizmat ko‘rsatish sohasida
bozor mexanizmlarini takomillashtirish murakkab vazifa. Shu sababli olimlar,
tadqiqotchilar, soha mutaxassislari bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha
yagona to‘xtamga kelgani yo‘q. Ular o‘zi xos uslubda bozor mexanizmlarini
takomillashtirish mumkin, degan xulosaga kelishgan. Shularning ba’zilarini tahlil
qilamiz.
Davlat
Xizmat ko’rsatuvchilar Xizmat Iste’molchilar
ko’rsatish Talab: subsidiya, kredit
кўрсатувчилар
sohasi
Taklif: investitsiya, soliq
imtiyozlar, kredit,
hamkorlik
1-rasm. Xizmat ko‘rsatish sohasi barqaror rivojlanishining bozor
mexanizmi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan iqtisodchi olimlar tomonidan taklif etgan bozor
mexanizmlarining o‘ziga xos jihati shundaki, ular sohada davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini qo‘llab-quvvatlagan. Masalan, S.N.Makarova sohada bozor
mexanizmlarini joriy etish uchun quyidagi ikkita yondashuvdan foydalangan:
Birinchisi, davlat xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy
sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, iste’molchilarni esa rag‘batlantirish orqali sohada
barqaror bozor mexanizmini ta’minlash usuli (1-rasm).
Ikkinchisi, iste’molchilar xaridini qo‘llab-quvvatlash usuli.
S.N.Makarova xizmat ko‘rsatish sohasida bozor mexanizmini takomillashtirish
uchun asosiy e’tiborni talab va taklif elementlariga qaratadi. Shuningdek, u
davlatning aholini xizmatlarga bo‘lgan talabini shakllantirishda muhim rol
o‘ynashini e’tirof etadi hamda aholi xaridini oshirishda ish haqining o‘zi yetarli
emasligini ko‘rsatadi. U iste’molchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish
(kredit, subsidiya va boshqalar) orqali xizmatlardan yanada keng foydalanishga
erishish mumkinligini asoslab beradi. A.A.Poroxovskiy esa ushbu masalaga
noan’anaviy tarzda yondashgan. U barqaror bozor mexanizmini ta’minlashda bironbir moliyaviy elementlardan (kredit, subsidiya, investitsiya, soliq imtiyozlari,
byudjet va boshqalar) foydalanmagan. Shu nuqtai nazardan qaralganda uning
yondashuvi S.N.Makarovanikidan farq qiladi. N.K.Raximov davlat sohaning
rivojlanishi uchun moliyaviy investitsiyalarni kiritish, fiskal siyosatni yuritish
shuningdek, axborot va maslahat markazlarini tashkil etish, malakali kadrlarni
tayyorlash orqali ko‘maklashish lozimligini tushuntirib bergan. Agarda
tadqiqotchining ushbu konsepsiyasini chizmada shakllantirsak quyidagi ko‘rinishga
ega bo‘ladi (2-rasm).
Moliyaviy Fiskal Infrastruktura Axborot va Kadrlar
investitsiyalar siyosat maslahat
Talab Taklif Raqobat Narx
Xizmat ko‘rsatish sohasi
2-rasm. Xizmat ko‘rsatish sohasini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi.
N.K.Raximovning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning bozor
mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha bildirgan taklifini amalda tatbiq etsak
ijobiy natijaga erishish mumkin. Chunki, xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji ko‘p
jihatdan moliyaviy mablag‘larga hamda malakali kadrlarga bog‘liq. Shuningdek,
xizmat ko‘rsatish sohasi ma’lum shart-sharoitlar ta’siri ostida ham rivojlanadi.
Masalan, sog‘liqni saqlash tarmog‘i aholiga sifatli tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish
uchun zamonaviy texnologiyalarga, inshootlarga ega bo‘lishi lozim va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot bo‘lganligi bilan davlatning moliyaviy
yordamiga muxtoj. Aholining yalpi talabini davlatning ishtirokisiz shakllantirib
bo‘lmaydi. Yalpi talab albatta boshqarilishi va tartibga solib turilishi lozim. Bu
xususda ko‘pgina olimlar o‘z qarashlarini bayon qilishgan. Masalan, V.V.Papov “...
jahon tajribasi, muayyan darajada davlat aralashuviga asoslangan bozor
mexanizmlariga ega o‘zini o‘zi boshqarish iqtisodiyoti yuqori samaradorli
ekanligini ko‘rsatmoqda”, deb ta’kidlagan. Shuningdek u yana o‘z qarashlarini
boyitib, quyidagi fikrni ham bildirgan: “... o‘z ixtiyoriga qo‘yilgan bozor, ham
iqtisodiy tizimning, ham butun davlatning poydevoriga putur yetkazishga qodir
juda ko‘plab oldindan aytib bo‘lmaydigan muammolarni keltirib chiqardi. Chunki
bozor barqaror infratuzilmani yaratish va qo‘llab-quvvatlashga qodir emas” (Попов
В.В., 2014: 136-159.).
Tadqiqotchilar va olimlarning aksariyatlari davlatning iqtisodiyotga
aralishishi orqali bozor mexanizmini barqarorligini ta’minlashga erishish mumkin,
degan xulosaga kelishgan. Jumladan, Ye.Glazova Ye.,M. Stepanovalar ham davlat
tomonidan narxlarni tartibga solishdagi iqtisodiy usullarini ko‘rsatib, bozor
mexanizmining barqarorligini ta’minlashda davlat ishtirokining zarurligini e’tirof
etgan tadqiqotchilarning qarashlarini qo‘llab-quvvatlaganlar (Глазова Е.,
Степанова М., 2011: 40-50).
Xizmat ko‘rsatish sohasida bozor mexanizmlarini takomillashtirishning
quyidagi usulini taklif etamiz (3-rasm):
Davlat
Raqobat Ijtimoiy fondlar (halqaro Narx
miqyosidagi tashkilotlar)
Xizmat ko‘rsatish sohasi
Talab Taklif
3-rasm. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning bozor
mexanizmlarini takomillashtirish9.
9 Muallif ishlanmasi.
Biz taklif etayotgan usulning mohiyati shundan iboratki, xizmat ko‘rsatish
sohasida bozor mexanizmlari davlat hamda ijtimoiy fondlar (halqaro
tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘magi) yordamida takomillashtiriladi. Bozor
iqtisodiyotida sodir bo‘ladigan quyidagi o‘zgarishlar xizmat ko‘rsatish sohasi
faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga muammo keltiradi: stixiyali raqobat,
inflyatsiya, ishsizlik va shu kabilar. Ushbu muammolarni oldini olish, bozor
mexanizmining to‘g‘ri yo‘nalishini ta’minlash, ongli faoliyatni talab etadiki, uni o‘z
holiga qo‘yib, befarq bo‘lish inson tabiatiga to‘g‘ri kelmaydi. Davlat va ijtimoiy
tashkilotlar yordamida bozor mexanizmlarini tartibga solinishi sohaning taraqqiyot
darajasini tezlashtiradi. Iqtisodiyoti jadal rivojlangan mamlakatlar bu sohada katta
ishlarni amalga oshirganlar. Ayniqsa, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Angliya kabi
yirik mamlakatlar va Gollandiya, Daniya, Shvesiya, Janubiy Koreya
mamlakatlarining bozor mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi boy tajribalari
tahsinga sazovor. Zamonaviy xizmat ko‘rsatish turlari, innovatsion texnologiyalarga
asoslangan ishlab chiqarish, daromadlarni qayta taqsimlashning eng ma’qul
usullarini qo‘llash va boshqa iqtisodiy jarayonlarda davlatning roli juda yuqori
bo‘lgan. Ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanish borasida erishgan
muvaffaqiyatlari ibrat namunalariga aylanib bormoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishida bozor elementlarining ta’siri katta.
Masalan, raqobat - sohani rivojlanishiga, jumladan, sohaning faoliyat turlarini
ko‘paytirishga, xizmatlar sifatini oshirishga, xizmatlar narxini barqarorlashtirishga,
umuman olganda, xizmatlar bozori muvozanatini ta’minlashga ta’sir qiladi. Agarda
raqobat elementi o‘z funksiyasini bajarmasa, unda soha bozor ishtirokchilarining bir
taraflama manfaatiga xizmat qiladi. Natijada bozor muvozanatga erishmaydi. Bu
o‘zgarishlar, birgina xizmat ko‘rsatish sohasi bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy sub’ekt
faoliyati doirasida bo‘lsa, bu hodisa mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir
etmaydi. Biroq, bunday hodisani mamlakat miqyosida va xizmat ko‘rsatish sohasi
darajasida ko‘rilsa, yalpi talabni kamayishiga olib kelib, bozor muvozanati
buzilishiga sabab bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Василенко Н.В. (2022) Экономика туризма и сферы обслуживания.
Учебник. – Москва: НИЦ ИНФРА-М. – 439 стр.
2. Глазова Е., Степанова М. (2011) Цены: Рыночный механизм и
государственное регулирование. Мировая экономика и международные
отношения. №10.С.40-50.
3. Макарова С.Н. (2021) Развитие механизма управления рынком
инфокоммуникационных услуг. 08.00.05-Экономика и управление народным
хозяйством (экономика, организация и управление предприятиями, отраслями,
комплексами- сфера слуг). Диссертация на соискание ученой степени
кандидата экономических наук. Санк Петербург, С.40.
4. Новикова М.А. (2021) Основы маркетинга сферы услуг: учебное
пособие. – Москва: НИЦ ИНФРА-М., – 192 стр.
5. Орлов А. (2013) Медпрактикум. Свободная медицина свободной
Франции. Деловой партнер.uz // №15(991) 11-17 апрель, -21 с.
6. Пороховский А. А. (2020) Рыночный механизм американской
экономики: роль цифровизации // США & Канада: экономика – политика –
культура. – Выпуск № 5 C. 24-38 .
7. Попов В.В. (2014) Экономическое чудо переходного периода: как
Узбекистану удалось то, что не удалось ни одной постсоветской экономике//
Журнал Новой экономической ассоциация. №1.С.136-159.
8. Рахимов Н.К. (2022) Развитие механизма государственной поддержки
производителей в сфере услуг (на материалах Республики Таджикистан).
Специальность 08.00.05 - Экономика и управление народным хозяйством
(экономика, организация и управление предприятиями, отраслями и
комплексами - сфера услуг). Автореферат на соискание ученой степени
кандидата экономических наук. Душанбе, С.21.
9. Супян В.Б., Бабич С.Н., Давыдов А.Ю., Зименко Р.И. (2022) Экономика
США: эволюция модели и условиях глобализации. Учебник. – Москва:
Магистр: ИНФРА-М. – 560 стр.
10. Ўзбекистон Республикасининг 2035 йилгача ривожланиш
cтратегиясининг концепцияси. Расмий сайти: Uzbekistan2035. Uz.//uz
11. Ўзбекистонда ижтимоий ривожланиш ва турмуш даражаси. Статистик
тўплам.Тошкент, 2024. Б.23.
12. Ўзбекистонда ижтимоий ривожланиш ва турмуш даражаси. Статистик
тўплам.Тошкент, 2024. Б.23.
13. Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. Т.:-2024 й. Б.40
14. Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Тошкент, 2025. Б.60-65.
16.Ўзбекистон Республикасининг 2035 йилгача ривожланиш
Стратегиясининг концепцияси. Расмий сайти: Uzbekistan2035. Uz.//uz
18. https://www.eurekalert.org/pub_releases/2019-03/ifpr-2gf032219.php
(мурожаат қилинган сана: 20.11. 2024 йил).
19. O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining
konsepsiyasi. Rasmiy sayti: Uzbekistan2035. Uz.//uz
20. https://mulohaza.uz/xabar/sfera-uslug-v-prioritetax-posstanovleniya
(murojaat qilingan sana:16.03.2021 yil).
REFERENCES:
1. Vasilenko N.V. (2022) Ekonomika turizma i sferi obslujivaniya. Uchebnik.
– Moskva: NIS INFRA-M. – 439 str. (In Russian)
2. Glazova Ye., Stepanova M. (2011) Seni: Rinochniy mexanizm i
gosudarstvennoye regulirovaniye. Mirovaya ekonomika i mejdunarodnie
otnosheniya. №10.S.40-50. (In Russian)
3. Makarova S.N. (2021) Razvitiye mexanizma upravleniya rinkom
infokommunikatsionnix uslug. 08.00.05-Ekonomika i upravleniye narodnim
xozyaystvom (ekonomika, organizatsiya i upravleniye predpriyatiyami, otraslyami,
kompleksami- sfera slug). Dissertatsiya na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata
ekonomicheskix nauk. Sank Peterburg, S.40. (In Russian)
4. Novikova M.A. (2021) Osnovi marketinga sferi uslug: uchebnoye posobiye.
– Moskva: NIS INFRA-M., – 192 str. (In Russian)
5. Orlov A. (2013) Medpraktikum. Svobodnaya meditsina svobodnoy Fransii.
Delovoy partner.uz // №15(991) 11-17-aprel, -21 s. (In Russian)
6. Poroxovskiy A. A. (2020) Rinochniy mexanizm amerikanskoy ekonomiki:
rol sifrovizatsii // SSHA & Kanada: ekonomika – politika – kultura. – Vipusk № 5
C. 24-38 . (In Russian)
7. Popov V.V. (2014) Ekonomicheskoye chudo perexodnogo perioda: kak
Uzbekistanu udalos to, chto ne udalos ni odnoy postsovetskoy ekonomike// Jurnal
Novoy ekonomicheskoy assotsiatsiya. №1.S.136-159. (In Russian)
8. Raximov N.K. (2022) Razvitiye mexanizma gosudarstvennoy podderjki
proizvoditeley v sfere uslug (na materialax Respubliki Tadjikistan). Spetsialnost
08.00.05 - Ekonomika i upravleniye narodnim xozyaystvom (ekonomika,
organizatsiya i upravleniye predpriyatiyami, otraslyami i kompleksami - sfera
uslug). Avtoreferat na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk.
Dushanbe, S.21. (In Russian)
9. Supyan V.B., Babich S.N., Davidov A.Yu., Zimenko R.I. (2022) Ekonomika
SSHA: evolyutsiya modeli i usloviyax globalizatsii. Uchebnik. – Moskva: Magistr:
INFRA-M. – 560 str. (In Russian)
10. O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish ctrategiyasining
konsepsiyasi. (In Uzbek)
11. O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi. Statistik
to‘plam.Toshkent, 2024. B.23. (In Uzbek)
12. O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi. Statistik
to‘plam.Toshkent, 2024. B.23. (In Uzbek)
13. O‘zbekistonda mehnat va bandlik. Statistik to‘plam. T.:-2024 y. B.40 (In
Uzbek)
14. O‘zbekistonda mehnat va bandlik. Toshkent, 2025. B.60-65. (In Uzbek)
16.O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining
konsepsiyasi. (In Uzbek)
18.https://www.eurekalert.org/pub_releases/2019-03/ifpr-2gf032219.php
(murojaat qilingan sana: 20.11. 2024-yil). (In Uzbek)
19. O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining
konsepsiyasi. (In Uzbek)
20. https://mulohaza.uz/xabar/sfera-uslug-v-prioritetax-posstanovleniya
(murojaat qilingan sana:16.03.2021 yil). (In Uzbek)