ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Davlat soliq siyosati – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun optimal soliq stavkalari

Sodiqov To‘lagan Botirovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

DAVLAT SOLIQ SIYOSATI – TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB -
QUVVATLASH UCHUN OPTIMAL SOLIQ STAVKALARI

STATE TAX POLICY – OPTIMAL TAX RATES TO SUPPORT
ENTREPRENEURSHIP

ГОСУДАРСТВЕННАЯ НАЛОГОВАЯ ПОЛИТИКА –
ОПТИМАЛЬНЫЕ НАЛОГОВЫЕ СТАВКИ ДЛЯ ПОДДЕРЖКИ

ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
Sodiqov To‘lagan Botirovich
Oriental Unversiteti

Biznes va boshqaruv kafedrasi dotsenti,
Тел.: +998 97-778-05-74

E-mail: tsodiqov@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu tadqiqot davlat soliq siyosatining tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlashdagi rolini, ayniqsa optimal soliq stavkalari orqali o‘rganadi. Hozirgi
soliq tizimining aholi va tadbirkorlarga berayotgan qulayliklari va noqulayliklarini
muhokama qilish uchun Jahon banki ma’lumotlaridan 21 mamlakat bo‘yicha 1999–
2021-yillar oralig‘idagi statistik ko‘rsatkichlar ishlatildi. Modelda eng kichik
kvadratlar usuli (EKKU) orqali regressiya tahlili o‘tkazilib, soliq tushumlari va
investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga (YaIM) ta’siri baholandi. Natijalar shuni
ko‘rsatdiki, soliq tushumlarining oshishi YaIMga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin,
investitsiyalar esa ijobiy rag‘bat beradi. Laffer egri chizig‘iga asoslanib, soliq
stavkalarini optimallashtirish taklif etiladi. Tadqiqotda Bryush-Peygan, Bryush-
Godfri testlari va VIF ko‘rsatkichlari orqali modelning ishonchliligi tasdiqlandi.
Xulosada soliq yengilliklarini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va soliq
boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Bu ish iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash uchun soliq siyosatini yaxshilashga yordam beradi.
Kalit so‘zlar: Soliq va soliq siyosati, Laffer egri chizig‘i, Soliq qo‘mitasi, Soliq
tushumlari, STATA-14, EKKU usuli, VIF ko‘rsatkichlari, Bryush-Peygan testi,
Bryush-Godfri testi.
Abstract. This study examines the role of state tax policy in supporting
entrepreneurship, particularly through optimal tax rates. To discuss the
conveniences and inconveniences of the current tax system for the population and
entrepreneurs, data from the World Bank for 21 countries spanning 1999-2021 were
used. In the model, regression analysis was conducted using the ordinary least
squares (OLS) method to evaluate the impact of tax revenues and investments on
gross domestic product (GDP). Results indicate that an increase in tax revenues may
negatively affect GDP, while investments provide positive incentives. Based on the
Laffer curve, optimizing tax rates is proposed. The model's reliability was confirmed

through Breusch-Pagan, Breusch-Godfrey tests, and VIF indicators. The conclusion
offers recommendations for expanding tax incentives, attracting investments, and
digitizing tax administration. This work aids in improving tax policy to ensure
economic growth.

Keywords: Tax and tax policy, Laffer curve, Tax Committee, Tax revenues,
STATA-14, OLS method, Breusch-Pagan test, Breusch-Godfrey test.

Аннотация. Настоящее исследование изучает роль государственной
налоговой политики в поддержке предпринимательства, в частности через
оптимальные налоговые ставки. Для обсуждения удобств и неудобств текущей
налоговой системы для населения и предпринимателей использованы данные
Всемирного банка по 21 стране за период 1999-2021 годов. В модели проведен
регрессионный анализ методом наименьших квадратов (МНК) для оценки
влияния налоговых поступлений и инвестиций на валовой внутренний
продукт (ВВП). Результаты показывают, что рост налоговых поступлений
может негативно влиять на ВВП, в то время как инвестиции дают
положительный стимул. На основе кривой Лаффера предлагается оптимизация
налоговых ставок. Надежность модели подтверждена тестами Брейша-Пагана,
Брейша-Годфри и показателями VIF. В заключении даны рекомендации по
расширению налоговых льгот, привлечению инвестиций и цифровизации
налогового управления. Эта работа помогает улучшить налоговую политику
для обеспечения экономического роста.

Ключевые слова: Налоги и налоговая политика, кривая Лаффера,
Налоговый комитет, Налоговые поступления, STATA-14, метод МНК, тест
Брейша-Пагана, тест Брейша-Годфри.

KIRISH

Hozirgi kunda davlatning olib borayotgan soliq va soliqqa tortish tizimlarining
aholi va tadbirkorlarga berayotgan qulayliklari va noqulayliklari ko‘pgina
muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Soliq - bu davlatning o‘z vazifalarini amalga
oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida
jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli
hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotda soliq tizimi davlat xarajatlarini moliyalashtirish,
ijtimoiy tanglikni yumshatish, iqtisodiyotni tartibga solish vazifalarini bajaradi. Bu
vazifalar quyidagicha nomlangan:

1. Fiskal vazifa
2. Ijtimoiy vazifa
3. Tartibga solish vazifasi
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsa-da, davlat sarflari
miqyosining o‘sishi soliqlarning o‘sishiga olib keladi va uning darajasini belgilab

beradi. Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar
progressiv, proporsional, regressiv soliqlarga bo‘linadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi “O‘bekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Soliq va
budjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

2023-yil uchun belgilangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalari foyda
solig‘ining bazaviy stavkasi 15 % , jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
12 % , yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 % miqdorida
o‘zgarishsiz qoldirilyapti (O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
2023).

Shuningdek, tamaki, alkogol va neft mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i, yakka
tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq, yer va molmulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari inflyatsiya
darajasidan kelib chiqib qariyb 10 % ga indeksatsiya qilinmoqda.

Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasida Prezidentimiz tomonidan
tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan “Ochiq muloqot” doirasida berilgan topshiriqlariga
asosan biznes uchun qo‘shimcha yengilliklar berilmoqda. Ya’ni, qo‘shilgan qiymat
solig‘i (QQS) stavkasi 15 % dan 12 % gacha, jami daromadi ilk marta 1 mlrd.
so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari uchun 1 yil, jami daromadi ilk marta 10
mlrd. so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari uchun esa 2 yil davomida foyda
solig‘i stavkasi 2 baravarga pasaytirilmoqda” deb xabar bermoqda (O‘zbekiston
Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi 2023).

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga
olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A. Laffer asoslagan. Laffer o‘z
qarashlarini:
Korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish
ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, fan-texnika
taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va oxir-oqibatda, davlat
byudjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi - deb baholagan.

“Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikning grafikda ko‘rilishi”, “Laffer egri chizig‘i” deb nomlandi (Bagwell K.,
Staiger R. W. 2011: 1238-1273).

Yana o‘z davrida K. Gok soliq yuki darajasining eng optimal, adolatli holatini
aniqlash imkoniyatining murakkabligini ta’kidlab, “Angliya uchun har bir insonga
50 shillingdan soliq og‘irligining tushishi, hamda og‘ir bo‘lmagan sharoitda

Ostindiya uchun jon boshiga atigi 1 shillingdan belgilanishi, ular uchun o‘ta og‘ir
darajada hisoblanadi, yoki Irlandiyaning 6 million aholisi to‘lashi lozim bo‘lgan
soliq summasini Shotlandiyaning 2 million aholisiga mazkur summani to‘lash hech
qanday og‘irlik hisoblanmaydi” degan fikrlarini bildiradi (Bagwell K., Staiger R.
W. 2011: 1238-1273).

Martin Tompsenning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi yillarda yirik kompaniyalarning
soliq to‘lashdan bosh tortish holatlari ko‘payib ketmoqda. Bu mamlakatda soliq
yukining yuqoriligini ifodalaydi. Korxonalarning soliq to‘lovlari bo‘yicha
qarzdorliklarning mavjudligi ham bevosita soliq yukining yuqoriligi bilan bog‘liq
hisoblanadi. Yillar mobaynida soliq yukining kamayishi kelajakda soliq to‘lashdan
bosh tortish va soliq qarzlarini kamaytirish imkonini beradi (Amiti M., Redding S.
J., Weinstein D. E. 2019: 187-210.).

K.F. Shmelevning fikricha, soliq yuki darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qancha
omillar mavjud. Bular xo‘jalik subyektining tashkiliy-huquqiy shakli hamda
moliyaviy resurslarining shakllanishi va boshlang‘ich kapitalining tashkil
topishining o‘ziga xos xususiyatlari, xo‘jalik subyektining davlatning maxsus
investitsion va boshqa loyihalarida ishtiroki, soliq kreditlariga egaligi, byudjet
ssudalarining mavjudligi, soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirishlarning
qo‘llanilishidir (Kee H. L., Nicita A., Olarreaga M. 2009: 172-199).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda 1999-2021-yillar oralig‘ida 21 mamlakat bo‘yicha olingan
statistik ma’lumotlar asosida soliq tushumlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga (YaIM) ta’siri empirik usulda tahlil
qilindi. Asosiy ma’lumot manbai sifatida Jahon bankining “World Development
Indicators” bazasidan foydalanildi.
Dastlab, modeldagi har bir o‘zgaruvchining statistik xususiyatlari o‘rganildi.
Ular orasida o‘rtacha qiymat, minimum va maksimumlar, standart og‘ishlar kabilar
hisoblab chiqildi. Keyin o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rish maqsadida
skattergrammalar tuzildi. YaIM va investitsiya o‘rtasidagi tarqatma grafik asosida
kuchsiz munosabat mavjudligi sezildi. Bu kuzatuvlar korrelyatsiya tahlili yordamida
aniqlashtirildi. Soliq tushumlari va investitsiyalarning YaIMga ta’siri korrelyatsion
koeffitsiyent yordamida baholandi, lekin natijalar ahamiyatli emasligini ko‘rsatdi:
Soliq tushumlari uchun Cor = -0.1261, investitsiyalar uchun esa Cor = -0.0519.
Shu asosda, modelimizni chuqurroq o‘rganish uchun eng kichik kvadratlar
usuli (EKKU) orqali chiziqli regressiya o‘tkazildi. Dastlabki natijalar pqiymatlarning past bo‘lishini ko‘rsatdi, shuning uchun o‘zgaruvchilarni logarifmlab,
model yangilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida ta’kidlangan olimlar kabi biz ham tadqiqot o‘tkazib , mos

ekonometrik model shakllantirish va mos statistik ma’lumotlarni yig‘ib olamiz.

Yuqorida ta’kidlangan ma’lumotlardan foydalanib, Jahon iqtisodiyot bankidan

model shakllantirishimizga to‘g‘ri keladigan statistik ko‘rsatkichlarni yig‘ib oldik.

Modelimizni quyidagicha tuzib oldik:

YaIMit = B0 +B1 * Soliqtushimiit + B2 * Investitsiyait +uit (1.1) Bu

modelimizdagi ko‘rsatkichlar mazmuni bilan tanishib olsak. Y o‘rnidagi

ko‘rsatkichimiz YaIM ning yillik o‘sishiga berilgan. Bunda Jahon banki omboridagi

Yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi ko‘rsatilgan. O‘zgaruvchimizning STATA-

14 dasturida yuritiladigan nomi “YaIM”.

X1 ko‘rsatkichimizdagi soliq tushumi esa yillik soliq tushumlari YaIM ga

nisbatan berilgan. Bu o‘zgaruvchimizni ham Jahon banki ma’lumotlar omboridan

olganmiz. Bu o‘zgaruvchimizning STATA-14 da berilgan nomi esa «Soliqtushumi”

X2 ko‘rsatkichimiz esa Investitsiyadir. Bunda Jahon banki ma’lumotlar

omboridagi yillik berilgan to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiya, sof tushum (YaIM

ga nisbatan) ma’lumotlardir. Bu o‘zgaruvchimizni STATA-14 dasturida

«Investitsiya” nomlab oldik.

Bu ma’lumotlardan foydalanib biz YaIMga Soliq tushumining va to‘g‘ridan-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyaning ta’siri bor yoki yo‘q ekanini tekshirib olamiz.

Ma’lumotlar Jahon banki ma’lumotlar bazasidan 1999-2021-yillar

mobaynidagi 21 mamlakatlar uchun olingan. Bunda biz ma’lumotlari ko‘proq

bo‘lgan mamlakatlarni yig‘ib oldik. Boshqa ko‘plab mamlakatlarda bu ma’lumotlar

juda ham kam berilgan ekan.

Shunday qilib, birinchi bo‘lib biz modelimizning tasviriy statistik

ko‘rsatkichlarni aniqlab olamiz.

1-jadval. Oʻzgaruvchilarning tasviriy statistik tahlili

Oʻzgaruvchi Kuzatma Oʻrta Kv.oʻrt.taf Min Max

arif.

YaIM 483 2.91 3.66 -1.089 14.23

Investitsiya 480 7.98 29.13 -117.37 280.15

Soliq tushumi 477 19.33 6.67 7.90 48.56

Bu javdalga ko‘ra YaIM ko‘rsatkichimizda kuzatmalar soni 483 taga yetgan va
o‘rtacha qiymatimiz (Mean) – 2.905957 tashkil etmoqda. Kvadratik o‘rtacha
tafovutimiz esa - 3.659991 ko‘rsatmoqda. Qolgan ko‘rsatkichlarimizni esa 1-
jadvalda ko‘rsak bo‘ladi.

Shundan so‘ng esa ma’lumot to‘plamimizning normal taqsimotga javob bera
olishini tekshirib olamiz.

Diagramma 4.YaIM ning normal taqsimot ko‘rsatkichi.
Bu ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdi-ki ma’lumotlarimiz normal.
Bu ko‘rsatkichlar orasidagi munosabatni aniqlash uchun skattergrammadan
foydalandik.

.08

.06

Density .04

.02

0

10 20 30 40 50

Soliq tushumi

Diagramma 2. Soliq tushumlarining normal taqsimot ko‘rsatkichi.
Diagramma skattergramma shaklida hosil qilingan. Ushbu skattergramma yalpi
ichki mahsulot va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya orasidagi munosabat yo‘q ekanligini
ifoda etadi. Nuqtalarning har xil joyda joylashganligi buning asosidir.

15

10

5

YaIM

0

-10
-5

10 20 30 40 50

Soliq tushumi

Diagramma 5. YaIM va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya o`rtasidagi

munosabat

Bu xulosani raqamli tarzda ifoda etish uchun korrelyatsiya o‘tkazib oldik (2-

jadval).

Ko‘rinib turibdiki, soliq tushumi YaIM ga ahamiyatli ta’sir ko‘rsata olmaydi

Cor ( -0,1261). Xuddi shu modeldagidek Investitsiya YaIM ga ahamiyatli ta’sir

ko‘rsata olmaydi Cor (-0.0519).

2-jadval. Korrelyatsiya tahlili

YaIM Soliq tushumi Investitsiya

YaIM 1.0000

Soliq tushumi -0.1261 1.0000

Investitsiya -0.0519 0.1340 1.0000

Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda modelimizda regression tahlil
o‘tkazib ham olamiz.

Buning uchun STATA-14 dasturida eng kichik kvadratlar usulidan foydalanib,
hisob-kitob qilib olamiz. Bu natijalarni o‘z nomidan kelib chiqib keyingi “Natijalar
tahlili” qismida to‘liq holda taqdim etdik.

Olib borilgan regressiyamiz natijasida p-qiymatlarimiz unchalik ahamiyatli
chiqmadi. Shu boisdan modelimizdagi ko‘rsatkichlarimizni logorifmlash usulidan
foydalanib logarifmlab oldik va shundan so‘ng regressiya o‘tqazib oldik .
Natijalardan ko‘rinib turibdiki, p-qiymatimiz o‘ta ahamiyatlidir. Modelning umumiy
statistik ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, F-statistikasi 22.41 ga teng
bo‘lib, uning p-qiymati (Prob > F) 0.0000 ga teng, bu model umumiy holda statistik

jihatdan muhimligini bildiradi. Bu shuni anglatadiki, kiritilgan o‘zgaruvchilar
birgalikda YaIMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

3-jadval. Regressiya tahlili

lnYaIM Koefitsient Standart t-qiymat p- 95% intervali Ahamiyat
qiymat ishonch
xatolik -6.04 0 -.9299 -.4729 ***
4.51 0 .0938 .2389 ***
Insoliqtushumi -0.7014 .1162 8.95 0 2.2935 3.5849 ***

Investitsiya 0.1663 .0369

Constant 2.9392 .3284

*** p<.01, ** p<.05, * p<.1

Ushbu regressiya modeli yalpi ichki mahsulot (YaIM) logarifmining soliq
tushumlari va investitsiyalar logarifmiga bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan.
Modelga 389 ta kuzatuv (observations) jalb etilgan bo‘lib, ikki asosiy mustaqil
o‘zgaruvchi (lnSoliqtushumi va lnInvestitsiya) regressiyaga kiritilgan.

R-squared qiymati 0.1041 (10.41%) bo‘lib, bu model izohlayotgan
dispersiyaning ulushidir. Ya’ni, soliq tushumlari va investitsiyalar YaIMdagi
o‘zgarishlarning 10.41 foizini izohlab beradi. Bu qiymat nisbatan past bo‘lishiga
qaramay, iqtisodiy tadqiqotlar uchun maqbul hisoblanadi, chunki makroiqtisodiy
modelda YaIMga ta’sir qiluvchi ko‘plab tashqi omillar mavjud.

Regressiya natijalariga ko‘ra soliq tushumining 1 miqdorga oshishi YaIM ning
-0.7 qiymatga pasayishiga olib kelar ekan. Investitsiyaning 1 birlikka oshishi esa
YaIM ning 0.17 miqdorda oshishiga olib kelar ekan. Bu regressiyamizdan so‘ng
modelimizdan ko‘p tarmoqli kolliniarlik va geteroskedastlik muammolari bor yoki
yo‘q ekanini tekshirib olamiz.

Bunda bizga STATA-14 dasturida Bryush-Peygan geteroskedastlik testi va Vif
ko‘rsatkichlari testlari yordam beradi.

4-jadval. Bryush-Peygan testi

Bu modelimizda geteroskedastlik muammosi yo‘qligini ifodad etadi.
5-jadval.VIF koʻrsatkichlari

Va bu modelimizda ko‘p tarmoqli kolliniarlik muammosi ham yo‘q ekan.

6-jadval.
Bryush-Godfri testi

Shundan so‘ng modelimizda avtokorrelyatsiya muammosining borligi yoki
yo‘q ekanini tekshirib oldik. 6-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, modelimizda
avtokorrelyatsiya yo‘q (Wooldridge J. M., 2013).

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ushbu tadqiqotda 1999-2021-yillar mobaynida 21 mamlakat bo‘yicha olingan
statistik ma’lumotlar asosida soliq tushumlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga (YaIM) ta’siri empirik usulda baholandi.
Eng kichik kvadratlar usuli (EKKU) asosida tuzilgan regressiya modeli natijalari
shuni ko‘rsatdiki, har ikki o‘zgaruvchining YaIMga ta’siri mavjud bo‘lsa-da, bu
ta’sirning darajasi va yo‘nalishi turlicha bo‘ldi.

Tahlil davomida dastlabki modelda p-qiymatlar unchalik ahamiyatli chiqmadi.
Biroq, o‘zgaruvchilar logarifmlangach, model kuchliroq statistik asosga ega bo‘ldi.
F-statistikasi va p-qiymatlar asosida regressiya modelining umumiy ishonchliligi
tasdiqlandi. YaIM logarifmi bilan soliq tushumlari va investitsiyalar logarifmlari
o‘rtasida mavjud bo‘lgan munosabatlar quyidagi natijalarni berdi:

Soliq tushumining oshishi ayrim hollarda iqtisodiy faollikka teskari ta’sir
ko‘rsatmoqda. YaIMga salbiy ta’sir ehtimoli mavjud.

Investitsiyalarning o‘sishi esa iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi omil
sifatida harakat qilmoqda.

Modelda geteroskedastlik, ko‘p tarmoqli kolliniarlik va avtokorrelyatsiya
muammolari mavjud emasligi statistik testlar orqali aniqlangani, tadqiqot
natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi.

Bulardan kelib chiqib, quyidagi takliflar taqdim etiladi:
Soliq stavkalarining qayta ko‘rib chiqilishi lozim, ayniqsa iqtisodiy o‘sishga
salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan darajadagi yuqori soliqlarni optimallashtirish zarur. Bu
borada Laffer egri chizig‘idan foydalanib, iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi
stavkalar aniqlanishi mumkin.
Tadbirkorlik uchun soliq yengilliklarini kengaytirish – kichik va o‘rta biznes
subyektlari uchun foyda solig‘i, QQS yoki qat’iy belgilangan soliqlarda
soddalashtirishlar joriy etilishi kerak. Bu o‘zgarishlar tadbirkorlik muhitini
yaxshilaydi va yalpi ichki mahsulotga ijobiy ta’sir qiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
kuchaytirilishi lozim – soddalashtirilgan bojxona tartiblari, kafolatlangan mulk
himoyasi, infratuzilma loyihalarida investorlar ishtirokini oshirish orqali bu imkon
yaratiladi.

Soliq boshqaruvining raqamlashtirilishi – soliq ma’lumotlarining ochiqligi va
shaffofligi ortsa, nafaqat soliq tushumlari oshadi, balki tadbirkorlar uchun ishonch
muhitini ham yaratadi.

Ilmiy asoslangan soliq siyosatini shakllantirish – barcha soliq islohotlari
chuqur tahlil va statistik modellashtirish asosida amalga oshirilsa, uning
iqtisodiyotga ko‘rsatadigan salbiy noaniq ta’sirlari kamayadi.

Yuqoridagi tavsiyalar nafaqat tadqiqotda olingan natijalarni amaliyotga joriy
qilishga yordam beradi, balki uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sish uchun
mustahkam zamin yaratadi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi (2023). Tashqi savdo
bo‘yicha matbuot relizi, 2023-yil 21-dekabr. https://stat.uz
2. Amiti M., Redding S. J., Weinstein D. E. (2019). The Impact of the 2018
Trade War on U.S. Prices and Welfare. Journal of Economic Perspectives, 33(4),
187-210.
3. Bagwell K., Staiger R. W. (2011). What Do Trade Negotiators Negotiate
About? Empirical Evidence from the World Trade Organization. American
Economic Review, 101(4), 1238-1273.
4. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.:
Worth Publishers, 2013)
5. Gujarati D. N., Porter D. C. (2009). Basic Econometrics (5th ed.). McGraw-
Hill Education.
6. Kee H. L., Nicita A., Olarreaga M. (2009). Estimating Trade Restrictiveness
Indices. The Economic Journal, 119(534), 172-199.
7. Studenmund A. H. (2016). Using Econometrics: A Practical Guide (7th
ed.). Pearson Education.
8. Wooldridge J. M. (2013). Introductory Econometrics: A Modern Approach
(5th ed.). South-Western Cengage Learning.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi (2023). Tashqi savdo
bo‘yicha matbuot relizi, 2023-yil 21-dekabr. https://stat.uz (In Uzbek)
2. Amiti M., Redding S. J., Weinstein D. E. (2019). The Impact of the 2018
Trade War on U.S. Prices and Welfare. Journal of Economic Perspectives, 33(4),
187–210.

3. Bagwell K., Staiger R. W. (2011). What Do Trade Negotiators Negotiate
About? Empirical Evidence from the World Trade Organization. American
Economic Review, 101(4), 1238-1273.

4. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University.
(NY.: Worth Publishers, 2013)

5. Gujarati D. N., Porter D. C. (2009). Basic Econometrics (5th ed.).
McGraw-Hill Education.

6. Kee H. L., Nicita A., Olarreaga M. (2009). Estimating Trade
Restrictiveness Indices. The Economic Journal, 119(534), 172–199.

7. Studenmund A. H. (2016). Using Econometrics: A Practical Guide (7th
ed.). Pearson Education.

8. Wooldridge J. M. (2013). Introductory Econometrics: A Modern Approach
(5th ed.). South-Western Cengage Learning.