ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasi rivojlanishini baholashning zamonaviy indikatorlari

Esonboyev Baxodir Bakir o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TURIZM SOHASI
RIVOJLANISHINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY INDIKATORLARI

MODERN INDICATORS FOR ASSESSING THE DEVELOPMENT OF
THE TOURISM SECTOR IN THE DIGITAL ECONOMY

СОВРЕМЕННЫЕ ИНДИКАТОРЫ ОЦЕНКИ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ
ТУРИЗМА В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ
Esonboyev Baxodir Bakir o‘g‘li
O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi
kafedrasi o‘qituvchisi
E-mail: bakhodiresonboyev2909@gmail.com
ORCID: 0009-0001-8988-9808

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasi
rivojlanishini baholashda qo‘llaniladigan zamonaviy indikatorlar tizimi tahlil
qilinadi. Tadqiqotda turizm rivojlanishini baholashda an’anaviy statistik
ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda raqamli transformatsiya darajasini aks ettiruvchi
indikatorlardan foydalanish zarurligi asoslab beriladi. Xususan, onlayn bronlash
ulushi, raqamli xizmatlardan foydalanish darajasi, turist boshiga to‘g‘ri keladigan
raqamli xarajatlar, smart-destinatsiya indeksi va turizm xizmatlarining raqamli
eksporti kabi ko‘rsatkichlar muhim baholash mezonlari sifatida ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot natijalari turizm sohasini raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqishda va davlat siyosatini takomillashtirishda amaliy
ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, turizm sohasi, zamonaviy indikatorlar,
raqamli transformatsiya, smart-turizm, baholash mexanizmlari.

Аннотация. В данной статье анализируется система современных
индикаторов, применяемых для оценки развития туристической отрасли в
условиях цифровой экономики. В исследовании обосновывается
необходимость использования наряду с традиционными статистическими
показателями таких индикаторов, которые отражают уровень цифровой
трансформации туризма. В частности, в качестве важных критериев оценки
рассматриваются доля онлайн-бронирования, уровень использования
цифровых услуг, объем цифровых расходов в расчёте на одного туриста,
индекс «умной дестинации», а также цифровой экспорт туристических услуг.
Результаты исследования имеют практическую значимость для разработки
стратегии развития туристической отрасли в условиях цифровой экономики и
совершенствования государственной политики в данной сфере.

Ключевые слова: цифровая экономика, туристическая сфера,
современные индикаторы, цифровая трансформация, смарт-туризм,
механизмы оценки.

Annotation. This article analyzes a system of modern indicators used to assess
the development of the tourism sector in the context of the digital economy. The
study substantiates the necessity of applying, alongside traditional statistical
indicators, additional metrics that reflect the level of digital transformation in
tourism. In particular, indicators such as the share of online bookings, the level of
digital service usage, digital expenditure per tourist, the smart destination index, and
the digital export of tourism services are considered as key evaluation criteria. The
research findings have practical significance for the formulation of strategies aimed
at developing the tourism sector under digital economy conditions and for
improving public policy in this field.

Key words: digital economy, tourism sector, modern indicators, digital
transformation, smart tourism, evaluation mechanisms.

KIRISH
Zamonaviy globallashuv jarayonlari va raqamli iqtisodiyotning jadal
rivojlanishi sharoitida turizm sohasi an’anaviy xizmat ko‘rsatish tarmog‘i doirasidan
chiqib, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiruvchi, eksport tuzilmasini
diversifikatsiya qiluvchi hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni
jadallashtiruvchi muhim strategik yo‘nalishga aylanmoqda (UNWTO., 2021.).
Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi turizm mahsulotlarini shakllantirish,
ularni bozorga chiqarish va iste’molchilarga yetkazish mexanizmlarini tubdan
o‘zgartirib, sohada yangi qiymat zanjirlarini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai
nazardan, turizm sohasi rivojlanishini baholash masalasi ham raqamli iqtisodiyot
talablariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqilishini taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy
islohotlar doirasida turizm sohasini raqamli iqtisodiyot bilan integratsiya qilish
ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Elektron viza tizimi, onlayn bronlash
platformalari, raqamli marketing vositalari hamda turistik axborot tizimlarining joriy
etilishi ushbu yo‘nalishdagi amaliy qadamlar hisoblanadi (OECD., Paris: 2020).
Biroq, raqamli transformatsiya jarayonida erishilayotgan natijalarni baholashda
ko‘pincha an’anaviy miqdoriy ko‘rsatkichlar – turistlar oqimi va umumiy xizmatlar
hajmi bilan cheklanib qolinmoqda. Bu esa raqamli texnologiyalarning real iqtisodiy
samaradorligi va qo‘shilgan qiymatini to‘liq aks ettirmaydi.
Hozirgi kunga qadar turizm sohasi rivojlanishini baholashda asosan ekstensiv
yondashuvlar ustun bo‘lib, ular raqamli iqtisodiyot sharoitida sohaning sifat
jihatlarini aniqlash uchun yetarli emas. Zamonaviy iqtisodiy tahlil metodologiyasi

turizm rivojlanishini baholashda “onlayn bronlash ulushi”, “raqamli xizmatlardan
foydalanish darajasi”, “turist boshiga to‘g‘ri keladigan raqamli xarajatlar”, “smartdestinatsiya indeksi” hamda “raqamli texnologiyalar asosida xarajatlarni
optimallashtirish samarasi” kabi indikatorlardan foydalanishni talab etmoqda
(World Bank., 2021). O‘zbekistonda mazkur ko‘rsatkichlarni tizimli hisoblash va
ularni davlat investitsiya hamda raqamlashtirish siyosati bilan uyg‘unlashtirish
mexanizmlarining yetarli darajada shakllanmaganligi turizm sohasi rivojlanishini
baholashda ayrim nomutanosibliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shu munosabat bilan, raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasi rivojlanishini
baholashda faqat miqdoriy o‘sishga emas, balki innovatsion faollik, raqamli
infratuzilmaning rivojlanish darajasi va barqaror iqtisodiy samaradorlikni aks
ettiruvchi zamonaviy indikatorlar tizimini ishlab chiqish dolzarb ilmiy-amaliy
ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot doirasida turizm sohasi rivojlanishini
baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlar tahlil qilinib, milliy iqtisodiyotning
raqamlashtirish darajasi va infratuzilmaviy salohiyatini inobatga olgan holda
integrallashgan indikatorlar majmuasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi
(European Commission. Brussels: 2019). Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston
Respublikasining turizm sohasi tanlanib, asosiy maqsad raqamli iqtisodiyot
sharoitida turizm rivojlanishini baholash uchun ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlar
tizimini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqishdan iborat.

MAVZU BO‘YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasi rivojlanishini baholash va uning
ijtimoiy-iqtisodiy tizimga ta’sirini aniqlash masalalari zamonaviy iqtisodiyot
fanining murakkab va ko‘p qirrali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro ilmiy
adabiyotlarda turizmning raqamli transformatsiyasi, smart-destinatsiyalar va
innovatsion indikatorlar tizimini shakllantirish masalalari yetakchi iqtisodchi va
tadqiqotchilar tomonidan keng yoritilgan (Buhalis D., 2019:267-272). Ushbu
tadqiqotlar turizm sohasini baholashda an’anaviy statistik ko‘rsatkichlardan tashqari
raqamli texnologiyalar ta’sirini hisobga olish zarurligini asoslab beradi.
Xususan, M. Porter raqobatbardoshlik nazariyasida turizm destinatsiyalarining
muvaffaqiyatini tabiiy va madaniy resurslar bilan bir qatorda innovatsion va raqamli
infratuzilmaga asoslangan klasterlar faoliyati bilan bog‘laydi (Porter M. E., 1998).
Uning fikricha, raqamli platformalar, axborot almashinuvi va innovatsion xizmatlar
integratsiyasi turizm klasterlarining samaradorligini oshirib, destinatsiyalarning
global bozordagi raqobat ustunligini kuchaytiradi. Bu yondashuv raqamli iqtisodiyot
sharoitida turizm rivojlanishini baholashda klasterlashuv va raqamli integratsiya
indikatorlarining muhimligini ko‘rsatadi (Porter M. E., 1998).

D. Frextling turizmning iqtisodiy ta’sirini baholashda “Turizm sun’iy yo‘ldosh
hisoblari” (Tourism Satellite Account – TSA) tizimini rivojlantirib, raqamli
iqtisodiyot sharoitida ushbu mexanizmning ahamiyati yanada ortishini ta’kidlaydi
(Frechtling D. C., 2010:136-153). Uning tadqiqotlarida raqamli xizmatlar, onlayn
bronlash va elektron savdo orqali shakllanayotgan bilvosita va induksiyalangan
samaralarni hisobga olish zarurligi asoslab berilgan. Bu yondashuv turizm sohasida
raqamli texnologiyalarning multiplikativ effektini aniqlash imkonini yaratadi.

R. Butler tomonidan ishlab chiqilgan destinatsiyaning hayotiy sikli modeli
raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi mazmun kasb etib, muvaffaqiyat
ko‘rsatkichlarini raqamli infratuzilma rivoji, turist tajribasining raqamlashtirilgan
darajasi va ekologik yuklanish bilan bog‘liq holda baholash imkonini beradi. Ushbu
model turizm rivojlanishini baholashda vaqt omili bilan bir qatorda innovatsion va
raqamli indikatorlardan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.

Raqamli turizm va smart-destinatsiyalar masalalari D. Buhalis, U. Gretzel, Z.
Xiang kabi olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan bo‘lib, ular turizm
rivojlanishini baholashda “raqamli yetuklik darajasi”, “axborot texnologiyalaridan
foydalanish intensivligi” va “turist tajribasi indeksi” kabi indikatorlarni taklif
etganlar. Ushbu tadqiqotlar zamonaviy sharoitda turizm muvaffaqiyatini baholashda
raqamli iqtisodiyot omillarini inobatga olish zarurligini ilmiy asoslaydi.

Mahalliy olimlardan N. To‘xliyev va T. Abdullaeva O‘zbekiston sharoitida
turizm sohasining raqamlashtirilishi, marketing strategiyalari va xizmatlar bozorini
rivojlantirish masalalarini o‘rganib, hududiy xususiyatlar va raqamli
infratuzilmaning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini tahlil qilganlar. Ularning
tadqiqotlarida turizm salohiyatini baholashda raqamli axborot resurslari va elektron
xizmatlarning roli alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, I.S.Tuxfatullin turizm sohasida raqamli boshqaruv
mexanizmlarini joriy etishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlarini asoslab bergan
bo‘lsa, B. Safarov turizm rivojlanishini baholashda ekonometrik modellar va
prognozlashtirish usullarini raqamli ma’lumotlar bazasi asosida takomillashtirish
masalalariga e’tibor qaratgan.

Biroq, mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot
sharoitida turizm sohasi rivojlanishini baholashda ko‘p o‘lchamli zamonaviy
indikatorlar tizimini shakllantirish, xususan, raqamli transformatsiya darajasini
iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy ko‘rsatkichlar bilan integratsiyalash masalalari
hali yetarli darajada kompleks o‘rganilmagan (Gretzel U., Sigala M., Xiang Z.,
2015:179-188). Mazkur ilmiy bo‘shliqni to‘ldirish ushbu maqolaning asosiy
tadqiqot yo‘nalishini belgilaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston turizm sohasi
rivojlanish darajasini baholash uchun tizimli tahlil, qiyosiy-mantiqiy yondashuv va
kompleks baholash metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotning metodologik asosi
sifatida an’anaviy statistik ko‘rsatkichlarni raqamli transformatsiya indikatorlari
bilan integratsiyalashga yo‘naltirilgan “ko‘p o‘lchamli zamonaviy baholash
mexanizmi” tanlab olindi. Ushbu mexanizm turizm sohasi rivojlanishini baholashda
uchta asosiy metodologik yo‘nalishni qamrab oladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston turizm sohasi rivojlanishini
baholash bo‘yicha o‘tkazilgan kompleks tahlil natijalari ushbu tarmoqda miqdoriy
o‘sishdan sifat va raqamli yetuklik bosqichiga o‘tish tendensiyasi
shakllanayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan hisob-kitoblarga
ko‘ra, so‘nggi yillarda turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi faqat
turistlar oqimining ko‘payishi hisobiga emas, balki raqamli xizmatlar ulushining
kengayishi, onlayn platformalar orqali yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat va raqamli
infratuzilmaning rivojlanishi evaziga barqaror oshib bormoqda.
Empirik tahlillar natijasida turizm sohasi rivojlanishini baholashda
qo‘llaniladigan an’anaviy ko‘rsatkichlar bilan zamonaviy raqamli va ko‘p o‘lchamli
indikatorlar o‘rtasidagi farqlar quyidagi jadvalda tizimlashtirildi.

1-jadval
Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston turizm sohasi rivojlanishini

baholash indikatorlarining qiyosiy tahlili
(2019–2024 yy. tendensiyalari asosida)10

Baholash An’anaviy Zamonaviy Ijobiy natija / samara
yo‘nalishlari ko‘rsatkichlar raqamli
Iqtisodiy ta’sir Kelgan turistlar soni: 6,7 Raqamli xizmatlar hisobiga
indikatorlar qo‘shilgan qiymatning 2,1–
Infratuzilma mln kishi Bir turistning
o‘rtacha raqamli va 2,3 barobar o‘sishi
Mehmonxonalar soni: umumiy xarajati:
1186 tadan 2200 taga Mavsumiylik ta’sirining
197 AQSh pasayishi va xizmatlar
dollaridan 350
AQSh dollarigacha uzluksizligi

oshgan
Raqamli
infratuzilma
yuklanish

1

Muallif ishlanmasi asosida

Texnologik Turistik subyektlar soni: koeffitsiyenti Tranzaksiya xarajatlarining
daraja 1200 tadan 1800 taga (onlayn bronlash, 25–30 % gacha qisqarishi
e-navbat): o‘rtacha
Barqarorlik va Umumiy turistik Yuqori malakali va ITsamaradorlik tushum: 1,3 mlrd 0,74 kompetensiyali ish
dollardan 2,5 mlrd Raqamli
transformatsiya o‘rinlarining yaratilishi
dollarga indeksi (e-booking,
e-payment, CRM)
Bir xodimga to‘g‘ri
keladigan raqamli
samaradorlik
(KPI): +35–40 %

Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2019–2024 yillar davomida
turistlar sonining o‘sishi bilan bir qatorda eng muhim zamonaviy indikator – bir
turistga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha sarf-xarajat hajmi deyarli 1,7–1,8 barobarga
oshgan. Bu holat O‘zbekiston turizm sohasida raqamli xizmatlar, kompleks
turpaketlar va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushi
kengayayotganidan dalolat beradi.

Raqamli transformatsiya indeksining ijobiy dinamikasi xalqaro e-booking va
onlayn platformalar (Booking.com, Airbnb, Expedia va boshqalar) orqali xizmatlar
realizatsiyasining oshgani, shuningdek, mahalliy tadbirkorlarning raqamli
texnologiyalardan foydalanish darajasi sezilarli darajada yuksalganini ko‘rsatadi.
Natijada, turizm xizmatlari bozorida shaffoflik, tezkorlik va xarajatlarni
optimallashtirish imkoniyatlari kengaydi.

O‘tkazilgan tahlillar shuni tasdiqlaydiki, raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm
sohasi rivojlanishini baholashda faqat miqdoriy ko‘rsatkichlarga tayanish yetarli
emas, balki raqamli transformatsiya, xizmatlar sifati, iqtisodiy samaradorlik va
barqaror rivojlanishni aks ettiruvchi zamonaviy ko‘p o‘lchamli indikatorlar
tizimidan foydalanish ilmiy va amaliy jihatdan asosli hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot sharoitida
O‘zbekiston turizm sohasi rivojlanishini baholashda miqdoriy ko‘rsatkichlardan
sifat va raqamli samaradorlik indikatorlariga o‘tish barqaror iqtisodiy o‘sishning
muhim sharti hisoblanadi. Tadqiqot doirasida taklif etilgan zamonaviy ko‘p
o‘lchamli baholash mexanizmi asosida olingan natijalar bir qator muhim ilmiy va
amaliy jihatlarni muhokama qilish imkonini berdi.

Birinchidan, raqamli multiplikator samarasi tahlili shuni ko‘rsatdiki, turizm
sohasi raqamli platformalar va elektron xizmatlar orqali nafaqat valyuta
tushumlarini oshirmoqda, balki hududiy iqtisodiyotda yangi qiymat zanjirlarini
shakllantirmoqda. Xususan, O‘zbekistonda turizmning raqamlashtirilishi
Samarqand, Buxoro va Xiva kabi destinatsiyalarda transport, hunarmandchilik,

umumiy ovqatlanish va xizmatlar sohasida raqamli bandlikning oshishiga xizmat
qilmoqda. Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, raqamli multiplikator
samarasi rivojlangan turistik mamlakatlar (Ispaniya, Turkiya) darajasiga yetmagan
bo‘lib, bu holat mahalliy raqamli xizmatlar va kontentning global platformalardagi
ulushi hali yetarli emasligi bilan izohlanadi.

Ikkinchidan, raqamli infratuzilmaviy yuklanish indeksi bo‘yicha olingan
natijalar turistik hududlarda xizmatlar va texnologiyalar konsentratsiyasining
muayyan muammolarini yuzaga chiqardi. Turizm rivojlanishini faqat
mehmonxonalar yoki obyektlar soni bilan baholash raqamli infratuzilmaning
(internet tezligi, mobil xizmatlar, onlayn navigatsiya) mavsumiy turistlar oqimiga
moslashuv darajasini to‘liq aks ettirmaydi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha,
raqamli infratuzilmani hududiy boshqarish orqali mavsumiylikni kamaytirish va
past mavsum davrida ham turizm xizmatlaridan barqaror daromad olish
imkoniyatlari mavjud. Bu, ayniqsa, ekoturizm, agroturizm va ziyorat turizmi kabi
yo‘nalishlarni raqamli platformalar orqali integratsiya qilishni talab etadi.

Uchinchidan, raqamli transformatsiya omili muhokamasi shuni ko‘rsatdiki,
raqamli texnologiyalar turizm sohasida faqat qulaylik yaratuvchi vosita emas, balki
xarajatlarni kamaytiruvchi va raqobatbardoshlikni oshiruvchi muhim iqtisodiy omil
hisoblanadi. Onlayn bronlash, elektron to‘lov va raqamli marketing platformalaridan
foydalanish vositachilik xarajatlarini qisqartirib, turizm mahsulotining yakuniy
tannarxini pasaytirmoqda. O‘zbekistonda “Smart Tourism” elementlarining joriy
etilishi, jumladan, raqamli xaritalar, QR-axborot tizimlari va integratsiyalashgan
to‘lov mexanizmlari turistlarning umumiy mamnunlik darajasini o‘rtacha 20–25 %
ga oshirganini ko‘rsatmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 2021).

Shuningdek, tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, raqamli iqtisodiyot
sharoitida turizm sohasi rivojlanishini baholashda “har bir turistga to‘g‘ri keladigan
o‘rtacha raqamli va umumiy xarajat” ko‘rsatkichi eng muhim strategik
indikatorlardan biri bo‘lishi lozim. Faqat turistlar sonini ko‘paytirishga
yo‘naltirilgan yondashuv raqamli va tabiiy resurslarning tezroq eskirishi hamda
infratuzilma yuklanishining ortishiga olib kelishi mumkin. Shu bois, O‘zbekiston
turizm sohasi uchun “yuqori qiymatli va raqamli jihatdan samarali” rivojlanish
modelini qo‘llash va uning muvaffaqiyatini aynan zamonaviy raqamli indikatorlar
asosida baholash maqsadga muvofiqdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston turizm sohasi rivojlanishini
baholash mexanizmlarini tadqiq etish natijasida olingan nazariy va amaliy xulosalar
shuni ko‘rsatadiki, soha taraqqiyotini faqatgina miqdoriy o‘sish sur’atlari asosida
baholash hozirgi bosqichda yetarli emas. Raqamli transformatsiya sharoitida turizm

rivojlanishini baholashda iqtisodiy samaradorlik, raqamli yetuklik va xizmatlar sifati
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga oluvchi kompleks yondashuv zarur
hisoblanadi. Tadqiqot doirasida ilgari surilgan zamonaviy ko‘p o‘lchamli baholash
mexanizmi turizm sohasi rivojlanishining real holatini chuqurroq va xolisona tahlil
qilish imkonini beradi.

O‘tkazilgan tahlillar natijasida aniqlanishicha, raqamli iqtisodiyot sharoitida
turizm sohasi rivojlanishining muvaffaqiyati kelgan turistlar soni bilan emas, balki
har bir turistga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha umumiy va raqamli xarajat, raqamli
xizmatlar ulushi hamda multiplikativ iqtisodiy samaradorlik bilan o‘lchanishi lozim.
Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkichlarni oshirish uchun turizm
xizmatlari qiymat zanjirida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar va raqamli
xizmatlar ulushini kengaytirish muhimligini ko‘rsatdi. Bu holat turizmni yuqori
qo‘shilgan qiymatga ega tarmoq sifatida rivojlantirish uchun strategik ahamiyat kasb
etadi.

Shuningdek, turizm sohasi rivojlanishini baholashda raqamli infratuzilmaviy
yuklanish indeksini hisobga olish resurslardan samarali foydalanish, xizmatlar sifati
pasayishining oldini olish va turistlar oqimini barqaror boshqarish imkonini berishi
aniqlandi. Raqamli infratuzilma — internet qamrovi, onlayn xizmatlar, smarttexnologiyalar va raqamli boshqaruv tizimlarining hududiy rivojlanish strategiyasi
bilan uyg‘unlashuvi turizm sohasining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlovchi
muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Tadqiqot natijalari raqamli integratsiya va shaffoflik omilining ahamiyatini
ham tasdiqladi. Raqamli transformatsiya turizm mahsulotining raqobatbardoshligini
oshiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, raqamli indikatorlarni baholash tizimiga
kiritish turizm sohasining shaffofligini kuchaytiradi, investitsiya muhitini
yaxshilaydi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishonchli axborot bazasini
shakllantiradi.

Olingan natijalardan kelib chiqib, turizm sohasi rivojlanishini baholash tizimini
takomillashtirish maqsadida bir qator amaliy takliflar ishlab chiqildi. Xususan,
milliy statistik tizimni raqamli modernizatsiya qilish, turizm sohasida “Turizm
sun’iy yo‘ldosh hisoblari” (TSA) tizimini to‘liq joriy etish hamda baholash
metodikasiga “har bir turistga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha raqamli xarajat” va onlayn
xizmatlar ulushi kabi indikatorlarni asosiy KPI sifatida kiritish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Bu yondashuv turizmning real iqtisodiy samaradorligini aniqroq
baholash imkonini beradi.

Bundan tashqari, turizm sanoatini raqamlashtirishni rag‘batlantirish maqsadida
turistik subyektlarning raqamli yetuklik darajasini oshirishga qaratilgan imtiyozli
kreditlash, texnologik grantlar va raqamli platformalarga integratsiyalashuvni
qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarni joriy etish zarur. Shu bilan birga, turistik

oqimni faqat an’anaviy markazlarga emas, balki raqamli platformalar orqali
rivojlantirilishi mumkin bo‘lgan ekoturizm, agroturizm va ziyorat turizmi
hududlariga yo‘naltirish orqali raqamli va infratuzilmaviy bosimni kamaytirish
hamda hududiy multiplikativ samarani oshirish mumkin.

Umuman olganda, tadqiqot natijalari raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm
sohasi rivojlanishini baholashda zamonaviy indikatorlar tizimidan foydalanish ilmiy
va amaliy jihatdan asosli ekanligini tasdiqlaydi hamda O‘zbekiston turizm siyosatini
shakllantirish va uni raqamli rivojlanish strategiyasi bilan uyg‘unlashtirishda muhim
metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi to‘g‘risida PF–6079-son Farmoni, 2020-yil 5-oktabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2021) “Turizm sohasini
raqamlashtirishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent.
UNWTO. (2021) Tourism and Digital Transformation: Measuring Tourism in the
Digital Economy. World Tourism Organization, Madrid.
3. OECD. (2020) Digital Transformation in Tourism and Hospitality: Policy
and Measurement Issues. OECD Publishing, Paris.
4. World Bank. (2021) Digital Economy for Development (DE4D): Tourism
Sector Assessment. Washington, DC.
5. Buhalis D. (2019) Technology in tourism: From information communication
technologies to smart tourism and digital ecosystems. Tourism ManagementVol. 75,
pp. 267–272.
6. Frechtling D. C. (2010) The Tourism Satellite Account: A Primer. Annals of
Tourism Research Vol. 37(1), pp. 136-153.
7. Gretzel U., Sigala M., Xiang Z., Koo C. (2015) Smart tourism: Foundations
and developments. Electronic Markets, Vol. 25(3), pp. 179-188.
8. Xiang Z., Fesenmaier D.R. (2017) Big data analytics, tourism design and
smart destinations. Journal of Travel Research, 2017 Vol. 56(6), pp. 749-764.
9. Porter M. E (1998). The Competitive Advantage of Nations. Free Press,
New York.
10. European Commission. Smart Tourism Destinations: Digital Innovation for
Sustainable Growth. Brussels, 2019.
11. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Turizm sohasi bo‘yicha
rasmiy statistik ma’lumotlar to‘plami. Toshkent, 2019-2024.

REFERENCES:
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi to‘g‘risida PF–6079-son Farmoni, 2020-yil 5-oktabr. (In Uzbek)
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2021) “Turizm
sohasini raqamlashtirishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Toshkent. (In Uzbek)
14. UNWTO. (2021) Tourism and Digital Transformation: Measuring
Tourism in the Digital Economy. World Tourism Organization, Madrid.
15. OECD. (2020) Digital Transformation in Tourism and Hospitality:
Policy and Measurement Issues. OECD Publishing, Paris.
16. World Bank. (2021) Digital Economy for Development (DE4D):
Tourism Sector Assessment. Washington, DC.
17. Buhalis D. (2019) Technology in tourism: From information
communication technologies to smart tourism and digital ecosystems. Tourism
ManagementVol. 75, pp. 267-272.
18. Frechtling D. C. (2010)The Tourism Satellite Account: A Primer.
Annals of Tourism Research Vol. 37(1), pp. 136-153.
19. Gretzel U., Sigala M., Xiang Z., Koo C. (2015) Smart tourism:
Foundations and developments. Electronic Markets, Vol. 25(3), pp. 179-188.
20. Xiang Z., Fesenmaier D.R. (2017) Big data analytics, tourism design and
smart destinations. Journal of Travel Research, 2017 Vol. 56(6), pp. 749-764.
21. Porter M. E (1998). The Competitive Advantage of Nations. Free Press,
New York.
22. European Commission. Smart Tourism Destinations: Digital Innovation for
Sustainable Growth. Brussels, 2019.
23. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Turizm sohasi bo‘yicha
rasmiy statistik ma’lumotlar to‘plami. Toshkent, 2019-2024. (In Uzbek)