ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Islom moliyasi ekotizimida uy-joy xaridini moliyalashtirish amaliyoti (Malayziya tajribasi)

Berdaliyeva Muxabbatxon Zayniddin qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ISLOM MOLIYASI EKOTIZIMIDA UY-JOY XARIDINI
MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTI (MALAYZIYA TAJRIBASI)

THE PRACTICE OF HOUSING PURCHASE FINANCING IN THE
ISLAMIC FINANCE ECOSYSTEM (MALAYSIAN EXPERIENCE)

ПРАКТИКА ФИНАНСИРОВАНИЯ ПРИОБРЕТЕНИЯ ЖИЛЬЯ В
ЭКОСИСТЕМЕ ИСЛАМСКИХ ФИНАНСОВ (ОПЫТ МАЛАЙЗИИ)

Berdaliyeva Muxabbatxon Zayniddin qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy
asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi doktoranti,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi stajyor-tadqiqotchisi

Tel.: +99899 891-42-82
E-mail: ielts8owner@mail.ru
Annotatsiya. Mazkur maqolada islom moliya tizimi doirasida uy-joyni
moliyalashtirishning asosiy mexanizmlari, Malayziya tajribasi hamda global islom
moliyasi ko‘chmas mulk investitsiyasi yo‘nalishlarining rivojlanish tendensiyalari
tahlil qilingan. Tadqiqotda islom moliyasida uy-joy xaridini moliyalashtirish, sukuk
bilan ta’minlangan loyihalar, islom moliyasi REIT fondlari va krautfanding
platformalari kabi moliyaviy vositalarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, vaqf
va zakot institutlarining ijtimoiy ahamiyatga ega turar-joy loyihalaridagi ishtiroki,
ularning islom banklari bilan integratsiyasi ham tahlil etiladi. Maqolada islom
moliyasining ijtimoiy ustunliklari, foizsiz va barqaror moliyaviy yechim sifatidagi
o‘sish istiqbollari keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: islom moliyasi, uy-joyni moliyalashtirish, sukuk, islom ipoteka
amaliyoti, REIT, vaqf, zakot, Malayziya, islom moliyasida investitsiya fondlari.
Annotation. This article analyzes the main mechanisms of housing finance
within the Islamic financial system, focusing on Malaysia’s experience and global
trends in Islamic real estate investment. The study examines the role of financial
instruments such as Islamic home financing, Sukuk-backed projects, Islamic Real
Estate Investment Trusts, and crowdfunding platforms. It also explores the
involvement of waqf and zakat institutions in socially significant housing projects
and their integration with Islamic banks. The paper highlights the social advantages
of Islamic finance and its prospects as an interest-free and sustainable financial
solution.
Keywords: Islamic finance, housing finance, sukuk, Islamic mortgage, REIT,
waqf, zakat, Malaysia, Islamic investment funds.
Аннотация. В данной статье проанализированы основные механизмы
финансирования жилья в рамках исламской финансовой системы, опыт

Малайзии, а также тенденции развития глобальных инвестиций в
недвижимость в сфере исламских финансов. В исследовании рассматривается
роль таких инструментов, как финансирование приобретения жилья в
исламских банках, проекты, обеспеченные сукуком, исламские фонды
недвижимости и краудфандинговые платформы. Кроме того, анализируется
участие институтов вакфа и закята в социальных жилищных проектах и их
интеграция с исламскими банками. В статье также освещаются социальные
преимущества исламских финансов и перспективы их развития как
беспроцентного и устойчивого финансового решения.

Ключевые слова: исламские финансы, финансирование жилья, сукук,
исламская ипотека, REIT, вакф, закят, Малайзия, инвестиционные фонды в
исламских финансах.

KIRISH
Hozirda islom moliya tizimi global moliyaviy ekotizimning muhim va barqaror
tarkibiy qismiga aylandi. Islom moliyasi konsepsiyasi ribo, g‘arar va maysir kabi
faoliyatlardan saqlanish, shuningdek, iqtisodiy operatsiyalarni real aktivlarga
asoslash tamoyillariga tayanadi. Shu boisdan, ushbu tizim nafaqat musulmon
mamlakatlarda, balki butun dunyoda ijtimoiy mas’uliyatli va axloqiy moliyaviy
model sifatida e’tirof etilmoqda. Islom moliya bozori hajmi 2023-yilda turli
manbalarga ko‘ra 2,82 trillion AQSh dollaridan 3,5 trillion AQSh dollarigacha
baholangan (IDB, 2023; IFSB, 2024). 2025-yil boshlariga kelib ushbu ko‘rsatkich
4,5-5,3 trillion dollarga yetgani qayd etilgan (AMRO Asia, 2025). Tadqiqotlar
2032- yilga borib global islom moliya bozori 8 trillion dollardan ortiq hajmga
erishishi mumkinligini ko‘rsatmoqda, yillik o‘sish sur’ati 9,7-12,6% atrofida
bo‘lishi kutilmoqda (IFSB, 2024).
Malayziya 1983-yilda dunyoda birinchi bo‘lib islom banki to‘g‘risidagi
qonunni qabul qilgan va bugungi kunda islom moliyasi infratuzilmasining eng
mukammal modelini shakllantirgan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda dual
bank tizimi, ya’ni an’anaviy va islom bankchilik tizimlari birgalikda faoliyat
yuritadi. Bank Negara Malaysia, Securities Commission Malaysia, shuningdek,
Shariat maslahat kengashi islom moliyasi mahsulotlarining shariatga muvofiqligini
nazorat qiladi. Malayziyada uy-joy moliyalashtirish sohasida Bank Islam Malaysia,
Maybank Islamic, CIMB Islamic, RHB Islamic, Bank Muamalat Malaysia kabi
banklar faoliyat yuritadi. Ularning moliyalashtirish mexanizmlari asosan kamayib
boruvchi mushoraka, murobaha va egalik bilan yakunlanadigan ijara shartnomalari
asosida shakllanadi. Bu modellar orqali mijoz bank bilan sheriklik asosida uy xarid
qiladi, to‘lovlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib boradi va to‘lov yakunlangach
to‘liq egalik huquqini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, Malayziyada islom ipoteka

bozorini qo‘llab-quvvatlashda Cagamas Berhad muhim rol o‘ynaydi. Ushbu
tashkilot “Islamic Residential Mortgage-Backed Sukuk” mexanizmini joriy etgan
bo‘lib, banklardan islom ipoteka portfellarini sotib olib, sukuk chiqarish orqali
ikkilamchi moliya bozorida likvidlikni ta’minlaydi. Shu tarzda, uy-joy
moliyalashtirish uchun barqaror kapital oqimi yaratiladi.

Islom moliyasi ekotizimining ijtimoiy komponenti sifatida vaqf va zakot
institutlari ham faol ishtirok etadi. Masalan, Yayasan Waqaf Malaysia va MAIWP
kabi tashkilotlar naqd vaqf mablag‘lari hamda zakot fondlarini kam ta’minlangan
oilalarga mo‘ljallangan turar-joy loyihalariga yo‘naltiradi. Bu mexanizm moliyaviy
inklyuziyani kuchaytirib, aholini ipoteka yukidan ozod etishga xizmat qiladi. Shu
bilan birga, global miqyosda islom moliyasining ko‘chmas mulk segmenti
kengaymoqda. 2023-yilda Pentavirate Holdings tomonidan AQShda tijorat
ko‘chmas mulklari asosida 100 million dollarlik sukuk emissiyasi amalga
oshirilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari va Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida islom REITs va krautfanding platformalari yilma-yil
o‘sishda davom etmoqda. Umuman olganda, islomiy moliyalashtirish tizimi foizsiz,
riskni adolatli taqsimlovchi va ijtimoiy adolatni ta’minlovchi iqtisodiy model bo‘lib,
u nafaqat moliyaviy barqarorlikni, balki ijtimoiy farovonlikni ham qo‘llabquvvatlaydi. Malayziya tajribasi ushbu tizimning muvaffaqiyatli amaliyotini
namoyon etib, boshqa mamlakatlar uchun samarali model sifatida qaralmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda islom moliyasi, xususan, uy-joyni moliyalashtirish sohasi
bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar sezilarli darajada kengaydi. Tadqiqotchilar ushbu
moliyaviy segmentni nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy adolat, barqarorlik va axloqiy
mas’uliyat tamoyillari bilan bog‘liq tizim sifatida baholashmoqda. Chapra (2016)
islom iqtisodiyotining kelajagini ribodan holi va insonparvar tamoyillarga
asoslangan tizim sifatida ta’riflab, moliya sektorida axloqiy javobgarlikni ta’minlash
zarurligini ta’kidlaydi. Shu yo‘nalishda Siddiqi (2004) islom banklarida foizlarni
taqiqlash sabablarini iqtisodiy va shariat asosida tahlil qilgan hamda moliyaviy
barqarorlikka olib boruvchi muqobil mexanizmlar sifatida foyda va zarar taqsimoti
asosidagi bitimlarni ko‘rib chiqqan.
Islom ipoteka mexanizmlarining amaliy jihatlarini Hanif (2019) chuqur tahlil
qilib, islom ipoteka amaliyoti an’anaviy kreditlardan farqli ravishda mulkka egalik,
risk taqsimoti va shariatga muvofiqlik jihatidan afzal ekanini asoslagan. Malayziya
misolida Hanafi, Kasim va Diyana (2019) aholi o‘rtasida islom ipoteka mahsulotlari
haqida xabardorlik darajasini empirik tarzda o‘rgangan va natijada moliyaviy
savodxonlik darajasi oshgani sayin shariatga muvofiq mahsulotlarga talab ortishini
qayd etgan. Islomiy banklarning uy-joyni moliyalashtirishda qo‘llaydigan

shartnomalari Muneeza va hammualliflar (2020) tomonidan tahlil qilinib,
Malayziyada asosan kamayib boruvchi mushoraka, murobaha va egalik bilan
yakunlanadigan ijara kabi shartnomalar keng qo‘llanilishi aniqlangan. Ismail, Azmi
va Thurasamy (2014) iste’molchilar islomiy uy-joy moliyalashtirishni tanlashda
muhim omil sifatida foizsiz mexanizm, shariat muvofiqligi va bankning obro‘yiga
katta e’tibor qaratishini ko‘rsatgan. Yusof, Abd Wahab va Hamzah (2017) islom
banklari va an’anaviy banklarning uy-joy moliyalashtirishdagi ta’sirini taqqoslab,
islom banklari mahsulotlari aholining uy egalik darajasini oshirishda ijobiy rol
o‘ynashini empirik tarzda isbotlagan. Sukuk bilan ta’minlangan loyihalar va real
aktivlarga asoslangan investitsiyalar bo‘yicha tadqiqotlar shariatga muvofiq
ko‘chmas mulk investitsiyalarining barqarorlik tamoyillariga mos kelishini
ko‘rsatadi. Bunda sukuk obligatsiyalari nafaqat moliyalashtirish vositasi, balki
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi real aktivga asoslangan instrument sifatida
qaraladi. Rasmiy manbalar Bank Negara Malaysia (2024) va Securities Commission
Malaysia (2023) hisobotlariga ko‘ra, Malayziyada islomiy moliyalashtirish hajmi
2024-yilda 1,13 trillion ringgitni tashkil etgan, bu mamlakat moliyaviy tizimining
46 foiziga teng. Cagamas Berhad (2023) tomonidan joriy etilgan Islamic Residential
Mortgage-Backed Sukuk (IRMBS) modeli islom ipoteka portfellarini kapital
bozoriga jalb etish imkonini bergan. Shuningdek, Pentavirate Holdings (2023)
tomonidan AQShdagi tijorat ko‘chmas mulklari asosida 100 million dollarlik sukuk
emissiyasi amalga oshirilgani, islom moliyasi instrumentlarining global
integratsiyalashuv yo‘lida muhim bosqich bo‘lganini ko‘rsatadi. AMRO Asia (2023)
hamda DDCAP Group (2023) hisobotlarida Malayziya va GCC mintaqasida islom
moliyasi sektorining o‘sish sur’atlari yiliga 9-12 foiz atrofida ekanligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, IFSB (2020) va AAOIFI (2021) tomonidan ishlab chiqilgan
xalqaro shariat standartlari islom moliyasi mahsulotlarining, xususan ipoteka va
sukuk mexanizmlarining yagona me’yoriy bazasini shakllantirishda muhim o‘rin
tutadi. Xulosa sifatida, adabiyotlarning umumiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, Malayziya
tajribasi islom moliyasi tizimini muvaffaqiyatli integratsiyalashgan model sifatida
namoyon etadi. Islom ipoteka amaliyoti, sukuk va REITs mexanizmlarining
uyg‘unligi uy-joy sohasida iqtisodiy faollikni, shariatga muvofiq investitsiyalar esa
barqaror moliyaviy muhitni shakllantirmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot metodologiyasi islom moliya tizimi doirasida uy-joyni
moliyalashtirish mexanizmlarini iqtisodiy, huquqiy va institutsional jihatdan
kompleks tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, unda nazariy, qiyosiy tahlil va tizimli
yondashuv usullari qo‘llanildi. Avvalo, Malayziyada islom ipoteka bozorining
rivojlanishiga ta’sir etuvchi normativ-huquqiy asoslar hamda shariat me’yorlari

o‘rganildi. Tadqiqotda Malayziyaning islom banklari tomonidan qo‘llanilayotgan
moliyalashtirish modellari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar tahlil qilindi. Tizimli
yondashuv asosida esa islom moliya ekotizimining tarkibiy elementlari banklar,
takoful kompaniyalari, vaqf va zakot institutlari, shuningdek, regulyator organlar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmlari modellashtirildi. Shu orqali tadqiqot
islom moliyasining nafaqat iqtisodiy samaradorligini, balki ijtimoiy inklyuziya va
barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasini baholashga imkon berdi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Malayziyada islom moliya tizimi doirasida
uy-joyni moliyalashtirish sektori so‘nggi o‘n yillikda mamlakatning umumiy moliya
bozorida eng barqaror o‘sish sur’atini namoyon etmoqda. Bank Negara Malaysia
(2024) hisobotiga ko‘ra, 2024-yil yakunida islom moliyasi tamoyillari bo‘yicha
moliyalashtirish hajmi 1,13 trillion ringgitni, ya’ni moliyaviy tizimning 45,6 foizini
tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2015-yildagi 27 foizlik ulush bilan solishtirganda
deyarli ikki baravar o‘sishni bildiradi. Bu o‘sish, bir tomondan, islom moliyasi
mahsulotlariga bo‘lgan ijtimoiy ishonchning ortib borayotganini, ikkinchi tomondan
esa, hukumat va regulyatorlarning strategik siyosati natijasida sektorning
institutsional rivojlanishini aks ettiradi. Malayziyada islom moliya tizimi doirasida
aholi uchun uy-joy xaridini moliyalashtirish bu faqat bank bilan mijoz o‘rtasidagi
oddiy kredit jarayoni emas, balki murakkab ekotizim bo‘lib, unda bir necha turdagi
institutlar, regulyatorlar va ijtimoiy tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda ishtirok etadi.
1-jadval

Malayziyada islom uy-joy moliyalashtirish ekotizimining ishtirokchilari

« Bozor ishtirokchilari Funksiyasi

№ Islom moliya institutlari
faoliyatini litsenziyalash,
1 Markaziy Bank Negara Malaysia tartibga solish va shariatga
muvofiqligini nazorat qiladi.
1 regulyator va (BNM)
Aholiga kamayib boruvchi
nazorat Securities Commission mushoraka, murobaha va
organlari Malaysia (SCM) egalik bilan yakunlanadigan

Shariah Advisory Council ijara asosida uy-joy
moliyalashtirish xizmatlarini
(SAC)
ko‘rsatadi.
2 Islom tijorat Bank Islam Malaysia Vaqf va zakot mablag‘lari

2 banklari Maybank Islamic orqali past daromadli

CIMB Islamic

RHB Islamic

Bank Muamalat Malaysia

3 Ijtimoiy Yayasan Waqaf Malaysia
(YWM)
3 moliya

institutlari MAIWP oilalarga uy-joy ta’minoti va

Lembaga Zakat Selangor subsidiyalangan

(LZS) moliyalashtirish takliflarini

taqdim etadi.

4 Davlat Cagamas Berhad Uy-joy xaridini

4 agentliklari LPPSA moliyalashtirish

Syarikat Jaminan Kredit shartnomalarini qayta
Perumahan (SJKP) moliyalashtirish (IRMBS
modeli), kafolatlash va davlat

xizmatchilari uchun maxsus

uy-joy dasturlarini taqdim

etadi.

5Kapital bozor Cagamas MBS Berhad Sukuk va REITs orqali islom

5 ishtirokchilari Islamic REITs (Axis REIT, ipoteka portfellarini

Al-Aqar Healthcare REIT moliyalashtirish va

investorlar investitsiyalarni jalb etadi.

6 Takaful Takaful Malaysia Keluarga Uy-joy moliyalashtirishga

6 kompaniyalari Berhad bog‘liq risklarni (vafot,

Etiqa Takaful nogironlik) sug‘urtalash orqali

Takaful Am Malaysia moliyaviy himoyani
ta’minlaydi..

7 Aholi Uy-joy xarid qiluvchi Bank orqali moliyalashtirish

7 shaxslar yoki oilalar oluvchi, takoful bilan

himoyalanadigan va kerak

bo‘lganda zakot yoki vaqf

dasturlaridan foydalanuvchi

asosiy manfaatdor tomon

hisoblanadi.

8 Shariat Har bir bank huzuridagi Moliyaviy mahsulotlarning

8 maslahatchilari Shariat Kengashi shariat standartlariga

va audit AAOIFI muvofiqligini tekshirish va

organlari IFSB shariat auditini amalga
oshiradi..

Malayziyada islom uy-joy moliyalashtirish tizimining ishtirokchilari o‘zaro
chambarchas bog‘langan ko‘p pog‘onali ekotizimni tashkil etadi. Bu tizimda
banklar tijorat asosidagi moliyalashtiruvchi sifatida, Cagamas va sukuk bozori
kapital manbai sifatida, takaful kompaniyalari riskni boshqaruvchi sifatida, vaqf va
zakot institutlari ijtimoiy yordam beruvchi sifatida, regulyatorlar esa tizimni shariat
va milliy qonunchilik asosida nazorat qiluvchi sifatida faoliyat yuritadi. Aholi esa
ushbu ekotizimning markazida turib, uning asosiy foydalanuvchisi va manfaatdori

hisoblanadi. Natijada, Malayziyada islom moliya ekotizimi uy-joy
moliyalashtirishda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy adolatni birlashtiruvchi
muvaffaqiyatli model sifatida shakllangan.

1-rasm. Uy-joy xaridini moliyalashtirish jarayonining bosqichlari
Manba: Tadqiqot natijalari asosida tuzilgan.
2-jadvalda keltirilgan barcha islom uy-joy moliyalashtirish mahsulotlari Bank
Negara Malaysia tomonidan ruxsat etilgan va Shariat maslahat kengashi tomonidan
shariatga muvofiqligi tasdiqlangan moliyaviy instrumentlardir. Ushbu shartnomalar

AAOIFI hamda IFSB tomonidan belgilangan xalqaro shariat standartlariga
muvofiq ishlab chiqilgan. Malayziya amaliyotida ayniqsa kamayib boruvchi
mushoraka modeli eng keng tarqalgan uy-joy moliyalashtirish shakli hisoblanib, u
risk va egalikni sheriklik asosida taqsimlash tamoyili bilan ajralib turadi. Bank
Negara Malaysianing 2024-yilgi yillik hisobotiga ko‘ra, ushbu model mamlakatdagi
islom ipoteka bitimlarining asosiy qismini tashkil etadi.

2-jadval

Uy-joyni moliyalashtirish shartnomalari

S№hartnoma turi Mohiyati Banklar

B1 o‘lib-bo‘lib to‘lash Bank mulkni sotib oladi va Bank Islam,
shartnomasi mijozga kechiktirilgan to‘lov RHB Islamic
evaziga sotadi.
M2 urobaha Bank aktivni xarid qilib, CIMB Islamic,
mijozga ustama bilan sotadi. Maybank
K3 amayib boruvchi Islamic
mushoraka Bank va mijoz birgalikda Maybank
mulkni egallaydi, mijoz asta- Islamic, Bank
E4 galik bilan sekin bank ulushini sotib oladi. Muamalat
Bank mulkni ijaraga beradi, AmBank
yakunlanadigan ijara shartnoma muddati tugagach, Islamic, CIMB
egalik mijozga o‘tadi. Islamic

Islom uy-joy moliyalashtirish amaliyoti asosan kamayib boruvchi mushoraka,
murobaha va egalik bilan yakunlanadigan ijara shartnomalariga tayanadi.

2-rasm. Boʻlib-boʻlib toʻlashga sotish sxemasi
Manba: Tadqiqot natijalari asosida tuzilgan.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu shartnomalar o‘zaro risk taqsimoti,
egalik huquqining bosqichma-bosqich o‘tishi hamda foizsiz moliyalashtirish
tamoyili bilan aholini iqtisodiy jihatdan himoya qilishga xizmat qiladi.

3-rasm. Egalik bilan yakunlanadigan ijara sxemasi
Manba: Tadqiqot natijalari asosida tuzilgan.
Kamayib boruvchi mushoraka modeli Malayziyada eng keng qo‘llanilayotgan
mexanizm bo‘lib, unda bank va mijoz mulkni sheriklik asosida sotib oladi, mijoz
asta-sekin bank ulushini to‘lab boradi va yakunda to‘liq egalikka ega bo‘ladi. Bu
model iqtisodiy riskni adolatli taqsimlaydi va mijozni haddan tashqari qarz
bosimidan saqlaydi.

4-rasm. Kamayib boruvchi mushoraka sxemasi
Manba: Tadqiqot natijalari asosida tuzilgan.
Cagamas Berhad tomonidan 2023-yilda joriy etilgan “Islamic Residential
Mortgage-Backed Sukuk (IRMBS)” dasturi islom ipoteka bozorini ikkilamchi
moliya bozoriga integratsiya qilish imkonini berdi. Bu mexanizm orqali banklar uyjoy ipoteka portfellarini Cagamas’ga sotadi, Cagamas esa ushbu portfel asosida
sukuk chiqaradi. Natijada bank tizimi yangi likvidlik manbayiga ega bo‘ladi va
ipoteka moliyalashtirish barqaror kapital bilan ta’minlanadi. Ushbu model islom
moliya tizimining real aktivlarga asoslangan, riskni bo‘lishuvchi va shariatga mos
innovatsion mexanizmlar yaratish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Tahlil davomida vaqf va zakot institutlarining islom moliyalashtirish tizimiga
qo‘shgan hissasi ham o‘rganildi. Yayasan Waqaf Malaysia, MAIWP va Lembaga
Zakat Selangor kabi tashkilotlar vaqf yerlaridan foydalanib, ijtimoiy ahamiyatga ega
turar-joy loyihalarini amalga oshirmoqda. Bu holat nafaqat iqtisodiy samaradorlikni,

balki ijtimoiy inklyuziyani ham ta’minlamoqda. Shuningdek, tahlil natijalariga
ko‘ra, Malayziyada islom ipoteka mahsulotlari bo‘yicha aholining xabardorlik
darajasi yildan-yilga oshib bormoqda. Hanafi, Kasim va Diyana (2019) tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, aholining aksariyati islom ipoteka amaliyoti
haqida ma’lumotga ega. Bu esa islom moliyasi bo‘yicha savodxonlik siyosati
samarali ishlayotganini anglatadi. Sukuk asosidagi moliyalashtirish islom ko‘chmas
mulk sektorining eng muhim bo‘g‘inlaridan biridir. 2023-yilda Pentavirate Holdings
tomonidan AQShda tijorat ko‘chmas mulklari asosida 100 million dollarlik sukuk
emissiyasi amalga oshirildi. Bu holat islom kapital bozorlari geografiyasining
kengayishini hamda shariatga mos aktivlar global moliya oqimlariga tobora faol
kirib borayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Malayziyada Islom REITlari bozori
ham jadal o‘smoqda. Ushbu fondlar tijorat binolari, turar-joy majmualari va sanoat
obyektlarining shariatga muvofiq ijarasini tashkil etish orqali investorlar uchun
foizsiz, barqaror daromad manbayini yaratmoqda.

Umuman olganda, tahlil natijalari Malayziya tajribasini islom moliyasi
tamoyillari asosida moliyalashtirishning mukammal ekotizimi sifatida namoyon
etadi. Bu tizimda bank sektori, takoful, sukuk bozori, vaqf va zakot institutlari
o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Shariat maslahat kengashi doimiy ravishda moliyaviy
mahsulotlarning muvofiqligini ta’minlab, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni
kafolatlaydi. Malayziya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, islom moliya asosidagi uy-joy
moliyalashtirish tizimi nafaqat iqtisodiy daromad manbayi, balki ijtimoiy adolat,
halollik va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizm sifatida ham
o‘zini namoyon etmoqda. Shu sababli, ushbu modelni boshqa musulmon
mamlakatlar amaliyotiga moslashtirish islom moliya sektorining xalqaro
miqyosdagi yanada kengayishiga xizmat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Malayziyada islom moliyasi asosida uyjoyni moliyalashtirish tizimi barqaror, shariatga muvofiq va ijtimoiy yo‘naltirilgan
iqtisodiy model sifatida shakllangan. Ushbu tizimning muvaffaqiyat omili davlat,
moliya institutlari hamda ijtimoiy tashkilotlar o‘rtasidagi uzviy integratsiya
hisoblanadi. Islom banklari tomonidan qo‘llanilayotgan kamayib boruvchi
mushoraka, murobaha va egalik bilan yakunlanadigan ijara shartnomalari
moliyalashtirishda foyda va riskni adolatli taqsimlashga, shuningdek, mijozlarning
moliyaviy yukini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Cagamas Berhad tomonidan
ishlab chiqilgan “Islamic Residential Mortgage-Backed Sukuk (IRMBS)”
mexanizmi esa ikkilamchi bozor orqali likvidlikni ta’minlab, uy-joy
moliyalashtirishni uzoq muddatli barqaror moliya manbalari bilan ta’minlash
imkonini bermoqda. Shu bilan birga, vaqf va zakot institutlarining islom banklari

bilan hamkorligi ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlar uchun uy-joyga egalik imkoniyatini
kengaytirmoqda. Tadqiqot natijalariga tayangan holda quyidagi takliflarni ilgari
surish mumkin. Birinchidan, islom moliyasi bo‘yicha uy-joyni moliyalashtirish
mahsulotlarini raqamli moliya platformalari orqali kengaytirish, shu jumladan “halol
krautfanding” mexanizmlarini joriy etish zarur. Ikkinchidan, islom moliyasi
institutlari uchun maxsus “ijtimoiy uy-joy fondi” tashkil etilib, zakot va vaqf
mablag‘larini shu yo‘nalishga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Uchinchidan, xalqaro
miqyosda Malayziya tajribasiga asoslangan yagona standartlashtirilgan islom
ipoteka modeli ishlab chiqilishi lozim. Umuman olganda, islom moliya tizimi
foizsiz, axloqiy va ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli mexanizm sifatida nafaqat iqtisodiy
barqarorlikni, balki aholining turmush darajasini oshirish, adolatli farovonlikni
ta’minlash va moliyaviy inklyuziyani kengaytirish uchun ham samarali vosita bo‘lib
xizmat qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI / REFERENCES:
1. AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial
Institutions) (2021) Shari’ah Standards for Islamic Financial Institutions. Manama:
AAOIFI.
2. AMRO Asia (2023) Malaysia’s Strategic Path to Global Islamic Finance
Leadership. Kuala Lumpur: ASEAN+3 Macroeconomic Research Office. Available
at: https://amro-asia.org
3. Bank Negara Malaysia (2024) Annual Report 2024. Kuala Lumpur: Bank
Negara Malaysia. Available at: https://www.bnm.gov.my
4. Cagamas Berhad (2023) Islamic Residential Mortgage-Backed Sukuk
(IRMBS) Framework Overview. Kuala Lumpur: Cagamas Publications.
5. Chapra M.U. (2016) The Future of Economics: An Islamic Perspective.
Jeddah: Islamic Research and Training Institute.
6. DDCAP Group (2023) Malaysia’s Islamic Finance Market 2023: Deep
Dive Analysis. Available at: https://www.ddcap.com
7. Hanif M. (2019) Islamic mortgages: principles and practice. // International
Journal of Emerging Markets, 14(5), pp. 967-987.
8. H.Hanafi, N.H. Kasim, S.Diyana (2019) Islamic mortgage products: how
aware are Malaysians?, Pertanika Journal of Social Sciences Humanities, 27(1).
9. Hasan Z. (2021) Sukuk and sustainable development: the case of Islamic
real estate projects. // Journal of Islamic Accounting and Business Research, 12(3),
pp. 482-498.
10. IFSB (Islamic Financial Services Board) (2020) Core Principles for Islamic
Finance Regulation (Banking Segment). Kuala Lumpur: IFSB Secretariat.

11. S.Ismail, F.Azmi, R.Thurasamy (2014) Selection criteria for Islamic home
financing in Malaysia. // International Journal of Business and Society, 15(1).

12. Islamic Development Bank (2022) Islamic Finance Outlook 2022–2023.
Jeddah: IsDB Institute.

13. A.Muneeza, M.F.Fauzi, M.F. Bin Mat Nor, M.Abideen, M.M Ajroudi.
(2020) House financing: contracts used by Islamic banks for finished properties in
Malaysia.// Journal of Islamic Accounting and Business Research, 11(1), pp. 168–
178.

14. Pentavirate Holdings (2023) $100 Million Sukuk Backed by U.S.
Commercial Real Estate. Corporate Press Release, Dubai.

15. Securities Commission Malaysia (2023) Islamic Capital Market Quarterly
Bulletin. Kuala Lumpur: SCM Publications.

16. Siddiqi M.N. (2004) Riba, bank interest and the rationale of its prohibition.
Jeddah: Islamic Development Bank, Islamic Research and Training Institute.

17. R.M. Yusof, N. Abd Wahab, H.Hamzah (2017) Does home financing
promote affordability of home ownership in Malaysia? An empirical analysis
between Islamic and conventional banks.// International Journal of Economics,
Management and Accounting, 25(3), pp. 601–627.