ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Yoshlarda ijtimoiy tarbiyani shakllantirishning didaktik asoslari

Shomurodov Jamshid Olimboy o‘g‘li, Xalimbetova Dildora Alimboyevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

YOSHLARDA IJTIMOIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING
DIDAKTIK ASOSLARI

DIDACTIC PRINCIPLES OF FORMING SOCIAL EDUCATION
IN YOUTH

ДИДАКТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЯ МОЛОДЕЖИ

Shomurodov Jаmshid Olimboy o‘g‘li
Orientаl universiteti

Uzluksiz tа’lim pedаgogikаsi kаfedrаsi dotsent v.b., p.f.f.d. (PhD)
Tel.: +998 99 772-24-50

Xalimbetova Dildora Alimboyevna
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

To‘rtko‘l tuman ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlar guruhi bosh mutaxassisi
Tel.: +998 90 997-33-61

Email: nishanovaz23x@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlarda ijtimoiy tarbiyani shakllantirish va uni
rivojlantirish masalalariga doir keng qamrovli yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Xususan,
sharq mutafakkir olimlarining pedagogik asarlarida aks ettirilgan qarashlar tahlil
qilinadi va bu qarashlardan yoshlarning ijtimoiy tarbiyasini mustahkamlashda samarali
foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Maqolada, shuningdek, ijtimoiy
tarbiyaning tarixiy va falsafiy ildizlarini o‘rganish, bu jarayonning yosh avlod ongida
chuqur singib borishi uchun zarur bo‘lgan didaktik usullar va yondashuvlar haqida
atroflicha ma’lumot beriladi. Yoshlarda ijtimoiy tarbiyani rivojlantirishda tarbiyaviy
jarayonlarning uzluksizligi, axloqiy qadriyatlar va milliy-madaniy an’analarni
singdirishning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, maqolada zamonaviy
ta’lim muhitida ushbu jarayonni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va
tavsiyalar keltiriladi.

Kalit so‘zlar: Yoshlar, ijtimoiy tarbiya, shaxs ma’naviyati, xarakter, jamiyat,
komil inson, tafakkur, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiya, kamtarlik, insof.

Annotation. This article examines comprehensive approaches to the formation
and development of social education among youth. Specifically, it analyzes the
pedagogical views reflected in the works of Eastern thinker-scholars and discusses the
possibilities of effectively utilizing these views to strengthen the social education of
youth. The article also provides detailed insights into the study of the historical and
philosophical roots of social education, as well as the didactic methods and approaches

necessary for deeply embedding this process in the consciousness of the younger
generation. The importance of continuity in educational processes, the integration of
moral values, and national-cultural traditions in fostering social education among youth
is particularly emphasized. Additionally, the article offers suggestions and
recommendations for organizing this process more effectively in the modern
educational environment.

Keywords: Youth, social education, personal spirituality, character, society,
perfect person, thinking, spiritual-educational, education, humility, honesty.

Аннотация. Данная статья посвящена рассмотрению комплексных
подходов к формированию и развитию социальной воспитанности молодежи. В
частности, анализируются педагогические взгляды, отраженные в трудах
восточных мыслителей-ученых, и обсуждаются возможности эффективного
использования этих взглядов для укрепления социальной воспитанности
молодежи. В статье также подробно излагаются сведения об изучении
исторических и философских корней социальной воспитанности, а также о
дидактических методах и подходах, необходимых для глубокого внедрения
этого процесса в сознание молодого поколения. Особое внимание уделяется
важности непрерывности воспитательных процессов, внедрению моральных
ценностей и национально-культурных традиций в воспитание молодежи. Кроме
того, в статье предлагаются рекомендации и предложения по более эффективной
организации этого процесса в современной образовательной среде.

Ключевые слова: Молодежь, социальное воспитание, духовность
личности, характер, общество, совершенный человек, мышление, духовновоспитательное, воспитание, смирение, честность.

KIRISH
Yoshlar har qanday jamiyatning kelajagi va eng faol qatlamidir. Ularning
rivojlanishi va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi jamiyatning taraqqiyotiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
"Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr
talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida
to‘xtalib: – "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu
yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi
bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan
ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan
uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘
zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga

sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va
faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidlaydi.

Bugungi kun vatanimiz yoshlari Yangi Oʻzbekistonning ishonchi, tayanchi
sifatida qaralayotgani hech birimizga sir emas. Shunday ekan, ona vatanni gullab
yashnashiga har bir yosh avlod sidqi dildan fidokorona xizmat qilishlari, buning uchun
albatta ilmli, bilimli bo‘lishi, jamiyat ravnaqini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shish
har bir yosh avlodning oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Yoshlarimiz moddiy
ishlab chiqarish jarayoni xarakteri, iqtisodiy taraqqiyot moʻljallarini aniqlay oladigan,
jamiyatni boshqarish xarakteri, hokimiyat va siyosiy soha tabiatiga taʼsir oʻtkazish,
ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishga, jamiyatdagi maʼnaviy-ruhiy vaziyatni
shakllantirishga qodir boʻlgan ijtimoiy-demografik kuchdir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Yoshlarda ijtimoiy tarbiyani shakllantirishning didaktik asoslarini o‘rganishda bir
qator manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu manbalar orqali sharq va g‘arb
pedagogikasi, falsafasi hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlari tahlil qilinadi.
Sharq mutafakkirlarining asarlari mavzuni chuqur tahlil qilishda muhim manba
hisoblanadi. Al-Forobiy (1993) o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida ijtimoiy
tarbiyaning falsafiy asoslarini yoritib, jamiyatda axloqiy normalarni shakllantirishda
ta’limning o‘rnini ta’kidlaydi. Uning qarashlari yoshlarda ijtimoiy mas’uliyatni
rivojlantirishda didaktik asos sifatida foydalanish imkonini beradi. Shuningdek,
Jurayev (2021) o‘z maqolasida Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat
masalasini tahlil qilib, yoshlar ongida ijobiy axloqiy qadriyatlarning shakllanishiga
e’tibor qaratadi.
Zamonaviy pedagogika sohasida Safarova, Musayev va boshqalar (2008)
umumiy o‘rta ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning didaktik parametrlarini
o‘rganib, ijtimoiy tarbiyani rivojlantirishda ta’limning tizimli yondashuvlarini taklif
qiladi. Bu ishda ta’lim jarayonida zamonaviy metodlar va axloqiy tarbiya o‘zaro
bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Shomurodov (2023) esa o‘quvchilarning kognitiv
qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlarini tahlil qilib, ijtimoiy tarbiyada badiiyestetik materiallardan foydalanishning samaradorligini ta’kidlaydi.
Ijtimoiy pedagogika bo‘yicha maxsus adabiyotlar ham mavzuni yoritishda muhim
hissa qo‘shadi. Egamberdiyeva (2009) va Egamberdiyeva va Toshov (2022) o‘z darslik
va qo‘llanmalarida ijtimoiy tarbiyaning nazariy va amaliy jihatlarini keng yoritib,
ta’lim jarayonida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish usullarini taklif qiladi. Ushbu
manbalar yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda didaktik
yondashuvlarning ahamiyatini ko‘rsatadi.

G‘arb pedagogikasi nuqtai nazaridan, Выготский (1991) o‘zining
“Педагогическая психология” asarida ijtimoiy tarbiyaning psixologik asoslarini
tahlil qilib, yoshlarning ijtimoiy muhitda rivojlanishida o‘qituvchi va jamiyatning
rolini ta’kidlaydi. Uning zonaviy rivojlanish nazariyasi yoshlarda ijtimoiy
ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim didaktik usul sifatida qo‘llaniladi.

Tolibov (2008) fuqarolik jamiyati tushunchasi va uning institutlarini tahlil qilib,
yoshlarda ijtimoiy mas’uliyat va fuqarolik ongini shakllantirishda ta’limning o‘rnini
ko‘rsatadi. Ushbu ishda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsiplari ijtimoiy tarbiya
jarayoniga integratsiyalashuvi muhokama qilinadi.

“Pedagogika: Entsiklopediya” (2015) nashri esa ijtimoiy tarbiyaning umumiy
nazariy asoslarini yoritib, ta’lim jarayonida ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha
keng ma’lumot beradi. Bu manba mavzuni tizimli tahlil qilishda muhim qo‘llanma
sifatida xizmat qiladi.

Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yoshlarda ijtimoiy tarbiyani
shakllantirishning didaktik asoslari sharq va g‘arb pedagogik an’analarining sintezi,
zamonaviy ta’lim yondashuvlari va milliy qadriyatlarning uyg‘unligiga asoslanadi.
Ushbu manbalar mavzuni har tomonlama yoritish imkonini beradi va amaliy takliflar
ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot yoshlarda ijtimoiy tarbiyani shakllantirishning didaktik asoslarini
o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, sifatli va miqdoriy tadqiqot usullarining
kombinatsiyasidan foydalanadi. Tadqiqotning asosiy metodologik yondashuvi
quyidagilardan iborat:
1. Adabiyotlar tahlili: Sharq va G‘arb mutafakkirlarining pedagogik asarlari,
zamonaviy ilmiy manbalar va ijtimoiy pedagogika bo‘yicha darsliklar tahlil qilinadi.
Bu orqali ijtimoiy tarbiyaning nazariy asoslari va didaktik prinsiplari aniqlanadi.
2. Tarixiy-pedagogik tahlil: Ijtimoiy tarbiyaning tarixiy rivojlanishi va uning
didaktik asoslari sharq olimlari asarlari va zamonaviy ta’lim tizimlari kontekstida
o‘rganiladi.
3. Anketalashtirish va so‘rovnoma: Yoshlar va pedagoglar o‘rtasida ijtimoiy
tarbiya jarayonidagi muammolar va didaktik yondashuvlarning samaradorligini
baholash uchun so‘rovnomalar o‘tkaziladi.
4. Tajriba-sinov ishlari: Tanlangan ta’lim muassasalarida ijtimoiy tarbiyani
rivojlantirishga qaratilgan didaktik usullar sinovdan o‘tkaziladi. Natijalar miqdoriy va
sifatli tahlil qilinadi.

5. Taqqoslash va sintez: Olingan ma’lumotlar sharq va g‘arb pedagogik
yondashuvlari bilan taqqoslanadi va ijtimoiy tarbiyani shakllantirishning optimal
didaktik modeli sintez qilinadi.

Tadqiqotda ishonchlilik va obyektivlikni ta’minlash uchun ma’lumotlar
triangulyatsiyasi usulidan foydalaniladi. Tadqiqot natijalari yoshlarda ijtimoiy
tarbiyani rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Har bir millatning baxt-u saodati, yuksalishi yoshlarning tarbiyasiga bog‘liqdir.
O‘zbek zamonaviy pedagogikasining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniy shunday
ta’kidlagan edi: “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo
saodat - yo falokat masalasidir” (Tolibov I., 2008). Ushbu purma’no fikrning zamirida
juda katta ma’no bor. Aynan bugungi kun yoshlarining tarbiyaviy imkoniyatlarini
kengaytirishda, ayniqsa ularda ijtimoiy munosabatlarga kirishishda zarur bo‘lgan
ijtimoiy tarbiya tushunchalarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biridir. Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq
mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek,
vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo‘lishi kerak, deb
hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat
ma’naviy rivojini ta’minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.
Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida
turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O‘zbekiston
mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog‘lom pedagogik tafakkurga
tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik
jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning
tarixi chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari,
mutafakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda.
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi.
Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya
Tarbiya ishlarining aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila tarbiyasi, mahalla
tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida amalga oshiriladigan
tarbiya, oliy ta’lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning
vazifasi ham jismonan baquvvat, ma’naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va
yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan, zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini
o‘zlashtiradigan, ma’lum kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan
iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ijtimoiy tarbiya tushunchasi pedagogika
ensiklopediyasida quyidagicha keltiriladi:

1. Tarbiyaning muhim bir shakli, butun jamiyat, xalq, millatga ko‘rsatilgan
maqsadga muvofiq ma’naviy ta’sirni ifoda etadigan tushuncha;

2. Bolada ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayoni.
Ijtimoiy tarbiya shaxs ongi, tafakkuri, ma’naviy-ma’rifiy olamini jamiyatning
maqsad va vazifalariga uyg‘un hamda hamohang ravishda shakllantirish va
rivojlantirish jarayoni, kishilarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok
ettirishga da’vat etadigan barcha ezgu ta’sir hamda omillar majmui. Ijtimoiy tarbiya –
tarbiyaviy ta’sirning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan, oila tarbiyasi, mahalla
tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tarbiyasi, mehnat jamoasi
tarbiyasi, jamoatchilik tarbiyasi kabi tarbiya institutlarini qamrab oladigan murakkab
ma’naviy-ma’rifiy jarayondir.
Tarbiya (arabcha. – rivojlantirish; parvarish qilish, o‘stirish; o‘rgatish; ilm
berish) 1 Ta’lim, axloq-odob va shu kabilarni o‘rgatib, singdirib, insonni voyaga
yetkazish, ulg‘aytirish, o‘stirish. 2 Insonda kasb-hunar, odob-axloq va shu kabilarni
shakllantirish, rivojlantirishga, uning jamiyatda yashashi uchun kerak bo‘lgan
xislatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan xatti-harakatlar majmui va shu yo‘l
bilan singdirilgan odob-axloq, xislat, fazilatlar majmui. 3. Ijtimoiy-tarixiy va hayotiy
tajribani avlodlardan ajdodlarga uzatishga xizmat qiladigan, oila, ta’lim muassasalari,
mahalla, ijtimoiy, siyosiy tashkilotlar, OAV ta’siri ostida jismonan sog‘lom, ma’nan
barkamol insonni shakllantirish va takomillashtirish jarayonini anglatuvchi
tushuncha. Tarbiya insonga individual va ijtimoiy, ongli va ongsiz ta’sirlarning
yig‘indisini mujassamlashtiradi, yakka kishiga, ma’lum bir jamoaga, xalq yoki
millatga qaratilgan bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishi hamda rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. Yosh avlodni tarbiyalashda milliy istiqlol g‘oyasi va ajdodlarimiz
merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning asriy an’analari muhim
ahamiyatga ega.
“Tarbiya” so‘zining ma’nolari ko‘p bo‘lsa-da, milliy an’analardan kelib chiqib
yondashadigan bo‘lsak, tasavvurda avvalo uning “axloqiy” sifati uyg‘onadi. Buning
boisi, ota-bobolarimiz bola axloq-odobini tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan ustun
qo‘yishgan. O‘zbek tilining izohli lug‘atini o‘rganishimiz natijasida ham shunga amin
bo‘ldikki, ”tarbiya” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “rivojlantirish, parvarish qilish, o‘stirish;
o‘rgatish; ilm berish” singari bir qator ma’nolarni anglatishi yozilgan. Izohli lug‘atni
sinchiklab o‘rganganimizda “ta’lim” so‘zidan ko‘ra “tahsil” so‘zi ham kengroq
ma’noni ifodalaydi. Milliy tarbiya tarixining atoqli namoyandalari Fitrat va Abdulla
Avloniy qarashlarida “tarbiya” so‘zining ma’no qamrovi “ta’lim”ga qaraganda
birmuncha keng bo‘lib, “ta’lim” mohiyati jihatidan “fikr tarbiyasi” yoki “aql tarbiyasi”

sifatida tarbiyaning tarkibiy qismi sanaladi. Umuman, tarbiya so‘zida yoshlarni (ham
jismonan, ham axloqan, ham aqlan) barkamol avlod sifatida tarbiyalash tushuniladi.
Ya’ni sodda qilib aytganda, “tarbiyali bola” barkamol avlod demakdir (Сафарова Р.,
Мусаев У., 2008).

Ijtimoiy tarbiya o‘quvchilar ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga
muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya
jarayonida inson va jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar
ongiga singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol
ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta’sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga
oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega bo‘ladi va
bunda shaxs xohlagan soha bo‘yicha ta’lim-tarbiya ko‘rib, istagan kasbni egallashi
mumkin. Tarbiya ishlari har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha
shug‘ullanmagan xalq yoki davlat inqirozga yuz tutadi. Chunki har qanday
mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish
to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
ma’naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat ko‘rsatadigan
tarbiya ishlari tizimi bo‘lishini taqozo etadi.

Hadis ilmida: “Bolalaringizga odob beringlar va odoblarini chiroyli qilinglar”,
deyilgan (Imom Muslim rivoyati). Tarbiya haqida Imom Gʻazzoliyning «Ihyo-u
ulumu-d-din» kitobida bunday deyiladi: “Bola – ota-ona qoʻlidagi omonat. Uning qalbi
turli naqsh va rasmlardan xoli. Qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil
qilinsa, moyil boʻlaveradi. Agar yaxshilikka undalsa va oʻrgatilsa, saodatli boʻladi.
Ota-onasi hamda odob, taʼlim-tarbiya bergan ustozlar uning savobiga sherik boʻldi.

Yoshlar tarbiyasi haqida sharq mutafakkirlari o‘zlarining falsafiy qarashlarida
ko‘plab yondashuvlarni keltirib o‘tganlar. Jumladan: Abu Rayhon Beruniy insoniyat
tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish,
kattalar mehnatini e’zozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish
oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada
boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta’lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab
davom ettirish lozimligini alohida ta’kidlagan. Abu Rayhon Beruniy mehnat va kasbhunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan
o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan.

Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo‘lishda deb hisoblaydi va
barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg‘u beradi. Allomaning fikricha,
axloqiylik, to‘g‘rilik, odillik, tadbirkorlik, o‘zini vazmin tutish, kamtarlik, insof,
ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo‘lish komil inson qiyofasida aks etishi
zarur bo‘lgan eng asosiy sifatlardir. Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning

birinchi mezon sifatida bilimli bo‘lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli
bo‘lishi esa uning yanada yuksalishini ta’minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy
lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko‘rsatkichi ekanligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sino
ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va
odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o‘zgarishlar, jarayonlar mohiyatini
anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga
ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo‘lgan
mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan
saqlash zarurligini uqtiradi (Jurayev Sh., 2018).

Sharq mutafakkirlarining asarlarini o‘rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va
ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim
ahamiyatga egadir. Ular o‘z asarlarida shaxs ma’naviyati, insonda odob-axloqning
yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan
kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishga oid qarashlarni
bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq
mutafakkirlari va allomalari o‘z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi,
undagi yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug‘laydilar va shunday fazilatlarga ega
bo‘lishga barchani chorlaydilar. Ma’naviy yuksaklik, zamonaviy ilm-fanning sirasrorlarini egallagan, ajdodlarimizning boy ma’naviy meros namunalarida aks
ettirilgan bilimlar bilan ma’naviy ongi qurollantirilib borilgan avlodni hech qanday
tashqi kuch, g‘oya yoki mafkura aslo o‘z ta’siriga tushira olmaydi (Форобий A., 1993).

Abu Nasr Farobiy o‘rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyat haqidagi bir
butun ta’limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida hamma
tomonidan qabul qilingan. Farobiy o‘z asarlarida sezilarli darajada bir qator
masalalarni yoritib bergan:

- ijtimoiy fanlarning mavzu va vazifalari;
- ijtimoiy birlashmalarning kelib chiqishi, tarkibi va ko‘rinishlari;
- shahar-davlat, uning vazifalari va boshqaruv shakllari;
- jamiyatda insonning o‘rni va majburiyati, ta’lim-tarbiya masalalari;
- davlat uyushmasining vazifalari va pirovard maqsadi, umumiy baxt-saodatga
erishishning yo‘llari va vositalari.
Shuningdek, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (yetuk
jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo‘nalishi ekanligiga urg‘u
beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa’yi-harakati bilan barpo
etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o‘zida eng oliy insoniy
fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql ma’nolari to‘g‘risidagi»
risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo‘lishi lozim bo‘lgan
o‘n ikki fazilatni keltirib o‘tadi.

Yuqorida ta’kidlangan mazkur fazilatlar har bir yosh avlodning ma’naviy ongida
o‘z aksini topa olishi kerak, zero ular inson hayotini mo‘tadil kechishi hamda muayyan
kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishish imkonini beradigan
kuchdir. Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda
bo‘lish, ularning yordami va qo‘llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu
ehtiyojni qondirish yo‘lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o‘zaro yordam,
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o‘rnini
belgilab beradi.

Mahmud Qoshg‘ariy “Devoni lug‘atit turk” asarida ilmli, aqlli odamlarga
yaxshilik qilib so‘zlarini tingla, ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir, deya
uqtiradi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi,
yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e’zozlab, kishilarni ulardan ibrat
olishga chaqiradi.

Vygotskiyning fikricha, “inson shaxs sifatida ijtimoiy muhitda shakllanadi.
Bolaning bilimi va shaxsiy fazilatlari individual emas, balki ijtimoiy muloqot va
hamkorlik faoliyati natijasidir” deb ta’kidlaydi. Uning yoshlarda ijtimoiy tarbiyani
tarkib toptirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarida pedagogik-psixologik
yondashuvlar keltirilgan. U shaxsda: “har qanday bilim va ko‘nikma avval ijtimoiy
darajada (interpsixik), keyin esa shaxs ichida (intrapsixik) shakllanadi” – deya
ta’kidlaydi. Vygotskiy ta’lim jarayonini faqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro
muloqot sifatida ko‘radi. Uning fikriga ko‘ra, insonning psixologik rivojlanishi uchun
ijtimoiy muloqot juda muhimdir. U, aslida, shaxsning bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishi va rivojlanishi ijtimoiy kontekstda, ya’ni boshqalar bilan o‘zaro aloqada
amalga oshadi. Vygotskiy shunday xulosaga keladi:

Ijtimoiy o‘rganish;
Ijtimoiy ta’lim;
Ijtimoiy o‘rganish: Bilim o‘zlashtirish jarayonida shaxs jamiyat va muhit bilan
o‘zaro aloqada bo‘ladi. O‘qituvchi, ota-onalar, tengdoshlar va boshqa ijtimoiy guruhlar
orqali o‘rganish amalga oshadi.
Ijtimoiy ta’lim: Ta’lim nafaqat akademik bilimlarni o‘rganish, balki shaxsni
jamiyatda mavjud axloqiy, huquqiy, madaniy me’yorlarga mos ravishda
shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Vygotskiy bilimlarni o‘zlashtirish nafaqat kognitiv jarayon, balki madaniy va
ijtimoiy kontekstda amalga oshadi. O‘quvchi ijtimoiy jamiyatdagi vazifalarni
o‘zlashtiradi va jamiyatning madaniy qadriyatlarini o‘zida aks ettiradi. Bu yerda
madaniyat bu bilim, til, an’ana va qadriyatlardan iborat bo‘lib, ularni o‘rganish uchun
ijtimoiy aloqalar orqali o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi[8]. Yoshlarning bugungi

kunda har tomonlama rivojlanishi uchun jamiyatda ijtimoiy tarbiya va aloqalar muhim
hisoblanadi. Yoshlarning ijtimoiy rivojlanishi jamiyatni o‘rganish jarayonida ro‘y
beradi va bu o‘rganish faqat individual emas, balki guruh ichidagi o‘zaro ta’sir orqali
ham amalga oshadi. O‘quvchi-yoshlar bir-birlari bilan fikr almashib, o‘zaro yordam
berishadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda ajdodlarimiz o‘zlarining ilmiy falsafiy qarashlarida
yoshlarning kasbiy mehnat ta’limi va tarbiyasiga juda katta e’tibor berganlar. Ular
kasb-hunar ta’limiga ta’lim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida
yondashganlar. Bugungi kun yoshlarida ijtimoiy tarbiyani tarkib toptirishda tarixiy
manbalarda hamda buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish,
uni idrok etgan holda yosh avlodning ma’naviy olamini kengaytirish alohida
ahamiyatga ega. Shuning bilan bir qatorda yoshlarning ijtimoiy tarbiyasini tarkib
toptirishda tarbiyaning chuqur ildizini o‘rganish hamda uni yosh avlod ongiga singdirib
borish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyev, Sh. M. (2024, Iyun 15). Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash,
muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi [Anjuman nutqi]. – Toshkent.
2. Forobiy, Abu Nasr. (1993). Fozil odamlar shahri. – Toshkent: A. Qodiriy
nomidagi Xalq merosi nashriyoti.
3. Pedagogika: Entsiklopediya (J. III). (2015). – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
Entsiklopediyasi Davlat Ilmiy Nashriyoti.
4. Shomurodov, J. O. (2023). O‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv
materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirish mexanizmlari (Pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi). – Toshkent.
5. Jurayev, Sh. S. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat
masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2(Special Issue 1), 395–401.
6. Safarova, R. G., Musayev, U., va boshqalar. (2008). Umumiy o‘rta ta’lim
mazmunini modernizatsiyalashning didaktik parametrlari. – Toshkent: Fan.
7. Egamberdiyeva, N. (2009). Ijtimoiy pedagogika. Darslik. – Toshkent.
8. Выготский, Л. С. (1991). Педагогическая психология. – Москва.
9. Tolibov, I. I. (2008). Fuqarolik jamiyati: tushunchasi, institutlari, asosiy
prinsiplari va funksiyalari. – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy Markazi.
10. Egamberdiyeva, F., Toshov, M. (2022). Ijtimoiy pedagogika. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent.

REFERENCES:
1. Mirziyoyev, Sh. M. (2024, Iyun 15). Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash,
muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi [Anjuman nutqi]. – Toshkent. (In
Uzbek)
2. Forobiy, Abu Nasr. (1993). Fozil odamlar shahri. – Toshkent: A. Qodiriy
nomidagi Xalq merosi nashriyoti. (In Uzbek)
3. Pedagogika: Entsiklopediya (J. III). (2015). – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
Entsiklopediyasi Davlat Ilmiy Nashriyoti. (In Uzbek)
4. Shomurodov, J. O. (2023). O‘quvchilarning badiiy-estetik mazmundagi o‘quv
materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirish mexanizmlari (Pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi). – Toshkent. (In Uzbek)
5. Jurayev, Sh. S. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat
masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2(Special Issue 1), 395–401.
(In Uzbek)
6. Safarova, R. G., Musayev, U., va boshqalar. (2008). Umumiy o‘rta ta’lim
mazmunini modernizatsiyalashning didaktik parametrlari. – Toshkent: Fan. (In Uzbek)
7. Egamberdiyeva, N. (2009). Ijtimoiy pedagogika. Darslik. – Toshkent. (In
Uzbek)
8. Vigotskiy, L. S. (1991). Pedagogicheskaya psixologiya. – Moskva. (In Russian)
9. Tolibov, I. I. (2008). Fuqarolik jamiyati: tushunchasi, institutlari, asosiy
prinsiplari va funksiyalari. – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy Markazi. (In Uzbek)
10. Egamberdiyeva, F., Toshov, M. (2022). Ijtimoiy pedagogika. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent.