ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotli matnlarni tahlil qilish jarayonidagi analitik fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish

Kamolova Nafisa Turg‘unboyevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING AXBOROTLI MATNLARNI
TAHLIL QILISH JARAYONIDAGI ANALITIK FIKRLASH
QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

FORMATION OF ANALYTICAL THINKING SKILLS OF PRIMARY
STUDENTS IN THE PROCESS OF ANALYZING
INFORMATIONAL TEXTS

ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ АНАЛИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У
МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ В ПРОЦЕССЕ АНАЛИЗА
ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕКСТОВ

Kamolova Nafisa Turg‘unboyevna
Fan va texnologiyalar universiteti

"Pedagogika" kafedrasi dotsent v.b., PhD
Tel.: +998 93 587-50-65

e-mail: nafisaxonkamolova76@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotli
matnlarni tahlil qilishda analitik fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish haqida so‘z
boradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining analitik fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirish o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi. Bu jarayon orqali ularning matnni to‘g‘ri tushunish,
ma’lumotni ajratib olish va uni tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Analitik
fikrlashni shakllantirish uchun matn ustida ishlashning samarali usullari, jumladan,
qiyoslash, vizuallashtirish, muhim axborotni ajratib ko‘rsatish va muammoli savollar
orqali tahlil qilish texnikalari qo‘llaniladi. Bu esa o‘quvchilarning bilimlarni chuqur
o‘zlashtirishiga hamda ularni amaliyotda qo‘llashiga zamin yaratadi. PIRLS
tadqiqotida axborotli matnlarni o‘qish va tahlil qilish o‘quvchilarning analitik fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Ushbu jarayon orqali
o‘quvchilar mantiqiy fikrlash, axborotni qayta ishlash va mustaqil xulosa chiqarish
ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shu sababli, PIRLS talablariga mos holda o‘quvchilarni
tayyorlash ta’lim jarayonida katta ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, analitik fikrlash, axborotli matnlarni tahlil
qilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, o‘quvchi ko‘nikmalari, tahliliy yondashuv, fikr
yuritish, qiyoslash va vizuallashtirish.

Annotation. This article discusses the development of analytical thinking skills
in primary school students when analyzing informational texts. Developing analytical
thinking skills in primary school students helps improve their logical and systematic
thinking abilities. Through this process, students enhance their ability to understand

texts correctly, extract key information, and analyze it effectively. To develop
analytical thinking, effective text analysis techniques such as comparison,
visualization, highlighting key information, and problem-based inquiry methods are
applied. This approach helps students acquire deep knowledge and apply it in practice.
The PIRLS study considers reading and analyzing informational texts as an important
tool for developing students’ analytical thinking skills. Through this process, students
develop logical thinking, data processing, and independent reasoning skills. Therefore,
preparing students according to PIRLS requirements plays a significant role in the
educational process.

Keywords: Primary education, analytical thinking, analysis of informational
texts, logical and critical thinking, student skills, analytical approach, reasoning,
comparison, and visualization.

Аннотация. В данной статье рассматривается развитие аналитического
мышления у учащихся начальных классов при анализе информационных
текстов. Формирование аналитического мышления у младших школьников
способствует развитию их логического и системного мышления. Этот процесс
расширяет их способность правильно понимать текст, выделять ключевую
информацию и эффективно анализировать ее. Для формирования
аналитического мышления применяются эффективные методы анализа текста,
такие как сравнение, визуализация, выделение ключевой информации и
проблемное обучение. Этот подход помогает учащимся глубже усваивать знания
и применять их на практике. Исследование PIRLS рассматривает чтение и анализ
информационных текстов как важный инструмент развития аналитического
мышления учащихся. В этом процессе школьники приобретают навыки
логического мышления, обработки информации и самостоятельного вывода.
Поэтому подготовка учащихся в соответствии с требованиями PIRLS играет
важную роль в образовательном процессе.

Ключевые слова: Начальное образование, аналитическое мышление,
анализ информационных текстов, логическое и критическое мышление, навыки
учащихся, аналитический подход, рассуждение, сравнение и визуализация.

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli
isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni
ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga
ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy
etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyada bir qator vazifalar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for
International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi
reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish
vazifasi belgilab berildi. PISA, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlar asosan o‘quvchilarning
intellektual rivojlanishlarini keng miqyosda aniqlaydigan, shu bilan barobarida
qatnashayotgan davlatlarning ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklarni ochiqlaydigan
tadqiqotlar sanaladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotli matnlarni tahlil qilish jarayonidagi
analitik fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar
mavzuning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishda muhim ahamiyatga ega. Quyida
keltirilgan adabiyotlar ushbu sohada turli yondashuvlar va metodlarni tahlil qilish
imkonini beradi. Bering va Taylor o‘zlarining “Analytical thinking in elementary
education: Strategies and approaches” asarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida analitik
fikrlashni rivojlantirishning strategiyalarini muhokama qiladi. Mualliflar axborotli
matnlarni tahlil qilishda o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini oshirish uchun
interaktiv o‘quv usullari va differensial yondashuvlarni taklif qiladi. Ularning
tadqiqotlari, ayniqsa, matnni tushunish va tahlil qilishda o‘qituvchining yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatuvchi rolini ta’kidlaydi (Bering H., Taylor C., 2017).
Davies va Green “Developing critical thinking skills in children” asarida
bolalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning umumiy yondashuvlarini
ko‘rib chiqadi. Ular axborotli matnlarni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash va muammoni hal qilish qobiliyatlarini shakllantirishda o‘quv
jarayonining tashkiliy jihatlariga e’tibor qaratadi. Bu ish boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga analitik fikrlashni o‘rgatishda tizimli yondashuvning muhimligini
ko‘rsatadi (Davies M., Green A., 2014). O‘zbekiston kontekstida Kholmatova
“Boshlang‘ich ta’limda axborotli matnlarni tahlil qilish metodikasi” asarida mahalliy
ta’lim tizimiga moslashtirilgan metodik yondashuvlarni taklif qiladi. Muallif axborotli
matnlarni tahlil qilishda o‘quvchilarning analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
uchun maxsus mashqlar va topshiriqlarni ishlab chiqishni tavsiya qiladi. Ushbu ish
mahalliy ta’lim amaliyotidagi muammolar va imkoniyatlarni hisobga olgan holda
amaliy yo‘riqnomalar taqdim etadi (Kholmatova D., 2021).
Muminov “Ta’limda analitik fikrlashni rivojlantirishning ilmiy asoslari va
usullari” asarida analitik fikrlashning psixologik va pedagogik asoslarini tahlil qiladi.
U boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborotli matnlarni tahlil qilish jarayonida kognitiv
jarayonlarni faollashtirish usullarini muhokama qilib, o‘qituvchilar uchun amaliy
tavsiyalar beradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotli matnlarni tahlil qilishdagi
analitik fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan. Sifatli va miqdoriy
usullardan foydalanib, adabiyotlar tahlili, so‘rovnoma va tajriba-sinov ishlari
o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar taqqoslash va sintez yo‘li bilan tahlil qilinadi.
Natijalar amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli
mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish
va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. PIRLS
tadqiqotida oʻquvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida oʻqishini
ikki turi baholanadi:
1. Oʻquvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida oʻqish;
2. Maʼlumotni oʻzlashtirish va undan foydalanish maqsadida oʻqish.
Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va axborotli matnlarni oʻqiyotganda oʻqish
qobiliyatining toʻrtta guruhi baholanadi:
 aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni topish;
 xulosalarni shakllantirish;
 maʼlumotlarni talqin va sintez qilish;
 mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Bugungi kunda o‘quvchilarning axborotli matnlar bilan ishlashdan ko‘ra badiiy
matnlar bilan ishlash ko‘nikmasi darslar orqali yaxshi shakllantiriladi. Axborotli
matnlar bolalar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin, lekin bunday matnlarni tushunish
tahlil qilish, matn mazmunini ochib berish o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin. Shu bois bugungi kundagi yangi avlod darsliklariga ham axborotli matnlar
keng kiritildi.
Axborotli matnlar o‘quvchilardan ma’lumotlarni tushunish, tahlil qilish, muhim
jihatlarni ajratib olish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini talab qiladi. PIRLS
tadqiqotida o‘quvchilarning matn ustida fikrlash darajasi quyidagi bosqichlar asosida
baholanadi:
1. Matnni tushunish – asosiy g‘oya va tafsilotlarni anglash;
2. Ma’lumotlarni ajratib olish – matndan asosiy faktlarni ajratish va mantiqiy
bog‘lash;
3. Mantiqiy tahlil qilish – olingan axborotni solishtirish, qiyoslash va xulosa
chiqarish;
4. O‘z fikrini asoslash – o‘qilgan matn bo‘yicha dalillarga asoslangan xulosalar
chiqarish va sharhlash.

Matnni tushunish uchun avvalo o‘quvchilarning ongli o‘qish sifatlari to‘g‘ri
shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Matnning asosiy mavzusi nima ekanligi va undagi
voqealiklarni anglab yetish uchun ongli o‘qish malakalari talab qilinadi. Ma’lumotlarni
ajratib olish uchun esa birinchi bosqich, ya’ni matn mazmunini to‘laqonli tushungan
bo‘lishlari lozim. Mantiqiy tahlil qilish jarayonida olingan ma’lumotlarni bir-biri bilan
solishtirilib, qiyoslab va matn mazmunidan kelib chiqib xulosalashlari kerak. Albatta
bu jarayonda o‘quvchining mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari qay darajada ekanligi
baholanadi. So‘nggi bosqichda esa o‘qilgan matn bo‘yicha o‘z fikrini bildirishi va
dalillarga asoslangan holda xulosalashlari talab qilinadi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
boshlang‘ich sinf davridanoq bolalarni analitik fikrlashga o‘rgatish, matn yuzasidan
mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.

Ma’lumot o`rnida analitik so`zi grek tilidan olingan bo`lib - "analyticos", ya’ni
"tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish" yoki "elementlar yoki prinsiplarga bo‘linish"
degan ma`nolarni anglatadi. Analitika aslida fikr tushunchasidir. Batafsil va to`liq
ko‘rsatiladigan fikrni ifodalaydi. Odatda bu fikrlash usuli statistik ma’lumotlarga
nisbatan qo`yiladi. Muammolarni hal qilishga qaratilgan yondashuvlar analitik deb
aytiladi. Fikrlash va tahlil qilish usuli boʻlgan analitik hayotning barcha sohalarida
qulaylik yaratadi. Lekin ba’zi hududlarda bu ajralmas usuldir. Analitik fikrlash,
ayniqsa, shaxsiy rivojlanishda, kimyo, falsafa va tibbiyotda, fan sohasida va texnologik
ishlanmalarda juda muhimdir. Bu sohalarda duch kelgan muammolar kichik qismlarga
bo‘linadi shu bilan birgalikda yechim nazariyasi ishlab chiqariladi hamda mumkin
boʻlgan muammolarga qarshi zaxira yechimlarni olish orqali muvaffaqiyatsizliklar
bartaraf etiladi (Kholmatova D., 2021).

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining analitik fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish
muhim jarayon bo‘lib, u bolalarning kelajakdagi ta’lim olishi va hayotiy muammolarni
hal qilish qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu qobiliyat o‘quvchilarga axborotni
tahlil qilish, mantiqiy bog‘liqliklarni tushunish, dalillarni qiyoslash va to‘g‘ri xulosa
chiqarish imkonini beradi.

Axborotni tahlil qilish – bu ma’lumotlarni to‘plash, tartibga solish, ularning
mantiqiy bog‘liqliklarini aniqlash va to‘g‘ri xulosa chiqarish jarayonidir. Bu jarayon
insonning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib, to‘g‘ri qaror qabul
qilishga yordam beradi.

Axborotni tahlil qilishda quyidagi bosqichlardan foydalanish mumkin:
1. Ma’lumotni yig‘ish – kerakli axborotni aniqlash va uni to‘plash.
2. Ajratib olish – asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni farqlash.
3. Tartibga solish – axborotni mavzuga muvofiq guruhlash va tizimlashtirish.
4. Qiyoslash va solishtirish – turli manbalardan olingan ma’lumotlarni
taqqoslash.

5. Mantiqiy bog‘liqliklarni aniqlash – sabab-oqibat munosabatlarini tushunish.
6. Xulosa chiqarish – olingan natijalarga asoslangan holda fikr yuritish va qaror
qabul qilish.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan axborotli matnlar bo‘yicha quyidagicha ish tashkil
qilishi mumkin.
 Matnni bo‘lish va qismlarga ajratish
 Savollar va javoblar yordamida tahlil
 Qiyoslash va farqlash
 Matn bo‘yicha fikr yuritish
 Matnni yakunlash va umumlashtirish
 Vizuallashtirish
 O‘zaro fikr almashish va muhokama

Matnni bo‘lish va qismlarga ajratishda o‘quvchilarga axborotli matnlarni
qismlarga ajratishni o‘rgatish, ularga har bir bo‘limda qanday ma’lumotlar
berilganini va bu ma’lumotlarning matnning umumiy mazmuniga qanday
bog‘langanini tushunishga yordam beradi. Masalan, matnni kirish, asosiy qism va
xulosa kabi bo‘limlarga ajratib o‘qish. O‘quvchilarga quyidagi savollarni berish
orqali matnni qismlarga ajratish ishi osonlashadi.

 "Matnning asosiy fikri nima?"
 "Matnda qaysi ma’lumotlar keltirilgan?"
 "Nima uchun bu ma’lumotlar muhim?"
Savollar va javoblar yordamida tahlil jarayonida esa o‘quvchilarni matnni o‘qib
bo‘lgach, ular matnning mazmuni bo‘yicha savollar berishga undash mumkin.
Savollarni turlicha shaklda tuzish, masalan:
 Faktga asoslangan savollar: "Matnda qaysi faktlar keltirilgan?"
 Maqsadga qaratilgan savollar: "Matn yozilishidagi asosiy maqsad nima?"
 Izohli savollar: "Matndagi birinchi gapni qanday tushunasiz?"
Bu savollar o‘quvchilarga matnni yanada chuqurroq tahlil qilish imkoniyatini
yaratadi.
Qiyoslash va farqlash o‘quvchilarga matnda keltirilgan faktlarni bir-biri bilan
solishtirishni o‘rgatadi. Masalan, ikki turdagi hayvonlar yoki o‘simliklar haqida
bo‘ladigan matnlarni taqqoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlashda o‘quvchilar
albatta matnda berilgan ma’lumotlar va bundan tashqari hayotdagi ko‘rgan yoki
kuzatganlari asosida ham fikr bildirib qiyoslashlari mumkin. O‘quvchilarga ikki
turdagi o‘simliklar haqida matn berib, ular o‘rtasidagi farqlarni va o‘xshashliklarni
aniqlashni so‘rashingiz mumkin.
Matn bo‘yicha fikr yuritishda esa o‘quvchilarni matndan olingan ma’lumotlar
asosida o‘z fikrlarini ifoda etishlari talab qilinadi. Buning uchun ular o‘qigan matnning

qanday ahamiyatga ega ekanini, hozirgi hayotda qanday qo‘llanilishini o‘ylab
ko‘rishlari kerak. Masalan:"Agar siz bu matndagi ma’lumotlarni o‘z hayotingizda
qanday qo‘llashni xohlasangiz, qanday o‘zgarishlar qilish kerak bo‘lardi?" kabi
savollarni berish orqali bolalar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon qilishlari mumkin.

Matnni yakunlash va umumlashtirish bosqichida o‘quvchilarni matnning asosiy
g‘oyasini bir necha jumlada umumlashtirishga o‘rgatiladi. Bu ularning fikrlarini aniq
va tushunarli tarzda ifodalashga yordam beradi. Matnni umumlashtirish, o‘quvchining
matnni to‘g‘ri tushunishi va muhim jihatlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantiradi.
Masalan: "Matn mazmunidan qanday xulosa chiqarish mumkin?" savoli orqali matnni
o‘qib, qanday xulosaga kelganliklarini bilish mumkin (Kholmatova D., 2021).

Vizuallashtirish o‘quvchilar uchun samarali va qulay bosqich sanaladi. Chunki
axborotli matnni tahlil qilishda diagrammalar, jadval yoki grafiklardan foydalanish
o‘quvchilarga ma’lumotni yanada osonroq anglashda yordam beradi. Vizual
yordamchilarni yaratish, matndagi asosiy g‘oyalarni ko‘rish va ularni solishtirishni
osonlashtiradi. O‘quvchilarga matndan olingan ma’lumotlarni jadval shaklida
to‘plashni taklif etish mumkin.

O‘zaro fikr almashish va muhokama bosqichida esa o‘quvchilarga matnni o‘qib,
o‘z fikrlarini do‘stlari bilan bo‘lishish va muhokama qilish topshiriladi. Bu usul
o‘quvchilarning analitik fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi, chunki ular birbirining fikrlarini tinglab, ularni tahlil qilishadi. O‘quvchilarni bir nechta savollar
bo‘yicha guruhlarga bo‘lib, ular bir-biriga savollar berishlari uchun yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish mumkin.

PIRLS doirasida ham analitik fikrlashni rivojlantirishning quyidagi usullari joriy
qilingan.

Savol-javob usuli – matn bo‘yicha turli darajadagi savollarga javob berish.
Grafik tashkilotchilar – diagrammalar, jadvallar va xaritalar orqali axborotni
tizimlashtirish.
Qiyoslash va muhokama qilish – turli matnlarni solishtirish, o‘xshashlik va farqlarni
aniqlash.
Dalillarga asoslangan xulosa chiqarish – matn mazmunini baholash va shaxsiy
fikr bildirish.
PIRLS tadqiqotida o‘quvchilarning o‘qish va fikrlash qobiliyatlari 4 darajada
baholanadi:
Past daraja – matnning yuzaki mazmunini tushunish.
O‘rtacha daraja – asosiy ma’lumotlarni anglash, oddiy tahlil qilish.
Yuqori daraja – matnni chuqur tushunish, mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rish.
Juda yuqori daraja – o‘qilgan matn asosida mustaqil tahlil qilish, fikr yuritish va
yangi bilimlarga moslashtirish.

Ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining analitik fikrlash
qobiliyatlari nafaqat kundalik dars jarayonida , balki xalqaro tadqiqotlar darajasida
ham atroflicha baholanadigan qobiliyat sanaladi.

PIRLS 2021 tadqiqotida O‘zbekiston o‘quvchilari ham ilk bor ishtirok etib 57
mamlakatlar o‘rtasida 49-o‘rinni egalladi. Matn turlari (axborot matni va badiiy matn)
bo‘yicha solishtirilganda O‘zbekistonlik o‘quvchilar badiiy matnni axborot matniga
qaraganda nisbatan yaxshiroq tushunishlari qayd etilgan: badiiy matnni tushunish
bo‘yicha o‘rtacha ball 438 ni tashkil qilgan bo‘lsa, axborot matni uchun bu ko‘rsatkich
434 ga teng bo‘lgan. O‘qish ko‘nikmalari bo‘yicha solishtirilganda, O‘zbekistonlik
o‘quvchilar ochiq aytilgan ma’lumotni topish va talqin qilish ko‘nikmalari bo‘yicha
yuqoriroq natija (441 ball) qayd etishgan. Nisbatan yuqoriroq darajadagi ko‘nikma
hisoblanuvchi talqin qilish, integratsiya (ma’lumotlarni birlashtirish) va baho berish
ko‘nikmalari bo‘yicha esa sezilarli past natija (430 ball) qayd qilingan. Yana bir
ahamiyatli jihati o‘qish ko‘nikmalari bo‘yicha tahlil qilinganda badiiy asarni o‘qib
tushunishdan ko‘ra axborotli matnlarni tushunish biroz qiyinchilik tug‘dirgan. PIRLS
xalqaro tadqiqotida qo‘llanilgan axborot beruvchi matnlar o‘quvchining ham maktabda
ham maktabdan tashqarida axborot beruvchi matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini aks
ettiradi. Odatda, mazkur matnlar va ayrim ePIRLS veb saytlari yosh o‘quvchilar
auditoriyasi bilan ishlash tajribasiga ega mualliflar tomonidan yoziladi va o‘zlarining
o‘quvchilari o‘qiydigan axborot beruvchi materiallarga namuna sifatida ishtirokchi
mamlakatlar tomonidan taqdim etiladi Axborot beruvchi matnlar qator vazifalardan
kelib chiqib yoziladi va o‘qiladi. Binobarin, axborot beruvchi matnlarning asosiy
vazifasi ma’lumot berishdan iborat bo‘lgani sababli, odatda yozuvchilar o‘zlari
yoritimoqchi bo‘lgan mavzuga turli maqsad bilan yondashadi. Ko‘p axborot beruvchi
matnlarda faktlar biror topshiriqni bajarish bosqichlari yoki biografik tafsilotlar kabi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon etiladi. O‘quvchi matnlarning maqsad va vazifalariga
yaxshiroq tushunishi uchun undagi ma’lumotlar boshqacha tartibda, ya’ni uning
mazmuni, tuzilishi va shakli o‘zgartirilgan holda taqdim etilishi mumkin. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari turli mavzularni qamrab olgan axborot beruvchi matnlarni, jumladan,
ilmiy, tarixiy, jug‘rofiy yoki ijtimoiy matnlarni o‘qishlari mumkin. Demak, o‘quvchilar
badiiy asarlar bilan bir qatorda axborot beruvchi matnlarni o‘qish bo‘yicha ham
ko‘nikmaga ega bo‘lishlari va bu ko‘nikmalarini malakaga aylantirish zarurligi, bu
borada ota-onalar va o‘qituvchilarning sa’yi harakatlari muhimligini anglaydigan vaqt
keldi. Navbatdagi PIRLS tadqiqoti uchun tayyorgarlik ishlarida yuqoridagi
masalalarga jiddiy e’tibor qaratmog‘imiz kerak deb o‘ylayman.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotli matnlarni tahlil qilish jarayonida
analitik fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, ularning mantiqiy fikrlash, qaror qabul
qilish va o‘z fikrlarini izchil ifodalash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bu jarayon o‘quvchilarning matnlarni yanada chuqurroq tushunishlariga,
ma’lumotlarni taqqoslash va farqlashga, shuningdek, o‘z fikrlarini aniq va asosli
ravishda bildirishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinfda analitik fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish nafaqat ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, balki bolalarning
mustaqil fikrlash, to‘g‘ri qaror qabul qilish va hayotiy vaziyatlarni anglash
ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida analitik fikrlash
qobiliyatini shakllantirish ularning axborotli matnlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga, mustaqil fikr yuritishiga va mantiqiy xulosalar chiqarishiga zamin
yaratadi. Ushbu jarayon o‘quvchilarning matnni to‘g‘ri tushunish, asosiy
ma’lumotlarni ajratib olish va ularga tahliliy yondashish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Analitik fikrlashni rivojlantirish uchun samarali usullar, jumladan, qiyoslash,
vizuallashtirish, muhim axborotni ajratib ko‘rsatish va muammoli savollar asosida
tahlil qilish texnikalaridan foydalanish lozim. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning
nafaqat o‘qish va tushunish ko‘nikmalarini, balki mantiqiy, tizimli va tanqidiy fikrlash
qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining analitik fikrlashini
shakllantirish ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u kelajakda ularning
mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli,
ta’lim jarayonida analitik fikrlashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ashurova, N., Yuldasheva, S. (2022). Ta’limda analitik fikrlash va tahliliy
yondashuvlarning roli. – Tashkent: Sharq.
2. Mirjalolova, L. (2016). Increase children’s speech activity. – Tashkent.
3. Bering, H., Taylor, C. (2017). Analytical thinking in elementary education:
Strategies and approaches. – New York: Academic Press.
4. Davies, M., Green, A. (2014). Developing critical thinking skills in children. –
Oxford: Oxford University Press.
5. Kholmatova, D. (2021). Boshlang‘ich ta’limda axborotli matnlarni tahlil qilish
metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi O‘qituvchilar malakasini oshirish
va qayta tayyorlash instituti.
6. Muminov, A. (2020). Ta’limda analitik fikrlashni rivojlantirishning ilmiy
asoslari va usullari. – Toshkent: O‘zbekistan milliy universiteti.

7. Miller, P. (2015). Thinking critically in the classroom: Practical methods for
teachers and students. – Boston: Pearson Education.

8. Zaripov, B. (2019). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish: Tahlil, metodika va yondashuvlar. – Toshkent: Fan va texnologiya.

9. Kamolova, N. T. PIRLS ma’lumotlarini tahlil qilish orqali o‘qitish va o‘qishni
takomillashtirish // International Journal of Education, Social Science & Humanities.
– Finland: Finland Academic Research Science Publishers.

10. OECD. (2012). PISA 2012 Assessment and analytical framework:
Mathematics, reading, science, problem solving and financial literacy. – Paris: OECD
Publishing.

REFERENCES:
1. Ashurova, N., Yuldasheva, S. (2022). Ta’limda analitik fikrlash va tahliliy
yondashuvlarning roli. – Tashkent: Sharq. (In Uzbek)
2. Mirjalolova, L. (2016). Increase children’s speech activity. – Tashkent.
3. Bering, H., Taylor, C. (2017). Analytical thinking in elementary education:
Strategies and approaches. – New York: Academic Press.
4. Davies, M., Green, A. (2014). Developing critical thinking skills in children. –
Oxford: Oxford University Press.
5. Kholmatova, D. (2021). Boshlang‘ich ta’limda axborotli matnlarni tahlil qilish
metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi O‘qituvchilar malakasini oshirish
va qayta tayyorlash instituti. (In Uzbek)
6. Muminov, A. (2020). Ta’limda analitik fikrlashni rivojlantirishning ilmiy
asoslari va usullari. – Toshkent: O‘zbekistan milliy universiteti. (In Uzbek)
7. Miller, P. (2015). Thinking critically in the classroom: Practical methods for
teachers and students. – Boston: Pearson Education.
8. Zaripov, B. (2019). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish: Tahlil, metodika va yondashuvlar. – Toshkent: Fan va texnologiya. (In
Uzbek)
9. Kamolova, N. T. PIRLS ma’lumotlarini tahlil qilish orqali o‘qitish va o‘qishni
takomillashtirish // International Journal of Education, Social Science & Humanities.
– Finland: Finland Academic Research Science Publishers. (In Uzbek)
10. OECD. (2012). PISA 2012 Assessment and analytical framework:
Mathematics, reading, science, problem solving and financial literacy. – Paris: OECD
Publishing.