ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Rahbar xodimlarning psixologik kompetentligining tahliliy sharhi

Shokirov Abidxan Sabitxanovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

RAHBAR XODIMLAR PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGINING
TAHLILIY SHARHI

ANALYTICAL REVIEW OF PSYCHOLOGICAL COMPETENCE
OF MANAGERS

АНАЛИТИЧЕСКИЙ ОБЗОР ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ
КОМПЕТЕНТНОСТИ МЕНЕДЖЕРОВ

Shokirov Abidxan Sabitxanovich
Oriental universiteti erkin tadqiqotchisi

Tel.: +998 99 138-98-39
e-mail: faridaegamberdiyeva@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada rahbarlarda psixologik kompetentlikni aniqlash hamda
rivojlantirish modeli mazmunini tizimlashtirish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kompetentlik olamiga tegishli shaxs sifatlarini o‘ziga mujassamlashtirgan ustuvor
kompetensiyalari oydinlashtirilib berilgan. Rahbarlarning psixologik kompetentligini
aniqlash va modellashtirish, xususan oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlarining
psixologik kompetentligini optimallashtirish modelini yaratish muammosi ustuvor
qilib belgilangan. OTM rahbar xodimlarning psixologik holati hamda psixologik
kompetentligi tahliliy nazar bilan izohlab berilgan. Shu jumladan, psixologik
kompetentlik holatning komponentlarini aniqlashning tahliliy izlanishlari berilgan.
Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad rahbar xodimlarning psixologik kompetentligini
aniqlash va ularni mehnat jarayonida, sifat darajasi ta’rifiga odilona baho berishdir.

Kalit so‘zlar: kompetensiya, rahbar, psixologik kompetentlik, model, shaxs
sifatlari, daraja, temperament, temperament tiplari, tahliliy holat, komponentlar.

Annotation. The article provides information on systematizing the content of a
model for identifying and developing psychological competence in leaders. The
priority competencies that embody the personal qualities related to the competence
domain are clearly outlined. The issue of identifying and modeling psychological
competence in leaders, particularly creating a model to optimize the psychological
competence of senior staff in higher education institutions (HEIs), is prioritized. The
psychological state and competence of HEI senior staff are analyzed from an analytical
perspective. Additionally, analytical investigations into identifying the components of
psychological competence are presented. The research aims to identify the
psychological competence of senior staff and provide a fair evaluation of their
performance quality in the process of professional activities.

Keywords: competence, leader, psychological competence, model, personality
traits, level, temperament, temperament types, analytical state, components.

Аннотация. В статье представлены сведения о систематизации содержания
модели выявления и развития психологической компетентности руководителей.
Четко определены приоритетные компетенции, воплощающие личностные
качества, относящиеся к сфере компетентности. Проблема выявления и
моделирования психологической компетентности руководителей, в частности
создания модели оптимизации психологической компетентности руководящих
сотрудников высших учебных заведений (ВУЗов), обозначена как приоритетная.
Психологическое состояние и компетентность руководящих сотрудников ВУЗов
проанализированы с аналитической точки зрения. Кроме того, представлены
аналитические исследования по определению компонентов психологической
компетентности. Цель исследования заключается в выявлении психологической
компетентности руководящих сотрудников и справедливой оценке качества их
профессиональной деятельности.

Ключевые слова: компетентность, лидер, психологическая
компетентность, модель, черты личности, уровень, темперамент, типы
темперамента, аналитическое состояние, компоненты.

KIRISH
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar sharoitida sifatli ta’lim berish
orqali kadrlarning psixologik kompetentligini yuksaltirish yo‘nalishi ustuvor vazifaga
aylanmoqda. Dunyo mamlakatlarida boshqarish tizimini takomillashtirish, rahbar
kadrlarni tanlash, psixologik holatini va psixologik kompetentligini aniqlash va
tayyorlash, malakasini oshirish, ularning bilim saviyasini yanada yuqori bo‘lishi bilan
bog‘liq sharoitlarni yaratish hamda ularni ilmiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha
doimiy ravishda tadqiqotlar olib borishga zarurat borligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Amaliyotda jahon boshqaruv psixologiyasi hamda rahbarning psixologik
kompetentligini aniqlash yo‘nalishidagi tadqiqotlar “rahbar shaxsi”, “rahbarning
psixologik kompetentligi”, “boshqaruv kompetentligi”, “professional kompetentligi”,
“kommunikativ kompetentligi”, “ijtimoiy-psixologik kompetentligi” kabi masalalar
bo‘yicha, tahlil uslublarida izlanishlar olib borilmoqda. Rahbarlarning psixologik
kompetentligini optimallashtirish mexanizmlarini yaratish vazifalari alohida tadqiqot
muammosi bo‘lib sanalib kelinmoqda.
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab, to bugunga qadar, ijtimoiy yo‘naltirilgan
iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida rahbar xodimlarni tayyorlash, ularning faoliyat sifatini
yanayam takomillashtirish, psixologik kompetentlik doirasida, nechta va qaysi
komponentlardan tashkil topgani va shakllanganiga ilmiy yondashgan holda aniqlik
kiritish, Oliy ta’limda rahbar xodimlarning psixologik kompetentligini aniqlash
borasida, asosiy muammo va asosiy masala bo‘lib kelmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Rahbar xodimlarning psixologik kompetentligini o‘rganish sohasida bir qator
ilmiy ishlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ushbu mavzuning nazariy va amaliy
jihatlarini yoritadi. Quyida keltirilgan adabiyotlar rahbarlarning psixologik
kompetentligini tahlil qilish va rivojlantirish bo‘yicha turli yondashuvlarni aks ettiradi.
O. Xayitov o‘zining “Kompetentlik nazariyasi va uning bosqichlari” maqolasida
kompetentlik tushunchasining nazariy asoslarini tahlil qilib, rahbarlarning professional
faoliyatida kompetentlikning bosqichma-bosqich shakllanishini ko‘rsatadi. Muallif
psixologik kompetentlikni tizimli yondashuv asosida o‘rganish zarurligini ta’kidlab,
uning rahbarlik faoliyatidagi ahamiyatini urg‘ulaydi. Ushbu ish psixologik
kompetentlikni modellashtirish uchun muhim nazariy asos yaratadi (Хайитов О.,
2010). D. Raximova va M. Bekmurodov “Liderlik va tashkilot madaniyati” o‘quv
qo‘llanmasida rahbarlarning psixologik kompetentligini tashkilot madaniyati va
liderlik sifatlari bilan bog‘liqligini muhokama qiladi. Mualliflar rahbarning psixologik
tayyorgarligi, xodimlar bilan samarali muloqot qilish va tashkiliy muhitni boshqarish
qobiliyatlarini rivojlantirish usullarini taklif qiladi. Ushbu qo‘llanma amaliy rahbarlik
faoliyatida psixologik kompetentlikni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar beradi
(Рахимова Д., Бекмуродов М., 2006).
A. Markova “Psixologiya professionalizma” asarida professional faoliyatda
psixologik kompetentlikning rolini keng yoritadi. Muallif rahbarlarning psixologik
kompetentligini shakllantirishda shaxsiy va professional sifatlarning o‘zaro
bog‘liqligini tahlil qilib, rahbarlik faoliyatida psixologik barqarorlik va
moslashuvchanlikning muhimligini ko‘rsatadi. Bu ish psixologik kompetentlikni
tizimli tahlil qilish uchun muhim manba sifatida xizmat qiladi (Маркова А., 2007).
Z. Maxmudova “Xodim kasbiy kompetentligining namoyon bo‘lishining
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” maqolasida psixologik kompetentlikning ijtimoiypsixologik jihatlarini o‘rganadi. Muallif rahbar xodimlarning psixologik
kompetentligini tahlil qilishda ijtimoiy muhit va shaxslararo munosabatlarning ta’sirini
ko‘rib chiqadi. Ushbu tadqiqot psixologik kompetentlikni aniqlash va baholashda
zamonaviy yondashuvlarni taklif qiladi (Mahmudova Z., 2023).
Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, rahbar xodimlarning psixologik
kompetentligi turli ilmiy yondashuvlar, jumladan, nazariy, amaliy va ijtimoiypsixologik nuqtai nazardan o‘rganilgan. Ushbu manbalar psixologik kompetentlikni
aniqlash, modellashtirish va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar beradi
va tadqiqot uchun mustahkam asos yaratadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Izlanish mobaynida bu muammoning kam o‘rganilgan yondashuvlari
oshkoralandi, shu sababli rahbar xodimlarning psixologik kompetentligini aniqlashda
zamonaviy va ilg‘or usullardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Sohada kuzatilayotgan tendensiyalar yuqori salohiyatga ega O‘zbekiston Oliy
ta’lim muassasalaridagi rahbar xodimlarning psixologik kompetentligi O‘zbekistonni
rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlarga asos bo‘ladigan manbadir.
Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohasida oxirgi siyosiy va iqtisodiy mustaqil
yillarda ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar, ya’ni yangi davrga o‘tish, bir tomondan,
tabiiy rivojlanish natijasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan yangi va noma’lum vaziyatda
faoliyat olib borishdir. Bunday vaziyatlarga real va tetik qarash, bu qiyinchiliklarni
vaqtinchalik ekanligini anglashga yordam beradi va jamiyatimizning oraliq o‘tish
davridan ishonch va dadillik bilan yengib o‘tishni ta’minlaydi. Shu bois ham ijtimoiy
psixologik fani o‘z oldiga yuqoridagi muammolarni yechimini topishda nazariy –
mavhum fikrlashdan amaliyot muammolaridan oldin, boshqaruvchi subyektlar
faoliyati muammosini, ya’ni shaxsning kasbiy va psixologik kompetentligini ham
amaliy ham nazariy jihatlarini etnopsixologik qadriyatlar doirasida o‘rganish
lozimligini davr talab qilmoqda (Mahmudova Z., 2023).
Rahbarning kompetentligi va professionalizmi, psixologik chidamligi muammosi
bir necha o‘n yilliklar davomida muhokama qilinmoqda va o‘rganilmoqda. Bu
yo‘sinda rahbarning boshqaruv harakatini (faol yondashuv)atroflicha yoritishda turli
yechimlar, yondashuvlar taklif etilgan. Masalan, rahbarning muhim bo‘lgan
professional fazilatlarini (shaxsiy yondashuv), boshqarayotgan guruh orqali uning
shaxsiyatini o‘rganish (vaziyatli yondashuv). Bular negizida hamda bir necha omillar
ta’sirida bir necha o‘n yilliklar muqaddam, yangi termin paydo bo‘ldi – “kompetent”.
Birinchida, bu – ish beruvchilar nuqtai nazaridan, boshqarish kadrlarni
tayyorlashda, qoniqarsiz natijalar. Bu muammoning murakkablanishi, bilimlarning tez
eskirishi va doimiy o‘zgaruvchi iqtisodiy vaziyatlar, va ular yangi talablar taqdim
etishadi, nafaqat kasbiy bilimlari va mahoratiga, balki uning shaxsiy, psixologik
xususiyatlariga ham katta ahamiyat beriladi (Михайлова Л., 2010).
Dastlab, “Psixologik kompetensiya” tushunchasini yoritish uchun, avval
“kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarini ko‘rib chiqib, aniqlik kiritish lozim
bo‘ladi. “Kompetensiya” – atamasi lotin tilidan competentia – taalluqli, tegishli degan
mazmunni anglatadi. “Kompetentli” qobiliyatli, mos, kompetensiyalarga ega degan
ma’nolarni ifodalaydi. Ammo, hozirgi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida, ro‘y
bergan global o‘zgarishlar mobaynida ijtimoiy psixologiya fani o‘z oldiga

boshqaruvchi subyektlar faoliyati muammosini, ya’ni shaxsning kasbi va
mutaxassisligidan qat’i nazar, jamiyatning faol a’zosi, faol rahbari sifatida bilishi lozim
bo‘lgan, mantiqan yaxlit dunyoqarashga ega bo‘lish uchun jamiyatdagi ijtimoiyiqtisodiy qiyofasini va uning dinamikasini to‘g‘ri tushuna va baholay olish qobiliyatini,
ya’ni psixologik kompetentligini ham amaliy, ham nazariy jihatlarini o‘rganish taqozo
etilmoqda. Jamiyatda oxirgi yillarda, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ro‘y bergan va doimiy
ravishda berayotgan global o‘zgarishlar, bir davriy bosqichdan ikkinchisiga o‘tish
jarayonida turli tabiiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan edi. Shu bois ijtimoiy psixologiya
fani nazariy-mavhum (abstrakt) fikrlashdan amaliylikka o‘tishni qo‘yib, boshqaruvchi
subyektlar faoliyati muammosini, ya’ni shaxsning kasbi va mutaxassisligidan qat’i
nazar, endilikda rahbar jamiyatning faol a’zosi sifatida bilishi lozim bo‘lgan, mantiqan
yaxlit dunyoqarashga ega bo‘lishi uchun idrok eta olishi shart sanalgan, jamiyatning
iqtisodiy ko‘rinishi va uning dinamikasini ko‘ra bilishi, tushuna va baholay olish
qobiliyatini, ya’ni psixologik kompetentligining ham nazariy, ham amaliy, jihatlarini
etnopsixologik doirasida o‘rganishni ko‘rsatmoqda.

Shu jihatdan psixologik kompetentlik aniqlanishlar, to‘rtta tizimda kelmoqda:
1 – Mega psixologik kompetentlik - xalqaro tashkilotlar, transmilliy
korporatsiyalar.
2 – Makro psixologik kompetentlik – davlatning markaziy organlari, vazirliklar.
3 – Mezo psixologik kompetentlik - markazga bo‘ysunuvchi tashkilotlar, ijtimoiy
institutlar, uyushmalar, birlashmalar.
4 – Mikro psixologik kompetentlik – boshlang‘ich tashkilotlar, kichik
guruhlardagi shaxslararo muloqot darajalardagi munosabatlar tizimi.
Ilmiy adabiyotlarda berilgan an’anaviy ta’riflarga ko‘ra, kompetentlik – bu
xodimning o‘z ishini juda ham yaxshi, oliy darajada bajarishida nimalar zarurligini
aniq va ravshan qilib anglab yetishidagi bir qator standartlar majmuidan iborat bo‘lib,
o‘z ichiga malakalar, bilimlar hamda bir necha tushunchalarni qamrab oladi. Tashqi
muhit va konkret vaziyat shaxs xulq-atvori, ma’naviyatini belgilovchi muhim omil
ekanligini tushuna bilish imkoniyatini bila oladi.
Shaxsning psixologik kompetentligini aniqlashdan oldin, shaxsning umumiy
kompetentligini aniqlash darkor bo‘ladi. Shaxs kompetentligi asosan to‘rt bosqichli
jarayonni, ya’ni anglanmagan kompetentsizlikdan anglanmagan kompetentlikka o‘tish
jarayonini o‘z ichiga qamrab oladigan psixologik holat bilan baholanadi:
1) Anglanmagan kompetentsizlik bosqichi: shaxsning “men – hech narsa
bilmasligim haqida, hech narsa bilmayman” darajasi.
2) Anglanilgan kompetentsizlik bosqichi: shaxsning “men bilmasligim haqida
bilaman” darajasi.

3) Anglangan kompetentlik bosqichi: shaxsning “men nima bilishim haqida
bilaman” darajasi.

4) Anglanmagan kompetentlik bosqichi: shaxsning “men biladigan narsam
haqida hech narsa bilmayman” darajasi.(Xayitov O.E.)

“Kompetensiya” tushunchasini aniqroq tasavvur qilish uchun quyidagicha
tizimlashtirish mumkin:

1. Amerikacha yondashuv – kompetensiya – bu to‘g‘ri xulq-atvorni namoyish
etadigan va ishda yuqori natijalarga erisha oladigan xodimning asosiy tavsifidir.

2. Yevropacha yondashuv - kompetensiya – bu xodimning tashkilotda qabul
qilingan me’yorlarga muvofiq harakat qilish qobiliyati (xodim erishishi kerak bo‘lgan
minimal standartni belgilash)

3. Amaliy yondashuv - kompetensiya – bu xodimning mehnat funksiyalarini
muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor tavsifi bo‘lib, u o‘zini
namunadagidek tutishning zarur me’yorlarini o‘zida aks ettiradi.

Rahbarlarga baho berishda bu uchta yondashuv uchta qarashlarga egadir, lekin
ularning barchalari bitta muammoni yoritishga harakat qiladi, ya’ni “Kompetensiya”
tushunchasini hozirgi davriy talablarga tayangan xolda yoritib beradi.

“Psixologik” tushunchasiga kelsak, ya’ni to‘liqrog‘i “psixologik kompetensiya”
bu - rahbarning amaliyotda ko‘rsatilgan intilishi va o‘z potensialiga erishish qobiliyati,
ya’ni, bilimi, mahorati, tajribasi, shaxsiy fazilatlari va hokazo. Bular bilan
muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga erishish va shu bilan birga, ijtimoiy ahamiyatli va
natijalar uchun shaxsiy javobgarlikni aniq anglab yetish, hamda doimiy xolda o‘z
o‘zini takomillashtirish, o‘zining ustidan ishlashdir.

Oliy va o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlarining psixologik kompetentligini
hamda temperament tipining darajasini aniqlash va baholash dasturiga takliflar kiritish,
ancha sust kechmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarida rahbar xodimlarning psixologik kompetentligini
namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o‘ziga xos omillarini
takomillashtirish, rahbar xodimlarning psixologik kompetentligiga bog‘lik bo‘lgan
kasbiy kompetentligining sifat darajasini rivojlantiruvchi omillarni aniqlash,
rahbarning hissiyot va shaxslilik komponentlarining uyg‘unligini shakllantirishga oid
amaliy va nazariy faoliyatiga doir izlanishlar olib borilishi, muammoning yechimini
yaqinlashtirgan bo‘lar edi.

Avvalo, rahbarning psixologik kompetentlik masalasini ko‘rib chiqamiz, so‘ngra
temperamentning tip darajalarini aniqlaymiz.

Ma’lumki, voyaga yetgan, katta odamlarda, odatda, ko‘p ijtimoiy va oilaviy
majburiyatlar mavjuddir, shuning uchun bu holatlar ham psixologik kompetentligini
aniqlash va baho berishda jiddiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Muhimi shulki, kattalar, agar o‘qish zaruratini ko‘rishsa hamda natijasi uning
kasbiy faoliyatini yaxshilasa, albatta o‘zlari o‘qishni istab qolishadi.

Rahbarlar yangi bilim va ko‘nikmalarni turli tezlikda o‘zlashtirishadi, shuning
uchun ularni o‘qitishda alohida individual e’tibor berish kerak bo‘ladi. Ammo ayrim
yondashuvlarda guruhlar tuzib, ko‘pchilik bilan ishlasa ham, natijasi yaxshi bo‘ladi.

Bo‘lajak rahbarlarning psixologik kompetentligini modellashtirish asosida
kasbiy yetukligini o‘stirishga intilishini rivojlantirishning amaliy asoslaridan biri
bo‘lgan, shaxs kompetentligi, kasbiy yetukligi darajasi ham psixologik kompetentligini
yoritib beruvchi omillardan biri bo‘ladi.

Rahbarning psixologik kompetentligini muvofiqlashtirish uchun ikkita bosqichga
bo‘lib oydinlik kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

1. Bosqich - Rahbarning psixologik kompetentligini rivojlantirish jarayoni.
2. Bosqich - Rahbarni psixologik kompetentlikka o‘qitish jarayoni.
Birinchi bosqich: Rahbarning psixologik kompetentligini rivojlantirish jarayoni.
Oliy hamda o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlarining psixologik holatini
aniqlab,birlamchi baho berib,takomillashtirish. So‘ngra yakuniy baho berish
metodlarini mantiqiy yechim holatlariga aniqlik kiritib, taxminiy to‘rtta qadamdan
iborat qilib bo‘ldik:
1. Rahbarning psixologik kompetentligi holatini hamda temperament darajasini
aniqlash va baholash.
2. Rahbarning psixologik kompetentligini zamonaviy ma’lumotlarga tayanib
yangicha shakllantirish.
3. Rahbarning psixologik kompetentligini takomillashtirish,rivojlantirish.
4. Rahbarning psixologik kompetentligini yakuniy baholash.
Birinchi qadam –birlamchi va asosiy metod bo‘lib, rahbarning o‘zida bor
psixologik hamda tug‘ma temperament daraja holatini aniqlashdan iborat bo‘ladi
hamda o‘ning psixologik, professional hamda intellektual salohiyati holatiga baho
berishdir. Berilgan baho rahbarning asl holatini ko‘rsatadi, hamda birlamchi tayanch
sifatida keyingi qadamlarda tamal tosh xizmatini o‘taydi.
Ikkinchi qadam – rahbarning psixologik kompetentligini aniqlab bo‘lgach, uni
yangi uslublarda shakllantirish lozim. Bu qadamda har bir rahbarni individual holatiga
qarab, o‘quv ko‘rsatmalarini belgilash kerak bo‘ladi. Ishni bajarishda zaruriy
ma’lumotlarning o‘rni alohida va jiddiyligini o‘rgatishdir.
Uchinchi qadam – rahbarning psixologik kompetentligini takomillashtirish
hamda professional holatini rivojlantirish bilan birga zaruriy, dolzarb muammolarni
yechimini, yagona va to‘g‘ri yo‘lni qabul qilishda epchillikdan maxsus tayyorgarlik
vosita va usullarni ko‘rsatish.

To‘rtinchi qadam – rahbarning psixologik holatini, kompetentligini hamda
temperamentini yakuniy baholab va rahbar xodimga zarur bo‘lgan xulq-atvor
standartini aks ettiruvchi ish funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishda zarur bo‘lgan
xulqiy va psixologik xususiyatlarini yakuniy maslahat va instruksiyalar bilan
intellektini boyitishga qaratilgan.

Ikkinchi bosqich: Rahbarni psixologik kompetentlikka o‘qitish jarayoni:
Oliy hamda o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlarini malaka va kasbga ishtiyoqlik
jarayonlariga tayanib,barkamol rahbarlarni tayyorlashda, ularni yangi uslublarga va
yangi metodlarga o‘rgatish holatlariga katta e’tibor qaratish darkor. Rahbarlarni
o‘qitishning asosiy ko‘rinishi hamkasblar bilan guruhda ish olib borishdir. Shuning
uchun ham o‘quv yondashuvlari turli bo‘lishi mumkin. Rahbarlarni kompetentlikka
uslubiy o‘quv dasturi ham uchta usuldan iboratdir:
1. Ekspozitsiyaviy usullar – o‘quv tarkibi ekspozitsiya, o‘qituvchi talabalarga
tashqi manbalardan, tarqatma va axborot materiallaridan foydalanish bilan tashkil
etiladi.
2. Boshqaruv usullari – liderlar, ya’ni rahbarlarning o‘zlari o‘quv jarayonini
tashkil etib yo‘naltirishadi, shunday qilib, o‘qiyotganlar oldindan belgilangan
maqsadlarga erishishadi.
3. Qidiruv usullari – qachon o‘quv tarkibi oldindan to‘liq belgilanmagan, negaki
o‘quv jarayoni muammolarni belgilashni ham ularning yechimini o‘z ichiga oladi. Bu
usulning asosi maqsadi – o‘quvchilarni aqliy faoliyatiga jalb qilish va ular tomonidan
nostandart muammolarni hal qilish bo‘yicha tajriba orttiriladi.
Rahbarning psixologik kompetentligini rivojlanish darajasini baholashdan keyin,
kompetentlikni rivojlantirish uchun dasturiy tavsiyalar mavjud. Rivojlanishning asosiy
vositalari sifatida quyidagi usullar:
1. Guruh psixologik treningi – faol o‘qitish usulini o‘z ichiga oladi, ham
boshqaruv ham qidiruv usullarini. Uning maqsadi – rahbarni psixologik
kompetentligining barcha jihatlarini rivojlantirish.
2. Masofaviy o‘qitish tizimi – ko‘proq kognitiv va aksiologik komponentlarga
yo‘naltirilgan bo‘lib, qo‘shimcha vazifalarni yechadi, ya’ni rahbarlarni ishlabchiqarish jarayonidan ajratmasdan masofaviy o‘qitish imkoniyati, hamkasblar bilan
tajriba almashish, boshqaruvni va ijtimoiy-psixologik murakkab vaziyatlarning
yechimini online rejimida topish.
O‘qitish va rivojlantirish jarayoni yakunlangandan so‘ng, o‘qishni bitirgan
rahbarlarda o‘quv dasturini o‘zlashtirishda farqlar bo‘lsa, ularga tahliliy yondashib,
o‘qitish jarayonida o‘tgan kamchiliklarni keyingi jarayonlarda inobatga olmoq lozim
bo‘ladi. Yuqorida aytib kelingan, ya’ni rahbarning psixologik kompetentligini batafsil
rahbar faoliyatidan kelib chiqqan xolda, muhokama qilindi va o‘qitish jarayonlari

yoritildi. Endilikda, insonning, asosi va tamal toshi, tug‘ma poydevor bo‘lgan,
o‘zgarmas va shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanmish temperament tiplarining
qoidalari hisobga olinmasa, shaxsning psixologik kompetentligini to‘g‘ri aniqlashda,
to‘la to‘kis psixologik kompetentligini shakllantira olmaymiz.

Shu boisdan, rahbar xodimlarda psixologik kompetentligiga aniqlik kiritish
uchun, ularning individual-psixologik xususiyatlarini, ya’ni qaysi temperament tipiga
mansubligini inobatga olinmasa, psixologik kompetentlikni aniqlashi va shakllantirishi
to‘laqonli bo‘la olmaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Rahbar xodimlarning psixologik sifat darajasi turli bo‘lganligi, hamda turli
fanlarda faoliyat ko‘rsatishi, muassasa va oilada statusi turli bo‘lganligi bois, ularga
psixologik kompetentligining tashxisini qo‘yishdan oldin, yuqorida keltirilgan
dalillarning isbotini aynan, ularning holatlariga qarab belgilanadi.
Tadqiqiy izlanishlar jarayonida, rahbar xodimlarning psixologik kompetentligini
individual-psixologik xususiyatlari (temperament)i bilan birgalikda shakllantirish
yondashuvi ma’lum bo‘ldi.
Inson faoliyatini rahbar xodimlar misolida ilmiy yondashuv asosida o‘rganish va
tadqiqot etish jarayonida aniq va jiddiy izlanish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Demak, rahbar
xodimlarning psixologik kompetentligini takomillashtirishda, tadqiqot ishlarini olib
borishni davom etmoq lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Хайитов, О. Э. (2010). Компетентлик назарияси ва унинг босқичлари //
Таълим менеджменти, (2), 30. – Тошкент.
2. Рахимова, Д., Бекмуродов, М. (2006). Лидерлик ва ташкилот маданияти.
Ўқув қўлланма. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Университети.
3. Михайлова, Л. Л. (2010). Развитие психологической компетентности
руководителя. – Иркутск: Иркутский Государственный Университет.
4. Маркова, А. К. (2007). Психология профессионализма. – Москва:
Международная Педагогическая Академия.
5. Махмудова, З. М. (2023). Ходим касбий компетентлигининг намоён
бўлишининг ижтимоий-психологик хусусиятлари // Педагогические и
психологические исследования, 2(2), 66–71. – Тошкент.
6. Ўзбекистонда Барқарор ривожланиш мақсадларига эришиш учун
тараққиёт сиёсатига доир тадбирларни ҳар томонлама жорий қилиш,
жадаллаштириш ва қўллаб-қувватлаш (MAPS) ҳисоботи. (2018).

7. Каримова, В. М., Хайитов, О. Э. (2008). Маъмурий бошқарув органлари
раҳбарларининг лавозимга лойиқлигини баҳолашга оид тест ва методикалар
тўплами. Методик қўлланма. – Тошкент: Фан ва технология.

8. Дилором, А. (2019). Раҳбарларнинг психологик компетентлигини
ривожлантиришда замонавий ёндашувлар. Илмий Хабарнома, 15(3), 45–52. –
Тошкент: Тошкент Давлат Педагогика Университети.

9. Саидов, М. Х. (2021). Ташкилий психология ва раҳбарлик
компетенсиялари. Монография. – Самарқанд: Самарқанд Давлат Университети.

10. Юсупова, Н. Р. (2015). Психологик компетентлик ва унинг раҳбарлик
фаолиятидаги ўрни. Таълим ва Инновация, 7(1), 28–34. – Тошкент.

REFERENCES:
1. Xayitov, O. E. (2010). Kompetentlik nazariyasi va uning bosqichlari // Ta’lim
menedjmenti, (2), 30. – Toshkent. (In Uzbek)
2. Raximova, D., Bekmurodov, M. (2006). Liderlik va tashkilot madaniyati.
Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy Universiteti. (In Uzbek)
3. Mixaylova, L. L. (2010). Razvitie psixologicheskoy kompetentnosti
rukovoditelya. – Irkutsk: Irkutskiy Gosudarstvenniy Universitet. (In Russian)
4. Markova, A. K. (2007). Psixologiya professionalizma. – Moskva:
Mejdunarodnaya Pedagogicheskaya Akademiya. (In Russian)
5. Maxmudova, Z. M. (2023). Xodim kasbiy kompetentligining namoyon
boʻlishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari // Pedagogicheskie i psixologicheskie
issledovaniya, 2(2), 66–71. – Toshkent. (In Uzbek)
6. Oʻzbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun taraqqiyot
siyosatiga doir tadbirlarni har tomonlama joriy qilish, jadallashtirish va qoʻllabquvvatlash (MAPS) hisoboti. (2018). (In Uzbek)
7. Karimova, V. M., Xayitov, O. E. (2008). Ma’muriy boshqaruv organlari
rahbarlarining lavozimga loyiqligini baholashga oid test va metodikalar toʻplami.
Metodik qoʻllanma. – Toshkent: Fan va texnologiya. (In Uzbek)
8. Dilorom, A. (2019). Rahbarlarning psixologik kompetentligini rivojlantirishda
zamonaviy yondashuvlar. Ilmiy Xabarnoma, 15(3), 45–52. – Toshkent: Toshkent
Davlat Pedagogika Universiteti. (In Uzbek)
9. Saidov, M. X. (2021). Tashkiliy psixologiya va rahbarlik kompetensiyalari.
Monografiya. – Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti. (In Uzbek)
10. Yusupova, N. R. (2015). Psixologik kompetentlik va uning rahbarlik
faoliyatidagi oʻrni. Ta'lim va Innovasiya, 7(1), 28–34. – Toshkent. (In Uzbek)