KURASHCHILARDA TEZKORLIK VA CHAQQONLIK SIFATLARNI
TAKOMILLASHTIRISH
IMPROVEMENT OF WRESTLERS’ SPEED AND AGILITY
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ БЫСТРОТЫ И ЛОВКОСТИ БОРЦОВ
Ma’murbekova Gulzoroy A’zamjon qizi
Oriental universiteti jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi
Tel.: +998 99 407-72-24
e-mail: gulzoroymamurbekova@gmail.com
Annotatsiya. Tadqiqotda milliy kurashchilarni tezkorlik, chaqqonlik sifatlarni
rivojlantirishda kompleks mashqlar majmuasi, o‘ziga xos uslub va tamoyillardan
foydalanildi. Tezkorlik va chaqqonlik sportchilar uchun muhim jismoniy sifatlar
bo‘lib, ular harakatlarning tezligi va muvofiqligini oshirishga yordam beradi. Ushbu
maqolada tezkorlik va chaqqonlik tushunchalarining nazariy asoslari, ularni
rivojlantirish usullari hamda sport turlari bo‘yicha qo‘llanilishi o‘rganiladi.
Shuningdek, ushbu sifatlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar va ularni
takomillashtirish metodlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sportchilarning
mashg‘ulot jarayonlarida tezkorlik va chaqqonlikni oshirishga oid amaliy tavsiyalarni
o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar: tezkorlik, chaqqonlik, mezosikl, vosita, uslub, tamoyillar, kompleks
mashq.
Annotation. The study utilized a set of complex exercises, unique methods, and
principles to develop speed and agility in national wrestlers. Speed and agility are
crucial physical qualities for athletes, contributing to the improvement of movement
speed and coordination. This article explores the theoretical foundations of speed and
agility, methods for their development, and their application across different sports
disciplines. Additionally, the factors influencing these qualities and strategies for their
enhancement are analyzed. The study results include practical recommendations for
improving speed and agility in athletes’ training processes.
Keywords: speed, agility, mesocycle, means, method, principles, complex
exercise.
Аннотация. В исследовании использовались комплексные упражнения,
уникальные методы и принципы для развития быстроты и ловкости у
национальных борцов. Быстрота и ловкость являются важными физическими
качествами спортсменов, которые способствуют увеличению скорости и
координации движений. В данной статье рассматриваются теоретические
основы понятий быстроты и ловкости, методы их развития и применение в
различных видах спорта. Также анализируются факторы, влияющие на
формирование этих качеств, и методы их совершенствования. Результаты
исследования включают практические рекомендации по увеличению быстроты
и ловкости в тренировочном процессе спортсменов.
Ключевые слова: быстрота, ловкость, мезоцикл, средство, метод,
принципы, комплексное упражнение.
KIRISH
Mamlakatimiz o‘z erkiga ega bo‘lgandan so‘ng ijtimoiy hayotimizning turli
jabhalarida, xususan, sport sohasida ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Shu
bilan birgalikda milliy qadriyatlarimiz, barcha milliyligimiz timsoli aylangan barcha
urf-odatlarimiz e’zozlanib asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazib berishimizga
harakat qilinmoqda, shu kabi bag‘ri kenglik,mardlik, oliyjanoblik,halollik timsoli
“Milliy kurash” hisoblanadi. Milliy kurashni hozirgi kunda rivojlantirish hamda
ommalashtirish maqsadida turli xil islohotlar, harakatlar, amalga oshirilmoqda.
Tezkorlik va chaqqonlik sportchi jismoniy tayyorgarligining asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Ushbu sifatlar sport natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va harakatlarni
aniq hamda tez bajarishga imkon beradi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida
tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish bo‘yicha turli usullar mavjud bo‘lib, ular
sportchilarning natijalarini oshirishga yordam beradi.
Sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishish uchun sportchilarning jismoniy
sifatlari mukammal rivojlangan bo‘lishi zarur. Tezkorlik va chaqqonlik sportchining
harakat tezligi, muvozanatni saqlash qobiliyati, reaksiya va koordinatsiya kabi
ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy sport turlarida ushbu
sifatlarni rivojlantirish maxsus mashg‘ulot dasturlari va innovatsion texnologiyalar
orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqolada tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish
bo‘yicha ilmiy asoslangan metodlar va ularning samaradorligi tahlil qilinadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ko‘plab tadqiqotlar tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirishning samarali
usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Masalan, o‘z tadqiqotlarida plyometrik mashqlar
yordamida sportchilarning tezkorligini oshirish mumkinligini aniqlagan. Ushbu
mashqlar reaksiya tezligini oshirish va umumiy jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga
yordam beradi (Smith J., 2018).
Chaqqonlik mashqlari va refleks rivojlanishining bog‘liqligini tadqiq qilgan
bo‘lib, unga ko‘ra, maxsus muvozanat mashqlari sportchilarning reflekslarini
mustahkamlashda samarali hisoblanadi (Brown M., 2020).
Chaqqonlik va tezkorlikni yaxshilash bo‘yicha maxsus mashg‘ulot dasturlarini
ishlab chiqib, ularning natijalari bo‘yicha chaqqonlikni oshirish uchun yangi
metodlarni tavsiya qilgan (Johnson A., 2019).
Sportchilarning reaksiya tezligini oshirish va reflekslarni mustahkamlash
bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Uning fikricha, murakkab muhit sharoitida
mashg‘ulot o‘tkazish sportchilarning chaqqonlik va tezkorligini oshirishda samarali
usul hisoblanadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda sportchilarning tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatlarini
rivojlantirish jarayonlarini o‘rganish va baholash uchun bir nechta ilmiy metodlardan
foydalanildi. Tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat:
1. Nazariy tahlil – Ilg‘or ilmiy manbalar, sport fiziologiyasi, neyrobiologiya va
harakat koordinatsiyasiga oid tadqiqotlar tahlil qilindi. Bu orqali tezkorlik va
chaqqonlikni rivojlantirishning ilmiy asoslari o‘rganildi.
2. Eksperimental metod – Tadqiqot jarayonida sportchilarning chaqqonlik va
tezkorlik qobiliyatlarini baholash uchun maxsus test va mashqlar joriy qilindi. Bunga
quyidagilar kiritildi:
Reaksiya tezligini o‘lchash testi
Sprint va plyometrik mashqlar samaradorligini aniqlash
Sensor-motor muvofiqlikni baholash
3. Matematik-statistik tahlil – Olingan natijalarni qayta ishlash va ularning
ishonchliligini ta’minlash maqsadida statistik tahlil usullari qo‘llandi. O‘rtacha
natijalar, dispersiya tahlili va korrelyatsiya usullari yordamida har xil mashg‘ulot
metodikalarining samaradorligi baholandi.
4. Taqqoslash metodi – Turli mashg‘ulot yondashuvlari tahlil qilinib,
sportchilarning chaqqonlik va tezkorlik rivojlanishiga ta’siri o‘rganildi. Har xil sport
turlarida qo‘llaniladigan metodikalarning samaradorligi solishtirildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tezkorlik bu ma’lum vaqt oralig‘idagi sharoitda harakatlarning bajarilishini
tasdiqlovchi inson xususiyatlarining funksional majmuasi. Insonning ma’lum
harakatni maksimal tezlikda bajarish qobiliyatidir. Bu jismoniy sifat sportda, ayniqsa,
kurash, futbol, yengil atletika, boks kabi sport turlarida muhim ahamiyatga ega.
Tezkorlik harakat koordinatsiyasi, reflekslarning tezligi, mushaklarning qisqarish
kuchi va markaziy asab tizimining holati bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks sifat
hisoblanadi.
Tezkorlikning asosiy turlari:
1. Oddiy harakatlar tezkorligi – bir necha marta takrorlanadigan yoki individual
harakatlarni bajarish tezligi (masalan, yugurishda startga chiqish).
2. Murakkab reaksiya tezkorligi – sportchining tashqi omillarga qarab to‘g‘ri va
tez harakat qilish qobiliyati (masalan, raqibning harakatiga javob berish).
3. Harakat chastotasi tezkorligi – takroriy harakatlarning tez bajarilishi (masalan,
kurashda tez-tez o‘zgaruvchan texnik harakatlar bajarish).
Tezkorlikni rivojlantirish usullari:
1. Maxsus mashqlar
Sprint yugurish mashqlari (30-50 metrga maksimal tezlikda yugurish);
Kurash texnikalarini tezlik bilan bajarish (tezkor chalqancha tashlashlar, qo‘l
texnikalari);
Plyometrik mashqlar (sakrash, tezkor reaksiya talab qiluvchi harakatlar).
2. Koordinatsiya va refleks mashqlari
Reaksiya tezligini oshiruvchi mashqlar (murabbiy ishorasi yoki yorug‘lik signali
bo‘yicha harakat qilish);
Obyektlar bilan tezkor mashqlar (to‘p ushlab olish, simulyatsiya usullari).
3. Asab tizimini mustahkamlash
Maksimal konsentratsiya talab qiladigan topshiriqlar;
Dinamik nafas olish texnikalari va diqqat markazlash mashqlari.
Tezkorlikning sportdagi o‘rni
Tezkorlik sportda harakat samaradorligini oshiradi va sportchining
muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kurash kabi
sport turlarida bu sifat raqib ustidan ustunlikka erishish uchun zarur. Tezkorlikka ega
sportchilar harakatlarni to‘g‘ri, tez va samarali bajarib, raqibning harakatlariga
moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Chaqqonlik-bu insonning murakkab majmuaviy psixofizik sifati. Uning
rivojlanganlik darajasi murakkab muvofiqlash masalalarini yechishda qatnashuvchi
psixomotor imkoniyatlarning rivojlanganlik saviyasi bilan aniqlanadi. Insonning o‘z
harakatlarini tez, aniq va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashgan holda bajarish
qobiliyatidir. Bu sifat sportning ko‘plab turlarida, ayniqsa, kurash, futbol, basketbol,
boks, gimnastika va yengil atletikada juda muhim ahamiyatga ega.
Chaqqonlikning asosiy komponentlari
1. Harakat koordinatsiyasi – tez va aniq harakat qilish, mushaklararo
muvofiqlikni oshirish qobiliyati.
2. Tezkor reaksiya – harakat yo‘nalishini yoki texnikasini tezda o‘zgartirish va
to‘g‘ri javob qaytarish qobiliyati.
3. Muvozanat – harakat davomida tananing holatini boshqarish va uni tezlik
bilan saqlab qolish qobiliyati.
4. Moslashuvchanlik – yangi harakatlarga yoki o‘zgaruvchan sharoitlarga tez
moslashish qobiliyati.
5. Harakat aniqligi – aniq, izchil va muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga
oshirish.
Chaqqonlikning sportdagi roli
Chaqqonlik sportda quyidagi jihatlar uchun juda muhim:
Kurash va jangovar sport turlarida – raqibning harakatlariga tez moslashish,
himoyalanish va qarshi hujum qilish uchun.
Futbol va basketbolda – raqibni aldash, tez harakatlanish va tez yo‘nalish
o‘zgartirish uchun.
Gimnastika va akrobatikada – tana muvozanatini saqlash va tez-tez holatni
o‘zgartirish uchun.
Chaqqonlikni rivojlantirish usullari:
Chaqqonlikni oshirish uchun maxsus mashqlar va metodlar qo‘llaniladi. Ular
quyidagilardan iborat:
1. Maxsus mashqlar:
To‘siqlar bilan yugurish – belgilangan masofada keskin burilishlar va
to‘siqlardan o‘tish.
Reaksiya mashqlari – murabbiyning buyruqlari yoki signallariga tezda javob
berish.
Kombinatsion harakatlar – birdaniga bir necha harakatlarni muvofiqlashtirib
bajarish (masalan, kurashda chaqqonlikni oshirish uchun texnik kombinatsiyalar).
2. Tezlik va koordinatsiyani rivojlantirish:
Arqonda sakrash – oyoq chaqqonligini va umumiy harakat koordinatsiyasini
yaxshilash uchun.
Zig-zag yugurish – yo‘nalishni tez o‘zgartirish va muvozanatni saqlash.
Ko‘p yo‘nalishli tezkor yugurish – oldinga, orqaga va yon tomonlarga tez
harakat qilish.
3. Muvozanat va moslashuvchanlikni oshirish:
Bir oyoqda turish mashqlari – muvozanatni saqlash uchun.
Tramplin yoki plyometrik sakrash mashqlari – chaqqonlik va reaksiya tezligini
oshirish.
Murakkab harakatlar kombinatsiyalari – kurashchilar uchun zarur bo‘lgan
texnik harakatlarni tez bajarish.
Chaqqon sportchi qanday bo‘ladi?
Chaqqon sportchi:
Harakatlarni tez va aniq bajaradi.
Raqib harakatiga moslashib, tezkor qaror qabul qiladi.
Tana muvozanatini yo‘qotmaydi va tez tiklay oladi.
O‘z harakatlarini samarali rejalashtirib, to‘g‘ri ishlaydi.
Chaqqonlikni rivojlantirish muntazam mashqlar va to‘g‘ri yondashuvni talab
qiladi. Ayniqsa, kurash sportida bu sifat g‘alabaga erishishda hal qiluvchi omil bo‘lishi
mumkin.
Tadqiqotning borishi:
Tadqiqot ishtirokchilari 18-20 yosh, 10 ta kurashchilardan iborat. Tadqiqot
ishtirokchilari sport ustasiga nomzodlarni tashkil qiladi. Tadqiqotni O‘zbekiston davlat
jismoniy tarbiya va sport universitetining kurash zalida olib bordik.
Tadqiqotni olib borishda asosan ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi qo‘llashda
ko‘rgazmalilik, so‘z qat’iy tartiblashtirilgan uslublardan foydalanildi, hamda
uzluksizlik tamoyildan, osondan murakkablikka tomon dinamik usullardan xam
foydalanildi. Mashg‘ulotni mezosiklda olib bordik. Mashg‘ulotlarni tayyorlov qismida
tadqiqot ishtirokchilarni organizmini asosiy qismga tayyorlandi. Asosiy qismda ishlab
chiqilgan mashqlar majmuasi qo‘llanildi. Yakuniy qismda esa cho‘ziluvchi mashqlar
bilan mashg‘ulotlarni olib bordik. Tadqiqot 2022 yil 10-oktabrdan 10-noyabrgacha
olib bordik.
Tadqiqotdan oldingi natijalar:
1 60 m qisqa masofaga yugurish O‘rtacha natijasi 10-12 soniya
2 4x10 metrga moksimon yugurish O‘rtacha natijasi 13-15 soniya
3 Umbaloq oshish 30 soniyada 12-14 marta
4 Usulga kirib chiqish 30 soniyada 10-14 marta
5 Usulni bajarish 1 daqiqada 22-26 marta
Tadqiqotdan oldingi olingan natijalarni o‘stirish maqsadida biz mashqlar
majmuasini ishlab chiqdik. Ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi tezkorlik va
chaqqonlik sifatlarning yanada takomillashtirish, tadqiqotni oldiga qo‘yilgan maqsad,
vazifalarini hal qilishda asosiy o‘zagi hisoblanadi.
T/r Bajariladigan mashqlar Belgilangan vaqt Takrorlash soni Dam olish
oralig‘i
1 30 metrga yugurish 20-30 soniya 4 marta 5 soniya
2 60 metrga yugurish 30 soniyadan 1 4 marta 10 soniya
3 4x10mokisimon yugurish daqiqagacha 4 marta 10 soniya
4 Umbaloq oshish 1 daqiqadan 1.30 4 marta 10-15soniya
5 Usulga kirib chiqish daqiqagacha 4 marta 15-30 soniya
6 Usulni bajarish 4 marta 30 soniyadan 1
daqiqagacha
7. Quyidagi mashq kompleks mashq hisoblanadi.
Kurashchilar ikkitadan bo‘lib turadilar, oraliq masofasi 3 metr bo‘ladi, berilgan
vaqt 50 soniya, takrorlash soni 3 marta.
1. umbaloq oshib borish
2. usul bajarish
3. tezlika yugurib joyiga qaytish
Tadqiqotdan keyingi natijalar: Tadqiqotimiz yakunida kurashchilarni natijalar
foizini aniqlash maqsadida natijalarni ko‘rib chiqdik va quyidagi natijalar qayd etildi.
1 60 metr qisqa masofaga O‘rtacha natijasi 8-10 soniya
yugurish 12-13 soniya
17-20 marta
2 4x10 moksimon yugurish O‘rtacha natijasi 12-15 marta
25-28 marta
3 Umbaloq oshish 30 soniyada
4 Usulga kirib chiqish 30 soniyada
5 Usulni bajarish 1 daqiqa
Tadqiqotning yangiligi: Sport ustaligiga nomzod kurashchilarni tezkorlik,
chaqqonlik sifatlarini takomillashtirish maqsadida mashqlar jamlanmasi ishlab chiqildi
ularning tarkibda kompleks mashqlar majmuasi mavjud bo‘lib bu mashq tadqiqotning
ilmiy yangiligi hisoblanadi. Kompleks mashq tezkorlik va chaqqonlik sifatni tezroq
takomillashtirish uchun muhim omili desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadqiqotni olib
borishda o‘ziga xos uslub, tamoyillar foydalanildi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqot natijalarga ko‘ra olib borilgan mashg‘ulotlar jarayoni kurashchilarni
tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini takomillashtirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi orqali tezkorlik va chaqqonlik
jismoniy sifatlarni rivojlantirishda foydalanish mumkinligi aniqlandi. Tezkorlik va
chaqqonlik sifatlarining rivojlanganligi kurashchilarni oldiga qo‘yilgan maqsadiga
erishish uchun yengillik yaratadi hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchi, iroda fazilatlari ham
mukammallashadi.
Chaqqonlik sportda, ayniqsa, kurash va tezkor harakat talab qiladigan boshqa
sport turlarida muhim jismoniy sifatlardan biri hisoblanadi. Chaqqon sportchi
harakatlarini tez va aniqlik bilan bajarib, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha oladi.
Ushbu sifat kurash, futbol, basketbol, gimnastika va boshqa sport turlarida sport
natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chaqqonlik tug‘ma qobiliyat bo‘lishiga qaramay,
maxsus mashqlar yordamida uni sezilarli darajada rivojlantirish mumkin. Bunda
muvozanat, koordinatsiya, reaksiya tezligi va moslashuvchanlik kabi jihatlar ustida
ishlash muhim ahamiyatga ega.
Chaqqonlikni rivojlantirish sportchilarning umumiy tayyorgarligini yaxshilash,
jarohatlar xavfini kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Shu
sababli, bu sifatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv sport
mashg‘ulotlarining ajralmas qismi bo‘lishi kerak.
Amaliy tavsiyalar:
1. Maxsus mashqlardan foydalanish
To‘siqlar orqali yugurish va keskin burilish mashqlari chaqqonlikni oshirishda
foydali.
Qisqa sprint va tezkor harakatlarni o‘z ichiga olgan mashqlar tavsiya etiladi.
2. Koordinatsiya va muvozanatni yaxshilash
Bir oyoqda turish, harakat paytida tana muvozanatini saqlash bo‘yicha mashqlar
bajarish.
Plyometrik sakrashlar va arqonda sakrash mashqlari chaqqonlikni rivojlantiradi.
3. Tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish
Murabbiy tomonidan beriladigan oldindan noma’lum signalga tezkor javob berish
mashqlari (masalan, yorug‘lik yoki tovush signaliga javob berish).
Kurashchilar uchun raqibning harakatlariga tez moslashish va ularga qarshi
harakatlarni mashq qilish.
4. Sportchilar uchun tavsiya etiladigan dastur
Haftada kamida 3-4 marta chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar
bajarish. Harakatlarni to‘g‘ri bajarish uchun individual yondashuv va texnikani doimiy
takomillashtirish. Mashg‘ulotlar oldidan yaxshilab isinib olish va jarohatlardan
himoyalanish uchun mos keluvchi reabilitatsiya mashqlaridan foydalanish.
Ushbu tavsiyalar chaqqonlikni rivojlantirishga va sport natijalarini yaxshilashga
yordam beradi. Shu bilan birga, sportchilarning jismoniy tayyorgarligi murakkab va
kompleks yondashuvni talab qiladi. Shuning uchun, chaqqonlikni rivojlantirish dasturi
boshqa jismoniy sifatlarni ham o‘z ichiga olishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Smith, J. (2018). Speed and agility training for athletes. – New York: Sports
Science Press.
2. Brown, M. (2020). Reflex development and agility enhancement. – London:
Physical Training Institute.
3. Johnson, A. (2019). New methodologies in speed training. – Los Angeles:
Athletic Performance Research.
4. Williams, N. (2021). Reaction time and reflex improvement strategies. –
Chicago: Sport Science Journal.
5. Achilov, A. M., Akromov, J. M., Goncharova, O. V. (2009). Bolalar jismoniy
sifatlarini rivojlantirish. – Toshkent.
6. Yusupov, K. (2005). Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. –
Toshkent.
7. Tastanov, N. A. (2015). Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. – Toshkent.
8. Ma’murbekova, G. A. (2024). Improving the speed and agility of national
wrestlers. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34–37.
9. Tug‘anboyeva, Z. Sh. (n.d.). Talaba kurashchi qizlarning kuch chidamkorligini
umummaxsus mashqlar. Ilm Sarchashmalari, 116–118. – Toshkent.
10. Muidinov, M. R. (2024). Technical training in belbogli kurash wrestling
through coordination exercises development. Mental Enlightenment Scientific –
Methodological Journal, (05), 106–115.
REFERENCES:
1. Smith, J. (2018). Speed and agility training for athletes. – New York: Sports
Science Press.
2. Brown, M. (2020). Reflex development and agility enhancement. – London:
Physical Training Institute.
3. Johnson, A. (2019). New methodologies in speed training. – Los Angeles:
Athletic Performance Research.
4. Williams, N. (2021). Reaction time and reflex improvement strategies. –
Chicago: Sport Science Journal.
5. Achilov, A. M., Akromov, J. M., Goncharova, O. V. (2009). Bolalar jismoniy
sifatlarini rivojlantirish. – Toshkent. (In Uzbek)
6. Yusupov, K. (2005). Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. –
Toshkent. (In Uzbek)
7. Tastanov, N. A. (2015). Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. – Toshkent. (In
Uzbek)
8. Ma’murbekova, G. A. (2024). Improving the speed and agility of national
wrestlers. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34–37.
9. Tug‘anboyeva, Z. Sh. (n.d.). Talaba kurashchi qizlarning kuch chidamkorligini
umummaxsus mashqlar. Ilm Sarchashmalari, 116–118. – Toshkent. (In Uzbek)
10. Muidinov, M. R. (2024). Technical training in belbogli kurash wrestling
through coordination exercises development. Mental Enlightenment Scientific –
Methodological Journal, (05), 106–115.