ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida masala yechish koʻnikmasini shakllantirish mexanizmi

Abdug‘aniyeva Shodmonoy Baxodirjon qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF
OʻQUVCHILARIDA MASALA YECHISH KOʻNIKMASINI
SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI

MECHANISM FOR DEVELOPING PROBLEM-SOLVING SKILLS IN
PRIMARY SCHOOL STUDENTS BASED ON INTERNATIONAL
ASSESSMENT PROGRAMS

МЕХАНИЗМ ФОРМИРОВАНИЯ НАВЫКОВ РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМ У
УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ
МЕЖДУНАРОДНЫХ ПРОГРАММ ОЦЕНКИ

Abdug‘aniyeva Shodmonoy Baxodirjon qizi
Qоri Niyоziy nоmidagi tarbiya pedagоgikasi milliy

instituti mustaqil tadqiqоtchisi
Tel.: +998 90 007-01-07

e-mail: aidazubayrovna@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS va
boshqalar) asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida masala yechish ko‘nikmasini
shakllantirishning didaktik mexanizmlari va ushbu jarayonning ta’limdagi ahamiyati
keng yoritilgan. Maqolada masala yechish ko‘nikmasining pedagogik va psixologik
asoslari, uning boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni hamda xalqaro tajribada qo‘llaniladigan
usullar tahlil qilinadi. Xorijiy tajribalar, xususan, rivojlangan mamlakatlarning ta’lim
tizimlarida qo‘llaniladigan strategiyalar va metodlar o‘rganilib, ularning O‘zbekiston
ta’lim tizimiga moslashtirilishi imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, masala
yechish ko‘nikmasini rivojlantirishda o‘qituvchilarning malakasini oshirish,
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va integratsiyalashgan
yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi. Tadqiqotda xalqaro baholash dasturlari
natijalarini tahlil qilish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy fikrlash va
muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.

Kalit so‘zlar: xalqaro tadqiqotlar, matematik tafakkur, differensiyalash,
assotsiatsiya, kognitiv, kontent, kontekst, tahlil,interaktiv ta’lim.

Annotation. This article comprehensively examines the didactic mechanisms for
developing problem-solving skills in primary school students based on international
assessment programs (PISA, PIRLS, etc.) and highlights their significance in
education. The pedagogical and psychological foundations of problem-solving skills,
their role in primary education, and the methods applied in international practices are
analyzed. Foreign experiences, particularly the strategies and methods used in the
education systems of developed countries, are studied, and possibilities for their
adaptation to the Uzbekistan education system are discussed. The importance of

enhancing teachers’ qualifications, utilizing modern educational technologies, and
adopting an integrated approach to foster problem-solving skills is emphasized.
Through the analysis of international assessment program results, practical
recommendations are developed to enhance critical thinking and problem-solving
abilities in primary school students.

Keywords: international studies, mathematical thinking, differentiation,
association, cognitive, content, context, analysis, interactive education.

Аннотация. В статье подробно рассматриваются дидактические механизмы
формирования навыков решения задач у учащихся начальных классов на основе
международных программ оценки (PISA, PIRLS и др.), а также подчеркивается
их значение в образовании. Анализируются педагогические и психологические
основы навыков решения задач, их роль в начальном образовании и методы,
применяемые в международной практике. Изучается зарубежный опыт, в
частности стратегии и методы, используемые в образовательных системах
развитых стран, и обсуждаются возможности их адаптации к системе
образования Узбекистана. Подчеркивается важность повышения квалификации
учителей, использования современных образовательных технологий и
интегрированного подхода для развития навыков решения задач. На основе
анализа результатов международных программ оценки разработаны
практические рекомендации по повышению критического мышления и
способностей к решению проблем у учащихся начальных классов.

Ключевые слова: международные исследования, математическое
мышление, дифференциация, ассоциация, когнитивный, контент, контекст,
анализ, интерактивное образование.

KIRISH
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan
bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va
ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar
asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish,
mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va
xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish
muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy
ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim
ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy
qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim
sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan

hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin (Azizova
Q., 2022: 274).

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan
bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va
ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va
malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar
asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish,
mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi xalqaro va
xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik
qilish muhim ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik
ko‘rishga kirishilgan bo‘lib, Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish milliy markazi tomonidan PIRLS, TIMSS, PISA dasturlariga doir
o‘quvchilarning o‘qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonligi, ijodiy fikrlashini
baholash va rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy
etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ushbu izlanishlar qatorida,
amaliy tadqiqotlar sifatida PISA dasturi talablari asosida O‘quvchilarning
savodxonligini baholash bo‘yicha Milliy tadqiqot, Inson kapitali indeksi-2020 loyihasi
doirasidagi ta’lim sifati komponenti uchun TIMSS dasturi talablari asosidagi tadqiqot,
O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha PIRLS dasturi doirasidagi
tajriba-sinov, shuningdek, COVID-19 pandemiyasining ta’lim jarayoniga ta’sirini
o‘rganishga qaratilgan ta’limdagi uzilishlarga javoblar REDS tadqiqotlarini misol qilib
keltirish mumkin.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida masala
yechish ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ushbu sohaning
nazariy va amaliy jihatlarini yoritishda muhim ahamiyatga ega. Quyida keltirilgan
adabiyotlar mavzuni tahlil qilishda turli yondashuvlarni taqdim etadi.
A. Radjiev va boshqalar “O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlar dasturi” qo‘llanmasida PIRLS va boshqa xalqaro baholash dasturlarining
metodologiyasini tahlil qilib, o‘quvchilarning o‘quv kompetensiyalarini, jumladan,
masala yechish ko‘nikmalarini baholash usullarini muhokama qiladi. Ushbu qo‘llanma
xalqaro tajribani O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish uchun amaliy
yo‘riqnomalar taqdim etadi (Radjiev A., 2019).
M. Saidova o‘z dissertatsiyasida “Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish”
mavzusini yoritib, o‘qituvchilarning masala yechish ko‘nikmalarini shakllantirishda
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni ta’kidlaydi. Muallif xalqaro

baholash dasturlari talablariga muvofiq o‘qituvchilar tayyorgarligini oshirishning
muhimligini ko‘rsatadi (Saidova M., 2022).

Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xalqaro baholash dasturlari
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida masala yechish ko‘nikmalarini shakllantirishda
muhim yo‘l-yo‘riq beradi. Mahalliy tadqiqotlar O‘zbekiston ta’lim tizimiga mos
yondashuvlarni taklif qilsa, xalqaro manbalar zamonaviy metodlar va strategiyalarni
integratsiyalash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS) asosida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarida masala yechish ko‘nikmasini shakllantirish mexanizmlarini
o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, sifatli va miqdoriy tadqiqot usullarining
kombinatsiyasidan foydalanadi. Adabiyotlar tahlili orqali xalqaro va mahalliy
tajribalar o‘rganilib, masala yechish ko‘nikmasining nazariy asoslari aniqlanadi.
So‘rovnoma va testlardan foydalanib, o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlari va
o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi baholanadi. Tanlangan ta’lim muassasalarida
tajriba-sinov ishlari o‘tkazilib, xalqaro baholash dasturlari talablariga mos didaktik
usullar sinovdan o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar statistik tahlil va taqqoslash usullari
yordamida qayta ishlanadi, natijalar esa amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun sintez
qilinadi.

TAHLIL VA NATIJALAR
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali
kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan
o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har
tomonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi
talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi
kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim
sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish,
xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu
tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek,
o‘rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga
kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.
PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va
sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning
bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi
o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bilim va
ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o‘quv dasturlariga
asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini real

muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan maktab
bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko‘nikmalarni maktabda,
uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi (Radjiev
A., 2019: 62).

Ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishda moddiy omillar bilan bir
qatorda, boshlangʻich sinf oʻquvchilarni xalqaro tadqiqotlar asosida oʻqitish masalasi
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini xalqaro
baholash dasturlari asosida oʻqitish bugungi kun davr talablariga muvofiq ta’limni
tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻquvchilarni TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida oʻqitishda avvalambor,
TIMSS baholash dasturi matematika va tabiiy fanlarga oidligini inobatga olgan holda,
oʻquvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish ham muhim omil boʻlib xizmat
qiladi. Bu, ayniqsa, matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayonida innovatsion
yondashuv sifatida TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida oʻqitishga asoslangan
metodikaning yangi shakl, vositalaridan foydalanishda yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Bugungi kun boshlangʻich sinf oʻquvchilariga faqatgina tayyor bilimlarni berib
qolmay, xalqaro baholash dasturlari asosida oʻz-oʻzini baholashga oʻrgatish, ularning
yangi koʻrinishlarini yaratish metodlari va vositalarini oʻrgatish muhim masalalardan
hisoblanadi.

Mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro dasturlar va “Milliy
dasturning integratsiyasi negizida matematika va tabiiy fanlar boʻyicha baholash
dasturlari (TIMSS, PISA)ga tayyorgarlik ishlari boshlangʻich sinf oʻqituvchilari
tomonidan boshlangʻich sinflarda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayonlarida
oʻquvchilar bilimlarini toʻliq oʻzlashtirish, samarali mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va
ijodiy fikrlash, olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olishga, tizimli tahlil qilish
kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan ilgʻor pedagogik texnologiyalar,
raqamli va an’anaviy oʻquv uslubiy manbalarni keng joriy qilishni talab etmoqda.

Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida
boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash,
axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarini
rivojlantirishga alohida urgʻu bergan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot
talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini
joriy etish, oʻquvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash
boʻyicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish
nazarda tutilgan. Shu asosda oʻquvchilar savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro
dastur (PISA), boshlangʻich sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini
baholash xalqaro dasturi (PIRLS), oʻquvchilarning matematika va tabiiy yoʻnalishdagi
fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi (TIMSS), rahbar va pedagog
kadrlarning umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻqitish va ta’lim berish muhitini

hamda ularning ish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha xalqaro baholash (TALIS)
dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.

Hozirgi kunda an’anaviy o‘qitish o‘rnini savodxonlik, kompetensiya va shaxsiy
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan masofaviy innovatsion yondashuv va qarashlar
egallamoqda. Shuni inobatga olgan holda o‘quvchilarning kompetensiyaviy uyg‘unlik
bilan birga egallagan bilimi, ko‘nikma va malakalarini integratsion-raqamli nazorat
qilish, ularning olayotgan bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash hamda mavjud
yangiliklar bilan to‘ldirib borish, iqtidorli, qiziquvchan o‘quvchilardagi intellektual
salohiyatning muntazam rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, mavzulashtirilgan
mantiqiy topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, qolaversa bu topshiriqlarni
o‘quvchilarning qiynalmasdan o‘zlashtirib olishiga, ularning ilmiy dunyoqarashini,
amaliy tafakkurini kengaytirish, mustaqil, ijodiy fikrlashini, mantiqiy mushohada
yuritishini o‘stirish kabi qator vazifalarni qamrab olishiga e’tibor qaratilishi zarur.
Bular esa o‘z navbatida xalqaro baholash tizimiga doir PISA, PIRLS va TIMSS
topshiriqlarini yechishda tayyorgarlik vazifalarini o‘taydi (Стефaнoвa Н., 1996).

M.F.Qurbonova bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-biluv
faoliyatini takomillashtirishga doir PIRLS xalqaro baholash dasturi talablariga javob
bera oladigan hamda bilishga intiluvchan, qiziquvchan, mantiqiy va kreativ
fikrlaydigan, shaxsiy faoliyatini tashkil eta oladigan, suhbatdoshini tinglaydigan,
nostandart vaziyatlarda mustaqil ravishda harakat qiladigan hamda o‘zining xattiharakatlari uchun javob beradigan o‘quvchini tarbiyalash o‘qituvchilarning zamonaviy
pedagogik faoliyat (moderator, fasilitator, tutor, mentor)iga bog‘liq ekanligi
o‘quvchilarning o‘quv-bilish kompetensiyalarini mustaqil ishlar jarayonida
shakllantirish metodikasini takomillashtirish orqali asoslab bergan (Saidova M., 2022:
305). TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlari boʻyicha 2019 yilda Singapur davlati
yuqori natijalar koʻrsatganligi uchun bu davlatning matematika darsligiga qiziqdik va
tahlil qildik. Singapur ta’lim dasturining 4-sinf matematika darsligi 2 qismdan iborat
boʻlib, birinchi qismi 7 boʻlimni oʻz ichiga oladi. Bular: butun sonlar, butun sonlarni
koʻpaytirish va boʻlish, kasrlar, grafiklar va jadvallar, burchaklar, perpendikulyar va
parallel chiziqlar hamda jismning yuzasini topishga doir topshiriqlardir. Darslikda 397
ta topshiriqlar boʻlib, 16.1% bilishga oid topshiriqlar, 51.6% qoʻllashga oid
topshiriqlar, 32.2% mulohaza qilishga oid topshiriqlardir. Bu topshiriqlar rasmli va
asosan qoʻllash va mulohaza yuritishga oid topshiriqni oʻz ichiga oladi. Har ikkita
mavzudan keyin va boblardan mavzuni mustahkamlash uchun 10-12 ta topshiriqlar
berilgan. Darslikning[8] ikkinchi qismi 288 ta topshiriqlarni oʻz ichiga olgan, ulardan
22.2% bilishga oid, 71.7% qoʻllashga oid va 44.4% mulohaza yuritishga oid
topshiriqlardir. Bu darslik 6 ta boʻlimdan iborat boʻlib, ular: oʻnli kasrlar, oʻnli kasrlar
ustida toʻrt amallarni bajarish, oʻlchovlar, simmetriya, fazoviy shakllar, hajm kabi
boʻlimlarni oʻz ichiga oladi Topshiriqlarning deyarli barchasi rasm va chizmalar bilan
berilgan. Germaniyaning 4-sinf “Matematika” kitobi 4 ta bosqichda oʻrganilishga

moʻljallangan boʻlib, bu bosqichlar quyidagi boʻlimlarga boʻlinadi: 1-bosqichda
takrorlash, asosiy arifmetika, pul birliklari, 1 000 000 gacha raqamlar va uchburchak
va doira mavzulari bilan. Ikkinchi bosqichda: mustahkamlash, hisoblash turlari, katta
raqamlar bilan yozilgan koʻpaytirish, tekislik geometriyasi:maydon, perimetr,
simmetriya mavzulari; uchinchi bosqichda: Yozma boʻlish, geometrik jismlar,
ma’lumotlar va ehtimollik mavzulari; toʻrtinchi bosqichda: rejalar, vaqt massa
oʻlchamlari, hisoblash qoidalari, kalkulyator kabi boʻlimlardan iborat boʻlib har bir
boʻlimlari yana mavzularga boʻlingan. Kitobda nazariya deyarli yoʻq, topshiriqlardagi
bogʻlanishlar orqali oʻquvchilar tafakkurini rivojlantirib mavzuni tushunib oladilar, har
bir mavzuda oʻquvchilarni matematik tasavvur va tafakkurlarini rivojlantirish
maqsadida rasm, grafiklar, piktogrammalar va qiziqarli topshiriqlar berilgan. Bu
darslikda umumiy hisobda 600 ta topshiriq berilgan boʻlib, 15.3% i bilishga oid
topshiriqlar, 41.6% i qoʻllashga oid topshiriqlar, 26 % mulohaza yuritishga oid
topshiriqlar va 10.3% boshqa turdagi misol va masalalardan iborat.

PIRLSda rossiyalik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yuksak yutuqlarga
erishishdagi o‘sish nuqtalari.

Har bir sinfda ta’limni differensiyalashga kuchli e’tibor berilishi zarur, bu borada
aksariyat birinchi sinf o‘quvchilarining muvaffaqiyatli boshlash uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan maktablarga alohida e’tibor berilishi lozim.

Bundan kelib chiqadiki, xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang‘ich sinf
oʻquvchilarida masala yechish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan masalalarni va
ularning didaktik funksiyalarini, boshlang‘ich ta’limda ularning ahamiyatini o‘rganish
muhim.

Ma’lumki, boshlangʻich ta’lim - ta’lim tizimining poydevori hisoblanib,
oʻquvchilarni oʻqitish sifati unga bogʻliq boʻladi va bu boshlangʻich maktab
oʻqituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida
boshlangʻich maktab «koʻnikmalar maktabi» boʻlib keldi, ya’ni oʻquvchi keyingi

ta’lim olish uchun oʻqish, yozish, hisoblash kabi asosiy koʻnikma va malakalarni
oʻzlashtirishi kerak boʻlgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan.

Boshlangʻich ta’limda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish
faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar
yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim.

N.L.Stefanova fikricha, oʻquvchilarga matematikani oʻrgatishda maqsadga
erishish uchun yoʻnaltirilgan maxsus tashkil etiluvchi, yordamchi elementlar zarur.
Ushbu maqsadlarning birinchisi, “Matematika” kursini oʻzlashtirish, uning ijtimoiy va
mehnat fanlari bilan aloqasini oʻrnatish, boshlangʻich sinf matematika kursida asosiy
matematik gʻoyalar ahamiyatini tushunish, bilim, koʻnikma va malakalarni mustaqil
oʻzlashtirish maqsadida bilish faoliyati metodlarini egallash boʻlsa, ikkinchisi,
boshlangʻich sinf oʻquvchilariga matematika oʻqitish jarayonini amalga oshirishning
nazariy asoslari, haqiqiy bilimlari va amaliy metodlarini oʻzlashtirishdan iborat, buning
salmoqli qismini boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ijodkor shaxs elementlarini
rivojlantirishni tashkil qiladi (Marshall Cavendish, 2003: 128). N.Sh.Ruzikulova oʻz
tadqiqotlarida ta’lim sifatini baholashning xalqaro dasturlari (matematika fanidan
oʻzlashtirish darajasini baholash boʻyicha TIMSS (Trends in International
Mathematics and Science Study) xalqaro baholash dasturi) ga uygʻunlashtirish asosida
oʻquvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga alohida
e’tibor bergan (Ruzikulova N., 2020: 175).

Xalqaro baholash dasturlari ya’ni xalqaro ta’lim tadqiqotlarida ishtirok etish
ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lib, avvalo ta’limning xalqaro standart va talablariga
moslashuv jarayoni yuz beradi. Ta’limni xalqaro standartlar asosida tashkil etish,
monitoring qilish, boshqa davlatlar ta’lim tizimi va darajasi bilan solishtirish orqali
ta’limdagi kamchiliklar aniqlanadi va o‘rganiladi, kelgusidagi ta’lim rivojlanishi uchun
rejalar tuziladi. Ta’lim tizimimiz uchun muhim bo‘lgan milliy baholash tizimini
yaratish va ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi (Ruzikulova N., 2020: 177).

TIMSS xalqaro baholash dasturiga nazar soladigan boʻlsak, kontent va kognitiv
sohalarga boʻlinganini, TIMSSning kontent sohasida fanning mazmuni, kognitiv
sohasida esa, bilish, qoʻllash va mulohaza yuritishga oid bilimlar kirgizilganini va
muallifning fikrlari oʻrinli ekanligini bilishimiz mumkin.

IEA tashkilotining TIMSS tadqiqoti – bu dunyoning eng uzoq yillardan buyon
davom etib kelayotgan, o‘quvchilarning matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha
yutuqlarini baholash dasturi. Ushbu tadqiqot Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS
Xalqaro Ta’lim Markazi tomonidan boshqariladi. TIMSS tadqiqoti 1995-yildan buyon
butun dunyo bo‘ylab matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha yutuqlar tendensiyalarini
kuzatib boradi va bunda siyosatshunoslar va ta’lim sohasi vakillarining ta’lim tizimlari
va dasturlari to‘g‘risida dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilishida foydalanadigan
yuqori sifatli ma’lumotlarni to‘playdi. TIMSS tadqiqoti o‘quvchilarning matematika

va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida nimalarni bilishlari va nimalar qila olishlari mumkinligi
haqida muhim ma’lumotlarni taqdim etadi, chunki mamlakatlar yoshlarni matematik
va tabiiy fanlar global muammolarni hal qilishda tobora muhim rol o‘ynaydigan
dunyoga tayyorlashga intilmoqda.

O‘zbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali
rivojlangan mamlakatlar tajribalarini O‘zbekiston taʼlim tizimida qo‘llash, o‘z
natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega
bo‘ladi. Matematika va tabiiy fan boʻyicha birinchi toʻrt bosqichli baholash 1995 yilda
oʻtkazilgan. Oʻshanda u uchinchi xalqaro matematika va tabiiy fanlarni oʻrganish deb
nomlangan va yarim milliondan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan. U oʻsha paytda
qiyosiy ta’limning yeng yirik va yeng katta tadqiqoti hisoblangan. Qirq oltita davlat
baholashda besh sinfdan yarim milliondan ortiq oʻquvchi ishtirok yetdi. Vaqt oʻtishi
bilan xalqaro baholashlarning ommabopligi oshdi, bu ishtirokchi mamlakatlar sonining
koʻpayishidan koʻrinib turibdi. 1999 yilda TIMSSning ikkinchi bosqichi oʻtkazildi va
TIMSS takrori deb nomlandi. Keyingi bosqichlar har toʻrt yilda oʻtkazilib kelinyapti.

TIMSS ingliz tilidagi “Trends in International Mathematics and Science Study”
soʻzlaridan olingan boʻlib, umumiy oʻrta ta’limdagi matematika va tabiiy fanlardan
ta’lim sifatini baholashga moʻljallangan xalqaro tadqiqot dasturidir. Ushbu dastur
oʻquvchilarning asosan fundamental bilimlarini va mantiqiy fikrlashini aniqlashga
qaratiladi. Matematika kundalik hayotda, muhandislik, arxitektura, buxgalteriya
hisobi, bank ishi, biznes, tibbiyot, ekologiya va aerokosmik sanoat kabi faoliyatning
koʻplab sohalarida zarur hisoblanadi. Matematika iqtisod va moliya, hamda hisoblash
texnologiyalari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda hayotiy muhim ahamiyatga
egadir. Zamonaviy oʻzgarib borayotgan dunyoda, oʻquvchilarning yangi koʻnikmalarni
oʻzlashtirish va muammolarni hal qilish qobiliyatlari birinchi darajali ahamiyat kasb
etadi. TIMSS topshiriqlari kontent va kognitiv sohalarga boʻlinadi. TIMSSning kontent
sohasi mazmunga yoʻnaltirilgan, kognitiv sohasida bilish, qoʻllash va mulohaza
yuritishga e’tibor beriladi va shu asosida topshiriqlar tuziladi.

PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlarida matematika va tabiiy fanlardan har
ikkalasida ham baholashlar borligi uchun biz bu ikki tadqiqotni bir biridan farqlarini
yoritishga harakat qildik.

Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA tomonidan tashkil etilgan
TIMSS xalqaro baholash dasturi oʻquvchilar, oʻqituvchilar va maktab direktorlaridan
matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish va oʻrganishga oid keng qamrovli ma’lumotlarni
toʻplaydi. Test topshiriqlari odatiy va noodatiy oʻquv dasturlariga qoʻshiladi hamda
ma’lumotlar tahlil qilinib, hisobotlar e’lon qilinadi.

OESD mamlakatlari tomonidan boshlangan (OESD - Iqtisodiy Hamkorlik va
Taraqqiyot Tashkilotini anglatadi) PISA xalqaro baholash dasturi har uch yilda bir
marta oʻtkaziladigan dastur boʻlib, topshiriqlar 15 yoshli oʻquvchilardan olinadi.
Testlar oʻquvchilarning jamiyatda toʻliq ishtirok etishiga qanchalik tayyorligini

baholaydi. Xuddi shunday, ma’lumotlar tahlil qilinadi va hisobotlar e’lon qilinadi.
Koʻrib turganimizdek, PISA va TIMSS metodologiyasi va maqsadlari bilan farq qiladi.
TIMSS koʻplab mamlakatlarning 4- va 8-sinf oʻquvchilari bilimlari darajasini
taqqoslash uchun sinovdan oʻtkazadi. PISA esa yoshga qarab, ya’ni
15 yoshli majburiy ta’limni yakunlash arafasida turgan oʻquvchilarni sinovdan
oʻtkazadi. TIMSSdagi test topshiriqlari koʻproq kontent yoki standartlarga
yoʻnaltirilgan boʻlsa, PISAdagi testlar koʻproq savodxonlikka yoʻnaltirilgan. TIMSS
oʻquvchilarning maktablarda qanchalik yutuqlarga erishganini baholaydi, PISA
oʻquvchilarning tashqi dunyoga qanchalik tayyorligini baholaydi. Albatta, bu ikki
tadqiqot oʻrtasidagi farqlarning haddan tashqari soddalashtirilgan koʻrinishi
hisoblanadi. Avvalgi oʻtkazilgan xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning bilim
darajasini koʻrsatadigan natijalari bir mamlakatdan boshqasiga farq qiladi degan
mulohazaga olib kelindi. Xalqaro baholash dasturlari asosida oʻquvchilarning masala
yechish koʻnikmasini shakllantirishda quyidagi farqli jihatlarni ajratish maqsadida
OECD tomonidan ishlab chiqilgan TIMSS oʻquv dasturini 3 ta jihatga ega modellarga
ahamiyat berish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

Xoʻsh, xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati nimada? Albatta, ba’zi roʻyxatdagi
birinchi oʻrin uchun maqtanish huquqiga ega boʻlmaslik yoki nusxa olishni
xohlashimiz mumkin boʻlgan muayyan amaliyotlarni aniqlash uchun yemas. Haqiqiy
qiymat ta’limga boʻlgan oʻz yondashuvimizga kiritilgan tanlovlar qatoriga yangicha
nuqtai nazardan ega boʻlishdan kelib chiqadi. Boshqa tizimlardan olingan misollar
bilan ragʻbatlantirilgan oʻylangan va prinsipial tushunchalar kuchli qayta koʻrib
chiqishga olib kelishi mumkin.

STEM - fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlariga tegishli boʻlgan
qisqartma. STEM karyeralari, shu jumladan, fizika va tabiiy fanlari, informatika,
matematika va muhandislik kabi sohalarda oʻqitiladigan barcha kasblarni oʻz ichiga
oladi. Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash kasb-hunar, sogʻliqni saqlash texnologiyalari
va ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat yuritishni istaganlar ham ushbu fanlardan ta’lim
olishlari mumkin.

TIMSS - bu butun dunyo boʻylab oʻquvchilarning matematika va
tabiatshunoslikka oid bilimlarini xalqaro baholash dasturi. Ishtirok yetuvchi
oʻquvchilar iqtisodiy rivojlanish, geografik joylashuvi va aholi soni jihatidan turli xil
ta’lim tizimlaridan (mamlakatlar yoki mamlakatlarning mintaqaviy joylaridan) kelgan.
Ishtirok yetgan har bir ta’lim tizimida kamida 4500 dan 5000 gacha oʻquvchilar
baholanadi. Ishtirokchi oʻquvchilar matematika va tabiiy fanlarni oʻrganish shartlari
toʻgʻrisida kontekstli ma’lumotlar oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari, ularning
direktorlari va ularning ota-onalaridan soʻrovnomalar orqali toʻplanadi.

TIMSS har xil matematik va tabiiy sohalarda (algebra, geometriya, biologiya,
kimyo va boshqalar) oʻquvchilarning faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar va ushbu
kontekstning har birida muammolarni hal qilishdagi koʻrsatkichlar boʻyicha

ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, TIMSS oʻquv jarayoniga ta’sir
koʻrsatishi mumkin boʻlgan muhim oʻquv qoʻllanma va manbalarga oid omillar
toʻgʻrisida kontekstli ma’lumotlarni taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar oʻquvchilar,
oʻqituvchilar, maktab direktorlari va Milliy tadqiqot koordinatorlari tomonidan mos
ravishda maktab va oʻquv dasturlari (Milliy) anketalari yordamida toʻplanadi.

Toʻrtinchi sinf oʻquvchilari geometrik shakllar va naqshlar bilan oʻzaro aloqada
boʻlib, kasrlarni va simmetriyani oʻzlashtirganliklarini namoyish etishlari yoki
perimetr va maydon oʻrtasidagi munosabatni oʻrganish uchun kvadrat gul qutilarini
tashkil qilishlari mumkin. Sakkizinchi sinf oʻquvchilari ombor binolarini loyihalashda
uning oʻlchamlarini hisoblash orqali yordam berishlari yoki oʻsimliklarning oʻsishi
boʻyicha tajribani rejalashtirishlari va natijalarini koʻrishlari mumkin. Boshqa vazifalar
oʻquvchilarning TIMSS asoslari, shu jumladan algebra, tahlil va ehtimol, fizika va
kimyo boʻyicha bilimlarini baholaydi. eTIMSS TIMSSning barcha afzalliklarini
davom ettiradi, bu esa mamlakatlarga matematika va tabiiy fanlarni oʻqitishda
qanchalik samarali ekanligini oʻlchashga imkon beradi. TIMSS xalqaro baholash
dasturining boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida masala yechish koʻnikmasini
shakllantirishdagi yana bir ahamiyati shundaki, fan sohalariga oid boʻlgan xalqaro
dasturlar axborotlari bilan ta’minlash fundamental axborotlar zaxirasini yaratish omili
sifatida qaraladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Azizova, Q. M. (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xalqaro tadqiqotlar
misolida savodxonligini baholash. “Taʼlimdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi
O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
maqolalar toʼplami. – Toshkent.
2. Radjiev, A. B., Ismailov, A. A., Narziev, J. R., Axmedov, X. P., Tog‘aeva, G.
O. (2019). O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi.
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent.
3. Saidova, M. J. (2022). Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish (Pedagogika fanlari
doktori dissertatsiyasi). – Toshkent.
4. Qurbonova, M. F. (2021). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish
kompetensiyalarini mustaqil ishlar jarayonida shakllantirish metodikasi (PIRLS
xalqaro baholash dasturi talablari asosida) Avtoreferat. – Chirchiq.
5. Marshall Cavendish. (2003). Singapore Math: Primary Math Textbook 4A US
Edition. - Singapore: Marshall Cavendish Education.
6. Стефанова, Н. Л. (1996). Теоретические основы развития системы
методической подготовки учителей математики в педагогическом вузе
(Диссертация доктора педагогических наук). – Санкт-Петербург.
7. Gustafsson, J. E., Hansen, K. Y., Rosén, M. (2018). TIMSS and PIRLS:
Relationships among reading, mathematics, and science achievement at the fourth

grade—Implications for early learning. – Chestnut Hill: TIMSS & PIRLS International
Study Center, Boston College.

8. Ruzikulova, N. Sh. (2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan
ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi). – Toshkent.

9. Sarimsoqova, G. T. (2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash
qobiliyatlarini o‘stirishda matnli masalalardan foydalanishning samaralari. – Toshkent.

10. Mukhtarova, Sh. M. (2023). O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash.
– Toshkent.

REFERENCES:
1. Azizova, Q. M. (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xalqaro tadqiqotlar
misolida savodxonligini baholash. “Taʼlimdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi
O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
maqolalar toʼplami. – Toshkent. (In Uzbek)
2. Radjiev, A. B., Ismailov, A. A., Narziev, J. R., Axmedov, X. P., Tog‘aeva, G.
O. (2019). O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi.
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent. (In Uzbek)
3. Saidova, M. J. (2022). Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish (Pedagogika fanlari
doktori dissertatsiyasi). – Toshkent. (In Uzbek)
4. Qurbonova, M. F. (2021). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish
kompetensiyalarini mustaqil ishlar jarayonida shakllantirish metodikasi (PIRLS
xalqaro baholash dasturi talablari asosida) Avtoreferat. – Chirchiq. (In Uzbek)
5. Marshall Cavendish. (2003). Singapore Math: Primary Math Textbook 4A US
Edition. - Singapore: Marshall Cavendish Education.
6. Stefanova, N. L. (1996). Teoreticheskie osnovi razvitiya sistemi
metodicheskoy podgotovki uchiteley matematiki v pedagogicheskom vuze
(Dissertasiya doktora pedagogicheskix nauk). – Sankt-Peterburg. (In Russian)
7. Gustafsson, J. E., Hansen, K. Y., Rosén, M. (2018). TIMSS and PIRLS:
Relationships among reading, mathematics, and science achievement at the fourth
grade—Implications for early learning. – Chestnut Hill: TIMSS & PIRLS International
Study Center, Boston College.
8. Ruzikulova, N. Sh. (2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan
ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi). – Toshkent. (In Uzbek)
9. Sarimsoqova, G. T. (2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash
qobiliyatlarini o‘stirishda matnli masalalardan foydalanishning samaralari. – Toshkent.
(In Uzbek)
10. Mukhtarova, Sh. M. (2023). O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash.
– Toshkent. (In Uzbek)